Mualliflar

  • Norimonova Gulmira Ulug‘bek qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.97722

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Gender tengligi barqaror taraqqiyot ijtimoiy adolat iqtisodiy rivojlanish ayollarning huquqlari jinsiy tenglik siyosiy ishtirok ijtimoiy barqarorlik ayol va erkaklarning imkoniyatlari ta’limda gender tengligi.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada gender tengligining barqaror taraqqiyotga ta’siri tizimli yondashuv asosida tahlil qilinadi. Gender tengligi-ijtimoiy adolat va inson huquqlari nuqtai nazaridan, balki mamlakatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun muhim omil hisoblanadi. Bugungi kundagi natijalar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari va statistik ma’lumotlar asosida gender tengligining turli jabhalaridagi tasiri katta, albatta. Maqolada gender tengsizlikning mavjud shakllari, ayollar va erkaklar o‘rtasidagi ijtimoiy rollarning tafovuti, mehnat bozori va ta’lim tizimidagi nomutanosibliklar statistik ma’lumotlar orqali o‘rganiladi. Mening fikrimcha, gender tengligini ta’minlash orqali adolatli jamiyat qurish hamda iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy barqarorlik va innovatsion rivojlanish uchun zarur deb o‘ylayman. Global darajada tan olingan haqiqatlaridan biri shuki, gender tengligi faqat ijtimoiy adolatni emas, balki iqtisodiy rivojlanish hamda barqarorlik va taraqqiyotning ham muhim omillaridan biri sanaladi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

132

GENDER TENGLIGI-BARQAROR TARAQQIYOTNING OMILI SIFATIDA

Norimonova Gulmira Ulug‘bek qizi

Andijon davlat pedagogika instituti

Ijtimoiy va amaliy fanlar fakulteti

Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va

huquq ta’limi yo‘nalishi talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada gender tengligining barqaror taraqqiyotga ta’siri

tizimli yondashuv asosida tahlil qilinadi. Gender tengligi-ijtimoiy adolat va inson
huquqlari nuqtai nazaridan, balki mamlakatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy
rivojlanishi uchun muhim omil hisoblanadi. Bugungi kundagi natijalar shuni
ko‘rsatadiki, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari va statistik
ma’lumotlar asosida gender tengligining turli jabhalaridagi tasiri katta, albatta.
Maqolada gender tengsizlikning mavjud shakllari, ayollar va erkaklar o‘rtasidagi
ijtimoiy rollarning tafovuti, mehnat bozori va ta’lim tizimidagi nomutanosibliklar
statistik ma’lumotlar orqali o‘rganiladi. Mening fikrimcha, gender tengligini
ta’minlash orqali adolatli jamiyat qurish hamda iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy barqarorlik
va innovatsion rivojlanish uchun zarur deb o‘ylayman. Global darajada tan olingan
haqiqatlaridan biri shuki, gender tengligi faqat ijtimoiy adolatni emas, balki iqtisodiy
rivojlanish hamda barqarorlik va taraqqiyotning ham muhim omillaridan biri sanaladi.

Kalit so‘zlar:

Gender tengligi, barqaror taraqqiyot, ijtimoiy adolat, iqtisodiy

rivojlanish, ayollarning huquqlari, jinsiy tenglik, siyosiy ishtirok, ijtimoiy barqarorlik,
ayol va erkaklarning imkoniyatlari, ta’limda gender tengligi.

Abstract:

This article analyzes the impact of gender equality on sustainable

development based on a systematic approach. Gender equality is an important factor
not only in terms of social justice and human rights, but also for the economic, political
and social development of the country. The results to date show that the impact of
gender equality in various aspects, based on the current legislative documents and
statistical data of the Republic of Uzbekistan, is certainly significant. The article
examines the existing forms of gender inequality, the difference in social roles between
women and men, and the imbalances in the labor market and education system using
statistical data. In my opinion, ensuring gender equality is necessary for building a just
society and for economic growth, social stability and innovative development. One of
the globally recognized truths is that gender equality is not only an important factor in
social justice, but also in economic development, stability and progress.

