METHODOLOGY OF TEACHING ARTISTIC WORKS FOR AGE IN PRESCHOOL EDUCATION

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Homiyatova , M. . (2023). METHODOLOGY OF TEACHING ARTISTIC WORKS FOR AGE IN PRESCHOOL EDUCATION. Modern Science and Research, 2(4), 171–174. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19205
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Expanding the vision of increasing the knowledge of the development of the child's thinking and thinking by introducing children to children's literature in a preschool educational organization. Books help a child understand what the world is like. Children's literature mainly shapes the child's values and outlook. Interest in books appears in the preschool period, because the feelings of a preschool child are especially emotional. Works of art actively affect the child's feelings and mind, develop his sensitivity and sensitivity.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

171

MAKTABGACHA TA‘LIMDA YOSHGA DOIR BADIIY ASARLARNI O‘RGATISH

METODIKASI

Homiyatova Mavluda Amon qizi

Navoiy Davlat Pedagogika Instituti “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (maktabgacha

ta‘lim) mutaxasisligi 2- kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7826768

Annotatsiya.

Bolalarga maktabgacha ta‘lim tashkilotida bolalar adabiyoti bilan

tanishtirish orqali bolani fikrlash va tafakkurini rivojlantirish bilimini oshirish tasavvurini
kengaytirish. Kitoblar bolaga dunyoning qanday ekanligini tushunishga yordam beradi. Bolalar
adabiyoti asosan bolaning qadriyatlari va dunyoqarashini shakllantiradi. Kitobga qiziqish
maktabgacha yoshdagi davrda paydo bo‘ladi, chunki maktabgacha yoshdagi bolaning his –
tuyg‘ulari ayniqsa hissiyotlidir. Badiiy asarlar bolaning his – tuyg‘ulari va ongiga faol ta‘sir
qiladi, uning sezgirlini va hissiyligini rivojlantiradi.

Kalit so‘zlar:

bolalar adabiyoti, maktabgacha ta‘lim, kitob, kutubxona, maktabgacha yosh.

METHODOLOGY OF TEACHING ARTISTIC WORKS FOR AGE IN

PRESCHOOL EDUCATION

Abstract.

Expanding the vision of increasing the knowledge of the development of the

child's thinking and thinking by introducing children to children's literature in a preschool
educational organization. Books help a child understand what the world is like. Children's
literature mainly shapes the child's values and outlook. Interest in books appears in the preschool
period, because the feelings of a preschool child are especially emotional. Works of art actively
affect the child's feelings and mind, develop his sensitivity and sensitivity.

Key words:

children's literature, preschool education, book, library, preschool age.

МЕТОДИКА ОБУЧЕНИЯ ХУДОЖЕСТВЕННОМУ ПРОИЗВОДСТВУ В

ВОЗРАСТЕ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ

Аннотация.

Расширение видения увеличения знаний о развитии мышления и

мышления ребенка путем приобщения детей к детской литературе в дошкольной
образовательной организации. Книги помогают ребенку понять, что такое мир. Детская
литература в основном формирует ценности и мировоззрение ребенка. Интерес к книгам
появляется в дошкольном периоде, потому что чувства дошкольника особенно
эмоциональны. Произведения искусства активно воздействуют на чувства и разум
ребенка, развивают его чуткость и чуткость.

Ключевые слова:

детская литература, дошкольное образование, книга,

библиотека, дошкольный возраст.

Bolalar adabiyoti haqida gapirganda, biz birinchi navbatda bolalar uchun maxsus yozilgan

kitoblarni nazarda tutamiz. Rang – barang illustratsiyalar bilan boyitilgan badiiy asarlar, ertaklar,
fantastik hikoyalar yoki o‘z bolaligimizning ajralmas qismi bo‘lgan haqiqiy voqealarga asoslangan
hikoyalar. Bolalar adabiyoti pedagogik nuqtai nazardan bolaning rivojlanishi va ta‘limida muhim
rol o‘ynaydi. Kitoblar bolaga dunyoning qanday ekanligini tushunishga yordam beradi. Bolalar
adabiyoti asosan bolaning qadriyatlari va dunyoqarashini shakllantiradi. Kitobga qiziqish
maktabgacha yoshdagi davrda paydo bo‘ladi, chunki maktabgacha yoshdagi bolaning his –
tuyg‘ulari ayniqsa hissiyotlidir. Badiiy asarlar bolaning his – tuyg‘ulari va ongiga faol ta‘sir qiladi,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

172

uning sezgirlini va hissiyligini rivojlantiradi. Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida chiroyli va
qiziqarli kitob burchagiga ega bo‘lish juda muhim. Bu bolada axborot markazi shaklida eng
qiziquvchanlikni keltirib chiqaradi. Bola uchun bu o‘zi yoqtirgan kitobni tanlash, ko‘rish va qayta
o‘qish bilan tanishtiradi va unga bolalar badiiy adabiyotiga muhabbat uyg‘otishga yordam beradi.
Bolalarga kitob tanlashda shuni yodda tutish kerakki, asar kognitiv, estetik va axloqiy
funksiyalarni bajarishi kerak, ya‘ni bu aqliy, axloqiy va estetik tarbiya vositasi bo‘lishi kerak.
Mamlakatimiz yoshlariga erta ta‘lim tarbiya berishning xozirda yurtimizda faoliyat yuritayotgan
maktabgacha ta‘lim tashkilotlari o‘z zimmasiga olgan. Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida
bilimlarni berish shakli mashg‘ulotdir. Mashg‘ulot jarayonida bolaning nutqi rivojlanib, undagi
grammatik va fonetik qirralari sayqallanib, til boyligi oshib borish bilan birga bir qatorda undagi
psixologik va intellektual jixatlari rivojlanib boradi.

1

[ Mtda nutq o‘stirish va o‘zga tiga

o‘rgatish uslubiy qo‘llanma Toshkent2017]

Maktabgacha ta‘lim tashkilotida 5 ta markazda

faoliyat olib boriladi. Shulardan eng asosiysi nutq o‘stirish mashg‘uloti desak mubolag‘a
bo‘lmaydi. Chunki nutq o‘stirish nafaqat bolaning so‘z boyligini oshirish, balki uning muloqot
qobiliyatini rivojlantiradi, undagi bilish jarayonlarining shu jumladan bolaning tafakkurini
o‘stirishda ham muhim vosita bo‘lib hisoblanadi.

2

[ Mtda nutq o‘stirish va o‘zga tiga o‘rgatish

uslubiy qo‘llanma Toshkent2017]

Bola nutqining rivoji ko‘p jihatdan uning ruhiyatiga, sog‘lom,

tetik o‘sishiga bog‘liq. 1861 yilda Ushinskiyning “Ona tili” nomli asari chop etildi. Kitobda u
bolaning tabiati, kishilar va jamiyat haqidagi bilimlarini kengaytirgani va chuqurlashtirgani holda
uni tanish narsadan notanish narsalar tamon boshlab boradi. Ushinskiy 6 yoshgacha bo‘lgan
bolalar nutqini tavsiflar ekan, uning ayrim xususiyatlarini, masalan: tovushning tushunarsizligi,
lug‘at boyligining yetarli emasligi, o‘zaro bog‘liqlikning yo‘qligi alohida ta‘kidlangan. U bolalar
bilan mashg‘ulot o‘tkazishning turli shakllarini taklif qilgan:

bolalar hayotidagi hikoyalar

bolaga narsalarning xususiyatlarini ko‘rishda, 6 yoshga kelib esa narsalar juftligini
bir – biriga taqqoslash, ular o‘rtasidagi umumiylik va farqlarni topishda yordam
beruvchi mashqlar

suratlar asosida hikoya qilish, bu bolalar savollarga javob berish, so‘ngra esa ravon,
tushunarli va erkin hikoya qilib berishni o‘rgatadi

bolalarni o‘qish va yozishga tayyorlovchi amaliy mashqlar

Bolalar bilan ishlash va o‘qituvchilik borasidagi o‘z tajribalarini Ye.A.Flerina «Maktabgacha
ta‘lim tashkilotlarida jonli so‘z» nomli maktabgacha tarbiya yo‘nalishidagi bilim yurtlari va
institutlar uchun birinchi o‘quv qo‘llanmasida aks ettirgan. Ushbu qo‘llanmaning asosiy bo‘limlari
og‘zaki nutq, suhbat, badiiy o‘qish va bolalarga hikoya qilib berish hamda bolalarning o‘zlari
hikoya qilib berishlariga bag‘ishlangan. Ayniqsa, Ye.A.Flerinaning badiiy asarga san‘at asari
sifatida katta e‘tibor bergani, badiiy matnni o‘quvchiga etkazishning turli usullarini, jumladan
o‘qilgan asar bo‘yicha suhbat o‘tkazish usulini ishlab chiqqanligi juda qimmatlidir. Ilmiy va
amaliy xodimlarning aniq maqsadni ko‘zlagan holda asta-sekinlik bilan olib borgan ishlari
natijasida maktabgacha ta‘lim muassasalarida ona tilini o‘qitish tizimi shakllandi. Ye.A.Flerina
“maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitish muammosini tor darajada hal etish”ning xavfliligi

1

MTda nutq o‘stirish va o‘zga tiga o‘rgatish uslubiy qo‘llanma Toshkent2017

2

Mtda nutq o‘stirish va o‘zga tiga o‘rgatish uslubiy qo‘llanma Toshkent2017


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

173

haqida ogohlantirgan, maktabgacha yoshdagi bolani o‘qitishning o‘ziga xosligini ta‘kidlagan:
“Bolalar bevosita hayot bilan muloqotga kirishish yo‘li bilan, tengdoshlari va kattalar misolida
hamda mashg‘ulotlar va maxsus mashg‘ulotlarda tarbiyachining ko‘rsatib o‘tishi orqali o‘qib-
o‘rganadilar”. U o‘zining tarbiya tizimida san‘atga va undan har xil faoliyat turlarida, shu
jumladan badiiy-nutqiy faoliyatda bola imkoniyatlarini rivojlantirish uchun foydalanishga asosiy
o‘rinni bergan. Maktabgacha tarbiya yoshidagi (katta guruh) bolalar rasmda tasvirlangan narsalar,
o‘z hayotiga doir voqealar haqida oddiy hikoyalar tuzishga, ko‘rgazmali qurolsiz, mustaqil tarzda
hikoya to‘qishga o‘rgatiladi. Bolalarni hikoya qilishga o‘rgatish ularning aqliy rivojlanishiga
yordam beradi, fikr yuritish doirasi kengayadi, diqqat, tafakkur kabi psixologik jarayonlar
rivojlanadi, nutqi ifodali bo‘lib boradi, bolada o‘zini tutish va jamoa oldida so‘zlay olish malakasi
hosil bo‘ladi. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish. Bolalar badiiy adabiyoti keng tarbiyaviy
vazifalarni amalga oshirishga va bola shaxsini har jihatdan kamol toptirishga yordam beradi. U
bolaning kishilar hayoti haqidagi bilimlarini kengaytiradi, emotsional taassurotlarini boyitadi.
Tarbiyachi bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirar ekan, u bolalarda quyidagi malakalarni
shakllantiradi: 1. Badiiy asarlarni tinglash va tushunish. 2. Asar qahramonlarining xatti –
harakatlarini baholash. 3. Insonlardagi axloqiy sifatlar va nuqsonlarni ta‘riflab berish. 4. Adabiy
asarning mazmuniga doir savollarga javob qaytarish, kichik hajmdagi she‘rlarni intonatsiyalarga
rioya qilib yodlab olish va ta‘sirchan qilib aytib berish. Bola hikoya, she‘r, ertak tinglayotganida
quvonadi, huzurlanadi. Bu emotsional ta’sirlanish bolada badiiy adabiyotni estetik idrok etish,
ya‘ni uni san‘at asari sifatida his etish qobiliyatining paydo bo‘lishiga, unda axloqiy sifatlarning
shakllanishiga yordam beradi. Tarbiyachi bolalarni badiiy asar bilan tanishtirar ekan, har bir
bolada kitobga nisbatan qiziqish va muhabbatni tarbiyalashi kerak. bolalar adabiyoti bilan
tanishtirishda quyidagi vazifalarni qo‘yadi: bolalarda badiiy so‘zga muhabbatni tarbiyalash;
kitobni sevishga o‘rgatish. Shuningdek, dasturda bolalarga qaysi asarni o‘qib berish, hikoya qilib
berish, yod olish ko‘rsatilgan. 1. Bolalarda hayotga nisbatan qiziqish va muhabbatni yanada
kuchaytirish, asardagi goְ‘zallikni, nafosatni his etish kabi ko‘nikmalarni mustahkamlash. 2.
Ularning badiiy asarlardagi qahramonlar xatti-harakatlari va xulq-atvorlarini to‘g‘ri baholash, aks
ettirilayotgan voqealar mohiyatini tushunish qobiliyatlarini o‘stira borish lozim. 3. Bolalarning
milliy, badiiy didlarini rivojlantirish, badiiy adabiyotning o‘ziga xos xususiyatlari ba‘zi janrlari
asarning tili haqidagi boshlang‘ich tasavvurlarini shakllantirish. 4. Bolalarni asar g‘oyasini
tushunishga, tasviriy vositalarni his etishga, she‘riy nutqdagi musiqiylik, ohangdorlik va ritmni
payqay olishga o‘rgatish. 5. Bolalarning o‘zbek xalq og‘zaki ijodiyoti, sharq allomalari,
yozuvchilari, shoirlari haqidagi tushunchalarini boyitish. Ertak va hikoyalarni o‘qib berganda va
bolalar tomonidan badiiy asarlarni qayta hikoya qilish jarayonida badiiy asarlarda aks etgan voqea
va obrazlarga nisbatan ularning shaxsiy munosabatlarini aniqlab, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib borish

.

Asarlardagi obrazlar haqida gapirilayotganda, ularning holatlarini imo-ishora, yuz ifodasi,
harakatlar orqali bayon qilishga o‘rgatiladi.

Bolalar bog‘chasida ta‘lim -tarbiyada turi katta guruh

bolalarida badiiy-adabiy asarlarning mazmunini idrok etishda ifodali vositalarning ayrim
xususiyatlarini aniqlay (seza) olishga o‘rgatishni vazifa qilib qo‘yadi. Katta guruh bolalari badiiy
asarlar mazmunining ayrim xususiyatlarini, mazmunining ifodaliligini chuqurroq tushunib olish
qobiliyatiga ega. Bu yoshdagi bolalar adabiy asar janrlarini farqlay oladilar. Ular poeziya bilan
prozani bir-biridan yengil ajrata oladilar. Tarbiyachi mashg‘ulotni muqaddima suhbatidan (asar
mazmuniga yaqin mavzuda), asar mazmuniga taaluqli rasmni ko‘rsatib, u haqda suhbat o‘tkazish,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

174

bolalarning shaxsiy tajribalariga tayanib suhbat o‘tkazish bilan boshlashi mumkin. Ertakni o‘qib
bergandan so‘ng, u tahlil qilinadi. Tahlilni shunday o‘tkazish kerakki, bolalar asarning g‘oyaviy
mazmunini chuqur tushunib olsinlar. Bolalarni hikoya janrlari bilan tanishtirish jarayonida
asarlarni bunday tahlil qilish tasvirlanayotgan voqealarning jamiyatdagi ahamiyatini,
qahramonlarning o‘zaro munosabatlarini ochib berishga yordam beradi. Asar o‘qib yoki hikoya
qilib berilgach, bolalarga beriladigan savollar asarning g‘oyaviy mazmunini aniqlashga, uni
tushunishga yordam berishi, qahramonlarning xatti-harakatlarini baholay olishga o‘rgatishi kerak.
Masalan, o‘zbek xalq ertaklaridan „Zumrad va Qimmat“ ertagi hikoya qilib berilgach, bolalarga
quyidagi savollarni berish mumkin: Bu ertakdagi qaysi qahramon sizga yoqdi? Zumrad haqida

nima deyish mumkin? Qimmatni qanday qiz deyish mumkin? Nima uchun kampir Zumradga
qimmatbaho sovg‘alar beribdi? Nima uchun kampir Qimmatdan juda ham xafa bolibdi? Qimmat
va uning onasi qanday jazolanibdi? „Bolalar bog‘chasida ta‘lim - tarbiya dasturi“ bu yosh
guruhidagi bolalar oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi: 1. Bolalarda kitobga, badiiy asarga bo‘lgan
muhabbatni tarbiyalash; badiiy obrazni his eta olish; poetik eshituv diqqatini rivojlantirish
(jarangdorligini, ohangdorligini, she‘riy nutqning ritmikasini ilg‘ab olish), o‘qishning intonatsion
ifodaliligini rivojlantirish. Ertak, hikoya, she‘rlarning badiiy tilini his qilish va tushunish. Bu
guruhda ham tarbiyachi badiiy asarlarni tahlil qilishdan keng foydalanadi. Bolalar asarni tahlil
qilish orqali adabiy janrlarni, ularning xususiyatlarini tushunishga, ertak va hikoyalarni,
she‘rlarning ifodali tilini his etishga, badiiy shakl bilan mazmunning o‘zaro bog‘liqligini bilib
olishga o‘rganadilar. Badiiy asarlar bilan tanishtirishga doir o‘tkaziladigan har bir mashg‘ulotda
nutqni rivojlantirish bo‘yicha turli xildagi vazifalar qo‘yadi. Har bir mashg‘ulot bolalarni, ya‘ni
she‘r eshituvchini tarbiyachining bergan savollariga o‘z fikrlarini bir-biriga bog‘lab grammatik
jihatdan to‘g‘ri va obrazli, badiiy qilib javob bera olishga, ona tilidagi sinonimlardan foydalana
olishga o‘rgatishi kerak. Tarbiyachining asarni dastlabki o‘q ishdan maqsadi tinglovchilarga asarni
sanְ‘at asari sifatida yetkazishdir. Bolalarni badiiy asar bilan ikkinchi marta tanishtirishda esa asar
chuqurroq tahlil qilinadi, bolalarning diqqati badiiy ifoda vositalariga yo‘lnaltiriladi. Tarbiyachi
bu guruhda mashg‘ulotni boshlashdan avval bolalarni adabiy asarni idrok etishga tayyorlaydi: asar
mazmuniga yaqinroq mavzuda kichik suhbat o‘tkazadi, bunda bolalarning shaxsiy tajribasiga
murojaat etadi. Masalan, tarbiyachi bolalarga aka-uka Grimmlarning „Qorqiz“ asarini hikoya qilib
berishda, avval shunday savollar beradi: Bolalar, qish faslida ob-havo qanday bo‘ladi? Nima
yog‘adi? Bolalar qanday o‘yinlar o‘ynashadi? Qordan nima yasashadi? Kun isishi bilan qordan
yasalgan narsalar nima bo‘ladi? Bunday tarzda o‘tkazilgan kirish suhbati asar mazmunini chuqur
anglab olishga yordam beradi. Ba‘zan mashg‘ulotni muallifning suratini ko‘rsatishdan, shu
muallifning qanday asarlarini bilishlarini so‘rashdan ham boshlash mumkin. Shundan so‘ng
tarbiyachi ertakni hikoya qilib beradi, hikoya bo‘lsa, o‘qib beradi, asardagi notanish so‘zlar
ma‘nosi tushintiriladi, rasmlari ko‘rsatiladi va asar mazmuni bo‘yicha savollar beriladi, ya‘ni o‘qib
berilgan asar yuzasidan suhbat o‘tkaziladi.

REFERENCES

1.

Boshlang’ich ta’limni o’qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar moduli
bo’yicha o’quv-uslubiy qo’llanma.Toshkent-2018.

2.

М.Э.Жумаев, М.Ю.Юлдашева, Б.У.Мингбаева, Г.А.Маматова “Бошланғич
таълимни ўқитишда замонавий ёндашувлар ва иннавациялар” методик услубий
қўлланма – Т.: 2017 й

References

Boshlang’ich ta’limni o’qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar moduli bo’yicha o’quv-uslubiy qo’llanma.Toshkent-2018.

М.Э.Жумаев, М.Ю.Юлдашева, Б.У.Мингбаева, Г.А.Маматова “Бошланғич таълимни ўқитишда замонавий ёндашувлар ва иннавациялар” методик услубий қўлланма – Т.: 2017 й

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов