Authors

  • Sanjar Abdullayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.137054

Keywords:

advocacy independence judicial system international law national law human rights fair trial.

Abstract

This article examines the independence of the bar (advocacy) and its role within the judicial and legal system from both international and national legal perspectives. It highlights the fundamental principles guaranteeing lawyers’ professional activities under international legal instruments, including UN resolutions and the case law of the European Court of Human Rights. Furthermore, the legal status of the bar, its independence, and its significance within the judicial system of Uzbekistan are analyzed on the basis of the Constitution and the Law “On Advocacy.” The article also addresses pressing issues and prospects for the development of the legal profession, providing recommendations for their resolution.

background image

107

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

ADVOKATURA INSTITUTINING MUSTAQILLIGI VA UNING SUD-HUQUQ

TIZIMIDA TUTGAN O‘RNI: XALQARO VA MILLIY HUQUQIY ASOSLAR

Abdullayev Sanjar Boboismoilovich

Toshkent davlat yuridik universiteti

Strategik rivojlanish va xalqaro reytinglarga kirish bo‘limi uslubchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17291711

Annotatsiya.

Ushbu maqolada advokatura institutining mustaqilligi va uning sud-huquq

tizimidagi o‘rni xalqaro hamda milliy huquqiy asoslar nuqtai nazaridan tahlil etilgan. Xalqaro
huquqiy hujjatlar, jumladan, BMT rezolyutsiyalari va Yevropa Inson huquqlari sudi amaliyoti
asosida advokatlarning kasbiy faoliyatini kafolatlovchi tamoyillar yoritilgan. Shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonun asosida
advokatura institutining huquqiy maqomi, uning mustaqilligi hamda sud-huquq tizimidagi
ahamiyati o‘rganilgan. Maqolada advokatura faoliyatidagi dolzarb muammolar va rivojlanish
istiqbollari ham yoritilib, ularning yechimlari bo‘yicha takliflar berilgan.

Kalit so‘zlar:

advokatura, mustaqillik, sud-huquq tizimi, xalqaro huquq, milliy huquq,

inson huquqlari, adolatli sudlov.

THE INDEPENDENCE OF THE BAR AND ITS ROLE IN THE JUDICIAL SYSTEM:

INTERNATIONAL AND NATIONAL LEGAL FRAMEWORKS

Abstract.

This article examines the independence of the bar (advocacy) and its role

within the judicial and legal system from both international and national legal perspectives. It
highlights the fundamental principles guaranteeing lawyers’ professional activities under
international legal instruments, including UN resolutions and the case law of the European
Court of Human Rights. Furthermore, the legal status of the bar, its independence, and its
significance within the judicial system of Uzbekistan are analyzed on the basis of the
Constitution and the Law “On Advocacy.” The article also addresses pressing issues and
prospects for the development of the legal profession, providing recommendations for their
resolution.

Keywords:

advocacy, independence, judicial system, international law, national law,

human rights, fair trial.

НЕЗАВИСИМОСТЬ АДВОКАТУРЫ И ЕЕ РОЛЬ В СУДЕБНОЙ СИСТЕМЕ:

МЕЖДУНАРОДНЫЕ И НАЦИОНАЛЬНЫЕ ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ

Аннотация.

В данной статье анализируется независимость института

адвокатуры и его роль в судебно-правовой системе с точки зрения международных и
национальных правовых основ. Рассматриваются основные принципы, обеспечивающие
профессиональную деятельность адвокатов в соответствии с международными
правовыми актами, включая резолюции ООН и практику Европейского суда по правам
человека. Также исследуется правовой статус адвокатуры, её независимость и значение
в судебно-правовой системе Республики Узбекистан на основе Конституции и Закона
«Об адвокатуре». В статье освещены актуальные проблемы деятельности адвокатуры
и перспективы её развития, а также предложены рекомендации по их решению.

Ключевые слова:

адвокатура, независимость, судебно-правовая система,

международное право, национальное право, права человека, справедливое судебное
разбирательство.



background image

108

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

KIRISH

Adolatli sudlovni ta’minlash har qanday huquqiy demokratik davlatning eng muhim

vazifalaridan biridir. Ushbu jarayonda advokatura institutining o‘rni beqiyos bo‘lib, u inson
huquq va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolarning qonun oldida tengligi va sud adolatining
amalda ta’minlanishiga xizmat qiladi. Mustaqil advokatura nafaqat individual manfaatlarni
himoya qilish, balki jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish, huquq
ustuvorligini mustahkamlash hamda davlatning demokratik rivojlanishiga hissa qo‘shishda
muhim vosita hisoblanadi. Advokatura institutining mustaqilligi bu uning samarali faoliyat
ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan asosiy shartdir. Advokatlar davlat hokimiyatining biron-bir
tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunmagan holda, sud-huquq tizimida muhim “muvozanat
mexanizmi” sifatida maydonga chiqadi. Ularning vazifasi sudda taraflarning tengligini
ta’minlash, davlat aybloviga qarshi himoyani tashkil etish, shuningdek, fuqarolarning
konstitutsiyaviy huquqlarini amalda ro‘yobga chiqarishdan iboratdir. Shu jihatdan, advokatura
institutining mustaqilligi huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining eng muhim belgisidir.

Adabiyotlar tahlili va metodlar

Adabiyotlar tahlili

Advokatura institutining mustaqilligi va uning sud-huquq tizimidagi o‘rni masalasi

xalqaro va milliy ilmiy adabiyotlarda keng o‘rganilgan. Xalqaro darajada ushbu mavzu bo‘yicha
asosiy manbalar sifatida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1990-yilda qabul qilingan

Advokatlarning asosiy printsiplari to‘g‘risida

”gi Deklaratsiya,

Inson huquqlari

umumjahon deklaratsiyasi

(1948),

Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt

(1966), hamda

Yevropa Inson huquqlari sudi amaliyoti

e’tiborga molikdir. Ushbu hujjatlar

advokatlarning kasbiy mustaqilligi, himoya huquqi va adolatli sudlov prinsiplari bilan bevosita
bog‘liqdir.

Shuningdek,

Venetsiya komissiyasining

huquqiy demokratik davlat qurilishiga doir

tavsiyalari, xalqaro huquqiy tashkilotlarning (masalan, International Bar Association) hisobotlari
ham advokatura institutining rivojlanishi va mustaqilligini kafolatlovchi omillar sifatida tahlil
qilingan.

Milliy darajada,

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi

, “

Advokatura

to‘g‘risida

”gi Qonun

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sud-huquq islohotlariga oid

farmonlari va qarorlari

asosiy huquqiy manba sifatida o‘rganildi. Shuningdek, o‘zbek olimlari

B.Salomov, J.Ne’matov, Davlyatov V.X., Nurumov D.D. va Matmurotov A.R. tomonidan
yozilgan ilmiy ishlar, maqola va monografiyalar, xususan, advokatura institutining huquqiy
maqomi, uning sud-huquq tizimidagi o‘rni hamda inson huquqlarini himoya qilishdagi roli
bo‘yicha tadqiqotlar muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Chet el adabiyotlarida esa, masalan, M. Cappelletti, D. Luban, T. Bingham kabi

mualliflarning adolatli sudlov va advokatlar mustaqilligi masalalariga bag‘ishlangan tadqiqotlari,
shuningdek, Rossiya va qo‘shni mamlakat olimlarining (masalan, В. Ярков, А. Гончаров)
ishlarida advokaturaning tashkiliy-huquqiy asoslari keng tahlil qilingan.

Yuqoridagi adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, advokatura institutining mustaqilligi

huquqiy davlat tamoyillarini amalda qaror toptirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib,
xalqaro va milliy huquqiy asoslarning uyg‘unligi mazkur institutning samarali faoliyatini
belgilaydi.

Metodlar

Maqolani tayyorlash jarayonida nafaqat xalqaro va milliy qonun hujjatlari, sud amaliyoti


background image

109

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

va xalqaro tashkilotlarning huquqiy pozitsiyalari o‘rganildi, balki advokatura institutining turli
davlatlardagi huquqiy maqomi hamda ularning xalqaro standartlarga muvofiqligi solishtirildi
quyidagi ilmiy-uslubiy yondashuvlardan foydalanildi. Shuningdek, advokatura institutining sud-
huquq tizimidagi o‘rni kompleks tarzda, ya’ni boshqa huquqiy institutlar bilan uzviy bog‘liq
holda o‘rganildi.

Tadqiqot natijalari

Advokatura –

bu professional yuridik yordam ko‘rsatishga ixtisoslashgan, fuqarolar va

yuridik shaxslarning huquqiy manfaatlarini himoya qiluvchi mustaqil institutdir. U davlat
hokimiyatining uch tarmog‘iga kirmagan holda, sud-huquq tizimida muhim funksiyalarni
bajaradi:

huquqiy yordam ko‘rsatish;

sudlarda vakillik qilish;

inson huquqlarini himoya qilish;

huquqiy ong va madaniyatni rivojlantirish.
Advokatura g‘oyasi qadimiy huquq tizimlaridan (masalan, Roman huquqi) boshlanib,

zamonaviy demokratik davlatlarda professional tashkilotlar advokatlar palatalari yoki advokatura
kollegiyalari shaklida rivojlashgan. Nazariy jihatdan advokatura ikki tomonlama tabiati bilan
tavsiflanadi.

Jamoat funksiyasi –

adolatli sudlov, qonun ustuvorligi va inson huquqlarining himoyasini

ta’minlash orqali umumiy huquqiy manfaatlarga xizmat qiladi.

Kasbiy yoki xususiy faoliyat –

advokatlar shaxsiy professional sub’ektlar sifatida

mijozlarga huquqiy xizmatlar ko‘rsatadi, to‘lov asosida ishlashi mumkin. Bu ikki tomonlama
tabiati advokaturaning huquqiy maqomini aniqlashda u ham jamoat manfaatini himoya qiluvchi
institut, ham mustaqil kasb ekani muhim rol o‘ynaydi.

Advokatura mustaqilligi va faoliyati qonun ustuvorligi tamoyiliga xizmat qiladi. Har bir

fuqaro huquqiy yordam orqali o‘z huquqini himoya eta olishi lozim. Advokatning faoliyati sud
jarayonining haqqoniyligi va aniqligi uchun zarur. Zero, advokat sudlov jarayonida taraflar
tengligini ta’minlaydi, davlat ayblovi va himoya o‘rtasida muvozanatni saqlashga xizmat qiladi.

U nafaqat shaxsiy manfaatlarni himoya qiladi, balki jamiyatda adolat, huquqiy tenglik va

inson qadr-qimmatini ta’minlashning muhim kafolatiga aylanadi. Shu sababli advokatura
institutining mustaqilligi – huquqiy davlatning ajralmas belgisi, demokratik jamiyatning esa
zaruriy shartidir.

Advokatura institutining mustaqilligi va uning sud-huquq tizimidagi o‘rni bir qator

fundamental prinsiplar asosida shakllanadi. Ushbu prinsiplar advokatlarning kasbiy faoliyatini
huquqiy jihatdan kafolatlash bilan birga, sudlov jarayonining adolatli va haqqoniy o‘tishini
ta’minlaydi. Quyida advokatura faoliyatining asosiy prinsiplariga chuqurroq to‘xtalib o‘tamiz.

Mustaqillik prinsipi

Advokatura institutining eng muhim tamoyili — bu uning davlat hokimiyati va boshqa

tashqi ta’sirlardan mustaqilligidir. Advokatlar o‘z faoliyatida na sud, na prokuratura, na ijro
etuvchi hokimiyat organlariga bo‘ysunmasdan, faqat qonun va professional etikaga asoslanib ish
yuritadi. Bu prinsipning mazmuni ikki jihatga ega:

Institutsional mustaqillik –

advokatlar palatasi va boshqa advokatlik o‘zini o‘zi

boshqaruvchi organlarining davlatdan mustaqil faoliyat yuritishi.

Shaxsiy mustaqillik –

har bir advokatning professional qaror qabul qilishda hech qanday

tashqi bosim ostida bo‘lmasligi.


background image

110

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Mazkur prinsip buzilsa, advokat himoya vazifasini to‘laqonli bajara olmaydi va sudlov

jarayonining adolatliligi izdan chiqadi.

Advokatlik sirining daxlsizligi prinsipi

Advokatlik faoliyatining samaradorligi bevosita advokat va mijoz o‘rtasidagi ishonchga

bog‘liq. Shu sababli advokatlik sirining daxlsizligi fundamental prinsip sifatida tan olingan. Bu
prinsip quyidagilarni nazarda tutadi:

Advokat mijozidan olingan ma’lumotlarni oshkor etmasligi shart;

Davlat organlari advokatning ish hujjatlari yoki mijoz bilan muloqotini noqonuniy tarzda
oshkor etishga majbur qilmasligi kerak;

Advokatlik sirining buzilishi nafaqat advokat va mijoz o‘rtasidagi ishonchni yo‘qotadi,
balki inson huquqlarining poymol bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Tenglik prinsipi

Adolatli sudlovning asosi taraflarning teng huquqliligidir. Advokatning mavjudligi aynan

shu prinsipni amalda ta’minlaydi. Prokuror davlat resurslariga tayanib ayblov ilgari surar ekan,
advokat himoyani mustaqil va teng sharoitda yuritishi lozim. Xalqaro huquqda bu tamoyil
“equality of arms” sifatida mustahkamlangan va u adolatli sudlov huquqining muhim tarkibiy
qismi hisoblanadi.

O‘zini o‘zi boshqarish prinsipi

Advokatura institutining yana bir muhim tamoyili — bu professional avtonomiyadir.
Advokatlar o‘z faoliyatini mustaqil ravishda tashkil etadi, advokatlar palatalari va

kollegiyalari esa o‘zini o‘zi boshqaruvchi organ sifatida ishlaydi. Bu prinsip advokatura
institutini davlat organlaridan mustaqil bo‘lishini kafolatlaydi hamda advokatlar kasbiy
faoliyatining sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Kasbiy erkinlik va daxlsizlik prinsipi

Advokat o‘z faoliyatini amalga oshirishda erkin bo‘lishi, ya’ni ishni tanlash, sudda

himoya strategiyasini belgilash, huquqiy maslahat berishda mustaqil qaror qabul qilishi lozim.

Shu bilan birga, advokat kasbiy faoliyati uchun ta’qib qilinmasligi, o‘z vazifalarini

bajarayotganda daxlsiz huquqiy maqomga ega bo‘lishi kerak. Bu prinsip xalqaro standartlarda
advokatlarning xavfsiz faoliyat yuritishining ajralmas kafolati sifatida qaraladi.

Halollik, vijdonlilik va professional etikaga rioya qilish prinsipi

Advokatning mustaqilligi uning mas’uliyatini ham oshiradi. Shu sababli advokat kasbiy

faoliyatida yuqori darajadagi halollik, vijdonlilik va axloqiy me’yorlarga rioya qilishi shart.

Professional etika qoidalari advokatning nafaqat mijoz, balki sud, prokuratura va jamiyat

oldidagi burchini ham belgilaydi.

Advokatura institutining mazkur prinsiplar asosida faoliyat yuritishi uning haqiqiy

mustaqilligini va sud-huquq tizimidagi muhim o‘rnini ta’minlaydi. Bu prinsiplar buzilsa,
advokatlar o‘z vazifalarini bajarishda qiyinchilikka duch keladi, natijada esa fuqarolarning
konstitutsiyaviy huquqlari to‘laqonli himoya qilinmaydi. Shu bois xalqaro va milliy huquqiy
asoslarda ushbu prinsiplarning mustahkamlanishi advokatura institutining barqaror rivojlanishi
uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Advokatura sud-huquq tizimidagi eng muhim institutlardan biri bo‘lib, uning funksiyalari

nafaqat yakka tartibdagi mijozlarni himoya qilishdan iborat, balki jamiyatdagi huquqiy
madaniyatni shakllantirish, sudlovning adolatli o‘tishini ta’minlash va davlat hokimiyati
organlari faoliyatiga muvozanat kiritish kabi keng qamrovli vazifalarni o‘z ichiga oladi. Quyida
advokaturaning asosiy funksiyalari tizimli hamda ilmiy nuqtai nazardan batafsil tavsiflanadi.


background image

111

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Himoya va vakillik funksiyasi

Advokaturaning eng ko‘zga ko‘ringan va an’anaviy funksiyasi mijozlarni sud va boshqa

organlar oldida vakillik qilish va himoya qilishdir. Advokat tergov bosqichidan boshlab
apellyatsiya va kasatsiyagacha ayblanuvchi huquqlarini himoya qiladi, so‘rovlarda va tergov
harakatlarida professional yuridik yordam ko‘rsatadi, noqonuniy dalillarni aniqlash va rad etish
bo‘yicha chora ko‘radi. Mulk, shartnoma, mehnat va boshqa fuqarolik da’volarida mijoz
manfaatlarini huquqiy dalillar bilan asoslash, hujjatlarni tayyorlash va sud ishtirokini tashkil
etadi. Shuningdek, xalqaro arbitraj, xalqaro sudlar yoki chet el sudlarida mamlakatlar yoki
yuridik shaxslarni himoya qiladi. Ushbu funksiyaning mazmuni advokatning huquqiy bilim,
taktika va protsessual mahorat orqali mijozning konstitutsiyaviy va protsessual huquqlarini
haqiqatga aylantirishdan iborat.

Huquqiy maslahat va preventiv xizmatlar

Advokatlar sudga murojaat qilishdan oldin ham muhim rol o‘ynaydi mijozlarga huquqiy

maslahat, hujjatlarni tayyorlash, shartnomalarni tuzish va risklarni tahlil qilish orqali
muammolarni sudga borishdan oldin hal etishga xizmat qiladi. Bu funktsiyaning mazmuni
qonuniy xatoliklar va nizolarni shakllanishini oldini olish orqali sud yukini kamaytiradi,
murakkab iqtisodiy, korporativ yoki mehnat masalalarida yuridik restructurizatsion va
maslahatlar berish. Bu funktsiya jamiyatda huquqiy ongni oshirish, fuqarolarning qonuniy xatti-
harakatlarini tartibga solish orqali barqarorlikka hissa qo‘shadi.

Huquqiy ongni shakllantirish, huquqiy ta’lim va pro bono

Advokatlar huquqiy madaniyatni oshirish, fuqarolarni huquqiy savodxonlikka o‘rgatish

va zaif qatlamlarga bepul yordam ko‘rsatish orqali jamiyatga xizmat qiladi. Bu orqali advokatura
ijtimoiy adolatni mustahkamlaydi va huquqiy yordamga kirish imkoniyatini kengaytiradi.

Umuman olganda advokaturaning asosiy funksiyalari himoya va vakillik, huquqiy

maslahat, protsessual kafolatlarni ta’minlash, maxfiylikni himoya qilish, o‘zini o‘zi boshqarish,
jamoat xizmatlari, strategik litigatsiya, ADR va qonunchilikka ta’sir bir-biri bilan uzviy bog‘liq
bo‘lib, sud-huquq tizimining barqaror ishlashi va huquqiy davlat tamoyilining amalda
qo‘llanilishi uchun majburiydir. Ushbu funksiyalarning to‘liq ijrosi advokatlarning mustaqilligi,
malakasi, shaffof intizomiy mexanizmlar va yetarli resurslar bilan bevosita bog‘liqdir.

Advokatura institutining huquqiy kafolatlari qanchalik puxta bo‘lmasin, amaliyotda

ushbu kafolatlarni ta’minlash bir qator muammolar va cheklovlarga to‘qnashadi.Tergovda
advokatlar savollarini cheklash, tergovga kirishdagi imtiyozlarni bekor qilish yoki advokatlarni
rasmiy tekshiruvlarga jalb etish holatlari kuzatiladi. Bunday aralashuvlar himoya vazifasining
samaradorligini pasaytiradi. Sudlarning tarafkashligi, advokatlarning murojaatlarini va dalillarini
baholashdagi noaniqlik yoki rad etish sabablari adolatli sudlovni xalaqit beradi. Shuningdek,
yuridik xizmatlarining yuqori narxi oddiy fuqaroning malakali yordamga kirishini cheklaydi.

Natijada kambag‘al va zaif guruhlar huquqiy himoyadan mahrum bo‘ladi.

Takliflar

Qonunchilikni takomillashtirish.

Advokatning mustaqilligi, advokatlik sirining doirasi,

advokatning protsessual huquqlari va ularni himoya qilish tartibini aniq, detallashtirilgan va
amaliy ta’minotli normalar bilan mustahkamlash. Advokatlik faoliyatiga oid qonunlarga aniqlik
kiritish advokatlik sirining konkret doirasi, undan istisnolar (aniq va tor doirada), advokatga
nisbatan aralashuv choralarini qo‘llash tartibi (faqat sud buyruqi orqali va muayyan kafolatlar
bilan) mustahkamlansin. Protsessual qoidalarga advokatning tergov vaqtida, sud majlisida,
apellyatsiya va kasatsiya bosqichida ishtirokini kafolatlovchi normalar kiritilishi.


background image

112

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Protseduralarda advokatning mudofaa huquqi va apellyatsiya kafolatlari aniq belgilansin.

Moliyalashtirish va huquqiy yordamni kengaytirish.

Bepul huquqiy yordam uchun

barqaror davlat byudjeti yoki xalqaro hamkorlik asosidagi moliyalashtirish modeli ishlab
chiqilishi hamda hududlarda advokatlar taqsimotini yaxshilash uchun subsidiyalar, masofaviy
maslahat va mobil yuridik punktlar tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Advokatlar xavfsizligi va himoyasini taʼminlash.

Advokatlarga nisbatan tahdid, bosim va

huquqbuzarlarga qarshi samarali himoya mexanizmlarini yaratish. Tahdidlar va bosim
holatlarida tezkor himoya choralari (mahalliy palata tomonidan favqulodda himoya, politsiya
chora-tadbirlari, xalqaro monitoring) joriy etilsin. Advokatlarga qarshi noqonuniy ta’qiblar
bo‘yicha mustaqil tekshiruv organlari hamda jamoat monitoringi tashkil etilsa o‘rinli bo‘lar edi.

Yuqarida keltirilgan takliflar tizimli, o‘zaro bog‘langan va amaliy-qonuniy choralar

majmui bo‘lib, ularning amalga oshirilishi advokatura institutining mustaqilligini kuchaytiradi,
fuqarolarning malakali huquqiy yordamga kirishini kengaytiradi va sud-huquq tizimining
umumiy samaradorligini oshiradi. Har bir chorani amalga oshirishda asosiy tamoyil advokatning
mustaqilligini taʼminlab, shu bilan birga uning javobgarligi va shaffofligini muvozanatlashdir.

Xulosa

Advokatura instituti – huquqiy davlat va demokratik jamiyatning ajralmas elementi

sifatida adolatli sudlovning kafolatlaridan biridir. Uning mustaqilligi fuqarolarning
konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini samarali himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash
hamda sud-huquq tizimining haqqoniy faoliyatini ta’minlovchi poydevor hisoblanadi.

Xalqaro huquqiy manbalar, jumladan, BMTning “Advokatlarning roliga doir asosiy

tamoyillari”, Yevropa Kengashining tavsiyalari va Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi
amaliyoti advokatura faoliyatining mustaqilligi, daxlsizligi va huquqiy himoyasi global
miqyosda tan olingan tamoyil ekanini tasdiqlaydi.

Milliy qonunchilikda ham advokatura faoliyati uchun muayyan huquqiy asoslar

yaratilgan bo‘lib, advokatning daxlsizligi, advokatlik sirining maxfiyligi, protsessual huquqlar va
kafolatlar belgilangan. Biroq amaliyotda bu normalarni to‘liq amalga oshirishda ayrim
muammolar – davlat organlarining aralashuvi, advokatlik sirining buzilishi, moliyaviy va
moddiy resurslarning cheklanganligi, malaka oshirish tizimining yetarli darajada yo‘lga
qo‘yilmaganligi, bepul huquqiy yordamning keng qamrovli emasligi kabi cheklovlar mavjud.

Ushbu muammolar advokatura institutining real mustaqilligini zaiflashtiradi, jamiyatda

unga bo‘lgan ishonchni kamaytiradi va fuqarolarning huquqiy himoya mexanizmlariga erkin
kirish imkoniyatini toraytiradi.

Shu nuqtai nazardan, advokatura institutini yanada takomillashtirish, uning mustaqilligini

kafolatlash va sud-huquq tizimidagi o‘rnini mustahkamlash uchun quyidagilar muhim
hisoblanadi:

qonunchilikni xalqaro standartlarga moslashtirish;

advokatlarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini kuchaytirish;

advokatlik sirini daxlsiz saqlashni qat’iy kafolatlash;

bepul huquqiy yordam tizimini kengaytirish va hududiy nomutanosiblikni bartaraf etish;

advokatlarning doimiy malaka oshirishini yo‘lga qo‘yish;

advokatlar xavfsizligini ta’minlash hamda kasbiy faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarning
oldini olish.


background image

113

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10

Xalqaro va milliy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, mustaqil advokatura nafaqat shaxsning

huquqiy manfaatlarini himoya qiladi, balki sud-huquq tizimining adolatli ishlashini, davlat va
jamiyatning huquqiy-demokratik taraqqiyotini ta’minlovchi muhim ustunlardan biridir. Shu bois,
advokatura institutining mustaqilligini ta’minlash – O‘zbekistonning huquqiy davlat qurish
yo‘lida eng asosiy strategik vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekistin Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, Qonun hujjatlari
milliy bazasi.

https://lex.uz/docs/-6445145

2.

O‘zbekiston Respublikasi “Advokatura toʻgʻrisida” Qonun. Qonun hujjatlari milliy
bazasi. https://lex.uz/uz/docs/-54503

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 12.05.2018 yildagi PF-5441-son
Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini
kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

https://lex.uz/en/docs/-3731060

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining “Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning
mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-maydagi PF-5441-
son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

https://www.lex.uz/docs/-

3908401

5.

Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar. Advokatura. Darslik. / T.: “Yuridik
adabiyotlar publish” nashriyoti, 2024. – 448 b.

6.

Davlyatov V.X. Advokatura institutini takomillashtirishda advokatlik tuzilmalari va
o‘zini o‘zi boshqarish organining maqomi masalalari. Monografiya // Mas’ul muhrarrir
yu.f.d. B.Salomov. – Toshkent: TDYU, 2021. – 292 bet.

7.

Qodiraliyev S.B. Advokatura institutini takomillashtirish imkoniyatlari. Monografiya //
Toshkent davlat yuridik universiteti, 2023. – 124 bet.

8.

United Nations.

Basic Principles on the Role of Lawyers

. Adopted by the Eighth United

Nations Congress on the Prevention of Crime and the Treatment of Offenders, Havana,
Cuba, 27 August – 7 September 1990.

9.

European Court of Human Rights,

Michaud v. France

, no. 12323/11, Judgment of 6

December 2012.

10.

International Covenant on Civil and Political Rights (ICCPR), adopted 1966, entered into
force 1976.

11.

Council of Bars and Law Societies of Europe (CCBE).

Charter of Core Principles of the

European Legal Profession and Code of Conduct for European Lawyers

, 2006.

References

O‘zbekistin Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, Qonun hujjatlari milliy bazasi. https://lex.uz/docs/-6445145

O‘zbekiston Respublikasi “Advokatura toʻgʻrisida” Qonun. Qonun hujjatlari milliy bazasi. https://lex.uz/uz/docs/-54503

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 12.05.2018 yildagi PF-5441-son Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida https://lex.uz/en/docs/-3731060

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-maydagi PF-5441-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida https://www.lex.uz/docs/-3908401

Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar. Advokatura. Darslik. / T.: “Yuridik adabiyotlar publish” nashriyoti, 2024. – 448 b.

Davlyatov V.X. Advokatura institutini takomillashtirishda advokatlik tuzilmalari va o‘zini o‘zi boshqarish organining maqomi masalalari. Monografiya // Mas’ul muhrarrir yu.f.d. B.Salomov. – Toshkent: TDYU, 2021. – 292 bet.

Qodiraliyev S.B. Advokatura institutini takomillashtirish imkoniyatlari. Monografiya // Toshkent davlat yuridik universiteti, 2023. – 124 bet.

United Nations. Basic Principles on the Role of Lawyers. Adopted by the Eighth United Nations Congress on the Prevention of Crime and the Treatment of Offenders, Havana, Cuba, 27 August – 7 September 1990.

European Court of Human Rights, Michaud v. France, no. 12323/11, Judgment of 6 December 2012.

International Covenant on Civil and Political Rights (ICCPR), adopted 1966, entered into force 1976.

Council of Bars and Law Societies of Europe (CCBE). Charter of Core Principles of the European Legal Profession and Code of Conduct for European Lawyers, 2006.