MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
43
IJTIMOIY PEDAGOG FAOLIYATINING MAQSADI
Choriyeva Durdona Anvarovna Nizomiy nomidagi Toshkent davlat
pedagogika universiteti “Maktabgacha ta’lim” fakulteti Maktabgacha ta’lim
psixologiyasi va pedagogikasi kafedrasi dotsenti,
Zaylobiddinova Muxtasar Abdumajid qizi “Maktabgacha ta’lim
psixologiyasi va pedagogikasi” yo’nalishining 4 kurs talabasi
Pedagogik faoliyat-ta’lim va tarbiya orqali ijtimoiy-madaniy tajribani
berishga yo‘naltirilgan kasbiy faoliyat turidir. Bu faoliyat ta’lim standartlari, o‘quv
rejalari,
dasturlari
bilan
belgilanadi.
Ijtimoiy
pedagogik
faoliyat-bolaga
ijtimoiylashuvi jarayonida (bolaning jamiyatga kirishi) yordam ko‘rsatishga
qaratilgan kasbiy faoliyat turidir. Bola bilan turli xil ta’lim muassasalari, tashqilotlari,
birlashmalari, ijtimoiy pedagoglar bilan amalga oshiriladi.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat har doim, ya’ni aniq bir bolaga va ijtimoiylashuv,
jamiyatga integratsiya jarayonida yuzaga keladigan muammolarini hal etishga
yo`naltirilgan bo‘ladi.
Kasbiy faoliyat tuzilmasi-har qanday faoliyat o‘z tuzilmasiga egadir. Ular
faoliyat elementlarining o‘zaro bog‘liqligini va o‘zaro shartlarini aliqlaydi. Ijtimoiy
pedagog faoliyati tuzilmasi quyidagi komponentlardan iborat: subyekt (faoliyatni
amalga oshiruvchi tomon), obyekt (faoliyat yo`naltirilgan tomon), maqsad (faoliyat
orqali nimaga intilinadi), vazifa (faoliyat orqali nimalar amalga oshiriladi), vositalar
(faoliyat qaysi usul yoki texnika yordamida amalga oshiriladi). Ijtimoiy pedagog
faoliyatining obyekti jamiyatga moslashish jarayonidagi yordamga maqsad bolalar
va yoshlardir. Bu toifaga intellektual, ruxiy, ijtimoiy nuqsoni bor bolalar, shuningdek,
jismoniy, ruxiy yoki aqliy shakllanishi buzilgan bolalarning katta qismi (ko‘zi ojiz,
kar—soqov, aqliy ojiz va bolalar falajligiga chalinganlar) kiritiladi. Ular jamiyatning
alohida mehriga maqsaddir. Agar bolaning jamiyatdagi shakllanishi normal kechsa,
unda ijtimoiy pedagog yordami zarur bo‘lmaydi. Bordiyu, ota-onalar va maktab uning
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
44
shakllanishi, tarbiyalanishi va ta’lim olishini ta’minlay olmasa, u holda ijtimoiy
pedagog xizmati kerak bo‘ladi.
Ijtimoiy pedagog faoliyatining maqsadi bolaning ruxiy yengilligi va
xavfsizligi uchun sharoit yaratish, uning oilasi, maktabi va atrofidagi unga salbiy
ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan ogohlantiruvchi va ularni yengib o‘tuvchi ijtimoiy,
xuquqiy, ruxiy, tibbiy va pedagogik muammolarni kompleks ravishda hal etish
maqsadida turli mutaxassislar (ruxiyatshunoslar, tibbiy xodimlar, ijtimoiy xodimlar
va yuristlar) hamda ma’muriy organlar va idoralarning (ta’lim, sog‘liqni saklash,
ijtimoiy himoya sohasidagi) mazkur masalaga yo‘naltirilgan say’i-harakatlarini
muvofiqlashtirib turishda vositachi bo‘la olishi kerak. Ijtimoiy pedagog faoliyatidagi
muhim yo`nalish-bu BMT konvensiyasida e’lon qilingan bolaning yashashga,
sog‘lom shakllanishga, ta’lim olishga, o‘z qarashlarini erkin ifoda etishga,
kamsitishning har qanday turidan himoyalashga qaratilgan huquqlarini himoya
qilishdir.
Ijtimoiy pedagog faoliyatidagi yana bir yo‘nalish-bu bolani shakllanishiga
ko‘maklashuvchi ijtimoiy loyihalar va dasturlar, xususiy tashabbuslarni ishlab
chiqishda ishtirok etishdir. Shunday qilib, ijtimoiy pedagog faoliyatiga quyidagi
vazifalarni biriktirish mumkin:
— tashhis qo`yish;
— bashoratchilik;
— vositachilik;
— to‘g‘rilash va qayta tiklash;
— himoyalash;
— ogohlantirish va profilaktik;
— evristika (ijodiy fikrlash).
Pedagogning barcha faoliyati vositalar yordamida amalga oshiriladi. Bular
safiga maqsadga erishishda zarur bo‘ladigan barcha harakatlar, predmetlar, qurollar,
usullar va texnologiyalarni kiritish mumkin. Ijtimoiy pedagog kasbiy faoliyat
subyekti sifatida: shaxsiy tavsif va kasbiy omilkorlik. Ijtimoiy pedagogning shaxsiy
tavsifnomasi ko‘rib chiqiladigan bo‘lsa, avvalo mazkur faoliyat subyektini o‘z
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
45
sohasini mukammal biluvchi mutaxassisni belgilab olishimiz zarur bo‘ladi. U bola
hayotidagi ijtimoiy va boshqa qiyinchiliklarni chuqur farqlay biladi va unga
yordamga kela oladi. U umumnazariy va maxsus bilimlarga malaka va
ko‘nikmalarga, ma’lum darajadagi qobiliyatga ega bo‘ladi. Kundalik xayotda biz
kasb inson ongida, uning xatti-harakatlarida va dunyoqarashida o‘ziga xos iz
qoldirishiga guvoh bo‘lamiz. Psixologiyada bu narsa "kasbiy mentallik" deb ataladi.
Mentallik-bu insonning olamga munosabatini va uning kundalik xatti-harakatlarini
aks ettiruvchi ma’lum ijtimoiy—ruhiy qarashlar va qadriyatlar majmuidir. Mentallik
o‘zida individning ijtimoiy va madaniy tajribasini mujassamlashtirgan bo‘lib,
insonning qaysi ijtimoiy qatlamga, yoshga, jinsga, millatga va kasbga mansubligi
bilan aniqlanadi. Psixologik tadqiqotlarda kasbiy mentallik ma’lum bir kasb egalariga
xos bo‘lgan xususiyat sifatida e’tirof qilinadi.
Hozirgi pedagogning muhim vazifalaridan biri milliy istiqlol g‘oyasini bolalar
va o‘quvchilar ongida shakllantirish tadbirlari va mexanizmlarini ishlab chiqib, uni
amalga oshirishdan iboratdir. Mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.Karimov shunday
degan edi: ‘‘Endigi vazifamiz shundan iboratki, milliy istiqlol g‘oyasi tushunchalari
asosida keng jamoatchilik, ziyolilar, ilm–fan va madaniyat namoyandalari, avvalo,
ma’naviy–ma’rifiy soha xodimlari milliy mafkurani takomillashtirish, uning asosiy
tamoyillarini odamlar qalbiga va ongiga singdirishga qaratilgan ishlarni yangi
bosqichga zarur’’. Mana shuning uchun ham yaratiladigan qo‘llanmalar mazmunida
milliy istiqlol g‘oyasi asosiy o‘rinni olishi lozim.
Oliy ta’lim muassasalarida pedagoglar ikki bosqichda o‘qitiladi. Birinchi
bosqichda ya’ni bakalavriatda mutaxassis o‘zi tanlagan soha bo`yicha 4 yil davomida
ta’lim oladi. Ikkinchi bosqich magistraturada davom ettiriladi. "Ijtimoiy pedagog"
sohasiga tegishli barcha mutaxassilarning ham o‘ziga xos xususiyatlari mavjud
bo‘ladi. Bir qator tadqiqotchilar ularning shaxsiy tavsifnomasi sifatida individual—
ruxiy xususiyatlar va maxsus qobiliyatlarni ko‘rsatmoqda. Kuzatuvchanlik, vaziyatga
qarab tez yo‘lga tusha bilish, fahm— farosat bilan seza olish, o‘zini boshqa odam
o‘rniga qo‘ya olish va uning hissiyotlarini tushuna bilish, o‘zini boshqara olish va
refleksiya (fikr yuritib uni tahlil qilish) maxsus qobiliyatlar jumlasidandir.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
46
Shuningdek ijtimoiy pedagog dilkashlik, odamlar bilan ishlay olish, qiziqqonlik, o‘z
fikrini o‘tkaza olish, baxsli vaziyatlarda yo‘l topa bilish, tirishqoqlik kabi ijtimoiy
sohaning barcha xodimlariga xos xususiyatlarga ham ega bo‘lmog`i darkor. Xorijiy
tadqiqotchilar ham pedagogning individual-ruxiy xususiyatlari to‘g‘risida o‘z
fikrlarini bildiradi.
Masalan, Buyuk Britaniyalik olimlar bunday xususiyatlar qatoriga yuqori
darajadagi aqliy salohiyatga egalik, tartiblilik va o‘z-o‘zini boshqara bilish, jismonan
kuchlilik, odamlarga qiyin vaziyatlarda yordam bera olish, chidamlilik, sezgirlik
kabilarni kiritadi. AQShning mashhur psixologlaridan sanalgan J.Xoland o‘zining
"o‘ziga yo`naltirilgan qidiruv" metodikasida ijtimoiy soha kasbi egasiga xos
xususiyatni ko‘rsatgan. Ular realistlik (haqqoniylik), tadqiqotchilik, artistlik, ijtimoiy,
tadbirkorlik, konvensional xususiyatlardir. U ijtimoiy pedagogga xos insonparvarlik,
ideallik, mas’uliyatlilik, axloqlilik, xushmuomalalik, iliqlik, odoblilik, o‘zgalarni
do‘st tuta olish kabi xususiyatlarni ham ko‘rsatadi. Ijtimoiy pedagog kasbi insonlar
o‘rtasidagi munosabatlar tizimida faoliyat yurituvchi ko‘pqirrali soha bo‘lib,
pedagogning qaysi ishda ishlashidan qat’iy nazar odamlar bilan va avvalo bolalar
bilan ishlashga yo`naltirilgan. Muloqot jarayonida pedagog ko‘pincha ruxiy
og‘irlikni va charchoqni o‘zida sinashiga to‘g‘ri keladi. Shu bois uning asab tizimi
ham mustahkam bo‘lishi darkor. Bu narsa unga ijtimoiy-pedagogik, ruxiy-terapevtik
jarayonlarda emotsional qiyinchiliklar bilan to‘qnashuvda yordam beradi. Ijtimoiy
pedagogga xos yana bir xarakter bu "Men -obrazidir". Bu narsa pedagogning o‘ziga
nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishini hamda boshqalar tomonidan o‘ziga yuqori
baho berilishini ifodalaydi. Mazkur xarakter pedagogga boshqa odamlar bilan erkin
muloqot qilish va ularni oson qabul qilish imkonini beradi.
Ijtimoiy pedagogning quyidagi shaxsiy fazilatlarini alohida ajratishimiz
mumkin:
- insoniylik xususiyatlari (mehribonlik, boshqalar manfaatini ustun
qo‘yish, o‘z shaxsiy qadr-qimmati hissi);
- xususiyatlar (ruxiy barqarorlik, yuqori darajadagi hissiy va irodaviy
xususiyatlar);
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
47
- ruxiy tahlilchilik xususiyatlari ( o‘zini idora qila olish, o‘ziga tanqidiy
qarash, o‘zini baxolay olish)-ruxiy-pedagogik xususiyatlar ( kirishuvchanlik, gapga
chechanlik).
Yuqorida keltirilgan xususiyatlar bilan tanishar ekanmiz, har qanday odam
ham ijtimoiy-pedagogik faoliyatni olib borish qobiliyatiga ega bo‘lavermasligiga
ishonch hosil qilamiz. Har bir pedagogning kasbiy omilkorligi, ya’ni uning o‘z
faoliyatini olib borishga amaliy va nazariy tomondan tayyorligi me’yoriy-huquqiy
hujjatlar yordamida tartibga olinadi. Mazkur hujjatlar o‘z ichiga mutaxassis
pedagogning kasbiy majburiyatlarini, mehnat tavsifnomasini, bilim va malakasini
oladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:
1.
Sh.Xasanova “Bolalarni maktabga tayyorlash” ma`ruza matni.2018 y.
2.
M.Hakimova, M.Ma`rufova “Bolalarni ijtimoiy moslashuvi” 2021 y.
3.
Chorieva,
D.
(2020).
DIAGNOSTICS
AS
A
BRANCH
OF
PSYCHOLOGICAL AND PEDAGOGICAL KNOWLEDGE AND TYPE OF
RESEARCH ACTIVITY OF A TEACHER. European Journal of Research and
Reflection in Educational Sciences Vol, 8(3).
4.
Choriyeva, D. (2022). TARBIYACHINING PEDAGOGIK MAHORATINI
OSHIRISHDA PEDAGOGIK TEXNIKANING ROLI. Zamonaviy dunyoda
pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar, 1(24), 101-103.
5.
Чориева, Д. А. (2021). МЕТОДЫ И ПРИЕМЫ РАБОТЫ С
АГРЕССИВНЫМИ ДЕТЬМИ. In Человек в современном мире: пространство и
возможности для личностного роста (pp. 152-161).
6.
Чориева, Д. А. (2019). Педагогическая диагностика в условиях
дошкольного образования. Актуальные проблемы современного образования:
опыт и инновации, 86.
7.
Чориева, Д. А., & Ражабова, Г. Ф. (2022). ЗНАЧЕНИЕ
ПЕДАГОГИЧЕСКО-ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО
ДИАГНОСТИЧЕСКОГО
СРЕДСТВА В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ.
Results of National Scientific Research International Journal, 1(6), 327-343.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–2_ Февраль –2025
48
8.
Чориева, Д. А. (2022). ПЕДАГОГИК-ПСИХОЛОГИК ДИАГНОСТИКА
ФАОЛИЯТИ БИЛАН ШУҒУЛЛАНУВЧИ ШАХСГА ҚЎЙИЛАДИГАН
ТАЛАБЛАР: https://doi. org/10.53885/edinres. 2022.9. 09.014 Чориева Дурдона
Анваровна Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети
Мактабгача таълим факультети Мактабгача таълим психологияси ва
педагогикаси кафедраси педагогика фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD), в.
б. доценти. Образование и инновационные исследования международный
научно-методический журнал, (9), 99-102.
9.
Babayeva D.R. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi. O‘quv qo‘llanma.T.:
TDPU, 2017.