Keywords:

Gender equality, sustainable development, social justice, economic

development, women's rights, gender equality, political participation, social stability,
opportunities for women and men, gender equality in education.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

133

Аннотация:

В статье анализируется влияние гендерного равенства на

устойчивое развитие на основе системного подхода. Гендерное равенство
является важным фактором не только с точки зрения социальной справедливости
и прав человека, но и для экономического, политического и социального
развития страны. Сегодняшние результаты показывают, что Республика
Узбекистан достигла значительного прогресса в различных аспектах гендерного
равенства, основываясь на действующих законодательных документах и
статистических данных. В статье на основе статистических данных
рассматриваются существующие формы гендерного неравенства, различия в
социальных ролях женщин и мужчин, а также диспропорции на рынке труда и в
системе образования. По моему мнению, обеспечение гендерного равенства
необходимо для построения справедливого общества, экономического роста,
социальной стабильности и инновационного развития. Одна из общепризнанных
истин заключается в том, что гендерное равенство является не только ключевым
фактором социальной справедливости, но и экономического развития,
стабильности и прогресса.

Ключевые слова:

Гендерное равенство, устойчивое развитие, социальная

справедливость, экономическое развитие, права женщин, гендерное равенство,
политическое участие, социальная стабильность, возможности для женщин и
мужчин, гендерное равенство в образовании.


Kirish:

Dunyo bo‘ylab barqaror taraqqiyotning ta’minlanishi iqtisodiy hamda

ijtimoiy va siyosiy jihatlarga ham bevosita bog‘liq hisoblanadi. Barqaror
taraqqiyotning o‘zida tabiiy resurslarni tejash va ularni muhofaza qilish bilan birga,
inson huquqlari va jamiyatdagi tenglikni ta’minlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu nuqtai nazardan, gender tengligi global miqyosda barqaror rivojlanishning muhim
omili hisoblanadi. Gender tengligi-erkaklar va ayollarning shuningdek, boshqa
shaxslarning teng huquqlari va imkoniytlarining bo‘lishi, jamiyatda jamlagan
imkoniyatlardan to‘liq foydalanish imkonini beradi. Gender tengligi ta’minlangan
jamiyatlarda ijtimoiy adolatni ta’minlab, balki iqtisodiy rivojlanishning yanada
barqaror va adolatli shaklini yaratishga ega bo‘ladi.

Bugungi kunda gender tengligi masalalari faqat rivojlangam mamlakatlarda

emas, balki rivojlanayotgan davlatlarda ham o‘z ahamiyatni yo‘qotmagan. Buning
sababi shuki, ko‘plab mamlakatlarda ayollar hali hamon ham erkaklar bilan teng huquq
va imkoniyatlarga ega emas va ularning jamiyatdagi o‘rni cheklab qo‘yilgan. Ayollarni
ishga joylashtitish, ta’lim olishi va siyosatga ta’sir o‘tkazishi kabi sohalarda hali ham
gender tengsizlari mavjud bo‘lib, bu esa barqaror rivojlanishning oldida turgan
to‘siqlardan biri hisoblanadi. Mening fikrimcha, gender tengligini ta’minlash faqat
ayollar uchun emas, balki barcha jamiyat a’zolari uchun manfaatli bo‘ladi. Chunki,


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

134

teng huquqli jamiyatda har bir shaxsning imkoniyatlarini to‘liq amalga oshirish
imkoniyati mavjud bo‘ladi. Gender tengligini ta’minlash faqat inson huquqlarini
himoya qilish bilan birga, iqtisodiy va ijtimoiy o‘sish, ijtimoiy barqarorlik va siyosiy
barqarorlikni kuchaytirish yo‘lida muhim qadamdir. Shining uchun, gender tengligi
masalalari global taraqqiyotning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylanib ulgurgan va u
barqaror rivojlanishni ta’minlashda hal qiluvchi omil sifatida qarab kelinmoqda.

Metod:

Ushbu ilmiy maqolada gender tengligining barqaror taraqqiyotga

ta’sirini o‘rganish maqsadida kompleks yondashuv qo’llanadi. Tadqiqot
metodologiyasi sifatli va miqdoriy usullar birlashtiriladi. Bu yonashuv orqali
mavzuning murakkab va ko‘p qirrali mohiyatni chuqur tahlil qilish imkonini beadi,
albatta. Tadqiqotda ikkita asosiy bosqicha orqali amalga oshiriladi:

1.

Nazariy tahlil bosqichi-mavjud ilmiy adabiyotlar, xalqaro tashkilotlar,

masalan BMT, UNDP, UNICEF va boshqalar tomanidan e’lon qilingan hisobotlar va
statistik ma’lumotlar orqali gender tengligi va barqaror taraqqiyot o‘rtasidagi
bog‘liqlik tahlil etiladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining gender
siyosatiga oid qonunchilik hujjatlari o‘rganiladi.

2.

Empirik tadqiqot bosqichi- so‘ravnoma va yarim strukturaviy intervyular

yordamida jamiyatda gender tengligining amaldagi holati va u barqaror taraqqiyotga
qanday ta’sir qilayotganini aniqlashga qaratilgan.

Ma’lumotlarni to‘plash usullari:
1.

So‘rovnoma usuli- tadqiqotda respondentlar orasida so‘rovnoma

tarqatilib, gender tengligi va barqaror taraqqiyot haqida fikrlar to‘planadi.

2.

Intervyular: Tadqiqotchilar, ekspertlar va amaliyotchilar blan chuqur

intervyular o‘tkazib, gender tengligi va barqaror taraqqiyot masalalaridagi individual
fikrlarni to‘playdilar.

3.

Kuzatuv usuli-tadqiqotchilar barqaror taraqqiyotning amaliyotlarini

kuzatib, gender tengligi siyosatlari qanday amalga oshirilayotganini o‘z ko‘zlari bilan
ko‘rib chiqishadi.

Tadqiqotda barqaror taraqqiyot va gender tengligi haqida umumiy nazariy

tushunchalar asosida yondashuvlar ishlab chiqilgan, albatta. Amartaya Senning
‘‘Rivojlanish nazariyasi” va Martha Nussbaumning ‘‘Imkoniyatlar yondashuvi”
asosida gender tengligi va barqaror taraqqiyotning o‘zaro aloqasi ko‘rib chiqiladi.
Tadqiqot orqali gender tengligi va barqaror taraqqiyotning o‘zaro aloqasini tushunish
bilan birga, gender tengligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan siyosatlarni taklif qilish
kutilmoqda. Natijalar jamiyatdagi gender tengligini oshirishga qaratilgan amaliy
tavsiyalarni ishlab chiqarishga yordam beradi deb o‘ylayman.

Natijalar:

Tadqiqotning asosiy maqsadi-gender tengligi va barqaror

taraqqiyot o‘rtasidagi aloqani aniqlash va ularning o‘zaro ta’sirini o‘rganish


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

135

hisoblanadi. Tadqiqot davomida to‘plangan ma’lumotlar, tahlillar va kuzatishlar
asosida quyidagi natijalarga ega bo‘lindi:

Tadqiqotning birinchi asosiy natijasi, gender tengligi ijtimoit va iqtisodiy barqaror

taraqqiyotning muhim omili ekanligi hisoblanadi. Ijtimoiy tahlil natijalari shuni
ko‘rsatadiki, jamiyatda gender tengligini ta’minlash, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ish
o‘rinlari va iqisodiy faoliyatga teng huquqlarini yaratish orqali barqaror taraqqiyotga
bevosita ta’sir qiladi. Ayollar uchun teng imkoniyatlar yaratish orqali ularning
iqtisodiy faoliyatga faol jalb qilinishi iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichini oshiradi.

Tadqiqotning ikkinchi natijasi: gender tengligi va ta’limdagi o‘zgarishlar

hisoblanadi. Mening fikrimcha, ta’lim sohasida gender tengligini ta’minlanishi,
jamiyatda ilmiy va texnologik taraqqiyotning yuqori darajaga ko‘tarilishiga yordam
beradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ta’limda tenglikka erishgan jamiyatlarda
bilim olish imkoniyatlari oshadi va bu jamiyatlar iqtisodiy jihatdan yanada rivojlanib
boradi.

Tadqiqotning uchunchi natijasi: Ijtimoiy jihatdan gender tengligi jamiyatda

adolat va tenglikning poydevoriga aylanmog‘i lozim bo‘ladi. Gender tengligini
ta’minlash orqali ijtimoiy salomatlik, jinoyatchilik darajasi va ijtimoiy faollik oshadi.
Bu kabi o‘zgarishlar barqaror rivojlanishga bevosita ta’sir qiladi.

Tadqiqotning to‘rtinchi natijasi: Iqtisodiy o‘sish va gender tengligi. Ayollarni

iqtisodiy faoliyatga jalb qilish va ularning iqtisodiy yutuqlari hamda moliyaviy
mustqailliklarini oshirish, jamiyatning umumiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarini
yahshilashga yordam beradi.

Tadqiqotning beshinchi natijasi: Tavsiya qilingan siyosat va strategiyalar.

Tadqiqot asosida quyidagi tavsiyalar ishlab chiqilgan:

1.Ta’lim va salomatlik sohalarida gender tengligi siyosatlarini kuchaytirish;
2. Iqisodiy imkoniyatlarni kengaytirish;
3. Ijtimoiy va madaniy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlash.
Tadqiqot natjalariga ko‘ra, gender tengligi barqaror taraqqiyotning ajralmas bir

bo‘lagi bo‘lib, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatdan barqaror rivojlanishni ta’minlash
uchun zarur hisoblanadi. Gender tengligini ta’minlash orqali, adolatni oshirish,
jamiyatning umumiy faravonligini va iqtisodiy o‘sishini ham ta’minlaydi, albatta.

Tahlil:

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, gender tengligini nafaqat inson

huquqlarining ta’minlanishi bo‘lib, u barqaror iqisodiy rivojlanish, ijtimoiy adolat va
demokratik jamiyat qurilishi uchun zarur hisoblanadi.

Madaniy va huquqiy omillar tahlili: an’anaviy tushunchalarga qaraganda,

ayolning asosiy roli faqatgina oila va farzand tarbiyasi deb bog‘lanadi. Bu esa ularning
ijtimoiy va iqtisodiy faoliyatlarida ishtirok qilishini cheklaydi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, gender tengligi yuqori bo‘lgan jamiyatlarda:

kambag‘allik past darajada bo‘ladi; sog‘liqni saqlash va ta’lim xizmatlari yahshiroq


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

136

rivojlangan bo‘ladi; ijtimoiy ziddiyatlar kamroq yuz beradi; ayollarning ijtimoiy
faolligi yuqori va bu esa demokratik jarayonlarni kuchaytiradi.

Tahlil natijalariga asoslanib, gender tengligi jamiyatning har tomonlama barqaror

rivojlanishini ta’minlovchi asosiy omillaridandir. Bu tenglik faqat ayollar uchun emas,
balki butun jamiyat uchun gender tengligini ta’minlash yo‘lida huquqiy, iqtisodiy,
ijtimoiy va madaniy sohalarda chuqur yondashish kerak bo‘ladi.

Gender tengligini faqat huquqiy choralar bilan emas, balki quyidagi

yo‘nalishlarda chuqur yondashishni talab qiladi:

1.

Talim tizimida genderga oid ongni shakllantirish va yosh avlodni tenglik

ruhida tarbiyalash;

2.

Ayollarga iqtisodiy mustaqillik beruvchi dasturlani ishlab chiqish va

kuchaytirish;

3.

Mehnat bozorida teng ish haqi va teng imkoniyatlar prinsipini

mustahkamlash;

4.

Ommaviy axboro vositalarida gender tengligi targ‘ibotlarini kuchaytirish;

5.

Mahalliy va markaziy darajada ayollarning siyosiy qarorlar qabul

qilishidagi ishtirokini kuchaytirish kerak bo‘ladi

Xulosa:

Yuqoridagi tahlillar asosida gender tengligi har tomonlama barqaror

taraqqiyotga erishishda muhim strategik omil deb o‘ylayman. Mening fikrimcha,
ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratilgan jamiyatlarda har doim iqtisodiy
o‘sish, ijtimoiy barqarorlik, siyosiy ishtirok va innovatsion rivojlanish darajasi ancha
yuqori bo‘ladi deb o‘ylayman. Gender tengligi-inson huquqlarining kafolati bo‘lib,
samarali va inklyuziv rivojlanishning asosiy kaliti hamdir. Umuman xulosa qilganda,
gender tengligiga erishmasdan turib, to‘laqonli barqaror taraqqiyotga erishish mumkin
emas, albatta.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Gender tengligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi
ma’lumotlari. https://stat.uz

2.

Mahkamova,M. ‘‘Gender tengligi va barqaror taraqqiyot:O‘zbekiston
tajribasi”.Ijtimoiy fanlar jurnali,45-52b

3.

Azizova,D. ‘‘Ayollarning iqisodiy faolligini oshirishda gender yondashuvining
roli”(2020)

4.

Kabeer, Naila. Gender Mainstreaming in Poverty Eradication and the Millennium
Development Research Centre,2003

5.

https://in-academy.uz

Bibliografik manbalar

Gender tengligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi ma’lumotlari. https://stat.uz

Mahkamova,M. ‘‘Gender tengligi va barqaror taraqqiyot:O‘zbekiston tajribasi”.Ijtimoiy fanlar jurnali,45-52b

Azizova,D. ‘‘Ayollarning iqisodiy faolligini oshirishda gender yondashuvining roli”(2020)

Kabeer, Naila. Gender Mainstreaming in Poverty Eradication and the Millennium Development Research Centre,2003

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари