ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
902
MAQOM XONANDALIK IJROCHILIGI: TA'LIMOTDAGI ASOSIY AMALIY VA
NAZARIY MUAMMOLAR
Narzullayeva Durdona Panji qizi
Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek Milliy musiqa san'ati instituti.
An'anaviy xonandalik bo'limi 2 bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15696602
Annotatsiya. Maqom ijrochiligi o'zining tarixiy va madaniy merosi bilan ajralib
turadigan bebaho san'at turidir. Ushbu maqolada maqom ijrochiligida yuzaga kelayotgan
muammolar, amaliyotda mavjud bo'lgan kamchiliklar va ularning bartaraf etish yo'llari tahlil
qilinadi. Maqomning tarkibi, usuli, parda tizimi, uslub va cholg'u asboblarining muhim
ahamiyati ko'rib chiqiladi. Shuningdek, maqom ijrochisining yuqori malaka, bilim va tajriba
talab etilishi, hamda amaliyotda o'ziga xos jihatlarni rivojlantirish muhimligi ta'kidlanadi.
Kalit so`zlar: maqom ijrochiligi, musiqiy bilim, nazariya, ta’limot, parda tizimi, ijrochi,
amaliyot, cholg'u, ilmiy asos.
Abstract. Maqom performance is an invaluable art form that preserves all its aspects in
modern practice. This article analyzes the issues arising in maqom performance, the
shortcomings present in the practice, and suggests ways to overcome them. The article discusses
the importance of the maqom structure, method, tonal system, style, and the musical instruments
used in the performance. Furthermore, it highlights the need for maqom performers to possess
high-level skills, knowledge, and experience, as well as the importance of developing distinctive
aspects within practice.
Keywords: maqom performance, musical knowledge, theory, education, tonal system,
performer, practice, musical instruments, scientific basis.
KIRISH
Musiqa ijrochiligi va uning xalk musiqasi va janrlari asosidagi rivojlanish jarayoni uzoq
tarixga ega. Ijro an’analari va yo‘llari ijrochilik amaliyoti orqali kengayib, boyib bormoqda. Bu
jarayon ko‘pincha og‘zaki tarzda avloddan-avlodga o‘tib kelgan bo‘lib, asosan “ustoz-shogird”
an’analari orqali amalga oshirilgan. Musiqa va mаqom ijrochiligi talimi, asosan, o‘zbek ustoz-
shogirdlik tizimi orqali bizgacha yetib kelgan. Shuningdek, adabiyotlarda ushbu an’ananing
rivojlanishi haqida ko‘plab mulohazalar mavjud.
Musiqa san’ati turli janrlar, shakllar va uslublar orqali milliy madaniyatning ajralmas bir
qismiga aylanib, ajib badiiy ko‘lamni yaratgan. Bu yerda ijrochilik, ayniqsa, an’anaviy musiqa
va maqom san’ati o‘zining tarixiy va estetik ahamiyatini saqlab qolgan. Musiqa san’atida,
boshqa sohalar kabi, ijrochilikni o‘rgatish tizimi alohida o‘rin tutadi. Ustoz-shogirdlik an’anasiga
asoslanib, mahoratni o‘rganish, tajriba almashish va san’atni avloddan-avlodga o‘tkazish
jarayoni bugungi kunda ham davom etmoqda. Bu jarayonning hozirgi zamon talablari bilan
uyg‘unlashishi zarur, bunda zamonaviy pedagogik metodlarni qo‘llash orqali yangi avlodga
maqom san’atini o‘rgatish masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Shu sababli musiqa ta’limi
tizimida o‘zgarishlar va yangilanishlar zarurati kun tartibiga chiqqan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan maqom san’atini takomillashtirishga
qaratilgan bir qator qarorlar va farmonlar, an’anaviy ijro uslublarini zamonaviylashtirishga va
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
903
yangi ijodiy yo‘nalishlar yaratishga qaratilgan dasturlar sohada yangicha yondashuvni
shakllantirdi. Bularning natijasida, mumtoz musiqa rivoji uchun yangi imkoniyatlar
yaratilmoqda.
Davlatning “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da esa,
yosh avlodni zamon talablariga javob beradigan yetuk mutaxassislar sifatida tarbiyalashga
alohida e’tibor qaratilgan. Bu yo‘nalishda barcha zarur sharoitlar va imkoniyatlar ta’lim tizimida
mavjud.
An’anaviy xonandalikni kasb qilib olish maqsadida har bir cholg‘u ijrochisi, avvalo,
ustozning yo‘lini tutib, uning tajribasidan foydalanishga harakat qilgan. Bu amaliyot albatta
o‘ziga xos qoidalarga ega bo‘lib, xalqimiz tomonidan qadrlanib kelgan. Aytish mumkinki, qadim
zamonlarda musiqiy qobiliyati va san’atga qiziqishi bo‘lmagan odamlar bu sohani o‘rganishga
intilmagan. Biroq, qobiliyatli odamlar esa ustozlariga mehr-muhabbat bilan yondashib, barcha
qiyinchiliklarga bardosh berib, sohaga oid bilim va mahoratni o‘zlashtirishga intilganlar.
Xonandalikning muhim jihatlaridan biri ham aynan shundadir.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Dunyodagi barcha xalqlar singari, o‘zbek xalqi ham
o‘zining o‘zigа xos milliy qadriyatlari va shu bilan birga, o‘tgan asrlar davomida shakllanib
rivojlanib kelgan ma’naviy, musiqiy va adabiy merosiga ega. O‘zbek musiqa merosining har
tomonlama mukammalligi va ma’naviy boyligi keng jamoatchilikka ayon. Milliy meros har
doim asrlardan-asrlarga o‘tar ekan, u avlodlar o‘rtasida og‘zaki tarzda, ya’ni yozma manbalardan
avval og‘zaki an’analarga asoslanib, o‘zining ma’naviy rivojini davom ettirib kelgan. Bu jarayon
xalqimizning madaniyati va musiqa san’ati sohasidagi amaliyotning rivojlanishiga katta hissa
qo‘shgan.
Milliy qadriyatlar, vaqt o‘tishi bilan, zamon talablari va urf-odatlarning evolyutsiyasi
bilan moslashib, an’anaga aylanishi davom etmoqda. Musiqa merosimizning shakllanishida xalq
an’analari katta ahamiyat kasb etgan. Ularning mavjudligi musiqaning o‘ziga xos xususiyatlarini,
jozibasini saqlab qolish va yangi avlodlarga etkazish jarayonida juda muhimdir. Har bir an’ana,
o‘zining mazmuni va shakli bilan bir-birini to‘ldiruvchi xususiyatga ega bo‘lib, musiqaning
rivojlanishida alohida o‘rin tutadi.
Musiqiy ta’limning asosiy tamoyillaridan biri bu – “ustoz-shogird” tizimi. Bu an’ana
qadimdan boshlab, musiqiy bilimlarni avloddan-avlodga o‘rgatishda eng samarali metod sifatida
tanilgan. Ustoz o‘zining san’atini shogirdlarga nafaqat musiqaning texnik jihatlari, balki uning
chuqur ma’naviy va estetik qirralarini ham o‘rgatadi. Bu usul, musiqiy ijro uslublari va maqom
san’atining o‘rgatish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, musiqaning nafaqat texnik
tomonlarini o‘rganish, balki badiiy talqin, janr va uslubni ham o‘zlashtirish talab etiladi.
Bugungi kunda, musiqa ta’limi faqat san’atning texnik jihatlarini o‘zlashtirish bilan
cheklanmaydi, balki u zamonaviy pedagogik uslublar bilan boyitilishi zarur. An’anaviy
metodlarni zamonaviy o‘qitish texnologiyalari bilan uyg‘unlashtirish, musiqiy ta’lim
o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarlik va ijodiy salohiyatini oshirish zarurati tobora ahamiyat
kasb etmoqda. Musiqa ta’limi tizimini yangilash, o‘quv jarayonida mustahkam nazariy asoslarni
yaratish va amaliy mashg‘ulotlarni kengaytirish, kelajakda yosh avlodni ilmiy va badiiy jihatdan
rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Bu borada, musiqa ta’limining sifatini oshirish va zamonaviy
pedagogik yondashuvlarni qo‘llash zarur.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
904
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Maqom san’ati kabi murakkab va boy musiqiy
janrni yangi avlodga o‘rgatish, o‘ziga xos pedagogik qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Ijro
uslublari va musiqiy bilimlarni nazariy jihatdan shakllantirish, shogirdni faqat musiqani ijro
etishga, balki uning tuzilishini, ruhini va mazmunini to‘g‘ri talqin qilishga o‘rgatish zarur. O‘quv
jarayonida an’anaviy metodlar — o‘rganish, kuzatish, yirik ustozlardan mashq qilish, amaliyotlar
o‘tkazish orqali o‘zlashtiriladi. Ammo, bu boradagi pedagogik yondashuvni yangilash va
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish zarur. Musiqa ta’limi tizimi zamon talablariga
mos bo‘lishi lozim, shuning uchun zamonaviy pedagogik usullar va texnologiyalarni qo‘llash
o‘qitish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.
Zamonaviy musiqa o‘qituvchisi yuqori darajada ijodiy salohiyatga ega bo‘lishi lozim.
Musiqiy kompyuter texnologiyalarining tez rivojlanishi, musiqa pedagogikasiga
integratsiya qilinishi va yangi metodologiyalarning qo‘llanishi o‘qituvchilarning kasbiy
tayyorgarligini kuchaytiradi. O‘quvchilarga zamonaviy musiqa vositalaridan samarali
foydalanishni o‘rgatish, ularni ijodiy fikrlashga undash va yangi musiqiy shakllarni yaratish katta
ahamiyatga ega.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Maqom san’ati o‘zining tarixiy ahamiyatiga ega
bo‘lib, ko‘plab asrlar davomida shakllangan va badiiy yuqori darajaga yetgan. Shunday bo‘lsa-
da, zamonaviy ijrochilikda maqomni o‘rgatishda yangi usullarni qo‘llash zarur. Ushbu jarayonda
san’atning an’anaviy shakllarini saqlab qolish, lekin ularga zamon talablari va texnologik
imkoniyatlar bilan boyitish muhimdir. Bundan tashqari, maqom san’ati ustozlari yosh
shogirdlarni faqat musiqiy texnikaga o‘rgatibgina qolmasdan, balki ularning estetik didini
rivojlantirish, xalq musiqasining falsafasini, ma’naviy va estetik jihatlarini anglatishlariga ham
alohida e’tibor qaratishlari lozim. Shogirdlar musiqa ijodining sirlari bilan tanishib, ijodiy
mustaqillikka erishishga intilishlari kerak.
Zamonaviy musiqa ta’limi o‘qituvchilarining eng muhim xususiyatlaridan biri bu
pedagogik kompetensiyadir. O‘qituvchining nafaqat musiqa bilimlari, balki pedagogik mahorati,
yosh avlodni ma’naviy va estetik jihatdan shakllantirish qobiliyati ham muhim ahamiyatga ega.
Har bir musiqa ta’limi o‘qituvchisi, ayniqsa maqom san’ati kabi murakkab va o‘ziga xos
san’atni o‘rgatish uchun innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqishi kerak.
Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilari nafaqat musiqa nazariyasini, balki ijro san’ati va uning
badiiy talqinlarini ham o‘zlashtirishi zarur. Ular musiqa san’atining nafaqat texnik, balki hissiy
va estetik tomonlarini o‘rgatib, shogirdlarni har tomonlama rivojlantirishlari lozim. Shuningdek,
o‘quv jarayonida texnologiyalardan samarali foydalanish, musiqa mashqlarini diversifikatsiya
qilish, jamoaviy ijroni rivojlantirish kabi jihatlar alohida ahamiyatga ega.
Musiqa ta’limi tizimini takomillashtirish, o‘quvchilarga zamonaviy musiqiy vositalarni
o‘rgatish, pedagogik metodlarni zamon talablari asosida yangilash orqali musiqa ta’limining
sifatini oshirish mumkin. Bu esa yangi avlodni yuqori darajada tayyorlash va musiqiy san’atlarga
bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish uchun zaruriy sharoitlar yaratadi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Cholg‘u ijrochiligi va ta’limi, ayniqsa maqom san’ati,
o‘zining murakkabligi va nozikligini hisobga olgan holda, nafaqat musiqa, balki ma’naviy va
madaniy tarbiya jarayoni sifatida qaraladi. An’anaviy “ustoz-shogird” tizimi, zamonaviy
pedagogik yondashuvlar bilan birga, maqomni yangi avlodga o‘rgatish jarayonida muhim rol
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
905
o‘ynaydi. Bu tizim musiqiy ijodning nafaqat texnik jihatlarini, balki uning estetik va ma’naviy
qirralarini ham yetkazish imkonini beradi.
Ta’lim jarayonini takomillashtirish, musiqa san’ati va ijrochilik uslublarini zamon
talablariga mos ravishda yangilash orqali, maqom san’ati o‘zining tarixiy ahamiyatini saqlab
qolgan holda, kelajak avlodlarga yetkazilishi mumkin. Shuningdek, bo‘lajak musiqa ta’limi
o‘qituvchilarini kasbiy tayyorgarlikda yuqori darajadagi pedagogik mahorat va innovatsion
metodlar asosida o‘quv jarayonini yanada samarali qilish talab etiladi. Buning uchun zamonaviy
texnologiyalar va pedagogik uslublardan samarali foydalanish zarur.
So‘nggi yillarda musiqa sohasidagi o‘zgarishlar va yangilanishlar, xususan maqom
yo‘nalishidagi yangiliklar o‘z ifodasini topmoqda. O‘zbek milliy maqomlarining jahon
musiqasidagi o‘rni kengayib, ular o‘zining boy musiqiy an’analari va qadriyatlarini dunyo
miqyosida yanada chuqurroq namoyon qilishi kutilmoqda. Bizning asosiy maqsadimiz
maqomlarning tarixiy, madaniy va musiqa ahamiyatini yaxshiroq tushunish, shuningdek, ularni
global musiqa maydonida kengroq tanitishdir. Bu esa nafaqat o‘zbek musiqiy merosining, balki
butun dunyo musiqiy madaniyatining rivojiga sezilarli hissa qo‘shadi.
Shu bilan birga, poytaxtimizda O‘zbek milliy maqom san’ati markazining tashkil etilishi
musiqiy hayotimizda muhim voqea bo‘ldi. 2021 yil sentabr oyida Yunus Rajabiy nomidagi
O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti o‘z faoliyatini boshladi. Mazkur institut maqomlarni
o‘rganish, tadqiq qilish va yosh avlodga o‘rgatish borasida yangi yutuqlarni qo‘lga kiritishda
muhim rol o‘ynamoqda. Institutning faoliyati, maqom san’atini yanada rivojlantirish va jahon
musiqasida o‘z o‘rnini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Fitrat A. O‘zbek klassik musiqasi va uning ta'rixi. - Tos’hkent: Fan, 1993
2.
Matyoqubov O. Maqomot T.,2004
3.
Matyoqubov O.,Boltayev R.,Aminov H. O‘zbek notasi(Xorazm tanbur chizig'i asosida
Dutor maqomi namunalari) T.,2009
4.
R.Qosimov - An’anaviy rubob ijrochiligi O‘zbekiston 2000.
5.
Rajabov I. Maqomlar masalasiga doir. Toshkent, 1963
6.
Rajabov Y. Shashmaqom, (I-VI); O‘bek xalq muzikasi.(I-V) Tos’hkent. 1965
7.
Yunusov R. O‘zbek xalq musiqa ijodi II-qism. T., 2000
8.
Yunusov R. S’harq xalqlari maqomlari T.,2022
9.
Pirmatova N. FARGʻONA-TOSHKENT MAQOM YOʻLLARI //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 1294-1296.
10.
Pirmatova N. ATOQLI MAQOM IJROCHILARI //Modern Science and Research. –
2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 907-912.
