Authors

  • Choriyeva Durdona Anvarovna
  • Omonova Nigina Davron qizi

Author Biographies

  • Choriyeva Durdona Anvarovna

    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Maktabgacha ta’lim” fakulteti Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi kafedrasi dotsent,

  • Omonova Nigina Davron qizi

    Maktabgacha ta’lim

    psixologiyasi va pedagogikasi”  yo’nalishining 4 kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94320

Abstract

O‘yin bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash vositasidir. Psixologlar o‘yinni maktabgacha yosh davrida yetakchi faoliyat deb hisoblaydilar. O‘yin tufayli bolaning yuqori rivojlanish bosqichiga o‘tishini ta’minlovchi sifatlar shakllanadi, uni ruhiyatida sezilarli o‘zgarishlar yuz beradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

90

O‘YIN BOLALARNI RIVOJLANTIRISH VA TARBIYALASH

Choriyeva Durdona Anvarovna Nizomiy nomidagi Toshkent davlat

pedagogika universiteti “Maktabgacha ta’lim” fakulteti Maktabgacha ta’lim

psixologiyasi va pedagogikasi kafedrasi dotsent,

Omonova Nigina Davron qizi “Maktabgacha ta’lim

psixologiyasi va pedagogikasi” yo’nalishining 4 kurs talabasi

O‘yin bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash vositasidir. Psixologlar o‘yinni

maktabgacha yosh davrida yetakchi faoliyat deb hisoblaydilar. O‘yin tufayli bolaning

yuqori rivojlanish bosqichiga o‘tishini ta’minlovchi sifatlar shakllanadi, uni

ruhiyatida sezilarli o‘zgarishlar yuz beradi.

O‘yinda bola shaxsining hamma tomoni bir-biriga o‘zaro ta’sir etgan holda

shakllanadi. O‘ynayotgan bolani kuzatayotib uning qiziqishlarini, tevarak-atrof

to‘g’risidagi tasavvurini, kattalarga va o‘rtoqlariga bo‘lgan munosabatini bilib olish

mumkin.

Shaxsdagi biron sifatni tarbiyalash uchun uning boshqa tomonlarini ham

rivojlantirish kerak. Masalan, bolaning o‘yiniga qiziqishini, tashqilotchilik

qobiliyatini rivojlantirish uchun mazmun jihatidan boy o‘yinlar yaratilishi kerak.

Bolalarning ijodiy o‘yinlarini rivojlantirish uchun esa o‘z navbatida yaxshi tashqil

etilgan bolalar jamoasi zarur bo‘ladi.

O‘yin bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalash sistemasida, MTTning ta’lim-

tarbiya ishida, axloqiy, mehnat va estetik tomonlama tarbiyalashda katta o‘rin tutadi.

O‘yinda bola organizmiga xos bo‘lgan talab va ehtiyojlar qoniqtiriladi,

hayotiy faollik ortadi, bardamlik, tetiklik, quvnoqlik tarbiyalanadi. Shuning uchun

ham bolalarni jismoniy tarbiyalash sistemasida o‘yin munosib o‘rin egallaydi.

O‘yin ta’lim va mashg’ulotlar bilan, kundalik hayotdagi kuzatishlar bilan

uzviy bog’liq bo‘lib juda katta ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ijodiy o‘yinlarda

muhim bilim egallash jarayoni yuzaga keladi, bu bolaning aqliy kuchini ishga soladi,

tafakkurini, hayolini, diqqatini, xotirani faollashtirishni talab qiladi, bola masalalarni


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

91

mustaqil hal qilishga o‘rganadi, o‘ylagan narsasini amalga oshirish uchun yaxshiroq

va osonroq usul o‘ylab topadi, o‘z bilimlaridan foydalanish va uni so‘z bilan

ifodalashga o‘rganadi.

O‘yinda aks ettirlayotgan narsani bilib olishga qiziqish uyg’onadi. Ko‘pincha

o‘yin bolalarga yangi bilim berish va ularning fikrini, bilim doirasini kengaytirish

uchun hizmat qiladi. Ijodiy o‘yinni tor didaktik maqsadlarga bo‘ysindirib bo‘lmaydi,

bu o‘yin yordamida juda katta tarbiyaviy vazifalar hal qilinadi.

Qoidali o‘yin bolaning sensor rivojlanishini, taffakkur va nutqini, ixtiyorsiz

diqqatini va xotirasini, har xil harakatlarini muntazam ravishda mashq qildirib borish

imkonini beradi. Har bir qoidali o‘yin ma’lum didaktik maqsadga ega bo‘lib, bolani

umumiy rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Ta’limning o‘yin shaklida bo‘lishi muhim

ahamiyaiga ega bo‘lib bolaning umumiy rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi.

Ta’limning o‘yin shaklida bo‘lishi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bolaning yosh

xususiyatlariga mos keladi. Qiziqarli o‘yin bolaning aqliy faolligini oshiradi, o‘yinda

bola mashg’ulotdagiga nisbatan murakkabroq maslani hal qilishi mumkin. Bu ta’lim

butunlay o‘yin shaklida bo‘lishi kerak degan gap emas. Ta’lim turli usullar va

metodlarni qo‘llashni talab etadi. O‘yin ta’limning shakllaridan biri bo‘lib, boshqa bir

metod bilan qo‘shib olib borilgandagina yaxshi natija beradi, bular kuzatish, suhbat,

so‘zlab berish va hakozolar.

Bola o‘ynayotib o‘z bilimidan foydalanishni, uni har xil sharoitda ishlata

bilishni o‘rganadi. Ijodiy o‘yinlarda bolalarning fantaziyasi, buyum yasashi, tajriba

qilishiga keng yo‘l ochiladi.

O‘yinda aqliy rivojlanish bilan birga axloqiy sifatlar ham shakllanadi. O‘yin

jarayonida yuz bergan kechilmalar bola ongida chuqur iz qoldiradi, shuning uchun

o‘yin bolada yaxshi hislarni, ulug’vor orzular va intilishlarni, sog’lom qiziqishlarni

tarbiyalashga yordam beradi.

O‘yin mustaqil faoliyat bo‘lib, bu jarayonda bolalar o‘z tengdoshlari bilan

aloqa qilishga kirishadilar. Ularni umumiy maqsad, unga erishishdagi umumiy

kechilmalar birlashtiradi. Shuning uchun o‘yin do‘stona munosabatlarni

tarbiyalashda,

jamoa

hayoti

malakalarini,

tashkilotchilik

qobiliyatlarini


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

92

shakllantirishda muhimdir. Birgalikdagi o‘yin bilan birlashgan kichik bolalar

jamoasida murakkab munosabatlar vujudga keladi. Tarbiyachining vazifasi har bir

bolani faol o‘yinga jalb qilish, bolalar o‘rtasida do‘stlikka, haqqoniylikka, o‘rtoqlarini

javobgarligini sezishga asoslangan munosabatlar o‘rnatishdan iborat.

O‘yin mehnat tarbiyasi vazifasini bajarishga ham yordam beradi. Bolalar o‘z

o‘yinlarida har xil kasbdagi qishilarni aks ettiradilar. Bu bilan ular kattalarning

harakatlariga taqlid qilib qolmay, shu bilan bir qatorda ularning ishiga mehnatiga

bo‘lgan munosabatlarini ham aks ettiradilar. O‘yin bolada ko‘pincha mehnat qilish

xoxishini uyg’otadi, o‘yin uchun keraqli narsalarni tayyorlash va yasashga majbur

qiladi. O‘yinda hozirgi zamon bolalariga xos bo‘lgan texnikaga qiziqish paydo

bo‘ladi va rivojlanadi, bolalar har xil mashinalar yasaydilar va texnik o‘yinchoqlar

bilan o‘ynaydilar.

O‘yin estetik tarbiyaning muhim vositasidir. O‘yinda ijodiy hayol, fikrlash

qobiliyati yuzaga keladi va rivojlanadi. Yaxshi tanlangan o‘yinchoq badiiy didni

tarbiyalashga yordam beradi. Harakatli o‘yinlarda harakatning go‘zalligi va maromi

bolalarni o‘ziga maftun qiladi.

O‘yinning katta tarbiyalovchi ahamiyati o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi. O‘yin

befoyda, hatto zarali bo‘lishi, ba’zan yomon hislarni qo‘zg’atishi mumkin. Tarbiyachi

o‘yin yordamida bolalarni har tomonlama rivojlantirish vazifasini amalga oshirish

uchun unga muntazam ravishda ta’sir etib borishi zarur.

Bu vazifani hal etishda o‘yin bolalar bog’chasidagi ta’lim-tarbiyaviy ishning

hamma tomonlari bilan bog’langan bo‘lishi kerak. O‘yinda bolalarning

mashg’ulotlarda olgan bilim va malakalari aks etadi va rivojlantiriladi, ular orqali esa

bola hayotga o‘rgatiladi. Ikkinchi tomondan, o‘yinda tarbiyalangan sifatlar

faoliyatning boshqa turlariga ko‘chiriladi.

O‘yinning bola tarbiyasidagi asosiy roli bolalar muassasasi hayotini u bilan

boyitishni talab etadi. Shuning uchun ham o‘yin bolalar hayotining kun tartibiga

doimiy qilib kiritilgan. O‘yinlar uchun nonushtagacha va undan keyin,

mashg’ulotlardan so‘ng, sayrlardan so‘ng, kechqurun uyga ketishdan oldin vaqt

ajratiladi. Ertalab o‘ta harakatchanlikni talab qilmaydigan o‘yinlar uchun sharoit


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

93

yaratish maqsadga muvofiqdir. Mazmunan ko‘proq didaktik o‘yinchoqlar, stol ustida

o‘ynaladigan stol-bosma o‘yinlari, syujetli-rolli o‘yinlarni o‘ynagan ma’qul.

Sayr davomida harakatli o‘yinlarni, qurish-yasash o‘yinlarini tashkil etish

foydalidir. Kun tartibida o‘yin uchun maxsus vaqt belgilash o‘yinning mustaqil

faoliyat sifatida mavjud bo‘lishining va uni bolalar hayotini tashkil etish shakli

sifatida, tarbiya vositasi sifatida qo‘llanilishining eng muhim pedagogik shartidir.

Bolalar o‘yining o‘ziga xosligi shundaki, u tevarak-atrofdagi hayotni,

qishilarning faoliyati, ishlari, harakatlarini, ularning ish jarayonpidagi o‘zaro

munosabatlarini aks ettiradi. O‘yin paytida hona bolalar uchun dengiz, o‘rmon, metro,

temir yo‘l vagoni bo‘lishi mumkin

Bola hech qachon jim o‘ynamaydi, bitta o‘zi o‘ynasa ham u o‘yinchoq bilan

gaplashadi, o‘zi tasvirlayotgan qaxramon bilan muloqot o‘rnatadi, onasi, bemor,

shifokor xullas hamma-hammaning o‘rniga o‘zi gapiraveradi. So‘z obrazning

yaxshiroq ochilishiga yordam beradi.

Nutq o‘yin jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Nutq orqali bolalar fikr

almashadi, o‘z his-tuyg’u, kechilmalarini o‘rtoqlashadi. So‘z bolalar o‘rtasida

do‘stona munosabatlar o‘rnatilishiga, tevarak-atrofdagi hayot voqealariga bir xilda

munosabatda bo‘lishga yordam beradi.

Bolalarning o‘zi yaratgan o‘yindan kelib chiqadigan yoki kattalar tomonidan

taklif etilgan o‘yinning g’oyasi, mazmuni, o‘yin harakatlari, rollar, o‘yin qoidalari

uning tuzilishini tashkil etuvchi qirralardir.

O‘yin g’oyasi - bu nima o‘ynashni belgilab olish: “do‘kon, “shifoxona”,

“uchuvchilar”, “bolalar muassasasi” va shunga o‘xshashlar. O‘yin mazmuniga,

g’oyasiga qarab bolalarninng bunday o‘yinlarini bir necha o‘ziga xos guruhlarga

bo‘linadi.

O‘yinlarning bunday bo‘lishi albatta shartli bo‘lib, bir o‘yinda har xil hayotiy

voqaelar aks etishi ham mumkin.

G’oya o‘yinning mazmuni, jonli to‘qimasi, uning rivojlanishini, o‘yin

harakatlarini, bolalar munosabatlarining har xilligi va o‘zaro bog’lanishini belglab

beradi. O‘yining qiziqarli bo‘lishi va unda bolalarning qanday ishtirok etishlari


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

94

o‘yinning mazmuniga bog’liq. O‘yinda bola ijro etadigan rol o‘yining asosiy o‘zagi

va tarkibiy qismidir. Shuning uchun ham bu o‘yinlar rolli yoki syujetli-rolli o‘yinlar

nomini olgan.

Bolalar o‘yiniga tarbiyachining rahbarlik qilishi. O‘yin bolalarning qiziqarli

ermagigina bo‘lib qolmay, shu bilan bir qatorda u bolalarni rivojlantirish va

tarbiyalashning muhim vositasi hamdir. Ammo o‘yin kattalar tomonidan tashkil

etilib, unga rahbarlik qilingandagina ijobiy natija beradi.

Pedagog bolalar o‘yiniga rahbarlik qilar ekan, quyidagi talablarga e’tibor

berishi zarur: o‘yin mazmunini ta’lim-tarbiya beruvchi ahamiyatga ega bo‘lishi, aks

ettirliayotgan narsalar haqidagi tasavvurlar to‘g’ri va to‘la bo‘lishi, o‘yin

harakatlariga faol, ma’lum maqsadga qaratilgan, ijodiy xususiyatga ega bo‘lishi

kerak. Hamma va ayrim bolalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda o‘yinga

rahbarlik qilish, o‘yinchoqlarni va boshqa kerakli materiallardan maqsadga muvofiq

foydalanish, bolalarning o‘yinda xayrixoh va xursand bo‘lishlarini ta’minlash lozim.

Pedagog bolalar o‘yiniga rahbarlik qilar ekan, bola shaxsining hamma

tomonlariga: ongiga, his tuyg’ulariga, irodasiga, hulqiga ta’sir etishi va bundan

bolalarni aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy tomondan tarbiyalashda foydalanishi

lozim.

O‘yin jarayonida bolalarning bilimlari va tasavvurlari boyib, chuqurlashib

boradi. O‘yinda u yoki bu rolni bajarayotib, bola o‘zining butun diqqatini o‘yinga

qaratishi lozim. Bola o‘ynayotganda qishilar mehnati, ularning aniq harakatlari,

munosabatlari to‘g’risidagi tasavvuri yetarli emasligini sezib qoladi, buning natijasida

kattalarga savol bera boshlaydi. Tarbiyachi bolalarning bunday savollariga javob

berib, ularning bilimlariga aniqlik kiritadi, boyitadi.

Tarbiyachi o‘yin orqali bolalarda ona-vatanga, o‘z xalqiga boshqa millat

qishilariga ijobiy munosabatni shakllantiradi, mustahkamlaydi. O‘yin orqali

tarbiyachi bolalarda jasurlik, to‘g’rilik, o‘zini tuta bilishlik kabi sifatlarni

tarbiyalaydi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

95

O‘yin bolalarda ijtimoiy axloqni, ularning hayotga, bir-biriga bo‘lgan

munosabatini shakllantiruvchi o‘ziga xos maktabdir. O‘yinda bola qishilarning axloq-

odob normalarini, mehnatga munosabatlarini bilib oladi.

Tarbiyachi bolalar o‘yiniga rahbarlik qilayotib, ularni jamoa orqali ham

tarbiyalab boradi. O‘yin jarayonida bolalar o‘z xoxishlarini jamoa xoxishi bilan

kelishib olishga, o‘yinda o‘rnatilgan qoidalarga rioya qilishga o‘rgandilar.

Ammo o‘yinga to‘g’ri rahbarlik qilinmasa, u noxush oqibatlarga ham olib

kelishi mumkin. Tarbiyachi bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashda o‘yindan

keng foydalaniladi. Juda ko‘pchilik o‘yinlar bolalardan faol harakat qilishni talab

etadi, bu esa o‘z navbatida organizmda modda almashinishini yaxshilaydi, qon

aylanishini tezlashtiradi. Bundan tashqari faol harakat qilish bola gavdasini to‘g’ri

o‘sishini, harakatlari chiroyli bo‘lishini ham ta’minlaydi. O‘yin orqali tarbiyachi

bolalarda quvnoq kayfiyat yaratadi, ijobiy ruhiyat hosil qiladi, bu esa bolaning asab-

ruhiy, jismoniy tarbiyasini yaxshilaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:

1.

Kayumova N.M. “Maktabgacha pedagogika” Darslik 2013 y.

2.

N.Egamberdiyeva “Ijtimoiy pedagogika” o`quv qo`llanma 2009 y.

3.

Chorieva,

D.

(2020).

DIAGNOSTICS

AS

A

BRANCH

OF

PSYCHOLOGICAL AND PEDAGOGICAL KNOWLEDGE AND TYPE OF

RESEARCH ACTIVITY OF A TEACHER. European Journal of Research and

Reflection in Educational Sciences Vol, 8(3).

4.

Choriyeva, D. (2022). TARBIYACHINING PEDAGOGIK MAHORATINI

OSHIRISHDA PEDAGOGIK TEXNIKANING ROLI. Zamonaviy dunyoda

pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar, 1(24), 101-103.

5.

Чориева, Д. А. (2021). МЕТОДЫ И ПРИЕМЫ РАБОТЫ С

АГРЕССИВНЫМИ ДЕТЬМИ. In Человек в современном мире: пространство и

возможности для личностного роста (pp. 152-161).

6.

Чориева, Д. А. (2019). Педагогическая диагностика в условиях

дошкольного образования. Актуальные проблемы современного образования:

опыт и инновации, 86.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

96

7.

Чориева, Д. А., & Ражабова, Г. Ф. (2022). ЗНАЧЕНИЕ

ПЕДАГОГИЧЕСКО-ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО

ДИАГНОСТИЧЕСКОГО

СРЕДСТВА В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ.

Results of National Scientific Research International Journal, 1(6), 327-343.

8.

Чориева, Д. А. (2022). ПЕДАГОГИК-ПСИХОЛОГИК ДИАГНОСТИКА

ФАОЛИЯТИ БИЛАН ШУҒУЛЛАНУВЧИ ШАХСГА ҚЎЙИЛАДИГАН

ТАЛАБЛАР: https://doi. org/10.53885/edinres. 2022.9. 09.014 Чориева Дурдона

Анваровна Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети

Мактабгача таълим факультети Мактабгача таълим психологияси ва

педагогикаси кафедраси педагогика фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD), в.

б. доценти. Образование и инновационные исследования международный

научно-методический журнал, (9), 99-102.

9.

X.Meliyev, O.Jamoldinova “Tarbiyachining kasbiy kompetenti va mahorati”

O`quv qo`llanma 2021 y.

10.

Chorieva, D. A. BO‘LAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY

MAHORATLARINI OSHIRISH YO‘LLARI. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI, 385.

11.

Anvarovna, C. D. (2024). MANAGEMENT OF INNOVATIVE PROCESSES

IN

PRESCHOOL

EDUCATION.

ОБРАЗОВАНИЕ

НАУКА

И

ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 37(6), 58-62.

12.

Anvarovna, C. D. (2024). MAKTABGACHA TA’LIMDA PEDAGOGIK

DIAGNOSTIKA

VA

KORREKSIYALASHNING

О

‘ZIGA

XOS

XUSUSIYATLARI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В

МИРЕ, 37(6), 48-53.

13.

Anvarovna,

C.

D.

(2024).

TA’LIM-TARBIYA

JARAYONIDA

INNOVATSION

PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK

DIAGNOSTIK

SAMARALI

METODLARDAN

FOYDALANISH.

ОБРАЗОВАНИЕ

НАУКА

И

ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 37(6), 54-57.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

97

14.

Choriyeva, D., & Ahmadova, S. (2023). Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida

ertaklarning ahamiyati. Maktabgacha va maktab ta’limi jurnali, 1(2-3).

15.

Durdona, C. (2023, December). KREATIVLIK ORQALI BOLALARNING

QOBILYATLARINI OSHIRISH. In " Conference on Universal Science Research

2023" (Vol. 1, No. 12, pp. 302-305).

16.

Durdona, C. (2023). BOLALARDA KREATIVLIK QOBILYATINI

RIVOJLANTIRISH. TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN,

1(5), 265-270.

17.

Choriyeva, D. (2023). OILA VA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA

AMALGA OSHIRILADIGAN IJTIMOIY VAZIFALAR. Talqin va tadqiqotlar,

1(32).

18.

DURDONA, C., & SHAHNOZA, K. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI

BOLALARNING KREATIVLIGINI OSHIRISHDA TASVIRIY FAOLIYATNING

O ‘RNI. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan, 1(7), 191-196.

Most read articles by the same author(s)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Shodiyeva Mashhura Eshmamat qizi, IJTIMOIY PEDAGOG FAOLIYATI MODELI , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Axmadjanova Mavludaxon Akramjon qizi, IJTIMOIY PEDAGOGIKANING ASOSIY KATEGORIYALARI VA ASOSIY TAMOYILLARI , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Ergasheva Mahliyo Baxtiyor qizi, MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MEHNAT TARBIYASIGA O`RGATISH , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Rajabboyeva Mohichehra Amatjon qizi, BOLANI PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK TEKSHIRISH , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, To`lanova Muxlisa Abbos qizi, MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARINING OILA BILAN HAMKORLIGI , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Rejabova Xurshida Otabek qizi, MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI JISMONIY RIVOJLANTIRISH , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Rajabboyeva Kumushoy Anvarjon qizi, MAKTABNING BOLA SHAXSIGA QO`YADIGAN ASOSIY TALABLARI , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Zaylobiddinova Muxtasar Abdumajid qizi, IJTIMOIY PEDAGOG FAOLIYATINING MAQSADI , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Ibragimova Laylo Shuxrat kizi, EDUCATING CHILDREN THROUGH FAIRYTALES IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Ortiqboyeva Marjona Toxir qizi, FAOLIYAT MARKAZLARIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR MEHNATINI TASHKIL ETISH , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

1 2 > >>