2022-yilda asos solingan “Profilaktik tibbiyot va salomatlik” jurnali tibbiyot
xodimlari, siyosatchilar, sog‘liqni saqlash sohasi tashkilotchilari va olimlar uchun mo‘ljallangan.
Jurnal sahifalarida olib chiqiladigan muammolarning keng qamrovi uni ijtimoiy-siyosiy va ilmiy-amaliy yo‘nalishi bilan belgilanadi. Jurnalda salomatlikni mustahkamlash, yuqumli va yuqumli bo‘lmagan: yurak-qon tomir, onkologik, respirator, diabet, travmatizm va zo‘ravonlarcha o‘limning oldini olish va davolash muammolari yoritib boriladi.
Nashr xalqaro maʼlumotlar bazasida qayd etilganligi sababli Ro‘yxatga avtomatik ravishda kiritilgan.
Jurnalning asosiy maqsadlari: nafaqat ishchi muhit va mehnat jarayoni omillarini, balki yuqumli, genetik, ekologik, shuningdek, ijtimoiy, maishiy va boshqa tarkibiy qismlarni ham hisobga olgan holda aholining salomatligiga taʼsir etuvchi xavf omillarini o‘rganish, har tomonlama tahlil etish va baholash; boshqaruv va risklar menejmenti tizimini ilmiy asoslash, ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish, aholi va uning avlodlari sog‘lig‘ini saqlash maqsadida innovatsion modellar hamda boshqa vosita va
usullarni yaratish jurnalning maqsadi hisoblanadi.
Jurnal profilaktik tibbiyot sohasidagi tadqiqotlar va kashfiyotlar to‘g‘risida keng ommani xabardor qilishga yordam beradi. Chop etilayotgan materiallar talabalar, aspirantlar va ilmiy xodimlarga malakasini oshirish uchun ilmiy ishlar yozishlarida foydali bo‘lishi mumkin.