IMPROVING THE CREATIVE ACTIVITY OF FUTURE ELEMENTARY SCHOOL TEACHERS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Baltamuratova, A., Tulaganova, S., Nurmuratova, I., & Sharovitdinova, M. (2023). IMPROVING THE CREATIVE ACTIVITY OF FUTURE ELEMENTARY SCHOOL TEACHERS. Modern Science and Research, 2(5), 389–393. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20146
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqolada boshlang’ich sinf o’qituvchilarida kreativlikni shakllantirishning pedagogic masalalari va ahamiyatlari haqida so’z boradi. Maqola davomida mavzu doirasidagi asosli fikr va mulohazalardan foydalanilgan.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

389

BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARINING IJODIY FAOLIYATINI

TAKOMILLASHTIRISH

Baltamuratova Aksingul

Tulaganova Sevara

Nurmuratova Iroda

Sharovitdinova Maftuna

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7934330

Annotatsiya.

Mazkur maqolada boshlang’ich sinf o’qituvchilarida kreativlikni

shakllantirishning pedagogic masalalari va ahamiyatlari haqida so’z boradi. Maqola davomida
mavzu doirasidagi asosli fikr va mulohazalardan foydalanilgan.

Kalit so’zlar:

boshlang’ich sinf o’qituvchilari, kreativlik, ilmiy bilimning bugungi kundagi

rivojlanishi.

IMPROVING THE CREATIVE ACTIVITY OF FUTURE ELEMENTARY SCHOOL

TEACHERS

Abstract.

This article talks about the pedagogical issues and importance of creativity

formation in primary school teachers. Reasonable opinions and comments within the scope of the
topic were used throughout the article.

Key words:

primary school teachers, creativity, today's development of scientific

knowledge.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ТВОРЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ БУДУЩИХ

УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ

Аннотация.

В данной статье говорится о педагогических проблемах и важности

формирования творческих способностей у учителей начальных классов. На протяжении
всей статьи использовались обоснованные мнения и комментарии в рамках темы.

Ключевые слова:

учителя начальных классов, творчество, современное развитие

научных знаний.


O`zbekiston Respublikasining ta`lim sohasini isloh qilishdagi sa`y harakatlarining biri –

bu pedagog kadrlarning zamon talablariga xamnafas tarzda faoliyat yuritishlari, har tomonlama
rivojlangan komil shaxsni tarbiyalashga doir chukur bilim, ko`nikma, malaka va madaniyatga ega
bo`lishlarini talab etmoqda. Bu esa o`z-o`zidan ta`lim va tarbiya ishlarining qonuniyatlarini
o`rganuvchi pedagogika faniga «kreativlik» degan tushunchani olib kirdi. Ayniqsa ilmiy bilimning
bugungi kundagi rivojlanishi, kreativlikning shaxsni, jamiatni va davlatni rivojlantirishga ta`siri
ushbu masalasini ilmiy pedagogik nuqtai nazardan chuqur o`rganishni talab etmoqda. Ayniqsa
umumta`lim maktablarida o`qituvchi kadrlarning kreativligini rivojlantirishga bo`lgan ijtimoiy
buyurtma vujudga kelmoqdaki, bu borada ilmiy pedagogik izlanishlar olib borish talab etiladi. Shu
bilan bir qatorda kreativlik masalasini ilmiy tushunishda turli fikrlarning mavjudligi, yaxlit
xulosaga kelinmaganligi maqolamiz mavzusi dolzarbligining yana bir ko`rinshi hisoblanadi.
Vaholanki, bu muammo bugungi kunga qadar ko`plab G`arb mamlakatlarida hamda Rossiya
davlatlarida turlicha tahlil etilgan va o`rganilgan. Masalan, N.N. Nechaev, Ya.A. Ponomarev,
B.M. Teplov, D.V. Ushakov singari olimlar kreativlik masalasini umumiy tarzda o`rgangan
bo`lsalar, N.A. Berdyaev, V.S. Bibler, V.N. Drujinin, P.A. Florenskiylar kreativlikning ma`naviy,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

390

psixologik jihatlarirni tahlil etgan. E.Yu.Artem`eva, A.Yu. Agafonov, M.M. Baxtin, A.N.
Leont`evlarning ilmiy ishlarda kreativlik shaxsning sifati sifatida tahlil etilib, kreativlikni tashxis
qilish masalalari tahlil etilgan. Ayniqsa kreativlikni tashxis qilish metodlarini ishlab chiqish ilm-
fan sohasidagi asosiy muammolarning biri hisoblanadi. XXI asrga kelib O`zbekiston
Respublikasining ta`lim soxasida ham ushbu termin ishlatila boshladi. Ayniqsa pedagogika
fanining alohida va yosh tarmog`i sifatida shakllanib boshlagan Innovatsion pedagogikada Ushbu
terminga bod-bod duch kelmoqdamiz. J.G`.Yo`ldoshev, R.A.Mavlanova singari ko`plab pedagog
4 olimlarimizning ilmiy ishlarida kreativlik – bu innovatsion faoliyatning alohida ko`rsatkichi
sifatida tahlil etilgan. R.A.Mavlanova o`zining «Boshlang`ich ta`limda pedagogika, innovatsiya,
integratsiya» nomli o`quv qo`llanmasida kreativlikning o`zi nima, uning shakllanishi masalalariga
alohida to’xtab o`tgan. Qo`llanmada kreativlik tushunchasining mazmuni va mohiyati chuqur
tahlil etilgan. Ammo kreativlik masalasining ilmiy-nazariy, ilmiy-pedagogik jixatlari maxsus
ilmiy tatqiqot ob`ekti sifatida tatqiq etilmagan. Ayniqsa boshlang`ich ta`lim – bu har bir bolaning
hayotida chuqur iz qoldiruvchi ta`lim turidan biri bo`lib, ta`limning bu bosqichida
pedagogo`qituvchilarga katta mas`uliyat yuklatiladi.

Bizga ma`lumki, «intergratsiya» so`zi lotincha «integratio»-«tiklash», «to`ldirish»,

«integer» - «butun» ma`nolarini bildiradi. Ta`limga integrativ yondoshish turli darajadagi tizimli
aloqalarning ob`ektiv yaxlitligni aks ettiradi. (tabiat- jamiyat - inson). Integratsiya ilgari bo`lingan
qismlarni bir butunga birlashtirish bilan bog`liq. U tizim elementlarining yaxlitlik va uyushqoqlik
darajasining oshirishga olib keladi. Integratsiyalash mobaynida bir-biriga bog`liqlik xajmi oshadi
va tartibga tushadi, shu tizim qismlarning ishlashi va o`rganish ob`ektining yaxlitligi tartibga
solinadi. Bu umumiy qoidalarni qanday qilib maktab ta`limida qo`llash mumkin? Zamonaviy
didaktik va metodikada ta`kidlanishicha, o`quvchilarni o`qitish, rivojlanishi va tarbiyasining


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

391

muvoffaqiyatlari ularning dunyoning birligi xaqida tushunchaning shakllanganligi, o`z
faoliyatlarini umumiy tabiat qonunlari asosida yo`lga solish zaruriyatini tushunishlari,
tabiatshunoslik kursida predmentlararo va predmetlar ichidagi aloqalarni echa olishlari bilan
bog`liq. Ta`limdaga integratsiya o`quv predmetlari mazmunini konstruktsiyalashga tizimli
yondoshish orqali ko`rib chiqiladi. O’qituvchilarning kreativlik faoliyati ham alohida o`rganishni
talab etadi. E`tirof etilishicha, kreativlik ma`lum masalaning echimini topishdagi axborotlarni tez
sur`atda foydalanish qobiliyatiga bog`liq. Bu qobiliyatni kreativlik deb atadilar va uni intellektga
bog`liq bo`lmagan holatda - individning yangi tushunchalar yaratuvchi va shakllantiruvchi yangi
malakalari sifatida o`rgandilar. Kreativlik shaxsning ijodiy ko`rsatkichlari bilan belgilanadi.
Kreativlikni o`rganish asosan ikki yo`nalishda olib boriladi:

1-yo`nalish.

Kreativlikni intellekt bilan bog`liqligi masalalarini va kreativlik bilan bog`liq

ta`limiy jarayonlarni belgilashni o`rganadi.

2-yo`nalish.

Shaxs va uning psixologik o`ziga xosligi kreativlikning asosiy aspekti

ekanligi, shaxsga va uning motivatsion chizgilariga urg`u berilishi bilan tasniflanadi. Intellektual
faktorlarni ta`limiy yo`nalishlarda qo`llanilishida, kreativlikni o`rganish, baholashda 1950-yillarda
J.Gilford va uning izdoshlari 16 ta gipotetik intellektual qobiliyatni ajratib ko`rsatadilar. Ular
orasida:

- fikrning turliligi (ma`lum vaqt oralig`idagi g`oyalarning miqdori),
- fikrning (bir g`oyadan ikkinchisiga ko`cha olishi) originalligi (o`ziga xoslik),
- umume`tirof etilgan qarashlardan farq qiluvchi g`oyani yaratish qobiliyati),
- qiziquvchanlik (o`zini o`rab turgan olamdagi muammolarga ta`sirchanlik),
- gipoteza qilish qobiliyati (reaktsiyaning stimuldan mantiqiy mustaqilligi),
- fantastikali (stimul va reaktsiya orasidagi mantiqiy bog`liqlikning borliq hayotdan

butunlay uzilganligi).

Shu tariqa fikr yuritadigan, sunggi yangiliklardan boxabar uqituvchilar bugungi kunda juda

dolzarb va bolaning rivojlanishi uchun muhim sanalgan integrallashgan darslarni tashkil etishga
qodir buladilar. Integrallashgan darslarni tashkil etish birinchi navbatda o`qituvchidan kreativlikni
talab etadi. Biz shu kabi olimlar va pedagoglar tavsiya etgan darslardan namunalar
keltirmoqchimiz.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

392

«Bozorda» o`yini.

Sabzavot va mevalarning rasmlari ishlangan kartonlar yozuv taxtasiga osib qo`yiladi. Bu

erda karam, kartoshka, uzum, nok, olxo`ri, piyoz va hokazolarning rasmlari bor.

O`qituvchi:-

1 kg piyoz 4 so`m tursa, 2 kg qancha turadi, 3 kg-chi? - deb so`raydi. 3 kg

olxo`ri 9 so`m tursa, 1 kg olxo`ri qancha turadi? Shunga o`xshash boshqa savollar beriladi.
O`yindan keyin bolalardan so`rash kerak:

O`qituvchi: -

Siz hovlida o`ynayapsiz. Birdan oyingiz bozordan to`rxalta to`la meva va

sabzavotlar olib kelayotganini ko`rib qoldingiz. Shunda siz nima qilasiz?

Bolalar:

«To`rxaltani ko`tarishda oyimizga yordam beramiz»,- deb javob qilishadi.

Ularning fikrlari ma`qullanadi.

O`qituvchi:-

Sizlar meva va sabzavotlarni etishtirishda ishtirok etasizlarmi? Pedagogika

sohasidagi shu kabi innovatsion yangiliklar bilan uzoq qishloq o`qituvchilarining xam tanish
bo`lishi va ularni amalda qo`llashi ishlari amalga oshirilar ekan, demak olim M.G`ulomovning
tavsiyalari o`qituvchilarning kreativ faoliyatini yanada rivojlantirishda foydadan xoli bo`lmaydi.

Shu bilan qatorda olima R.A.Mavlanova bolalarni ijodiy tasavvur mexanizmlariga qanday

o`rgatish keraligi buyicha qo`yidagi taklivlarni tavsiya etadi. Ular biz haqiqatan ham bolalarni ijod
zavqiga erishtirmoqchi bo`lsak, u holda uchta asosiy maqsadga diqqat - e`tiborni qaratishimiz
kerakligini e`tirof etadilar:

– bolalarni ochilmagan sir va jumboqlarni o`z kuchlari bilan ochish mumkinligiga

ishontirish;

– bu sirlarni topish va ochishga imkon beruvchi ijodiy tasavvurning asosiy yo`llarini

o`rgatish;

– idrok qilish, diqqat-e`tiborni, xotirani, his-tuyg`u va fikrlashni rivojlantirish uchun ijodiy

tasavvur mexanizmlaridan foydalanish Bu bobdagi fikrlarimizni umumlashtirib aytadigan bo`lsak,
pedagog –tarbiyachi bo`lib bolalar bilan ishlaydigan o`qituvchidan tinmay izlanishlar olib borishni
va yangiliklarni kreativ tarzda o`z faoliyatida qo`llashni talab etadi. Kreativlik faoliyat yuritish
o`qituvchilarda talabalik yillaridayoq shallantirilishi va bu sifat maktabda yanada rivojlantirilishi
maqsadga muvofiqdir. Kreativlik pedagogika fanida qabul qilingan yangi materiallarni
o`qituvchilarning o`z faoliyatida mohirona, o`z o`rnida, o`rinli qo`llay olish bilan ham belgilanadi.
Zero maktab o`qituvchilarining kreativ faoliyati shunday darajada faollashsinki, ularning
akmeologik (pedagogik faoliyatning oliy cho`qqisi) faoliyati mualliflik metodlar va
texnologiyalarni taqdim etish darajasiga ko`tarilsin.

Ta`limning zamonaviy globallashuv va axborotlashuv sharoitida uqituvchining ijodkorlik

faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda ta`lim-tarbiya sohasiga kirib kelayotgan
innovatsion yangiliklar pedagogika faniga yangi tushunchalarni ham olib kirmoqda. Shunday
tushunchalarning biri «kreativlik» tushunchasidir. Bu tushuncha kuproq psixologiya fanida
kengroq rivojlangan. Ammo pedagogika fani bu tushunchaning mazmun va ma`nosini tadqiq etish
talab etiladi. «Kreativlik» tushunchasi «ijod» tushunchasi bilan bog`liq. Shaxsning ijodkorlik
imkoniyatlarini tadqiq etishga bo`lgan ijtimoiy buyurtma kreativlik muammosining alohida
muhimligini belgilaydi. Shaxsiy ijodkorlikning dinamik (rivojlanib, o`sib boruvchi) tasniflanishi
kreativlik va uning asosiy qirralarida aks etadi. Biroq, kreativlik psixologiya va pedagogika
fanlarining belgilangan ilmiy kategoriyasi bo`lsa-da, «kreativlik» tushunchasi tegishli lug`atlarda
munosib defferentsiyasini topmagan va ijod psixologiyasida etarlicha aniqlanmagan. O`nlab ilmiy


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

393

ishlarda ilmiy ijodkorlikning u yoki bu qirralariga turlicha yondashib, har xil darajada qamrab
olinayotganligiga qaramasdan, hozirgacha na muammoning o`ziga va na unga taalluqli bo`lgan
amaliy savollarga nisbatan yagona to`xtam mavjud emas. Hozirda, rivojlanishning zamonaviy
bosqichida, mazkur an`analari inson faktorining hal qiluvchi o`rnini belgilamoqda. Bu faktorning
fenomenologiyasida ijodkorlik uning belgilangan asosini tashkil etadi. Ijodkorlik inson
fenomenining namoyon bo`ladigan yuksak ko`rinishi bo`lishiga qaramasdan, u eng kam
o`rganilgan soha bo`lib, tabiiy qonuniyat sifatida qaraladi. Gap shundaki, ijod jarayonining
tabiatidagi tasodifanlik, kutilmaganlik avvalboshdanoq uning zamonaviy ilmiy metodlarda
o`rganish imkoniyatini chegaraladi. Zamonaviy fan imkoniyatlari ijodkorlik tabiatining mavjud
dalillar va savollarni to`liq qoniqtiradigan universal tushuntirish imkoniyatiga ega emas.

1. Kreativlik – bu insonning butun hayoti davomidagi sifatlari majmuidir.
2. Kreativlik – bu insonning o`ziga topshirilgan muayyan topshiriq va vazifalarni bajarish

usulidir.

3. Kreativlik – bu intellekt (aql) ning maxsulidir.
4. Kreativlik – bu insonga xudo tomonidan berilgan qobiliyat, kashfiyotlardir.
5. Kreativlik – bu ijodiy faoliyatdir.
6. Kreativlik – bu ijodkor insonlarning ma`naviy-axloqiy va ijtimoiy adaptatsiyalanishidir.
7. Kreativlik – bu madaniyat bilan uzviy bog`liq bo`lgan kategoriyadir.
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirgan holda kreativlik - shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya

sifatida inson ma`naviyatining ajralmas qismi bo`lib, shaxsni o`z-o`zini rivojlantirish omili,
shaxsiy jonbozlikning asosi, shaxs ega bo`lgan bilimlarning ko`pqirrali ekanligida emas, balki
yangi g`oyalarga intilishda va o`rnatilgan stereotiplarni yangilik yaratish jarayonini isloh qilish va
o`zgartirishda, hayotiy muammolarni echish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar
chiqarishda namoyon bo`ladi, degan xulosaga keldik. O’qituvchining kreativlik faoliyati
dastavvalo pedagogik maxorat bilan bog`liq.

REFERENCES

1.

Davletshin M.G. Shark mutafakkirlarining psixologik karashlari. Toshkent 1992 yil.

2.

Дудченко В.С.Инновационная игра как метод исследования и развития оргонах. M.,
1982, Захарова Л.Н. психологическая подготовка педагога- Нижний Новгород 1993. 83
Ziyomuhamedov B., Abdullaeva Sh. Pedagogika. –T.: O`zbekiston milliy entsiklopediyasi,
2000. –127b.

3.

Канн-Калик В.А., Никавдров Н.Д Педагогическое творчество. М., 1990.

4.

Кларин М.В. Инновацмонние модели учебного процесса в современной зарибежной
педагогике.-M., 1994.

5.

Karimova V., Akramova F. Psixologiya. – T.: 2000

References

Davletshin M.G. Shark mutafakkirlarining psixologik karashlari. Toshkent 1992 yil.

Дудченко В.С.Инновационная игра как метод исследования и развития оргонах. M., 1982, Захарова Л.Н. психологическая подготовка педагога- Нижний Новгород 1993. 83 Ziyomuhamedov B., Abdullaeva Sh. Pedagogika. –T.: O`zbekiston milliy entsiklopediyasi, 2000. –127b.

Канн-Калик В.А., Никавдров Н.Д Педагогическое творчество. М., 1990.

Кларин М.В. Инновацмонние модели учебного процесса в современной зарибежной педагогике.-M., 1994.

Karimova V., Akramova F. Psixologiya. – T.: 2000

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов