NO ENJOYMENT ANYMORE

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Hakimov, K. . (2023). NO ENJOYMENT ANYMORE. Modern Science and Research, 2(5), 264–266. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19957
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Every work of O'tkir Hashimov, one of the great representatives of Uzbek literature, is a great gift for our literature. The writer's stories, short stories and novels have one thing in common - human dignity. The same aspect is highlighted in the story "The Last Victim of War"; It is as if the writer talks to the reader about human duties and responsibilities. This article tells about one of the important scenes of this story, which can cause different approaches.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

264

ENDI ROHAT TATIMAS

Kamol Hakimov

Alisher Navoiy nomidagi TDO’TAU o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7921264

Annotatsiya

. O'zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri bo'lgan O'tkir Hoshimovning har

bir asari adabiyotimiz uchun ulkan tuhfadir. Yozuvchining hikoya, qissa-yu romanlarida bir
umumiy mushtaraklik mavjud-bu ham bo'lsa, Inson Qadri.

"Urushning so'nggi qurboni" hikoyasida ham ayni shu jihat yoritiladi; adib go'yo insonlik

burchlari hamda vazifalari haqida kitobxon bilan so'ylashadi, sirlashadi.

Mazkur maqolada ushbu hikoyaning turlicha yondashuvlarga sabab bo'la oluvchi muhim

lavhalaridan biri haqida hikoya qilinadi.

Kalit so'zlar:

urush mavzusi, noan'anaviy yondashuv, davr fojiasi, maishiy muammo,

realistik hikoya, peripetiya.

NO ENJOYMENT ANYMORE

Abstract.

Every work of O'tkir Hashimov, one of the great representatives of Uzbek

literature, is a great gift for our literature. The writer's stories, short stories and novels have one
thing in common - human dignity.

The same aspect is highlighted in the story "The Last Victim of War"; It is as if the writer

talks to the reader about human duties and responsibilities.

This article tells about one of the important scenes of this story, which can cause different

approaches.

Key words:

war theme, unconventional approach, period tragedy, domestic problem,

realistic story, peripetia.

НИКАКОГО УДОВОЛЬСТВИЯ БОЛЬШЕ

Аннотация.

Каждое произведение Ўткира Ҳашимова, одного из великих

представителей узбекской литературы, является большим подарком для нашей
литературы. Рассказы, рассказы и романы писателя объединяет одно – человеческое
достоинство.

Этот же аспект освещен в рассказе «Последняя жертва войны»; Писатель как бы

говорит с читателем о человеческих обязанностях и ответственности.

В данной статье рассказывается об одной из важных сцен этой истории, которая

может вызвать разные подходы.

Ключевые слова:

военная тема, нестандартный подход, периодическая трагедия,

бытовая проблема, реалистический рассказ, перипетии.

Har bir voqeadan turlicha xulosaga kelish mumkin. Asosan, bir masaladagi ilk xulosalar erta

uzilgan mevaga o'xshaydi-uzganingizga pushaymon bo'lasiz. Ammo shu pushaymonliklar kishini
tarbiyalab, kamol topishida xizmat qiladi. Masalaning chigal bo'lgani-foydamizga xizmat qilsa,
yechimi oddiy jumboqning lazzati ham, foydasi ham yo'q hisob.

"Urushning so'nggi qurboni" hikoyasi o'quvchidan noodatiy yondashishni talab qiluvchi

shunday asarlardan biridir. Kitobxon sarlavhani o'qiboq bir ko'ngilsizlikning "hidini sezadi". Va
ilk mutolaadayoq "qurbon"ni ham topadi go'yo.Xulosasiga shubha ham qilmaydi
hatto.Ammo...Biz o'ylagan narsa narsa bilganimiz kabi bo'lmasa-chi?!


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

265

To'qimachilik

kombinatida montyor-Shoikromni urushga olishmadi.

"U urush

boshlanishidan sal oldin uylangan edi. Urush bo'ldi-yu, zamon o'zgarib ketdi".

Shoikrom mehnatsevar, oilaparvar; mas'uliyat va sabr degan fazilatlar unga begona emas.
Kitobxon o'zini montyor yigit o'rniga qo'yib ko'radi hamda darrov unga xayrixoh bo'ladi, uni

tushuna boshlaydi, barini normal holat deb baholaydi. Hikoya tepki bosilgandayoq otilgan o'qqa
o'xshaydi. Tepki bosilguniga qadar vaqt havas qilgulik emas-ku, baribir, oqibatidan ko'ra yaxshi
degan xulosa bor. Katta fojiaga yo'liqqan kishi mayda yo'qotishlarni yengil qabul qiladi. Biroq
ayni shu mayda ko'ngilsizliklar katta fojiaga sabab bo'lsa-chi?!
Shoikrom-murakkab obraz. O'quvchi uning tarafdori bo'la turib, bezovtalanadi to'g'ri qildimmi,
deb! "Ertalab chiqib ketib yarim kechada qayt"adigan yigitning taqdiri havas qilgulik emas. Mana
shu holat kitobxonni unga nisbatan rahmli qilib qo'yadi. Lekin yana shunday jihatlar ham borki,
beixtiyor o'quvchi elektrik yigitdan biroz "qochadi" nariroqqa:

1) zamon og'ir bo'lsa-da, uning bolalarini nazarda tutib "Ovozini o'chir!","Shu kunimdan

ko'ra urushga borib o'lib keta qolganim yaxshiydi" fikrlari uning qo'pol, sabrsiz va qiyinchilikka
bardoshsizroq ekanini ko'rsatadi;

2) xotini Xadichaning injiqligiga "bo'yin sunib" otadan qolgan hovlini o'rtadan paxsa devor

bilan bo'ladi;

3) onasining barmoqlari tars-tars yorilib ketganini ilgari payqamaydi. Tun-u kun tinmay

ishlovchi o'g'ilning buni payqamasligi tabiiy bir hol emasmi, desangiz, onaizorining qo'llari "ilgari
ham shunaqamidi, yo'qmidi, eslay olmaydi". Demakki, avval-boshidan u ota-onasining dardlariga,
holiga ancha befarq bo'lib kelgan deb baholash mumkin;

4) Shoikrom ishdan kech qaytdi. Devor ortidagi hovlidan oyisi Umri xola "sharpaday

unsiz"(demak, juda ozg'in va holsiz) kirib keldi, tomirlari bo'rtib chiqqan qo'llari bilan sochilgan
uvoqlarni yig'ib og'ziga solardi ona. O'g'il xotiniga onasiga ovqat suzib kelishni aytadi. Xotinining
uzunchoq sarg'ish yuzi qizarib, "Qolmovdi-ya" deydi. Ayoli yolg'on gapirganini sezadi, biroq
indamaydi;

5) bir hovlida turib o'n kundan buyon sil kasaliga chalinib,"yerga qapishib yotgan" ukasi-

Shone'matning holidan xabar olmaydi. To'g'ri, u bundan afsuslanadi, ichidan xo'rsiniq
keladi.R.Thokur aytganidek, "Yaxshilik qilaman degan kishining yaxshilik qilishga vaqti
bo'lmaydi". Uni bajarish kerak, vassalom!

Turk adibi Ramazan Kayanning ”Dunyo bir qurbon arenasidir; bu arenada kim kimga

qurbon? Umr kim uchun sarf, oldinga ildamlab ketayotgan yoshimiz kimga fido?”

1

6) xotiniga "Seniyam padaringga la'nat! Tumshug'ingning tagidan sigiringni yetaklab ketsa-

yu, anqayib o'tirsang", deydi. Jahlini jilovlay olmaydi, bir ojizaning o'g'rilarga bas kela olmasligi
haqida mulohaza qilmaydi;

7) o'zining xulosalaridan ko'ra xotinining fikrlari asosli ekanligiga, ayolining pishiqligiga

tan beradi. U Xadichaning qulupnayga ham o'g'ri tushishi mumkin, degan gapiga ishonqiramay
turib, bir zum o'tmay "Rost-da. Xadicha yolg'on gapirmaydi",deya iqror bo'ladi;

8) elektr o'tgan simlarni qulupnay ekilgan pushtaga tashlagach, xotini-yu bolalarini bu

xavfdan ogohlantiradi-yu, devor ortidagi onasiga "tuzoq" haqida hech nima demaydi.

