Media darslarida inglizzabon mamlakatlar madaniyatini o‘rgatishning ahamiyati

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
12-14
0
0
Поделиться
Сайфиева, У. . (2023). Media darslarida inglizzabon mamlakatlar madaniyatini o‘rgatishning ahamiyati . СМИ. Язык и культура. Перевод., 1(1), 12–14. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/media-language-culture/article/view/28843
Угилой Сайфиева, Узбекский государственный университет мировых языков
Студент международного факультета журналистики.
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mamlakatimizda bugungi kunda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarda xorijiy tillami o‘rganishga katta e’tibor qaratilayotganligi alohida e’tiborga loyiq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi 5117-sonli qarorida xorijiy tillami o‘rganish muhim vazifalardan biri sifatida e’tirof etilgan. Shu jumladan, ingliz tilini o‘zlashtirish ta’lim samaradorligini ta’minlashning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.


background image

“Media. Til va madaniyat. Tarjima” talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi - 2023

12

MEDIA DARSLARIDA INGLIZZABON MAMLAKATLAR

MADANIYATINI O‘RGATISHNING AHAMIYATI

O’g’iloy SAYFIYEVA

Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi

Mamlakatimizda bugungi kunda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarda

xorijiy tillarni o‘rganishga katta e’tibor qaratilayotganligi alohida e’tiborga loyiq.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 mayda qabul qilingan

“O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini

sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi 5117-sonli

qarorida xorijiy tillarni o‘rganish muhim vazifalardan biri sifatida e’tirof etilgan. Shu

jumladan, ingliz tilini o‘zlashtirish ta’lim samaradorligini ta’minlashning asosiy

shartlaridan biri hisoblanadi.

Ingliz tili darslarida turli ta’lim vositalaridan, didaktik materiallardan, tarixiy,

siyosiy va ma’naviy masalalarga oid manbalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb

etadi. Ingliz tili darslarida inglizzabon mamalakatlarni o‘rganish shu davlatlarning

tarixi, madaniyati va ilmu-fan rivoji, texnika va texnologiyasini o‘rganish maqsadida

amalga oshiriladi. Chunki ingliz tili XVII asrdan boshlab savdo tili, hamdo‘stlik tili,

dunyo tili, ta’lim tili, sayyohlar tili, fan va texnika tili, umuman olganda universal til

sifatida rivojlanib kelyotgan tillardan biri hisoblanadi. Ingliz tilining jahon tili sifatida

yer yuziga tarqalishining yana bir sabablaridan biri bu- kompyuter texnologiyalari va

internet tizimining yaratilishi bo‘ldi. Chunki, internet tizimidagi material va

manbalarning deyarli 80 foizi ingliz tilida. Ingliz tilini muvaffaqiyatli o‘rganish uchun

ushbu tilda so‘zlashuvchi mamlakatlarning barcha sohadagi xususiyatlarini hisobga

olish kerak. Birinchidan, til orqali muloqotini yo‘lga qo‘yish, til sohiblari nutqini

tinglash, og’zaki muloqotdagi gap mazmunini anglab yetish, mavzu doirasidagi yozma

materiallar va matnlarning aslini o‘qish va fahmlash shular jumlasidandir. Iqtisodiy,

siyosiy va ijtimoiy jarayonlarni kuzatadigan bo‘lsak, inglizzabon mamlakatlar kundalik

hayotimizda turli sohalarda bizga duch keladi va bu jarayonlarning barchasi til bilan

bog’liq. Shu sababli ingliz tilini o‘rganish insoniyatning kunlik ehtiyojiga aylanadi.

Ingliz tilini o‘rganmasdan turib xalqaro biznes, siyosat va madaniyat dunyosiga

kirish qiyinchilik tug’diradi. Ingliz tili faqat chet til yoki ona tili darajasida muloqot


background image

13

qilishni o‘rgatibgina qolmay, balki chet ellik mijozlar va hamkorlar bilan

muvaffaqiyatli aloqa qoidalarini ham o‘rgatadi. Shu bilan bir qatorda ingliz tili Buyuk

Britaniya, AQSH, Kanada, Avstraliya,Yangi Zellandiya, Janubiy Afrika va boshqa

inglizzabon mamlakatlarning tili va madaniyatini o‘rganishni ham taqazo etadi. Ingliz

tilini mukammall egallashni maqsad qilib olinganda, o‘quvchilarga shu mamlakatning

madaniyatini ham o‘rgatish imkoniyati yaratiladi. Biror bir millat tili va madaniyatini

o‘rganish yosh avlodning dunyoqarashini kengaytirish bilan bir qatorda uning fuqarolik

va vatanparvarlik hissini tuyish, huquqiy madaniyatini oshirish va yuksak axloqiy

fazilatlarini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘quvchi inglizzabon mamlakatlarva

o‘z vataninig madaniyati va urf-odatlarini qiyoslaydi hamda bu bilan unda o‘z ona tili

va ona Vataniga bo‘lgan hurmat-e’tibori va qiziqishi oshadi. Ularda milliy madaniyat

tushunchasi shakllanadi.

Madaniyatlararo muloqot tushunchasi keng qamrovga ega. Uni o‘rgatish o‘quvchi

yoshlarda ikki mamlakat orasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganish va tushunish

imkoniyatini beradi. Yo‘qorida ta’kidlab o‘tganimizdek, o‘zga millat va mamalakat tili

va madaniyatini o‘rganish orqali o‘z yurtining madaniyatini sevishga va tarixini hurmat

qilishni ta’minlaydi. Ikki xalq madaniyatini taqqoslash orqali tarixiy hodisalarga befarq

bo‘lmaslikka va o‘ziga xos xususiyatlarga tayangan holda ingliz xalqining avlod-

ajdodlari orasidagi aloqani o‘rganishga zamin yaratadi. Bunday umuminsoniy

qadryatlarni o‘rgatish boshqa mamlakat madaniyatiga hurmat bilan qarash va uni

chuqur anglash imkoniyatini yaratadi.

Inglizzabon mamlakatlarning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotini aks ettiruvchi

materiallar orqali o’quvchilarni mustaqil izlanish va ishlashga jalb etish olingan

ma’lumotlarni fahmlab yetish, ma’lumotlarni umumlashtirish va mamlakatlar

hayotidan xabar topishga olib keladi. Ta’lim jarayonida inglizzabon mamlakatlarning

milliy madaniyatlariga tayangan holda ularning an’analarini o‘xshashlik va farqli

tomonlarini, bayramlari va urf-odatlarining axloqiy me’yorlarini, madaniy

qadryatlariga oid manbalarni o‘rganish orqali ham til o‘rganiladi. Ingliz tili darslarida

inglizzabon mamlakatlarning tarixiy va milliy qaxramonlari, buyuk shaxslari, davlat

arboblari va adabiyot namoyondalari to‘g’risidagi ma’lumotlarni “Qahramonlar

mamlakat faxri” mavzusidagi materiallarda berib borish mumkin. Quyi sinf

o‘quvchilariga nutq faoliyati turlaridan tinglab tushinish, o‘qish va gapirishdan


background image

“Media. Til va madaniyat. Tarjima” talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi - 2023

14

foydalansak, yuqori sinflarda yozuvni ham ular qatoriga qo‘shsa bo‘ladi. Ularda

fikrlash qobiliyati quyi sinflarga nisbatan biroz yuqori bo‘lganligi sababli mavzu

yuzasidan insho (essay) yozish topshirig’ini berish mumkin. Bu bilan o‘quvchilar

ushbu mamlakatlarning taniqli kishilari va ularning mamlakat rivojiga qo‘shgan

hissalarini o‘rganish orqali o‘z yurtining qahramonlari bilan taqqoslaydilar. Turli

elatlar tarixi va madaniyati bilan tanishish va ular to‘g’risida o‘z fikrini bayon eta olish

ularning fikrlash doirasini yanada kengaytiradi.

Kelajagi buyuk millat sifatida oldimizga qo‘ygan maqsadimiz barcha sohalarda

puxta bilimga ega, yuksak ma’naviyatli, etuk, raqobatdosh, komil, dono, oqil va faol

avlodni tarbiyalash hamda kelajakka sarmoya yaratishdan iborat. Bosh maqsad va

vazifalarmizga sidqidildan yondashar ekanmiz, biz albatta yuksak marralarga

erishamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “O‘zbekiston

Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan
yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi 5117- sonli qarori.

2.

Тешабоева, Д. М. "Оммавий ахборот воситалари тилининг нутқ

маданияти аспектида тадқиқи (Ўзбекистон Республикаси ОАВ мисолида).
Филол. ф. д-ри... дисс." Тошкент: УзДЖТУ (2012): 15-36.

3.

Бакиева, Г. Х., and Д. М. Тешабаева. "Оммавий ахборот воситалари

тили." Журналистлар учун ўқув қўлланма (2019).

4.

Teshaboeva, D. M. "Ommavij ahborot vositalari tilining nutk madanijati

aspektida tadkiki (ЎzR OAV misolida): Filol. fan. dok.. dis. avtoref." (2012).

5.

QIZI, VALIYEVA NARGIZAXON ZAMIR. "Аутентичные материалы

как средство формирования прагматической компетенции студентов
лингвистического

ВУЗа." Scienceweb

academic

papers

collection (2022).O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi
“Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-1875-sonli qarori. Xalq so‘zi, 2012-yil 11-dekabr.

6.

Jamol Jalolov, Gulnora Mahkamova, Vasila Mamadayupova, Lola Ismatova.,

Ingliz tili o‘rgatish texnologiyasi. -T., 2010.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 -yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillami o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi 5117- sonli qarori.

Тсшабосва, Д. M. "Оммавий ахборот воситалари тилининг нутк маданияти аспектида тадкики (Узбекистон Республикаси ОАВ мисолида). Филол. ф. д-ри... дисс." Тошкент: УзДЖТУ (2012): 15-36.

Бакиева, Г. X., and Д. М. Тешабаева. "Оммавий ахборот воситалари тили." Журналистлар учуй укув кулланма (2019).

Teshaboeva, D. М. "Ommavij ahborot vositalari tilining nutk madanijati aspcktida tadkiki (YzR OAV misolida): Filol. fan. dok.. dis. avtorcf." (2012).

QIZI, VALIYEVA NARGIZAXON ZAMIR. "Аутентичные материалы как средство формирования прагматической компетенции студентов лингвистического ВУЗа." Scienceweb academic papers collection (2022).O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillami o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli qarori. Xalq so‘zi, 2012-yil 11-dckabr.

Jamol Jalolov, Gulnora Mahkamova, Vasila Mamadayupova, Lola Ismatova., Ingliz tili o‘rgatish texnologiyasi. -T., 2010.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов