GENERAL INFORMATION ABOUT FIBERS USED IN THE PRODUCTION OF GARMENTS AND THEIR CLASSIFICATION.

HAC
Google Scholar
To share
Sharipova, N., Qaldibayev, R. ., & Jumabayeva, N. (2024). GENERAL INFORMATION ABOUT FIBERS USED IN THE PRODUCTION OF GARMENTS AND THEIR CLASSIFICATION. Modern Science and Research, 3(1), 1212–1216. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28802
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Detailed information on fibers used in the production of leather goods, classification of materials, proximity and similarity to the composition of fibers, molecular composition and physical and chemical properties. Also, the molecular structure and properties of natural and chemical fibers are explained in this state.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1212

TIKUV BUYUMLARINI ISHLAB CHIQARISHDA ISHLATILADIGAN TOLALAR

HAQIDA UMIMIY MAʼLUMOTLAR VA ULARNING SINFLANISHI.

Sharipova Nilufar Mavlonovna

Guliston davlat universiteti o‘qituvchisi

Qaldibayev Rashid Turdibayevich

Janubiy Qozog‘iston Universiteti t.f.d.dosent

Jumabayeva Nigora Muhammad qizi

Guliston davlat universiteti talabasi

Tel: +998973418242

Email:

nilufarsharipovamavlonovna@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10610310

Annotatsiya. Tikuv buyumlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan tolalar haqida keng

ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, ularning tolaviy tarkibi, molekulyar tarkibi, fizik-kimyoviy
xossalari bir-biriga yaqinligi va o‘xshashligini hisobga olgan holda ularni sinflash mumkin.

Shuningdek, maqolada tabiiy va kimyoviy tolalarni molekulyar tuzilishi va xususiyatlari

borasidagi qarashlari ham keltirib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar: Tola, elementar va kompleks tolalar, tabiiy va kimyoviy tolalar, kimyoviy

xossa, fizik-kimyoviy xossa, texnologik xossa, sunʼiy va sintetik tolalar, sellyuloza va oqsil tolalar,
jun va ipak tolalar.

GENERAL INFORMATION ABOUT FIBERS USED IN THE PRODUCTION OF

GARMENTS AND THEIR CLASSIFICATION.

Abstract. Detailed information on fibers used in the production of leather goods,

classification of materials, proximity and similarity to the composition of fibers, molecular
composition and physical and chemical properties.

Also, the molecular structure and properties of natural and chemical fibers are explained in

this state.

Key words: Fiber, elementary and complex fibers, natural and chemical fibers, chemical

properties, physical and chemical properties, technological properties, artificial and synthetic
fibers, cellulose and protein fibers, wool and silk fibers.

ОБЩИЕ СВЕДЕНИЯ О ВОЛОКНАХ, ИСПОЛЬЗУЕМЫХ ПРИ ПРОИЗВОДСТВЕ

ШВЕЙНЫХ ИЗДЕЛИЙ, И ИХ КЛАССИФИКАЦИЯ.

Аннотация. Дана обширная информация о волокнах, используемых при производстве

швейных изделий, и их можно классифицировать по близости и сходству по составу
волокон, молекулярному составу и физико-химическим свойствам.

Также в статье изложены взгляды на молекулярную структуру и свойства

натуральных и химических волокон.

Ключевые слова: Волокно, элементарные и сложные волокна, натуральные и

химические волокна, химические свойства, физико-химические свойства, технологические
свойства, искусственные и синтетические волокна, целлюлозные и белковые волокна,
волокна шерсти и шелка.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1213

Tola - uzunligi ko‘ndalang kesimi o‘lchamidan katta bo‘lgan, ma’lum darajada egiluvchan,

cho‘zilish va pishiqlik xossasiga hamda ingichkalikka ega bo‘lgan jism tushuniladi. Tolalar to‘qimachilik
tarmog‘ining xom ashyosi bo‘lgani uchun, ko‘p hollarda to‘qimachilik tolalari deb yuritiladi. Aytilganlarni
inobatga olib, tolaga quyidagicha ta’rif beriladi: to‘qimachilik mahsulotlari deb ishlab chiqarishga yaroqli,
chegaralangan uzunlikdagi, yumshoq, ingichka va ma’lum qayishqoqlik, pishiqlik, cho‘ziluvchanlik
xususiyatlariga ega bo‘lgan jismga aytiladi. Tolalar tashqi tuzilishiga ko‘ra elementar va kompleks tolalarga
bo‘linadi. Uzunligi bo‘yicha bo‘linmaydigan yakka tolalar elementar tolalar deb ataladi. Uzunligi bo‘yicha
bir qancha elementar tolalarning birikmasiga kompleks tola deyiladi.

Kiyim - kechak ishlab chiqarishda turli xil materiallar qo'llaniladi. Bu gazlamalar, trikotaj

buyumlar, to'qilmagan materiallar, tabiiy va sun'iy charm, plyonkali va murakkab materiallar,
tabiiy va sun'iy mo'yna, tikuv iplari, yopishtiruvchi materiallar va aksessuarlar.

Ushbu materiallarning tuzilishini bilish, ularning xususiyatlarini aniqlash, assortimentni

tushunish va sifatini baholash qobiliyati yuqori sifatli kiyimni ishlab chiqish va ishlab chiqarish,
ishlov berish usullarini to'g'ri tanlash va materiallarga ishlov berish rejimlarini o'rnatish uchun
zarur shartdir.

Kiyim - kechak sanoatida eng katta hajm to'qimachilik materiallaridan tayyorlangan

mahsulotlardan iborat.

To'qimachilik materiallari yoki to‘qimachilik tolalar va iplardan tayyorlangan materiallar

va mahsulotlar. Bularga gazlamalar, trikotaj buyumlar, to‘qilmagan matolar, tikuv iplari va
boshqalar kiradi.

Toʻqimachilik tolasi choʻzilgan korpus boʻlib, egiluvchan va bardoshli, koʻndalang

oʻlchamlari kichik, uzunligi cheklangan, ip va toʻqimachilik materiallarini ishlab chiqarish uchun
mos keladi.

Tolalar kelib chiqishiga qarab tabiiy va kimyoviy tolalarga bo‘linadi. Tabiatdagi o‘simliklardan

(paxta, zig‘ir, kanop va hokazolar), jonivorlardan (jun, ipak) va ma’danlardan (tosh paxta) olinadigan tolalar
tabiiy tolalar deyiladi. Tabiatdagi mavjud bo‘lgan moddalarni yoki yuqori molekulali birikmalarni sintez
qilish asosida olingan tolalar kimyoviy tolalar deyiladi. Kimyoviy tolalar ham, o‘z navbatida, ikki turga
bo‘linadi: sun’iy tolalar va sintetik tolalar. Tabiatdagi mavjud bo‘lgan moddalarni kimyoviy usul bilan qayta
ishlash asosida olinadigan tolalar sun’iy tolalar deyiladi. Yuqori molekulali birikmalarni kimyoviy usul bilan
sintez qilish asosida olinadigan tolalar sintetik tolalar deyiladi. To‘qimachilik sanoatida ishlatiladigan
tolalarni mukammal o‘zlashtirish uchun, uning tasniflanishi nihoyatda katta ahamiyatga ega. Tolalar kelib
chiqishiga qarab tabiiy va kimyoviy tolalarga bo‘linadi. Tabiatdagi o‘simliklardan (paxta, zig‘ir, kanop va
hokazolar), jonivorlardan (jun, ipak) va ma’danlardan (tosh paxta) olinadigan tolalar tabiiy tolalar deyiladi.
Tabiatdagi mavjud bo‘lgan moddalarni yoki yuqori molekulali birikmalarni sintez qilish asosida olingan
tolalar kimyoviy tolalar deyiladi. Kimyoviy tolalar ham, o‘z navbatida, ikki turga bo‘linadi: sun’iy tolalar va
sintetik tolalar. Tabiatdagi mavjud bo‘lgan moddalarni kimyoviy usul bilan qayta ishlash asosida olinadigan
tolalar sun’iy tolalar deyiladi. Yuqori molekulali birikmalarni kimyoviy usul bilan sintez qilish asosida
olinadigan tolalar sintetik tolalar deyiladi. To‘qimachilik sanoatida ishlatiladigan tolalarni mukammal
o‘zlashtirish uchun, uning tasniflanishi nihoyatda katta ahamiyatga ega.

To‘qimachilik sanoatida tolali mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida tabiiy,

kimyoviy tola va iplar ishlatiladi. Tola va iplar bir-biridan kimyoviy, fizik-kimyoviy, fizik-texnik, texnologik


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1214

va boshqa xossalari bilan farqlanadi. Ammo tolalarning ayrim xossalari bir-biriga yaqinligi va o‘xshashligini
hisobga olgan holda ularni sinflash mumkin.

Sinflashda tolalar tarkibini tashkil etadigan polimer makro molekulalarining kimyoviy tuzilishi va

kelib chiqishi asos qilib olinadi. Barcha to'qim achilik tolalari tabiiy va kimyoviy tolalarga bo‘linadi.
Kimyoviy tolalar, olinishiga qarab, sun'iy va sintetik tolalarga ajratiladi. Tabiiy birikmalarni kimyoviy qayta
ishlash bilan olinadigan tolalar sun’iy tolalar, sintetik polimerlarni qayta ishlash bilan olinadigan tolalar esa
sintetik tolalar deyiladi. Sintetik polimerlar oddiy uglevodorod, aromatik uglevodorod, aminlar, kislotalar,
spirtlar sintezlab olinadi. Tabiiy tolalarga o'simliklarga mansub bo‘lgan paxta, lub, kanop tolalari,
hayvonlardan olinadigan tolalarga jun va ipak tolalari, minerallardan olinadigan tolalarga asbest tolasi kiradi.
Sun’iy tola olish uchun ishlatiladigan xomashyo organik va anorganik polimerlarga bo‘linib, olingan tolalar
organik va anorganik tolalar sinflariga mansub bo'ladi. Organik sun’iy tolalarga sellulozadan olinadigan
viskoza va mis-ammiak tolalari (gidratsellulozatolalari); asetat va triasetat tolalari (selluloza efirlaridan
olinadigan tolalar), oqsil moddali tolalarga sutdan olingan tola (kazein tolasi) misol bo‘ladi. Anorganik
sun’iy tolalarga shisha vametall tolalari kiradi. Sintetik tolalarning turi juda ko‘p bo'lib, turli nomlar bilan
ataladi. Sintetik tolalarning asosiy tarkibini tashkil etadigan polimer makromolekulasining (asosiy
zanjirining) kimyoviy tuzilishiga ko‘ra, karbozanjirli va geterozanjirli tolalarga bo'linadi. Tabiiy tolalar,
selluloza (paxta, zig'ir, kanop) va oqsil (jun va ipak) tolalari kiradi.

Selluloza tabiatda juda keng tarqalgan tabiiy yuqori molekular birikmadir. U o'simliklarning asosiy

qismini tashkil qilib, ularning rivojlanishida faol ishtirok etadi. Paxta toiasining o'rtasida bo'ylama kanal
bo'lib, u buralgan tasma shaklidadir. Tola uchiga tomon ingichkalanib boradi, uni chigitdan uzganda hosil
bo'lgan ikkinchi uchi ochiq, ingichka uchi esa yopiq bo'ladi. Selluloza tolasi bir necha aylanma (umumiy
markazga ega bo'lgan doira) qatlamlardan, ya’ni birlamchi va ikkilamchi devorlardan tarkib topgan. Sirtidagi
yupqa birlamchi devor himoya qatlami hisoblanadi. Tolaning asosiy massasi uchta aylanma qatlamdan
tuzilgan ikkilamchi devorga to ‘g‘ri keladi. Zig‘ir tolalari oraliq plastinkalar bilan bog'langan bir qartcha
elementar tolalardan tuzilgan. Zig‘ir tolasining ikki uchi berk urchuqsimon shaklda boʻlib o'rtasida uzunasi
bo'ylab kanal bo'ladi.

