TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MARKAZI UCHUN ELEKTRON BUYURTMALAR QABUL QILISH TIZIMINI ISHLAB CHIQISHNING AHAMIYATI | Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте

TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MARKAZI UCHUN ELEKTRON BUYURTMALAR QABUL QILISH TIZIMINI ISHLAB CHIQISHNING AHAMIYATI

CC BY f
208-216
71
Поделиться
Rasulmexamedov, M., Abdullayev, E., & Qo’chqorov, B. (2022). TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MARKAZI UCHUN ELEKTRON BUYURTMALAR QABUL QILISH TIZIMINI ISHLAB CHIQISHNING AHAMIYATI. Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте, 1(1), 208–216. https://doi.org/10.47689/978-9943-7818-0-1-pp208-216
Muxamadaziz Rasulmexamedov, Toshkent Davlat transport universiteti

f.-m.f.n., dotsent, Transportda axborot tizimlari va texnologiyalari kafedra mudiri 

0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan universitet bo‘limining ish jarayonlarini optimallashtirish uchun ko‘rilayotgan chora- tadbirlar yoritilgan. Shuningdek, ushbu maqola ikki qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi qismida tizim ish jarayonini qayd etib borish uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlar bazasi tushunchalari, ularni boshqarish tizimi tushunchasi hamda ma’lumotlar bazasini shakllantirish jarayonlari keltirilgan. Shu bilan birgalikda ikki qism dasturiy ta’minot yaratish ishlari va ularga qo‘yiladigan talablarni turli metodlar yordamida tashkil etishni nazarda tutadi.

Похожие статьи


background image

“Актуальные вопросы развития инновационно-

информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021

I-

Республиканская научно-техническая конференция

(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)

208

4. Gulamov J., Shukurov F., Shokhidayeva Sh. Automated information system

for inventory accounting of a car depot warehouse // JournalNX-2021.

5. Nurmukhamedov T., Shukurov F., Khakimov Sh. Information technologies for

forecasting car depot inventory using correlation analysis // JournalNX-2021.

6. R. Aliev Analysis of controlling the state of track sections on lines with speed

and high-

speed train traffic German International Journal of Modern Science № 14,

2021.

– PP. 57–58.


TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI AXBOROT

TEXNOLOGIYALARI MARKAZI UCHUN ELEKTRON

BUYURTMALAR QABUL QILISH TIZIMINI ISHLAB

CHIQISHNING AHAMIYATI

Muxamadaziz RASULMUXAMEDOV,

f.-m.f.n., dotsent, Toshkent Davlat transport universiteti Transportda axborot

tizimlari va texnologiyalari kafedra mudiri

E-mail: mrasulmuxamedov@list.ru

Eldor ABDULLAYEV,

Toshkent davlat transport universiteti

Baxtiyor QO‘CHQOROV,

Toshkent davlat transport universiteti

DOI:

https://doi.org/10.47689/978-9943-7818-0-1-pp208-216

Annotatsiya:

Ushbu maqolada xizmat k

o‘rsatish sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan

universitet b

o‘limining ish jarayonlarini optimallashtirish uchun ko‘rilayotgan chora-

tadbirlar yoritilgan. Shuningdek, ushbu maqola ikki qismdan iborat b

o‘lib, uning

birinchi qismida tizim ish jarayonini qayd etib borish uchun muhim b

o‘lgan

ma’lumotlar bazasi tushunchalari, ularni boshqarish tizimi tushunchasi hamda
ma’lumotlar bazasini shakllantirish jarayonlari keltirilgan. Shu bilan birgalikda ikki
qism dasturiy ta’minot yaratish ishlari va ularga qo‘yiladigan talablarni turli metodlar
yordamida tashkil etishni nazarda tutadi.

Kalit s

o‘zlar:

Ma’lumotlar bazasi, ma’lumotlar bazasini tashkil etish turlari,

dasturiy ta’minot, dasturiy ta’minot qurish strukturalari, FIFO, LIFO metodlari, Axborot
texnologiyalari markazi.

