Authors

  • Durdona Narzullayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.108055

Keywords:

San’at maktablari milliy cholg‘u asboblari udi komil ahlu amal yatugan shadirg‘u qo‘lyozma miniatyuralar gushtirlik madaniy marosimlar.

Abstract

Temuriylar davri (XIV–XV asrlar) Markaziy Osiyoda madaniyat va san’atning yuksalishiga zamin yaratgan eng muhim tarixiy bosqichlardan biridir. Amir Temur va uning vorislari — xususan, Mirzo Ulug‘bek — ilm-fan, adabiyot, me’morchilik va tasviriy san’atni davlat siyosatining ajralmas qismi sifatida rivojlantirdilar. Bu davrda Samarqand, Hirot, Buxoro kabi shaharlarda madaniy va ilmiy markazlar shakllandi. Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Mirzo Ulug‘bek kabi buyuk siymolar ilm-fan, san’at va adabiyotda yuksak cho‘qqilarni zabt etdilar. Temuriylar homiyligida qurilgan me’moriy obidalar, yozma manbalar va miniatyura san’ati Sharq Uyg‘onishining yorqin namunasi sifatida e’tirof etiladi. Bu davr madaniy merosi bugungi kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan bo‘lib, o‘zbek xalqining tarixiy va madaniy o‘zligida muhim o‘rin egallaydi. Maqolada temuriylar davrida san’atning o‘rni va rivojlanishi yoritiladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

906

TEMURIYLAR DAVRIDA MADANIYAT VA SAN’AT YUKSALISHI

Narzullayeva Durdona Panji qizi

Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek Milliy musiqa san'ati instituti.

Professional ta'lim fakuleteti. Maqom xonandaligi kafedrasi.

An'anaviy xonandalik bo'limi 2 bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15696660

Annotatsiya. Temuriylar davri (XIV–XV asrlar) Markaziy Osiyoda madaniyat va

san’atning yuksalishiga zamin yaratgan eng muhim tarixiy bosqichlardan biridir. Amir Temur
va uning vorislari — xususan, Mirzo Ulug‘bek — ilm-fan, adabiyot, me’morchilik va tasviriy
san’atni davlat siyosatining ajralmas qismi sifatida rivojlantirdilar. Bu davrda Samarqand,
Hirot, Buxoro kabi shaharlarda madaniy va ilmiy markazlar shakllandi. Alisher Navoiy,
Kamoliddin Behzod, Mirzo Ulug‘bek kabi buyuk siymolar ilm-fan, san’at va adabiyotda yuksak
cho‘qqilarni zabt etdilar. Temuriylar homiyligida qurilgan me’moriy obidalar, yozma manbalar
va miniatyura san’ati Sharq Uyg‘onishining yorqin namunasi sifatida e’tirof etiladi. Bu davr
madaniy merosi bugungi kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan bo‘lib, o‘zbek xalqining tarixiy
va madaniy o‘zligida muhim o‘rin egallaydi. Maqolada temuriylar davrida san’atning o‘rni va
rivojlanishi yoritiladi

Kalit so‘zlar: San’at maktablari, milliy cholg‘u asboblari, udi komil, ahlu amal, yatugan,

shadirg‘u, qo‘lyozma miniatyuralar, gushtirlik, madaniy marosimlar.

Temuriylar davri — o‘zbek xalqi va umuman Markaziy Osiyo tarixida madaniyat va

san’atning yuksalgan, taraqqiyotning yuksak bosqichiga ko‘tarilgan davridir. Temuriylar
hukmronligi davrida Samarqand, Hirot, Buxoro, Shahrisabz kabi shaharlar Sharq
sivilizatsiyasining madaniy, ilmiy va san’at markazlariga aylangan. Ayniqsa, Samarqand “Yer
yuzining ziynati” sifatida tanilgan bo‘lib, bu yerda Qur’on nusxalari, ilmiy risolalar, tarixiy
bitiklar va miniatyura asarlari keng tarqalgan. Me’morchilikda Bibixonim masjidi, Shohi Zinda
majmuasi, Go‘ri Amir maqbarasi kabi obidalar zamonaviy san’atshunoslikda dunyo miqyosida
tan olingan yodgorliklardir. Amir Temur davrida harbiy cholg‘u asboblari qatorida to‘y-
bazmlarda torli, zarbli va puflab chalinadigan musiqa asboblari faol ishlatilgan. Xususan,
Samarqandda o‘z navbatida turk va turk-mo‘g‘ul cholg‘u asboblari keng tarqalgan. XV asr oxiri
va XVI asr boshlarida taniqli sozandalar bu cholg‘ularda kuy ijro etishgan. O‘sha davr tarixiy
manbalarida (Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»sida) Xitoy lyutnyasi – pipa ham kirib
kelgani yozilgan. Bu va boshqa cholg‘u asboblari (yatugan, shadirg‘u) haqida Abdulqodir
Marog‘iy o‘zining «Maqosid al-alhon» («Navolarning maqsadlari») asarida ham to‘xtalib
o‘tgan.

Olimning e’tirofiga ko‘ra, u o‘z asarida o‘sha davrda mashhur bo‘lgan va amaliyotda

keng qo‘llanilgan (ahlu amal) cholg‘u asboblari haqida yozib o‘tgan. Marog‘iy asboblarni to‘rt
qismga bo‘lgan: inson xalqumi (ovozi), puflab chalinadigan, torli va zarbli cholg‘u asboblari. U
cholg‘ular orasida inson ovozini birinchi o‘ringa qo‘ygan. Qolganlaridan udni alohida ajratib
ko‘rsatgan. Marog‘iy to‘rt torli qadimgi va o‘n juft tori bo‘lgan «mukammal ud» (udi komil)
haqida ham ma’lumot bergan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

907

Mustaqillik yillarida yurtimizda tarixni yozma manbalar asosida tadqiq etishga e’tibor

kuchaydi, ajdodlarimiz tomonidan uzoq o‘tmishda yaratilgan madaniy-ma’naviy merosni
o‘rganish va targ‘ib qilish dolzarb masalalar qatoriga qo‘yildi. Ilm-fan, madaniyat rivojiga ulkan
hissa qo‘shgan ajdodlarimizning unutilgan nomlari qayta tiklandi. Mohir sarkarda, davlat arbobi,
ilm-fan, madaniyat homiysi bo‘lgan Amir Temur ana shunday tarixiy shaxslardan biridir. Hazrat
sohibqiron markazlashgan davlatga asos soldi, uni har tomonlama mustahkamlab, rivojlantirib,
shon-shuhratini butun jahonga yoydi, buyuk saltanatning hukmdori sifatida millatlar va halqlarni
birlashtirdi. Uning hukmdorlik yillarida madaniyat, ilm-fan, me’morchilik, tasviriy san’at,
musiqa va she’riyat yuksak cho‘qqiga ko‘tarildi. Bir so‘z bilan aytganda, temuriylar davri
renesansiga asos solindi. O‘zbekiston Respublikasining biinchi prezidenti I.A. Karimov
temuriylar tarixi davlat muzeyining ochilishi marosimida shunday degan edi: «Kimki o‘zbek
nomini, o‘zbek millatining kuch-qudratini, adolatparvarligini, cheksiz imkoniyatlarini, uning
umumbashariyat rivojiga qo‘shgan hissasini, shu asosda kelajakka ishonchini anglamoqchi
bo‘lsa, Amir Temur siymosini eslashi kerak!»

Sohibqiron Amir Temur hazratlari – millatimizning suyangan tog‘laridan biri,

xalqimizning abadiy faxri va g‘ururidir. Ul zot Turonzaminni mo‘g‘ullar istilosi asoratidan ozod
etdi, mamlakat va xalq daxlsizligini, tinchligini va osoyishtaligini, obodlik va farovonlikda
rivojlanishini to‘liq va ishonchli kafolatlay oladigan markazlashgan qudratli davlatni vujudga
keltirdi, uning amru irodasi ostida bu yerda hayot har taraflama gullab-yashnadi. Turonzamin
Amir Temur davrida Buyuk Ipak yo‘lining qaynoq, gavjum, fayzli-barakali go‘shalardan biriga
aylandi. Amir Temur va temuriylar davrida yashagan muarrixlar Sharafiddin Ali Yazdiy,
Nizomiddin Shomiy, Mirxond, Ibn Arabshoh, Muiniddin Nataniy va boshqa qator mualliflarning
aksariyati o‘sha davrda yashaganliklari uchun bo‘lib o‘tgan voqyea va hodisalarni uning bevosita
hamda bilvosita shohidlari sifatida jonli va ishonchli tarzda bayon qilingan. XV – asrda yashagan
taniqli arab tarixnavislari, jumladan: Ibn Xoldun, Ibn Duqmoq, As-Suyutiy, Al-Qalqashandiy,
As-Sahoviy, Bahriddin al-Ayniy, Ibn-Iyos, Ibn Tag‘riberdi, Ibn Hajar al-Asqaloniy, al-Maqriziy
va boshqalar o‘z tarixiy asarlarida Amir Temurga, ayniqsa uning shaxsiga, Iroq, Shomga qilgan
harbiy yurishlari, diplomatik aloqalar haqida ko‘pdan-ko‘p qimmatli ma’lumotlarni keltirilgan.

Temuriylar davri tomosha san’atlari, bayramlari to‘g‘risida ma’lumotlar va

umumlashmalar ko‘plab saqlanib qolgan. Shu ma’noda Zayniddin Vosifiyning “Badoye’ ul-
vaqoye”, Xondamirning “Makorim ul-ahloq”, Zaxiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”,
Xasanxo‘ja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob” kabi asarlari qimmatlidir. Ayniqsa, an’anaviy teatr,
raqs va sirk bo‘yicha ma’lumotlar umumlashma fikrlar va mo‘jaz tadqiqotlar Alisher Navoiyning
butun ijodi bo‘ylab sochilgan. Shuningdek, Abu Nasr Farobiy, Abu Abdulloh Xorazmiy, Abu
Ali ibn Sino, Abdurahmon Jomiy, Darvesh Ali Changiy va boshqalarning musiqa sa’natiga oid
risolalarda raqs ritmi va usullari haqida ma’lumotlar, ilmiy mushohadalar uchraydi. Shuningdek,
o‘tmishda an’anaviy teatr, qo‘g‘irchoqbozlik, raqs, xalq sirki, qo‘shiqchilikning barcha shakllari,
turlari “Tomosha” degan birgina istiloh bilan ifodalangan. Asli arabcha bu so‘z “Qarash, ko‘zdan
kechirish” degan ma’nolarni anglatadi. Ammo Markaziy Osiyo mintaqasida uning ma’no doirasi
juda keng bo‘lib, ko‘pchilikka mo‘ljallangan hamda ko‘ruvchi va tinglovchini quvontiradigan
yoki qayg‘urtiradigan, ba’zan hatto jumbushga soladigan ijrolar, maydon ma’rakalari,
marosimlar bilan bog‘liq namoyishlar va o‘yinlar – barchasi “Tomosha” deb yuritilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

908

Turkiychada “O‘yin” atamasi ham ishlatilgan. Biroq uning qo‘llash doirasi haddan

tashqari juda keng bo‘lib, ermak mashg‘ulotlar, badantarbiya va sportga aloqador sohalarni ham
o‘z ichiga olgan.

Samarqand saltanatini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixoning

yozishicha, Amir Temur “Qaysi bir mamlakatni zabt etgan va bo‘ysuntirgan bo‘lsa, ularning
hammasidan odamlar, Samarqand va uning atrofidagi yerlarga joylashtirdi. Shoh har xil
hunarmadlarni yig‘ishga, ayniqsa, ko‘p harakat qildi”. Ibn Arabshoh, Nizomiddin Shomiy,
Sharafiddin Ali Yazdiy va boshqa olimlar ham shuni qayd etishadi. Misr, Shom, Ro‘m,
Ozarboyjon, Eron, Xorazm, Hindiston va ko‘plab boshqa yurtlardan minglab hunarmandlar
ko‘chirib keltirilgan va hammasi ish bilan ta’minlangan. “Shoh, – deb yozadi Klavixo, – turli
tomondan Samarqandga keltirilgan har xil toifadagi erkak va ayollarning hammasi, aytishlaricha,
bir yuz ellik mingdan oshiq bo‘lgan. Bular orasida turk, arab va boshqa elatlar, arman
xristianlari, yunon katoliklari, nasroniylar, yakobitlar va yuzi bilan o‘tga topinuvchi o‘ziga xos
mashabga ega bo‘lgan kishilar ham bor edi” (Klavixoning “Samarqandga – Amir Temur
saroyiga sayohat kundaligi” asaridan). Olib kelingan xaloyiq hayratlanarli darajada ko‘p ediki,
shaharga, ko‘cha va maydonlarga, qishloqlarga, hatto shahar tashqarisidagi daraxtlar ostiga,
g‘orlarga ham odam sig‘may ketgan edi. Amir Temur ularni bir – biridan ajratmasdan, qavmi va
oilasi bilan birga jamoa – jamoa joylashtirgan, zarur shart – sharoit yaratib bergan, chunki yangi
joyda o‘z hunarlarini yo‘lga qo‘yishlari, mahorat va bilimlarini namoyon qilishlari uchun ular
yotsiramasligi, mahkam o‘rnashib olishlari kerak edi. Amir Temur va temuriylar davlatida turli
bayramlar, sayillar, tomoshalar o‘tkazilib kelinganligi to‘g‘risida ko‘pgina ilmiy ma’lumotlar
bor. Ma’rakalarda har toifa ijrochilar alohida – alohida tarabxona va xosxona san’atkorlarning
aralash guruhlari o‘z mahoratlarini namoyish etishgan bo‘lsa, teatrlashgan sayillar va
namoyishlarda minglab har xil ijrochilar qatnashgan va o‘zaro bellashgan. Amir Temur
Movarounnahrda ilgaritdan mavjud an’analarni davom ettirgan holda, o‘zining har bir
g‘alabasini bayram, to‘y bilan nishonlagan. Har bir aziz mehmonni ziyofat va bazm bilan
siylagan. Oilaviy marosimlarni ham sozanda, xonanda va raqqosu-raqqossalarsiz, umuman
olganda o‘yinchilarning katta-katta guruhlarini jalb etgan xolda o‘tkazishni yoqtirgan. Uning
davrida halq bayramlari juda ham keng ko‘lamda nishonlanganligini tarixiy manbalardan
topishimiz mumkin. Xos bazmlarda maqom kuylari chalingan. Bu kuylarga raqqos va raqqosalar
xirom etgan, masxara va muqallidlar kuldirgan, bayramlarda katta maydon va ma’rakalarga
yarasha tomoshalar ko‘rsatilgan. Maydon tomoshalari orasida ot bilan bajariladigan poyga, uloq
chopish (Ko‘pkari), otdan ag‘darish, chavgon, qaboq o‘yin kabilar, haqqoniy kuch sinovi
hisoblanmish kurash (Gushtirlik), qilich, nayza, gurzi va boshqa jangovar qurol va aslahalar
bilan o‘tadigan bellashuvlar, shuningdek, qo‘chqor, xo‘roz urishtirish kabi qadimiy o‘yin va
musobaqalar yetakchilik qilgan.

Bu davrda tasviriy san’at o‘zining yangi shakllarini topib, fors, mo‘g‘ul va xitoy badiiy

an’analarining sintezi asosida rivojlandi. Ayniqsa, bu davr san’atining yuksak cho‘qqilaridan biri
sifatida kitob san’ati ajralib turadi. Forslarda qadimdan mavjud bo‘lgan kitob san’ati tushunchasi
Temuriylar davrida nafaqat o‘zlashtirildi, balki yanada rivojlantirildi va takomillashdi. Temuriy
hukmdorlari, ayniqsa, Sulton Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy zamonida Hirot san’at maktabi
shakllanib, butun Sharq olamiga mashhur bo‘ldi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

909

Bu davrda qo‘lyozmalar nafaqat matn, balki tasviriy bezaklar orqali ham badiiy ifoda

topdi. Imperiya rassomlari tomonidan yaratilgan ushbu qo‘lyozmalar pergamentdan emas, balki
rasm solishga mo‘ljallangan sifati yuqori qog‘ozda chizilgan. Ular mazmunan diniy, tarixiy,
adabiy va falsafiy asarlarga tayangan bo‘lib, ularning miniatyura bilan bezalishi Temuriylar
badiiy didining yuksakligini ifoda etadi. Bu miniatyuralar ranglarining serjiloligi,
kompozitsiyalarining murakkabligi, detallarni nihoyatda nozik ishlanishi bilan ajralib turadi.

Hirot maktabi rassomlari — jumladan, Kamoliddin Behzod — bu san’atning eng yirik

vakillaridan biridir. Uning asarlari zamonaviy san’atshunoslar tomonidan “Sharq Rafael”i deya
e’tirof etiladi. Metropoliten san’at muzeyi mutaxassisi Suzan Yalman Hirotdagi qo‘lyozma
miniatyura san’atini "fors san’atining belgisi" sifatida atagan. Bu esa Temuriylar davrida fors
estetikasi bilan uzviy aloqalar mavjud bo‘lganini ko‘rsatadi. Biroq Temuriylar san’ati faqat
qo‘lyozmalar bilan cheklanib qolmagan. Ko‘plab Temuriy rassomlari dekorativ devoriy rasmlar
yaratish bilan ham shug‘ullangan. Bu rasmlar masjidlar, madrasalar, saroylar va maqbaralarni
bezashda qo‘llanilgan bo‘lib, ularning mavzulari asosan manzara, hovli hayoti, tabiat tasvirlari,
sarguzashtli voqealar va afsonaviy obrazlar atrofida aylangan. Bu devoriy rasmlar ko‘pincha fors
va xitoy badiiy maktablaridan ilhom olgan, ammo Temuriy rassomlar ularni mahalliy san’at va
did bilan uyg‘unlashtirgan holda noyob milliy uslubni vujudga keltirdilar. Temuriy san’atda
mo‘g‘ulcha tasviriy an’analar ham izsiz yo‘qolmagan. Aksincha, 15-asr Temuriylar san’atidagi
ba’zi inson siymolari, ayniqsa, yuz va ko‘z tuzilmalari, kiyim detallari va tuyg‘u ifodasi aynan
mo‘g‘ul san’atiga xos bo‘lgan tasvirlash uslublarini eslatadi. Bu esa Temuriylar san’atining ko‘p
madaniyatli ildizlarga ega bo‘lganini, lekin ayni vaqtda ularning o‘ziga xos uslubiy ifodasi
shakllanganini ko‘rsatadi. Shu tariqa, Temuriylar davrida yaratilgan qo‘lyozma miniatyuralar va
devoriy rasmlar Sharq tasviriy san’atining eng sara namunalaridan biri hisoblanadi. Ular faqat
estetik emas, balki tarixiy, madaniy va siyosiy ahamiyatga ham ega bo‘lib, bugungi kunda
O‘zbekiston, Eron, Afg‘oniston va boshqa mamlakatlarning muzeylari hamda kutubxonalarida
saqlanmoqda. Bu badiiy meros Temuriylar davrining buyuk madaniy uyg‘onishini aks ettirib,
jahon san’at tarixi rivojiga muhim hissa qo‘shgan.

Mirzo Ulug’bek davrida mashhur bo’lgan xattot va musavvir asli Obivardlik Sulton Ali

Boverdiy miniatyuralari chiziqlarning keskinligi, ranglarning yorqinligi bilan o’ziga xosdir.

Samarqand maktabiga xos bo’lgan 18 ta miniatyura Nizomiyning»hamsa» asariga va

49 ta miniatyura «Shohnoma» asariga ishlangan bo’lib hozir Тurkiya kutubxonasida saqlanadi.

Ulug’bek davrida as-So’fiyning «Siljimas yulduzlar ro’yhati» asariga ishlangan

miniatyuralarda xaritalar qizil va qora doiralar bilan katta va kichik yulduzlarning joylashishi
ko’rsatilgan bo’lib, grafik tarzda rang bermay, qora siyohda chizilgan. Yulduz turkumi oddiy
xalq vakili qiyofasida tasvir etiladi. Sharq miniatyurachiligida oddiy xalq hayoti mavzui
temuriylar davrida paydo bo’lgan. Masalan, «Samarqand masjidini qurish», «Iskandar devorini
bunyod etish», «Ko’chmanchilar turmushi», «Jamshidning oddiy xalqqa hunar o’rgatishi
mavzuidagi miniatyuralar bunga misoldir. Тemuriylar davrida madaniyatning yuksalishi badiiy
hunarmandchilikning turli shakllarida namoyon bo’ldi. Badiiy hunarmandchilik asosan
me’morchilik bilan bog’liq bo’lmay, koshinkorlik kulolchiligi, yog’och va tosh o’ymakorligi
bilan ham bog’liq edi. Qabr toshlariga qisman o’simliksimon, asosan geometrik nazmlarda
xattotlik namunalari bilan so’zlar bitilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

910

Bu yozuvlar chuqur, qusha o’yiqlarida bitilgan. Qabrtoshlar sag’ana yoki suna shaklida

bo’lib, bo’z rangli marmardan, ayrim hollarda o’ta noyob toshlardan tantana idishlar ishlangan.

Yog’och o’ymakorligida Go’ri Amirda, Shohi Zinda, Yassaviy maqbaralari, eshiklari,

shuningdek Xv asrga oid uy ustunlari naqshlar bilan ishlangan. Тemur va Ulug’bek davrlarida
metall o’ymakorligi taraqqiy etadi. Buyum va idishlar oltinsimon bronza, latun, qizil misdan
ishlangan. Naqshlar o’yib, bo’rtma usulda, qimmatbaho toshlar qadalib tayyorlangan. Yassaviy
maqbarasi ulkan-shamdonlar, ayniqsa ikki tonnalik qozon bronza qo’yish san’atining eng yuksak
namunasidir. Amaliy san’atning kulolchilik turi uchun yashil, zangori tusdagi yorqin sir ustiga
sodda o’simliknoma naqshlarni qora bo’yoqlar bilan tushurishga yoki uyurma gullar ishlanishi,
bu davrda paydo bo’lgan oppoq idishlarga sir ustidan kobalt yordamida naqsh berilishi yangilik
edi. Sopol buyumlardagi naqshlar mo’yqalamda chizilgan. Oldingi asrlarda sopol buyumlariga
chiziq naqshlar chizishgan, temuriylar davriga mansub chikkisimon sopol buyumlarda kulol-
rassom turli uslubda och havorangdan to lojuvardga qadar ranglarni qo’llaydi. Тemur va
temuriylar davrining amaliy san’at turlaridan to’qimachilik, gilamdo’zlik, kashtachilik yuksak
san’at darajasiga ko’tarildi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Oqilxon Ibrohimov “Amir temur va temuriylar davri musiqa madaniyati” Toshkent-2023

2.

X. Tashkanbayev “Amir Temur va temuriylar davrida san’at”

https://shosh.uz/amir-

temur-va-temuriylar-davrida-san-at-va-madaniyat/

3.

A.Ibragimov “Тemur va temuriylar davlatida me’morchilik, tasviriy san’at va amaliy

san’at”

https://vaqt.ucoz.com

4.

“Amir

Temur

davri

musiqa

san’atining

o‘ziga

xosligi”

https://society.uz/uz/news/detail/news/1676

5.

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Temuriylar

6.

Pirmatova N. FARGʻONA-TOSHKENT MAQOM YOʻLLARI //Modern Science and

Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 1294-1296.

7.

Pirmatova N. ATOQLI MAQOM IJROCHILARI //Modern Science and Research. –

2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 907-912.

References

Oqilxon Ibrohimov “Amir temur va temuriylar davri musiqa madaniyati” Toshkent-2023

X. Tashkanbayev “Amir Temur va temuriylar davrida san’at” https://shosh.uz/amir-temur-va-temuriylar-davrida-san-at-va-madaniyat/

A.Ibragimov “Тemur va temuriylar davlatida me’morchilik, tasviriy san’at va amaliy san’at” https://vaqt.ucoz.com

“Amir Temur davri musiqa san’atining o‘ziga xosligi” https://society.uz/uz/news/detail/news/1676

Pirmatova N. FARGʻONA-TOSHKENT MAQOM YOʻLLARI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 1294-1296.

Pirmatova N. ATOQLI MAQOM IJROCHILARI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 907-912.