MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
164
BOLANI PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK TEKSHIRISH
Choriyeva Durdona Anvarovna Nizomiy nomidagi Toshkent davlat
pedagogika universiteti “Maktabgacha ta’lim” fakulteti Maktabgacha ta’lim
psixologiyasi va pedagogikasi kafedrasi dotsent,
Rajabboyeva Mohichehra Amatjon qizi “Maktabgacha ta’lim
psixologiyasi va pedagogikasi” yo’nalishining 4 kurs talabasi
Bolani psixologik-pedagogik tekshirish — bu bolaning shaxsiy, aqliy,
ijtimoiy-emotsional va o‘quv faoliyati ko‘rsatkichlarini aniqlashga qaratilgan tizimli
tekshiruv jarayonidir. Bu tekshiruv bolalar bog‘chasi, maktab yoki maxsus ta’lim
muassasalarida bolalarning rivojlanishidagi xususiyatlarni aniqlash uchun
o‘tkaziladi.
Asosiy maqsadlar:
1. Bolaning psixologik va pedagogik rivojlanish darajasini baholash.
2. Rivojlanishidagi kuchli va zaif tomonlarini aniqlash.
3. Maxsus yordam yoki pedagogik tuzatish choralari zarurligini aniqlash.
4. Shaxsiy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish.
Tekshiruv yo‘nalishlari:
1. Intellektual rivojlanish: fikrlash, xotira, diqqat va tafakkur darajasini
baholash.
2. Nutq rivoji: talaffuz, so‘z boyligi, gap tuzish qobiliyati.
3. Emotsional-hissiy rivojlanish: hissiy holat, o‘zini tutish, stressga bardosh
berish.
4. Ijtimoiy moslashuv: jamoada ishlash, boshqalarga nisbatan munosabat.
5. O‘quv faoliyati: o‘qish, yozish, matematik qobiliyatlar.
Bolani psixologik-tibbiy-pedagogik tekshirishning bir tomoni bo‘lib, uning
rivojlanish xususiyatlarini har tomonlama o‘rganishga imkon beradi. Go‘dak va ilk
yoshdagi bolani psixologik-pedagogik tekshirishning asosiy maqsadi: bolaning psixik
rivojlanish darajasini aniqlash, psixik funksiyalarini shakllanish xususiyatlarini
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
165
o‘rganish, psixik rivojlanishidagi buzilishlar (nuqsonlar) xarakteri va darajasini
aniqlashdir.
Psixologo-pedagogik tekshirish vazifalariga quyidagilar kiradi: - bolaning
hissiy va kommunikativ doirasini rivojlanish darajasini aniqlash va tavsiflash; -
sensor va harakat funksiyalarini rivojlanish darajalarini aniqlash va tavsiflash; -
manipulyativ, predmetli va o‘yin faoliyatining rivojlanish darajasini aniqlash
tavsiflash; - aqliy va nutqiy rivojlanish darajasini aniqlash; - ijtimoiy-maishiy
faoliyatni rivojlanish darajasini aniqlash; - bola va ota-ona munosabatlarini yoshiga
moslik darajasini aniqlash; - bolaning psixik rivojlanish saviyasini aniqlash, potensial
imkoniyatlari asosida korreksion ishlarni belgilash; - ota-onalar va mutaxassislar
uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Psixologik-pedagogik tekshirishning asosiy metodlari quyidagilardan iborat:
• bolaning o‘zi va ota-onasi bilan suhbat;
• anamnestik va katamnestik o‘rganish;
• kuzatish;
• eksperiment.
Psixologik tekshirish (o‘rganish) tamoyillarini quyidagilar tashkil etadi:
1) bola psixikasini kompleks o‘rganish tamoyili, ya’ni turli mutaxassislar
tomonidan o‘rganish. Bu tamoyil bolani barcha mutaxassislarning (vrach, defektolog,
psixolog, pedagog) tekshirishidan olingan ma’lumotlarni e’tiborga olishni nazarda
tutadi.
2) analitiko-sintetik o‘rganish tamoyili, ya’ni bolaning faqatgina bilish
jarayonlarinigina emas, balki hissiy-irodaviy doirasi va xulqini tekshirishni nazarda
tutadi. Shuningdek, bolalarning aqliy qobiliyatlarning shakllanishiga ta’sir etadigan
jismoniy rivojlanishi ham e’tiborga olinadi.
3) sistemali va to‘liq o‘rganish tamoyili bolaning psixik rivojlanishidagi
alohida buzilishlarning namoyon bo‘lishi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va bir-biridan
kelib chiqishini, ularning iyerarxiyasi, birlamchi va ular asosida kelib chiqadigan
ikkilamchi buzilishlarning o‘zaro munosabatini nazarda tutadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
166
4) bolaning psixikasini o‘rganishdagi yana bir tamoyil dinamik o‘rganish
tamoyilidir. Bu tamoyil bo‘yicha, bolani o‘rganishda, tekshirish vaqtida u biladigan
va bajara oladiganlarni emas, balki ularning ta’limdagi imkoniyatlarini ham e’tiborga
olish lozimdir.
Dinamik tamoyil asosida L.S.Vigotskiyning bolalarni “yaqin rivojlanish
zonasini”, ta’limda ularning potensial imkoniyatlarini o‘rganish haqidagi fikrlari
yotadi.
5) bola psixikasini obyektiv o‘rganish tamoyili, ya’ni tekshirishda bola uchun
tabiiy holatni yuzaga keltirish;
6) tekshirish sharoitini va metodlarini tanlashda bolaning yosh xususiyatlarini
e’tiborga olish tamoyili;
7) bolaning psixikasini, ayniqsa bilish jarayonlarini o‘rganishda uning
faoliyatini, vazifalarni bajarish uslubini e’tiborga olish tamoyili.
Bolaning psixik rivojlanishining xususiyatlarini yanada chuqurroq o‘rganish,
psixikadagi buzilishlarning darajasi va o‘ziga xos tomonlarini aniqlash uchun
eksperimental tadqiqot metodlarini qo‘llash zarur. Bu metod ko‘p hollarda ta’limiy
eksperiment ko‘rinishida o‘tkaziladi.
Ta’limiy eksperiment metodi bolaning o‘rgatilishini aniqlash maqsadida
metodning tuzilishiga turli yordam choralarini kiritilishini nazarda tutadi. Tekshirish
jarayonida quyidagi yordam turlaridan foydalaniladi: harakatni taqlid asosida
bajarish, harakatni taqlid asosida imo-ishoradan foydalanib, nutqiy ko‘rsatma
yordamida bajarish. O‘rganish, ya’ni bolaning noadekvat harakatlardan adekvat
harakatlarga o‘tishi uning saqlangan potensial (ichki) imkoniyatlari mavjudligidan
darak beradi.
Psixologik-pedagogik tekshirishni o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar.
Psixologik-pedagogik va logopedik tekshirishni tibbiy tekshirishdan so‘ng o‘tkazish
maqsadga muvofiq bo‘ladi, chunki psixik rivojlanishdagi buzilishlarni tashxis
qilishda anamnestik ma’lumotlar, statik, nevrologik va psixik holatlar, ko‘rish,
eshitish funksiyalarining saqlanganligi, shuningdek harakat buzilishlarining xarakteri
va darajasi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunday ma’lumotlarni tahlil qilish
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
167
psixolog va logopedga tekshirishda kerakli yo‘nalishni, tekshirish metodikalarini
to‘g‘ri tanlashga imkon beradi.
Tekshirish metodi va metodikalarini tanlash bolaning yoshi, uning motor,
sensor, aqliy imkoniyatlari, nutqning mavjudligi yoki yo‘qligiga bog‘liq bo‘ladi. Ilk
yoshdagi bolalarni psixologik-pedagogik tekshirish bir qator xususiyatlarga ega
bo‘ladi. Chunki bu yoshdagi bolalar eksperimentator bilan doimo ham oson aloqaga
kirishmaydilar, topshiriqlarni bajarishga intilmaydilar. Bular 8-9 oylikdan 2
yoshgacha bolalarda kuzatiladigan notanish odamlar, notanish vaziyatga nisbatan
qo‘rquv, uyalishga, tortinishga; ikkinchidan, o‘ziga xos qo‘rquvlar (oq xalatdan,
bolaga tegishdan, o‘rnini o‘zgartirishdan va hokazolardan), depressiv kayfiyat,
o‘jarlik, negativizm bilan bog‘liqdir. Bola o‘jarlik qilganda, charchaganda, toliqqanda
tekshirishni to‘xtatish zarur. Dastlabki qabulda bolaga uning yoshidan kelib chiqib 3-
4 topshiriq taklif etiladi.
Tekshirishni ona yoki ota bilan suhbatdan boshlash lozim. Suhbat vaqtida
bolani ota-onasidan ajratmasdan, unga yangi vaziyatga, notanish odamlarga
ko‘nikishga vaqt beriladi. 1 yoshdagi bolani, shuningdek, harakatlarida og‘ir nuqsoni
bo‘lgan bolalarni tekshirishga ovoz chiqaradigan o‘yinchoqlar, erkalatib gapirish kabi
ta’sirlar yordamida jalb etiladi. Yoshi kattaroq bolalar esa turli topshiriqlarning
syujetini bitta umumiy o‘yinga o‘tkazish orqali tekshirish vaziyatiga kiritiladi.
Tekshirishni bolaning mustaqil faoliyatini kuzatib, uning faolligi, o‘yin, predmetli
harakatlarining turlililiga e’tibor berishdan boshlash maqsadga muvofiq. Agarda bola
o‘yinchoqlarni o‘ynamasa, katta odam o‘yinchoqlarni bolaga taklif etib, ular bilan
harakat usullarini ko‘rsatadi. Tekshirishni o‘tkazish uchun bir qancha predmetlar va
o‘yinchoqlar to‘plami zarur bo‘ladi. Eksperimental tekshirish bola uchun qiziqarli
bo‘lgan sodda, oson topshiriqlar berishdan boshlanadi. So‘ngra bolaga bir qator ancha
murakkab bo‘lgan topshiriqlar beriladi. Ammo, bola toliqishining dastlabki
ko‘rinishidayoq uning diqqatini ancha oson bo‘lgan topshiriqqa yo‘naltirish yoki dam
berish tavsiya etiladi. Bilish faoliyatini tadqiq etishda topshiriqni bajarish usullarini
ko‘rsatish 3 martadan oshmasligi lozim. Kattalarning nutqi bola harakatlarini tashkil
etadi, yo‘naltiradi, rag‘batlantiradi, natijalarini baholaydi. Tekshirish vaqtida doimo
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
168
bolani hissiy qo‘llab-quvvatlash, nutq yordamida, imo-ishora, mimika orqali ijobiy
baholab borish zarur. Bola umuman harakatsiz bo‘lganda, nutqi shakllanmagan
hollarda u faqat kattalarning o‘yin harakatlarini kuzatadi. Eksperimentator bolani
kattaning harakatlariga bo‘lgan diqqatini, qiziqishining faolligi va turg‘unligini,
hodisaga bo‘lgan hissiy munosabatini, espressiv-mimik reaksiyasini e’tiborga oladi.
Eksperimental sinov (tajriba) larni tanlashda tekshirish metodikalari bolalarning
yoshiga mos bo‘lishi; u yoki bu funksiyani o‘rganish birgina emas, balki yo‘nalishi
bo‘yicha yaqin bo‘lgan bir necha metodikalar qo‘llanilishi zarur.
Tekshirish metodikasi: bola oldiga 2 ta (1-2 g) yoki 3 ta (2-3 g) quti va ulardan
sal yiroqroqda qopqoqlari qo‘yiladi. Eksperimentator katta sharni katta qutiga, kichik
sharni kichik qutiga soladi va boladan qutichalarning qopqog‘ini yopib sharlarni
yashirib qo‘yishshi so‘raladi. Bunda bolaga qaysi qopqoqni olish tushuntirilmaydi.
Agarda bola qutiga mos qopqoqni olmasa, eksperimentator katta qopqoq bilan katta
qutini, kichik qopqoq bilan kichik qutinng og‘zini yopish lozimligini tushuntiriladi.
Matryoshkani yoyish va yig‘ish Tekshirish materiali: 4 qavatli matryoshka.
Tekshirish metodikasi: bola oldiga matryoshka qo‘yiladi va imo-ishora bilan uni
yoyish va yana yig‘ish taklif qilinadi. Agarda bola topshiriqni bajarishga kirishmasa,
katta odamning o‘zi matryoshkani ketma-ketlikda yoyadi va yig‘adi. So‘ngra bolaga
topshiriqni o‘zi bajarishini taklif etadi.
Bajarish: 1 yoshu 3 oylikdan – 1 yoshu 6 oylikda – bir qavatli matryoshkani
yoyadi va yig‘adi; 1 yoshu 6 olikdan – 2 yoshda – ikki qavatli matryoshkani yoyadi
va yig‘adi; 2 yoshu 2 oylikdan – 2 yoshu 6 oylikda – uch qavatli matreshkni yoyadi
va yig‘adi; 2 yoshu 6 oylikdan – 3 yoshgacha – to‘rt qavatli matryoshkani yoyadi va
yig‘adi.
Piramidani yoyish va yig‘ish. Tekshirish materiali: 3 va 4 xalqali piramidcha.
Tekshirish metodikasi: bolaning ko‘zi oldida “avval katta xalqani, endi kichikrog‘ini,
undan ham kichikrog‘ini va eng kichkinasini o‘qqa taxlaymiz” deb piramidachaga
xalqalar yig‘iladi. So‘ngra bolaga piramidachani yoyish va xalqachalarning katta-
kichikli e’tiborga olib yig‘ish taklif etiladi. Bajarish: 2 yosh – 2 yoshu 2 oylik – 3
xalqali piramidachani xalqalarning katta kichikligini e’tiborga olib yig‘adi. 2 yosh 6
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
169
oylikdan – 3 yoshgacha – 4 xalqali piramidachani xalqalarning katta-kichikligini
e’tiborga olib yig‘adi. Shaklga moslash. Topshiriqlar ko‘rish idrokining, shaklni
amaliy chamalashning rivojlanish darajasini aniqlashga qaratilgan.
1. Sortyorlar. Tekshirish materiali: 2, 3 va 4 ta chuqurchasi bo‘lgan taxtachalar
va ularga mos bo‘lgan uchburchak, doira va kvadrat hamda to‘g‘ri to‘rtburchak
shakllardagi qoplamalar. Tekshirish metodikasi: bola oldiga chuqurchalardagi
qoplamalar to‘kiladi va “joyiga qo‘y” ko‘rsatmasi beriladi. Agarda bola topshiriqni
bajarmasa, unga imo-ishora bilan diqqatini chuqurcha va qoplamalar shakllariga
qaratiladi va yana topshiriqni bajarish taklif etiladi. Bajarish: 1 yosh – 1 yoshu 6
oylik – 2 ta qoplamalik sortyorni sinab ko‘rish va xato usuli bilan joylashtiradi; 1
yosh 6 oylik – 2 yosh – 3 ta qoplamali sortyorni xato va sinab ko‘rish usuli bilan
joylashtiradi; 3 yosh – barcha qoplamalarni tegishli chuqurchalarga darhol
joylashtiradi (ko‘rib moslashtirish usuli bilan).
2. Segen taxtasi Tekshirish materiali: segen taxtasi (1 variant). Tekshirish
metodikasi: bola oldida stol ustiga chuqurchalardan qoplama- shakllar to‘kiladi va
so‘z, imo-ishora ko‘rsatmasi bilan yana qayta joylashtirish so‘raladi. Agarda bola
topshiriqni bajarishga kirishmasa unga bajarish usuli ko‘rsatiladi va mustaqil
bajarishga undaladi. Bajarish: 3 yoshda – maqsadga yo‘naltirilgan sinov usuli bilan
bajariladi.
Rang bo‘yicha o‘xshatish.
1. Rangli kubiklar. Topshiriq bolaning ranglarni o‘xshatish, farqlash va
nomlash ko‘nikmasini aniqlashga yo‘naltiriladi. Tekshirish materiali: 2 ta qizil, 2 ta
oq, 2 ta yashil, 2 ta ko‘k rangdagi kubiklar. Tekshirish metodikasi: bola oldiga 2 ta
(3,4) rangli kubik qo‘yiladi va tekshiruvchining qo‘lidagidek kubikni ko‘rsatish
so‘raladi: “Mening qo‘limdagidek kubikni ol”. So‘ngra psixolog boladan: “Qizil
kubik qani, ko‘rsat va hokazo” deb so‘raydi. Agar bola topshiriqni bajarishga
kirishmasa, unda katta odam kubikni xuddi shu rangdagi kubik ustiga qo‘yadi va
kubiklarning umumiy belgisi – rang ekanligini ko‘rsatadi. Bajarish: 2 yosh – 2 xil
rangni o‘xshatadi va farqlaydi, 1-2 xil rangni nomlaydi. 2,5 yosh – 3 xil rangni
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
170
o‘xshatadi, 2-3 xil rangni nomlaydi. 3 yosh - 4 xil rangni o‘xshatadi, 3-4 xil rangni
nomlaydi.
2. Juft rasmlar. Topshiriq predmetli rasmni to‘liq idrok etish darajasining
rivojlanganligini aniqlashga qaratilgan. Tekshirish materiali: 4 juft predmetli rasmlar.
Tekshirish metodikasi: bola oldiga 2 ta predmetning rasmi qo‘yiladi. Xuddi shunday
rasmlar jufti tekshiruvchining qo‘lida bo‘ladi. Psixolog ko‘rsatish ishorasi bilan ularni
o‘zaro solishtirib, uning va bolaning qo‘lidagi rasmlar bir xilligini ta’kidlaydi.
So‘ngra tekshiruvchi o‘zining qo‘lidagi rasmlarni berkitadi va ulardan birini olib
bolaga ko‘rsatadi va xuddi shunday rasmni ko‘rsatishini so‘raydi. Agarda bola
topshiriqni bajarmasa, unda juft rasmlarni o‘xshatish ko‘rsatiladi: “Bunday rasm
menda bor, senda ham xuddi shunday rasm bor” (bunda ko‘rsatish ishorasidan
foydalaniladi). Bajarish: 2 yoshda – 2 juft predmetli rasmni topa oladi. 2,5 yosh – 3
juft predmetli rasmni topa oladi. 3 yoshda – 4 juft predmetli rasm topa oladi.
3. Kesma rasmlar. Topshiriq predmetning rasmini to‘la idrok etishning
rivojlanish darajasini aniqlashga qaratiladi. Tekshirish materiali: 2 ti bir xil
predmetning rasmi, ulardan biri 2 ta (3 ta) qismga bo‘lib qirqilgan. Tekshirish
metodikasi: bolaga 2 ta (2yosh – 2 yoshu 6 oylikka) yoki 3 taga bo‘lib (3 yosh)
qirqilgan rasm ko‘rsatiladi va uni yig‘ib bir butun qilib berish so‘raladi: “Rasmni
to‘liq qilib yig‘ib ber”. Agarda bola topshiriqni bajarishda qiynalsa, unga qirqilmagan
butun rasm ko‘rsatiladi va qismlardan xuddi shunday rasmni yig‘ish so‘raladi. Agarda
shundan keyin ham bola topshiriqni bajara olmasa, katta odamning o‘zi qirqqan
rasmning bir qismini butun rasm ustiga qo‘yadi va boladan boshqa qismini qo‘yishni
so‘raydi. So‘ngra bolaga topshiriqni mustaqil bajarishni taklif etiladi.
4. Tayoqchalardan qurish. Topshiriq idrokning to‘liqligi, namunani ko‘ruv-
fazoviy tahlili, bolaning taqlid, ko‘rsatish bo‘yicha harakat qilish ko‘nikmasining
rivojlanish darajasini aniqlashga qaratilgan. Tekshirish materiali: bir xil rangdagi 4
yoki 6 ta yassi tayoqchalar. Tekshirish metodikasi: bola oldida tayoqchalardan
figuralar – “bolg‘acha” va “uycha” quriladi va shunday qilish taklif etiladi:
“Mendagidek, bajar”. Agarda bola ko‘rsatish bo‘yicha topshiriqni bajara olmasa,
unga taqlid bo‘yicha bajarish taklif etiladi: “Qara va menga o‘xshab bajar”. So‘ngra
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
171
yana topshiriqni namuna bo‘yicha bajarish taklif etiladi. Bajarish: 2 yoshu – 2 yosh 6
oylikda – bolg‘achani ikkita tayoqchadan yasaydi. 2 yosh 6 oylikdan – 3 yoshgacha
– uychani 3 ta tayoqchadan quradi.
Psixologik-pedagogik tekshirish natijalarini tahlil qilish. Bolaning psixik
rivojlanishini tavsiflash va baholash. Pedagogik va psixologik tekshirishlar
ma’lumotlarini tahlil qilish natijasida amalga oshiriladigan bolaning psixik
rivojlanishining turli tomonlarini tavsiflash va baholash yosh davrlariga aniq mos
kelishi lozim. Bolaning kommunikativ va hissiy darajalarini o‘rganish.
Kuzatish va eksperimental tadqiqot, shuningdek bolaning onasi bilan
suhbatdan olingan ma’lumotlar tahlil qilinib quyidagi ko‘rsatkichlarga diqqat
qaratiladi: Bolaning kommunikativ faoliyatida: • aloqaga kirishish xohishi va
tayyorligi; • kattalarning kommunikativ signallariga sust, befarq munosabat; • aloqa
qilish darajasini aniqlash (ongogenezda aloqa qilish vositalarini paydo bo‘lishining
bosqichma-bosqichligi tamoyili asosida). 1 daraja – gavda va boshning
differensiyalashmagan harakatlari va aloqaning ekspressiv-mimik vositalari (nigoh,
iljayish, yuzning ifodali harakatlari, ovoz faolligining turli ko‘rinishlari) yordamida
aloqa qilish. Bu daraja sog‘lom bolada 2-4 oylikda kechadi. II daraja – aloqaning
predmetli-harakatli vositalari yordamidadan foydalanadi: lokomotor harakatlar va
turli holatlar (yaqinlashish, uzoqlashish, katta odamga predmetlarni uzatish, kattalarni
o‘ziga tortish va itarish, norozilikni, aloqadan bosh tortishni yoki yopishib olishi,
o‘zini katta odamning qo‘liga olinishiga bo‘lgan intilishlar: qo‘lini onasi tomon
cho‘zish va hokazo). Bu daraja sog‘lom bolada 6-12 oylikda kechadi. III daraja –
simvolik imo-ishora, ifodali va turli mimika, guvrash “so‘zlari” (bo‘g‘inlarni talaffuz
etish), tovushlarga, intonatsiyaga taqlid qilish yordamida aloqa qilish. Aloqaning bu
darajasi 12-18 oylikda namoyon bo‘ladi. IV daraja – verbal (nutq orqali) aloqa. Hissiy
doiraning rivojlanishi quyidagicha tavsiflanadi: • his-tuyg‘ularning adekvatligi,
ma’qullashga, tanbah va talabga hissiy javob e’tiborga olinadi. Katta odamning faol
ijobiy hissiy murojaati, rag‘batlantirishi va ma’qullashi bolada quvonchli ekspressiv
mimikali javobni yuzaga keltiradi. Tanbeh, talablar bolaning o‘z hulqini
to‘g‘rilashiga imkon beradi. Bolalarda boshqa turdagi reaksiyalar ham kuzatilishi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
172
mumkin: bola murojaatga, ma’qullash va tanbehga e’tibor bermaydi, chunki ularning
ma’nosini tushunmaydi. Bolaning tanbehga bo‘lgan yorqin ifodalangan negativ yoki
agressiv (tajovuz) reaksiyasi uning tanbehning ma’nosini tushunganligi, ammo unga
bo‘ysungisi kelmaganligidan dalolat beradi; bola katta odamning ma’qullashi va
diqqatiga qiziqmaganda befarq bo‘ladi. Predmetli va o‘yin faoliyatlari
rivojlanishining bir-biriga mos kelmasligi, predmetli va o‘yin harakatlarining
adekvatli emasligi va kambag‘alligi bilan birgalikdagi mos kelmasligi dastlabki
intellektual yetishmovchiliklardan darak berishi mumkin. Uzoq vaqt davom etadigan
setereotipli, bir xil tarzdagi predmetli va o‘yin harakatlarining saqlanishi yoki bir
o‘yinchoq yoki o‘ynalmaydigan predmetlar bilan ijtimoiy, kommunikativ
yo‘nalishsiz, ba’zan ajablanarli predmet-almashinishlar bilan (tufli- uni ovqatlantirsa
bo‘ladigan tirik jonzot) o‘ynash hissiy buzilishlardan darak beradi.
Aqliy va nutqiy rivojlanishni tekshirishning natijalarini tahlil qilish va
baholashda quyidagilarga e’tibor beriladi: - topshiriqni noaadekvat bajarish yoki
faoliyatning juda sodda usuli, o‘rgatuvchi yordamni qabul qilishning sustligi, o‘zining
faoliyati natijasiga befarqlik, nutqning yaxshi rivojlanmaganligi intellektning
dastlabki buzilishlarini ko‘rsatadi.
Ilk yoshdagi bolalarni logopedik tekshirish. Ilk yoshdagi bolalarni logopedik
tekshirishning maqsadi – bolaning nutqini rivojlanishini uning yoshiga, intellektual
rivojlanishiga mosligini, nutqidagi buzilishlarni aniqlash va nutqining xususiyatlarini
o‘rganishdir.
Ilk yoshdagi bolalarni logopedik tekshirishning vazifalari quyidagilardan
iborat: • bolaning nutqini paydo bo‘lgunicha davrining xususiyatlarini va ilk nutqiy
rivojlanishini aniqlash va tavsiflash; • impressiv (nutqni tushunishni) nutqning
rivojlanish darajasini aniqlash va tavsiflash; • ekspressiv nutqning (faol nutqni)
rivojlanish darajasini aniqlash va tavsiflash; • nutq buzilishlarini differensial tashxis
qilish; • nutq paydo bo‘lgunga qadar va nutqning yuzaga kelgandan keyin rivojlanish
darajasining bolani umumiy psixik rivojlanishiga mosligini, muvofiqligini aniqlash;
• logopedik korreksiyaning mos sharoitlarini aniqlash; • ota-onalarga nutqida nuqsoni
bo‘lgan bolalarni o‘qitish yuzasidan maslahatlar berish. Logopedik tekshirish o‘ziga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
173
nutqiy anamnezni yig‘ishni, boshqa anamnezlar bilan tanishish, artikulyatsiya
a’zolarining tuzilishi va harakatchanligini tekshirish, nutqning ohangi, su’ratini
(prosodik tomonlarini), tovushlar talaffuzi va fonematik idrokni, nutqning impressiv
va ekspressiv tomonlarini (lug‘ati, grammatik qurilishi, jumlali va bog‘langan nutq)
o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Bir yoshgacha bo‘lgan harakatning qo‘pol buzilishlari
kuzatilgan bolalarni tekshirishda reflektor harakatlarning, bolalarning qichqirishi
hamda ovoz reaksiyalarini o‘rganish zarur.
Ilk yoshdagi bolalarning nutqiy rivojlanishini tekshirishning asosiy
metodlariga quyidagilar kiradi: anamnetik ma’lumotlarni yig‘ish, ota-onalar bilan
suhbat, bolaning o‘yin faoliyatida barcha nutq jarayonlarini bevosita kuzatish,
bolaning nutqini faoliyati jarayonida hamda eksperimental sharoitda o‘rganish. Shuni
e’tiborga olish zarurki, ilk yoshdagi bolalarni logopedik tekshirish o‘ziga xos
xususiyatlarga ega. Bir yoshgacha bo‘lgan bolaning nutqini paydo bo‘lguniga qadar
davrini o‘rganish murakkab bo‘lib, u nerv sistemasining yetilmaganligi, nutq va
sensor, motor, kognitiv funksiyalarning va hislarning me’yorda va patologiyada ham
o‘zaro chambarchas bog‘liqligidan kelib chiqadi. Bolaning nutq paydo bo‘lgunicha
va va nutqiy imkoniyatlarini baholash uning barcha nerv-psixik rivojlanishi va
harakat doirasining xususiyatlarini e’tiborga olgan holda o‘tkaziladi. Ilk yoshdagi
bolalar doimo ham eksperimentator bilan oson aloqaga va topshiriqlarni bajarish
faoliyatiga kirishmaydilar. Shuning uchun ilk yoshdagi bolaning nutqini tekshirishda
logoped bola bilan ijobiy hissiy aloqani o‘rnatib olishi zarur. Logoped ilk yoshdagi
bolaning psixik rivojlanish qonuniyatlarini, turli yoshdagi bolalarni psixologik-
pedagogik tekshirish metodlarini bilishi muhim, logopedik tekshirishni esa bolaning
ushbu yoshi uchun yetakchi bo‘lgan faoliyat turini e’tiborga olgan holda o‘tkazishi
kerak. Bu metodlarni qo‘llash orqali logoped nutq nuqsonlarining turli formalarini
differensiatsiya qila olishi va ularni intellektning yetishmovchiligida, hissiy-irodaviy
kuzatiladigan nutq nuqsonlaridan ajrata olishi mumkin. Logoped nutq
buzilishlarining nevrologik asoslarini bilishi va bolalar patopsixologiyasi bo‘yicha,
ularda ko‘p kuzatiladigan psixik buzilishlar formalari haqida ham ba’zi
tushunchalarga ega bo‘lishi lozim. Bu bilimlar nutq buzilishlarining tuzilishini to‘g‘ri
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
174
aniqlashga, korreksiyalash, o‘qitish va tarbiyalash ishlarining eng maqbul yo‘llarini
tanlashga imkon beradi.
Logopedik tekshirishni o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar. Logopedik
tekshirishni anamnezni to‘liq o‘rganib bo‘lingandan va tibbiy tekshiruvdan so‘ng
o‘tkazish maqsadga muvofiq. Bola haqida olingan ma’lumotlar logopedga nutq
nuqsonining kelib chiqishi, kechishini aniqlashga, tekshirishda to‘g‘ri yo‘nalishga,
bolaning yoshiga, uning motor, sensor va intellektual imkoniyatlariga mos metodlarni
tanlashga yordam beradi. Ilk yoshdagi bolaning hissiy-kommunikativ doirasining
xususiyatlariga bog‘liq holda logopedik tekshirishni psixologik tekshirishdan so‘ng
yoki u bilan parallel ravishda logopedik usullarni qo‘llab o‘yin tarzida, bolani
qiziqtirib o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarni
onasining yonida, ba’zi hollarda bola onasining tizzasida o‘tirgan holda tekshirish
tavsiya etiladi, chunki bu yoshdagi bolalarda yuzaga keladigan qo‘rquv, xavotirlanish
nutqiy negativizmni keltirib chiqarishi mumkin. Ikki yoshdan katta bo‘lgan bolalar
odatda berilgan yangi o‘yinchoqlarga qiziqadilar. Bu yoshdagi bolalarni tekshirish
vaziyatiga ularni maxsus tashkil etilgan o‘yin faoliyatiga jalb etish orqali oson
kechadi. Nutqiy materialning barchasi nutqiy ongogenezni e’tiborga olgan holda
tanlanishi zarur. 1 yoshu 3 oylikda 3-5ta yaxshi tanish bo‘lgan predmetlarning
rasmlari, ko‘rib chiqish uchun – 1ta predmet rasmi qo‘shimcha qismlarsiz, statik (tik
turgan) holatda beriladi. 1 yoshu 6 oylikda 5-7ta rasmlar orasidan kerakli predmetni
topish taklif etiladi. Taklif etilgan rasmlarda predmet bola uchun tushunarli bo‘lgan
qismlardan tashkil topgan bo‘lishi kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.G`oziyev E. ”Pedagogik psixologiya” O` quv qo`llanma. 2014 y.
2.
Иванова Т.А. Психолого-медико-педагогическое обследование детей и
подростков. Практическое пособие. 2011.
3. Choriyeva, D. (2022). TARBIYACHINING PEDAGOGIK MAHORATINI
OSHIRISHDA PEDAGOGIK TEXNIKANING ROLI. Zamonaviy dunyoda
pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar, 1(24), 101-103.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
175
4.Чориева, Д. А. (2019). Педагогическая диагностика в условиях дошкольного
образования. Актуальные проблемы современного образования: опыт и
инновации, 86.
5.Чориева, Д. А. (2021). МЕТОДЫ И ПРИЕМЫ РАБОТЫ С АГРЕССИВНЫМИ
ДЕТЬМИ. In Человек в современном мире: пространство и возможности для
личностного роста (pp. 152-161).
6.Чориева, Д. А. (2022). ПЕДАГОГИК-ПСИХОЛОГИК ДИАГНОСТИКА
ФАОЛИЯТИ БИЛАН ШУҒУЛЛАНУВЧИ ШАХСГА ҚЎЙИЛАДИГАН
ТАЛАБЛАР: https://doi. org/10.53885/edinres. 2022.9. 09.014 Чориева Дурдона
Анваровна Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети
Мактабгача таълим факультети Мактабгача таълим психологияси ва
педагогикаси кафедраси педагогика фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD), в.
б. доценти. Образование и инновационные исследования международный
научно-методический журнал, (9), 99-102.
7.
Chorieva, D. A. BO‘LAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY
MAHORATLARINI OSHIRISH YO‘LLARI. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI, 385.
8.
Anvarovna, C. D. (2024). MANAGEMENT OF INNOVATIVE PROCESSES
IN
PRESCHOOL
EDUCATION.
ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА
И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 37(6), 58-62.
9.
Anvarovna, C. D. (2024). MAKTABGACHA TA’LIMDA PEDAGOGIK
DIAGNOSTIKA
VA
KORREKSIYALASHNING
О
‘ZIGA
XOS
XUSUSIYATLARI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В
МИРЕ, 37(6), 48-53.
10.
Anvarovna,
C.
D.
(2024).
TA’LIM-TARBIYA
JARAYONIDA
INNOVATSION
PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK
DIAGNOSTIK
SAMARALI
METODLARDAN
FOYDALANISH.
ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА
И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 37(6), 54-57.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
176
11.
Choriyeva, D., & Ahmadova, S. (2023). Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
ertaklarning ahamiyati. Maktabgacha va maktab ta’limi jurnali, 1(2-3).
12.
Durdona, C. (2023, December). KREATIVLIK ORQALI BOLALARNING
QOBILYATLARINI OSHIRISH. In " Conference on Universal Science Research
2023" (Vol. 1, No. 12, pp. 302-305).
13.
Durdona, C. (2023). BOLALARDA KREATIVLIK QOBILYATINI
RIVOJLANTIRISH. TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN,
1(5), 265-270.
14.
Choriyeva, D. (2023). OILA VA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA
AMALGA OSHIRILADIGAN IJTIMOIY VAZIFALAR. Talqin va tadqiqotlar,
1(32).