THE PECULIARITIES OF PSYCHOLOGICAL SECURITY IN TODAY'S GLOBALIZATION PROCESS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Sharipova, N. (2023). THE PECULIARITIES OF PSYCHOLOGICAL SECURITY IN TODAY’S GLOBALIZATION PROCESS. Modern Science and Research, 2(3), 276–279. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/18490
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article reveals the psychological essence of the globalization process.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

276

BUGUNGI GLOBALLASHUV JARAYONIDA PSIXOLOGIK XAVFSIZLIKNING

O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Sharipova Nilufar Asadovna

Buxoroda psixologiya va xorijiy tillar instituti Psixologiya (faoliyat turlari bo’yicha)

magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7784899

Annotatsiya.

Ushbu maqolada globallashuv jarayonining psixologik mohiyati ochib

beriladi.

Kalit so‘zlar:

globallashuv, axborot, axborot asri,

axborot ko`lami va sifati, axborot makoni.

ОСОБЕННОСТИ ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ БЕЗОПАСНОСТИ В

СОВРЕМЕННОМ ПРОЦЕССЕ ГЛОБАЛИЗАЦИИ

Аннотация.

В этой статье будет раскрыта психологическая сущность процесса

глобализации.

Ключевые слова:

глобализация, информация, информационный век, масштабы и

качество информации, информационное пространство.

THE PECULIARITIES OF PSYCHOLOGICAL SECURITY IN TODAY'S

GLOBALIZATION PROCESS

Abstract.

This article reveals the psychological essence of the globalization process.

Keywords:

globalization, information, information age, information scale and quality,

information space.


Mavzuning dolzarbligi.

Insoniyatning XXI asrga qadam qo`yishi axborot ko`lami va sifati

misli ko`rilmagan darajada o`sishi bilan nishonlanadi. Benihoya katta hajmdagi ma`lumotlar
ummonlar va qit`alar osha shiddatli sur`atlarda, lekin kishi sezmas darajada jimgina, ommaviy
axborot vositalarining shunchaki odatiy ishi sifatida u yoqdan bu yoqqa yetkazib turilibdi.

Avvalo shuni yaxshi e`tirof etishlari lozimki, hozirgi davr, dunyoda g`oyaviy qarama-

qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan kuchliroq bo`lib
borayotgan davrdir. Insoniyat hozirgi kunga kelib bir qator chegara bilmaydigan muammolarga
duch keldi. XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o`rtasidagi o`zaro ta`sir shu qadar
kuchayib ketdiki, bu jarayondan to`la exotalanib olgan birorta ham davlat yo`q, deb to`la ishonch
bilan aytish mumkin.

Dunyoda globallashuv jarayoni bormoqda. Mamlakatlar ittifoqi, yagona pul birligi,

yagona himoya tarmog`i, muvofiqlashgan iqtisod, fan yutuqlarini hayotga tadbiq etishning
uyushgan dasturi, «yetti iqlim» ni bog`lab turuvchi internet tizimi. Bular g`oyat foydali, insoniyat
taraqqiyotiga xizmat qiluvchi, davlatlarni mushtarak maqsad yo`lida birlashtiruvchi jarayondir.

Globallashuv shunday jarayonki, undan chetda turaman, degan mamlakatlar uning ta`siriga

ba`zan ko`proq uchrab qolishi mumkin. Bunday g`ayriixtiyoriy ta`sir esa ko`pincha salbiy bo`ladi.

Globallashuvning turli mamlakatlarga o`tkazayotgan ta`siri ham turlicha. Bu hol dunyo

mamlakatlarining iqtisodiy axborot, ma`naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog`liq.
Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o`tkazayotgan salbiy
ta`sirini kamaytirish va ijobiy ta`sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq
anglash, uning xususiyatlarini o`rganish lozim. Bu hodisaning chuqur o`rganmay turib unga
moslashish, kerak bo`lganda, uning yo`nalishini tegishli tarzda o`zgartirish mumkin emas.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

277

O`z davrida fransuz faylasufi Rene Dekart “Tushunchalar ma`nosini aniqlashtiring va bu

insoniyatning yarmini adashishdan saqlaydi” – deb yozgan edi. Ayni shu ma`noda dastlab biz
“globallashuv” tushunchasining istilohiy ma`nosini izohlashga harakat qilamiz. “Globallashuv”
atamasi dastlab amerikalik olim T.Levitt tomonidan 1983 yili “Garvard biznes revyu” jurnalida
chop qilgan maqolasida qo`llangan. T.Levitt yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan
turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonlarini “globallashuv” deb atagan. Mazkur
ta`rifda globallashuv jarayonining iqtisodiy tomonlariga e`tibor berilgan. Vaholanki, globallashuv
yaxlit jarayonlarni o`z ichiga qamrab oladi. A.Ochildiyevning ta`kidlashicha, “ … eng umumiy
ma`noda, globalashuv, bir tomondan, muayyan hodisa, jarayonning barcha mintaqalar, davlatlar
va butun Yer yuzini qamrab olganini, ikkinchi tomondan, ularning insoniyat taqdiriga daxldor
ekanini anglatadi”. V.I.Danilov-Danilyan esa “ Globallashuv ko`proq mantiqdan emas, balki
tarixiy paradigmadan kelib chiqqan so`zdir. Globallashuv jihatlarining o`zaro aloqadorligini aniq
va ravshan tahlili mavjud emas”, - deb yozgan edi. Yuqoridagi ta`riflardan ko`rinadiki,
globallashuv jarayoni o`zining murakkabligi va serqirraligi biln alohida ajralib turadi. Shuning
uchun ham S.Otamuratov “… globallashuv tushunchasi haqidagi qarashlar turli-tumanligicha
davom etib kelmoqda. Bu tabiiy hol. Chunki uning makon va zamonda sodir bo`lish xususiyatlari
turlicha bo`lib dunyoning o`zgarishiga o`tkazayotgan ta`sirida ham yangi-yangi imkoniyatlari
namoyon bo`lmoqda”.

Globallashuv sharoitida tashqi aloqalar, xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlanib, har bir

shaxsning ma`viyati va intelektual salohiyatiga yangicha talablar qo`ymoqda. O`z navbatida,
O`zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarining to`laqonli a`zosi va uning ajralmas qismi
hisoblanadi. Shuning uchun ham bugungi kunda mamlakatimizda yuksak ma`naviyatli, yuqori
bilimli va xalqaro talablarga mos keladigan mutaxassislarni tayyorlashga alohida e`tibor
berilmoqda. Mamlakatimizda bunday mutaxassislarga bo`lgan talab kelajakda ham oshib boradi.
Shu bois yuksak ma`naviyatli shaxsni tarbiyalash, ularni xalqaro mezonlar asosida tayyorlash
ustuvor vazifalardan biriga aylanib bormoqda.

Globallashuv – bu butun jahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiyalashuv

(bir-biriga yaqinlashuv) jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, ishchi
kuchi va ishlab chiqarish resurslarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik
jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarining madaniyatining qo`shilish va
yaqinlashuvidir. Bu obyektiv jarayon bo`lib jamiyatning barcha sohalarini qamrab oluvchi tizimli
xususiyatga ega. Zero biz A.Toynbi ta`biri bilan aytganda, insoniyat, “umumiy uy”, “umumiy
taqdir” va umumiy tashvishlar bilan yashashga kirishayotgan, bir so`z bilan aytganda globallashuv
deb atalayotgan jarayonlar sodir bo`layotgan zamonda yashamoqdamiz.

Global miqyosdagi muammolar ilmiy munozaralar predmeti sifatida XX asrning 60-70

yillarida jahon hamjamiyatida jiddiy qiziqish uyg`otgan. 1930 yillarda E.Lerua, Teyar de Sharden
va V.I.Vernedskiylarning nazariyalarida insoniyat hamjamiyatning global mohiyati va uning
Yerdagi yashash tarixi uchun mas`uldir, degan fikrlar ilgari surilgan. Keyinchalik bu masalaga
e`tibor bir muncha susaygan. 1970-80 yillarga kelib mazkur masalaga oid tadqiqotlar jonlanganligi
bizga ma`lum. Bugungi kunda globallashuv jarayonining jadallashuvi o`zaro aloqadorlik va o`zaro
ta`sir dialektikasi qonunlari asosida ilm-fan, madaniyat taraqiyotiga ta`sir o`tkazmoqdaki, bu o`z
navbatida yoshlardagi ijtimoiy mas`ullik jarayoni zamonaviy ilm-fan yutuqlari, texnika-


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

278

texnologiya, xalqaro axborot almashinuvining jadal rivoji bilan o`zaro aloqadorlikda yuzaga
keladi.

Hozirgi kunda “globalistika” termini zamonaviy fan tilining ajralmas qismidir, ammo uning

ma`nosi haqida hanuz turlicha fikrlar bildirilmoqda. Ba`zilar bu yangi fan, u xali shakllanish
jarayonida, deb aytsalar, boshqalar ilmiy bilish integratsiyasi natijasi, deb bilib, o`ziga xos
fanlararo tadqiqotlar sohasi, deb tan olmoqda.

Globallashuv jarayoni kuchayib borayotgan hozirgi dunyoda davlatning raqobat shartlariga

tez moslashuvi uning muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishining asosiy ustunligi – ta`lim
tizimining holati bilan aniqlanadigan, shaxsni ma`naviy rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligi
bilan bog`liq. Davlatning bugungi va istiqbolidagi barqaror iqtisodiy o`sishini ta`minlovchi
omillar aynan ta`lim sohasi rivojlanishiga bevosita bog`liq. Shu sababli mustaqillikning ilk
yillaridanoq iqtisodiyotni tubdan isloh qilish jarayonida ta`lim sohasida jahonda munosib o`rinni
egallashga qaratilgan yangi uzluksiz ta`lim tizimini yaratish va rivojlantirish ustuvor vazifa
sifatida belgilandi. Bu borada alohida ahamiyat kasb etadigan siyosiy globallashuv davlatlarning
siyosiy tuzilishini, xalqlar va mintaqalar o`rtasidagi siyosiy aloqalarning kengayishini, o`zaro
bog`liqligini ifodalaydi va oxir-oqibat, ularning unifikatsiyalashuviga olib keladi. Bunda o`ziga
xos siyosiy munosabatlar ko`lamiga ko`ra global va barcha davlatlarning ichki tuzilishi bir
tarmoqqa ulanib ketishi kuzatiladi. Bu jarayonda milliy davlatchilik suverenitetiga xavf tug`dirishi
mumkin bo`lgan bir qancha holatlar mavjud. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

Birinchidan, jahon siyosiy sahnasida transmilliy korporatsiyalar, nodavlat hamda xalqaro

tashkilotlar, xalqaro kapital kabi yangi qudratli siyosiy subyektlar shakllanmoqda. Ular
siyosatning an`anaviy subyekti – milliy davlatchilik suverenitetining ikkinchi darajaga tushib
qolishiga sabab bo`lmoqda.

Ikkinchidan, globallashuv xalqaro huquq asoslariga sezilarli ravishda ta`sir etyapti. Bu esa

davlatlarning o`z hududida huquqiy suverenitetidan qisman ayrilishiga olib kelmoqda. Natijada
milliy davlatlarning nafaqat tashqi, balki ichki siyosiy masalalarini mustaqil yechish imkoniyatlari
chegaralanmoqda. Ma`lum bir davlatning ichki siyosatini tashkil etadigan muammo (ichki ixtilif,
siyosiy kurash, saylov jarayonlari va boshqalar) bugungi kunga kelib, global ahamiyat kasb etib
boshqa davlatlarning manfaatlariga ham daxldor bo`lib qolmoqda.

Uchinchidan, kishilar ongida davlatchilik suvereniteti asosini tashkil etuvchi hududiy omil

globallashuv samarasi o`laroq, o`zining an`anaviy ahamiyatini yo`qotmoqda va tabiiy ravishda
davlat hokimiyati mavqeiga ham putur etmoqda. Boshqacha aytganda, milliy chegaralar tobora
shaffoflashib bormoqda.

To`rtinchidan, butun dunyo bo`ylab bir qator g`arb davlatlari rahnamoligida

“demokratiyalashuv” jarayoni jadallashmoqda va buning natijasida ayrim davlatlarning o`ziga xos
demokratik taraqqiyotiga chetdan kuchli ta`sir o`tkazilayapti. Ya`ni, bu jarayondan o`z manfaatlari
yo`lida foydalanishga urinayotgan globalizm g`oyasi asoschilari boshqa mamlakatlarining siyosiy
boshqaruv tizimini o`z qo`llariga olishga urinmoqdalar. Misol uchun, MDHga a`zo bir qator
davlatlarda 2005 yilda yuz bergan “inqiloblar”, siyosiy globallashuv mahsuli bo`lib, ushbu jarayon
asoratlarining qanchalar xavfli ekanligidan darak beradi. Ushbu voqealar shundan dalolat beradiki,
yuksak taraqqiy etgan mamlakatlar boshqa davlatlarning suvereniteti va ichki ishlariga
aralashmaslik prinsipini pardalangan shaklda buzmoqda. Bunda siyosiy globalashuv jarayonining
yana bir mahsuli – nodavlat tashkilotlarning resurslari va nufuzidan tashkiliy niqob sifatida


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

279

foydalanish dunyo bo`ylab keng tarqalmoqda. Ayni shu ma`noda A.V.Buzgalin “Globallashuv
siyosatga ta`siri kuchli bo`lib, xavfsizlik va iqtisod sohasida davlatlarning bir-biriga tobeligini
kuchaytirib, har birining jahon sahnasidagi ustuvor jihatlarining chuqur o`zgarishiga olib keladi.
Tashqi siyosiy vositalar arsenaliga boshqacha nuqtai nazardan qarashga majbur qilib, jahon
siyosatining tadrijiylashish jarayonining tezlashib ketishiga olib keladi” – deb yozadi.

Umuman olganda, globallashuv murakkab va serqirra jarayon bo`lib, uni turli mamlakatlar

hayotiga o`tkazayotgan ta`siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarning iqtisodiy, ma`naviy
salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog`liq. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli
jarayonlarning har bir mamlakatga o`tkazayotgan salbiy ta`sirini kamaytirish va ijobiy ta`sirini
kuchaytirish, davlatlar kelajagini belgilab beruvchi asosiy omil bo`lib qolmoqda.


REFERENCES

1.

Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz. Toshkent – 2017.

2.

Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat`iy tartib-intizom va sgaxsiy javobgarlik – har bir
rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak. Toshkent – 2017.

3.

Jo’raev N. Mafkuraviy immunitet. -T.: «Ma’naviyat», 2000.

4.

Qosimova Z. Mafkuraviy immunitetni shakllantirishning uslub va vositalari. – T: San`at
jurnali 2007. – 35b.

5.

G`afforova G.F. Axborot va axborotlashtirish jarayonlarining falsafiy-metodologik
muammolari. – T: Fan, 2008. – 1606b.

6.

Avezov O.R. Ekstremal vaziyatlarda psixologik xizmat Darslik,”KAMOLOT” nashriyoti,
2023 yil. 332 bet.

7.

Avezov O.R. Mutaxassislikka kirish. Darslik,”Durdona” nashriyoti, 2021 yil. 243 bet.


References

Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent – 2017.

Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat`iy tartib-intizom va sgaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak. Toshkent – 2017.

Jo’raev N. Mafkuraviy immunitet. -T.: «Ma’naviyat», 2000.

Qosimova Z. Mafkuraviy immunitetni shakllantirishning uslub va vositalari. – T: San`at jurnali 2007. – 35b.

G`afforova G.F. Axborot va axborotlashtirish jarayonlarining falsafiy-metodologik muammolari. – T: Fan, 2008. – 1606b.

Avezov O.R. Ekstremal vaziyatlarda psixologik xizmat Darslik,”KAMOLOT” nashriyoti, 2023 yil. 332 bet.

Avezov O.R. Mutaxassislikka kirish. Darslik,”Durdona” nashriyoti, 2021 yil. 243 bet.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов