MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
60
MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNING ESTETIK
DIDINI RIVOJLANISHIDAGI O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLAR
Choriyeva Durdona Anvarovna Nizomiy nomidagi Toshkent davlat
pedagogika universiteti “Maktabgacha ta’lim” fakulteti Maktabgacha ta’lim
psixologiyasi va pedagogikasi kafedrasi dotsenti,
Jumaboyeva Aziza Ikrom qizi “Maktabgacha ta’lim
psixologiyasi va pedagogikasi” yo’nalishining 4 kurs talabasi
Shaxsning estetik xususiyatlari tug’ma emas, ammo ular ijtimoiy muhit va
faol pedagogik rahbarlik sharoitida ilk yoshdan boshlab rivojlanib boradi. Estetik
rivojlanish jarayonida bolalarni estetik idrok, tasavvur, tushunchalar, mulohazalar,
qiziqishlar, xis-tuyg’ular, badiiy va ijodiy qobiliyatlarni tarkib toptirish amalga
oshiriladi.
Bolalarning estetik rivojlanishi ularning kundalik jo‘shqin hayoti bilan
chambarchas bog’liqdir.
Ilk yoshdagi bolalarni nazarda tutganda, xali ularning estetik tarbiyasi
to‘g’risida emas, balki ularning xissiy va
sensor rivojlanishi to‘g’risida o‘ylash kerak.
Bola yaltiroq bo‘yoqdan xursand bo‘ladi, bir maromdagi tovush va harakatlardan
huzur qiladi. Bola hayotining birinchi yilida ularning sensor-hissiy qabul
qiluvchanligi takomillashib boradi. Bu yoshdagi bolada hissiy kechinmalarning
shakllanishida kattalar muhim rol o‘ynaydi. Kattalarning ochiq yuz bilan jo‘shqin
ohangda gapirishlari bolaga buyumlarning u yoki bu xususiyatlariga ijobiy
munosabatda bo‘lishlariga yordam beradi. Va, aksincha, kattalarning ogoxlantiruvchi
ovozi, ular yuzidagi tundlik alomati yoki ho‘mrayib qarashlari, jerkib, siltab
tashlashlari va hokazolar bolalarda shu buyumga yoki uning sifatiga salbiy
munosabatni shakllantiradi.
Bola hayotining ikkinchi yilida uning idroki sekin-asta takomillasha boradi.
Bolalar endi faqat borliq xususiyatlarini emas, shu bilan birga san’at asarlaridagi
ayrim estetik ifoda vositalarini ham idrok eta boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarda
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
61
musiqaning quvnoq va g’amgin kuylariga, ularning qattiq va sokin ohangiga, ohista
va tezligiga javob ta’siri paydo bo‘ladi va hokazo.
O‘rta guruhga kelganda bolalar estetik idrokinnng rivojlanishida muhim
o‘zgarishlar yuz beradi. Ularning estetik idroki ancha aniq va tabaqalashgan bo‘lib
qoladi. Ammo shunga qaramay, u qisqa-qisqa bo‘lib, bolaning shaxsiy tajribasi va
qiziqishiga bog’liq bo‘ladi.
Bu yoshdagi bolalar badiiy obrazni eng oddiy estetik baholay oladilar, ba’zi
bir estetik vositalarni to‘g’ri anglaydigan, tasvir mohiyatini tushunadigan bo‘lib
qoladilar.
Bolalarda go‘zallikni idrok qilish jarayoni aniq ifodalangan, ta’sirli, faol tusda
bo‘ladi. Bu ayniqsa ular qo‘g’irchoq teatri, kino, multfilm, telespektakllarni tomosha
qilganlarida aniq namoyon bo‘ladi. Bolalar asar qahramonlari harakatiga bemalol
qo‘shilib harakat qiladilar, ularda muayyan vaziyatda o‘zini qanday tutishni aytib
turadilar, o‘zlarini ular bilan birga o‘ynayotgandek xis etadilar. Bu yoshdagi bolalar
tanish bo‘lgan san’at asarlarini yangi asarlar bilan solishtiradilar va ba’zi bir xulosalar
chiqaradilar. Bolalar she’rni nasrdan, badiiy asarning ba’zi bir janrlarini, tasviriy
faoliyat va musiqaning bir xil turlarini (ertakni hikoyadan, marshni raqsdan, allani
o‘yindan va hokazo) bir-biridan ajrata boshlaydilar.
Tasvirda badiiy, musiqa, teatrlashtirish kabi hamma faoliyatlarda qo‘yilgan
vazifani bajarishda mustaqillik, ijodkorlikka intilish namoyon bo‘la boshlaydi.
Bolalar o‘yinga tushganda, ashula aytganda, sahnalashtirish o‘yinlarida obrazlarning
ifodali bo‘lishiga ongli ravishda intila boshlaydilar.
Katta guruhning oxirlariga kelganda ular musiqani, badiiy asarlarni diqqat
bilan tinglaydilar, tasviriy san’at asarlarini sinchiklab kuzatadilar, ulardagi ijobiy
qahramonlarning xatti-harakatlaridan quvonadilar, yomonlikni qoralaydilar. Bolada
musiqaviy va shoirona tinglash qobiliyati rivojlanadi. Ularda ayrim musiqa janrlariga,
adabiy va tasviriy san’at asarlariga nisbatan barqaror qiziqish paydo bo‘ladi.
Bolalarda badiiy-ijodiy qobiliyat rivojlana boshlaydi, ular mustaqil ravishda
topishmoqlar, ashulalar, ertaklar, she’rlar to‘qiydilar, applikatsiya va rasmlar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
62
ishlaydilar. Endi ular o‘zlarining va o‘rtoqlarining ishlarini baholaydigan bo‘lib
qoladilar.
Kuzatayotgan san’at asarlari, eshitayotgan musiqa asarlari, o‘qilayotgan
she’rlarning eng nozik tomonlarini ko‘ra biladilar, seza boshlaydilar. Badiiy
asarlardagi ba’zi she’riy obrazlarni eslab qoladilar va o‘z nutqlarida ishlatadilar.
Tevarak-atrofdagi go‘zallikka, san’atga, badiiy va o‘yin faoliyatining har xil turlariga
nisbatan ularda qiziqish shakllana boshlaydi.
Shunday qilib, maktabgacha ta’lim yoshi davri tarbiyaviy ta’sir orqali
bolalarni estetik ruhda tarbiyalash maqsadlaridan va uning bola shaxsini
shakllantirishda
tutgan
o‘rnidan kelib chiqib, estetik rivojlanishlarini
takomillashtirishdir.
Estetik tarbiyaning vazifalari tarbiyaning umumiy maqsadlaridan kelib
chiqib, bolalarning yosh imkoniyatlariga qarab belgilanadi. Estetik tarbiya
vazifalarini xal etish bolalarda tashabbuskorlik, ma’lum natijalarni oldindan bilish,
ularga intilish, orzu qila bilish kabi sifatlarni shakllantirish bilan uzviy bog’langandir.
Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalar asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning
har bir yosh guruhlarida estetik tarbiya berishning mazmuni va metodlari ishlab
chiqiladi.
Estetik tarbiyaning muzmuni bolaning estetik faoliyati orqali amalga
oshiriladigan bilim, malaka va ko‘nikmalarni estetik hissiyot, qiziqish, estetik ehtiyoj,
estetik did va mulohazalarni tarbiyalashni o‘z ichiga oladi.
Bular quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
-
o‘yin, mehnat jarayonida, maishiy faoliyatda ijtimoiy va tabiat voqealari
bilan tanishtirish orqali tevarak-atrofdagi borliqqa nisbatan estetik munosabatni
tarbiyalash;
-
san’at asarlari (badiiy tarbiya) vositasida estetik tarbiya berish.
Pedagogika fanida bolalarni chizishga, loy va plastilindan narsalar yasashga,
ashula aytishga va shunga o‘xshashlarga o‘rgatish metodikasi mukammal ishlab
chiqilgan.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
63
Bola ijodining mazmuniga ta’sir etadigan asosiy vosita, bolani
hayajonlantiradigan, uning xayol va hislariga ta’sir etuvchi narsa tevarak-atrofdagi
yorqin, jonli taassurotlardir.
Badiiy faoliyatning hamma turlarida ham ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish
estetik idrok va xislarni rivojlantirish bilan bog’liq holda olib boriladi. Agar bola
qishki tabiatning go‘zalligini his eta olsa, u albatta shu go‘zallikni rasmda, hikoyasida
aks ettiradi. Agar bola badiiy adabiyotlardagi obrazlarni idrok eta olsa, undagi
qahramonlar bola tushunchasiga yaqin bo‘lsa, bunday kitoblar bolalar o‘yini uchun
rasm chizish va loydan narsalar yasash uchun bitmas-tuganmas manba bo‘lib xizmat
qiladi. Agar bolalar tilning go‘zalligini, she’rning ritmini, ohangdorligini his eta
olsalar, o‘zlari ham kichkina she’rlar to‘qib, qofiyalar tanlashga urinadilar.
Bolalardagi fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun badiiy qobiliyatning
hamma turlarida ham xayolning ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi
ta’minlanadi. Bolalarni ijodiy maqsad qo‘yishga o‘rgatiladi.
Bolalarning mustaqil ijodiy faoliyatlari bayramlarda, ko‘ngil ochish
kechalarida, ekskursiya va sayrlarda, har xil o‘yinlarda amalga oshiriladi. Bolalar
o‘zlarining badiiy, ijodiy mahoratlarini, qobiliyatlarini bemalol, erkin namoyish
qilishlari uchun tarbiyachi kerakli shart-sharoitni yaratib berishi zarur. Bolalarning bu
xildagi mustaqil faoliyatlariga rahbarlik qilishda tarbiyachi yakka tartibda
yondoshishi lozim. Shu orqali u bolalarning o‘ziga xos qobiliyat va imkoniyatlarini
o‘rganadi. Bolalar orasida ashula aytishga, rasm chizishga, musiqaga xavas juda erta
uyg’onadi. Ammo bu xali bolaning kelajakda qanday mutaxassis bo‘lishini aniqlash
huquqini bermaydi. Lekin tarbiyachilar va ota-onalar bolalarning qiziqishlariga
diqqat-e’tibor bilan qarashlari lozim. Ular bolani diqqat bilan kuzatayotib, unda
musiqa, rasm, qurish-yasash va boshqa sohalardagi iste’dodning ilk kurtaklarini
ko‘rishlari mumkin. Boladagi qobiliyatlarning shakllanishi kattalarning mana shu
kurtaklarni avaylab o‘stirishlariga, ularga to‘g’ri rahbarlik qilishlariga bog’liq.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:
1.
Kayumova N.M. “Maktabgacha pedagogika” Darslik 2013 y.
2.
N.Egamberdiyeva “Ijtimoiy pedagogika” o`quv qo`llanma 2009 y.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
64
3.
Chorieva,
D.
(2020).
DIAGNOSTICS
AS
A
BRANCH
OF
PSYCHOLOGICAL AND PEDAGOGICAL KNOWLEDGE AND TYPE OF
RESEARCH ACTIVITY OF A TEACHER. European Journal of Research and
Reflection in Educational Sciences Vol, 8(3).
4.
Choriyeva, D. (2022). TARBIYACHINING PEDAGOGIK MAHORATINI
OSHIRISHDA PEDAGOGIK TEXNIKANING ROLI. Zamonaviy dunyoda
pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar, 1(24), 101-103.
5.
Чориева, Д. А. (2021). МЕТОДЫ И ПРИЕМЫ РАБОТЫ С
АГРЕССИВНЫМИ ДЕТЬМИ. In Человек в современном мире: пространство и
возможности для личностного роста (pp. 152-161).
6.
Чориева, Д. А. (2019). Педагогическая диагностика в условиях
дошкольного образования. Актуальные проблемы современного образования:
опыт и инновации, 86.
7.
Чориева, Д. А., & Ражабова, Г. Ф. (2022). ЗНАЧЕНИЕ
ПЕДАГОГИЧЕСКО-ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО
ДИАГНОСТИЧЕСКОГО
СРЕДСТВА В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ.
Results of National Scientific Research International Journal, 1(6), 327-343.
8.
Чориева, Д. А. (2022). ПЕДАГОГИК-ПСИХОЛОГИК ДИАГНОСТИКА
ФАОЛИЯТИ БИЛАН ШУҒУЛЛАНУВЧИ ШАХСГА ҚЎЙИЛАДИГАН
ТАЛАБЛАР: https://doi. org/10.53885/edinres. 2022.9. 09.014 Чориева Дурдона
Анваровна Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети
Мактабгача таълим факультети Мактабгача таълим психологияси ва
педагогикаси кафедраси педагогика фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD), в.
б. доценти. Образование и инновационные исследования международный
научно-методический журнал, (9), 99-102.
9.
X.Meliyev, O.Jamoldinova “Tarbiyachining kasbiy kompetenti va mahorati”
O`quv qo`llanma 2021 y.
10.
Chorieva, D. A. BO‘LAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY
MAHORATLARINI OSHIRISH YO‘LLARI. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
65
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI, 385.
11.
Anvarovna, C. D. (2024). MANAGEMENT OF INNOVATIVE PROCESSES
IN
PRESCHOOL
EDUCATION.
ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА
И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 37(6), 58-62.
12.
Anvarovna, C. D. (2024). MAKTABGACHA TA’LIMDA PEDAGOGIK
DIAGNOSTIKA
VA
KORREKSIYALASHNING
О
‘ZIGA
XOS
XUSUSIYATLARI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В
МИРЕ, 37(6), 48-53.
13.
Anvarovna,
C.
D.
(2024).
TA’LIM-TARBIYA
JARAYONIDA
INNOVATSION
PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK
DIAGNOSTIK
SAMARALI
METODLARDAN
FOYDALANISH.
ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА
И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 37(6), 54-57.
14.
Choriyeva, D., & Ahmadova, S. (2023). Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
ertaklarning ahamiyati. Maktabgacha va maktab ta’limi jurnali, 1(2-3).
15.
Durdona, C. (2023, December). KREATIVLIK ORQALI BOLALARNING
QOBILYATLARINI OSHIRISH. In " Conference on Universal Science Research
2023" (Vol. 1, No. 12, pp. 302-305).
16.
Durdona, C. (2023). BOLALARDA KREATIVLIK QOBILYATINI
RIVOJLANTIRISH. TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN,
1(5), 265-270.
17.
Choriyeva, D. (2023). OILA VA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA
AMALGA OSHIRILADIGAN IJTIMOIY VAZIFALAR. Talqin va tadqiqotlar,
1(32).
18.
DURDONA, C., & SHAHNOZA, K. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI
BOLALARNING KREATIVLIGINI OSHIRISHDA TASVIRIY FAOLIYATNING
O ‘RNI. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan, 1(7), 191-196.