Authors

  • Dilnoza Fayziyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.30285

Keywords:

module credit creative audience load learner.

Abstract

Young personnel studying in professional legal educational institutions are required to become mature specialists in their fields, able to work independently in the fields they occupy, to be able to think independently when necessary, to be responsive and competitive personnel. is being done. In order to achieve this goal, the need to properly and purposefully organize the independent education process in accordance with the credit-module system is recognized.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

620

PROFESSIONAL YURIDIK TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QITISHNING KREDIT-

MODUL TIZIMI BO‘YICHA O‘QUVCHILARNING MUSTAQIL ISHLARINI

TASHKIL ETISH

Fayziyeva Dilnoza Abduraximovna

Buxoro viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi,

Tel: +998(91)400-41-17

https://doi.org/10.5281/zenodo.10868783

Annotatsiya.

Professional yuridik ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yosh kadrlardan

o’z sohalari bo’yicha yetuk mutaxassis bo’lish bilanbirga o’zlari egallayotgan sohalar bo’yicha
mustaqil faoliyat yurita oladigan, zarur hollarda mustaqil fikr yurita oladigan, hozirjavob,
raqobatbardosh kadrlar bo’lishlaritalab etilmoqda. Ushbu maqsadga erishish uchun kredit-modul
tizimiga muvofiq, mustaqil ta’lim olish jarayonini to’g’ri va maqsadli tashkil etish zarurligi
maolada e’tirof etiladi.

Kalit so’zlar:

modul, kredit, kreativ, auditoriya yuklamasi, ta’lim oluvchi, mustaqil ta’lim,

mustaqil ish, rejalashtirish.

ORGANIZING STUDENTS' INDEPENDENT WORK UNDER THE CREDIT-MODULE

SYSTEM OF TRAINING IN PROFESSIONAL LEGAL EDUCATION INSTITUTIONS

Abstract.

Young personnel studying in professional legal educational institutions are

required to become mature specialists in their fields, able to work independently in the fields they
occupy, to be able to think independently when necessary, to be responsive and competitive
personnel. is being done. In order to achieve this goal, the need to properly and purposefully
organize the independent education process in accordance with the credit-module system is
recognized.

Key words:

module, credit, creative, audience load, learner.

ОРГАНИЗАЦИЯ САМОСТОЯТЕЛЬНОЙ РАБОТЫ СТУДЕНТОВ ПО КРЕДИТНО-

МОДУЛЬНОЙ СИСТЕМЕ ПОДГОТОВКИ В ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ

ЮРИДИЧЕСКИХ ОБРАЗОВАНИЯХ

Аннотация.

Из молодых кадров, обучающихся в профессиональных юридических

учебных заведениях, требуются готовые, конкурентоспособные кадры, способные
самостоятельно работать в тех областях, которые они занимают, могут
самостоятельно мыслить в необходимых случаях, становясь при этом зрелыми
специалистами в своих областях. Для достижения этой цели признается необходимость
правильной и целенаправленной организации самостоятельного образовательного
процесса в соответствии с кредитно-модульной системой.

Ключевые слова:

модуль, кредит, креатив, аудиторная нагрузка, обучающийся.


Yuridik texnikumlarda kredit-modul tizimini (Kredit to‘plash va ko‘chirishning Yevropa

tizimini) joriy etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yuridik
ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil
29-apreldagi PF-5987-son Farmoniga

muvofiq belgilangan bo’lib, O‘zbekiston Respublikasi

Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida ta’limning kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini
tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ishlab chiqilgan. Ushbu nizom ta’limning kredit-modul


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

621

tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish tartibini belgilaydi va unga ko’ra, yuridik texnikumlarda
o‘quv jarayonida kredit-modul tizimi Kredit to‘plash va ko‘chirishning Yevropa modeli (European
Credit Transfer and Accumulation System — ECTS)ga muvofiq tashkil qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi Farmoni bilan

tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi”ga ko‘ra, mamlakatdagi OTMlarning 85 foizi 2030-yilgacha bosqichma-bosqich
kredit-modul tizimiga o‘tishi rejalashtirilgan.

Kredit-modul tamoyilida ikkita bosh masalaga ahamiyat beriladi:

talabalarning mustaqil

ishlashini ta’minlash

hamda

talabalar bilimini reyting asosida baholash

.

Zamon talablariga javob bera oladigan, har tomonlama yetuk, raqobatbardosh mutaxassislar

tayyorlashda mustaqil ta’lim alohida o‘rin tutadi, chunki axborot va bilimlar doirasi jadal sur’atlar
bilan rivojlanib borayotgan hozirgi kunda hamma ma’lumotlarni faqat dars mashg’ulotlarida berib
bo‘lmaydi. Qo‘yilgan muammo va vazifalar bo‘yicha muayyan yechimga kelish hamda uning
optimal variantini tanlash uchun kerak bo‘lgan mustaqil fikrlash ko‘nikmasi mustaqil ijodiy ishlash
jarayonida shakllanadi va mustahkamlab boriladi.

Mustaqil talim

– o’quv materialini mustaqil o’zlashtirish, murakkablik darajasi turlicha

bo’lgan topshiriqlar, amaliy vazifalarni auditoriya hamda auditoriyadan tashqarida ijodiy va
mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan
tizimli faoliyatdir.

Mustaqil ish

– o’qituvchining topshirig’i va rahbarligida o’quv vazifasini hal etadigan

talimning faol metodi. Mustaqil ish qo’yilgan maqsad bilan bog’liqlikda talabalarning aniq
faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishdir. Ta’lim oluvchining mustaqil ishlari uning yuqori
darajadagi faollik, ijodiylik, mustaqil tahlil, tashabbuskorlikka hamda barcha vazifalarni o’z vaqtida
va mukammal tarzda bajarishga asoslangan faoliyatidir.

Mustaqil ishni optimal rejalashtirish

– talabaning o‘qish madaniyatini oshirishga

ko‘maklashuvchi muhim va zarur vazifalardan biri. Ta’lim oluvchilar mustaqil ishini
tashkillashtirish tamoyillari bakalavr, mutaxassis, magistr, fan spetsifikasi, mustaqil ish mazmuni
va boshqa ko‘rsatkichlar asosida o‘zgarishi mumkin. Ushbu tamoyillarni bilish va ulardan o‘quv-
bilish faoliyatida mohirona foydalanish muayyan sohadagi bilimlar tizimini egallash va zamonaviy
mutaxassis sifatlarini shakllantirishga imkon beradi. Shu tariqa, OTM talabalari mustaqil ishini
ta’minlashning pedagogik aspektlari nafaqat didaktik masalalarni hal etadi, balki talabalarda shaxsiy
sifatlar rivojlanishi, ularning mustaqil ishlashga bo‘lgan rag‘batini oshirish, umumiy o‘quv
ko‘nikmalari va amaliy tajribasi shakllanishiga ham xizmat qiladi. Amaldagi ta’lim tizimida
auditoriya yuklamalariga katta e’tibor qaratilib kelinmoqda, lekin mustaqil ish turlari hali
ommalashmagan. Kredit tizimida eng avvalo o’quvchining mustaqil ishiga jiddiy e’tibor qaratiladi.

Ta’lim oluvchining mustaqil talim olishini tashkil etishdan asosiy

maqsad

fan (modul)

bo’yicha o’zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash, boyitish, amaliy ko’nikma va malakalarni
takomillashtirish, axborot bilan ishlash, o’z-o’zini rivojlantirish, kognitiv, kreativ, hamkorlikda
ishlash kompetentsiyalarini shakllantirishdan iboratdir.

Ta’lim oluvchilarning mustaqil talimini tashkil etishi quyidagi

vazifalar

ni muvaffaqiyatli

hal etishga xizmat qilishi lozim:


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

622

-ta’lim oluvchilarda o’z-o’zini rivojlantirish, mustaqil bilim olish va innovatsion faoliyatni

shakllantirishga imkon beruvchi kompetentsiyalarni egallash maqsadi bilan bog’liqlikda mustaqil
o’quv faoliyatini amalga oshirish;

-bilim, ko’nikma va malakalarni mustaqil egallash, muammoni shakllantira olish va uni

hal etishning maqbul yo’larini izlab topishga qobiliyatli kreativ shaxsni tarbiyalash;

- ta’lim oluvchilarda o’quv dasturini o’zlashtirishga doir motivatsiyani hosil qilish;
- talim oluvchilarda bilim olishga doir masuliyatni oshirish;
-ta’lim oluvchilarda umummadaniy va kasbiy kompetentsiyalarni rivojlantirishga imkon

berish;

-talim oluvchilarda mustaqil bilim olish, o’z-o’zini boshqarish va o’z-o’zini

rivojlantirishga qobiliyatlilikni shakllantirish uchun sharoit yaratish.

Mustaqil ish turi va shakli muayyan talim yo’nalishi (mutaxassislik) hamda fan

(modul)larning xususiyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Mustaqil o’qib-o’rganish uchun taklif etilgan mavzular hamda mustaqil ish topshiriqlari va

ularni bajarish bo’yicha ko’rsatmalar talaba uchun ishlab chiqilgan fan dastur (Sillabus)da o’z
aksini topishi lozim. Mustaqil ish uchun taqdim etilgan o’quv topshiriqlari variativ tavsifga ega
bo’lishi tavsiya etiladi.

Fan (modul) bo’yicha mustaqil talimga ajratilgan soatlarning mustaqil ish tarzida

bajarilishi ko’zda tutilgan o’quv birligi hajmi (kredit) mas’ul kafedra muhokamasidan o’tkazilishi,
yig’ilish qarori bilan tasdiqlanishi hamda professor-o’qituvchi tomonidan tuzilgan Sillabusda
mustaqil ish shakli va turi mazkur hajm (kredit)ga mos kelishi lozim.

Didaktik jarayonlarni jadallashtirish, talabalarning mustaqil talim olish samaradorligini

oshirish maqsadida o’quv davrining I semestrida tyutorlar, ARM xodimlari va fan masullari
tomonidan mazkur jarayonni amalga oshirish tartibi bo’yicha davriy ravishda (shu jumladan,
kredit haftaligi doirasida) o’quv seminarlari tashkil etilishi maqsadga muvofiq.

Mustaqil ish topshiriqlari va uni bajarish muddatlari elektron platformada qat’iy

belgilanadi. Uzrli sabablarsiz mustaqil ishni bajarish muddatini o’tkazib yuborgan talabaning
o’quv faoliyati natijalari tekshirilmaydi va baholanmaydi. Uzrli sabablar esa, dekanat (registrator
ofis) tomonidan o’rganib chiqilishi, dekan ruxsati bilan inobatga olinishi hamda topshiriq
bajarilishi uchun yakuniy nazorat o’tkazilishiga qadar qayta topshirish muddati belgilanishi
mumkin.

Mustaqil ta’lim bo’yicha o’quv faoliyati natijalari baholanmagan talaba yakuniy

nazoratlarga kiritilmaydi yoki shartli ravishda topshirish muddati belgilanadi.

Fan (modul) bo’yicha oraliq va yakuniy nazorat savollarining 1/2 qismi mustaqil o’qib-

o’rganish uchun tavsiya etilgan mavzular va adabiyotlar asosida tuzilishi tavsiya etiladi.

Fan (modul)ning auditoriya yuklamasini bajarish vaqtida talabalarning mustaqil ishlari

nazorat qilinmaydi. Talaba mustaqil ish topshiriqlarini bajarish yuzasidan fan dastur (Sillabus)da
ko’rsatilgan kontakt soatida offlayn yoki onlayn tarzda bir yoki ikki marotaba maslahat olishi
mumkin.

Talim oluvchi mustaqil ish topshiriqlarini bajarishda akademik va etik talablarga rioya

etishi (plagiatga yo’l qo’ymaslik, professor-o’qituvchilar, talabalar bilan tolerant munosabatda
bo’lish, kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash, masuliyatlilik) shart.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

623

Fan (modul) yuzasidan talabalar bajaradigan mustaqil ish topshiriqlari variativ tavsifga ega

bo’lishi lozim. Mustaqil ish topshiriqlarining 1/3 qismi kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash
(kooperativlik)ga mo’ljallangan bo’lishi kerak.

Mustaqil o’qib-o’rganish uchun taklif etiladigan mavzular va mustaqil ish topshiriqlari fan

(modul)ga ajratilgan kreditlar soni hamda talabaning vaqt byudjetini inobatga olgan holda
belgilanishi lozim.

Ta’lim oluvchi tomonidan elektron tizim (platforma)ga yuklangan mustaqil ish

topshiriqlari aniq belgilangan muddatda professor-o’qituvchi tomonidan tekshirilishi va natijasi
o’quvchiga malum qilinishi shart.

Mustaqil talim natijalarini baholash fan (modul)ning umumiy baholash (100 ballik)

tizimida aks ettiriladi va fan dastur (Sillabus)ning baholash mezonlarida unga ajratilgan ball aniq
ko’rsatib qo’yiladi.

O’qishi ko’chirilgan yoki tiklangan ta’lim oluvchilar o’zlashtirilmagan fan (modul)larni

qayta o’qish tartibida o’zlashtiradi. İstisno tariqasida, fanning semestrdagi yuklamasi 6 (olti)
kreditdan oshmaydigan akademik farqli fan (modul)lar talabaning arizasiga ko’ra va dekan roziligi
bilan 100% mustaqil talim shaklida o’zlashtirilishi mumkinligi belgilangan.

REFERENCES

1.

O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni” (yangi tahriri) 2020-yil 23-
sentabr

2.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son “O’zbekiston
Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-
tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni

3.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5349-son Farmoni

4.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-iyundagi 359-son Qarori


References

O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni” (yangi tahriri) 2020-yil 23-sentabr

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son “O’zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5349-son Farmoni

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-iyundagi 359-son Qarori