Authors

  • N.B. Zokirova
  • D.I. Muhammadaliyeva
  • S.E. Tillayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.136038

Keywords:

alveola surfaktant pnevmotsit gaz almashinuvi respirator distress sindromi fibroz alveolit emfizema.

Abstract

Mazkur maqolada o‘pka alveolalarining gistologik tuzilishi va ularning asosiy komponenti hisoblangan surfaktantning biologik ahamiyati yoritilgan. Alveolalarning I-tip va II-tip pnevmotsitlardan tashkil topishi, alveolyar makrofaglarning himoya funksiyasi hamda gaz almashinuv jarayonidagi o‘rni tahlil qilingan. Surfaktantning kimyoviy tarkibi, uning alveolalarni kollapsdan saqlashdagi vazifasi, gaz almashinuv samaradorligiga qo‘shgan hissasi keng ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, surfaktant yetishmovchiligi bilan bog‘liq patologik holatlar, surfaktant terapiyasining klinik qo‘llanilishi hamda alveola kasalliklari (fibroz, alveolit, emfizema) haqida ma’lumot berilgan. Maqola tibbiyot talabalari va klinik amaliyot bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

background image

116

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

O‘PKA ALVEOLALARI VA SURFAKTANT: TUZILISHI VA AHAMIYATI

Zokirova N.B.

prof. DSc.

Muhammadaliyeva D.I.

Tillayeva S.E.

ALFRAGANUS UNIVERSITY

Tashkent, Uzbekistan

https://doi.org/10.5281/zenodo.17067359

Annotatsiya

. Mazkur maqolada o‘pka alveolalarining gistologik tuzilishi va ularning

asosiy komponenti hisoblangan surfaktantning biologik ahamiyati yoritilgan. Alveolalarning I-
tip va II-tip pnevmotsitlardan tashkil topishi, alveolyar makrofaglarning himoya funksiyasi

hamda gaz almashinuv jarayonidagi o‘rni tahlil qilingan. Surfaktantning kimyoviy tarkibi, uning
alveolalarni kollapsdan saqlashdagi vazifasi, gaz almashinuv samaradorligiga qo‘shgan hissasi
keng ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, surfaktant yetishmovchiligi bilan bog‘liq patologik holatlar,
surfaktant terapiyasining klinik qo‘llanilishi hamda alveola kasalliklari (fibroz, alveolit,
emfizema) haqida ma’lumot berilgan. Maqola tibbiyot talabalari va klinik amaliyot bilan
shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Kalit so‘zlar:

alveola, surfaktant, pnevmotsit, gaz almashinuvi, respirator distress

sindromi, fibroz, alveolit, emfizema.

Annotation

. This article discusses the histological structure of the pulmonary alveoli and

the biological significance of surfactant, their key functional component. The organization of
type I and type II pneumocytes, the protective role of alveolar macrophages, and their
involvement in gas exchange are analyzed. The chemical composition of surfactant, its function
in preventing alveolar collapse, and its contribution to effective gas exchange are examined in
detail. In addition, the article highlights pathological conditions associated with surfactant
deficiency, the clinical application of surfactant therapy, and alveolar diseases such as fibrosis,
alveolitis, and emphysema. This work may be useful for medical students and professionals
engaged in clinical practice.

Keywords:

alveolus, surfactant, pneumocyte, gas exchange, respiratory distress

syndrome, fibrosis, alveolitis, emphysema.

Аннотация

.

В данной статье рассматривается гистологическое строение

альвеол лёгких и биологическое значение сурфактанта как их основного функционального
компонента. Проанализированы особенности

I-

го и

II-

го типов пневмоцитов, защитная

роль альвеолярных макрофагов и их участие в процессе газообмена. Подробно описан
химический состав сурфактанта, его функция в предотвращении коллапса альвеол и
значение для эффективности дыхания. Кроме того, освещены патологические
состояния, связанные с дефицитом сурфактанта, клиническое применение
сурфактантной терапии, а также заболевания альвеол (фиброз, альвеолит, эмфизема).

Материал может быть полезен для студентов медицинских вузов и специалистов

клинической практики.

Ключевые слова:

альвеола, сурфактант, пневмоциты, газообмен, респираторный

дистресс

-

синдром, фиброз, альвеолит, эмфизема.

Kirish:

O

pka

inson organizmidagi eng muhim nafas olish a

zosi bo

lib, kislorodni

tashqi muhitdan qabul qilib, uni qonga yetkazadi va shu bilan birga karbonat angidridni chiqarib


background image

117

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

yuboradi.

O‘pkalar ko‘krak qafasining ikki tomonida joylashgan juft a’zo hisoblanadi. Ular

tashqi tomondan plevra bilan qoplangan bo‘lib, ichki qismida bronxlar, bronxiolalar va
alveolalardan tashkil topgan murakkab tuzilishga ega. O‘pkaning asosiy tuzilma va funksional

birligi

alveola

hisoblanadi. Aynan alveolalarda qon va havo orasida gaz almashinuvi jarayoni

kechadi.

O‘pkaning asosiy funksiyalari quyidagilar

:

Ventilyatsiya

tashqi havodan kislorod qabul qilish va karbonat angidridni chiqarish.

Gaz almashinuvi

alveola-kapillyar membranasi orqali kislorod va karbonat angidrid

almashuvi.

Himoya

nafas yo‘llariga tushgan mikroorganizmlar va chang zarralarini alveolyar

makrofaglar yordamida yo‘qotish.

Metabolik vazifa

ayrim moddalar almashinuvida (masalan, angiotenzin I ning

angiotenzin II ga aylanishida) ishtirok etish.

Gaz almashinuvining hayotiy ahamiyati:

Gaz almashinuvi tirik organizm uchun

hayotiy jarayon bo‘lib, uning asosiy vazifasi hujayralarni kislorod bilan ta’minlash va moddalar
almashinuvining chiqindi mahsuloti bo‘lgan karbonat angidridni chiqarishdan iborat. Inson
hujayralarida ATP ishlab chiqarish jarayoni kislorodga bevosita bog‘liq. Agar kislorod yetarli
bo‘lmasa, hujayralar energetik ochlikka uchraydi va normal faoliyatini bajara olmaydi. Shu bois
alveolalarning tuzilishi va surfaktant tizimi gaz almashinuvining samaradorligini ta’minlaydi.

Ayniqsa, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda surfaktant yetishmovchiligi tufayli alveolalar

kollapsga uchrashi va nafas olish qiyinlashishi kuzatiladi. Bu esa gaz almashinuvining normal

kechishi uchun alveolalar va surfaktant tizimining muhimligini ko‘rsatadi.

O‘pka alveolalarining gistologik tuzilishi:

Alveolalar

o‘pkalarning asosiy tuzilma va

funksional birligi bo‘lib, bronxiolalarning oxirgi qismlarida joylashadi. Ular ko‘p sonli mayda
pufakchalar shaklida bo‘lib, diametri o‘rtacha

200

300 mkm

atrofida. Odam o‘pkasida taxminan

300

400 million alveola

mavjud bo‘lib, ular umumiy gaz almashinuvi yuzasini 70–100 m²

gacha yetkazadi. Shaklan alveolalar yupqa devorli, bir-

biri bilan alveolyar yo‘llar orqali

bog‘langan bo‘ladi.

Alveolalarning devori:

Alveola devori juda yupqa bo‘lib, gaz almashinuvi samarali

kechishi uchun moslashgan. Devorda uch asosiy hujayra turi mavjud:

I-tip pnevmotsitlar (yassi alveolyar epiteliy hujayralari)

alveola yuzasining 90

95%

qismini tashkil etadi. Ular yassi shaklda bo‘lib, kislorod va karbonat angidridning tez diffuziyasi

uchun sharoit yaratadi.

II-tip pnevmotsitlar (kubik shaklli alveolyar epiteliy hujayralari)

alveola

yuzasining 5

10% qismini tashkil etadi. Ularning asosiy vazifasi

surfaktant ishlab chiqarish

bo‘lib, bu moddalar alveolalarni kollapsdan saqlaydi va yuzaki taranglikni kamaytiradi.

Alveolyar makrofaglar (Chang hujayralar)

alveola bo‘shlig‘ida va devorida

joylashib, mikroorganizmlar, chang zarralari va boshqa begona moddalarni fagotsitoz qiladi.

Ular nafas yo‘llarining

immun himoyasi

ni ta’minlaydi.

Alveolalarning funksional xususiyatlari:

Gaz almashinuv jarayoni (O₂ va CO₂ almashinuvi).

Alveola devori va kapillyar endoteliyasi orasida hosil bo‘lgan

alveola-kapillyar

membrana

orqali kislorod alveoladan qonga o‘tadi, karbonat angidrid esa qondan alveolaga

o‘tib, tashqariga chiqariladi. Bu jar

ayon

diffuziya qonunlari

asosida kechadi.

Kapillyarlar bilan yaqin aloqasi.


background image

118

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

Har bir alveola zich kapillyar tarmog‘i bilan o‘ralgan. Bu yaqin aloqadorlik gaz

almashinuvini tez va samarali o‘tishini ta’minlaydi. Kapillyar endoteliy va I

-tip pnevmotsitlar

o‘rtasida deyarli bazal membrana umumiy bo‘lib, kislorodning qonga o‘tish yo‘lini qisqartiradi.

Diffuziya uchun sharoit.

Alveola devorining yupqaligi (0,2

0,6 mkm), katta umumiy yuzasi va surfaktant moddasi

mavjudligi diffuziya jarayonining yuqori samaradorligini ta’minlaydi. Kislorod alveoladan
qonga, karbonat angidrid esa qondan alveolaga osongina o‘tadi. Shu orqali butun organizmning

energetik ehtiyoji qondiriladi.

Surfaktantning tuzilishi va ishlab chiqarilishi:

O‘pkaning alveolyar apparati normal

tuzilishida alveolalar ichki yuzasi maxsus modda

pulmonar surfaktant

bilan qoplangan

bo‘ladi. Bu modda alveola epiteliyining

II-tip pnevmotsitlari

tomonidan ishlab chiqariladi.

Surfaktant asosan

fosfolipidlar (70

80%)

, neytral lipidlar (taxminan 10%) va

oqsillardan (10%) tashkil topadi. Fosfolipidlar orasida eng muhim komponent

dipalmitoilfosfatidilxolin

bo‘lib, u alveolalardagi yuzaki taranglikni kamaytiradi. Surfaktant

oqsillari (SP-A, SP-B, SP-C, SP-

D) molekulalarning alveola yuzasida to‘g‘ri joylashishini

ta’minlaydi, shuningdek, mahalliy immun javobda ham muhim rol o‘ynaydi.

II-tip pnevmotsitlar sitoplazmasida

lamellyar tanachalar

bo‘lib, ular surfaktantning

asosiy saqlovchi va tashuvchi shakli hisoblanadi. Ushbu lamellyar tanachalar alveola

bo‘shlig‘iga eksotsitoz orqali chiqarilib, alveola yuzasini qoplab turadi.

Surfaktantning funksional ahamiyati:

Surfaktant o‘pka alveolalarida bir nechta muhim

vazifalarni bajaradi:

Alveolalarni kollapsdan saqlaydi.

Nafas chiqarish vaqtida alveolalar yopilib qolmasligi

uchun yuzaki taranglikni pasaytiradi.

Gaz almashinuv samaradorligini oshiradi.

Alveola yuzasini keng va barqaror saqlash

orqali kislorod va karbonat angidridning diffuziyasini yengillashtiradi.

Yuzaki taranglikni kamaytiradi.

Suv molekulalarining o‘zaro tortish kuchini

kamaytirib, alveola devorining elastikligini saqlaydi.

Immun himoyada ishtirok etadi.

Surfaktant oqsillari bakteriyalarni neytrallash va

fagotsitozni kuchaytirishda yordam beradi.

Klinik ahamiyati:

Tibbiy darsliklarda ta’kidlanishicha, surfaktant ishlab chiqarilishi

homilaning

22

24-haftalarida

boshlanadi, lekin to‘liq miqdorda faqat

34

36-haftalarda

yetarli

bo‘ladi. Shu sababli muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarda surfaktant yetishmovchiligi

kuzatiladi va bu

respirator distress sindromi

ga olib keladi. Klinikada bu holatni davolash

uchun

sun’iy surfaktant preparatlari

qo‘llanadi va o‘pka ventilyatsiyasi qo‘llab

-quvvatlanadi.

Klinik va diagnostik ahamiyati:

Surfaktantning patologik o‘zgarishlari;

O‘pka alveolalaridagi surfaktant ishlab

chiqarilishi yoki tarkibining buzilishi nafas olish tizimida jiddiy muammolarga sabab bo‘ladi.

Surfaktant yetishmovchiligi yoki sifati pasayishi alveolalarning kollapsga uchrashiga, gaz

almashinuvining yomonlashishiga olib keladi. Eng ko‘p uchraydigan patologik holat –

yangi

tug‘ilgan chaqaloqlarda respirator distress sindromi

bo‘lib, bu holatda alveolalar yetarlicha

ochilmaydi va bola gipoksiyaga tushadi. Shuningdek, kattalarda ham

ARDS (Acute

Respiratory Distress Syndrome

o‘tkir respirator distress sindromi)

paytida

surfaktant buzilishi kuzatiladi.

Surfactant terapiya va uning qo‘llanilishi

:Zamonaviy klinik amaliyotda surfaktant

yetishmovchiligi aniqlangan holatlarda

sun’iy surfaktant preparatlari

qo‘llanadi.


background image

119

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 9

Ular intratrakeal yo‘l bilan yuborilib, alveola yuzasini qoplab, ularning normal ochilib

turishini ta’minlaydi. Ayniqsa, muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarni davolashda surfaktant
terapiya keng qo‘llanadi va o‘lim ko‘rsatkichlarini keskin kamaytiradi. Bundan tashqari, sun’iy
ventilyatsiya bilan birga qo‘llanganda gaz almashinuvi samaradorligini oshiradi.

Alveola kasalliklari (fibroz, alveolit, emfizema):

Fibroz

alveola devorlarida biriktiruvchi to‘qima ko‘payib, ularning elastikligi

yo‘qoladi. Bu gaz almashinuvi yuzasining qisqarishiga olib keladi.

Alveolit

alveolalarda yallig‘lanish jarayoni bo‘lib, ularning epiteliy qavati shikastlanadi

va gaz almashinuv jarayoni buziladi.

Emfizema

alveolalarning patologik kengayishi va devorlarining buzilishi bilan

xarakterlanadi. Bu holatda alveolalarning umumiy yuzasi kamayadi va nafas olish samaradorligi
pasayadi.

Xulosa:

O‘pka alveolalari gaz almashinuvi uchun asosiy morfologik maydon bo‘lib, I

-tip

pnevmotsitlar orqali kislorod va karbonat angidrid almashinuvi, II-tip pnevmotsitlar orqali esa
surfaktant ishlab chiqarilishi amalga oshadi. Surfaktant alveolalarni kollapsdan saqlab, yuzaki

taranglikni kamaytiradi va nafas jarayonining barqarorligini ta’minlaydi.

Surfaktant yetishmovchiligi, ayniqsa yangi tug‘ilganlarda respirator distress sindromini

keltirib chiqarishi mumkin, bu esa uning klinik ahamiyatini yanada oshiradi. Shuningdek,
alveolalardagi fibroz, alveolit va emfizema kabi patologiyalar nafaqat morfologik, balki

funksional buzilishlarga ham sabab bo‘ladi.

Demak, alveola va surfaktantning gistologik tuzilishi hamda funksional xususiyatlarini

chuqur o‘rganish diagnostika va davolash jarayonida muhim o‘rin tutadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Muhamedov I., Eshboyev E., Zokirov N., Zokirov M.

Mikrobiologiya, immunologiya,

virusologiya

.

Toshkent: 2020.

2.

Ross M.H., Pawlina W.

Histology: A Text and Atlas with Correlated Cell and Molecular

Biology

. 8th edition.

Philadelphia: Wolters Kluwer, 2020.

3.

Junqueira L.C., Carneiro J.

Basic Histology: Text & Atlas

. 15th edition.

McGraw-Hill

Education, 2018.

4.

Mescher A.L.

Junqueira’s Basic Histology: Text and Atlas

.

McGraw-Hill, 2018.

5.

Gartner L.P., Hiatt J.L.

Color Atlas and Text of Histology

. 7th edition.

Wolters Kluwer,

2021.

6.

Kumar V., Abbas A.K., Aster J.C.

Robbins and Cotran Pathologic Basis of Disease

. 10th

edition.

Elsevier, 2021.

7.

Alberts B., Johnson A., Lewis J. va boshq.

Molecular Biology of the Cell

. 7th edition.

Garland Science, 2022.

References

Muhamedov I., Eshboyev E., Zokirov N., Zokirov M. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. – Toshkent: 2020.

Ross M.H., Pawlina W. Histology: A Text and Atlas with Correlated Cell and Molecular Biology. 8th edition. – Philadelphia: Wolters Kluwer, 2020.

Junqueira L.C., Carneiro J. Basic Histology: Text & Atlas. 15th edition. – McGraw-Hill Education, 2018.

Mescher A.L. Junqueira’s Basic Histology: Text and Atlas. – McGraw-Hill, 2018.

Gartner L.P., Hiatt J.L. Color Atlas and Text of Histology. 7th edition. – Wolters Kluwer, 2021.

Kumar V., Abbas A.K., Aster J.C. Robbins and Cotran Pathologic Basis of Disease. 10th edition. – Elsevier, 2021.

Alberts B., Johnson A., Lewis J. va boshq. Molecular Biology of the Cell. 7th edition. – Garland Science, 2022.

Most read articles by the same author(s)

N.B. Zokirova, D.I. Muhammadaliyeva , S.E. Tillayeva , BUYRAK NEFRONLARI TUZILISHI VA ULARNING FUNKTSIONAL ZONALARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 6 (2025): Modern science and research

N.B. Zokirova, D.I. Muhammadaliyeva , S.E. Tillayeva, QON-TOMIR DEVORINING GISTOLOGIK TUZILISHI VA UNING FUNKSIONAL AHAMIYATI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 9 (2025): Modern Science and Research

D.A. Sattorova, D.I. Muhammadaliyeva, S.E. Tillayeva, REPRODUKTIV SALOMATLIK , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 4 (2025): Modern science and research

N.B. Zokirova, D.I. Muhammadaliyeva , H.X To’lqinov , D.E Cho’liyeva, TIMUS BEZINING GISTOLOGIYASI VA IMMUNITETDAGI AHAMIYATI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 9 (2025): Modern Science and Research

N.B. Zokirova, S.E. Tillayeva, D.I. Muhammadaliyeva, EPITELIY TO‘QIMALARI: TURLARI VA FUNKSIONAL FARQLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

N.B. Zokirova, D.I. Muhammadaliyeva, S.E. Tillayeva, TO‘R PARDASINING (RETINA) QATLAMLARI VA FOTORETSEPTORLAR TUZILISHI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 8 (2025): Modern Science and Research

N.B. Zokirova, D.I. Muhammadaliyeva, S.E. Tillayeva , TERI QATLAMLARINING GISTOLOGIK TUZILISHI: EPIDERMIS, DERMIS VA GIPODERMIS , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 6 (2025): Modern science and research

G.R. Bazarova, S.E. Tillayeva, D.E. Cho’liyeva, ANTIBIOTIKLARNING SAMARASIZLIGI VA MIKROBLARNING QARSHILIK MEXANIZMLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

N.B. Zokirova, D.I. Muhammadaliyeva, S.E. Tillayeva, O‘PKA ALVEOLALARI: ULARNING GISTOLOGIK TUZILISHI VA GAZ ALMASHINUVIDAGI ROLI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 8 (2025): Modern Science and Research

J.Sh Muzaffarov, S.E. Tillayeva, D.I. Muhamadaliyeva, YURAK ARITMIYALARINI ANIQLASHDA ZAMONAVIY DIAGNOSTIKA USULLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 4 (2025): Modern science and research

1 2 3 > >>