Oktabr, 2025-Yil
25
ADVOKATURA FAOLIYATIDA MEDIATSIYA VA ARBITRAJDAN
FOYDALANISHNING HUQUQIY ASOSLARI VA ISTIQBOLLARI
Abdullayev Sanjar Boboismoilovich
Toshkent davlat yuridik universiteti Strategik rivojlanish va xalqaro reytinglarga kirish bo‘limi
uslubchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.17277770
Abstract.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida sud-huquq islohotlarining
chuqurlashuvi natijasida nizolarni hal etishning muqobil shakllari mediatsiya va arbitraj
institutlarining ahamiyati ortib bormoqda. Ushbu maqolada advokatura faoliyatida mediatsiya va
arbitraj mexanizmlaridan foydalanishning huquqiy asoslari, amaliy ahamiyati hamda istiqbollari
tahlil qilinadi. Tadqiqotda advokatning nafaqat himoyachi, balki nizolarni tinch yo‘l bilan hal
etishga qodir vositachi sifatidagi roli yoritilgan. Shuningdek, amaliyotda uchrayotgan muammolar
huquqiy savodxonlik yetishmasligi, mediatsiya natijalarining ijrosi va arbitraj qarorlarini tan olish
bilan bog‘liq cheklovlar ko‘rib chiqiladi. Maqola yakunida mediatsiya va arbitrajni advokatura
tizimida rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari suriladi.
Kalit so‘zlar:
advokatura, mediatsiya, arbitraj, huquqiy asoslar, nizolarni hal etish, huquqiy
islohotlar, muqobil adolat, huquqiy madaniyat.
Abstract.
In recent years, as part of ongoing judicial and legal reforms in the Republic of
Uzbekistan, the importance of alternative dispute resolution mechanisms mediation and arbitration
has significantly increased. This article analyzes the legal framework, practical significance, and
prospects for using mediation and arbitration within advocacy activities. The research emphasizes
the lawyer’s role not only as a defender but also as a mediator capable of achieving peaceful
conflict resolution. It also identifies practical challenges such as insufficient legal literacy, issues
with enforcing mediation agreements, and the recognition of arbitral awards. The article concludes
with specific recommendations to enhance the application of mediation and arbitration in the
national advocacy system.
Keywords:
advocacy, mediation, arbitration, legal framework, dispute resolution, legal
reforms, alternative justice, legal culture.
Аннотация.
В последние годы в Республике Узбекистан в рамках проводимых
судебно-правовых реформ значительно возросло значение альтернативных способов
разрешения споров медиации и арбитража. В данной статье рассматриваются правовые
основы, практическое значение и перспективы использования институтов медиации и
арбитража в адвокатской деятельности. Отмечается роль адвоката не только как защитника,
но и как посредника, способного достигать мирного урегулирования конфликтов.
Анализируются существующие проблемы недостаточная правовая осведомлённость,
исполнение медиативных соглашений и признание арбитражных решений. В заключение
предложены меры и рекомендации по дальнейшему развитию медиации и арбитража в
системе адвокатуры Узбекистана.
Ключевые слова:
адвокатура, медиация, арбитраж, правовые основы, разрешение
споров, правовые реформы, альтернативное правосудие, правовая культура.
Oktabr, 2025-Yil
26
Kirish
Zamonaviy huquqiy davlatda adolatli sudlovni ta’minlash, fuqarolarning huquq va qonuniy
manfaatlarini samarali himoya qilish hamda nizolarni oqilona hal etish eng muhim vazifalardan
biri hisoblanadi. Shu jarayonda advokatura instituti alohida o‘rin tutadi, chunki u nafaqat
mijozning manfaatlarini himoya qiluvchi vosita, balki huquqiy madaniyat va ijtimoiy
barqarorlikni mustahkamlovchi institut sifatida ham xizmat qiladi. Biroq so‘nggi yillarda dunyo
miqyosida huquqiy tizimlarning rivojlanishi, sudlar yuklamasining ortib borishi va fuqarolik
munosabatlarining murakkablashuvi muqobil nizolarni hal etish mexanizmlarini keng qo‘llash
zaruratini keltirib chiqardi. Ana shunday mexanizmlar sirasiga mediatsiya va arbitraj institutlari
kiradi.
Advokatura faoliyatida ushbu institutlarning o‘rni beqiyosdir. Chunki advokat bu faqat
himoyachi emas, balki nizolarni tinch yo‘l bilan hal etishga qodir, taraflarni kelishuvga olib
boruvchi mutaxassis hamdir. Bugungi kunda advokatlarning mediatsiya va arbitraj sohalarida
ishtiroki huquqiy jarayonlarni soddalashtirish, sud tizimidagi yuklamani kamaytirish, eng muhimi,
jamiyatda “kelishuv orqali adolatga erishish” tamoyilini qaror toptirishda muhim rol o‘ynamoqda.
Adabiyotlar tahlili
O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari,
fuqarolarning adolatli sudlov huquqini ta’minlash va ularning huquqiy himoyasini
mustahkamlashga qaratilgan. Shu jarayonda mediatsiya va arbitraj institutlarini huquqiy tizimga
keng joriy etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. 2018-yilda
“Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, shuningdek, 2021-yilda “Xalqaro tijorat
arbitraji to‘g‘risida”gi Qonunning kuchga kirishi bu yo‘nalishda muhim qadam bo‘ldi.
Mazkur qonun hujjatlari advokatlarning mediatsiya va arbitraj jarayonlarida ishtirok etish
imkoniyatini kengaytirdi, ularni nizolarni hal etishda nafaqat vakil, balki murosaga keltiruvchi
mutaxassis sifatida ham faol ishtirok etishiga yo‘l ochdi. Natijada, advokatura faoliyatining
mazmuni kengaydi, u faqat sud ishi bilan cheklanib qolmay, nizolarni muqobil tartibda hal etish
jarayonlarida ham muhim subyektga aylandi.
Shu bilan birga, mediatsiya va arbitraj institutlarining rivojlanishi, advokatlarning ushbu
sohalardagi ishtirokini huquqiy jihatdan mustahkamlash hamda ularning amaliy qo‘llanish
mexanizmlarini takomillashtirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Xususan,
advokatlar tomonidan mediatsiya bo‘yicha malaka oshirish, mediatorlik litsenziyasiga ega bo‘lish,
arbitraj amaliyotida xalqaro standartlarga mos yondashuvni shakllantirish zarurati tobora
kuchaymoqda.
Shu sababli, advokatura faoliyatida mediatsiya va arbitrajdan foydalanishning huquqiy
asoslarini tahlil qilish, amaliy muammolarni aniqlash va istiqbollarni belgilash mazkur
tadqiqotning asosiy maqsadini tashkil etadi.
Tadqiqot natijalari
Mediatsiya va arbitraj institutlarining nazariy-huquqiy asoslari
Mediatsiya instituti zamonaviy huquq tizimlarida muqobil nizolarni hal etish (Alternative
Dispute Resolution – ADR) usullaridan biri sifatida e’tirof etilgan. U o‘z mohiyatiga ko‘ra,
taraflarning o‘zaro kelishuvga erishish yo‘lidagi tinchlikparvar mexanizm bo‘lib, sud tizimi
Oktabr, 2025-Yil
27
faoliyatini to‘ldiradi, biroq uni almashtirmaydi. Mediatsiyaning asosiy tamoyillari ixtiyoriylik,
maxfiylik, taraflarning tengligi, neytrallik va kelishuvga erishishdan iboratdir.
Mediatsiya jarayoni – bu huquqiy bahsni sudgacha yoki sud jarayoni davomida hal
etishning insonparvar shakli bo‘lib, u taraflar o‘rtasida ishonchni tiklaydi va huquqiy madaniyatni
yuksaltiradi. Shu sababdan, ko‘plab davlatlarda, xususan, Yevropa Ittifoqi, AQSh, Yaponiya,
Janubiy Koreya kabi mamlakatlarda mediatsiya keng qo‘llanadi va hatto ayrim holatlarda
sudgacha majburiy bosqich sifatida belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasida esa mediatsiya institutining huquqiy asoslari 2018-yilda qabul
qilingan “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonun bilan belgilandi. Ushbu qonun mediatsiya jarayonining
prinsiplari, tartibi, mediatorning huquq va majburiyatlari, kelishuvni huquqiy kuchga kiritish
tartibini aniq belgilab berdi. Bu orqali O‘zbekistonda mediatsiya huquqiy institut sifatida
shakllandi va advokatura faoliyati bilan o‘zaro integratsiyalashuv uchun huquqiy zamin yaratildi.
Arbitraj (lot. arbitratus – “hakamlik”) taraflarning o‘zaro roziligi asosida nizolarni davlat
sudlaridan tashqari mustaqil hakamlar sudi orqali hal etish tizimidir. Arbitrajning asosiy
afzalliklari tezkorlik, moslashuvchanlik, xolislik, sir saqlanish va qarorlarning xalqaro miqyosda
tan olinishi. Arbitraj sudi nizolarni hal etishda huquqiy tenglik, shartnoma erkinligi va mustaqillik
tamoyillariga asoslanadi.
Mediatsiya va arbitrajning advokatura faoliyati bilan o‘zaro aloqasi.
Advokatura faoliyati mohiyat e’tibori bilan fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya
qilish, qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan. Shu jihatdan mediatsiya va arbitraj
institutlari advokatlik faoliyatining tabiiy davomi hisoblanadi.
Mediatsiya jarayonida advokat:
mijozga mediatsiya tartibi, huquqiy oqibatlari haqida maslahat beradi;
kelishuv loyihasini tayyorlaydi;
kelishuvda mijozning huquqiy manfaatlari buzilmasligiga kafolat beradi.
Arbitrajda esa advokat:
mijoz manfaatlarini hakamlar sudida vakillik qiladi;
arbitraj reglamentiga muvofiq hujjatlarni tayyorlaydi
arbitraj qarorining ijrosini nazorat qiladi.
Bu jihatdan, advokatlar mediatsiya va arbitrajni qo‘llash orqali mijozga suddan tashqari
samarali himoya vositasini taqdim etadilar. Natijada, advokatura faqat “himoyachi” emas, balki
“murosaga keltiruvchi” institut sifatida ham ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.
Mediatsiya va arbitraj institutlari bugungi kunda zamonaviy huquqiy tizimning ajralmas
tarkibiy qismi bo‘lib, ularning advokatura faoliyati bilan uzviy bog‘liqligi tobora kuchaymoqda.
Ular fuqarolarga o‘z huquqini tezkor, adolatli va nisbatan arzon yo‘l bilan himoya qilish imkonini
beradi.
O‘zbekiston tajribasida ushbu institutlar endigina shakllanayotgan bo‘lsa-da, ularning
huquqiy asoslari mustahkamlanib bormoqda. Shu bois, advokatlarning mediatsiya va arbitrajdagi
ishtirokini kuchaytirish, bu borada malaka oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish hamda xalqaro tajribani
milliy huquq tizimiga uyg‘unlashtirish – istiqboldagi eng muhim vazifalardandir.
Advokatura faoliyatida mediatsiya va arbitrajning amaliy ahamiyati.
Oktabr, 2025-Yil
28
Mamlakatimizda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida advokatura
instituti fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularni qonuniy manfaatlarini
ta’minlashda asosiy rol o‘ynaydi. Shu nuqtai nazardan, mediatsiya va arbitraj usullarini advokatlik
faoliyatiga tatbiq etish nafaqat sud tizimining yukini kamaytiradi, balki fuqarolarning adolatga
bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi.
Amaliyotda ko‘plab nizolar – xususan, oilaviy, mehnat, mulkiy, xo‘jalik va shartnomaviy
nizolar – sudgacha hal etilishi mumkin. Bu jarayonda advokat mijozga suddan tashqari samarali
yechimlar taklif etib, mediatsiya va arbitraj mexanizmlaridan foydalanadi. Shu tariqa advokat
nafaqat himoyachi, balki nizoni konstruktiv yo‘l bilan bartaraf etuvchi vositachi sifatida ham
faoliyat yuritadi.
Masalan, oilaviy nizolarda mediatsiya orqali taraflar o‘zaro kelishuvga erishib, bolalar
manfaatlarini asrashga erishadi. Xo‘jalik nizolarida esa arbitraj yordamida korxonalar o‘rtasidagi
iqtisodiy aloqalar buzilmay, biznes muhiti barqaror saqlanadi.
Bu jarayonlarda advokatning roli – huquqiy maslahat berish, nizoning mohiyatini
tushuntirish, kelishuv hujjatlarini tayyorlash, mediator yoki arbitraj vakili sifatida ishtirok etishdan
iboratdir.
Amaliy muammolar va mavjud cheklovlar.
O‘zbekiston qonunchiligi mediatsiya va arbitraj institutlari uchun mustahkam huquqiy
asoslar yaratgan bo‘lsa-da, ularni advokatura faoliyatida samarali qo‘llashda qator amaliy
muammolar mavjud:
Fuqarolarning mediator va arbitraj tizimiga ishonchsizligi;
Mediatsiya natijasida tuzilgan kelishuvlarning ijrosi bilan bog‘liq muammolar
Arbitraj qarorlarining tan olinishi va ijro etilishi
Takliflar
Advokatura faoliyatida mediatsiya va arbitrajdan foydalanishni kengaytirish uchun
quyidagi amaliy va qonuniy chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
Advokatlar uchun majburiy mediatsiya va arbitraj malaka dasturlarini joriy etish
Mediatsiya kelishuvlarini sud qarori kuchiga tenglashtirish mexanizmini
takomillashtirish
Arbitraj sudi qarorlarini tan olish va ijro etish jarayonini soddalashtirish
Ommaviy-huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish
Bugungi kunda huquqiy islohotlar jarayonida advokatura institutining o‘rni tobora ortib
bormoqda. Advokat nafaqat himoyachi, balki jamiyatda adolat, huquqiy ong va madaniyatni
shakllantiruvchi shaxs sifatida ham muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan, advokatura
faoliyatida mediatsiya va arbitraj institutlaridan foydalanish huquqiy tizimni modernizatsiya
qilishning eng muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, mediatsiya va arbitraj institutlari advokatura faoliyatida
quyidagi ijobiy jihatlarni yuzaga keltiradi:
sud ishlarining ortiqcha yuklamasini kamaytiradi;
fuqarolarning vaqt va mablag‘ini tejaydi;
nizolarni tinch, murosaviy yo‘l bilan hal etadi;
taraflar o‘rtasida ishonch va huquqiy madaniyatni mustahkamlaydi;
Oktabr, 2025-Yil
29
advokatlik faoliyatining ijtimoiy nufuzini oshiradi.
Yuqorida keltirilgan chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasida huquqiy davlat
tamoyillarini mustahkamlashga, fuqarolarning huquqlarini kafolatli himoya qilishga hamda sud-
huquq islohotlarining amaliy natijadorligini oshirishga xizmat qiladi. Natijada, advokatura faqat
himoya mexanizmi emas, balki murosaviy adolatni ta’minlovchi tizim sifatida jamiyat hayotida
yanada faol o‘rin egallaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekistin Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, Qonun hujjatlari milliy
bazasi.
2.
O‘zbekiston Respublikasi “Mediatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni.
3.
O‘zbekiston
Respublikasi
“Xalqaro
tijorat
arbitraji
to‘g‘risida”gi
Qonuni.
4.
O‘zbekiston Respublikasi “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuni.
5.
United Nations Commission on International Trade Law (UNCITRAL). (2018).
Model
Law on International Commercial Mediation and International Settlement Agreements
Resulting from Mediation
. New York: United Nations.
6.
European Commission for the Efficiency of Justice (CEPEJ). (2019).
Guidelines on
Mediation
. Strasbourg: Council of Europe Publishing.
7.
Goldberg, S. B., Sander, F. E. A., Rogers, N. H., & Cole, S. R. (2020).
Dispute Resolution:
Negotiation, Mediation, and Other Processes
(7th ed.). New York: Aspen Publishers.
8.
Menkel-Meadow, C. (2019).
Mediation, Arbitration, and the Rule of Law
. Harvard
Negotiation Law Review, 24(1), 45–68.
