Authors

  • Choriyeva Durdona Anvarovna
  • Rajabboyeva Kumushoy Anvarjon qizi

Author Biographies

  • Choriyeva Durdona Anvarovna

    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Maktabgacha ta’lim” fakulteti Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi kafedrasi dotsenti

  • Rajabboyeva Kumushoy Anvarjon qizi

    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta’lim fakulteti “Maktabgacha ta’lim

    psixologiyasi va pedagogikasi”  yo’nalishining 4 kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94277

Abstract

Maktabning bola shaxsiga qo`yadigan asosiy talablaridan biri  psixologik tayyorgarlikdir. Bolaning psixologik tayyorligi uning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini o`zgarishi va kichik maktab yosh davridagi bolalar o`quv faoliyatining o`ziga xosligi bilan uzviy bogliq.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

38

MAKTABNING BOLA SHAXSIGA QO`YADIGAN ASOSIY

TALABLARI

Choriyeva Durdona Anvarovna Nizomiy nomidagi Toshkent davlat

pedagogika universiteti “Maktabgacha ta’lim” fakulteti Maktabgacha ta’lim

psixologiyasi va pedagogikasi kafedrasi dotsenti,

Rajabboyeva Kumushoy Anvarjon qizi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat

pedagogika universiteti Maktabgacha ta’lim fakulteti “Maktabgacha ta’lim

psixologiyasi va pedagogikasi” yo’nalishining 4 kurs talabasi

Maktabning bola shaxsiga qo`yadigan asosiy talablaridan biri psixologik

tayyorgarlikdir. Bolaning psixologik tayyorligi uning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini

o`zgarishi va kichik maktab yosh davridagi bolalar o`quv faoliyatining o`ziga xosligi

bilan uzviy bogliq.

Shuni ta’kidlab o`tish joizki, maktabda psixologik aniq bir mazmun doimiy

hisoblanmaydi, balki u doimo o`zgarib boyib boradi. Psixologik tayyorlikning

tarkibiy jihatlari: intellektual (aqliy), ma’naviy va irodaviy tayyorgarlikdan iboratdir.

Aksariyat hollarda bolaning aqliy rivojlanganlik darajasi haqida gapirliganda

uning so`z boyligi zaxirasi bilan aniqlanadigan aqliy bilimlari miqdoriga ko`proq

e’tibor beriladi. Ota-ona, hatto ayrim tarbiyachilar ham bola kanchalik ko`p bilsa, u

shunchalik rivojlangan bo`ladi, deb o`ylaydilar. Aslida esa unday emas, fan-texnika,

ommaviy axborot vositalarining keng tarqalganligi tufayli bugungi kun bolalari go`yo

ma’lumotlar ummonida suzib yurgandek bo`lmoqdalar. Bu esa ulardagi so`z

boyliklarning keskin o`sishiga asos bo`lmoqda, lekin bu ularning tafakkuri ham

shunday jadallikda rivojlanayapti, degan gap emas.

Maktabda amal qilinayotgan o`quv dasturlarini o`zlashtirish boladan

narsalarni taqqoslay bilish, taxlil qilish, umumlashtirish, mustaqil xulosalar chiqarish

kabi bilish jarayonlarining yetarlicha rivojlangan bo`lishini taqozo etadi. Shuning

uchun ham hozirgi kunda maktab amaliyotchi psixologlari tomonidan bolalarni

birinchi sinfga qabul qilish jarayonida keng foydalanilayotgan psixodiagnostik


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

39

vositalar, testlar, so`rovnomalar, asosan bolada yuqorida keltirib o`tilgan

xususiyatning rivojlanganlik darajasini aniqlashga mo`ljallangan metodikalardan

iboratdir.

5-7 yosh bolaning maktabga intellektual (aqliy) tayyorligining yana

muhim ko`rsatkichlaridan biri bu ulardagi obrazli tafakkurning oliy darajada

rivojlanganligidir. Bularga tayangan holda bola atrof-muhitdagi narsa-hodisalar

o`rtasidagi eng muhim xususiyatlarni, munosabatlarni farqlay olish imkoniyatiga ega

bo`ladi. Bu o`rinda bolalar chizmali tasvirlarni shunchaki tushunibgina qolmay, balki

ulardan muvaffaqiyatli foydalana oladigan bo`ladilar.

Biroq ularning tafakkuri umumlashtirish xislatlariga ega bo`lsada, predmetlar

va ularning (tafakkuri) o`rnini bosuvchilar bilan aniq xatti-harakati obrazliligicha

qolaveradi.

Maktabgacha yosh davridayoq bola kichik maktab yosh davrida yetakchi

faoliyat turi bo`ladigan – o`quv faoliyatiga tayyorlangan bo`lishi lozim. Bunda bolada

ma’lum bir tegishli masalalarning shaqllangan bo`lishi muhim ahamiyatga ega.

Bunday malakalarning asosiy xususiyatlaridan biri bolaning o`quv topshirigini ajratib

olishi va faoliyatni mustaqil maqsadga aylantira olishidir. Bunday jarayonlar birinchi

sinf o`quvchilaridan topshiriqda o`zi belgilagan o`zgarish, yangilik alomatlarini

qidirib topa bilish va ulardan hayratlanishni, qiziqishni talab qiladi. Bunday

topshiriqlar amaliy ishlarga aylantirilsa yoki o`yin tarzida bajarilsa, osonroq kechadi

va bola o`zlashtiradi.

Yuqorida to`xtalib o`tganimiz intellektual tayyorlik bolaning maktabda

muvafaqqiyatli o`qib ketishi uchun yagona zamin emas.

Agar bola zarur malaka va ko`nikmalar zaxirasiga ega bo`lsa, unda

intellektual rivojlanganlik darajasi ham yuqori bo`lsa-yu o`quvchilikning ijtimoiy

holatiga shaxsan tayyor bo`lmasa, maktabda o`qib ketishi kiyin kechadi. Agar

tarbiyachi yoki ota-ona uni o`qishga qiziqtira olmasalar, o`quv vazifalarini zo`rma-

zo`raki, sifatsiz, qo`l uchida bajaradilar. Bundaylarda zarur natijalarga erishish qiyin

bo`ladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

40

Eng yomoni, bu yoshda maktabga borishni xohlamaydigan bolalar ham

uchrab turadi. 5-7 yoshli bolaning maktabga borishdan bosh tortishi asosan uni

tarbiyalashda ota-onalar tomonidan yul qo`yilgan xatoning oqibati hisoblanadi.

Ayrim ota-onalarda maktabgacha yosh davridagi bolani maktab bilan qo`rqitish

hollari ham kuzatiladi.

-

Ikkita gapni eplab gapira olmasang, maktabda qanday o`qiysan?

-

Sanashni bilmaysan-u, maktabga qanday borasan?

-

Maktabga borsang, o`rtoqlaring bu qilig`ingdan qulishadi!

-

Xech narsani bilmaysan, maktabga borsang bizni uyaltirasan!

Kabi ta’na-dashnomlar, bolada maktabdan qo`rqish, undan xavfsirashning

shakllanishiga asos bo`lishi mumkin. Shunday qo`rkuv bilan maktabga borgan

bolalarning maktabga bulgan munosabatini o`zgartirish, ularda o`ziga nisbatan

ishonch uyg`otish uchun haddan ziyod kuch, vaqt, mehnat, sabr-toqat, chidam, e’tibor

zarur bo`ladi. Bu esa bolada oldindan maktabga nisbatan ijobiy munosabatni

shaqllantirishga qaraganda shubhasiz, murakkab jarayondir.

Bolani birinchi sinfda o`qitishda yuzaga keladigan qiyinchiliklarning sababi

kattalarning bola bilan bo`ladigan muloqotlari shakli u yoki bu vaziyatga bog`liq

bo`lmagan holda, shaxsiy ahamiyatga ega bo`lishi muhim ahamiyatga ega. Bunday

muloqot bolaning kattalar e’tiboriga va hamdardligiga bo`lgan ehtiyoj va ehtiyojlarni

kattalar tomonidan qondirilishi bilan xarakterlanadi. Muloqotning bu shakliga

erishgan bolalar uchun kattalarga e’tibor, ular murojaatini tinglash va tushunishga

intilish va kattalar tomonidan ham ularga nisbatan shunday e’tibor ko`rsatilishiga

bo`lgan ishonch xosdir. Bunday bolalar kattalarning turli vaziyatlarda (ko`chada,

uyda, mehmonda, ishxonada) o`zlarini qanday tutishlarini farqlay oladilar.

Kattalarning bunday xulqni anglash evaziga bolalar ham kattalarga, tarbiyachilarga,

shu vaziyatga mos ravishda munosabatlarni namoyon qiladi. Agar bolada kattalarga

nisbatan bunday munosabatlar shakllanmagan bo`lsa, unga mos ravishda kattalarga

nisbatan ham tegishli munosabat yuzaga kelmaydi, bu esa albatta bola bilan olib

boriladigan ta’lim jarayonini murakkablashtiradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

41

Ota-onalar har bir bola ruhiy rivojlanishida o`ziga xos xususiyatlarga ega

ekanligi va bu xususiyatlar ularning u yoki bu faoliyat turini egallashida namoyon

bo`lishini yodda tutishlari lozim. Ba’zi bolalar endigina birinchi so`zlarni

o`zlashtirganlarida ularning tengqurlari allaqachon ma’lum bir iboralar bilan gaplasha

oladigan bo`ladilar.

Ta’lim jarayonida bola imkoniyatlarining namoyon bo`lishi ma’lum darajada

nasliy omillar bilan ham bogliqdir.

Bolalar o`z temperament xususiyatlariga ko`ra ham bir-birlaridan ajralib

turadilar:

-

Xushchakchak, sergap, quvnoq, hayotning o`zgaruvchan sharoitlariga

tez moslasha oladigan bolalar –

sangvinnik

temperamentga mansub bo`ladilar.

-

Ko`pincha noxush kayfiyatda yuradigan, ta’sirchan, kamgap, sust bolalar

melanxolik

temperamentga kiradilar.

-

Xotirjam, befarq, kamharakat, nutqi sust bolalar –

flegmatiklar

dir.

-

Jahldor, betoqat, serzarda, harakatchan bolalar –

xolerik

hisoblanadilar.

Bolalar kattalarning yordamiga muxtoj bo`lishiga karab xam bir-birlaridan

farq qiladilar. Ba’zi bolalar biror xatti-harakatni bajarishni bir necha marta ko`rsatish,

tushuntirish, ketidan ergashtirish kerak. Boshqa bolalarga esa bajariladigan ish bir

marotaba ko`rsatilsa yetarli bo`ladi. Shunday bolalar ham borki, ular berilgan vazifani

mustaqil bajaradilar.

Bolalar o`zlarini qiziquvchanlik, aqliy faolliklariga qarab ham bir-birlaridan

ajralib turadilar. Ba’zi bolalar ko`p savol beradilar va harakatchan bo`ladilar, ba’zi

bolalarni esa xech narsa qiziqtirmaydi.

Ota-onalar bolalaridagi o`ziga xosliklarni kanchalik chuqur bilsalar, ularga

o`rgatishni muvaffaqiyatli tashkil qila oladilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:

1.

Sh.F.Daminova Maktabgacha yoshdagi bolalarni badiiy asarlar bilan

tanishtirish pedagog tarbiyachilar o‘rni Ekonomika va sotsium jurnali 2023 y.

2.

X.J.Jabborova Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish

“Ijtimoiy pedagogika” O`quv qo`llanma.2009 y.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–2_ Февраль –2025

42

3.

Chorieva,

D.

(2020).

DIAGNOSTICS

AS

A

BRANCH

OF

PSYCHOLOGICAL AND PEDAGOGICAL KNOWLEDGE AND TYPE OF

RESEARCH ACTIVITY OF A TEACHER. European Journal of Research and

Reflection in Educational Sciences Vol, 8(3).

4.

Choriyeva, D. (2022). TARBIYACHINING PEDAGOGIK MAHORATINI

OSHIRISHDA PEDAGOGIK TEXNIKANING ROLI. Zamonaviy dunyoda

pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar, 1(24), 101-103.

5.

Чориева, Д. А. (2021). МЕТОДЫ И ПРИЕМЫ РАБОТЫ С

АГРЕССИВНЫМИ ДЕТЬМИ. In Человек в современном мире: пространство и

возможности для личностного роста (pp. 152-161).

6.

Чориева, Д. А. (2019). Педагогическая диагностика в условиях

дошкольного образования. Актуальные проблемы современного образования:

опыт и инновации, 86.

7.

Чориева, Д. А., & Ражабова, Г. Ф. (2022). ЗНАЧЕНИЕ

ПЕДАГОГИЧЕСКО-ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО

ДИАГНОСТИЧЕСКОГО

СРЕДСТВА В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ.

Results of National Scientific Research International Journal, 1(6), 327-343.

8.

Чориева, Д. А. (2022). ПЕДАГОГИК-ПСИХОЛОГИК ДИАГНОСТИКА

ФАОЛИЯТИ БИЛАН ШУҒУЛЛАНУВЧИ ШАХСГА ҚЎЙИЛАДИГАН

ТАЛАБЛАР: https://doi. org/10.53885/edinres. 2022.9. 09.014 Чориева Дурдона

Анваровна Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети

Мактабгача таълим факультети Мактабгача таълим психологияси ва

педагогикаси кафедраси педагогика фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD), в.

б. доценти. Образование и инновационные исследования международный

научно-методический журнал, (9), 99-102.

Most read articles by the same author(s)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Shodiyeva Mashhura Eshmamat qizi, IJTIMOIY PEDAGOG FAOLIYATI MODELI , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Omonova Nigina Davron qizi, O‘YIN BOLALARNI RIVOJLANTIRISH VA TARBIYALASH , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Axmadjanova Mavludaxon Akramjon qizi, IJTIMOIY PEDAGOGIKANING ASOSIY KATEGORIYALARI VA ASOSIY TAMOYILLARI , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Ergasheva Mahliyo Baxtiyor qizi, MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MEHNAT TARBIYASIGA O`RGATISH , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Rajabboyeva Mohichehra Amatjon qizi, BOLANI PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK TEKSHIRISH , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, To`lanova Muxlisa Abbos qizi, MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARINING OILA BILAN HAMKORLIGI , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Rejabova Xurshida Otabek qizi, MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI JISMONIY RIVOJLANTIRISH , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Zaylobiddinova Muxtasar Abdumajid qizi, IJTIMOIY PEDAGOG FAOLIYATINING MAQSADI , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Ibragimova Laylo Shuxrat kizi, EDUCATING CHILDREN THROUGH FAIRYTALES IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

Choriyeva Durdona Anvarovna, Ortiqboyeva Marjona Toxir qizi, FAOLIYAT MARKAZLARIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR MEHNATINI TASHKIL ETISH , Modern education and development: Vol. 19 No. 2 (2025)

1 2 > >>