Mahalliy laktobatsilla shtammlarini yallig‘lanishga qarshi faolligini o‘rganish
O‘zRFA mikrobiologiya instituti “Probiotiklar mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi” laboratoriyasida mahalliy sut mahsulotlari hamda ona suti bilan oziqlanadigan chaqaloq axlati namunasidan sut achituvchi bakteriyalarining quyidagi shtammlarini ajratib olindi: Weissella cibaria WC- 1, Weissella cibaria WC-2, Weissella viridescens WV, Lactobacillus plantarum CM, Lactobacillus plantarum OC, Lactobacillus plantarum Б-20 hamda , Lactobacillus plantarum C-3 lar. Tanlangan mahalliy shtammlarning probiotik xususiyatlari, bezararligi, o‘tkir toksikligi o‘rganildi, to‘g‘ri ichak yarali kolitida qo‘llash bo‘yicha klinik oldi sinovlaridan ijobiy natijalar qayd etildi. Tadqiqotlar davomida o‘rganilayotgan shtammlar asosida to‘g‘ri ichak yarali kolit yallig‘lanish kasalliklarini davolash va oldini olish maqsadida qo‘llashga tavsiya etildi .