1-jadval

Tolalar tarkibi

Foiz miqdorida

Paxta

Zig‘ir

Djut

Archa

-sellyuloza

96

80,5

71,5

55,2

Pentozan va Pektin

1,8

8,4

-

11,2

Lignin

-

5,2

21,3

27

Azot va oqsil moddalar

0,3

2,1

-

2,0

Yog‘, mum

1

2,7

0,4

0,6

Kul moddalar

1,2

1,1

0,8

0


Bu tola bir necha aylanma qatlamlardan iborat. Tolaning oraliq plastinkasi tarkibida pektin, lignin,

gemiselluloza va boshqa birikmalar mavjud. Pishgan paxta toiasining 94—95 %ini (tolaning absolut quruq
massasiga nisbatan) selluloza va qolgan 4—6 %ini tabiiy selluloza yoldoshlari — tarkibida azot bo‘lgan
moddalar, pektin, mumsimon moddalar tashkil etadi. Selluloza miqdori zig‘irda 74—79 %, daraxtda 40—
50 %, qamish va somonda 20—30 % bo'ladi. Mumsimon moddalar yuqori uglevodorodlar, yuqori bir atomli
spirtlar, yuqori kislotalar, ularning tuzlari va efirlari aralashmasidan iborat boʻlib, organik erituvchilar


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1215

yordamida ekstraksiyalanadi. Tarkibida azot bo‘lmagan moddalar oqsil tabiatli moddalar va nitrat, nitrit
kislota birikmalari ko‘rinishida bo‘ladi. Pektin moddalar asosiy qismini pektin kislotaning kalsiy-magniy
tuzlari tashkil qiladigan polisaxaridlar aralashm asidan iborat. Lignin murakkab tuzilishga ega bo'lgan tabiiy
polimer bo'lib, u hali to‘liq o'rganilmagan. Lignin sellulozadan farqli o'laroq 72 %li sulfat kislotada eriydi.
Kul moddalar tarkibida silikat kislota, turli metall tuzlari va kalsiy, kaliy, temir, marganes oksidlari bo'ladi.

Pigmentlar. Bunday moddalar murakkab tuzilishga va tarkibga ega bo'lib, ular hali to‘liq

o'rganilmagan, suvda va ishqor eritmasida erimaydi. Tarkibida selluloza bo'lgan materiallarni qayta
islilashga oid hamma jarayonlar sellulozaning kimyoviy o'zgarishiga asoslangan. Yog'och massasini
mexanik qayta ishlash (yog'ochdan sellulozani ajratish uchun tayyorlash) bundan istisno. Paxta tolasi asosida
to'qilgan matolarni bo‘yash va gul bosishga tayyorlash, bo‘yash va pardozlash jarayonlari natijasida
boshlang'ich xomashyoda kimyoviy va fizik-kimyoviy o'zgarishlar sodir bo'ladi. Shuning uchun texnologik
jarayonlarni to'g'ri yo'naltirish zarurati sellulozaning tuzilishini, fizik-kimyoviy xossalarini va undan
mahsulotlarni olishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlarini puxta bilishni taqozo etadi. Selluloza — tola hosil
qiluvchi eng muhim polimer; to'qimachilik materiallarining deyarli 70 %i sellulozadan tayyorlanadi.
Selluloza — yuqori molekular polimer bo'lib, uglevodlar sinfiga mansubdir. Tabiatda selluloza uglerod
dioksidi bilan suvning ishtirokida fotosintez natijasida hosil bo'ladi. Biosintez jarayonida paxta tolasida
paydo bo'ladigan polioza molekulalari asta-sekin sellulozaga aylanadi.

Hayvonlardan olinadigan jun va ipak qurtidan olinadigan tabiiy ipak tolalari oqsil tolalar jumlasiga

kiradi. Jun — qo'y, echki va tuya terisini qoplab turgan tola. Jun tabiiy va tiklangan xillarga bo‘linadi. Tabiiy
jun bevosita hayvonlarning junini olish, korxonalarda olinadigan jun hayvonlarning terisiga ishlov berish,
tiklangan jun esa ikkilamchi jun xom ashyosini qayta ishlash yo‘li bilan olinadi. Pardozlash fabrikalarida
tabiiy jun va undan tayyorlangan to‘qima materiallarga ishlov beriladi. Jun tolalari paxta tolalaridan uzunroq,
pishiqligi kamroq, lekin qayishqoqroq bo‘ladi. Jun gazlamalar qator qimmat baho xossalarga ega, ya’ni
uncha g‘ijimlanmaydi, ishqalanishga chidamli, undan tikilgan buyumlarning dastlabki shakli yaxshi
saqlanadi va issiqni yaxshi saqlaydi. Jun tolasining asosini oqsil modda — keratin tashkil etadi. Bu tola juda
murakkab tuzilgan. Masalan, ingichka jun tolasi ikki qatlam, ya’ni sirtqi tangachasimon qobiq va ichki
qatlamdan iborat. Dag‘al jun tolalari ichida uchinchi — o‘zak qatlam bo‘ladi. Tola massasining asosiy
qismini tashkil etuvchi qobiq qatlam tarkibi va xossalari bilan farq qiluvchi ikki qismdan tuzilgan. Bu qatlam
tola o‘qi bo‘yicha tartibli tuzilishga ega boʻlgan urchuqsimon hujayralardan tuzilgan. Umuman olganda,
tolaning hamma qatlamlari, asosan, hujayrasining tarkibi, shakli va oʻlchamlari bilan farqlanuvchi
keratindan tashkil topgan. Jun tolalarida oz miqdorda oqsil va oqsil bo‘lmagan moddalar ham bo'ladi. Bular
tasodifiy iflosliklar, sellulozali moddalar, oqsil mumi va tuz aralashmalari bo‘lishi mumkin.

Ipak qurti o‘ragan pilladan olingan xom ipak seritsin deb nomlanuvchi yelim moddadan iborat qobiq

bilan qoplangan ikkita fibroin ipdan tuzilgan. Xom ipak tarkibida taxminan 70—75 % fibroin va 25—30 %
seritsin, oz miqdorda mum simon modda va mineral bo'yovchi modda bo‘ladi. Seritsin ham oqsil modda
bo‘lib, u o'zining tarkibi, suvda eruvchanligi va strukturasi bilan fibroindan biroz farq qiladi.

REFERENCES

1.

Аббасова Н.Г. «Енгил саноат маҳсулотлари материалшунослиги». I-қисм. Дарслик
– Т.: Алоқачи, 2005. -283 бет.

2.

Sharipova, N. (2023). IMPROVING THE METHODOLOGY OF DEVELOPING
DESIGN SKILLS IN STUDENTS. Modern Science and Research, 2(12), 578–583.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1216

3.

Irmatova, M., Nabieva, I., & Sharipova, N. (2023). A study of the process of printing
patterns on mixed fabric. In

E3S Web of Conferences

(Vol. 401, p. 03059). EDP

Sciences.

4.

Исследование влияния модификатора на физико-механические свойства и на
процесс крашения белковых волокон.

НР Шеркулова, РМ Давлатов – 2020.

5.

Матмусаэв У.М. ва бошқалар. «Тўқимачилик материалшунослиги» I-қисм.
«Ўзбекистон», 2005й.

6.

Шодиев, Д. Т., Давлатов, Р. М., & Янгибаев, И. Б. у. (2022). ВОДОРАСТВОРИМЫЕ
КОМПОЗИЦИИ

НА

ОСНОВЕ

ПОЛИМЕРНЫХ

СОЕДИНЕНИЙ

ДЛЯ

МОДИФИКАЦИИ ХЛОПКОВЫХ ВОЛОКОН.

RESEARCH AND EDUCATION

,

1

(9),

133–138. Retrieved from



References

Аббасова Н.Г. «Енгил саноат маҳсулотлари материалшунослиги». I-қисм. Дарслик – Т.: Алоқачи, 2005. -283 бет.

Sharipova, N. (2023). IMPROVING THE METHODOLOGY OF DEVELOPING DESIGN SKILLS IN STUDENTS. Modern Science and Research, 2(12), 578–583.

Irmatova, M., Nabieva, I., & Sharipova, N. (2023). A study of the process of printing patterns on mixed fabric. In E3S Web of Conferences (Vol. 401, p. 03059). EDP Sciences.

Исследование влияния модификатора на физико-механические свойства и на процесс крашения белковых волокон.НР Шеркулова, РМ Давлатов – 2020.

Матмусаэв У.М. ва бошқалар. «Тўқимачилик материалшунослиги» I-қисм. «Ўзбекистон», 2005й.

Шодиев, Д. Т., Давлатов, Р. М., & Янгибаев, И. Б. у. (2022). ВОДОРАСТВОРИМЫЕ КОМПОЗИЦИИ НА ОСНОВЕ ПОЛИМЕРНЫХ СОЕДИНЕНИЙ ДЛЯ МОДИФИКАЦИИ ХЛОПКОВЫХ ВОЛОКОН. RESEARCH AND EDUCATION, 1(9), 133–138. Retrieved from

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов