TESTS OF PEDAGOGICAL EXPERIENCE OF TEACHING THE SUBJECT "IT AND INFORMATION TECHNOLOGIES" USING PEDAGOGICAL SOFTWARE IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Xonboboyev, H., & Ziyaviddinova, G. (2023). TESTS OF PEDAGOGICAL EXPERIENCE OF TEACHING THE SUBJECT "IT AND INFORMATION TECHNOLOGIES" USING PEDAGOGICAL SOFTWARE IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS. Modern Science and Research, 2(4), 647–651. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19552
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article describes the application of an electronic information education resource developed in the field of “Informatics and information technology” using pedagogical software tools in general secondary schools in the educational process and the effectiveness of educational activities carried out using pedagogical software tools from traditional educational ones and its advantages.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

647

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA “INFORMATIKA VA

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANINI PEDAGOGIK DASTURIY

VOSITALARDAN FOYDALANIB O’QITISHNINGPEDAGOGIK

TAJRIBA SINOVLARI

H. Xonboboyev

Qo’qon DPI, Informatika kafedrasi

t.f.n., prof.

G.Ziyaviddinova

Qo’qon DPI, Ta’limda axborot texnologiyalari

Magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7878200

Annotatsiya. Maqolada Umumiy o’rta ta’lim maktablarida pedagogik dasturiy vositalardan

foydalanib “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan ishlab chiqilgan elektron axborot
ta’lim resursining ta’lim jarayonida qo’llanilishi va pedagogik dasturiy vositalardan foydalanib
olib borilgan o’quv mashg’ulotlarining an’anaviy ta’lim mashg’ulotlaridan samarali ekanligi va
uning afzalliklari bayon etilgan.

Kalit so’zlar: pedagogic dasturiy vositalar, tajriba-sinov, mashq qildiruvchi dastur,

elektron axborot ta’lim resursi.

ПРОВЕРКИ ПЕДАГОГИЧЕСКОГО ОПЫТА ПРЕПОДАВАНИЯ ПРЕДМЕТА

«ИНФОРМАЦИЯ И ИНФОРМАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ» С

ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ПЕДАГОГИЧЕСКОГО ПРОГРАММНОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ

В ОБЩИХ СРЕДНИХ ШКОЛАХ

Аннотация. В статье описано применение в образовательном процессе

электронного информационного образовательного ресурса, разработанного в
общеобразовательных школах по дисциплине “Информатика и информационные
технологии” с использованием педагогических программных средств, а также
эффективность обучения с использованием педагогических программных средств по
сравнению с традиционными образовательными занятиями и его преимущества

Ключевые слова: педагогические программные средства, эксперимент-Тест,

программа упражнений, электронный информационный образовательный ресурс.

TESTS OF PEDAGOGICAL EXPERIENCE OF TEACHING THE SUBJECT "IT

AND INFORMATION TECHNOLOGIES" USING PEDAGOGICAL SOFTWARE IN

GENERAL SECONDARY SCHOOLS

Abstract. The article describes the application of an electronic information education

resource developed in the field of “Informatics and information technology” using pedagogical
software tools in general secondary schools in the educational process and the effectiveness of
educational activities carried out using pedagogical software tools from traditional educational
ones and its advantages

Keywords: pedagogical software tools, experiment-testing, training program, electronic

information education resource.


Bugungi kunda ta’lim tizimida juda katta o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida dars jarayonida olib boriladigan o’quv mashg’ulotlari eng


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

648

so’nggi zamonaviy metodlar, texnologiyalar, texnikalardan foydalanib olib borilmoqda. Bu
jarayonlarda albatta zamonaviy pedagogik dasturiy vositalarga bo’lgan talabning ortib
borayotganligini ko’rishimiz mumkin.

Pedagogik dasturiy vositalar (PDV) – kompyuter texnologiyalari yordamida oʻquv

jarayonini qisman yoki toʻliq avtomatlashtirish uchun moʻljallangan didaktik vosita hisoblanadi.
Ular ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib,
zamonaviy texnologiyalarning oʻqitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar
tarkibiga: oʻquv fani boʻyicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yoʻnaltirilgan dasturiy
mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta’minot, qoʻshimcha va yordamchi vositalar
kiradi.

Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:

-

oʻrgatuvchi dasturlar – talabalarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi

bilimlarni oʻzlashtirishga yoʻnaltiradi;

-

test dasturlari – egallangan bilim, malaka va koʻnikmalarni tekshirish yoki baholash

maqsadlarida qoʻllaniladi;

-

mashq qildirgichlar -

avval oʻzlashtirilgan oʻquv materialini takrorlash va

mustahkamlashga xizmat qiladi;

-

oʻqituvchi ishtirokidagi virtual oʻquv muhitini shakllantiruvchi dasturlar.

-

Yuqorida keltirib o’tilgan fikrlardan ma’lumkin ta’lim jarayonida pedagogik dasturiy

vositalardan foydalanish o’qitish samaradorligini oshirishga va ta’lim oluvchilarning bilimini
oqilona baholashda katta ahamiyat kasb etadi. Aytilgan barcha maʻlumotlardan kelib chiqib biz,
ushbu yo‘nalish eng dolzarb yo‘nalishlardan biri hisoblanishini va bu yo’nalish bo’yicha olib
boriladigan tadqiqot ishlari hozirgi kunda ta’lim sifatiga katta xissa qo’shadi degan fikrlarga
keldik, va “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish samaradorligini oshirishda
pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish metodikasi” mavzusida 2021-2023 yillar davomida
tadqiqot ishini olib bordik.

Biz olib borgan tadqiqot ishida Umumiy oʻrta ta’lim maktablari uchun “Informatika va

axborot texnologiyalari” fanidan o’quv mashg’ulotlarini

pedagogik dasturiy vositalardan

foydalanib o‘qitishning samarali metodikasi – ta‘lim texnologiyasi yaratilgan

. Ushbu pedagogik

vositadan Fargʻona viloyati Buvayda tumani 2-umumiy oʻrta ta’lim maktabi 10-sinf o’quvchilarni
o’qitishda foydalanildi. Bu esa o’quvchilarning pedagogic dasturiy vositalardan foydalanib
fanlardan bilimlarni mustaqil o’zlashtirishlari va ta’lim olishlari uchun kerakli materiallar bilan
ta’minlanishi imkonini berdi. Shunigdek an’naviy darslarda o’quv mashg’ulotlarni
o’zlashtirishdagi qiyinchiliklar, kompyuter qurilmalarining yetishmasligi kabi muammolarni ham
hal etishda juda ham katta samara berdi. Bu kabi innovatsiyalarni ta’lim tizimida qo’llash o‘qitish
samaradorligini oshirish uchun xizmat qiladi.

Tajriba-sinov ishlari umumiy o’rta ta’lim maktablari “Informatika va axborot

texnologiyalari”fani misolida olib borilib unda pedagogik dasturiy vositalarni qo‘llash, taqdimot
va videodarslardan, hamda o‘zlashtirish darajasini bilish maqsadida nazorat qiluvchi test
monitoringi olib borildi.

Pedagogik tajriba-sinovning maqsadi “Informatika va axborot texnologiyalari” fanida

pedagogik dasturiy vositalardan foydalanib o‘qitishning zamonaviy usullari va shaklini yanada


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

649

takomillashtirilgan elektron axborot ta’lim resursidan foydalanib, o‘quv jarayonini olib borish
samaradorligini aniqlashdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun biz quyidagi vazifalarni
bajarishni lozim topdik:

-

umumiy o'rta ta'lim maktablarining tanlab olingan guruhlarini tajriba va nazorat

guruhlariga ajratish;

-

ajratib olingan tajriba guruhida takomillashtirilgan elektron axborot ta’lim resursidan

foydalanib, nazorat guruhida An’anaviy usulda mashg‘ulotlarni tashkil etish;

-

baholash natijalarini to‘plash, tartiblash, matematik-statistik usullardan foydalanib

hisoblash va xulosalar qilish.

Tajriba-sinov ishini amalga oshirish quyidagi uchta bosqichda olib borildi:
1. Qayd qiluvchi tajriba-sinov bosqichi

(2021–2022 yillar)da, Umumiy o'rta ta'lim

maktablarining “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning holatini tahlil etish
maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

- tadqiqot ishining asosiy yo‘nalishi aniqlab olindi;
- pedagogik dasturiy vositani yaratish va joriy qilish bo‘yicha yozilgan ilmiy va pedagogik

adabiyotlar tahlil qilindi;

- bu borada umumiy umumiy o'rta ta'lim maktablarining Informatika va axborot

texnologiyalari fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish holati tahlil etildi;

- tajriba-sinov ishini o‘tkazishda mo‘ljallangan umumiy o'rta ta'lim maktablarining

kompyuter va mobil texnologiyalaridan foydalanishning texnik asoslari o‘rganib chiqildi;

- tajriba-sinov ishini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan dasturiy vosita va materiallar ishlab

chiqildi.

2. Shakllantiruvchi tajriba-sinov bosqichida tajriba-sinov ishi predmeti bilan bog‘liq bo‘lgan

holatlar o‘rganilib, tahlil qilindi va bu jarayonni ifodalovchi test topshiriqlari, taqdimot hamda
videomateriallar ishlab chiqildi.

Bu jarayonda quyidagi ishlar amalga oshirildi:
- tuzilgan reja asosida birinchi bosqichdagi tajriba-sinov ishi davom ettirildi;
- tajriba-sinov ishini o‘tkazishdagi kuzatish natijalariga qarab, ularga ayrim tuzatishlar

kiritildi va tajriba-sinov ishining maqsadi, mazmuni hamda ularni amaliyotga joriy etish
metodikasi tayyorlandi;

- tajriba-sinov ishidan olinayotgan natijalar muntazam ravishda miqdor va sifat jihatidan

tahlil qilinib borildi va shu asosda ayrim o‘zgartirishlar kiritildi.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarining “Informatika va axborot texnologiyalari” fani darslarida

tahsil olayotgan o‘quvchilarni kompyuter dasturlari bilan ishlash, ularda o’quv mashg‘ulotlarini
o‘rganish va bajarish, darsni yana ham esda qolarli bo‘lishida bilim, ko‘nikma va malakalarni
aniqlash uchun nazorat testi o‘tkazilib, taqdimot hamda videomateriallar natijalari tahlil qilindi.
O‘tkazilgan so‘rovlar natijasida quyidagilar aniqlandi. Test sinovlarida ishtirok etgan
o‘quvchilarning aksariyat qismi “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha davlat
ta’lim standartlari, bilim, ko‘nikma va malakaga ega.

3.

Yakunlovchi tajriba bosqichi 2022-2023 yillarda Umumiy o'rta ta'lim maktablarining

“Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan o’quv mashg‘ulotlari doirasida o‘rganishga oid
bilim, ko‘nikma va malakalarining shakllangan darajalari aniqlandi:

- tajriba-sinov ishining ikkinchi bosqichida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

650

- o‘tkazilgan tajriba-sinov ishi natijalariga asoslangan holda ilmiy-uslubiy xulosalar

chiqarildi;

- tajriba-sinov ishida ishtirok etgan talabalarning fikrlari doimo e’tiborga olinib borildi;

-

tadqiqot davomida to‘plangan barcha ma’lumotlar matematik statistika metodlaridan

foydalangan holda baholanib, uning ishonchli ekanligi asoslandi va Elektron axborot ta’lim
resursidan foydalanishga oid video darslarni o‘quv jarayoniga joriy etishga oid tavsiyalar ishlab
chiqildi.

Tadqiqot ishida 2 yil davomida Buvayda tumani 2- umumiy o`rta ta’lim maktabining 10-A

va 10-B sinflaridan jami 49 nafar o’quvchi tajriba-sinov ishida ishtirok etdi va ular mos ravishda
tajriba va nazorat sinflari sifatida tanlab olindi Tajriba guruhida biz tomonimizdan “Informatika
va axborot texnologiyalari” fanidan ishlab chiqilgan “Elektron axborot ta’lim resursi”dan
foydalanib o’quv mashg’ulotlari olib borildi. Nazorat guruhida esa an’anaviy ta’limga asoslanib
o’quv mashg’ulotlari olib borildi. O’quvchilarning tajriba davomida baholanish ko’rsatkichlari
mos ravishda 2 (qoniqarsiz), 3 (qoniqarli), 4 (yaxshi) va 5 (a’lo) ko’rinishida baholandi. Tajriba
va Nazorat guruhlarining tajriba boshidagi va tajriba oxiridagi samarodrlik ko’rsatkichlari
quyidagi jadvalda berib o’tilgan.(1-rasm)

1-rasm. Tajriba va Nazorat guruhlarining samaradorlik ko’rsatkichi
Yuqoridagi diagrammalar, tajriba guruhlarida “Informatika va axborot texnologiyalari”

fanidan ishlab chiqilgan Elektron axborot ta’lim resursi samarador ekanligini ko‘rsatadi.

REFERENCES

1.

O. U. Аvlаyev, S. N. Jo‘rаyevа, S.P. Mirzаyevа “Tа’lim metodlаri” o‘quv uslubiy
qo‘llаnmа, “Nаvro‘z” nаshiriyoti, Toshkent – 2017.

2.

Аbduqodirov А.А., Tursunov S.O. Tа’limdа аxborot texnologiyаlаri. Pedаgogikа
universitetli mаgistrаntlаri uchun dаrslik. T. “Аdаbiyot uchqunlаri”, 2019.- 340 b.

3.

Sh.R.Bobobekov “O’quv jarayonida foydalaniladigan bulutli tarmoq xizmatlarining
funktsional imkoniyatlari” Tafakkur ziyosi‖ ilmiy-uslubiy jurnal. - 2022. - №1

4.

Khakimova Yo.T. Tasks of distance learning in higher education institutions and
pedagogical and psychological aspects os its organizarion. Galaxy international
interdisciplinary research journal, p.263-267

54%

46%

Baholarning o`rtacha arifmetik qiymatlari

bo`yicha tajriba-sinov ishlari natijalarining

diagrammasi

Tajdiba sinfida

Nazorat sinfida


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

651

5.

Y.T. Xakimova Y.T.,

Stages of implementation of distance learning in higher education

.

Texas Journal of Philology 2770-8608. 2021/12/16 38-39

.

6.

Xakimova Y.T., Pedagogical opportunities of distance education’s didactic support in
higher education institutions // American Journal of research. 2021.08.10, p. 1-4.

7.

Xakimova Y.T.

Pedagogy types and methods of lessons in the organization of distance

learning. European journal of science archives conferences series. 0000-0001-6156-3630.
2022/1/15 17-19.

8.

Xakimova

Y.T.Oliy ta'lim muassasalarida masofaviy o'qitishning didaktik ta'minoti

modelini yaratish. Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari. 022/2/18 48-
55 b.



References

O. U. Аvlаyev, S. N. Jo‘rаyevа, S.P. Mirzаyevа “Tа’lim metodlаri” o‘quv uslubiy qo‘llаnmа, “Nаvro‘z” nаshiriyoti, Toshkent – 2017.

Аbduqodirov А.А., Tursunov S.O. Tа’limdа аxborot texnologiyаlаri. Pedаgogikа universitetli mаgistrаntlаri uchun dаrslik. T. “Аdаbiyot uchqunlаri”, 2019.- 340 b.

Sh.R.Bobobekov “O’quv jarayonida foydalaniladigan bulutli tarmoq xizmatlarining funktsional imkoniyatlari” Tafakkur ziyosi‖ ilmiy-uslubiy jurnal. - 2022. - №1

Khakimova Yo.T. Tasks of distance learning in higher education institutions and pedagogical and psychological aspects os its organizarion. Galaxy international interdisciplinary research journal, p.263-267

Y.T. Xakimova Y.T., Stages of implementation of distance learning in higher education. Texas Journal of Philology 2770-8608. 2021/12/16 38-39.

Xakimova Y.T., Pedagogical opportunities of distance education’s didactic support in higher education institutions // American Journal of research. 2021.08.10, p. 1-4.

Xakimova Y.T. Pedagogy types and methods of lessons in the organization of distance learning. European journal of science archives conferences series. 0000-0001-6156-3630. 2022/1/15 17-19.

Xakimova Y.T.Oliy ta'lim muassasalarida masofaviy o'qitishning didaktik ta'minoti modelini yaratish. Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari. 022/2/18 48-55 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов