ORGANIZATION OF INDEPENDENT WORK OF STUDENTS ACCORDING TO THE CREDIT-MODULE SYSTEM OF TRAINING IN PROFESSIONAL LEGAL EDUCATIONAL INSTITUTIONS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge

Keywords:

Abstract

Young personnel studying in professional legal educational institutions are required to become mature specialists in their fields, able to work independently in the fields they occupy, to be able to think independently when necessary, to be responsive and competitive personnel. is being done. In order to achieve this goal, the need to properly and purposefully organize the independent education process in accordance with the credit-module system is recognized.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

520

PROFESSIONAL YURIDIK TA’LIM MUASSASALARIDA O’QITISHNING KREDIT-

MODUL TIZIMI BO’YICHA O’QUVCHILARNING MUSTAQIL ISHLARINI

TASHKIL ETISH

Fayziyeva Dilnoza Abduraximovna

Buxoro viloyati yuridik texnikumi o’qituvchisi

Samadova Fotima

Buxoro viloyati yuridik texnikumi YuXF 1/21-guruh o’quvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7947312

Annotatsiya.

Professional yuridik ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yosh kadrlardan

o’z sohalari bo’yicha yetuk mutaxassis bo’lish bilanbirga o’zlari egallayotgan sohalar bo’yicha

mustaqil faoliyat yurita oladigan, zarur hollarda mustaqil fikr yurita oladigan, hozirjavob,

raqobatbardosh kadrlar bo’lishlaritalab etilmoqda. Ushbu maqsadga erishish uchun kredit-modul

tizimiga muvofiq, mustaqil ta’lim olish jarayonini to’g’ri va maqsadli tashkil etish zarurligi

maolada e’tirof etiladi.

Kalit so’zlar:

modul, kredit, kreativ, auditoriya yuklamasi, ta’lim oluvchi, mustaqil ta’lim,

mustaqil ish, rejalashtirish.

ORGANIZATION OF INDEPENDENT WORK OF STUDENTS ACCORDING TO THE

CREDIT-MODULE SYSTEM OF TRAINING IN PROFESSIONAL LEGAL

EDUCATIONAL INSTITUTIONS

Abstract.

Young personnel studying in professional legal educational institutions are

required to become mature specialists in their fields, able to work independently in the fields they

occupy, to be able to think independently when necessary, to be responsive and competitive

personnel. is being done. In order to achieve this goal, the need to properly and purposefully

organize the independent education process in accordance with the credit-module system is

recognized.

Key words:

module, credit, creative, audience load, learner, independent education,

independent work, planning.

ОРГАНИЗАЦИЯ САМОСТОЯТЕЛЬНОЙ РАБОТЫ СТУДЕНТОВ ПО КРЕДИТНО-

МОДУЛЬНОЙ СИСТЕМЕ ОБУЧЕНИЯ В ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ

ЮРИДИЧЕСКИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЯХ

Аннотация.

Из молодых кадров, обучающихся в профессиональных юридических

учебных заведениях, востребованы готовые, конкурентоспособные кадры, способные

самостоятельно работать в занимаемых ими областях, умеющие самостоятельно


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

521

мыслить в необходимых случаях, при этом становясь зрелыми специалистами в своих

областях. Для достижения поставленной цели признается необходимость правильной и

целенаправленной организации процесса самостоятельного обучения в соответствии с

кредитно-модульной системой.

Ключевые слова:

модуль, кредит, креатив, аудиторная нагрузка, обучающийся,

самостоятельное обучение, самостоятельная работа, планирование.

Yuridik texnikumlarda kredit-modul tizimini (Kredit to‘plash va ko‘chirishning Yevropa

tizimini) joriy etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yuridik

ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil

29-apreldagi PF-5987-son Farmoniga muvofiq belgilangan bo’lib, O‘zbekiston Respublikasi

Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida ta’limning kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini

tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ishlab chiqilgan. Ushbu nizom ta’limning kredit-modul

tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish tartibini belgilaydi va unga ko’ra, yuridik texnikumlarda

o‘quv jarayonida kredit-modul tizimi Kredit to‘plash va ko‘chirishning Yevropa modeli (European

Credit Transfer and Accumulation System — ECTS)ga muvofiq tashkil qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan

“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”ga ko‘ra,

mamlakatdagi OTMlarning 85 foizi 2030-yilgacha bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga

o‘tishi rejalashtirilgan.

Kredit-modul tamoyilida ikkita bosh masalaga ahamiyat beriladi:

talabalarning mustaqil

ishlashini ta’minlash

hamda

talabalar bilimini reyting asosida baholash

.

Zamon talablariga javob bera oladigan, har tomonlama yetuk, raqobatbardosh mutaxassislar

tayyorlashda mustaqil ta’lim alohida o‘rin tutadi, chunki axborot va bilimlar doirasi jadal sur’atlar

bilan rivojlanib borayotgan hozirgi kunda hamma ma’lumotlarni faqat dars mashg’ulotlarida berib

bo‘lmaydi. Qo‘yilgan muammo va vazifalar bo‘yicha muayyan yechimga kelish hamda uning optimal

variantini tanlash uchun kerak bo‘lgan mustaqil fikrlash ko‘nikmasi mustaqil ijodiy ishlash

jarayonida shakllanadi va mustahkamlab boriladi.

Mustaqil talim

– o’quv materialini mustaqil o’zlashtirish, murakkablik darajasi turlicha bo’lgan

topshiriqlar, amaliy vazifalarni auditoriya hamda auditoriyadan tashqarida ijodiy va mustaqil bajarish

asosida nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyatdir.

Mustaqil ish

– o’qituvchining topshirig’i va rahbarligida o’quv vazifasini hal etadigan

talimning faol metodi. Mustaqil ish qo’yilgan maqsad bilan bog’liqlikda talabalarning aniq faoliyatini


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

522

tashkil etish va amalga oshirishdir. Ta’lim oluvchining mustaqil ishlari uning yuqori darajadagi

faollik, ijodiylik, mustaqil tahlil, tashabbuskorlikka hamda barcha vazifalarni o’z vaqtida va

mukammal tarzda bajarishga asoslangan faoliyatidir.

Mustaqil ishni optimal rejalashtirish

– talabaning o‘qish madaniyatini oshirishga

ko‘maklashuvchi muhim va zarur vazifalardan biri. Ta’lim oluvchilar mustaqil ishini tashkillashtirish

tamoyillari bakalavr, mutaxassis, magistr, fan spetsifikasi, mustaqil ish mazmuni va boshqa

ko‘rsatkichlar asosida o‘zgarishi mumkin. Ushbu tamoyillarni bilish va ulardan o‘quv-bilish

faoliyatida mohirona foydalanish muayyan sohadagi bilimlar tizimini egallash va zamonaviy

mutaxassis sifatlarini shakllantirishga imkon beradi. Shu tariqa, OTM talabalari mustaqil ishini

ta’minlashning pedagogik aspektlari nafaqat didaktik masalalarni hal etadi, balki talabalarda shaxsiy

sifatlar rivojlanishi, ularning mustaqil ishlashga bo‘lgan rag‘batini oshirish, umumiy o‘quv

ko‘nikmalari va amaliy tajribasi shakllanishiga ham xizmat qiladi. Amaldagi ta’lim tizimida

auditoriya yuklamalariga katta e’tibor qaratilib kelinmoqda, lekin mustaqil ish turlari hali

ommalashmagan. Kredit tizimida eng avvalo o’quvchining mustaqil ishiga jiddiy e’tibor qaratiladi.

Ta’lim oluvchining mustaqil talim olishini tashkil etishdan asosiy

maqsad

fan (modul) bo’yicha

o’zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash, boyitish, amaliy ko’nikma va malakalarni

takomillashtirish, axborot bilan ishlash, o’z-o’zini rivojlantirish, kognitiv, kreativ, hamkorlikda

ishlash kompetentsiyalarini shakllantirishdan iboratdir.

Ta’lim oluvchilarning mustaqil talimini tashkil etishi quyidagi

vazifalar

ni muvaffaqiyatli hal

etishga xizmat qilishi lozim:

- ta’lim oluvchilarda o’z-o’zini rivojlantirish, mustaqil bilim olish va innovatsion faoliyatni

shakllantirishga imkon beruvchi kompetentsiyalarni egallash maqsadi bilan bog’liqlikda mustaqil

o’quv faoliyatini amalga oshirish;

- bilim, ko’nikma va malakalarni mustaqil egallash, muammoni shakllantira olish va uni hal

etishning maqbul yo’larini izlab topishga qobiliyatli kreativ shaxsni tarbiyalash;

- ta;lim oluvchilarda o’quv dasturini o’zlashtirishga doir motivatsiyani hosil qilish;

- talim oluvchilarda bilim olishga doir masuliyatni oshirish;

- ta’lim oluvchilarda umummadaniy va kasbiy kompetentsiyalarni rivojlantirishga imkon berish;

- talim oluvchilarda mustaqil bilim olish, o’z-o’zini boshqarish va o’z-o’zini rivojlantirishga

qobiliyatlilikni shakllantirish uchun sharoit yaratish.

Mustaqil ish turi va shakli muayyan talim yo’nalishi (mutaxassislik) hamda fan

(modul)larning xususiyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

523

Mustaqil o’qib-o’rganish uchun taklif etilgan mavzular hamda mustaqil ish topshiriqlari va

ularni bajarish bo’yicha ko’rsatmalar talaba uchun ishlab chiqilgan fan dastur (Sillabus)da o’z aksini

topishi lozim. Mustaqil ish uchun taqdim etilgan o’quv topshiriqlari variativ tavsifga ega bo’lishi

tavsiya etiladi.

Fan (modul) bo’yicha mustaqil talimga ajratilgan soatlarning mustaqil ish tarzida bajarilishi

ko’zda tutilgan o’quv birligi hajmi (kredit) mas’ul kafedra muhokamasidan o’tkazilishi, yig’ilish

qarori bilan tasdiqlanishi hamda professor-o’qituvchi tomonidan tuzilgan Sillabusda mustaqil ish

shakli va turi mazkur hajm (kredit)ga mos kelishi lozim.

Didaktik jarayonlarni jadallashtirish, talabalarning mustaqil talim olish samaradorligini

oshirish maqsadida o’quv davrining I semestrida tyutorlar, ARM xodimlari va fan masullari

tomonidan mazkur jarayonni amalga oshirish tartibi bo’yicha davriy ravishda (shu jumladan, kredit

haftaligi doirasida) o’quv seminarlari tashkil etilishi maqsadga muvofiq.

Mustaqil ish topshiriqlari va uni bajarish muddatlari elektron platformada qat’iy belgilanadi.

Uzrli sabablarsiz mustaqil ishni bajarish muddatini o’tkazib yuborgan talabaning o’quv faoliyati

natijalari tekshirilmaydi va baholanmaydi. Uzrli sabablar esa, dekanat (registrator ofis) tomonidan

o’rganib chiqilishi, dekan ruxsati bilan inobatga olinishi hamda topshiriq bajarilishi uchun yakuniy

nazorat o’tkazilishiga qadar qayta topshirish muddati belgilanishi mumkin.

Mustaqil ta’lim bo’yicha o’quv faoliyati natijalari baholanmagan talaba yakuniy nazoratlarga

kiritilmaydi yoki shartli ravishda topshirish muddati belgilanadi.

Fan (modul) bo’yicha oraliq va yakuniy nazorat savollarining 1/2 qismi mustaqil o’qib-

o’rganish uchun tavsiya etilgan mavzular va adabiyotlar asosida tuzilishi tavsiya etiladi.

Fan (modul)ning auditoriya yuklamasini bajarish vaqtida talabalarning mustaqil ishlari

nazorat qilinmaydi. Talaba mustaqil ish topshiriqlarini bajarish yuzasidan fan dastur (Sillabus)da

ko’rsatilgan kontakt soatida offlayn yoki onlayn tarzda bir yoki ikki marotaba maslahat olishi

mumkin.

Talim oluvchi mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda akademik va etik talablarga rioya etishi

(plagiatga yo’l qo’ymaslik, professor-o’qituvchilar, talabalar bilan tolerant munosabatda bo’lish,

kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash, masuliyatlilik) shart.

Fan (modul) yuzasidan talabalar bajaradigan mustaqil ish topshiriqlari variativ tavsifga ega

bo’lishi lozim. Mustaqil ish topshiriqlarining 1/3 qismi kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash

(kooperativlik)ga mo’ljallangan bo’lishi kerak.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

524

Mustaqil o’qib-o’rganish uchun taklif etiladigan mavzular va mustaqil ish topshiriqlari fan

(modul)ga ajratilgan kreditlar soni hamda talabaning vaqt byudjetini inobatga olgan holda

belgilanishi lozim.

Ta’lim oluvchi tomonidan elektron tizim (platforma)ga yuklangan mustaqil ish topshiriqlari

aniq belgilangan muddatda professor-o’qituvchi tomonidan tekshirilishi va natijasi o’quvchiga

malum qilinishi shart.

Mustaqil talim natijalarini baholash fan (modul)ning umumiy baholash (100 ballik) tizimida

aks ettiriladi va fan dastur (Sillabus)ning baholash mezonlarida unga ajratilgan ball aniq ko’rsatib

qo’yiladi.

O’qishi ko’chirilgan yoki tiklangan ta’lim oluvchilar o’zlashtirilmagan fan (modul)larni qayta

o’qish tartibida o’zlashtiradi. İstisno tariqasida, fanning semestrdagi yuklamasi 6 (olti) kreditdan

oshmaydigan akademik farqli fan (modul)lar talabaning arizasiga ko’ra va dekan roziligi bilan

100% mustaqil talim shaklida o’zlashtirilishi mumkinligi belgilangan.

REFERENCES

1.

O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni” (yangi tahriri) 2020-yil 23-

sentabr

2.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son “O’zbekiston

Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha

chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni

3.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini

2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5349-son Farmoni

4.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-iyundagi 359-son Qarori

References

O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni” (yangi tahriri) 2020-yil 23-sentabr

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son “O’zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5349-son Farmoni

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-iyundagi 359-son Qarori

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов