“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-79, Issue-1, April -2025
214
YANGI O‘ZBEKISTONDA GOSPITAL PEDAGOGIKANING
HUQUQIY ASOSLARI
LEGAL FOUNDATIONS OF HOSPITAL PEDAGOGY
IN THE NEW UZBEKISTAN
ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ ГОСПИТАЛЬНОЙ ПЕДАГОГИКИ
В НОВОМ УЗБЕКИСТАНЕ
Norimonova Gulmira Ulug‘bek qizi
Andijon davlat pedagogika instituti
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va
huquq ta’limi yo‘nalishi talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida gospital
pedagogika tushunchasi, uning dolzarbligi va amaliyotga joriy etilish zaruriyat ekanligi
yoritilib beriladi. Gospital pedagogika-bu sog‘lig‘i tufayli uzoq muddat davolanish
muassasalarida qolishga majbur bo‘lgan bolalarning ta’lim olish huquqini
ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim tizimdir. Maqolada ushbu pedagogik
yondashuvning xalqaro tajribalari bilan bir qatorda, O‘zbekistonda uni rivojlantirishga
qaratilgan
huquqiy-me’yoriy
asoslar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, ‘‘Ta’lim to‘g‘risida’’gi qonun, ‘‘Nogironligi bo‘lgan shaxslar
huquqlari to‘g‘risida’’gi qonun hamda Prezident farmon va qarorlari haqida so‘z
yuritiladi.
Abstract:
This article discusses the New Uzbekistan Hospital Pedagogy
Review, its effectiveness and the need for its implementation in practice. Hospital
pedagogy is an important system for ensuring the right to education of children who
are forced to remain in free access for a long time due to their health. The article, along
with international experience in this pedagogical field, discusses the legal and
regulatory framework aimed at its development in Uzbekistan, the Constitution of the
Republic of Uzbekistan, the Law "On Education", the Law "On the Rights of Persons
with Disabilities", as well as decrees and resolutions of the President.
Аннотация:
В статье обсуждается Новое исследование больничной
педагогики Узбекистана, его эффективность и необходимость его внедрения на
практике. Больничная педагогика является важной системой предоставления
услуг по обеспечению права на образование детей, которые по состоянию
здоровья вынуждены длительное время находиться в учреждениях. В статье
рассматривается, наряду с международным опытом в данной педагогической
сфере, нормативно-правовая база, направленная на ее развитие в Узбекистане,
Конституция Республики Узбекистан, Закон «Об образовании», Закон «О правах
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-79, Issue-1, April -2025
215
лиц с ограниченными возможностями», а также указы и постановления
Президента.
Kalit so‘zlar:
Gostipal, Yani O‘zbekiston, ta’lim huquqi, sog‘liqni saqlash,
ijtimoiy himoya, Inklyuziv ta’lim, ta’lim, huquq, pedagogik yondashuv.
Keywords:
Gostypal, New Uzbekistan, education, health, social protection,
inclusive education, education, law, pedagogical approach.
Ключевые слова
: Гостипал, то есть Узбекистан, образование,
здравоохранение, социальная защита, инклюзивное образование, образование,
право, педагогический подход.
Kirish:
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ta’lim tizimining barcha sohalarida
keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ayniqsa, Yangi O‘zbekiston
g‘oyasi asosida shakllanayotgani, ijtimoiy-siyosiy muhitda inson manfaatlari, uning
huquqlari va erkinliklarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor vazifalidan biriga
aylanib ulgurgan. Shu sababdan, sog‘lig‘i sababli uzoq muddatli yoki doimiy
davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar ta’limi ham e’tibordan chetda qolgani yo‘q,
albatta. Bu esa, Gospital pedagogika ya’ni sog‘liqni saqlash muassasalarida yoki uy
sharoitida ta’lim olishga majbur bo‘lgan bolalar bilan ishlash tizimidagi ahamiyatini
yanada oshirmoqda. Gospital pedagogika bugungi kunda nafaqat pedagogik, balki
huquqiy, psixologik va ijtimoiy yondashuvlarni o‘z ichiga olgan kompleks soha
sifatida qaralmoqda. Davlatimiz tomonidan bu yo’nalishga alohida e’tibor qaratilib,
qonuniy asoslar shakllantirib kelinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, ‘‘Ta’lim to‘g‘risidagi’’gi Qonun, ‘‘Nogironligi bo‘lgan shaxslar
huquqlari to‘g‘risida’’gi Qonun va BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi
Konvensiyasi va boshqa shu kabi xalqaro hujjatlar asosida gospital pedagogikasining
huquqiy bazasi mustahkamlanmoqda.
Yangi O‘zbekistonda bu tizimni rivojlantirish, huquqiy jihatdan asoslash
orqali ta’limning inklyuzivligi ta’minlanmoqda. Har bir bolaning, hattoki sog‘lig‘i
yomon bo‘lganlarining ham, to‘laqonli ta’lim olish huquqiga ega ekanligi ta’lim
siyosatining bosh mezoni sifatida qaralmoqda. Shu sababdan, gospital pedagogikaning
huquqiy asoslarini chuqur o‘rganish va uni amaliyotga tatbiq etish orqali uni yanada
takomillashtirish dolzarb vazifa bo‘lib kelmoqda.
Asosiy qism:
Gostipal pedagogika- bu sog‘liqni saqlash muassasalarida, ya’ni
shifoxalarda davolananayotgan bolalarga ta’lim va tarbiya berishga qaratilgan maxsus
pedagogik faoliyat. Bu yo‘nalish O‘zbekistonda yangi bo‘lsada, rivojlangan
davlatlarda uzoq yillardan beri qo‘llanib kelinmoqda. Bu kabi davlatlarga: Germaniya,
Fransiya, Italiya va Yaponiya kabilar misol bo‘la oladi. Gospital pedagogika
bolalarning sog‘lig‘i bilan bog‘liq
muammolar tufayli ta’limdan uzilib qolmasligi,
ularning ma’naviy-ruhiy holatini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiylashuv jarayonini
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-79, Issue-1, April -2025
216
uzluksiz davom ettirishga xizmat qiladi. Prezident Shavksat Mirziyoyev rahbarligida
amalga oshirilsayotgan islohotlar jarayonida ijtimoiy adolat, inklyuzivlik, inson qadri,
ta’limning uzliksizliligikabi tamoyillar markaziy o‘ringa cgiqib ulgurgan. 2022-yildan
boshlab sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi o‘rtasidagi integratsiya kuchaytirilib, tibbiyot
muassasalarda bolalarga ta’lim berish tajriblari yo‘lga qo‘yila bishladi. Bu kabilar
gospital pedagogika bo‘yicha huquqiy asoslarni ishlab chiqarishni keltirib chiqardi.
Yangi O‘zbekistonda gospital pedagogika rivojlanishining huquqiy asoslari
quyidagi qonun va normativ hujjatlar bilan mustahkamlangan:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi- 41-moddasida har bir fuqaroga
ta’lim olish huquqi kafolatlangan. Bu huquq bola kasalxonada bo‘lsa ham, ta’limdan
mahrum qilinmasligini anglatadi.
2.
‘‘Ta’lim to‘g‘risida’’gi Qonun-ta’limning inklyuziv va uzluksiz bo‘lishi,
barcha qatlamlar uchun teng imkoniyat yaratilishini ta’minlaydi.
3.
Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya- O‘zbekiston ushbu xalqaro hujjatni
qabul qilgan. Konvensiyada bolalarning sog‘lig‘i, ta’lim olishi va ijtimoiy himoyasi
eng muhim ustuvorliklari sifatida e’tirof qilingan.
4.
Milliy taraqqiyot strategiyasi(2022-2026-yillar). Unda ta’lim tizimining
inklyuzivligini oshirish, bolalarning individuallashtirilgan ehtiyojlariga moslashgan
ta’lim xizmatlarini joriy etish belgilangan.
5.
Sog‘liqni saqlash va Xalq ta’limi vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik
memorandumi-bu hujjat orqali kasalxonlarda pedagogik xizmat ko‘rsatish huquqiy
jihatdan tan olingan.
Hozirgi paytda, Toshkent shahridagi ba’zi yirik bolalar shifoxonalarida sinov
tariqasida gospital sinflari ochilgan. Bu sinflarda maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan
o‘qituvchilar bolalarning salomatligi, emotsional holati va o‘qish imkoniyatlarini
inobatga olgan holda dars mashg‘ulotlarini olib borishyapti. Shu bilan birga, kasal
bolalar uchun psixologik-pedagogik yordam, ijtimoiy moslashuvga yordam beruvchi
dasturlar ishlab chiqilmoqda. Bu kabi faoliyatlar tibbiyot muasssasi va pedagogik
kadrlar hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Gospital pedagogikaning huquqiy asoslari shakllanayotgan bo‘lsa ham, hali
to‘liq yo‘lga qo‘yilgan tizim emas. Quyidagi muammolar mavjud:
1.Malakali gospital pedagoglar yetishmasligi;
2.Tibbiyot muassasalarida pedagogik faoliyat yuritishga to‘sqinlik qilayotgan
buyrokratik to‘siqlar;
3. Maxsus darsliklar va metodik qo‘llanmalarning kamligi;
4. Moliya va infratuzilma bilan bog‘liq masalalar. Bu kabi muammolarni hal
qilish uchun: Gospital pedagogika bo‘yicha o‘quv kurslarini joriy etish ; Sog‘liqni
saqlash va ta’lim sohalarini integratsiyalashgan tizimga o‘tkazish; Normativ hujjatlarni
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
https://scientific-jl.com/ped
Volume-79, Issue-1, April -2025
217
takomillashtirish; Qonunchilikka alohida ‘‘Gospital pedagogika’’ bo‘yicha
qo‘shimcha va bandlarni kirirish lozim bo‘ladi.
Rossiya
ta’lim akademiyasining Rivojlanish fiziologiyasi instituti
ma’lumotlariga ko‘ra, maktab o‘quvchilarining 60 foizidan ortig‘i sog‘lig‘ida
muammolarga duch kelgan. So‘nggi yillarda amalga sog‘lom bolalar soni 75foizdan
30foizgacha kamaydi. 1919-yildan boshlab, 15dan ortiq mamlakatlarni birlashtirgan
‘‘Gospital Pedagogika Assotsiyasi’’ tashkil qilingan. Nogiron shaxslarning
huquqlarini yanada mustahkamlash va kofolatlash maqsadida BMT 1975-yilda-
‘‘Nogiron shaxslar to‘g‘risida’’gi Deklaratsiyani qabul qiladi.
Hozirda ‘‘Mehrli maktab’’ davlat ta’lim muassasida 81 nafar maktabgacha
yoshdagi bolalar va 721nafar maktab yoshidagi o‘quvchilar mavjud. Bu yerda dars
mashg‘ulotlari o‘zbek va rus tillarida, 12ta fandan olib boriladi.
Xulosa:
Ushbu
maqoladan xulosa shuki, Bugungi Yangi O‘zbekistonda
gospital pedagogikaga katta e’tibor qaratilmoqda. Yurtimizda sog‘liqni saqlash va
ta’lim tiziming integratsiyasi orqali sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan
bolalarning ta’lim olish huquqini ta’minlashga oid huquqiy asoslar bosqichma-bosqich
amalga
oshirilmoqda. Mening fikrimcha,
Gospital pedagogikaning rivoji
insonparvarlik tamoyillariga asoslangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining ajralmas
bo‘lagi sifatida e’tirof qilinishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
2.
3.
hpps://uzedu.uz
4.
hpps://uza.uz
5.
Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagogika darslik. O‘quv-uslubiy qo‘llanma.-2024