I. KIRISH

2017

–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor

y

o‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni

rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarga
muvofiq hamda iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy
axborot texnologiyalarini keng joriy etish va telekommunikatsiya tarmoqlarini
kengaytirish orqali respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshirish
maqsadida [1] keyingi vaqtda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish b

o‘yicha izchil chora-


background image

“Актуальные вопросы развития инновационно-

информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021

I-

Республиканская научно-техническая конференция

(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)


209

tadbirlar amalga oshirilmoqda, davlat organlari va boshqa tashkilotlarda elektron
hujjat almashinuvi hamda jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat k

o‘rsatish uchun

elektron tizimlar bosqichma-bosqich joriy etilmoqda [2]. Bu esa barcha sohalarda
zamonaviy axborot kommunikatsiya qurilmalaridan keng va salmoqli k

o‘rinishda

foydalanilayotganidan dalolatdir. Yuqorida qayd etilganidek, xizmat k

o‘rsatish

sohasida elektron tizimlarni q

o‘llash hozirgi kunda barcha sohalarda ustuvor

vazifalardan biriga aylanmoqda. Chunki insoniyat hayot darajasining

o‘sishi va xizmat

k

o‘rsatish sohalariga bo‘lgan talabning keskin ortishi natijasida ushbu sohalarda bir

qancha noqulayliklar vujudga kelmoqda. Jumladan:

– xizmat ko‘rsatish shahobchalarida buyurtmachilar navbatlarining kattaligi;
– qabul qilinayotgan buyurtmalarga xizmat ko‘rsatish tezligining pasayishi va

buning natijasida ba’zi buyurtmalar dolzarbligining yo‘qolishi;

– buyurtmalarga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatilmasligi natijasida ish unumining

pasayishi va hokazolar sodir b

o‘lmoqda.

Shu sababli hozirgi kunda barcha xizmat k

o‘rsatish va sanoat tarmoqlarida

elektronlashtirilgan buyurtma qabul qilish portallari asta-sekin joriy qilinmoqda.
Buning natijasida esa ish hajmini yangi-yangi bosqichlarga k

o‘tarishga erishilmoqda.

Ushbu ishlarni amalga oshirish va ish jarayonini yangi bosqichga k

o‘tarish maqsadida

Toshkent davlat transport universitetining Axborot texnologiyalari markazi(ATM) ish
jarayonlari uchun elektron xizmat buyurtmalarini berish tizimini ishlab chiqish ishlari
amalga oshirilmoqda.

II. MUAMMONING Q

O‘YILISHI.

Avvalambor, ushbu ishlarni amalga oshirish Axborot texnologiyalari markazi ish

jarayonlarini

o‘rganish, ma’lumotlar yig‘ish va ularni tahlil etish ishlari bilan boshlandi.

Buning natijasida ma’lum bo‘ldiki , hozirgi vaqtda ish jarayonlari telefon qo‘ng‘iroqlari
yoki yuzma-yuz k

o‘rishish orqali tashkillashtirilayotgan bo‘lib, buning natijasida

hamma vaqt ATM xodimi

o‘z buyurtmachilari bilan bog‘lanish imkoniyati mavjud

b

o‘lmaydi. Chunki har bir ATM xodimiga katta ko‘lamdagi ish hajmi yuklatilgan bo‘lib,

bunda har bir xodim bir vaqtning

o‘zida bir qancha sohalar bo‘yicha o‘z ish faoliyatini

tashkillashtiradi.

Bu esa

o‘z navbatida, ushbu bo‘lim xodimlari hamma vaqt o‘z ish o‘rnida bo‘lishi

uchun t

o‘sqinlik qiladi.

III. METOD.

Shu sababli ushbu b

o‘lim ish jarayonini jadallashtirish hamda zamonaviy

axborot kommunikatsiya vositalarini q

o‘llagan holda, xodimlar va buyurtmachilar

o‘rtasida doimiy aloqani ta’minlash maqsadida Axborot texnologiyalari markazining
elektron buyurtma qabul qilish tizimini amalga oshirishga kirishildi. Hozirgi kunga
kelib, ish jarayonlari uch bosqichda amalga oshirilayotgan b

o‘lib, ular quyidagilardan

iborat:

– ish jarayoni yuzasidan tahlillarni amalga oshirish;
– tizimda amalga oshiriladigan barcha jarayonlarni qayd etib borish uchun

ma’lumotlar bazasini shakllantirish;

– xodim va buyurtmachilar o‘zaro aloqasini ta’minlash uchun dasturiy ta’minot

ishlab chiqish.


background image

“Актуальные вопросы развития инновационно-

информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021

I-

Республиканская научно-техническая конференция

(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)

210

Birinchi bosqich.

Yuqorida ta’kidlanganidek, ish jarayonlari ATM ish jarayonini

izchil

o‘zganish bilan boshlandi. Buning natijasida hozirgi kunda ATM da quyidagi

xizmat k

o‘rsatish jarayonlari amalga oshirilayotganligi aniqlandi:

– kompyuter va printer qurilmalariga texnik xizmat ko‘rsatish;
– kompyuter tarmog‘i liniyalarini hosil qilish;
– kafedralar va bo‘limlar xodimlariga texnik va amaliy maslahatlar berish.

Ikkinchi bosqich.

Ish jarayoni uchun ma’lumotlar bazasini tashkil etish ishlari

ma’lumotlar bazasi haqidagi zaruriy ko‘rsatkichlarni o‘rqanish jarayonini ham qamrab
oldi. Unga k

o‘ra ma’lumotlar bazasi – bu bir yoki bir nechta dasturiy ta’minotlar uchun

m

o‘ljallangan ombor(baza) bo‘lib, ma’lumotlarni saqlash va ulardan zarur hollarda

foydalanish imkonini beruvchi majmuadir. Shuningdek, ma’lumotlar bazasini yaratish
va uni boshqarish ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi yordamida markazlashgan
holda amalga oshiriladi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (ma’lumotlar bazasini
boshqarish, ma’lumotlar bazasini yaratish), ularning zamonaviyligini ta’minlash va
ulardan kerakli ma’lumotlarni qidirishni tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan dasturiy
ta'minot majmui hisoblanadi.

Bu esa barcha tizimlarni tashkil etish jarayonlarida birinchi darajadagi ishlar tahlil

etilgan ish jarayon asosida ma’lumotlar bazasini imkon qadar to‘liq yaratishni nazarda
tutadi. Yuqoridagi vazifa asosida ATM uchun ma’lumotlar bazasini shakllantirish
ma’lumotlar bazasining tuzilish strukturasini aniqlash jarayonlari bilan boshlandi
hamda yuqorida t

o‘plangan ma’lumotlar asosida quyidagi ma’lumotlar bazasining

tuzish strukturasi ishlab chiqildi(1-rasm).

Buyurtmalar qismidan

buyurtma turini tanlash

Bo’limlar,

Kafedralar

ATM xodimini

tanlash

Shikoyatlar

qismi

Ma’lumotlar

bazasida

ma’lumotlarni

saqlash

1-rasm. ATM xizmat buyurtmalarini qayd etib borish tizimi uchun ma

’lumotlar

bazasi tuzishning strukturaviy sxema (ER-diagramma)si.


1-rasmga asosan ,ATM b

o‘limida amalga oshiriladigan ish jarayonlari bir

vaqtning

o‘zida universitetning barcha bo‘lim va kafedralari bilan uzviy bog‘liq holda

b

o‘lib, uzluksiz aloqani ta’minlash vazifasini qo‘yadi. Bunga ko‘ra bo‘lim yoki

kafedradan buyurtma amalga oshirayotgan

buyurtmachi

xizmat buyurtmasi

turini tanlaydi hamda

ATM b

o‘limi xodimini tanlash orqali ma’lumotlarni yakuniy

ma’lumotlar bazasida saqlanishini ta’minlaydi. Shu bilan bir qatorda,

ATM

xodimining ish jarayonidan qoniqish hosil qilinmagan holatlar uchun norozilik bildirish


background image

“Актуальные вопросы развития инновационно-

информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021

I-

Республиканская научно-техническая конференция

(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)


211

uchun elektron r

o‘yxatga olish tizimi ham yaratiladi. Shu bilan birgalikda, bir vaqtning

o‘zida biz yaratayotgan ma’lumotlar bazasiga bir necha xizmat buyurtmalari qayd
etishilining imkoniyati yaratilishini ham talab qiladi. Bu esa ushbu jarayonda hozirgi
kunda foydalanishda b

o‘lgan va ish jarayonlari uchun ijobiy natijalar qayd etayotgan

ma’lumotlar bazalarini tahlil qilish vazifasini ham qo‘yadi. Hozirgi kunda ma’lumotlar
bazasi yaratish uchun m

o‘ljallangan juda ko‘plab tizimlar mavjud, ammo ularning

barchasi ham bir vaqtning

o‘zida bir necha foydalanuvchilarga ma’lumotlardan

foydalanish uchun imkon bermaydi. 1-rasmga asosan esa biz ATM xizmat
buyurtmalarini qayd etib borish uchun k

o‘p foydalanuvchilar bilan ishlay olish

imkoniyatiga ega b

o‘lgan ma’lumotlar bazasi yaratish tizimini tanlashimiz zarur

b

o‘ladi. Hozirgi vaqtga kelib, bir qancha ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari

mutaxassislar tomonidan keng foydalanilayotgan b

o‘lib, bu tizimlar o‘z navbatida bir

necha turlarga b

o‘linadi. Xususan, NoSql va Sql turidagi ma’lumotlar bazalari shular

jumlasidandir. Bunda, NoSQL ma'lumotlar bazalari maxsus ma'lumotlar modellari
uchun m

o‘ljallangan va zamonaviy dasturlarni yaratish uchun moslashuvchan

jadvallarga egadir. Shu bilan birga, Big Data (katta hajmdagi ma’lumotlar) uchun
ishlab chiqish qulayligi, funksionalligi va ishlashi uchun kengligi bilan alohida e’tirof
etiladi. Unda hujjat, diagramma, kalit qiymati, xotira va qidirish kabi turli xil
ma'lumotlar modellaridan foydalaniladi [3]. SQL esa ma'lumotlar bazalari bilan
ishlash uchun standart til b

o‘lib, ma'lumotlar bazasi yozuvlarini kiritish, qidirish,

yangilash va

o‘chirish uchun ishlatilishi mumkin. SQL ma'lumotlar bazalarini

optimallashtirish va ularga xizmat k

o‘rsatishni o‘z ichiga olgan boshqa ko‘plab

operatsiyalarni bajarishi mumkin [4].

IV. NATIJA VA MUHOKAMALAR.

Yuqoridagi ma’lumotlar bazalarining qisqa tahlillari shuni ko‘rsatadiki, tashkil

etilishi nazarda tutilgan ATMning elektron buyurtmalar qabul qilish tizimi uchun SQL
turidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish yetarli ahamiyat kasb etib, quyida uning
tuzilish jarayoni yoritiladi. ATM b

o‘limining ish jarayonini o‘rganish bilan olib borilgan

tahlillar shuni k

o‘rsatdiki, ish jarayoni uchun tartiblashgan hamda ko‘p

foydalanuvchilar bilan ishlash imkoniga ega ma’lumotlar bazasini shakllantirish zarur
b

o‘ladi. Ushbu jarayonda ma’lumotlar bazalarini qurish ishlarini PhPMyAdmin

dasturidan foydalanilgan holda amalga oshirildi. Ushbu dastur foydalanuvchilar
uchun qulay ish muhitiga ega b

o‘lish bilan bir qatorda bizning ko‘p foydalanuvchilar

tomonidan kelib tushadigan xizmat buyurtmalarimizni ham qayd etib borish uchun
yetarli darajada ish unumdorligiga egaligi ushbu tizimning tanlanishiga zamin yaratdi.
ATM ma’lumotlar bazasining tuzilish ER-diagrammasi 2-rasmda keltirilgan:

Buyurtmalarni qabul

qilish qismi

ATM bo‘limi

xodimlari

Kafedralar

E’tiroz va

shikoyatlar

Bo‘limlar


background image

“Актуальные вопросы развития инновационно-

информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021

I-

Республиканская научно-техническая конференция

(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)

212

2-

rasm. Ma’lumotlar bazasini tuzishning ER-diagrammasi.

Quyida 2-rasm asosida PhPMyAdmin dasturidan foydalanilgan holda Toshkent

davlat transport universiteti ATM ish jarayonlaridagi xizmat buyurtmalarini qayd etib
borish uchun yaratilgan va ma’lum ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan ma’lumotlar
bazasining ishchi holati keltirilgan(3 rasm).

3-

rasm. Ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan ma’lumotlar bazasida kafedralar

jadvalining k

o‘rinishi

Uchinchi bosqich.

S

o‘ngra keyingi jarayonlar yuqoridagi ma’lumotlar bazasi

bilan bo

g‘langan hamda foydalanuvchilar uchun qulay ish muhitiga ega bo‘lgan

dasturiy ta’minot yaratish bilan bog‘liq bo‘lib, ushbu jarayonda dasturiy ta’minot uchun
q

o‘yiladigan talablarni oldindan aniqlab olish maqsadga muvofiq.

Unga k

o‘ra dasturiy ta’minot yaratish ishlari Axborot texnologiyalari markazining

ish jarayonlaridan kelib chiqqan holda quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:

1.

Dasturiy ta’minot xodimlar va buyurtmachilar uchun qulay va alohida

b

o‘limlardan tashkil topishi zarur;

2. Qabul qilinayotgan buyurtmalar doimiy ravishda qayd etib borilishi lozim

hamda ushbu ma’lumotlardan zarur hollarda foydalanish imkoniyati yaratilishi zarur;

3.

Dasturiy ta’minot barcha uchun ixtiyoriy texnik ta’minot yordamida qo‘llab-

quvvatlanish imkoniga ega b

o‘lishi zarur.

Yuqorida keltirilgan talablar asosida dasturiy ta’minot yaratish bosqichlari va

ularning ish jarayonlarini amalga oshirishni quyidagi tashkiliy struktura asosida barpo
etish maqsadga muvofiqdir(4-rasm).


background image

“Актуальные вопросы развития инновационно-

информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021

I-

Республиканская научно-техническая конференция

(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)


213

Foydalanuvchilardan

tushgan buyurtmalar

Xizmat ko’rsatish

Buyurtma

turlari

Printer

Kompyuter

Sabab

Texnik

bo’lim xodim

Buyurtmachi

Kafedra yoki

bo’lim nomi

Murojaat

vaqti

Murojaat

matni

Buyurtma

qabul qilish

sharti

WiFi

Driver

Tarmoq

Boshqa

xizmatlar

Ma’lumotlarni

tahlil qilish

Tahlil qilish

qismlari

Xisobotlar

Javob yuborish

Ma’lumotlar

bazasi

4-

rasm. ATMning dasturiy ta’minot tuzish strukturasi.

4-rasmdan shuni k

o‘rish mumkinki, barcha turdagi xizmat buyurtmalari doimiy

ravishda ma’lumotlar bazasida qayd etib boriladi hamda ushbu ma’lumotlardan zarur
holatlarda foydalanish imkoniyati yaratiladi. Shu bilan birgalikda, tizimdan
foydalanish natijasida barcha turdagi buyurtmalarni masofaviy tarzda tahlil qilish
orqali vaqtdan unumli foydalangan holda tezda amalga oshirish ham mumkin b

o‘ladi.

Jumladan, hozirgi kunda universitet bosh binosi hududi 7 ta sektorga ajratilgan b

o‘lib,

ATM xodimi

o‘z xizmat vazifasini turli hududlarda amalga oshirishi mumkin.

Misol tariqasida ATM xodimi

o‘z xizmat vazifasini universitet hududining 1-sektorida

amalga oshirmoqda, deb tassavur qilsak hamda 2-sektorda joylashgan
universitetning biron b

o‘limi yoki kafedrasi tomonidan xizmat buyurtmasi kelib

tushishi tizim tomonidan qayd qilinadi va xizmatchining ushbu murojaatni k

o‘rishi

buyurtmaching muammosini ortiqcha kutishlardan bartaraf etadi va xizmatchi ushbu
buyurtmani tezda hal etishi mumkin b

o‘ladi. Agarda ushbu jarayonni hozirgi kundagi

ish jarayoni bilan taqqoslaydigan b

o‘lsak , quyidagi farqlarni ko‘rishimiz mumkin.

Hozirgi vaqtda ishning amalga oshirilishi yuqoridagi misol kesimida:

1. ATM xodimi 1-sektorda amalga oshirayotgan vazifasini yakunlaydi hamda

o‘z

ish joyiga qaytadi(ATM universitetning 7-sektorida joylashgan).

2. Buyurtmachi xodim bilan aloqaga chiqadi yoki ATMga tashrif buyurgan holda

murojaatni amalga oshiradi.

3. ATM xodimi buyurtmani qabul qilganidan s

o‘ng qayta universitet 2-sektoriga

tashrif buyuradi va xizmat vazifasini bajaradi(universitet 2-sektori 1-sektor yonida
joylashganligi bois xodim 2-sektorga qaytib borishi zarur b

o‘ladi).


background image

“Актуальные вопросы развития инновационно-

информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021

I-

Республиканская научно-техническая конференция

(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)

214

Elektron xizmat buyurtmalarini qabul qilish tizimi ish jarayoniga tatbiq

qilinganidan s

o‘ng jarayon quyidagicha amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda:

1. ATM xodimi 1-sektorda amalga oshirayotgan vazifasini yakunlaydi hamda

tizim orqali q

o‘shni sektorlardan buyurtmalar mavjudligini tekshiradi.

2. Buyurtma mavjudligi aniqlansa, ushbu vazifa uchun y

o‘nalish tanlaydi hamda

1- va 7-sektorlar orali

g‘ida ushbu vazifalarni bajarishni amalga oshiradi.

Yuqoridagi ish jarayonlarini amalga oshirish bosqichlarini ish jarayonini

baholashning FIFO(First-In, First-Out) va LIFO(Last-In, First-Out) tizimlari bilan
bo

g‘lasak, hozirgi kundagi ish jarayoni FIFO tizimi asosida amalga oshirilayotganligini

va bunda quyidagi struktura asosida amalda ekanligini k

o‘rishimiz mumkin(5-rasm).

5-rasm Ish jarayonlarining FIFO metodi asosida amalga oshirilishi.

5-rasmdan shuni k

o‘rish mumkinki, ish jarayoni faqat bir xil struktura asosida bir

y

o‘nalishdagina amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu tizimdagi ish jarayonlarida

buyurtmalarning t

o‘planib qolish holatlarini keltirib chiqarish ehtimolligini oshiradi.

Shu bilan birgalikda, bu orqali korxona miqyosida bajariladigan ishlarning tugallanish
vaqtlarini kechiktirib b

o‘lmaslik koeffitsientlarini baholashga ham katta e’tibor

qaratmaydi. Bu esa

o‘z navbatida ish jarayonida katta uzilishlarga yo‘l qo‘yilmasligi

lozim b

o‘lgan bo‘lim yoki o‘quv jarayonlarida turli xildagi muammolarga duch

kelinishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ammo ish jarayonlarida LIFO metodini ham, FIFO metodi bilan birgalikda

q

o‘llash ushbu jarayonlardagi kamchiliklarni bartaraf etishda katta ahamiyat kasb

etadi(6-rasm).


background image

“Актуальные вопросы развития инновационно-

информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021

I-

Республиканская научно-техническая конференция

(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)


215

6-rasm Ish jarayonlarida FIFO va LIFO metodlarini birgalikda amalga oshirish

6-rasmga asosan shuni k

o‘rish mumkinki, ish jarayonida FIFO va LIFO

tizimlaridan birgalikda foydalanish ish vaqtida katta uzilishlar kuzatilishi mumkin
b

o‘lgan jarayonlarda juda katta ahamiyat kasb etadi hamda ularning bartaraf etilishini

tezlik bilan amalga oshiradi. Bu esa ish va

o‘quv jarayonlarini yanada sifatli tashkil

etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birgalikda, ATM xodimning y

o‘l uchun

sarflanayotgan vaqtini qisqartirish va ushbu vaqt me’yorini ish unumdorligini oshirish
uchun sarflashga imkon yaratadi.

Quyida yuqoridagi talablar va ish jarayonini

o‘rganishlar natijasida yaratilgan

dasturiy ta’minotning bir qancha ishlash jarayonidagi ko‘rinishlari keltirilgan(7-rasm).

7-rasm. ATM uchun

yaratilgan dasturiy ta’minotning umumiy ko‘rishnishlari.


background image

“Актуальные вопросы развития инновационно-

информационных технологий на транспорте” АВРИИТТ-2021

I-

Республиканская научно-техническая конференция

(Ташкент, 24-25 ноября 2021 года)

216

V. XULOSA.

Xulosa

o‘rnida shuni aytish mumkinki, har qanday dasturiy ta’minot qurish

jarayoni ma’lumotlar bazasi qurish tizimi bilan uzviy bog‘liq holda amalga oshirilib,
bunday tizimlarni iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida q

o‘llash ish jarayonlarida katta

hajmdagi ma’lumotlarni doimiy ravishda nazorat qilish uchun asosiy omil bo‘lib xizmat
qiladi hamda ularning zamonaviy dasturlar yordamida boshqarilishini ta’minlash
orqali esa xodimlarning ishlash jarayonlarida qulayliklar yaratish bilan birgalikda
ma’lumotlar bazalarida saqlanayotgan ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash
vazifasini ham bajaradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR R

O‘YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017–2021-yillarda O‘zbekiston

Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor y

o‘nalishi bo‘yicha Harakatlar

strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga
oshirishga oid davlat dasturi t

o‘g‘risida 02.03.2020dagi PF–5953-sonli farmoni.

2. O

‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish

maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari
t

o‘g‘risida”gi 21.11.2018 dagi PQ–4022-qarori.

3. https://uz.itpedia.nl/tag/database/.
4. https://community.uzbekcoders.uz/post/ma-lumotlar-bazasi-va-sql-nima

5f893a48df4c3f70c2a7e7b9.

5.

Барковский Е.А., & Соколов А.В. (2015). Оптимальное управление двумя

параллельными FIFO-очередями на бесконечном времени. Информационно-
управляющие

системы,

(5),

65-71.

https://doi.org/10.15217/issn1684-

8853.2015.5.65

.


TRANSPORT SOHASIDA BIOMETRIK YECHIMLAR

Nuriddin G‘AFFOROV,

Toshkent davlat transport universiteti

Muxamadaziz RASULMUXAMEDOV,

f.-m.f.n., dotsent, Toshkent Davlat transport universiteti Transportda axborot

tizimlari va texnologiyalari kafedra mudiri

E-mail: mrasulmuxamedov@list.ru

DOI:

https://doi.org/10.47689/978-9943-7818-0-1-pp216-218

Annotatsiya:

Ushbu maqolada biometriya tushunchasi, biometrik tanib olish va

biometrik identifikatsiyalash masalalari yoritilgan. Shuningdek, transport sohasida
biometrik texnologiyalarini q

o‘llash vazifalari belgilangan.

Kalit s

o‘zlar:

biometriya, biometrik texnologiya, biometrik tanib olish, biometrik

tizim, biometrik identifikatsiyalash.

Aholi zichligi yildan yilga oshib borayotganligi sababli kelajakda transport

obyektlarida xavfsizlikni ta’minlashda yangi muammolar paydo bo‘lishini taxmin qilish
mumkin. Shu sababli shahar infratuzilmasini nazorat qilish masalasi oldindan

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida 02.03.2020dagi PF-5953-sonli farmoni.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 21.11.2018 dagi PQ-4022-qarori.

https://uz.itpedia.nl/tag/database/.

https://community.uzbekcoders.uz/post/ma-lumotlar-bazasi-va-sql-nima 5f893a48df4c3f70c2a7e7b9.

Барковский Е.А., & Соколов А.В. (2015). Оптимальное управление двумя параллельными FIFO-очередями на бесконечном времени. Информационно-управляющие системы, (5), 65-71. https://doi.org/10.15217/issn1684-

2015.5.65.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов