Modernizasiyalash orqali ta’lim sifatini oshirish texnologiyasini takomillashtirishning modulli shakli

CC BY f
26-30
0
0
Поделиться
Нормуминов, Б. (2023). Modernizasiyalash orqali ta’lim sifatini oshirish texnologiyasini takomillashtirishning modulli shakli. Ренессанс в парадигме новаций образования и технологий в XXI веке, 1(1), 26–30. https://doi.org/10.47689/XXIA-TTIPR-vol1-iss1-pp26-30
Б Нормуминов, Самаркандский государственный институт иностранных языков

Доцент кафедры гуманитарных наук и информационных технологий

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada modernizatsiyalash orqali ta’lim sifatini oshirish texnologiyasini takomillashtirishning modulli shakli tahlil qilingan.

Похожие статьи


background image

XXI CENTURY RENAISSANCE IN THE PARADIGM OF SCIENCE,

EDUCATION AND TECHNOLOGY INNOVATIONS

26

MODERNIZASIYALASH ORQALI TA’LIM SIFATINI OSHIRISH

TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISHNING MODULLI SHAKLI



Normo’minov B.U.

Samarkand, Uzbekistan

SamDChTI gumanitar fanlar va axborot

texnologiyalari kafedrasi assistent o’qituvchisi

e-mail:

normuminovbahodir1@gmail.com


Annotatsiya:

maqolada

modernizatsiyalash orqali ta’lim sifatini oshirish texnologiyasini

takomillashtirishning modulli shakli tahlil qilingan.

Tayanch tushunchalar:

modernizatsiyalash, ta’lim, texnologiya, takomillashtirish,

modul, bilim, ko’nikma.

Abstract:

the article analyzes the modular form of improving the technology of

increasing the quality of education through modernization.

Keywords:

modernization, education, technology, improvement, module, knowledge,

skill.


Yangi O’zbekiston strategiyasi “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” da amalga

oshirishga oid davlat dasturida mamlakatimizda sifatli ta’limga erishishi
texnologiyalarini takomillashtirib borish vazifalari belgilangan [1]. Bunday
texnologiyalarni

takomillashtirishning

shakllaridan

biri

ta’lim

jarayonini

modernizatsiyalashdir. Bu o’rinda e’tiboringizni modernizatsiyalash orqali ta’lim sifatini
oshirish texnologiyasini takomillashtirishning

modulli shakli

tahliliga tortamiz.

Ta’lim muhitini modernizatsiyalash moduli.

O’zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2022 yil 11 maydagi PF-134-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026
yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo’yicha Milliy dasturi”da sifatli ta’limning bir qator
texnologiyalari belgilangan [2]. Bunday texnologiyalarning asosiylari ta’lim sharoitini
kuchaytirish, ta’lim oluvchilar va ta’lim oluvchilarga o’ziga xos ta’lim muhitini yaratish
hamda o’zlashtirish jarayonini kuchaytirishdan iborat. Bugungi kunda mamalakatimiz
ta’lim jaryonida ana shu texnologiyalar asosida sifatli ta’lim ko’rsatkichlariga erishish
vazifalari amalga oshirilmoqda. Shu ma’noda mazkur texnologiyalarni takomillashtirish
shakllaridan biri ta’lim muhitini modernizatsiyalash modulidir. Mazkur modulda
quyidagi masalalar muhim o’rin tutadi:
1.

modullashtirish imkoniyatlaridan foydalanish;

2.

modullashtirish asosida ta’lim muhitini modernizatsiyalash;

3.

modullashtirilgan ta’lim muhitni modernizatsiyalashning samaradorligini

baholash.

Modul

- bu ta’lim va tarbiya jarayonini muayyan andoza asosida amalga oshirish

jarayonidir [3]. Shu jihatdan modullashtirishda ta’lim va tarbiya jarayoni bo’laklarga
bo’linib amalga oshiriladi hamda unda ta’limning amaliy samaradorligiga asosiy e’tibor
qaratiladi. Misol uchun, bugungi kunda mamlakatimizda Pedagogika o’quv fani


background image

XXI CENTURY RENAISSANCE IN THE PARADIGM OF SCIENCE,

EDUCATION AND TECHNOLOGY INNOVATIONS

27

pedagogika nazariyasi, didaktikasi, metodologiyasi va texnologiyasi modullariga bo’lib
o’qitilmoqda. Shu ma’noda ta’lim muhitini

modernizatsiyalash moduli

o’ziga xos andoza

asosida ta’lim-tarbiya jarayonini yangilashni nazarda tutadi. Bunda quyidagilar muhim
ahamiyatga ega:

a) ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchilar uchun zamonaviy sharoitlarni yaratish;
b) ta’lim muhiti imkoniyatlarini kengaytirish;
v) ta’lim muhitini muntazam rivojlantirib borish.
Bu masalalar ta’lim muhitini modernizatsiyalash modulining tarkibini tashkil

qiladi. Shu jihatdan ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchilar uchun zamonaviy sharoitlar
yaratish muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy sharoitlar – bu ta’lim maskanlarining
binolarini pedagogik, psixologik va sanitariya-gigiena talablariga mos ravishda qurish,
ularni eng zamonaviy va yangi texnik uskunalar hamda jihozlar bilan ta’minlash, ta’lim
jarayonida vaqt rejimiga qa’tiy amal qilish kabilardan iborat. Jumladan, Milliy dastur
asosida mamlakatimiz umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi sharoitlar muntazam ravishda
takomillashtirib borilmoqda. Bunda asosiy e’tibor yangi binolar qurish va ularni so’ngi
modeldagi texnologiyalar bilan ta’minlashga e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida
umumiy o’rta ta’lim maktablarining sharoitlari yangilanib bormoqda.

Ta’lim

muhiti

imkoniyatlarini

kengaytirib

borish

ta’lim

jarayonini

modernizatsiyalash modulining muhim qismidir. Shu jihatdan bugungi kunda
mamlakatimizda ta’lim muhiti imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan nodavlat ta’lim
muassasalarini tashkil etishga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Shu ma’noda nodavlat ta’lim
muassasalari mamlakatimizda ta’lim muhitini kengaytirish va ta’lim jarayonini
modernizatsiyalashda muhim omillardan biri hisoblanadi. Chunki nodavlat ta’lim
muassasalari ta’lim sharoitlari, ta’lim muhiti, ta’lim berish sifati va ta’limni o’zlashtirish
jarayonlarini kengaytiradi. Bunda ayniqsa, ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchilar
o’qitishning turli ko’rinishlariga ega bo’ladi. Mazkur ta’lim muassasalarida O’zbekiston
Respublikasi ta’limga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar va xalqaro ta’lim dasturlari
(masalan, TIMSS, STEAM kabilar) talablari asosan ishlab chiqilgan o’ziga xos o’quv
rejalari, dasturlari hamda adabiyotlari amal qilmoqda. Shu jihatdan nodavlat muassasalari
ta’lim jarayonini modernizatsiyalash modulining muhim tarkibi sifatida biz
tomonimizdan qabul qilinadi [4].

Modullashtirilgan yondoshuv asosida ta’lim muhitini rivojlantirib borish ham

ta’lim jarayonini modernizatsiyalashning muhim tarkibiy qismidir. Bunda o’qitishning
noan’anaviy shakllari vositasida ta’lim muhitini rivojlantirish borish muhim ahamiyatga
ega. Buning uchun masalan, umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilari uchun
maktabdan tashqari ta’lim shakllari bo’lgan ekskursiya, ekspeditsiya, sayyohat kabi
noan’anaviy o’qitish shakllaridan foydalanish modullashgan ta’lim muhitini rivojlantirish
imkonini beradi. Bu ta’lim jarayonini modernizatsiyalashning muhim omillaridan biridir.

E’tibor berilsa, ta’lim muhitini modernizatsiyalashda modulli yondashuv keng

imkoniyatlarni beradi.

Modullashtirish asosida ta’lim muhitini modernizatsiyalash muhim ahamiyatga

ega. Bunda ta’lim jarayonining barcha bosqichlarini umumiy rivojlantirish muhim
ahamiyatga ega. Shu ma’noda bunda maktabgacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus va
professonal hamda oliy ta’limni uzluksizlik ta’moyili asosida rivojlantirish ta’lim
jarayonini modernizatsiyalashning asoslarini tarkib topishida muhim o’rin tutadi.


background image

XXI CENTURY RENAISSANCE IN THE PARADIGM OF SCIENCE,

EDUCATION AND TECHNOLOGY INNOVATIONS

28

E’tibor berilsa, ta’lim muhitini modernizatsiyalashning modulli o’ziga xos

xussusiyatlarga ega bo’lib, uning asosini ta’lim sifati g’oyasi asosida modellashtirish
tashkil qiladi.

O’quv fanlarini modernizatsiyalash moduli

. O’zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2022 yil 11 maydagi PF-143-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026
yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo’yicha Milliy dastur”ga asosan umumiy o’rta
ta’lim maktablarida o’quv fanlari quyidagi tartibda turkumlashtirib o’qitilmoqda:

1)

aniq fanlar;

2)

tabiiy fanlar;

3)

gumanitar fanlar.

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida aniq fanlar turkumi 1-11-sinflarni qamrab

olgan. Bunda matematika, informatika, algebra va astronomiya o’quv fanlari umumiy
“aniq fanlar” nomi bilan yuritilmoqda. Shu sababli mazkur o’quv fanlarini
modernizatsiyalashda birinchi sinfdan o’n birinchi sinfga qadar mavzularning o’zaro
mantiqiy bog’liqligini t’minlash dolzarb bo’lib turibdi. Mavzularning mantiqiy
bog’liqligi o’quv materiallarining ham ketma-ketligini taqazo etadi. Bunday yondoshuv
umumiy o’rta maktablarida aniq fanlarni o’qitish jarayonini yangilash imkonini beradi.
Ayni paytda quyidagicha muammo mavjud: o’quvchilar boshlang’ich sinfdan keyin
o’qishni ixtisoslashtirilgan yoki ijodiy ta’lim muassasalarida davom ettirsa, aniq fanlarni
o’zlashtirish susayadi. Bu muammoni hal etish uchunixtisoslashtirilgan yoki ijodiy ta’lim
muassasalarida ham umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun mo’ljallangan darsliklarning
amalda bo’lishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu bilan ta’lim jarayonida aniq fanlarning
o’qitishning modernizatsiyasi bo’yicha o’ziga xos modulga ega bo’linadi.

Ta’lim tizimida o’qitilayotgan tabiiy fanlarning asosiy mavzulari umumiy o’rta

ta’lim maktabida to’liq o’qitiladi. Shu sababli ixtisoslashtirilgan, ijodiy, o’rta maxsus va
professonal ta’lim muassasalarida ham umumiy o’rta ta’lim maktablarining 5-11-sinflari
uchun tabiiy fanlar bo’yicha darsliklari asosida o’qish jarayonini tashkil qilish muhim
ahamiyatga ega. Chunki asosiy maqsad o’quvchilarning tabiiy-ilmiy bilimi, ko’nikmasi
va malakasini tarkib toptirishdan iborat. Jamiyatimizning texnologik rivojlanishi
shaxsning tabiiy-ilmiy tafakkurga ega bo’lishini taqazo etmoqda. Shu sababli ta’lim
jarayonini modernizatsiyalashda umumiy o’rta ta’lim, ixtisoslashtirilgan, ijodiy, o’rta
maxsus va professonal ta’lim muassasalarida tabiiy fanlar bo’yicha yagonalashgan
darsliklarning amalda bo’lishi muhim ahamiyatga ega.

Mamlakatimiz ta’lim tizimida gumanitar fanlarni o’qitish muhim o’rin tutadi.

Chunki gumanitar fanlar vositasida shaxsning milliy ongi, ruhi, mentaliteti va axloqi
shakllantiriladi.Shu sababli yuqorida ta’kidlangan Milliy dasturda gumanitar fanlar
bo’yicha milliy darsliklarga asosan ta’lim jaryonini amalga oshirish belgilangan. Shu
ma’noda umumiy o’rta ta’lim, ixtisoslashtirilgan, ijodiy, o’rta maxsus va professonal
ta’lim muassasalarida tipiklashgan va yagona g’oyaga asoslangan darsliklarning amalda
bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Buning natijasida ta’lim tizimida gumanitar fanlarni
o’qitish jarayonini modernizatsiyalash imkoniyatiga ega bo’linadi.

Diqqat qilinsa, ta’lim tizimida o’quv fanlarini o’qitish jarayonini

modernizatsiyalash muhim xususiyatlarga ega. Buning uchun quyidagilarni qamrab olgan
modulga amal qilish maqsadga muvofiq bo’ladi:


background image

XXI CENTURY RENAISSANCE IN THE PARADIGM OF SCIENCE,

EDUCATION AND TECHNOLOGY INNOVATIONS

29

a) ta’lim muassasalarida umumlashgan va tipiklashgan mavzularga ega o’quv

dasturlarini ishlab chiqish;

b) o’quv adabiyotlarining yagonalashgan variantlarini ishlab chiqish;
v) mamlakatning butun ta’lim tizimida ta’kidlangan Milliy dasturning amalda

bo’lishiga erishish.

Bunday yondoshuv ta’lim jarayonida o’quv fanlarini modernizatsiyalash imkonini

beradi. Shu sababli mazkur masalaning monitoringi Abdulla Avloniy nomidagi
Pedagoglarni metodikalarga o’rgatish milliy tadqiqot instituti tomonidan amalga
oshirilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.

O’zlashtirish jarayonini modernizatsiyalash moduli

. Bugungi kunda

mamlakatimizda ta’limni o’zlashtirish jarayonini baholash turli shakllarda amalga
oshirilmoqda. Umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus va professonal ta’lim muassasalarida
baholashning 5 ballik shakli va oliy ta’lim muassasalarida baholashning 100 ballik shakli
amalda qo’llanilmoqda. Shu sababli o’zlashtirish jarayonini modernizatsiyalashga ehtiyoj
mavjud. Mazkur masalada bizningcha, quyidagi modulga asoslanish ta’lim jarayonini
yangilashda va o’zlashtirish ko’rsatkichlarini oshirishda kutilgan samarani beradi:

1)

baholashning kredit- modul tizimini butun ta’lim jarayoniga tadbiq etish;

2)

baholashning erkin shakllariga amal qilish;

3)

baholashda o’quv fanlari asoslarining o’zlashtirilishini bosh mezon sifatida

qabul qilish.

O’zlashtirish jarayonini modernizatsiyalashda baholashning kredit-modul tizimi

muhim o’rin tutadi. Unga ko’ra, ta’lim oluvchi o’quv fanlarini o’zlashtirishda kredit
yig’ish tizimiga amal qiladi va bunda “qoniqarli”, “yaxshi” hamda “a’lo” belgilariga
rioya qilinadi. Kredit yig’ish uchun ikki bor imkoniyat beriladi, agar ikkinchi marotaba
ham ta’lim oluvchi “qoniqarli” belgisini ololmasa kredit pulli shaklda taqdim etiladi.
Agar ta’lim oluvchi baho belgilari ko’rsatkichlarini yuqorilashni istasa, unga kredit olish
uchun imkoniyat beriladi. Baholashning mazkur kredit-modulida asosiy e’tibor ta’lim
oluvchining bilim va ko’nikma darajasini aniqlashga qaratiladi. Bu hol o’zlashtirish
jarayonini modernizatsiyalash imkonini beradi. Chunki bugungi kunga qadar baholash
tizimida ta’lim oluvchining bilim darajasiga asosiy e’tibor qaratib kelinmoqda.

O’zlashtirish jarayonini modernizatsiyalashda baholashning erkin shakllariga

asoslanish ham muhim ahamiyatga ega. Unga ko’ra, muayyan o’quv fani bo’yicha kredit
olish uchun shaxsning yoshi cheklanilmaydi. Misol uchun, shaxs 40 yoshidan keyin ham
Matematika fani bo’yicha o’zining o’zlashtirish ko’rsatkichini aniqlash uchun kredit
olishi mumkin. Bundan maqsad shaxsning butun hayot davomida o’quv fanlari bo’yicha
bilim va ko’nikmasini rivojlantirib borishdan iborat. Chunki jamiyatimizning texnologik
rivojlanib borishi shaxsning hayot davomida yangi bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirib
borishini taqazo etmoqda. Shu sababli mazkur omillar o’zlashtirish jarayonini
modernizatsiyalashni va unda baholashning erkin shakllariga amal qilishni taqazo
qilmoqda.

Ta’lim jarayonini modernizatsiyalashda o’zlashtirishni baholashning yangi

shakllari muhim o’rin tutadi. Bunda kredit-modul tizimining talablari asosida o’quv
fanlari asoslarini o’zlashtirishga asosiy e’tibor qaratilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
O’quv fanlarining asoslarini o’zlashtirish shaxsni texnologik jamiyat talablariga
moslashtirib boradi. Misol uchun, bugungi kunda shaxsning nanatexnologiya bo’yicha


background image

XXI CENTURY RENAISSANCE IN THE PARADIGM OF SCIENCE,

EDUCATION AND TECHNOLOGY INNOVATIONS

30

bilimga va ko’nikmaga ega bo’lishi ehtiyoji mavjud. Chunki ishlab chiqarish jarayoni
texnikaning eng so’ngi modellariga asoslanmoqda. Shu sababli ta’lim jarayonini
modernizatsiyalashda o’quv fanlari asoslarini o’zlashtirishni baholash taqazo etilmoqda.

E’tibor berilsa, o’zlashtirish jarayonini baholash modulida erkinlik tamoyiliga

asoslangan ta’limning kredit-modul tizimi muhim o’rin tutadi va bu tizim ta’lim
jarayonini modernizatsiyalashda keng imkoniyatlarni beradi.

Shunday qilib modernizatsiyalash orqali ta’lim sifatini oshirish texnologiyalarini

takomillashtirishning modulli shakli o’ziga xos xususiyatlarga egadir. Bunda ta’lim
muhitini modernizatsiyalash, o’quv fanlarini modernizatsiyalash va o’zlashtirish
jarayonini modernizatsiyalash katta ahamiyatga ega.


ADABIYOTLAR:



1. Yangi O’zbekiston strategiyasii “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” da amalga
oshirishga oid davlat dasturi.//

www.ziyonet.uz

2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi PF-134-son Farmoni
bilan tasdiqlangan “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo’yicha Milliy
dasturi”. //

www.ziyonet.uz

3. Jo’raev R. va boshqa. Pedagogik atamalar lug’ati. – T.: “Fan”. 2008. – 80 b.
4. Abdujalilova Sh. Abdurauf Fitratning pedagogic ta’lim ta’limoti. – Toshkent, 2022.


Библиографические ссылки

Yangi O’zbekiston strategiyasii “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi.// www.ziyonet.uz

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi PF-134-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo’yicha Milliy dasturi”. // www.ziyonet.uz

Jo’raev R. va boshqa. Pedagogik atamalar lug’ati. - T.: “Fan”. 2008. - 80 b.

Abdujalilova Sh. Abdurauf Fitratning pedagogic ta’lim ta’limoti. - Toshkent, 2022.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов