Authors

  • Durdona Narzullayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.108047

Keywords:

Bozorboy O‘rinov Xorazm maqomlari ashulachilik san’ati pedagogika.

Abstract

Ushbu maqola Xorazm musiqiy madaniyatining yirik namoyandalaridan biri, iste’dodli bastakor, ustoz-shogird an’anasi davomchisi va tajribali pedagog Bozorboy O‘rinov faoliyatiga bag‘ishlangan. Unda O‘rinovning Xorazm maqom san’atini rivojlantirishdagi xizmatlari, xalq og‘zaki ijodi va professional musiqa uyg‘unligi asosida yaratilgan asarlari yoritiladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

898

XORAZM OHANGLARIDA ABADIY AKS ETGAN SADO

Narzullayeva Durdona Panji qizi

Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek Milliy musiqa san'ati instituti.

An'anaviy xonandalik bo'limi 2 bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15696563

Annatotsiya. Ushbu maqola Xorazm musiqiy madaniyatining yirik namoyandalaridan

biri, iste’dodli bastakor, ustoz-shogird an’anasi davomchisi va tajribali pedagog Bozorboy
O‘rinov faoliyatiga bag‘ishlangan. Unda O‘rinovning Xorazm maqom san’atini
rivojlantirishdagi xizmatlari, xalq og‘zaki ijodi va professional musiqa uyg‘unligi asosida
yaratilgan asarlari yoritiladi.

Kalit so‘zlar: Bozorboy O‘rinov, Xorazm maqomlari, ashulachilik san’ati, pedagogika
Аннатация. Данная статья посвящена творчеству Бозорбоя Уринова —

талантливого композитора, педагога и знатока хоразмской макомной традиции. В
работе освещается его вклад в развитие устно-профессионального музыкального
искусства Хорезма, а также значение его научно-творческих усилий по сохранению и
обогащению макомного наследия. Особое внимание уделено роли композитора в
педагогике и воспитании молодежи на основе национальных музыкальных традиций.

Ключевые слова: Бозорбой Уринов, хоразмская макомная традиция, устно-

профессиональное искусство, композитор, педагог, музыкальное наследие.

Annatation. An article about the “bastakor” Bozorboy Urinov, the “bastakor” who lived

and worked in Khorezm, the researcher of the Khorezm maqoms, the successor of the “ustaz-
shogird” tradition. His work is dedicated to the art of Khorezm singing and his contribution to
the Khorezm maqoms.

Keywords: Bozorboy Urinov, Khorezm maqom tradition, Khorezm vocal art, composer,

pedagogue, master-apprentice tradition.


KIRISH.

Inson umrining asl mohiyati o’zidan o’chmas bir iz qoldira olishi, bu uning

hayot ila mamoti kabi, eng buyuk orzu istagi hamdir. Aynan bitta sohada o’zini mahoratini bor
kuchini ko’rsata olsa va shu soha rivojigga hissa qo’shsagina o’zidan nimdir qoldirgan
hisoblandi.

Umrining eng katta qadriyati – bu o‘zidan ijobiy iz qoldirish, kelajak avlodga foydali

meros qoldirishga intilishidir. Har qanday kasb egasi bu orzuga intiladi. San’atkorlar esa,
ayniqsa, ijodi orqali jamiyatda yuksak ma’naviy o‘zgarishlar qilishi mumkin. Ular kuy va ohang,
so‘z va sahna orqali inson qalbiga yo‘l topadi. Aynan shunday ijodkorlardan biri – Xorazm
musiqa maktabining yetuk vakili Bozorboy O‘rinovdir.

Ushbu maqolada Bozorboy O‘rinovning o‘zbek musiqa san’atidagi xizmatlari, ayniqsa,

Xorazm maqomlarining targ‘iboti va rivojlanishidagi o‘rni tahlil qilinadi.

Adabiyotlar tahlili.

Bozorboy O‘rinov 1951-yilda Xorazm viloyatining Xonqa tumanida

oddiy ishchi oilasida tug‘ilgan. Uning musiqa san’atiga bo‘lgan mehri yoshligidanoq yaqqol
sezilgan. U dastlab Urganchdagi Matyusuf Xarratov nomidagi musiqa bilim yurtida (1966–
1970), keyin esa Toshkent Davlat pedagogika institutining musiqa fakultetida (1970–1974) tahsil


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

899

oladi. Bu davr mobaynida u nafaqat musiqa bilimlarini egalladi, balki Xorazm xalq kuylariga
mehr qo‘ydi.

1974-yildan boshlab u Xonqa tumanidagi Bolalar musiqa va san’at maktabida

o‘qituvchilik faoliyatini boshlaydi. O‘rinovning o‘ziga xos pedagogik uslubi, kuy va
ohangni xalqona uslubda o‘rgatish tajribasi ko‘plab iste’dodli shogirdlarning yetishib
chiqishiga sabab bo‘ladi.U xalqni dardini, orzu istagi-yu umidlarini o’z ijrolarida
xonish aylagan va shu bilan birga ulug’vor maqsadlar asosida qalamini tebratib sozini
chalgan musiqa ahli vakillaridir. U butun umri va ijodiy faoliyatini Respublikada
havaskorlik va professional musiqa san’atini rivojlantirishga bag'ishladi. Necha
asrlardan beri ustoz-shogird an’anasi talqinida bizgacha yetib kelgan bebaho boyligimiz
va milliy musiqamiz gultozi bo’lmish maqomchilik san’ati, aynan Xorazm maqomlarini
bugungi kun ijrosida, Respublika teleradiokompaniyalari oltin xazinasining magnit
tasmalari va videotasvirlariga yozdirishdek, dolzarb hamda savobli ishlarnii amalga
oshirdi. Qolaversa Xorazm teleradiokompaniyasi maqom jamoasining badiiy rahbari
bo’libgina qolmay, jamoa ijrosidagi Xorazm maqomlarining Rost, Buzruk, Navo,
Dugoh, Segoh, Iroq va Panjgoh maqomlarini aytim yo'llari(Nasr bo’limi)ni, ma’lum bir
lad tizimi asosida notaga oladi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Bozorboy O‘rinov faoliyatining markazida har doim

xalq musiqasi, ayniqsa Xorazm maqomlari turgan. U Xorazm teleradiokompaniyasining
maqom jamoasida badiiy rahbar sifatida ishlagan. Bu yerda u Rost, Buzruk, Navo,
Dugoh, Segoh, Iroq, Panjgoh kabi maqom yo‘llarining aytim bo‘limlarini notaga olish
va yozib olish bo‘yicha beqiyos ishlarni amalga oshirgan.

Shuningdek, u “Qal’abanda” va “Rok” turkumlarining ayrim yo‘qolib

borayotgan qismlarini tiklab, ularni yangi bastakorlik ishlari bilan boyitgan. Bu orqali
u maqomchiligining uzviy rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan.

Bozorboy O’rinov o’tmish ijodkorlari an’anasiga sodiq qolgan holda ularning

ishlarini davom ettirib, Xorazm “Qal’abanda” va “Rok” turkumlarining yo’qolib
borayotgan qismlarini yangidan bastalab to’ldirish bilan birga, o’zi ham 20 dan ortiq
an’anaviy maqom yo’llaridagi ashulalar yaratgan.

Bastakor haqida O'zbekiston kompozitorlar uyushmasi raisi, kompozi tor Rustam

Abdullayev shunday deydi: “Bozorboy uyushmamizning a’zosi, iste’dodli
bastakorlarimizdan biridir. Uning musiqalari jo'shqin, jozibali va tezda esda qoluvchi,
yoqimli, original-professional asarlar bo'lib, bastakorning “Muallimlar”, “Vatan
posbonlari”,

u

Mustaqillik qasidasi”, “Vatan”, “Mehr nurin sochib yashang, odamlar”,

“Manguberdi-vorisimiz” nomli xor va vokal asarlari, hamda “Yurtimizda shodiyona”
vokal - xoreografik syuitasi nufuzli Respublika qo'shiq bayramlarida zo'r mahorat bilan
ijro etilib, lauriatlik diplomlari va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Ayniqsa. uning
1997 yilda xalqaro YUNESKO tashkiloti hamkorligida o'tkazilgan Xivaning 2500 yillik
yubileyida ijro etilgan “Sizmusiz” qo'shig'i tomoshabinlar va chet ellik mehmonlarning
olqishiga sazovor bo'ldi.

Uning Respublika Mustaqillik va Navro'z xalq bayramlarida Xorazm badiiy

jamoasi tomonidan to’laqonli ijro etilgan “To'ya galing”, “Shoshma qizcha”,


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

900

“Lachakingnan-ov”, “Kampirjon aynonin, gal qujoqa”, "Xorazmda Xiva bor”,
“Chopqida chopilg'angina”, “Qovun savdosi” kabi 10 dan ortiq o'ynoqi, sho’x shodon
zamonaviy folklor asarlari tomoshabinlar va chet ellik mehmonlarni hayratga solgan.

Maxsus bayram dasturlariga kiritilgan bu hayratomuz tomoshalar sun’iy

yo’ldosh orqali ko'plab horijiy davlatlar telekanallarida namoyish etilganligi,
Bozorboyning olamshumul, ulkan ijodiy yutug'idir”.

Qahramonimizning ijodiy mevalari tarixiy va dolzarb mavzularda oltita

spektakl, uchta videofilmga musiqa, Vatanga sadoqat va vatanparvarlik ruhida yozilgan
30 dan ortiq yirik xor va vokal asarlari, 50 dan ortiq lirik qo'shiqlar, 20 dan ortiq milliy
estrada yo'nalishidagi qo'shiqlar, 30 ga yaqin bolalar qo'shiqlari, folklor va ansambl
jamoalari uchun 40 dan ortiq hazil va hajviv qo'shiqlar, hamda sho'x kupletlar , 20 dan
ortiq maqom tarzidagi original ashulalar yaratib, o'zbek milliy musiqa san’ati rivojiga
salmoqli hissa qo'shdi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR.

Bozorboy O‘rinov hayoti davomida musiqa

pedagogikasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. U Urganch san’at kolleji va boshqa ta’lim
muassasalarida ko‘plab yoshlar bilan ishlagan. O‘zining nazariy bilimlari va amaliy
tajribasini yoshlarga o‘rgatish, milliy musiqa ruhini ularning qalbiga singdirish —
uning umrining mazmunini tashkil qilgan.

Ijodkor umrining oxirigacha o’z faoliyatini pedagogik yo’nalishda olib bordi,

o’zi tahsil olgan Urganch san’at ko’llejida ko’plab shogirdlar yetishtirish, o’z
bilganlarini kelajak avlodga qoldirish, Xorazm maqomlarini targ’ib qilishga sarf qildi.

Ayniqsa uning Xorazm maqomlari uchun qilgan xizmatlari, umuman o’zbek

maqomotida o’chmas bir iz qoldirgan desak mubolag’a bo’lmagan bo’lar edi. Xusasan
Xorazm 6 yarim maqomining 7 maqomga to’ldirilishi bunga asos bo’ldi. Panjgoh
maqomining aytim yo’llarini to’ldirish uning nomini abadiylashtirdi.

1.

Tani maqom

2.

Tarona

3.

Suvora

4.

Naqsh

5.

Faryod

6.

Ufor

Ushbu maqom sho’balari aynan Panjgoh maqomining aytim yo’llari bo’lib,

bastakor ilmiy izlanishlarining yorqin namunasi bo’la oldi.

XULOSA.

Bozorboy O‘rinovning hayoti va ijodi o‘zbek milliy musiqa san’ati,

xususan, Xorazm maqomlari taraqqiyoti tarixida muhim o‘rin egallaydi. Ustoz -shogird
an’analarini davom ettirib, u nafaqat mavjud merosni saqladi, balki uni boyitdi,
rivojlantirdi va keyingi avlodlarga yetkazdi. Bugungi kunda uning asarlari, notaga
olingan maqomlari, ijrochilik maktabi – bularning barchasi O‘zbekistonda maqom
san’atining yanada rivojlanishiga xizmat qilmoqda.




background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

901

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Ahmad Hamidovich Jabborov. O'zbekiston bastakorlari va musiqashunoslari.
Toshkent ‘‘Yangi asr avlodi” 2004.

2.

Otanazar Matyoqubov. Maqomot. Musiqa nashriyoti Toshkent 2004.

3.

Ro' znomalar:

Xorazm madaniyati va san’ati 2004 -yil iyul; Xorazm

madaniyati san’ati 2004 -yil, avgust

4.

Pirmatova N. FARGʻONA-TOSHKENT MAQOM YOʻLLARI //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 1294-1296.

5.

Pirmatova N. ATOQLI MAQOM IJROCHILARI //Modern Science and Research. –
2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 907-912.

References

Ahmad Hamidovich Jabborov. O'zbekiston bastakorlari va musiqashunoslari. Toshkent ‘‘Yangi asr avlodi” 2004.

Otanazar Matyoqubov. Maqomot. Musiqa nashriyoti Toshkent 2004.

Ro'znomalar: Xorazm madaniyati va san’ati 2004-yil iyul; Xorazm madaniyati san’ati 2004-yil, avgust

Pirmatova N. FARGʻONA-TOSHKENT MAQOM YOʻLLARI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 1294-1296.

Pirmatova N. ATOQLI MAQOM IJROCHILARI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 907-912.