1

Ramazan Kayan. Iyilik cag’risi. Istanbul, “Tirekitap”, 2018, 121-bet.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

266

Sanab o'tilgan "ayblov"lar bilan Shoikromni yomon otlikka chiqarish to‘g‘ri bo'lmas.Shu

kabi masalalar yoritilgan aksar manbalarda musibatlarga bosh sababchi sifatida URUSH
ko'rsatiladi. Buni hech kim inkor etmaydi. Biroq

davrning og'irligi-yu tirikchilikning qattiqligi

insonga xatolar olamiga safar qilish uchun chipta vazifasini bajarmasligi lozim

.

Hikoyadagi takror jumlalarda voqealar tuguni yechilib boradi. Umri xolaga nisbatan

"sharpaday unsiz" jumlasi ikki bora qo'llanadi. Ushbu jumlada onaning adoyi tamom bo'lgani aks
etmoqda. Unga madad kerak. Ona ishongan "tog' " uch martalab "Menga desa otib
yubormaydimi!" deb yursa! Asar voqealari fojia zarurati tomon esib boradi. Qurbon esa
Ona."Umri xolani peshin namoziga chiqarishdi. Go'ristondan chiqib kelishayotganida Shoikrom
odamlarning gapini eshitib qoldi: - Urush tamom bo'pti, eshitdingizmi? Bu yangilik go'yoki
Shoikrom ustidan o'qilgan "jazo kodeksi"dagi eng og'ir modda. U umrbod ruhiy qiynoqqa mahkum
etadi o'zini. Ruhi bezovtaligicha qolgan Onaning o'limi Shoikromning ulg'ayishi uchun betakror
bir dars, boshiga urilgan bolg'a ramzi. Qolaversa, ushbu "xushxabar" unga oliy jazo:"Urush tamom
bo'pti". Fashizmning mahv etilganidan insoniyat bayram qiladi, lekin Shoikrom emas!
Hammayoqda shodiyona, uning uyida-AZA! Onaning o'limiga qadar mehnatni deb belini mahkam
bog'lagan yigit endi janozada bel bog'laydi. Beixtiyor uni "Urushning so'nggi qurboni" degingiz
keladi.
”San’at o’zining oliy maqsadi yo’lida hasratli hayajonga ko’milgan yuksak zavqni hamda
hissiyotning qayg’uli to’lqinlarini ham e’tibordan chetda qoldirmasligi lozim

2

.” Darhaqiqat,

Shiller oliy maqsadlar yo’lida dadil qadam bosishga da’vat etadi. Bu yo’ldagi har bir hodisa hikmat
vazifasini o’taydi. Rus olimi Valentin Xalizev «Трагические ситуации нередко порождаются
ошибками, заблуждениями, преступлениями героев, которые же оказываются иx
жертвами»

3

(Fojiaviy holatlar ko’pincha o’z xatoliklari, yanglishishlari qurboniga aylangan

qahramonlar orqali tug’iladi) fikriga asoslanib, afsusga insondagi ba’zi anglamsiz holatlar sabab
degan to’xtamga keladi.
”Urushning so’nggi qurboni” hikoyasida obrazlar xatti-harakatida oliy maqsadlar ko’zga
tashlanmaydi, asar voqealari yuz bergan davr muhitidan buni izlash murakkab, shuningdek biroz
g’alati tuyuladi.Insoniyat boshiga ulkan sinovlar yog’ilgan bir vaqtda ”dard chekib, kishi axiyri
inson bo’l”ishi ham oliy maqsad, ham insoniylikka sadoqat belgisi. Ayni mana shu imtihonda
“qilko’prik”dan kim o’tdi yo yo’q.
Qurbon chin qurbon emas, bemahal va bemavrid qurbonning fojiasiga sababchi bo’lgan –
qurbondir. U o’z xatosining qurboni; aybsizga o’z toqatsizligi, aqliy shoshqaloqligi bois adolatsiz
hukm chiqargan asl qurbon, ruhiy mazlum.



2

Ф. Шиллер. О трагическом искусстве. Москва, Xудожественной литературы, 1957, стр 53.

3

Xализев В. Теория литературы. Москва, «Высшая школа», 2004, стр 124.

References

REFERENCES

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов