Mualliflar

  • Norimonova Gulmira Ulug‘bek qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.pedagogs.97724

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Gender gender tengligi ijtimoiy rol gender siyosati ijtimoiy adolat ta’lim va gender inson huquqlari gender nazariyasi ayollar ishtiroki gender va madaniyat.

Annotasiya

Annotatsiya: Mazkur maqolada gender tushunchasining mazmuni hamda shakllanishi va zamonaviy jamiytdagi o‘rni haqida so‘z boradi. Gender-inson jinsining ijtimoiy-madaniy va ma’naviy jihatini ifoda qiluvchi tushuncha.  Gender-erkaklik va ayollik rollari va biologik farqlar, balki ijtimoiy va madaniy omillar orqali shakllanadi. Jamiyatimizda genderni teng tutish, nafaqat ayollarni himoya qilish, balki erkaklar uchun ham o‘ziga xos manfaatlarini taqdim qilish, barcha fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda muhim ahamiyatda ega hisoblanadi. Shuningdek, gender masalasida ta’limning ro‘li, yosh avlod ongida tenglik g‘oyalarini shakllantirish lozimligi, ommaviy axborot vositalarining ta’siri hamda mehnat bozorida teng imkoniyatlar yaratish va rahbarlik lavozimlarida ayollar ishtirokining oshirilishi kerak. Maqolada shuningdek,  ayollar faqat uy ishlariga mo‘ljallangan degan qarashlar yoki erkaklar zaiflikni ko‘rsatmasligi kerak degan fikrlar jamiyat taraqqiyotiga salbiy ko‘rsatishi haqida so‘z boradi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

122

GENDER TUSHUNCHASI VA UNING JAMIYATDAGI AHAMIYATI

Norimonova Gulmira Ulug‘bek qizi

Andijon davlat pedagogika instituti milliy g‘oya, ma’naviyat

asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi talabasi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada gender tushunchasining mazmuni hamda

shakllanishi va zamonaviy jamiytdagi o‘rni haqida so‘z boradi. Gender-inson jinsining
ijtimoiy-madaniy va ma’naviy jihatini ifoda qiluvchi tushuncha. Gender-erkaklik va
ayollik rollari va biologik farqlar, balki ijtimoiy va madaniy omillar orqali shakllanadi.
Jamiyatimizda genderni teng tutish, nafaqat ayollarni himoya qilish, balki erkaklar
uchun ham o‘ziga xos manfaatlarini taqdim qilish, barcha fuqarolarning huquqlari va
erkinliklarini ta’minlashda muhim ahamiyatda ega hisoblanadi. Shuningdek, gender
masalasida ta’limning ro‘li, yosh avlod ongida tenglik g‘oyalarini shakllantirish
lozimligi, ommaviy axborot vositalarining ta’siri hamda mehnat bozorida teng
imkoniyatlar yaratish va rahbarlik lavozimlarida ayollar ishtirokining oshirilishi kerak.
Maqolada shuningdek, ayollar faqat uy ishlariga mo‘ljallangan degan qarashlar yoki
erkaklar zaiflikni ko‘rsatmasligi kerak degan fikrlar jamiyat taraqqiyotiga salbiy
ko‘rsatishi haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

Gender, gender tengligi, ijtimoiy rol, gender siyosati, ijtimoiy

adolat, ta’lim va gender, inson huquqlari, gender nazariyasi, ayollar ishtiroki, gender
va madaniyat.

Аннотация:

эта статья о содержании и формировании концепции пола,

роли гендерной концепции и ее роли в современном обществе. Концепция,
которая выражает социокультурный и духовный аспект гендерного человека.
Гендерная мужская и женственность формируются через социальные и
культурные факторы. В нашем обществе пол считается важным важным для
предоставления уникальных интересов не только для защиты женщин, но и для
обеспечения прав и свободы всех граждан. Участие в образовании в области
пола, участие женщин в сознании образования, влияние равенства в умах эпохи
поколения и равных возможностей на рынке труда должно быть увеличено. В
статье также рассказывается, что восприятие того, что женщины должны не
только для домашней работы или что мужчины не должны проявлять слабость,
негативно показывают негативное развитие общества.

