MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
66
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARINING OILA BILAN
HAMKORLIGI
Choriyeva Durdona Anvarovna Nizomiy nomidagi Toshkent davlat
pedagogika universiteti “Maktabgacha ta’lim” fakulteti Maktabgacha ta’lim
psixologiyasi va pedagogikasi kafedrasi dotsenti,
To`lanova Muxlisa Abbos qizi “Maktabgacha ta’lim
psixologiyasi va pedagogikasi” yo’nalishining 4 kurs talabasi
MTTning ota-onalar bilan ishlashining jamoa tarzida va yakkama-yakka
xolda ishlash shakllarini mohirlik bilan qo‘shib olib borish, keng aholi orasida
pedagogik tashviqot ishlarini tashkil etish tufayli bolalarni tarbiyalshda ijobiy
natijalarga erishish mumkin. MTT xodimlarini ota-onalar va oila bilan hamkorlikdagi
ishlarining eng keng tarqalgan shakllari:
- ota-onalar bilan yakkama-yakka ishlash. Ilg’or pedagogik tajribalarni
ko‘rsatishicha, ishning bu turi katta ahamiyatga ega. Bunda tarbiyachi oila va
bolaning shaxsiy xususiyatlarini o‘rganib ularni o‘zining tarbiyaviy ishida xisobga
oladi. MTTlarimiz tajribasida ota-onalar bilan yakkama-yakka olib boriladigan
ishlarning turli xil shakllari aniqlangan; oilaga tarbiyachining borishi, ota-onalar
uchun suhbat o‘tkazish, ularga maslahatlar berish, ota-onalarning MTT hayoti bilan
tanishishlari.
- ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar. Bular ota-
onalarning guruhiy va umumiy majlisi, ota-onalar maktabi, anjumanlar, shanbaliklar,
savol-javob kechalari.
- ko‘rsatmali ishlar. Ishning bu turi ko‘rgazmali, bolalarni ishlarini namoyish
qilish, ochiq eshiklar kuni, pedagogik axborot stendlari, ota-onalar uchun kutubxona
oilaviy tarbiyaning barcha masalari bo‘yicha materiallar solingan papka.
- ota-onaga pedagogik ta’lim berish va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
Bola yashab turgan oilani o‘rganish ota-onalar bilan yaqin aloqa o‘rnatish va
ularga yordam, maslahatlar berishning samarali yo‘llaridan biridir. Tarbiyachi oilaga
tekshiruvchi sifatida emas maslahatchi, do‘st va bola tarbiyasiga yordam beruvchi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
67
shaxs sifatida boradi. Tarbiyachining oilaga borishidan asosiy maqsad bola
yashayotgan sharoitni ko‘rish va zarur bo‘lsa ota-onalarga yordam ko‘rsatishdir.
Oilani borib ko‘rish va ota-onalar bilan suhbatlashish katta pedagogik odat bilan
o‘tkazilishi kerak. Ota-onalar bilan suhbatda bolaning eng yaxshi tomonlarini ochib
berilsa, ota-onalarning tarbiyachiga bo‘lgan hurmati va ishonchi ortadi. Tarbiyachi
bolaning uyida ko‘rganlarini qayd qilish bilan bir qatorda ularni tahlil qiladi, ota-
onalar majlislarida oilaviy tarbiyadagi ijobiy va salbiy tomonlar haqida gapiradi.
Ularga o‘zining maslahatlarini beradi. Oila tarbiyasidagi ijobiy ishlarni ota-onalar
uchun tashkil etilgan testlarda aks ettirish ham mumkin. Oilani borib ko‘rgandagi
taassurotlarini tarbiyaviy ishlarni hisobga olish ustuniga yozib qo‘yishi kerak Oilaga
kamida yiliga 2 marta borib ko‘riladi tarbiyachining oilaga borishi ota-onalarda
pedagogik madaniyatni oshiradi.
Ota-onalar bilan shaxsiy suhbatlar
. Oila bilan shaxsan ishlashning eng
keng tarqalgan usuli sifatida qo‘llanadigan suhbat bolalarni ertalab qabul qilish va
kechqurun kuzatish vaqtida o‘tkazilishi mumkin. Ular tarbiyachilar bilan ota-onalarni
bir-biri bilan yaqinroq tanishishlariga yordam beradi. Tarbiyachining ota-onalar bilan
ertalab o‘tkazadigan suhbatlari qisqa muddatli bo‘ladi, shuningdek uning yaqinlarida
yaxshi kayfiyat, tarbiyachiga ishonch hissi paydo bo‘lishida katta ahamyatga ega.
Ota-onalardan bola kechqurun qanday kayfiyatda bo‘lganini, qanday
uxlaganini bola o‘zini qanday sezishni so‘rash foydali. Tarbiyachi ota-onalarga
bolalarni bugun guruhda nimalar kutishi xaqida qisqacha axborot beradi. Bu narsa
bolani kayfiyatini ko‘taradi, ota-onani xotirjam qiladi. Ota-onalar bilan kechki
suhbatlar ham vaqt jihatidan cheklangan, ota-onalar bilan kechki suxbat vaqtida
tarbiyachi bolaning tashqi ko‘rinishiga taaluqli kamchiliklar aytilishi mumkin. Bolani
guruhda kunni qanday o‘tkazgani, nimalar bilan mashg’ul bo‘lgani, o‘zini qanday
tutgani, nimaga e’tibor berish kerakligini xaqida axborot beradi. Ota-onalarni bola
tarbiyasida yo‘l qo‘ygan biror kamchilik va xatosini tahlil qilish uchun ular bilan
yanada mufassal suhbat o‘tqazish zarurati tug’ilganda vaziyatni tuzatish uchun
malakali maslahat hamda tavsiya berish kerak bo‘lganda maslahatlar o‘tkaziladi .
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
68
Agar tarbiyachiga aynan bir masala bir nechta ota ona ni qiziqtirayotgani
ma’lum bo‘lsa, ular uchun umumiy maslahatlar tashkil etadi. Pedagog maslahatga
oldindan tayyorlanadi: zarur adabyotlarni va ko‘satmali materiallarni tanlaydi.
Maslahat o‘tkaziladigan aniq vaqt xaqida ota-onalarini ogohlantiradi. Bunday
maslahatlar onda sonda va muntazam o‘tkazilishi mumkin. Ota-onalarning guruhiy
majlislari zaruryatiga qarab yil choragida bir marta o‘tkaziladi. Bunday majlislardan
maqsad ota- onalarni aniq pedagogik masalalar bilan tanishtirishdir.Ularda mazkur
guruhdagi bolalarni tarbiyalash masalalari muhokama qilinadi, guruh ish i bilan
bog’liq tashkiliy masalalar qarab chiqiladi, ota-onalarning bayramda ishtirok etishlari
haqida gapiriladi.
Majlislar mavzusini belgilashda va unga tayyorgarlik ko‘rishda ota-onalari
taklif etilayotgan bolalarni yoshini xisobga olish zarur. Shu munosabat bilan o‘yin
yoki mehnat faoliyatlari haqida masalalar ko‘proq o‘rin egallash mumkin. Ota-
onalarning umumiy majlisi maktabgacha ta’lim muassasalari hamma
tarbiyalanuvchilarining ota-onalari uchun yiliga ikki marta o‘tkaziladi. Ularni
maktabgacha muassasa mudirasi, vrach, tarbiyachilar ishtirokida tashkil
etiladi.Umumiy majlislarda ta’lim-tarbiyaviy ishning yakunlari muxokama qilinadi.
Birinchi umumiy majlis o‘quv yili boshida o‘tkazilib, unda mudira ota-onalarni
maktabgacha ta’lim muassasining yillik ish rejasi bilan tanishtiradi. Rejaning oila
bilan bog’liq qismiga aniq to‘xtalib o‘tish lozim. Ikkinchi umumiy majlis o‘quv yili
oxirida o‘tkaziladi. Bunda maktabgacha ta’lim muassasining o‘tgan yildagi ish
yakunlari haqida ma’lumot beriladi. Bolalar muassasida tarbiyalanuvchilarning
yashash sharoitlarni yaxshilashda ota-onalarning qo‘shgan xissalari ta’kidlab o‘tiladi.
Umumiy majlislarda bolalar muassasasi jamoasi qanchalik katta va murakkab ishni
bajarishni va bu ishda qanday yordam berish kerakligini ishonchli tarzda ko‘rsatish
kerak. Majlislarda pedagog ma’ruzasining xajmi 20-25 minut ga mo‘ljallanadi .
Ota-onalar bilan MTT xodimlarini birgalikdagi faoliyatini tashkil etish va
uning mazmuni MTT dagi sharoitlarga bog’liqdir. Birgalikdagi faoliyat kerakli
darajada amalga oshiriladigan joyda o‘zaro yordam, bir–birini tushunish, topshirilgan
ishga
javobgarlik
holati
vujudga
keladi.
Ota-onalar
MTT
maydonini
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
69
ko‘kalamzorlashtirish, xonalarni qish mavsumiga tayorlash, sog’lomlashtirish
ishlarini o‘tkazishda yordam ko‘rsatishlari, bolalarga bayram kastyumlari
tayyorlashda, bolalarni sayyohatga kuzatib borishda ishtirok etishlari mumkin. Agar
ota-onalar orasida fotosuratchilar, tikuvchilar, rassomlar bor bo‘lsa, ular MTT ga
bevosita yordam ko‘rsatishlari kerak. Ota-onalarning ishi ijtimoiy harakterga ega va
ixtiyoriylikka asoslangan bo‘lishi kerak. Birgalikdagi ishni to‘g’ri tashkil etish uchun
yillik reja tuziladi va uni ko‘rinadigan joyga ilib qo‘yiladi. Ota-onalardan qaysi
kunlari MTTga kelib yordam berishlari mumkinligini so‘rash lozim.
Ochiq eshiklar kuni ota-onalar bilan ishlashning samarali shaklidir. Ochiq
eshiklar kuni jamoaning o‘z kalendar yillik rejasi bo‘yicha har bir yosh guruhning
ma’lum rejimi bo‘yicha odatdagi mehnat kunidir. Bunday kunlarni yiliga 1-2 marta
o‘tkazish tavsiya qilinadi. Ochiq eshiklar kunini o‘tkazish zarur. Ya’ni ota-onalarga
bolalarni jismoniy chiniqtirish, ovqatlantirish, mashg’ulotning borishi sayr haqida
ko‘pgina narsalarni ko‘rish imkoniyatiga ega ekanliklari haqida ma’lum qilinadi.
Ota-onalarga esa quyidagilar eslatiladi: bolalar bilan oddiy munosabatda
bo‘lish, ularning faoliyatida imkon boricha ishtirok etish, tarbiyachiga xalaqit
bermaslik, farzandiga tanbeh bermaslik (mashg’ulotlar o‘tkazilayotganda).
Ochiq eshiklar kunini o‘tkazishga tayyorlanayotganda fotosuratchini taklif
etish, keyinchalik esa «Ota-onalar bizning mehmonimiz», «Bizda ochiq eshiklar
kuni» mavzusida foto ko‘rgazma tashkil etish mumkin. Bu ochiq eshiklar kunida
qatnasha olmagan ota-onalarda qiziqish uyg’otadi.
Har bir MTT sida ota-onalar qo‘mitasi bo‘lib “Bolalar bog’chasi nizomi”
bo‘yicha tashkil etiladi. Ota-onalar qo‘mitasi ishning vazifalari va mazmuni uning
huquqlari, hisoboti va ish yuritishi Ota-onalar qo‘mitasi haqidagi “Nizom” da aks
etiriladi. Bu qo‘mita ota-onalarning umumiy majlisida bir yil muddatga saylanadi.
Uning tarkibiga har bir guruhdan 1-2 vakil kiradi. Ular orasidan rais va kotib
saylanadi. MTT rahbari va pedagogik jamoa ota-onalar qo‘mitasiga faol tarbiya
masalalarida uzoq bo‘lmagan kishilarni tarafdoridir. Tarbiyachilar u yoki bu oila
qanday ota-onalar qo‘mitasiga a’zo bo‘lganda so‘ng MTTga ota yoki ona qanday
yordam berishi mumkin, ular jamoa tarbiyasi hayoti bilan qiziqishadimi, MTTda
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
70
bo‘lish kerakligi haqidagi mashg’ulotlarni tartibini kuzatish, sayr qilishda ishtirok
etish haqidagi taklifga labbay deb javob berishadimi? Degan savollarga javob
berishlari kerak. Ota-onalar qo‘mitasini unda ishlashni xohlovchi ota-onalardan ham
saylash mumkin. Bunday ota-onalar odatda, samarali qiziqib ishlaydilar. Ota-onalar
qo‘mitasi ota-onalarning umumiy majlisiga hisob beradi, unga avval qabul qilingan
qarorlarning bajarilishi xaqida hisobot beradi. Ota-onalarning umumiy majlisiga
xisob beradi. Ota-onalar qo‘mitasining faoliyati MTTning yillik rejasiga mos holda
rejali ravishda olib borilishi kerak. Qo‘mita ishini mudiri boshqarib boradi . Uning
majlislari kamida ikki oyda bir marta o‘tqazilishi kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:
1.
Kayumova N.M. “Maktabgacha pedagogika” Darslik 2013 y.
2.
Chorieva,
D.
(2020).
DIAGNOSTICS
AS
A
BRANCH
OF
PSYCHOLOGICAL AND PEDAGOGICAL KNOWLEDGE AND TYPE OF
RESEARCH ACTIVITY OF A TEACHER. European Journal of Research and
Reflection in Educational Sciences Vol, 8(3).
3.
Choriyeva, D. (2022). TARBIYACHINING PEDAGOGIK MAHORATINI
OSHIRISHDA PEDAGOGIK TEXNIKANING ROLI. Zamonaviy dunyoda
pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar, 1(24), 101-103.
4.
Чориева, Д. А. (2021). МЕТОДЫ И ПРИЕМЫ РАБОТЫ С
АГРЕССИВНЫМИ ДЕТЬМИ. In Человек в современном мире: пространство и
возможности для личностного роста (pp. 152-161).
5.
Чориева, Д. А. (2019). Педагогическая диагностика в условиях
дошкольного образования. Актуальные проблемы современного образования:
опыт и инновации, 86.
6.
Чориева, Д. А., & Ражабова, Г. Ф. (2022). ЗНАЧЕНИЕ
ПЕДАГОГИЧЕСКО-ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО
ДИАГНОСТИЧЕСКОГО
СРЕДСТВА В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ.
Results of National Scientific Research International Journal, 1(6), 327-343.
7.
Чориева, Д. А. (2022). ПЕДАГОГИК-ПСИХОЛОГИК ДИАГНОСТИКА
ФАОЛИЯТИ БИЛАН ШУҒУЛЛАНУВЧИ ШАХСГА ҚЎЙИЛАДИГАН
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
71
ТАЛАБЛАР: https://doi. org/10.53885/edinres. 2022.9. 09.014 Чориева Дурдона
Анваровна Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети
Мактабгача таълим факультети Мактабгача таълим психологияси ва
педагогикаси кафедраси педагогика фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD), в.
б. доценти. Образование и инновационные исследования международный
научно-методический журнал, (9), 99-102.
8.
X.Meliyev, O.Jamoldinova “Tarbiyachining kasbiy kompetenti va mahorati”
O`quv qo`llanma 2021 y.
9.
Chorieva, D. A. BO‘LAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY
MAHORATLARINI OSHIRISH YO‘LLARI. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI, 385.
10.
Anvarovna, C. D. (2024). MANAGEMENT OF INNOVATIVE PROCESSES
IN
PRESCHOOL
EDUCATION.
ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА
И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 37(6), 58-62.
11.
Anvarovna, C. D. (2024). MAKTABGACHA TA’LIMDA PEDAGOGIK
DIAGNOSTIKA
VA
KORREKSIYALASHNING
О
‘ZIGA
XOS
XUSUSIYATLARI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В
МИРЕ, 37(6), 48-53.
12.
Anvarovna,
C.
D.
(2024).
TA’LIM-TARBIYA
JARAYONIDA
INNOVATSION
PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK
DIAGNOSTIK
SAMARALI
METODLARDAN
FOYDALANISH.
ОБРАЗОВАНИЕ
НАУКА
И
ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 37(6), 54-57.
13.
Choriyeva, D., & Ahmadova, S. (2023). Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
ertaklarning ahamiyati. Maktabgacha va maktab ta’limi jurnali, 1(2-3).
14.
Durdona, C. (2023, December). KREATIVLIK ORQALI BOLALARNING
QOBILYATLARINI OSHIRISH. In " Conference on Universal Science Research
2023" (Vol. 1, No. 12, pp. 302-305).
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
72
15.
Durdona, C. (2023). BOLALARDA KREATIVLIK QOBILYATINI
RIVOJLANTIRISH. TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN,
1(5), 265-270.
16.
Choriyeva, D. (2023). OILA VA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA
AMALGA OSHIRILADIGAN IJTIMOIY VAZIFALAR. Talqin va tadqiqotlar,
1(32).
17.
DURDONA, C., & SHAHNOZA, K. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI
BOLALARNING KREATIVLIGINI OSHIRISHDA TASVIRIY FAOLIYATNING
O ‘RNI. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan, 1(7), 191-196.