“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-1, May -2025
127
GENDER TENGLIGI VA INSON HUQUQLARI: YANGI
O‘ZBEKISTONDA FALSAFIY-NAZARIY YONDASHUV
Norimonova Gulmira Ulug‘bek qizi
Andijon davlat pedagogika instituti milliy g‘oya, ma’naviyat
asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Yangi O‘zbekiston taraqqiyot bosqichida gender
tengligi va inson huquqlari masalasiga bo‘lgan ijtimoiy-falsafiy hamda nazariy
yondashuvlar haqida so‘z boradi. Bugungi kunda gender tengligi nafaqat ijtimoiy
tenglik, balki inson huquqlari va demokratik qadriyatlaring muhim tarkibiy qismi
hisoblanadi. Gender tengligi zamonaviy demokratik jamiyatning ajralmas
qadriyatlaridan biri sifatida qaraladi va bu prinsipni amalda ro‘yobga chiqarishda inson
huquqlari bilan bog‘liqligi asoslanadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida
amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, ayollar huquqlarini himoya qilish va
ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish va
davlat siyosatida gender yondashuvni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar
falsafiy nuqtai nazardan yoritiladi.Bu kabi izlanishlar gender tengligi va inson
huquqlari sohasidagi ilmiy-nazariy qarashlarni boyitish bilan birga, ushbu yo‘nalishda
amaliy siyosat va strategiyalarni yanada takomillashtirishga qizmat qiladi, albatta.
Kalit so‘zlar:
Gender tengligi, inson huquqlari, Yangi O‘zbekiston, falsafiy
yondashuv, ijtimoiy islohotlar, ayollar huquqlari, adolat, milliy qadriyatlar,
zamonaviylik, ijtimoiy faollik, gender siyosati, xalqaro tajriba.
Аннотация:
В этой статье развитие нового Узбекистана касается
гендерного равенства и вопросов прав человека в области прав человека и
теоретических подходов. Сегодня гендерное равенство является важной частью
не только социального равенства, но и прав человека и демократических
ценностей. Гендерное равенство считается одной из неотъемлемых ценностей
современного демократического общества, и этот принцип основан на правах
человека в реальности. Меры, направленные на защиту реформ в Республике
Узбекистан, в частности, защиты прав женщин и укрепление их социально-
политической деятельности, а также обогащают экономические возможности и
обогащение научного потенциала, конечно, дальнейшего улучшения
практической политики и стратегий в этом направлении.
Ключевые слова:
гендерное равенство, права человека, Новый Узбекистан,
Филифейный, права женщин, справедливость, социальная деятельность,
гендерная политика, международный опыт.
Annotation:
In this article, the New Uzbekistan's Development is about gender
equality and human rights issues on human rights and theoretical approaches. Today,
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-1, May -2025
128
gender equality is an important part of not only social equality, but also of the human
rights and democratic values. Gender equality is considered one of the integral values
of modern democratic society, and this principle is based on human rights in reality.
The measures aimed at protecting the Reforms in the Republic of Uzbekistan, in
particular the protection of women's rights and strengthen their socio-political activity,
and enrich the economic opportunities and enriching the scientific potential, of course,
further improving practical policies and strategies in this direction.
Keywords:
Gender equality, human rights, new Uzbekistan, philosure, women's
rights, justice, social activity, gender policy, international experience
Kirish:
Gender tengligi va inson huquqlari masalasi bugungi global ijtimoiy,
siyosiy va iqtisodiy tizimda muhim o‘rin egallaydi. Bu kabi masalalar, har bir
jamiyatda odamlarning teng huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda asosiy rol
o‘ynaydi. O‘zbekistonning Yangi davrida gender tengligini ta’minlash va inson
huquqlarini himoya qilish masalalari davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan
biriga aylanib ulgurgan. Bu masala O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyat bilan
integratsiyasi jarayonida ham katta ahamiyatga ega, chunki gender tengligi va inson
huquqlari borasidagi amalga oshirilayotgan islohotlar, nafaqat ichki rivojlanish, balki
xalqaro miqyosda mamlakatni obro‘sini oshiradi, albatta. O‘zbekiston mustaqillikka
erishgach, gender tengligi va ayollar huquqlari bo‘yicha bir qator muhim islohotlarni
amalga oshirdi. Bularga misol qilib, ayollarni jamiyat hayotining turli jabhalariga jalb
qilishi, iqtisodiy va siyosiy jarayonlarda ishtirokini kengaytirish bilan birga, ayollarni
o‘qitish va ularga huquqiy bilimlar berish singari chora-tadbirlar kiradi. Xalqaro
me’yorlar, xususan, BMTning gender tengligi va ayollar huquqlarini himoya qilishga
oid konvensiyalari, O‘zbekistonning bu yo‘nalishdagi siyosatini shakllantirishda
muhim o‘rin egallaydi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, gender tengligini ta’minlashga
oid bir qancha muhim qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Ushbu
qonunlar ayollarning huquq va erkinliklarini himoya qilish va ularning iqtisodiy,
siyosiy va madaniy sohalardagi ishtirokini oshirish bilan birga, genderga oid
kamsitishlarga qarshi kurashishni ko‘zda tutadi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston
Respublikasi ijtimoiy-siyosiy hayotida tub islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.
‘‘Yangi O‘zbekiston’’ konsepsiyasi asosida inson manfaatlari, huquq va erkinliklarini
ta’minlash ustuvor vazifalardan biriga aylanmoqda. Ayniqsa, gender tengligi masalasi
zamonaviy jamiyat taraqqiyoti va demokratik islohotlar muvvafaqiyati uchun muhim
omil sifatida e’tirof qilinmoqda. Gender tengligi- erkaklar va ayollar hayotining barcha
sohalarida teng huquqli ishtirok qilishi, imkoniyatlaridan bir xil foydalanishi hamda
ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslangan rivojlanishi nazarda tutadi. Mening fikrimcha,
inson huquqlari va gender tengligi bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bu
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-1, May -2025
129
tushunchalarning har ikkisi ham adolat, erkinlik va barqaror taraqqiyot tamoyillarini
amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega. Bu kabi yondashuvlar global miqyosda ham
kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bo‘lib, BMT va YXHT singari xalqaro
tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. O‘zbekiston ham ushbu global
tendensiyalardan chetda qolmay, gender siyosatini kuchaytirish, ayollar huquqlarini
ta’minlash, gendder zo‘ravonlikka qarshi kurashish kabi yo‘nalishlarda muhim
huquqiy islohotlarni amalga oshirib kelinmoqda. Shu bilan birga, gender tengligi va
inson huquqlari masalasiga falsafiy-nazariy yondashuv zarurati kun sayin ortib
bormoqda.
Metod:
Ushbu tadqiqotda gender tengligi va inson huquqlari muammolari
zamonaviy O‘zbekiston jamiyatida qanday falsafiy-nazariy asoslar bilan qaralyotgani,
mavjud ijtimoiy-siyosiy holatni qanday aks ettirayotgani va amaliyotda qanday
namoyon bo‘layotgani tizimli ravishda o‘rganiladi, albatta. Tadqiqotning uslubiy
asoslari quyidagi yo‘nalishlarda quriladi:
1.
Ushbu yo‘nalishdagi gender holatiga alohida to‘xtalish kerak bo‘ladi.
2.
Tarixiy-tahliliy metod. Gender tengligining rivojlanish bosqichlarini
o‘rganish maqsadida tarixiy-tahliliy metod qo‘llaniladi. O‘zbekiston tarixida
ayollarning ijtimoiy faolligi va ularning siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotidagi o‘rni
bosqichma-bosqich tahlil qilib boriladi.
3.
Taqqoslovchi metod: Gender siyosatining O‘zbekiston tajribasi boshqa
davlatlar, masalan, Skandinaviya mamlakatlari, AQSH, Turkiya, Malaziya va qo‘shni
Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan taqqoslanadi. Bu orqali O‘zbekiston gender
siyosatining o‘ziga xos milliy modeli ,uning afzallik va kamchiliklari aniqlanadi.
4.
Normativ-huquqiy tahlil: Yangi O‘zbekiston davridagi gender siyosatini
amaliy jihatdan tahlil qilish uchun qonunchilik bazasi o‘rganiladi. Masalan: ‘‘Gender
tengli to‘g‘risida”gi Qonun(2019), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli
farmon va qarorlari, ‘‘2030-yilgacha Gender tengligini ta’minlash strategiyasi”, Inson
huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy strategiyasi.
5.
Falsafiy-nazariy metodologiya. Asosiy metod sifatida falsafiy-nazariy
yondashuv tanlanadi. Chunki, gender tengligi masalasi nafaqat huquqiy, balki ijtimoiy-
axloqiy, madaniy va ontologik asoslarda shakllanadi.
6.
Sistemali yondashuv.Gender tengligi muammosini ijtimioy hayotning
turli sohalari bilan bog‘liq holda tahlil qilish uchun sistemali yondashuv qo‘llaniladi.
Gender tengligi masalasi ijtimoiy institutlar-oila, ta’lim, siyosat, iqtisodiyot va
madaniyat bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, har bir yo‘nalishdagi gender holatiga
alohida to‘xtaladi.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-1, May -2025
130
Natijalar:
Tahlil natijalariga ko‘ra:
1.
Gender tengligi masalasiga falsafiy yondashuvdagi siljish: Ayol va
erkakning jamiyatdagi roli va ularning tengligi masalasida endilikda inson qadri,
erkinligi va ijtimoiy adolat tushunchalari bilan bog`lanmoqda.
2.
Normativ-huquqiy bazaning
mustahkamlanishi: So‘nggi yillarda
O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash bo‘yicha siyosiy va huquqiy infratuzilma
tubdan isloh qilinmoqda. Xususan: 2019-yilda qabul qilingan ‘‘Gender tengligi
to‘g‘risida”gi Qonun, ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatini
belgilovchi me’yoriy hujjatlar, Tashkil qilngan Gender tengligi komissiyalari va
Ombudsman institutining faolligi gender huquqlari himoyasining institutsional asosini
mustahkamlagan. Bu singari huquqiy asoslar Yangi O‘zbekistonning gender siyosatini
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylantirganini ko‘rsatadi, albatta.
3.
Gender tengligi indekslaridagi ijobiy siljishlar: Ayollarning siyosiy
ishtiroki ortmoqda: Oliy Majlis deputatlarining 32 foizidan ortig‘ini ayollar tashkil
qilmoqda; Ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida ayollar soni yuqori bo‘lib, ayniqsa
Oliy ta’limda o‘qiyotgan talabalar orasida ayollarning ulushi 45 foizdan ortgan; Biznes
va tadbirkorlik sohalarida faol ayollar soni ko‘paygan bo‘lib, hozirda 215 mingdan
ortiq tadbirkor ayol faoliyat yuritib kelmoqda.
Tahlil:
Yangi O‘zbekiston davridagi gender tengligi va inson huquqlariga oid
yondashuvlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu ikki tushuncha huquqiy mezonlar asosida
va ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyitning falsafiy negizida ham o‘zaro bog‘liq holda
qaralmoqda. Gender tengligi masalasi faqat qonun yokida statistika emas, balki
jamiyatning ma’naviy-axloqiy salohiyatini, adolatga intilishi va madaniy taraqqiyot
darajasi bilan bevosita bog‘liq ekani namoyon bo‘lib kelmoqda. ‘‘Gender tengligi
to‘g‘risida”gi Qonun mavjud bo‘lishiga qaramay, ayrim holatlarda ayollar hali ham
ijtimoiy bosim, iqtisodiy to‘siqlar yoki madaniy stereotiplar tufayli o‘z huquqlaridan
to‘liq foydalana olmayotganlariga duch kelmoqdamiz. Bu esa, huquqiy islohotlar bilan
birga ijtimoiy ong va madaniyatdagi islohotlar ham zarur ekanligini ko‘rsatmoqda.
Falsafiy jihatdan, gender tengligi masalasining nafaqat ijtimoiy-huquqiy, balki
ma’naviy-mafkuraviy islohotlar bilan uyg‘un holda olib borilishi zarurligini
ko‘rsatmoqda. Global darajada tan olingan haqiqat shundaki, gender tengligi faqat
ijtimoiy adolat emas, balki iqtisodiy rivojlanish, barqarorlik va taraqqiyotning ham
muhim omilidir. Bu esa, gender tengligi masalasiga faqat ijtimoiy yoki axloqiy nuqtai
nazardan emas, balki strategik rivojlanish tamoyili sifatida qarash zarur ekanligini
bildiradi.
O‘zbekiston gender siyosatida yutuqlarga erishib kelayotgan bo‘lsa ham, bu
sohada yetarlicha chuqur falsafiy-nazariy tadqiqotlar ilib borilmayapti deb o‘ylayman.
Gender masalalarining mohiyati, shaxs, jamiyat, adolat, erkinlik kabi kategoriyalar
bilan o‘zaro bog‘liqligi hali ham keng ilmiy muhokam qilinmagan.
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-3027
_SJIF:
5.449
https://scientific-jl.com/ped
Volume-82, Issue-1, May -2025
131
Xulosa:
Ushbu maqoladan xulosa qilib aytganda, Yangi O‘zbekiston
gender tengligi sohasida muhim huquqiy va siyosiy yutuqlarga erishgan bo‘lsa ham,
bu boradagi falsafiy-nazariy asoslarni kuchaytirish hamda ijtimoiy ongni yangilash va
qadriyatlar tizimini modernizatsiya qilish orqali kelgusidagi asosiy vazifalardan biri
bo‘lib qilmoqda. Umuman olganda, gender tengligi masalasi Yangi O‘zbekiston
taraqqiyot strategiyasining ajralmas bir qismi bo‘lib, uni faqat davlat siyosati emas,
balki milliy tafakkur, ijtimoiy ong va axloqiy mezonlari bilan uyg‘un tarzda
shakllantirish kerak bo‘ladi. Mening fikrimcha, gender tengligi va inson huquqlari
g‘oyalari bugungi O‘zbekiston jamiyatining barqarorligi, adolatparvarligi va ma’naviy
yuksalishining asosiy negizlaridan biri sifatida qarashimiz kerak deb o‘ylayman.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
O‘zbekiston Respublikasining ‘‘Gender tengligi to‘g‘risida”gi Qonuni.-
Toshkent.2019.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ‘‘2030-yilgacha Gender tengligini
ta’minlash strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni, PQ-4629-son,2023-yil.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha milliy strategiyasi.-
Toshkent:Adliya vazirligi,2021.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi.‘‘Ayollar holati va gender
statistikasi 2023”.-Toshkent,2024.
5.
BMT Bosh Assambleyasi.Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi.1948-
yil,Parij.
6.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari
instituti. ‘‘Gender siyosati:qonunchilik va ijtimoiy amaliyot”.-Toshkent,2022.
7.
Xojiev A.Inson huquqlari umumiy falsafiy mohiyati.//‘‘Falsafa va huquq”,2020.
8.
https://lex.uz
9.
https://gov.uz
10.
http://www.insonhuquqlari.uz