Authors

  • Durdona Narzullayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.108271

Keywords:

soprano maqom tembr opera mushiqashunoslik ijro texnikasi alto.

Abstract

Musiqa inson ruhiyatining eng nozik iplarini chertadigan san’at turi bo‘lib, unda ovoz, tembr va ijro texnikasi hal qiluvchi o‘rin tutadi. Ayniqsa, soprano kabi baland ayol ovozi nafaqat yevropa operalarida, balki o‘zbek mumtoz musiqasida ham o‘ziga xos yuksak maqomga ega. Soprano turli ijro usullari bilan san’atda go‘zallik va badiiy ifoda vositasi sifatida xizmat qiladi. Ushbu maqolada soprano ovoz turi va uning turlari, rus va yevropa operalaridagi roli, shuningdek, o‘zbek an’anaviy maqom san’atidagi xotin-qizlar ijrochiligiga bo‘lgan munosabat, tarixiy taraqqiyot va hozirgi bosqichda erishilgan yutuqlar tahlil qilinadi. Ayol ovozining estetik salohiyati va maqom san’atiga qo‘shgan hissasi zamonaviy musiqashunoslik nuqtai nazaridan yoritiladi.

background image

929

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

MILLIY MUSIQA SAN‘ATIDA AYOL XONANDALARNING OVOZ TURLARI

Narzullayeva Durdona Panji qizi

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek Milliy musiqa san’ati instituti

Professional ta’lim fakuleteti 2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15693039

Annotatsiya

. Musiqa inson ruhiyatining eng nozik iplarini chertadigan san’at turi bo‘lib,

unda ovoz, tembr va ijro texnikasi hal qiluvchi o‘rin tutadi. Ayniqsa, soprano kabi baland ayol
ovozi nafaqat yevropa operalarida, balki o‘zbek mumtoz musiqasida ham o‘ziga xos yuksak
maqomga ega. Soprano turli ijro usullari bilan san’atda go‘zallik va badiiy ifoda vositasi
sifatida xizmat qiladi. Ushbu maqolada soprano ovoz turi va uning turlari, rus va yevropa
operalaridagi roli, shuningdek, o‘zbek an’anaviy maqom san’atidagi xotin-qizlar ijrochiligiga
bo‘lgan munosabat, tarixiy taraqqiyot va hozirgi bosqichda erishilgan yutuqlar tahlil qilinadi.

Ayol ovozining estetik salohiyati va maqom san’atiga qo‘shgan hissasi zamonaviy

musiqashunoslik nuqtai nazaridan yoritiladi.

Kalit so‘zlar:

soprano, maqom, tembr, opera, mushiqashunoslik, ijro texnikasi, alto.

VOICE TYPES OF FEMALE SINGERS IN NATIONAL MUSIC ART

Abstract.

Music is an art form that touches the most delicate strings of the human soul,

where voice, timbre, and performance technique play a crucial role. Especially the high female
voice type, such as soprano, holds a unique and elevated position not only in European operas
but also in Uzbek classical music. Soprano, with its diverse performance techniques, serves as a
means of expressing beauty and artistic emotion in music. This article examines the soprano
voice type and its classifications, its role in Russian and European operas, as well as the
perception and development of female performers in traditional Uzbek maqom art. The aesthetic
potential of the female voice and its contribution to maqom art are analyzed from a modern
musicological perspective.

Keywords:

soprano, maqom, timbre, opera, musicology, performance technique, alto.

ТИПЫ ЖЕНСКИХ ГОЛОСОВ В НАЦИОНАЛЬНОМ МУЗЫКАЛЬНОМ

ИСКУССТВЕ

Аннотация.

Музыка — это искусство, затрагивающее самые тонкие струны

человеческой души, где голос, тембр и техника исполнения играют решающую роль.

Особенно высокий женский голос, такой как сопрано, занимает особое и высокое

положение не только в европейской опере, но и в узбекской классической музыке. Сопрано,
обладая разнообразными способами исполнения, служит средством художественного
выражения красоты и чувств. В данной статье рассматриваются типы голоса сопрано,
его классификации, роль в русской и европейской опере, а также отношение к женскому
вокальному исполнению в традиционном узбекском музыкальном искусстве макам.

