METHODS OF IMPROVING THE PROFESSIONAL COMPETENCE OF PRIMARY SCHOOL TEACHERS

HAC
Google Scholar
To share
Gafarova, G. . (2024). METHODS OF IMPROVING THE PROFESSIONAL COMPETENCE OF PRIMARY SCHOOL TEACHERS. Modern Science and Research, 3(2), 251–255. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30024
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article covers the methods and effectiveness of increasing the professional competence of primary school teachers, the content of the concept of professional competence, the issues of meaningful connection of professional and personal qualities that a primary school teacher should have.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

251

BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTSIYALARINI

OSHIRISH USULLARI

Gafarova Gulbahor Abdumalikovna

Toshkent viloyati Bekobod shaxar 1-umumiy o’rta talim maktabi

Oliy toifali boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10806216

Anontatsiya.

Mazkur maqolada boshlang’ich sinf o’qituvchilarining kasbiy

kompetentsiyalarini oshirish usullari va samaradorligi, kasbiy kompetentlilik tushunchasi
mazmuni, boshlang’ich sinf o’qituvchisida bo’lishi lozim bo’lgan kasbiy hamda shaxsiy
sifatlarning mazmuniy bog’liqligi masalalari yoritilgan.

Kalit so’zlar:

o’qituvchi, o’quvchi, kasbiy kompitentlilik, pedagogik mahorat, ta’lim,

tarbiya, jamiyat, dars, rivojlantirish, metodika.

METHODS OF IMPROVING THE PROFESSIONAL COMPETENCE OF

PRIMARY SCHOOL TEACHERS

Abstract.

This article covers the methods and effectiveness of increasing the professional

competence of primary school teachers, the content of the concept of professional competence, the
issues of meaningful connection of professional and personal qualities that a primary school
teacher should have.

Key words:

teacher, student, professional competence, pedagogical skill, education,

training, society, lesson, development, methodology.

МЕТОДЫ ПОВЫШЕНИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ

УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ

Аннотация.

В данной статье рассматриваются методы и эффективность

повышения профессиональной компетентности учителя начальных классов, содержание
понятия профессиональной компетентности, вопросы содержательной связи
профессиональных и личностных качеств, которыми должен обладать учитель начальных
классов.

Ключевые слова:

учитель, ученик, профессиональная компетентность,

педагогическое мастерство, образование, обучение, общество, урок, развитие, методика.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga muvofiq, ta’lim-tarbiyaviy

jarayonlarni uyg‘unlashtirishgan xolda o‘rganish atrof-muhitga ijodiy munosabatni o‘rnatish va
shakllantirish muammolarini hal etishga imkoniyat yaratdi. Demak, ta’lim-tarbiyada ham amalga
oshiriluvchi islohotlar mana shu mantiqqa mos tarzda, jamiyatga xizmat ko‘rsatishi lozim.

Hozirgi kunda boshlang’ich ta’limning asosiy maqsadi yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish,

kasbga o‘rgatish, ularning aqliy va ma’naviy kamol toptirishdan iboratdir. «Ta’lim to‘g‘risida»gi
qonun [1] va talablaridan kelib chiqqan holda ta’limning mazmuni va vositalarini yangidan ishlab
chiqishni hayotning o‘zi talab qilmoqda. Bu omil ta’lim jarayonini tarkibiy qismlarini yangicha
tartibda namoyon bo‘lishini talab etadi. Ana shu tashkiliy-pedagogik jarayonda ta’lim
qonuniyatlari va tamoyillariga mos holda yangi tamoyillarga amal qilish, ta’lim metodlarining
paydo bo‘lishi, ta’lim vositalarining takomillashuvi, ayniqsa ta’limni tashkil etishda o‘qituvchi
mahoratining integrativ shakllari keng ko‘lamda joriy etilishi kuzatilmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

252

Ushbu o‘zgarishlarning ma’lum qismi integrativ yondashuvlarning tarkibi sifatida chiqqan

bo‘lsa, yana bir qismi dunyodagi ta’lim tizimi rivojlangan mamlakatlar olimlarining pedagogik
tajribalariga suyangan holda paydo bo‘ladi.

V.I. Baydenko «kasbiy kompetentlik» tushunchasini quyidagicha tavsiflagan:
- o‘z mutaxassisligi bo‘yicha faoliyat yuritish uchun zarur bo‘ladigan bilim, ko‘nikma,

malaka va qobiliyatlarga, kasbiy muammolarni qisman hal etishda bir vaqtda avtonomlik va
egiluvchanlik xususiyatlariga ega bo‘lish;

- kasbiy shaxslararo muhitda hamkasblar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
- faoliyat mezoni (sifat o‘lchovi), qo‘llash sohasi, talab etiladigan bilimlarni o‘z ichiga

olgan standartlarni loyihalash tuzilmasi;

- ish beruvchi talablariga ko‘ra kasbiy faoliyatni samarali amalga oshirish imkonini

beruvchi qobiliyatlardan samarali foydalanish;

- insonga hozirgi zamon mehnat muhitida ish faoliyatini muvaffaqiyatli bajarish imkonini

beruvchi bilimlar, xususiyatlar va ko‘nikmalarning integrallashgan birlashuvi. [3]

Zamonaviy boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

– har tomonlama ilg‘or bo‘lishi, o‘z fanini

chuqur bilishi, pedagogik mahoratga ega bo‘lishi, bolani sevishi, amaliyotdagi muammoni bilishi
va muammoni bartaraf etish yo‘llarini izlab topishi kerak.

Zamonaviy boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga qo‘yilgan talablarni tahlil qilar ekanmiz,

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Mustaqil o‘ylay oladigan, tafakkur yuritib to‘g‘ri, ma’qul
va maqbul ish tuta oladigan vatanparvar shaxslarni shakllantirish va tarbiyalash kerak”,- deb
ta’kidlagan fikrlarini keltirishni joiz deb topdik [12]

Boshlang’ich sinf o‘qituvchilaridan pedagogik tayyorgarlik va mahorat talab etiladi.
Kompetentlik –biror soha bo‘yicha har tomonlama chuqur bilimga ega bo‘lgan va shuning

uchun ham fikri salmoqli, ishonchli hisoblangan kishining sifati.[7]

Kompetentlik shaxsning doimo rivojlanib boruvchi sifatlaridan biri bo‘lib, real hayotiy

vaziyatlarda yuzaga kelgan muammolarni yеchish qobiliyati, o‘z bilimi, o‘quv va hayotiy
tajribalari,qadriyatlari va qiziqishlarini unga safarbar etish imkoniyatlari.

Xorijiy adabiyotlar tahlilida, kompetentlik “chuqur bilimlar egasi”, “murakkab masalalarni

yеchish qobiliyati”, “o‘z paytida dolzarb faoliyatni amalga oshirish qobiliyati” kabi ma’nolarni
anglatadi.[9]

Ye.F.Zeer muhim kompetensiyalarni shaxsning turli kasbiy faoliyatga moslashishi va

samarali faoliyat ko‘rsatish uchun ma’lum ishlarni bajarishda zarur bo‘ladigan, ko‘nikma va
malakalar shaxsiy sifatlar va qobiliyat sifatida ta’riflaydi. U muhim kompetentliklar tuzilmasidagi
to‘rta kichik guruhni alohida ko‘rastib o‘tadi. Bular: kasbiy yo‘nalganlik; kasbiy kompetentlik;
kasbiy ahamiyatga ega sifatlar; kasbiy ahamiyatga ega psixofiziologik xususiyatlar. [10]

Pedagogik kompetentlik- o‘qituvchining shaxsiy imkoniyatlari,uning mahorati(bilim va

tajriba), ma’lum bir doiradagi o‘zining bilim va ko‘nikmalariga tayanib muammolarining yеchishi.

R.V.Ovcharovaning fikricha,pedagogik kompetentlik bu shaxsning pedagogik faoliyatga

tayyorgarligida ko‘rinadigan psixologik sifatlarini yig‘indisidir(xarakter,temperament v.x.k)

Ilmiy – pedagogik adabiyotlarda “kasbiy kompetentlik” atamasi bilan bir qatorda , ma’no

jihatidan unga yaqin bo‘lgan “professionalizm”, “kasbiy mahorat”, “malaka”, o‘z kasbining
ustasi” kabi tushunchalar qo‘llanilib kelinadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

253

Hozirgi kunda “professionalizm” atamasi o‘rniga ko‘pincha “kompetensiya” tushunchasi

qo‘llaniladi. Birinchi tushuncha faqat ma’lum bir kasb

mahoratini, malakasini aks ettiradi. Ikkinchi “kompetensiya” tushunchasi esa malakalar

zaxirasi, bazasi degan ma’noni anglatadi.

Kasbiy kompetentlikni izohlari turlicha yuzaga keldi:
-ma’lum bir mehnat funksiyasini bajarish qobiliyati;
-“malaka”, “mahorat” kabi inson ko‘nikmalari (A.K.Makarova);
-kasbiy ma’lumotlilik darajasi;
-insonning tajribasi va individuallik qobiliyati, uning o‘z bilimi va malakasini oshirib

borishga intilishi, uning ishga ijodiy yondashuvi va o‘z ishiga mas’uliyati(B.S.Gershunskiy)

-kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lish(O.A Abduqudusov, X.F.Rashidov);
-bilim, mahorat, o‘ziga xoslik va shaxsning o‘quv tarbiya jarayonlarini tashkil etishdagi

qobiliyat (V.A.Sitarov) [11]

-shaxsning tajribasi, ma’lumotining ijtimoiy yo‘naltirilganligi, insonning ma’lum bir

maqsad yo‘lidagi amaliy faoliyati natijalari; kasbiy bilimlarini hayotda samarali qo‘llashi kabi
shaxsning o‘ziga xos sifatlari va kompetentligi (L.N.Ponamarov) [9]

Kasbiy kompetentlikka ko‘p qirrali funksiyalarni bajarish,bir kasbiy faoliyat doirasida

qator ijtimoiy bilimlarga tayanish, faoliyat ko‘rsatish turlarini kengaytirish orqali erishadi.

Malaka talablarida boshlang’ich sinf o‘qituvchisiga pedagogik faoliyat bo‘yicha quyidagi

talablar qo‘yilgan:

-dunyoqarash bilan bog‘liq tizimli bilimlarga ega bo‘lishi; gumanitar va tabiiy –ilmiy

fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi, ijtimoiy muammolar va
jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi;

-tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayon va hodisalar haqida yahlit tasavvurga ega

bo‘lishi, tabiat va jamiyat rivojlanishi haqidagi bilimlarni egallashi hamda ulardan zamonaviy
ilmiy asoslarda hayotda va o‘z kasb faoliyatida foydalana bilishi;

- insonning boshqa insonga, jamiyatga, atrof muhitga munosabatini belgilovchi huquqiy va

ma’naviy mezonlarni bilishi, kasb faoliyatida ularni hisobga ola bilishi;

-axborot yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullarini egallagan bilishi

o‘z kasb faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlar qabul qila olishi;

-

elektron axborot ta’lim muhitida ta’lim jarayonini pedagogik loyihalashtirish;

-tegishli bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega

bo‘lishi;

- yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o‘z ustida ishlashi va mehnat faoliyatini ilmiy

asosda tashkil qila olishi;

-

bitta xorijiy tilni erkin so‘zlashuv darajasida egallagan bo‘lishi;

-

sog‘lom turmush tarzi va unga amal qilish zaruriyati to‘g‘risida ilmiy tassavvur hamda

e’tiqodga, o‘zini jismoniy chiniqtirish uquv va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi belgilab qo‘yilgan.

Shuningdek boshlang’ich sinf o‘qituvchisi ta’limning samarali shakl va usullarini izlab

topishi,o‘quv uslubiy tayyorgarlik faoliyatini kuchaytirish,o‘zining kasbiy kompetentligini
shakllantirishda maxsus fanlardan mashg‘ulotlarni tashkil etishning shakl, metod, vositalarini
to‘g‘ri tanlay olishi lozim.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

254

Bizning fikrimizcha boshlang’ich sinf o‘qituvchisi o‘zini mutaxasisligi bo‘yicha egallagan

bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishi bilan birga pedagog uchun muhim bo‘lgan kasbiy sifatlarga
ega bo‘lishi (o‘z-o‘zini rivojlantirish,yangiliklarga intilishi) yoki bir so‘z bilan aytganda kasbiy
kompetentlikga ega bo‘lishi kerak.

Bugungi kunda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi metodik tayyorgarlikka ega bo‘lishidan

oldin o‘zida qator kasbiy va shaxsiy pedagogik tayyorgarlikni shakllantira olishi lozim.

1-rasm. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy va shaxsiy sifatlarining kognitiv

uyg‘unligi

Xalqaro tajribadan ko‘rinadiki, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bugungi ta’lim

sifatini oshirishda o‘quv jarayoniga qator ijobiy va ijodiy sifatlarni olib kirishi va o‘ziga nisbatan
singdira olishi lozim (2-rasm).

2-rasm. Xalqaro tajribaga asosan, boshlang‘ich sinf

o‘qituvchisi ega bo‘lishi lozim bo‘lgan sifatlar.

Zamonaviy kreativ mutaxassisning kompetentlik modelida ta’limning yangi xalqaro

andozalariga mos talablari va maqsadlari mehnat predmeti va obyekti bilan, muayyan
funksiyalarni bajarish bilan, fanlararo integratsiyalashgan talablar esa ta’lim jarayoni natijalari
bilan bog‘lanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

255

Bugungi kunda «Ta’lim to‘g‘risidagi qonun»[1] talablarini amalga oshirish jarayonida

yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlash muhim muammo sifatida kun tartibiga qo‘yilmoqda.
Shunday ekan, ushbu talablardan kelib chiqqan holda bilimdon, mustaqil fikrlovchi, ijodiy
izlanuvchi, yuqori malakali, madaniyatli, turli soha egalarini tayyorlash dolzarb muammolardan
hisoblanadi. Qonunda e’tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni kamol toptirish, uning chuqur
bilimlar sohibi bo‘lib yetishishi, barkamolligini kafolatlovchi shart-sharoitlar orasida o‘qituvchi
kasbiy-metodik kompetentligini ta’lim va tarbiya jarayonlariga tatbiq etishda psixologiyaning o‘z
uslub va qoidalari yetarli bo‘lmaganday. Shunga ko‘ra yosh avlod ta’lim olish davrlaridagi
rivojlanish tendensiyalaridan tortib, yangicha o‘qitish texnologiyalarini ta’lim oluvchi tomonidan
o‘zlashtirilishi va undagi aqliy hamda intellektual qobiliyatlarga nechog‘lik ta’sir
ko‘rsatayotganligini o‘rganish hamda psixologiyadagi metodlarni didaktik metodlar bilan
uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. Buning uchun bo‘lajak o‘qituvchidan metodik kompetentlik,
ayniqsa, turli xil sharoitlarda ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi psixologiyasini to‘g‘ri baholay
olish bilan bog‘liq ijtimoiy-psixologik kompetentlikning yuqori darajada bo‘lishi talab qilinadi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-son. “Ta‘lim
to‘g‘risida”gi qonun.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash” to‘g‘risida 2019-yil 29-aprel, 5712-
sonli Farmoni.

3.

Baydenko V.I. Vыyavlenie sostava kompetensiy vыpusknikov vuzov kak neobxodimыy
etap proektirovaniya GOSVPO novogo pokoleniya. - M. - 2006. - 72 s.

4.

Hayitov.A.I. Boshlang‘ich ta‘lim pedagogikasi,innovatsiya va integratsiyasi. Uslubiy
qo‘llanma. T.: ―Zuhra baraka biznes‖, 2021. – 129 b.

5.

Kuzmina N.V. Professionalizm lichnosti prepodavatelya i mastera proizvodstvennogo
obucheniya, / N.V.Kuzmina. - M.: Vыsshaya shkola, 1990.-119 s.

6.

Larionova G. A. Kompetensii v professionalnoy podgotovke studentov vuzov: znaniya,
deystviya, deyatelnost, samoopredelenie: monografiya. - Chelyabinsk. - 2004. - 171 s.

7.

Muslimov N.A., Usmonboeva M.H., Sayfurov D.M., To‘raev A.B. Innovatsion ta’lim
texnologiyalari /– T.: “Sano standart” nashriyoti, 2015. – 81-b

8.

R.Mavlonova, N.Vohidova va b. Boshlang‘ich ta‘lim pedagogikasi, innovatsiya va
integratsiyasi. O‘quv qo‘llanma. – T.: Fan va texnologiyalar‖, 2013. -314 b.

9.

Tolipov F.Q., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – T.: Fan,
2006.

10.

Xoliqov A.A. Pedagogik mahorat. Darslik. – T.: ―Iqtisod-moliya‖, 2011.-425 b.

11.

Xovov O.V. Kompetentnost professionalnaya // Ensiklopediya professionalnogo
obrazovaniya: V 3-x t. - M.:APO. - 1998.-T.1. -S.454- 455.

12.

Ziyomuhammadov B., Abdullaeva Sh. Ilg‘or pedagogik texnologiya.-T.: abu ali ibn sino,
2001.-b.2

References

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-son. “Ta‘lim to‘g‘risida”gi qonun.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash” to‘g‘risida 2019-yil 29-aprel, 5712-sonli Farmoni.

Baydenko V.I. Vыyavlenie sostava kompetensiy vыpusknikov vuzov kak neobxodimыy etap proektirovaniya GOSVPO novogo pokoleniya. - M. - 2006. - 72 s.

Hayitov.A.I. Boshlang‘ich ta‘lim pedagogikasi,innovatsiya va integratsiyasi. Uslubiy qo‘llanma. T.: ―Zuhra baraka biznes‖, 2021. – 129 b.

Kuzmina N.V. Professionalizm lichnosti prepodavatelya i mastera proizvodstvennogo obucheniya, / N.V.Kuzmina. - M.: Vыsshaya shkola, 1990.-119 s.

Larionova G. A. Kompetensii v professionalnoy podgotovke studentov vuzov: znaniya, deystviya, deyatelnost, samoopredelenie: monografiya. - Chelyabinsk. - 2004. - 171 s.

Muslimov N.A., Usmonboeva M.H., Sayfurov D.M., To‘raev A.B. Innovatsion ta’lim texnologiyalari /– T.: “Sano standart” nashriyoti, 2015. – 81-b

R.Mavlonova, N.Vohidova va b. Boshlang‘ich ta‘lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi. O‘quv qo‘llanma. – T.: Fan va texnologiyalar‖, 2013. -314 b.

Tolipov F.Q., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – T.: Fan, 2006.

Xoliqov A.A. Pedagogik mahorat. Darslik. – T.: ―Iqtisod-moliya‖, 2011.-425 b.

Xovov O.V. Kompetentnost professionalnaya // Ensiklopediya professionalnogo obrazovaniya: V 3-x t. - M.:APO. - 1998.-T.1. -S.454- 455.

Ziyomuhammadov B., Abdullaeva Sh. Ilg‘or pedagogik texnologiya.-T.: abu ali ibn sino, 2001.-b.2

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов