Authors

  • Choriyeva Durdona Anvarovna
  • Shodiyeva Mashhura Eshmamat qizi

Author Biographies

  • Choriyeva Durdona Anvarovna

    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Maktabgacha ta’lim” fakulteti Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi kafedrasi dotsenti

  • Shodiyeva Mashhura Eshmamat qizi

    “Maktabgacha ta’lim

    psixologiyasi va pedagogikasi”  yo’nalishining 4 kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94312

Abstract

Pedagogik faoliyat - ta’lim va tarbiya orqali ijtimoiy-madaniy tajribani berishga yo’naltirilgan kasbiy faoliyat turidir.  Bu faoliyat ta’lim standartlari, o’quv rejalari, dasturlari bilan belgilanadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

148

IJTIMOIY PEDAGOG FAOLIYATI MODELI

Choriyeva Durdona Anvarovna Nizomiy nomidagi Toshkent davlat

pedagogika universiteti “Maktabgacha ta’lim” fakulteti Maktabgacha ta’lim

psixologiyasi va pedagogikasi kafedrasi dotsenti,

Shodiyeva Mashhura Eshmamat qizi “Maktabgacha ta’lim

psixologiyasi va pedagogikasi” yo’nalishining 4 kurs talabasi

Pedagogik faoliyat - ta’lim va tarbiya orqali ijtimoiy-madaniy tajribani

berishga yo’naltirilgan kasbiy faoliyat turidir. Bu faoliyat ta’lim standartlari, o’quv

rejalari, dasturlari bilan belgilanadi.

Ijtimoiy pedagogik faoliyat-bolaga ijtimoiylashuvi jarayonida (bolaning

jamiyatga kirishi) yordam ko’rsatishga qaratilgan kasbiy faoliyat turidir. Bola bilan

ish olib borishi mumkin bo’lgan turli xil ta’lim muassasalari, tashkilotlari,

birlashmalari o’z ishlarini ijtimoiy pedagoglar orqali amalga oshiradilar.

Ijtimoiy pedagogik faoliyat har doim aniq bir bolaga va uning

ijtimoilashuviga, uni jamiyatga integratsiyalash jarayonida yuzaga keladigan

muamolarini hal etishga yo’naltirilgan bo’ladi.

Kasbiy faoliyat tuzilmasi — har qanday faoliyat o’z tuzilmasiga egadir. Ular

faoliyat elementlarining o’zaro bog’liqligini va o’zaro shartlarini aniqlaydi. Ijtimoiy

pedagog faoliyati tuzilmasi quyidagi komponentlardan iborat: subyekt (faoliyatni

amalga oshiruvchi tomon), obyekt (faoliyat yo’naltirilgan tomon), maqsad (faoliyat

orqali nimaga intilinadi), vazifa (faoliyat orqali nimalar amalga oshiriladi), vositalar

(faoliyat qaysi usul yoki texnika yordamida amalga oshiriladi).

Ijtimoiy pedagog faoliyatining obyekti jamiyatga moslashish jarayonidagi

yordamga muhtoj bolalar va yoshlardir. Bu toifaga intellektual, ruxiy, ijtimoiy

nuqsoni bor bolalar, shuningdek, jismoniy, ruxiy yoki aqliy shakllanishi buzilgan

bolalarning katta qismi (ko’zi ojiz, kar—soqov, aqliy ojiz va bolalar serebral

falajligiga chalinganlar) kiritiladi. Ular jamiyatning alohida mehriga muhtojdir.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

149

Agar bolaning jamiyatdagi shakllanishi normal kechsa unda ijtimoiy pedagog

yordami zarur bo’lmaydi. Bordiyu, ota-onalar va maktab uning shakllanishi,

tarbiyalanishi va ta’lim olishini ta’minlay olmasa u holda ijtimoiy pedagog xizmati

kerak bo’ladi.

Ijtimoiy pedagog faoliyatining maqsadi bolaning ruhiy sog’ligi va xavfsizligi

uchun sharoit yaratish, uning oilasi, maktabi va atrofidagi unga salbiy ta’sir

kursatuvchi omillardan ogohlantiruvchi va ularni yengib o’tuvchi ijtimoiy, huquqiy,

ruxiy, tibbiy va pedagogik muammolarini kompleks ravishda hal etish maqsadida turli

mutaxassislar (ruxiyatshunoslar, tibbiy xodimlar, ijtimoiy xodimlar va yuristlar)

hamda ma’muriy organlar va idoralarning (ta’lim, sog’likni saqlash, ijtimoiy himoya

sohasidagi) mazkur masalaga yo’naltirilgan sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirib

turishda vositachi bo’la olishi kerak.

Ijtimoiy pedagog faoliyatidagi muhim yo’nalish — bu BMT Konvensiyasida

e’lon qilingan bolaning yashashga, sog’lom shakllanishiga, ta’lim olishiga, o’z

qarashlarini erkin ifoda etishiga, kamsitishning har qanday turidan himoyalashga

qaratilagan huquqlarini himoya qilishdir.

Ijtimoiy pedagog faoliyatidagi yana bir yo’nalish-bu bolani shakllanishiga

ko’maklashuvchi ijtimoiy loyihalar va dasturlar, xususiy tashabbuslarni ishlab

chiqishda ishtirok etishdir.

Shunday qilib, ijtimoiy pedagog faoliyatiga quyidagi vazifalarni biriktirish

mumkin: .

— tashxis quyish;

bashoratchilik;

— vositachilik;

— to’g’irlash va qayta tiklash;

— himoyalash;

— ogohlantirish va profilaktika;

— evristika (ijodiy fikrlash).


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

150

Pedagogning barcha faoliyati vositalar yordamida amalga oshiriladi. Bular

safiga maqsadga erishishda zarur bo’ladigan barcha harakatlar, predmetlar, qurollar,

usullar va texnologiyalarni kiritish mumkin.

Shu kunga qadar ijtimoiy pedagogning vazifasini bir-biri bilan bog’liq

bo’lgan tibbiyot, sport, madaniyat tashkilotlari xodimlariga yuklatilib kelindi.

Natijada jamiyat a’zolari ongida bolalar tarbiyasi bilan faqat o’qituvchi va ota-onalar

shug’ullanishi lozim degan fikr o’rnashib qoldi.

Yurtimizda ijtimoiy ishni kasb darajasiga olib chiqish hamda bu borada

mutaxassis kadrlarni tayyorlash jamiyatda tarbiyaviy muammolarni hal etishda

insonlarning yashash sharoitini yaxshilashda, eng asosiysi-har bir jamiyat a’zosini

ijtimoiy himoyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy pedagog oldiga

qo’yiladigan kasbiy talablar:

• ijtimoiy axborot berish, ya’ni bolalarga beriladigan ijtimoiy yordam va

xizmat ko’rsatish spektrlari haqida ma’lumot berish;

• ijtimoiy-huquqiy yordam, ya’ni bolalarga, jamiyat a’zolariga o’z haq -

huquqlarini anglashga yordam berish;

• ijtimoiy-reabilitatsion xizmat, ya’ni insonldrning ma’naviy –

axloqiy,

emotsional

, ruhiy holatlarinn taklashga yordam berish;

• ijtimoiy-iqtisodiy yordam, ya’ni qo’llanma, konpensatsiya, nafaqalarni

olishda hamkorlik qilish bolalar uylari bitiruvchilariga, yetimlarga moddiy yordam

berishni tashkillashtirish;

• ijtimoiy-tibbiy yordam berish, ya’ni bolalarni ijtimoiy patranaj qilish,

voyaga yetmaganlar orasida kashandachilik, alkogolizm kabi holatlarni profilaktika

va reabilitatsiya qilish;

▪ ijtimoiy-psixologik, ya'ni oilada, turli mikrojamiyatda sog’lom muhitni

tashkil etishga yordam berish;

▪ ijtimoiy-pedagogik, ya'ni bolalarni tarbiyalashda ota-onalarning o’z haq-

huquqlarini anglash, ularga sharoitlar yaratish, tarbiyachi va bola orasidagi

ziddiyatlarni hal etish kabilardan iborat.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

151

Ijtimoiy pedagog bu vazifalarni amalga oshirish uchun, albatta quyidagi

sohalarda o’z bilimlarini boyitib borishi shart:

▪ milliy istiqlol g’oyasi huquqiy-me'yoriy baza (qarorlar, aktlar, buyruqlar,

ko’rsatmalar, tashkilot tuzulmalari va h.k.),

▪ ijtimoiy pedagogikaning tarixi va nazariyasi;

▪ yosh davrlar psixologiyasi;

▪ sotsiologiya;

▪ ijtimoiy-pedagogik ishlarni olib borish hamda rejalashirish metodlari va h.k.

Shuningdek, ijtimoiy pedagogdan quyidagi malaka va ko’nikmalarga ega

bo’lishi talab etiladi:

▪ analitik, ya'ni sotsiumda ro’y berayotgan jarayonlarni nazariy tahlil etish,

bolaning ruhiy olamini anglay bilish, ularning muammolarini hal etishga doir

hamkorlik faoliyatini tashkil etish;

▪ prognostik, ya'ni tashkil etilgan ijtimoiy-pedagogik faoliyat bo’yicha

bolaning muammolarini hal etish yo’llarini bashorat qilish;

▪ loyiqalash, ya'ni ijtimoiy-pedagogik faoliyatning mazmunini aniqlash va

rejalashtirish;

▪ refleksiv, ya'ni ijtimoiy pedagog o’zining faoliyatini tahlil etib borishi;

▪ kommunikativ, ya'ni ijtimoiy pedagogning insonlararo muloqot

madaniyatini egallashi. U boshqalar fikrini eshita bilish, muloqotga kirisha bilish,

faktlar to’plash singari faoliyatlarni o’z ichiga oladi.

▪ Kasbiy status-bu kasb kodeksida ko’rsatilib, subyektning insonlararo

munosabatlar

tizimidagi kasbiy holati

, huquqlari, majburiyatlaridir.

Ijtimoiy pedagog asosan xalq ommasi bilan ishlaydigan shaxsdir. U o’z

faoliyati jarayonida turli xarakterdagi insonlar bilan muloqotga kirishishiga to’qri

keladi. Bu vaziyatda ular bilan turli xil ziddiyatlarga bormaslik, ularning har birining

ko’ngliga, yuragiga kirib borish uchun sifat va fazilatlarga ega bo’lishi talab etiladi:

empatiya (dunyoni boshqalarning ko’zi bilan ko’rish, tushuna bilish), xayrixohlik,

ezgulik, to’qrilik, ochiq ko’ngillik, aniq mo’ljal olish, samimiylik, kommunikabellik

(boshqalar bilan chiqisha bilish). Ijtimoiy pedagogning ahloqiy majburiyatlari


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

152

ijtimoiy pedagog o’z mijozlarining qalbiga kirib borishida uning ahloqiy

majburiyatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy pedagogning ahloqiy

majburiyatlari o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bular: o’z mijozlariga nisbatan

axloqiy muloqotda bo’lish, ya'ni ularning haq huquqlari va imtiyozlarini birinchi

darajali deb bilish;

▪ ular bilan muloqotga kirishishda ahloq me'yorlarga amal qilish (hurmat,

haqqoniyat, hushmuomilalik, alohida etibor va h.k.)

▪ rahbarlar yoki yetakchi tashkilotlarga nisbatan yetuk majburiyatlar

▪ o’z kasbi oldidagi axloq majburiyatlar, ya'ni o’z kasbining mazmuni va

mohiyatini anglash, mas'uliyatni his etish, faollik ko’rsatish va h.k.

Ijtimoiy pedagogning kasbiy faoliyati subyekti sifatida: shaxsiy tavsif va

kasbiy omilkorligidir.

Ijtimoiy pedagogning shaxsiy tavsifnomasi ko`rib chiqiladigan bo`lsa, avvalo

mazkur faoliyat subyektini - o’z sohasini mukammal biluvchi mutaxassisni belgilab

olishimiz zarur bo’ladi. U bola haqidagi ijtimoiy va boshqa qiyinchiliklarni chuqur

farqlay biladi va unga yordamga kela oladi. U umum nazariy va maxsus bilimlarga,

malaka va ko`nikmalarga, ma’lum darajadagi qobiliyatlarga ega bo’ladi.

Kundalik hayotda biz kasb inson ongida, uning xatti-harakatlarida va

dunyoqarashida o’ziga xos iz qoldirishiga guvoh bo`lamiz. Psixologiyada bu narsa

“kasbiy mentallik” deb ataladi. Mentallik - bu insonning olamga munosabatini va

uning kundalik xatti-harakatlarini aks ettiruvchi ma’lum ijtimoiy-ruxiy qarashlar va

qadriyatlar majmuidir. Mentallik o’zida individning ijtimoiy va madaniy tajribasini

mujassamlashtirgan bo’lib, insonning qaysi ijtimoiy qatlamga, yoshga, jinsga,

millatga va kasbga mansubligi bilan aniqlanadi.

Psixologik tadqiqotlarda kasbiy mentallik ma’lum bir kasb egalariga xos

bo’lgan xususiyat sifatida e’tirof etiladi.

Hozirgi pedagogning muhim vazifalaridan biri milliy istiqlol g’oyasini bolalar

va bolalar ongida shakllantirish tadbirlari va mexanizmlarini ishlab chiqib, uni amalga

oshirishdan iboratdir. Oliy ta’lim muassasalarida pedagoglar ikki bosqichda

o’qitiladi. Birinchi bosqichda, ya’ni bakalavriatda mutaxassis o’zi tanlagan soha


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

153

bo’yicha 4 yil davomida ta’lim oladi. Ikkinchi bosqich magistraturada davom

ettiriladi. “Ijtimoiy pedagog” sohasiga tegishli barcha mutaxassilarning xam umumiy

o’ziga xos xususiyatlari mavjud bo’ladi. Bir qator tadqiqotchilar ularning shaxsiy

tavsifnomasi sifatida individual-ruxiy xususiyatlar va maxsus qobiliyatlarni

ko’rsatmoqda.

Kuzatuvchanlik, murakkab vaziyatda tez yo’lga tusha bilish, fahm-farosat

bilan seza olish, o’zini boshqa odam o’rniga qo’ya olish va uning hissiyotlarini

tushuna bilish, o’zini boshqara olish va refleksiya (fikr yuritib uni taxlil qilish)

maxsus qobiliyatlar jumlasidandir. Shuningdek, ijtimoiy pedagog dilkashlik, odamlar

bilan ishlay olish, qiziqqonlik, o’z fikrini o’tkaza olish, bahsli vaziyatlarda yo’l topa

bilish, tirishqoqlik kabi ijtimoiy sohaning barcha xodimlariga xos xususiyatlarga ham

ega bo’lmog`i darkor.

Xorijiy tadqiqotchilar ham pedagogning individual-ruxiy xususiyatlari

to’g`risida o’z fikrlarini bildirganlar. Masalan, Buyuk Britaniyalik olimlar bunday

xususiyatlar qatoriga yuqori darajadagi aqliy salohiyatga egalik, tartiblilik va o’z-

o’zini boshqara bilish, jismonan kuchlilik, odamlarga qiyin vaziyatlarda yordam bera

olish,

chidamlilik

, sezgirlik kabilarni kiritadilar.

AQSHning mashxur psixologlaridan sanalgan J.Xoland o’zining “o’ziga

yo’naltirilgan qidiruv” metodikasida ijtimoiy soha kasbi egasiga xos xususiyatlarni

ko’rsatgan. Bular: realistlik (haqqoniylik), tadqiqotchilik, artistlik, ijtimoiy,

tadbirkorlik, konventsional xususiyatlardir. U ijtimoiy pedagogga xos insonparvarlik,

ideallik, mas’uliyatlilik, axloqlilik, xushmuomalalik, iliqlik, odoblilik, o’zgalarni

do’st tuta olish kabi xususiyatlarni ham ko’rsatadi.

Ijtimoiy pedagog kasbi insonlar o’rtasidagi munosabatlar tizimida faoliyat

yurituvchi ko’pqirrali soha bo’lib, pedagogning qaysi ishda ishlashidan qat’iy nazar

odamlar bilan va avvalo bolalar bilan ishlashga yo’naltirilganligidadir. Muloqot

jarayonida pedagog ko’plab ruxiy zo`riqish va charchoqni o’zida sinashiga to’gri

keladi. Shu bois uning asab tizimi ham mustahkam bo’lishi darkor. Bu narsa unga

ijtimoiy-pedagogik, ruxiy-terapevtik jarayonlarda emotsional qiyinchiliklar bilan

to’qnashuvida yordam beradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

154

Ijtimoiy pedagogga xos yana bir xarakter xususiyati, bu “Men — obrazidir”

Bu narsa pedagogning o’ziga nisbatan ijobiy munosabatda bo’lishini hamda

boshqalar tomonidan o’ziga yuqori baxo berilishini ifodalaydi. Mazkur xarakter

pedagogga boshqa odamlar bilan erkin muloqot qilish va ularni oson qabul qilish

imkonini beradi.

Ijtimoiy pedagogning quyidagi shaxsiy fazilatlarini alohida ajratishimiz

mumkin:

-Insoniylik xususiyatlari (mehribonlik, boshqalar manfaatini ustun qo’yish,

o’z shaxsiy qadr-qimmati hissi)

- Ruxiy barqarorlik, yuqori darajadagi hissiy va irodaviy xususiyatlar)

-Ruxiy taxlilchilik xususiyatlari (o’zini idora qila olish, o’ziga tanqidiy

qarash, o’zini baxolay olish)

-ruxiy-pedagogik xususiyatlar ( kirishuvchanlik, gapga chechanlik.)

Yuqorida keltirilgan xususiyatlar bilan tanishar ekanmiz, har qanday odam

ham ijtimoiy-pedagogik faoliyatni olib borish qobiliyatiga ega bo’lavermasligiga

ishonch hosil qilamiz.

Har bir pedagogning kasbiy omilkorligi, ya’ni uning o’z faoliyatini olib

borishga amaliy va nazariy tomondan tayyorligi me’yoriy-xuquqiy xujjatlar

yordamida tartibga solinadi. Mazkur xujjatlar o’z ichiga mutaxassis-pedagogning

kasbiy majburiyatlarini, mehnat tavsifnomasini, bilim va malakasini oladi.

Ijtimoiy ish – axolining ijtimoiy himoyalanmagan qatlamlariga yordam

ko`rsatish hisoblanadi. Ijtimoiy ishlarning obyekti inson hisoblanadi, lekin hamma

emas, balki faqatgina muammolari bo`lganlari (ekologik, ijtimoiy, texnogen,

millatlararo keskin o’zgarishlar, buzilishlar natijasida) yoki sog`lom bo`lmagan,

jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo`lganlar hisoblanadi.

“Kasbiy majburiyatlar” - Bolalarni ijtimoiy himoya, qo`llab-quvvatlash

hamda bu borada xizmat ko`rsatuvchi muassasalar to’g`risida zarur axborotlar bilan

ta’minlanadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

155

- Inson va bola huquqlarini himoya qilishga qaratilgan, turli toifadagi

bolalarning haq-huquqlarini ta’minlashga, bolalarni huquqiy jihatdan tarbiyalashga

yo’naltirilgan ijtimoiy-huquqiy yordamni ko`rsatilishi;

- Ruxiy va emotsional yordamga muxtoj bolalarga ijtimoiy-reabilitatsion

yordam ko`rsatish;

- Kam ta’miilangan oilalarda yashovchi bolalarning maishiy hayotini

yaxshilash maqsadida ularga ijtimoiy yordam kursatish;

- Bemor bolalarga zarur tibbiy—ijtimoiy yordamni ko`rsatish. Alkogolizm,

giyohvandlik bilan shug`ullanuvchi voyaga yetmaganlarni davolash.

Ijtimoiy pedagogdan quyidgicha kasbiy bilimlar: o’z faoliyatining me`yoriy-

huquqiy asosini (qonunlar, farmonlar, qarorlar va yuriqnomalar), ijtimoiy pedagogika

nazariyasi va tarixini, turli muhitlarda turli toifa bolalari bilan ishlash metodikasi va

texnologiyasini, bola shaxsini, uning jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy shakllanishini

o`rganuvchi psixologiyani, odamlarning uyushma va guruxlari (Oila, maktab va

mehnat jamoasi)ni o`rganuvchi sotsiologiyani; o’z kasbiy tadqiqot faoliyatini ijtimoiy

boshqarish va rejalashtirish metodini bilish talab etiladi.

Ijtimoiy pedagogdan quyidagi kasbiy malakalar: taxlil qila olish qobiliyati

talab etiladi. Bolaning shakllanishida unga muhitning salbiy va ijobiy ta’sir

ko`rsatuvchi harakatlarini aniqlab taxlil qila bilish lozim.

Bashoratchilik qobiliyati: faoliyat olib borish usullarini belgilab olib uni aniq

maqsad tomon yo’naltirish, duch kelishi mukin bo’lgan muammolarni oldindan ko`ra

bilish va hisobga olib, vaqtni to’g`ri taqsimlashdir.

Loyixalashtira bilish-faoliyatni aniq bir loyixa asosida, tarbiyalanuvchining

shart-sharoitlari va mavjud muhit talablarini hisobga olib, aniq bir tartibda olib borish,

o’z faoliyatining har bir bosqichida ijobiy va salbiy natijalarini to’gri taxlil qila olish;

kirishuvchanlik— ya’ni bolani eshitish va tinglay olish, bola bilan muloqot jarayonini

osonlashtirish, bola muammosini to’gri tushunish uchuy zarur axborot va

ma’lumotlarni to`plash lozim.

Ijtimoiy ish bilan har kim ham shug’ullana olmaydi. Ijtimoiy pedagog turli xil

xarakterdagi insonlar bilan muloqotda bo’ladi. Bu insonlar o’zlarining muammolari


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

156

bilan, albatta, ijtimoiy pedagog shaxsiga qarshi ta'sir ko’rsatadi. Mijozlarga yordam

beruvchi mutaxassisdan esa ularga o’z ta'sirini o’tkaza bilishi talab etiladi. Bu

muloqot negativ va pozitiv bo’lishi mumkin. Ijtimoiy pedagogning vazifasi

birinchidan, negativ ta'sirga qarshi tura olishi, ikkinchidan madaniy empatiyani

amalga oshirgan holda vaziyatdan chiqib ketish talab etiladi. Bunga mijozga ta'sir

o’tkazish, ishontirish, singdirish, xissiy zararsizlantirish kabi metodlardan

foydalaniladi.

Yoshlar ishi bo`yicha idoralarda mazkur lavozim 8 xil muassasada ro`yxatga

kiritilgan. Bular: bolalar klublari, bolalar ijodiy

markazlari

, yoshlar yotoqxonasi,

o`smirlar dam olish maskanlari, yoshlar ta’lim markazlari, kasbiy yo’naltirish

markazlari, bandlik markazlari, bolalar va yoshlar mehnat birjalaridir.

Ta’lim sohasida esa pedagog 6 xil muassasada ro`yxatiga kiritilgan. Bular:

maktabgacha tarbiya tashkilotlari, umumta’lim muassalari, umumta’lim internatlari,

boquvchisini yo`qotgan bolalar uchun umumta’lim idoralari, maxsus ta’lim

muassasalari, boshlang`ich kasbiy ta’lim muassasalaridir.

Ijtimoiy pedagog lavozimi mazkur ikki idorada joriy etilgan bo`lsada, aslida

ularga bo’lgan talab yana ham kengroq. Bunday lavozim deyarli barcha ijtimoiy

sohalarda joriy etilgan.

Ijtimoiy pedagogik ishlar faol g’oyaviy – ahloqiy imkoniyatlarga ega. U shaxs

xulqida paydo bo’lgan salbiy elementlarga qarshi kurashda muhim omilga aylanadi.

U ijtimoiy fikrni shakllantirish yo`li bilan jamoada sog`lom ma’naviy – axloqiy muhit

hosil qilishga ta’sir ko`rsatadi, ilg`or ijtimoiy qadriyatlarni mustahkamlaydi, shaxs

qadr – qimmatini ta’minlaydi, qonunni hurmat qilishga o’rgatadi. Bu ayniqsa bugungi

kunda, jamiyat ma’naviy yangilanish jarayonini boshidan kechirayotgan bir davrda

muhim aqamiyatga ega.

Tarbiyaviy faoliyatning muhim zaxiralaridan yana biri – ommaviy targ`ibot

bilan bogliq bo’lib, g’oyaviy – tarbiyaviy ishlarning barcha shakllarida g`ayrat va

tashabbus talab etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:

1.

D.Ro`ziyeva “Ijtimoiy pedagogika” o`quv qo`llanma 2015 y.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

157

2.

N.Egamberdiyeva “Ijtimoiy pedagogika” o`quv qo`llanma 2009 y.

3.

Chorieva,

D.

(2020).

DIAGNOSTICS

AS

A

BRANCH

OF

PSYCHOLOGICAL AND PEDAGOGICAL KNOWLEDGE AND TYPE OF

RESEARCH ACTIVITY OF A TEACHER. European Journal of Research and

Reflection in Educational Sciences Vol, 8(3).

4.

Choriyeva, D. (2022). TARBIYACHINING PEDAGOGIK MAHORATINI

OSHIRISHDA PEDAGOGIK TEXNIKANING ROLI. Zamonaviy dunyoda

pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar, 1(24), 101-103.

5.

Чориева, Д. А. (2021). МЕТОДЫ И ПРИЕМЫ РАБОТЫ С

АГРЕССИВНЫМИ ДЕТЬМИ. In Человек в современном мире: пространство и

возможности для личностного роста (pp. 152-161).

6.

Чориева, Д. А. (2019). Педагогическая диагностика в условиях

дошкольного образования. Актуальные проблемы современного образования:

опыт и инновации, 86.

7.

Чориева, Д. А., & Ражабова, Г. Ф. (2022). ЗНАЧЕНИЕ

ПЕДАГОГИЧЕСКО-ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО

ДИАГНОСТИЧЕСКОГО

СРЕДСТВА В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ.

Results of National Scientific Research International Journal, 1(6), 327-343.

8.

Чориева, Д. А. (2022). ПЕДАГОГИК-ПСИХОЛОГИК ДИАГНОСТИКА

ФАОЛИЯТИ БИЛАН ШУҒУЛЛАНУВЧИ ШАХСГА ҚЎЙИЛАДИГАН

ТАЛАБЛАР: https://doi. org/10.53885/edinres. 2022.9. 09.014 Чориева Дурдона

Анваровна Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети

Мактабгача таълим факультети Мактабгача таълим психологияси ва

педагогикаси кафедраси педагогика фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD), в.

б. доценти. Образование и инновационные исследования международный

научно-методический журнал, (9), 99-102.

9.

X.Meliyev, O.Jamoldinova “Tarbiyachining kasbiy kompetenti va mahorati”

O`quv qo`llanma 2021 y.

10.

Chorieva, D. A. BO‘LAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY

MAHORATLARINI OSHIRISH YO‘LLARI. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

158

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI, 385.

11.

Anvarovna, C. D. (2024). MANAGEMENT OF INNOVATIVE PROCESSES

IN

PRESCHOOL

EDUCATION.

ОБРАЗОВАНИЕ

НАУКА

И

ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 37(6), 58-62.

12.

Anvarovna, C. D. (2024). MAKTABGACHA TA’LIMDA PEDAGOGIK

DIAGNOSTIKA

VA

KORREKSIYALASHNING

О

‘ZIGA

XOS

XUSUSIYATLARI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В

МИРЕ, 37(6), 48-53.

13.

Anvarovna,

C.

D.

(2024).

TA’LIM-TARBIYA

JARAYONIDA

INNOVATSION

PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK

DIAGNOSTIK

SAMARALI

METODLARDAN

FOYDALANISH.

ОБРАЗОВАНИЕ

НАУКА

И

ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 37(6), 54-57.

14.

Choriyeva, D., & Ahmadova, S. (2023). Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida

ertaklarning ahamiyati. Maktabgacha va maktab ta’limi jurnali, 1(2-3).

15.

Durdona, C. (2023, December). KREATIVLIK ORQALI BOLALARNING

QOBILYATLARINI OSHIRISH. In " Conference on Universal Science Research

2023" (Vol. 1, No. 12, pp. 302-305).

16.

Durdona, C. (2023). BOLALARDA KREATIVLIK QOBILYATINI

RIVOJLANTIRISH. TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN,

1(5), 265-270.

17.

Choriyeva, D. (2023). OILA VA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA

AMALGA OSHIRILADIGAN IJTIMOIY VAZIFALAR. Talqin va tadqiqotlar,

1(32).

18.

DURDONA, C., & SHAHNOZA, K. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI

BOLALARNING KREATIVLIGINI OSHIRISHDA TASVIRIY FAOLIYATNING

O ‘RNI. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan, 1(7), 191-196.

Most read articles by the same author(s)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Omonova Nigina Davron qizi, O‘YIN BOLALARNI RIVOJLANTIRISH VA TARBIYALASH , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Axmadjanova Mavludaxon Akramjon qizi, IJTIMOIY PEDAGOGIKANING ASOSIY KATEGORIYALARI VA ASOSIY TAMOYILLARI , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Ergasheva Mahliyo Baxtiyor qizi, MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MEHNAT TARBIYASIGA O`RGATISH , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Rajabboyeva Mohichehra Amatjon qizi, BOLANI PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK TEKSHIRISH , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, To`lanova Muxlisa Abbos qizi, MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARINING OILA BILAN HAMKORLIGI , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Rejabova Xurshida Otabek qizi, MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI JISMONIY RIVOJLANTIRISH , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Rajabboyeva Kumushoy Anvarjon qizi, MAKTABNING BOLA SHAXSIGA QO`YADIGAN ASOSIY TALABLARI , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Zaylobiddinova Muxtasar Abdumajid qizi, IJTIMOIY PEDAGOG FAOLIYATINING MAQSADI , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Ibragimova Laylo Shuxrat kizi, EDUCATING CHILDREN THROUGH FAIRYTALES IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Ortiqboyeva Marjona Toxir qizi, FAOLIYAT MARKAZLARIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR MEHNATINI TASHKIL ETISH , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

1 2 > >>