Эстетический потенциал женского голоса и его вклад в искусство макам

анализируются с точки зрения современной музыковедческой науки.

Ключевые слова:

сопрано, макам, тембр, опера, музыковедение, техника

исполнения, алто.

O‘zbek musiqa san’ati, ayniqsa maqom ijrochiligi, asrlar davomida xalqimizning estetik

tafakkuri, ma’naviy dunyosi va madaniy an’analarining yorqin ifodasi bo‘lib kelgan. Tarixiy
manbalarda, xususan, Buxoro, Xiva, Qo‘qon, Samarqand kabi qadimiy madaniyat markazlarida
shakllangan maqom maktablarining rivojida asosan erkak xonandalar faol ishtirok etgani qayd


background image

930

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

etilgan. Bu, o‘z navbatida, o‘sha davrdagi ijtimoiy-huquqiy va diniy-me’yoriy qarashlar bilan
chambarchas bog‘liq edi. Ayollarning sahna san’atida faol ishtirok etishi ko‘plab mintaqalarda
cheklangan bo‘lib, ular ijodlarini asosan xonadon doirasida yoki yopiq muhitda davom
ettirishgan. XIX asr va undan oldingi davrda ayol san’atkorlar aksar hollarda ochiq konsert
maydonlarida emas, balki saroylar, ayollarga xos yig‘inlar (masalan, “dugona bazmlari”)da
ishtirok etgan. Ayrim hollarda esa ular mashhur xonandalarning yaqin qarindoshlari bo‘lganligi
sababli ijodiy faollikni uy sharoitida davom ettirishgan. Bu davrda ayollarning rasmiy maqom
ansambllarida ishtiroki haqida aniq ma’lumotlar kam uchraydi. XX asr boshlarida, ayniqsa
1920–1930-yillar oralig‘ida, Sovet hokimiyatining gender tenglik siyosati natijasida san’at
sohasida ham muhim o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ayollarning ijtimoiy hayotga faol jalb qilinishi,
maktab va teatr sahnalarida chiqishlariga imkoniyat yaratildi. Bu jarayon O‘zbekistonda ham o‘z
aksini topdi. 1930-yillarda tashkil etilgan “O‘zbek Davlat Filarmoniyasi” va “O‘zbek Davlat
konservatoriyasi” ayollar uchun musiqiy bilim olish yo‘llarini ochdi. Bu yillarda ilk sahna
faoliyatini boshlagan ayol ijrochilardan biri – Toshkent musiqiy texnikumining ilk bitiruvchilari
safida tanilgan Ra’no Babaxonova edi. Uning nomi sahna vokal ijrochiligi va xalq ashulalari
bilan bog‘liq bo‘lib, bu ayol ovozining rasmiy san’at sahnasiga kirib kelishida muhim qadam edi.

Muqim yo‘nalishning boshlangan pallasi: Yunus Rajabiy va maqom ansamblidir.
O‘zbek an’anaviy ijrochiligi tarixida tub burilish yasagan bosqich – bu XX asrning

ikkinchi yarmidir. Aynan shu davrda akademik Yunus Rajabiy (1897–1976) boshchiligidagi
maqom ansambli tashkil etilib, maqomlarni notaga olish, ularni sahna uchun qayta ishlash va
yosh avlodga o‘rgatish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Rajabiy rahbarligidagi
ansamblda ilk bor ayol ovozining maqom ijrochiligiga rasmiy va badiiy darajada joriy qilinishi
tarixiy voqea sifatida qaraladi.

Ayol xonandalar ovozi musiqiy ijrochilikda o‘ziga xos o‘rin egallagan bo‘lib, ularning

ovoz diapazoni, tembri va ifoda imkoniyatlari san’atda estetik go‘zallik, ruhiy noziklik va hissiy
teranlikni mujassamlashtirishga xizmat qiladi. O‘zbek milliy musiqa san’atida, ayniqsa maqom,
folklor va an’anaviy ashula janrlarida ayol ovozining turi, texnikasi va sahnadagi roli vaqt o‘tishi
bilan takomillashib, o‘ziga xos uslubiy xususiyatlarni shakllantirdi. Bu jarayonda ayol
ijrochilarining ovoz turlari — soprano, mezzo-soprano, alto — an’anaviy va zamonaviy musiqiy
ijroda turlicha namoyon bo‘ladi. Soprano — ayol ovozining eng baland va yorqin turidir. Bu
ovoz turi ko‘pincha lirik, koloraturali yoki dramatik ifodaviylik bilan ajralib turadi. O‘zbek
musiqasida soprano turidagi xonandalar ayniqsa shashmaqom va katta hajmli ashulalarda o‘z
ovoz imkoniyatlarini to‘la namoyon etgan. Masalan, mashhur xonanda Barno Is’hoqova o‘zbek
an’anaviy musiqa maktabida ilk ayol sopranolardan biri bo‘lib tanilgan. U “Bayot”, “Buzruk”
maqomlaridagi murakkab kuy va ohanglarni o‘zining keng diapazonli, tiniq va badiiy yetuk
ovozi bilan ijro etgan. Barno Is’hoqova ijodi orqali ayollar baland ovoz bilan ham maqom
san’atida faol ishtirok eta olishini isbotlagan. Soprano turi ayollar ijrosida ko‘proq emotsional
kuch, latofat, sahnadagi dramatizm bilan bog‘liq. Bu xususiyatlar o‘zbek milliy operasida ham
o‘z aksini topgan. Masalan, Tamara Xudoyberganova tomonidan ijro etilgan “Layli va Majnun”
operasidagi Layli obrazi lirik soprano ovozi orqali, uning ichki kechinmalari, sevgi iztirobi va
ruhiy go‘zalligi bilan ifodalanadi. Soprano o‘zbek ayol obrazlarini samimiy, lekin kuchli va
hayajonli tarzda yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Mezzo-soprano — ayol ovozining o‘rta
balandlikdagi turi bo‘lib, bu turdagi xonandalar ko‘pincha kuchli tembrga ega, ularning ovozida
barqarorlik, og‘irlik va dramatik ifoda ustun bo‘ladi.


background image

931

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

O‘zbek musiqasida mezzo-soprano ovoz turi orqali ko‘plab folklor, lirik ashulalar ijro

etiladi. Bu turdagi ayol ovozlar asosan xalq kuylari va mavsumiy qo‘shiqlarda qulay diapazon
bilan tinglovchining qalbiga yetib boradi.

Munojot Yo‘lchiyeva — mezzo-soprano ovozga ega bo‘lgan o‘zbek san’atining yirik

vakillaridan biridir. U ijro etgan “Sarviqomat dilbarim” yoki “Guliston” kabi ashulalar ovozining
tembriy boyligi, yurakdan chiqishi va dramatik kuchi bilan ajralib turadi. Uning ovozi
maqomning og‘ir va falsafiy jihatlarini tinglovchiga aniq etkazadi, shu bois u faqat xonanda
emas, balki ruhiy ma’rifat targ‘ibotchisi sifatida ham qadrlanadi.

Alto — ayol ovozining eng past va qalin turi bo‘lib, u o‘zbek an’anaviy musiqasida

nisbatan kamroq uchraydi, biroq o‘ziga xos chuqur, yurakdan chiqadigan tembrga ega bo‘lgan
ayollar aynan shu ovoz turi orqali milliy musiqada alohida ohangdorlik yaratgan. Alto ovozi,
ayniqsa, zamonaviy o‘zbek estradasida, mumtoz va lirik ashulalarda keng tarqalgan. Bu
ovozning o‘ziga xosligi shundaki, u kuyga chuqur tus beradi, ruhiy ta’sir doirasini kengaytiradi.

Alto ovoziga ega bo‘lgan xonandalar orasida Yulduz Usmonovaning ilk yillaridagi ijodini

misol keltirish mumkin. Uning ovozi past tembrda bo‘lsa-da, undagi kuch, hayajon va
emotsional ifoda kombinatsiyasi sahnadagi obrazlarni jonlantirishga xizmat qilgan. Xususan,
“Qo‘shgin guli” singari kuylarda uning ovozi yurakka yaqin, dardli, ammo baquvvat ohangda
yangraydi.

O‘zbek milliy musiqasida ayol ovozlarining shakllanishi va rivoji XX asrning ikkinchi

yarmidan boshlab tezlashdi. Dastlab, ayollar faqat xonadon yoki yopiq muhitlarda qo‘shiq
kuylashgan, biroq 1930-yillardan keyin ayollar davlat ansambllarida ishtirok etib, professional
sahnaga chiqa boshladilar. Bu jarayonda Muqaddas Xoliqova, Halima Nosirova, Komila
Fattohova kabi ayollar o‘zbek musiqa san’atining rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan. Ayniqsa
Halima Nosirovaning lirika bilan to‘yingan ovozi XX asr o‘zbek vokal maktabining
rivojlanishiga xizmat qilgan.

Bugungi kunda ham o‘zbek musiqa san’atida ayol ovoz turlarining tahlili, ularning

sahnadagi roli dolzarb mavzulardan biridir. Talabalar, xonandalar va tadqiqotchilar soprano,
mezzo-soprano va alto turlarini aniqlash, o‘rganish va ularning musiqiy asarlar bilan uyg‘unligini
tahlil qilish orqali ijroning badiiy darajasini oshirmoqdalar. Masalan, Toshkent davlat
konservatoriyasi va Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbekiston Milliy musiqa san’ati instituti qoshida
tashkil etilgan maqom ansambllarida ayol xonandalar ovozi to‘liq aniqlanib, ovozga mos asarlar
bilan repertuar shakllantiriladi. Ayol ovozining go‘zalligi nafaqat texnik salohiyatda, balki uning
ifoda kuchida, his-tuyg‘ularni tinglovchiga yetkazish qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Har bir ovoz
turi — soprano, mezzo-soprano, alto — o‘ziga xos bo‘lib, ularning har biri ayol ijodkorligining
boshqa qirrasini ochadi. Baland soprano latofat va badiiy kuchni, mezzo-soprano chuqur
dramatizmni, alto esa dard va ifoda barqarorligini ifodalaydi.

Ayniqsa, Barno Is’hoqova (1936–2007) ushbu ansamblda faoliyat boshlagan ilk

ayollardan biri bo‘lib, erkak xonandalar maktabining nozik sir-asrorlarini o‘zlashtirgan holda
o‘zbek maqom ijrochiligiga yangi ovoz timsolini olib kirdi. Barno Is’hoqova – ayollar
xonandaligining yetuk vakilidir. Barno Is’hoqova o‘zining yorqin tembrli soprano ovozi,
ohangdorlikka boy intonatsiyasi va badiiy his-tuyg‘ularni chuqur ifodalay olish qobiliyati bilan
tez orada o‘zbek musiqa olamida katta obro‘ qozondi. U Yunus Rajabiydan saboq olib,
“Shashmaqom”, “Katta ashula”, “Tanovar”, “Ushshoq” kabi yirik maqom yo‘llarini mukammal
egalladi. Uning ijrosidagi “Bayot”, “Rost”, “Segoh” maqomlari bugungi kunda ham maqom
ixlosmandlari tomonidan yuksak e’tirof etiladi.


background image

932

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Barno Is’hoqova 1970–1980-yillarda Toshkent Davlat konservatoriyasi huzuridagi

maxsus ijodiy kurslarda yosh xonandalar tayyorlab, ayollar orasida maqom ijrochiligi
maktabining shakllanishiga asos soldi. Ustoz sifatida ham bir qator shogirdlarni tarbiyaladi,
ularning orasida Dilbar Abdurahmonova, Surayyo Yo‘ldosheva kabi ijodkorlar yetishib chiqdi.

Bugungi kunga kelib, o‘zbek an’anaviy ijrochiligida ayol ovozi mustahkam o‘rin

egallagan. Davlat darajasidagi festivallar, xalqaro konsertlar, ilmiy anjumanlar va turli san’at
maktablarida ayol ijrochilarning faolligi ortib bormoqda. Bunga misol tariqasida Munojot
Yo‘lchiyeva, Sevara Nazarkhon, Zamira Ibrohimova, Gulbahor Qosimova kabi xonandalarni
tilga olish mumkin. Ayniqsa, Munojot Yo‘lchiyeva (1958-yilda tug‘ilgan) o‘zining nozik va sof
lirik sopranosi, chuqur maqom bilimlari bilan nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro miqyosda
ham katta shuhrat qozondi. Uning ijrosida maqomlar zamonaviy san’atga uyg‘un holda yuksak
badiiy saviyada namoyon bo‘lmoqda. O‘zbek an’anaviy musiqasida ayol ovozining tarixiy
shakllanishi uzoq va murakkab jarayon bo‘lgan. Ijtimoiy cheklovlardan boshlab, sahnaga
chiqishgacha bo‘lgan yo‘l – bu ijtimoiy, siyosiy va madaniy omillarning o‘zaro ta’siri natijasidir.

Bugungi kunda ayol maqom xonandalari faqatgina ijrochi emas, balki o‘z san’ati bilan

o‘zbek musiqasining jahon miqyosidagi obro‘sini oshiruvchi targ‘ibotchilarga aylangan. Bu esa,
albatta, Yunus Rajabiy, Barno Is’hoqova kabi buyuk san’atkorlarning o‘z vaqtida boshlab bergan
fidokorona faoliyatining bevosita samarasidir.

Soprano — ayol ovozining eng baland va ulug‘vor turlaridan biri bo‘lib, uning yorqin va

tiniq ohangi musiqiy asarlarning ruhiy kechinmalarini, obrazlar ichidagi his-tuyg‘ularni eng
nozik tafsilotlarigacha ifodalashga imkon yaratadi. Klassik operaning oltin davri — XVIII–XIX
asrlarda balki ilgariroqdan boshlab, soprano ovozi ilm-fan va ijro tajribasining markaziy
jihatlaridan biriga aylangan. Ushbu ovoz turi madaniyatlararo, dramaturgik va psixoakustik
jihatlarni o‘zida mujassamlashtirib, kompozitorlar tomonidan maxsus vokal partiyalar
yaratilishiga sabab bo‘lib keladi.

Soprano tovush turining asosiy tasnifi ichida koloraturali soprano va lirik soprano turlari

alohida o‘rin tutadi. Koloraturali soprano ayniqsa tez, murakkab ornamentatsiyalarni — runs,
trills hamda leaps kabi texnik usullarni bemalol bajarishga qodir bo‘ladi. Bu ovoz turi bir
vaqtning o‘zida baland registrga chiqishi hamda nafosatli, „olyovka“ singari tiniq ohangni
saqlashi bilan ajralib turadi . Koloraturali soprano ikki asosiy yo‘nalishga ega: og‘ir va dramatik
ovozlar yo‘nalishi hamda iliq, yengil vokal imkoniyatlari tomon yo‘naltirilgan lirik koloratura.

Bunday bo‘lib ajralish vokal fiziologiyasi, texnik murakkabligi va repertuar talablariga

bog‘liq boʻlib, dastlabgi tartib Barok davrda shakllangan .

Lirik soprano esa ovoz doirasida (odatda C₄ dan D₆ gacha) yumshoq, taralgan ohang va

boy melodik oqim bilan ifoda topadi. Ushbu turdagi soprano baribir baland registrdan
foydalanadi, ammo u yerda dramatik kuch emas, balki lirizm, hissiyotning nozik bo‘shliqlari
orqali qayta yaratilgan estetik kechinmalar ustunlik qiladi . Rus musiqa madaniyatida soprano
ovozining maksimal imkoniyatlari kompozitorlar tomonidan sermahsul ishlatilgan. Masalan,
Nikolay Rimsky-Korsakovning “Snegurochka” (o‘zbek tilida “Qorqiz”) operasidagi asosiy
Snegurochka roli koloraturali soprano uchun maxsus moslashtirilgan. Ushbu rolda yozilgan
murakkab triller va yukori octavaga chiqishlar soprano ovozining texnik yuksalishini va
dramatik ifodaviyligini eng to‘liq namoyon etadi. Snegurochka ariyasining asosiy diapazoni
E₄-B₅ oralig‘ida bo‘lib, bu koloraturali soprano uchun unchalik almashmas bo‘lmagan texnik
talablarni o‘z ichiga oladi. Ushbu partiya ijrochilarni nafaqat vokal texnikasini, balki sahnadagi
obraz yaratuvchi psixologik murakkablikni ham namoyon etishga undaydi.


background image

933

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Shuningdek, Rimsky-Korsakovning “Shah Saltan haqidagi ertak” asaridagi Oqqush

Malika va “Oltin xo‘rozcha” asaridagi Shamoha kabi koloraturali partiyalar ham soprano
ovozining estetik salohiyatini ko‘rsatadi. Ushbu rollar ham koloraturali ornamentatsiya, yuqori
octava registri va sahnadagi nozik karakteristikalarni talqin qilish talablariga asoslangan. Rus va
boshqa yevropa bastakorlarining repertuarida koloraturali soprano sifatida taniqli bo‘lgan
Amelita Galli-Curci misolida bu turdagi ovozning tarixiy obrazlari yana bir bor yoritiladi.

Galli-Curci (1882–1963) Italiyalik bo‘lib, liric coloratura soprano kategoriyasida katta

muvaffaqiyatlarga erishgan. Uning ovozi baland registrda ham boy va silliq ohang egasi bo‘lib,
yozma va sahna ijrosida o‘ziga xos ajralib turadi. Lirik soprano esa kompozitorlarning ichki
emotsiyalarni, ruhiy kechinmalarni ifodalashda keng qo‘llanadi. P.I. Chaykovskiyning “Yevgeniy
Onegin” operasidagi Tatyana roli bu turning eng mashhur namunalaridan biridir. Ushbu
partiyaning markazi, ayniqsa “Letter Scene” deb nomlanuvchi sahnasi, sopranoning lirizm, ichki
dramatizm va psixologik estiqlobini yorqin ifoda etadi. Ushbu epizod yakuniga qadar soprano
baland notalarda yurgan holda dramani maksimal darajada berkitadi . Tatyana rolining ijrosi
yevropa klassik vokal maktabining sifat belgisiga aylangan.

Shuningdek, Anton Rubinshteynning “Demon” operasidagi Tamara roli ham lirik soprano

uchun yaratilgan bo‘lib, unda ruhiy dramatizm va baland registrdagi lirizm uyg‘unlashadi.

Tamara partiyasi vokal nuance, orkestr bilan emotsional dialog va dramaturgik rangga

boy bo‘lib, bu turdagi ovozning jahon vokal san’atidagi o‘rni hajmli namoyon etadi. Koloraturali
va lirik soprano turlarining texnik farqlari shundayki, koloraturali sopranolar yuqori registr va
ornamentatsiyalarda yuqori tezlik va ekvilibriyani talab qiladi; runs, trills, leaps texnikasini aniq
va tiniq bajaradi Lirik soprano esa emajolli, melodik liroda ruhiy bo‘shliqlarni ochadi, unda
balandlik emas, balki ohangning ta’sirlari kengayib ketadi . Sahnadagi dramaturgiyada soprano
ovozi o‘ziga xos obraz yaratuvchi unsurlardan biri hisoblanadi. Rang-barang portretlardagi
soprano qahramonlar qahramonlik, nafosat, muhabbat, ichki kurash kabi tematikalarni
ifodalaydi. Belgilardan biri — Tatyana, boshqasi — koloraturali soprano roli orqali sahnadagi
mavqe, inson ma’naviyati va nozik psixologiyani aks ettiradi. Overlookdan ko‘tarilgan bu
obrazlar dramaturgik sinfatikay ajoyib storytellingga asoslanadi.

Bu turdagi ovozlarning alohida sahna vazifalarini amalga oshirishligi sababli

kompozitorlar tomonidan maxsus vokal partiyalar yozilgan. Masalan, Rimsky-Korsakov
“Snegurochka” uchun ham, “Oltin xo‘rozcha” uchun ham koloraturali soprano partiyalar
yaratgan; bu rollarda tezlik, yuqori balandlik, ornamentatsiya bilan birga obrazdagi psixologiya
aniqligi talab qilingan. Chaykovskiy va Rubinshteyn esa lirik soprano imkoniyatlarini
ma’naviyinyuqlash, ichki dramatizmni ochishda ishlatganlar. Kelajak vokal san’ati uchun
soprano ovozi ahamiyatini psixoakustik tahlil orqali ham o‘rganish mumkin. Koloraturali
soprano — runslardagi yuqori tezlik, trilling bilan eshituvchida eksitator emotsiyalarni
uyg‘otadi, bu esa ehtiros, hayajon hissini kuchaytiradi. Lirik soprano esa ohanglarning
tarqalganligi va linnchilik unumlari orqali eshituvchining chuqur hissiyotlariga murojaat qiladi.

O‘zbek milliy musiqa san’atida ayol xonandalar ovozining turlari — soprano, mezzo-

soprano va alto — san’atimizning rang-barangligini va ijrochilik uslublarining boyligini aks
ettiradi. Har bir ovoz turi o‘ziga xos tembr, diapazon va ifodaviy imkoniyatlarga ega bo‘lib, bu
turli janrlardagi — maqom, folklor, opera va zamonaviy estrada asarlarida ayol obrazlarini
yorqin namoyon etishga xizmat qiladi. Ayniqsa soprano ovozi balandligi, tiniqligi va emotsional
kuchi bilan ajralib turadi. O‘zbek musiqasida bu ovoz turi orqali Barno Is’hoqova, Halima
Nosirova, Tamara Xudoyberganova kabi san’atkorlar o‘z davrida muhim iz qoldirganlar.


background image

934

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 6

Mezzo-soprano ovoz esa barqarorlik, dramatizm va chuqur his-tuyg‘ularni ifodalashda

keng qo‘llaniladi; Munojot Yo‘lchiyevaning ijodi bunga yorqin misoldir. Alto ovozi nisbatan past
va chuqur bo‘lishi bilan ajralib turadi, bu turdagi ayollar ijrosi dardli va yurakka yaqin
ohanglarni etkazishda muhim rol o‘ynaydi.

Ayol ovozlarining bunday boyligi o‘zbek musiqasining estetik tafakkuri, madaniy

yuksalishi va badiiy didini shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilgan. Shu bois, ayol
xonandalar ijodi va ularning ovoz turlari zamonaviy musiqashunoslik tadqiqotlarida muhim
ilmiy-ijodiy yo‘nalish sifatida dolzarb bo‘lib qolmoqda.

REFERENCES

1.

An’anaviy xonandalik” Abduraim Tursunov Termiz 2019

2.

“Milliy musiqa ijrochiligi masalalari” Fattohon Mamadaliyev, Toshkent 2001

3.

“Ansambl ijrochiligi uslubiyoti” Sh.Matyakubov Toshkent 2022

4.

Vokal

E.Rahimov.

https://ziyouz.com/books/kollej_va_otm_darsliklari/sanat

5.

Xotin-qizlarning

eng

baland

ovozi

qanday

ataladi?

https://uzpedia.uz/pedia/xotinqizlarning_eng_baland_ovozi_qanday_ataladi

6.

Pirmatova N. FARGʻONA-TOSHKENT MAQOM YOʻLLARI //Modern Science and

Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 1294-1296.

7.

Pirmatova N. ATOQLI MAQOM IJROCHILARI //Modern Science and Research. – 2024.

– Т. 3. – №. 12. – С. 907-912.


References

An’anaviy xonandalik” Abduraim Tursunov Termiz 2019

“Milliy musiqa ijrochiligi masalalari” Fattohon Mamadaliyev, Toshkent 2001

“Ansambl ijrochiligi uslubiyoti” Sh.Matyakubov Toshkent 2022

Xotin-qizlarning eng baland ovozi qanday ataladi? https://uzpedia.uz/pedia/xotinqizlarning_eng_baland_ovozi_qanday_ataladi

Pirmatova N. FARGʻONA-TOSHKENT MAQOM YOʻLLARI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 1294-1296.

Pirmatova N. ATOQLI MAQOM IJROCHILARI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 907-912.