Ключевые слова:

гендер, гендерное равенство, социальная роль, гендерная

политика, образование и пол, права человека, теория гендерной теории, участие
женщин, пол и культура.

Annotation:

This article is about the content and formation of the concept of

gender, and the role of the gender concept and its role in modern society. A concept


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

123

that expresses the socio-cultural and spiritual aspect of the gender person. Gender-male
and femininity is formed through social and cultural factors. In our society, the gender
is considered important importance in providing unique interests not only to protect
women, but also to provide the rights and freedoms of all citizens. The participation of
education in the field of gender, the participation of women in the minds of education,
the influence of equality in the minds of the age of-generation and equal opportunities
in the labor market should be increased. The article also tells us that the perceptions
that women should not only for household work or that the men should not show
weakness will negatively show negative to the development of society.

Keywords:

Gender, Gender equality, Social Role, Gender Policy, Education and

Gender, Human Rights, Gender Theory, Women's Participation, Gender and Culture.


Kirish:

Gender tushunchasi- bu jamiyatda erkak va ayol sifatida qaraladigan

ijtimoiy, madaniy va psixologik xususiyatllar majmuasi. Biolgik jins, ya’ni erkak va
ayol bo‘lish tug‘ma bo‘lsa, gender ijtimoiy konstruksiya bo‘lib, odamlar jamiyatda
qanday rol o‘ynashi, qanday kiyim kiyishi, qanday gapirishi yokida qanday ishlar bilan
shug‘ullanishi kabilarni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasining ‘‘Xotin-qizlar
va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida’’gi qonunida
gender tushunchasi quyidagicha yoritilgan: Gender-ayollar va erkaklar o‘rtasidagi
munosabatlarning ijtimoiy jihati bo‘lib, u jamiyatning barcha jabhalarida, masalan,
siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta’lim va fanda namoyon bo‘ladi,
albatta. Mening fikrimcha, Gender tenglik- jamiyat tamoyili sifatida tenglikni
ta’minlash umumiy tamoyilining ajralmas qismi. Gender tenglikni har ikkala jinsga
birdek qo‘llaniladigan universal inson huquqlarining bir qismi sifatida ko‘rishimiz
mumkin.

Zamonaviy jamiyatda inson huquqlari, ijtimoiy tenglik va adolat masalalari juda

muhim mavzular qatoriga kiradi deb o‘ylayman. Shu sababdan, gender tushunchasi va
uning jamiyatdagi o‘rni haqida fikr yuritish muhim ahamiyatga egadir. ‘‘Gender’’
atamasi biologik jinsdan farqli bo‘lib, jamiyat tomonidan erkaklar va ayollarga
yuklatilgan ijtimoiy, madaniy va psixologik rollarni bildiradi. Bu tushuncha
insonlarning hayot tarzini, ta’limga bo‘lgan munosabatini, mehnat bozoridagi o‘rnini,
siyosiy faolligini va oiladagi ma’sulyatini belgilovchi omil desak ham bo‘ladi. Gender
tengligi nafaqat inson huquqlarini ta’minlash, balki jamiyatda barqaror taraqqiyot,
adolatli boshqaruv va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda ham muhim omil
hisoblanadi. Dunyodagi ko‘plab rivojlangan davlatlar o‘z siyosiy va ijtimoiy
tizimlarida gender tenglikka erishishga harakat qilib kelmoqda. Chunki, ayollar va
erkaklarning teng huquq va imkoniyatlarga ega bo‘lishi-bu jamiyatning har bir a’zosi
o‘z salohiyatini to‘liq amalga oshirishi uchun imkoniyat yaratadi. O‘zbekiston singari,
an’anaviy qadriyatlarni e’zozlovchi jamiyatlarda ham gender masalalariga e’tibor ortib


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

124

kelmoqda. Davlat siyosati, qonunchilik va ijtimoiy tashabbuslar orqali ayollar va
erkaklar o‘rtasidagi tenglikni ta’minlashga bo‘lgan harakatlar kengayapti. Ammo
lekin, gender tengligini tushunish va uni hayotga tatbiq qilish o‘ziga xos yondashuv va
ko‘p qirrali yondashuvlarni talab qiladi, albatta.

Asosiy qism:

Gender tengligi-inson huquqlari sohasidagi eng muhim

tamoyillardan biri hisoblanadi. BMT nizomida ‘‘Ayollar va erkaklar tengligi’’
mustahkamlab qo‘yilgan. Shuningdek, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi va
inson huquqlari bo‘yicha asosiy xalqaro hujjatlarda ayollar va erkaklar o‘rtasida tenglik
ham mustahkamlab qo‘yilgan. Ushbu deklaratsiyada ‘‘barcha insonlar erkin, qadr-
qimmati va huquqlari bo‘yicha teng tug‘iladilar’’ va ‘‘har bir inson irqi, dini yoki
boshqa maqomidan qat’iy nazar, ushbu Deklaratsiyada bayon etilgan barcha huquq va
erkinliklarga ega’’ ekanligi e’tirof qilingan. Mening fikrimcha, Gender tengligi
faqatgina, ayollar uchun emas, balki erkaklar uchun ham muhim deb o‘ylayman. Agar
gender tengligi bo‘lmasa, ba’zi guruhlar cheklangan imkoniyatlarga ega bo‘lishadi va
bu jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun to‘sqinlik qiladi. Inson huquqlarining
asosiy qismi-gender tengligi deb o‘ylayman. Ayollarni boshqaruv, siyosat, iqtisodiyot
va boshqa sohalarda yetakchilik pozitsiyalariga erishishgs, nafaqat ularning o‘z
manfaatlariga xizmat qilish bilan birga, balki jamiyatning umumiy taraqqiyotiga ham
ijobiy ta’sir qiladi. Jamiyatda shakllangan gender stereotiplari, ya’ni erkaklar va ayollar
haqida qaramaqarshi tasavvurlar, ko‘plab salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Misol
uchun, ‘‘erkaklar kuchli va mustahkam bo‘lishi kerak’’ yokida ‘‘ayollar faqat uyda
bo‘lishi kerak’’ degan fikrlar jamiyatni to‘g‘ri tushunishdan chalg‘itadi va insinlarni
o‘z istaklariga qarshi harakat qilishga undaydi. Ayollarni faqat uy-ro‘zg‘or va bolalar
tarbiyasi bilan bog‘liq ishlar bilan cheklash va ularning ijtimoiy va iqtisodiy
imkoniyatlarini cheklanishiga olib keladi. Shu bilan birga, erkaklar ham jismoniy kuch
ishlatish va oilaviy ma’sulyatlarni o‘z zimmasiga olishi yokida his-tuyg‘ularini
ifodalash kabi normalar bilan chegaralanadi. XXI asrga kelib gender tengligi masalasi
global miqyosda muhim ahamiya kasb qilib kelmoqda. Dunyodagi ko‘plab
mamlakatlar qatorida, O‘zbekiston ham gender tengligini ta’minlashga katta e’tibor
qaratib kelmoqda. Misol qilib, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar va faollar gender
tengligi bo‘yicha turli xil dasturlarni amalga oshirib kelmoqda. Shuningdek, genderga
asoslangan kamsitishning oldini olish uchun qonunchilikni takomillashtirmoqda.
Jamiyatimizda gender tengligiga faqatgina qonunlar orqaligina ham erishib bo‘lmaydi.
Bu masalani faqatgina, keng ijtimoiy o‘zgarishlar va jamiyatning ongini o‘zgartirish
orqali hal qilishimiz mumkin deb o‘ylayman. Masalan, oila, ta’lim, ish joyi va boshqa
sohalarda gender tengligini qo‘llab-quvvatlash orqali jamiyatdagi barcha a’zolar teng
huquqlarga ega bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratish mumkin, albatta.

Jamiyat gender muvozanatni ta’minlash va barcha fuqarolarning to‘laqonli

ishtiroki uchun sharoit yaratadi. Ayollarning faol siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotga


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

125

jalb qilinishi jamiyatdagi innovatsion salohiyatini oshirish bilan birga, kambag‘allikni
kamaytiradi va ijtimoiy adolatni ta’minlaydi deb o‘ylayman.

Fikr va takliflar:
1.

Ta’lim tizimida gender tengligi bo‘yichsa maxsus darslar joriy qilinishi-

yosh avlodni kichikligidan boshlab tenglik, hurmat va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash
kelajakda sog‘lom jamiyat poydevorini yaratadi, albatta.

2.

Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda genderga oid

stereotiplarni yo‘q qilish-media kuchli ta’sir vositasi bo‘lgani uchun undagi har bir
obraz va mazmun ijtimoiy ongga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu nuqtai nazardan gender
tengligini targ‘ib qiluvchi kontentlarni yaratishimiz zarur.

3.

Qonunchilikda gender tengligini mustahkamlash va amaliyotda nazorat

qilish-ayollar va erkaklarning mehnat sharoitlari, ish haqi, rahbarlik imkoniyatlari
tengligini ta’minlovchi qonunlar va farmonlarni hayotga joriy qilinishi kerak.

4.

Erkaklarning ham gender muvozanatida faol ishtirok qilishini

rag‘batlantirish-bu faqat ayollarga oid masala emas. Erkaklar ham gender tengligini
rivojlantirishda faol bo‘lishi, oila va jamiyat hayotida ma’sulyatli bo‘lishi lozim.

5.

Fuqarolik jamiyati va nodavlat tashkilotlarining rolini oshirilishi-

genderga oid muammolarni aniqlash bilan birg, ularga yechim tioish va jamoatchilikni
xabardor qilish Nodavlat notijorat tashkilotlari muhim hisoblanadi.

Yuqoridagi fikr va takliflar asosida harakat qilinsa, jamiyatda yanada adolatli va

inson huquqlariga hurmat bilan yondashadigan, imkoniyatlar tengligi ta’minlangan
muhit shakllanadi deb o‘ylayman

Xulosa:

Xulosa qilib aytganda, gender tushunchasi zamonaviy jamiyat

hayotining ajralmas qismi bo‘lib, u insonlarning huquqlari, imkoniyatlari va ijtimoiy
rollarining tengligini ta’minlashga xizmat qiladi. Gender tengligi nafaqat adolat
tamoyilining ifodasi bo‘lib, balki barqaror rivojlanish, demokratik qadriyatlar va
iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili hisoblanadi. Jamiyatda erkak va ayollar
o‘rtasidagi teng huquqlikka asoslangan muhit yaratish orqaligina har bir insoning
iqtidori to‘liq ochiladi va bu butun jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi. Afsuski, hali-
haligacha ko‘plab sohalarda gender tengsizligi mavjud: ayollarning rahbarlik
lavozimlariga tayinlanishidagi to‘siqlar, erkaklarning ruhiy salomatligi yoki oilaviy
muammolar haqida gapirishdan cho‘chishi va ayrim kasblarda faqat bir jins vakillari
ustun deb hisoblanishini bunga misol qilsak bo‘ladi. Bunday holatlar faqat ayollar
emas, balki erkaklarning ham erkin rivojlanish imkoniyatlarini cheklaydi deb
o‘ylayman. Bu maqoladan shunday xulosaga kelish mumkin: gender tengligi- nafaqat
bir guruh insonlar uchun, balki butun jamiyatning kelajagi uchun muhim qadriyat
bo‘ladi.


background image

“PEDAGOGS”

international research journal ISSN:

2181-3027

_SJIF:

5.449

https://scientific-jl.com/ped

Volume-82, Issue-1, May -2025

126

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Karimova M. Gender sotsiologiyasi.-Toshkent:O‘zbekiston milliy Universiteti
nashriyoti,2020.-214b.

2.

Qodirova G. Gender tengligi va ijtimoiy taraqqiyot.-Toshkent:Fan va
texnologiya,2019.-176b.

3.

Gender tenglik bo‘yicha o‘quv qo‘llanma.-Toshkent.2024.-8b.

4.

https://uz.wikipedia.org

5.

https://uzmarkaz.uz

Bibliografik manbalar

Karimova M. Gender sotsiologiyasi.-Toshkent:O‘zbekiston milliy Universiteti nashriyoti,2020.-214b.

Qodirova G. Gender tengligi va ijtimoiy taraqqiyot.-Toshkent:Fan va texnologiya,2019.-176b.

Gender tenglik bo‘yicha o‘quv qo‘llanma.-Toshkent.2024.-8b.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари