Authors

  • Nazarova Nilufar Jo’rayevna
  • Xolmurodov Agzam Aral o’g’li

Author Biographies

  • Nazarova Nilufar Jo’rayevna

    Toshkent davlat transport universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti (PhD)

  • Xolmurodov Agzam Aral o’g’li

    Toshkent davlat transport universiteti Sotsiologiya yoʻnalishi 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.91797

Keywords:

Innovatsiya jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar sotsiologik tadqiqotlar modernizatsiya urbanizatsiya raqamli texnologiyalar davlat dasturi adaptatsiya statistika.

Abstract

Ushbu maqolada yoshlarning mehnat faoliyatida bandligi va ijtimoiy adaptatsiyasi jarayonlari sotsiologik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Maqolada Oʻzbekiston sharoitida yoshlarning mehnat bozoriga kirib borishi, kasbiy moslashuvi, ijtimoiy institutlar bilan oʻzaro munosabati va integratsiya darajasi kabi muhim omillar yoritilgan. Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari ham koʻrib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga koʻra, yoshlarning ijtimoiy muhitga muvaffaqiyatli moslashuvi uchun kompleks yondashuv va davlat, ta’lim, fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasidagi hamkorlik zarur ekani asoslab berilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–4_ Май –2025

380

YOSHLARNING BANDLIGI VA IJTIMOIY ADAPTATSIYA

Nazarova Nilufar Jo’rayevna

Toshkent davlat transport universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti (PhD)

Xolmurodov Agzam Aral o’g’li

Toshkent davlat transport universiteti Sotsiologiya yoʻnalishi 2-bosqich

talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada yoshlarning mehnat faoliyatida bandligi va

ijtimoiy adaptatsiyasi jarayonlari sotsiologik nuqtai nazardan tahlil qilingan.

Maqolada Oʻzbekiston sharoitida yoshlarning mehnat bozoriga kirib borishi, kasbiy

moslashuvi, ijtimoiy institutlar bilan oʻzaro munosabati va integratsiya darajasi kabi

muhim omillar yoritilgan. Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish

yoʻllari ham koʻrib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga koʻra, yoshlarning ijtimoiy

muhitga muvaffaqiyatli moslashuvi uchun kompleks yondashuv va davlat, ta’lim,

fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasidagi hamkorlik zarur ekani asoslab berilgan.

Kalit soʻzlar: Innovatsiya, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar, sotsiologik

tadqiqotlar, modernizatsiya, urbanizatsiya, raqamli texnologiyalar, davlat dasturi,

adaptatsiya, statistika.

Аннотация: В данной статье с социологической точки зрения

анализируются процессы занятости и социальной адаптации молодежи. В

статье освещаются такие важные факторы, как выход молодежи на рынок

труда в условиях Узбекистана, профессиональная адаптация, взаимодействие с

социальными институтами и уровень интеграции. Также были рассмотрены

существующие проблемы и пути их решения. По результатам исследования

обоснована необходимость комплексного подхода и сотрудничества между

государством, образованием, институтами гражданского общества для

успешной адаптации молодежи к социальной среде.

Ключевое слово: Инновация, социальные отношения в обществе,

социологические

исследования,

модернизация,

урбанизация,

цифровые

технологии, государственная программа, адаптация, статистика.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–4_ Май –2025

381

Abstract: This article analyzes the processes of youth employment and social

adaptation from a sociological perspective. The article highlights important factors

such as young people's entry into the labor market in Uzbekistan's conditions,

professional adaptation, interaction with social institutions, and the level of

integration. Existing problems and ways to solve them were also considered. Based on

the research results, the need for a comprehensive approach and cooperation between

the state, education, and civil society institutions for the successful adaptation of young

people to the social environment has been substantiated.

Keywords: Innovation, social relations in society, sociological research,

modernization, urbanization, digital technologies, state program, adaptation,

statistics.

Bugungi kun yoshlari har qanday jamiyatning eng dinamik, intiluvchan va

innovatsion qatlamini tashkil etadi. Ularning ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi,

iqtisodiy barqarorlikka erishishida munosib oʻrin egallashi, shuningdek, jamiyatdagi

ijtimoiy munosabatlarga moslashuvi zamonaviy sotsiologik tadqiqotlarning dolzarb

yoʻnalishlaridan biri boʻlib kelmoqda. Ayniqsa, jadal modernizatsiya jarayonlari,

urbanizatsiya, raqamli texnologiyalarning rivoji va mehnat bozoridagi oʻzgarishlar

fonida yoshlarning bandligi va ijtimoiy adaptatsiyasi masalalari global miqyosda ham,

milliy darajada ham alohida e’tibor talab qilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida yoshlar bilan ishlash davlat siyosatining ustuvor

yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Xususan, “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi,

yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish, ularga zamonaviy ish oʻrinlarini yaratish, ijtimoiy

himoya tizimini mustahkamlash borasidagi keng koʻlamli islohotlar olib borilishi va

ushbu masalaning dolzarbligini yanada oshiradi. Biroq mavjud choralar va resurslarga

qaramay, ayrim hududlarda ishsizlik, migratsion kayfiyatlar, kasbiy moslashuvdagi

qiyinchiliklar, mehnat bozoridagi malaka nomutanosibligi kabi muammolar saqlanib

qolmoqda. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatda yoshlarning mehnat bozoriga

kirib kelishi, oʻzini iqtisodiy jihatdan ta’minlashi, shuningdek, ijtimoiy institutlar bilan

aloqalar

oʻrnatib, ijtimoiy tizimga integratsiyalashuvi ularning ijtimoiy

adaptatsiyasining asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Mazkur jarayonda esa


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–4_ Май –2025

382

yoshlarning hayotga boʻlgan munosabati, shaxsiy identifikatsiyasi, kasb tanlovi va

kelajakka oid qarashlariga bevosita ta’sir koʻrsatadi. Shu bois, yoshlarning bandligini

ta’minlash va ularning ijtimoiy muhitga moslashuvchanligini oshirish masalalari

nafaqat sotsiologik, balki ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jihatdan ham chuqur tahlil

etilishi lozim boʻlgan dolzarb masalalardan biri boʻlib kelmoqda.

Oʻzbekiston

Respublikasining

Mehnat

kodeksi

va

Oʻzbekiston

Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan ishsizlar,

yoshlar, ayollar, mehnat bozorida ish topishga qiynaladigan shaxslarga, ijtimoiy

muhofazaga muhtoj aholi toifalarini ishga joylashtirish kafolatlarini roʻyobga chiqarish

ushun alohida e‘tibor qaratiladi. Yoshlarning ish bilan bandligini ta’minlash davlat

tomonidan ish bilan bandlik va mehnat bozorini tartibga solish mexanizmini ishlab

chiqish zaruratini belgilab beradi, u ish bilan bandlik sohasidagi yuzaga kelgan turli hil

vaziyatni statistik tahlil qilish va mehnat bozori prognozlariga asoslanadi.

Mehnat bozorida statistik tahlilining asosiy maqsadi mintaqaning mehnat

bozorida ma’lum bir vaqt davridagi mavjud holati hamda aholi bandligiga

koʻmaklashish markazini ishlash faoliyatining koʻlami va natijalarini baholashdan

iborat hisoblanadi. Yoshlar bandligini oshirish boʻyicha qilingan ishlar oʻzining tashqi

omillari

asosida

rivojlanayotgan

joylarda

ichki

infratuzilmalar

orasida

takomillashtirishga, ya’ni Davlatning bandlikka koʻmaklashish tuzilmalari, jamoatchi

tashkilotlar va mahalliy boshqaruv organlarining oʻzaro munosabatini muvofiqlashgan

harakati hamda ular faoliyatini samarali tashkil qilish ijtimoiy mexanizmga bogʻliq

hisoblanadi. Aholining oʻsish sur’ati yuqori boʻlgan va aksariyat rivojlanayotgan va

rivojlanishi past boʻlgan davlatlarda aholini ish bilan ta’minlashda yetarli darajada

muammolar mavjudligi tabiiy hol. Masalan, ish oʻrinlarining kamligi, oylik

maoshlarning pastligi, mehnat resurslarining kasbiy malakasi va bilim saviyasining

yetishmasligi natijasidandir. Iqtisodiyotda ishsizlikning beshta asosiy sababi bor boʻlib

bular.

- yangi texnologiyalarni joriy qilish bilan bogʻliq boʻlgan hamda

iqtisodiyotdagi boshqa tarkibiy oʻzgarishlar;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–4_ Май –2025

383

- mehnat resurslariga boʻlgan talabning pasayishiga olib keladigan iqtisodiy

tanazzul;

- davlat siyosati, eng kam ish haqining oshishi va shu sababli ishchi kuchiga

talabning pasayib ketishi;

- iqtisodiyotning ayrim tarmoqlaridagi mavsumiy tebranishlar;

- demografik oʻzgarishlar, ya’ni bunda mehnatga layoqatli aholining oʻsishi

koʻzda tutilladi. Ishsizlikni bartaraf etish va yoshlarni ish bilan bandligini ta’minlash

boʻyicha rivojlangan mamlakatlar oʻziga xos modellarni yaratgan va aholi bandligini

ta’minlash siyosatini olib borishda unumli foydalanib kelishmoqda. Bugungi kunda

mamlakatimizda ham yoshlarni ish bilan bandligini ta’minlash boʻyicha amaliy chora-

tadbirlar amalga oshirilayotganini guvohi boʻlishimiz mumkin. Jumladan, tadbirkorlik

va kichik biznesni, oilaviy tadbirkorlikni hamda oʻz-oʻzini band qilishni har

tomonlama qo’llab-quvvatlash va ularning rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar

yaratib berish orqali yangi ish oʻrinlarini yaratish asosida aholi bandligini oshirish

shular jumlasidan deb hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi ma’lumotlariga koʻra,

2020-yilda ish bilan bandlik darajasi 2010-yilga nisbatan 113,9 foizga, 2015-yilga

nisbatan 101,4 foizga oʻsgan boʻlsa, iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha mos ravishda

qishloq, oʻrmon hamda baliq xoʻjaligi 114,2 va 98,8 foizga, sanoat 111,5 va 101,2

foizga, qurilish 122,6 va 103,7 foizga, savdo 110,4 va 96,5 foizga, tashish va saqlash

122,2 va 101,4 foizga, ta‘lim 105,3 va 104,9 foizga, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy

xizmatlar 109,4 va 108,4 foizga hamda boshqa faoliyat turlari boʻyicha 116,3 va 103,4

foizga oʻsish kuzatilgan. Shuningdek, ish bilan band aholining mulkchilik turlari

boʻyicha tahlil natijalariga asosan, 2020-yilda davlat sektorida bandlar soni 2,5 mln.

kishini va nodavlat sektorda bandlar esa 10,7 mnl. kishini tashkil etganini koʻrishimiz

mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi ma‘lumotlariga koʻra

2021-yil yanvar holatiga asosan, mamlakatimizda mehnat idoralaridan roʻyxatdan

oʻtgan ishsizlar soni 37,1 ming kishini tashkil etgani ma’lum qilingan. Ushbu

koʻrsatkich esa 2010-yilga nisbatan qariyb 2,3 baravarga oshgan boʻlsada, uning oʻsish

sur‘ati 2000-yilda 0,4 foiz, 2004-yilda 0,4 foiz, 2008-yilda 4,9 foiz, 2012-yilda 4,9 foiz,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–4_ Май –2025

384

2016-yilda 5,2 foiz va 2020-yilda 110,5 foizni tashkil etgan. Ushbu yuqorida yozilgan

har bir raqamlar oddiy raqamlar emas. Har bir raqam zamirida Davlat statistikasiga

tegishli boʻlgan raqamlar mavjud. Statistik ma’lumot tahlillarida bitta raqam oʻrnining

ahamiyati juda ham katta hisoblanadi.

Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib, mamlakatimizdagi yoshlarni ish bilan

bandligini ta’minlash hamda ishsizlik darajasini kamaytirish boʻyicha quyidagilarni

hisobga olish maqsadga muvofiq boʻladi albatta:

- yoshlarni ish bilan bandligini oshirish boʻyicha muammolarni quyidan

yuqoriga qadar chuqur tahlil qilish hamda amaliy yechimlarini ishlab chiqish va

amalda bajarilishini nazorat qilish lozim boʻladi;

- yoshlarni mehnat bozoridagi talab yuqori boʻlgan kasb-hunarlarga

tayyorlashni tizimli yoʻlga qoʻyish, va ularning munosib ish topishiga yordamlashish

orqali koʻplab ijtimoiy va iqtisodiy muammolar hal boʻladi.

Bugungi zamonamizda yoshi kattalarga nisbatan yoshlar oʻrtasida ishsizlikning

paydo boʻlishiga koʻpgina omillar ta’sir qiladi va juda ogʻir oqibatlarga olib kelishi

ham mumkin. Ushbu muammo oʻz dolzarbligini iqtisodiy oʻsish davrida yoʻqotmaydi,

inqiroz davrida esa yanada kuchayishini guvohi boʻlamiz.

- Ta’lim muassasalarini bitirgan yosh mutaxassislar uchun ish o‘rinlarining

yetarli emasligi;

- Malakali ishchi kuchi yetishmasligi va yoshlarning mehnat ko‘nikmalari

bozor talablariga to‘liq mos kelmasligi;

- Ta’limni bitirgan yoshlarning jamiyatdagi ijtimoiy hayotga moslashishida

qiyinchiliklar;

- Yoshlar o‘rtasida ijtimoiy muhitga kirishishda psixologik to‘siqlar;

- Qishloq joylarda imkoniyatlar cheklanganligi, madaniy va ta’lim

muassasalarining yetishmasligi;

- Yoshlarning ish izlab chet elga chiqishi, ichki va tashqi mehnat migratsiyasi

ortishi;

- Bu jarayonda yoshlarning huquqiy himoyasiz qolishi va ijtimoiy xavflarga

duchor bo‘lishi kabilar turli yosh guruhlar oʻrtasidagi ishsizlikning turli darajada


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–4_ Май –2025

385

boʻlishi ijtimoiy tabaqalashuvning sababi ham boʻladi. Individual shaxsga nisbatan

olib qaralganda yoshlar oʻrtasida ishsizlik tugʻilish darajasining pasayishiga olib

kelishi mumkinligi ham koʻrib chiqilgan.

BMTning barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishish yoshlar oʻrtasida

ishsizlik hamda ularga munosib ish oʻrinlari yetishmasligi kabi muammolarning hal

qilinishi bilan uzviy bogʻliqdir. Biroq, yoshlar ishsizligini kamaytirish maqsadida

munosib ijtimoiy va bandlik siyosatining olib borilishi jamiyatning har bir tomonlama

rivojlanishi hamda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga asos boʻlib xizmat

qiladi desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Xulosa qilib aytganda, muammolarni bartaraf etish uchun quyidagi takliflarni

bildirib o‘tamiz:

birinchidan, yoshlar bandligini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish,

tadbirkorlikni rivojlantirishga imtiyozlar berish, ta’lim dasturlarini mehnat bozori

talablariga moslashtirish lozim.

ikkinchidan, ijtimoiy adaptatsiya dasturlari, yoshlar uchun motivatsion va

psixologik treninglar tashkil etish, yoshlar markazlari, madaniyat va sport inshootlarini

ko‘paytirish, tarbiya va ma’naviyat ishlarini kuchaytirish, migratsiyani tartibga solish,

chet elda ishlayotgan yoshlar huquqlarini himoya qilish, tashqi migratsiya o‘rniga ichki

ish o‘rinlarini ko‘paytirish kerak.

Mashhur sotsiolog olim Pitirim Sorokin shunday degan: “Har qanday

jamiyatning kelajagi, avvalo, uning yosh avlodini qanday tarbiyalayotgani va unga

qanday sharoit yaratib berayotganiga bogʻliqdir”. Ushbu fikr zamirida qanchadan

qancha yoshlar masalasiga faqat ijtimoiy muammo sifatida emas, balki jamiyat

taraqqiyotining strategik omili sifatida qarash zarurligi mujassam boʻladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

https://lex.uz/acts/51887

2. Ляпкало А.С. Статистический анализ уровня занятости населения.

3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari

4.

www.mehnat.uz

– O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari

vazirligining rasmiy sayti.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–4_ Май –2025

386

5. Alikariev N.S., Alikarieva A.N. Oliy ta‘lim sifati menejmenti tizimini rivojlantirish

konsepsiyasi//―Ijtimoiy tadqiqotlar jurnali‖ (

www.tadqiqot.uz\soci

) elektron jurnali.

№1. – Toshkent, 2020. – B. 7-18. DOI

6.

Xusanova X.T. Талаба ёшлар социал категориясини ўрганишда

мултидисциплинар ёндашув. Ижтимоий фанлар электрон журнали № 2 (2019)

02-12-2019.

7. Kholbekov A.J. Jamiyat ijtimoiy sohasi‖ tushunchasiga doir. // Zamonaviy

dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi mavzusidagi

xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari tuplami (Toshkent sh., 25-may 2023.).

-Toshkent : UzMU. – B/ 53-56.

8.

Назарова

Н.

Ж.

ЁШ

МУТАХАССИСЛАРНИНГ

КАСБИЙ

РАҚОБАТБАРДОШЛИК СИФАТЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ (ТРАНСПОРТ

СОҲАСИ МИСОЛИДА) //Academic research in educational sciences. – 2022. – Т.

3. – №. 6. – С. 765-771.

9. Rakhmonov D., Nazarova N. Socio-Philosophical Reflection of the Social Sphere

Model //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 1-6.

10. Nosirov R. et al. Occupational problems in youth competitiveness //AIP

Conference Proceedings. – AIP Publishing, 2023. – Т. 2789. – №. 1.

11. Nazarova N. J., Jumaniyazova N. S. The Role of Family on Preventing the Youth’s

Deviant Behaviours //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social

sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 1. – С. 854-859.

Most read articles by the same author(s)

Nazarova Nilufar Jo’rayevna, Xusanova Durdona Abdusattor qizi, ZAMONAVIY JAMIYATDA YOSHLARNING IJTIMOIY TABAQALANISHI: OMILLAR VA OQIBATLAR , Modern education and development: Vol. 25 No. 5 (2025)

Maxmirzayeva Yulduz Jamolitdin qizi, Madiyarova Adolat Shavkat qizi, Nazarova Nilufar Jo’rayevna, YOSHLAR VA EKOLOGIK MUAMMO , Modern education and development: Vol. 26 No. 3 (2025)

Matkarimova Jamila Durdiyevna, Baxodirov Vosilxon Nodir o’g’li, Xolmurodov Agzam Aral o’g’li, YOSHLAR ORASIDA IJTIMOIY TARMOQLARNING IJTIMOIY ONG VA QADRIYATLARGA TA’SIRI , Modern education and development: Vol. 25 No. 2 (2025)

Matkarimova Jamila Durdiyevna, Baxodirov Vosilxon Nodir o’g’li, Xolmurodov Agzam Aral o’g’li, YOSHLAR ORASIDA IJTIMOIY TARMOQLARNING IJTIMOIY ONG VA QADRIYATLARGA TA’SIRI , Modern education and development: Vol. 25 No. 2 (2025)

Shahriyor Aslonov, Bahodirov Vosilxon, Nazarova Nilufar Jo’rayevna, YOSHLAR ORASIDA BANDLIK MUAMMOSI VA UNI HAL QILISH YO’LLARI: IJTIMOIY YONDASHUV , Modern education and development: Vol. 26 No. 2 (2025)

Qurbonova Sevara Solijon qizi, Toshpo'latova Gulsanam Shahriddin qizi, Nazarova Nilufar Jo’rayevna, TALABALARNING MEHNAT BOZORIGA MOSLASHUVI: MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR , Modern education and development: Vol. 26 No. 4 (2025)

Maxmirzayeva Yulduz Jamolitdin qizi, Madiyarova Adolat Shavkat qizi, Nazarova Nilufar Jo’rayevna, YOSHLAR VA EKOLOGIK MUAMMO , Modern education and development: Vol. 26 No. 3 (2025)

Nazarova Nilufar Jo’rayevna, Xusanova Durdona Abdusattor qizi, ZAMONAVIY JAMIYATDA YOSHLARNING IJTIMOIY TABAQALANISHI: OMILLAR VA OQIBATLAR , Modern education and development: Vol. 25 No. 5 (2025)

Shahriyor Aslonov, Bahodirov Vosilxon, Nazarova Nilufar Jo’rayevna, YOSHLAR ORASIDA BANDLIK MUAMMOSI VA UNI HAL QILISH YO’LLARI: IJTIMOIY YONDASHUV , Modern education and development: Vol. 26 No. 2 (2025)

Nazarova Nilufar Jo’rayevna, Xolmurodov Agzam Aral o’g’li, YOSHLARNING BANDLIGI VA IJTIMOIY ADAPTATSIYA , Modern education and development: Vol. 26 No. 4 (2025)

1 2 > >>