IN THE CONSTITUTION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN IN NEW TAHRI, A NEW APPROACH TO THE INSTITUTE OF "HABEAS CORPUS" AND THE IDENTIFICATION OF THE "MIRANDA RULE"

HAC
Google Scholar

Abstract

In this article, it is noted that in the new version of our Constitution, human rights and freedoms in the Republic of Uzbekistan are recognized and guaranteed according to the generally recognized norms of international law, including the inclusion of a number of progressive guarantees on the protection of human rights, among them the most the main idea, that is, the priority of human rights and freedoms - the idea of being recognized as the highest goal of the legal state, and its expression is recognized. Based on this approach, the norms of human rights in the new version of the Constitution increased more than 3 times. The Miranda rule and the institution of habeas corpus are among such new guarantees.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

635

YANGI TAHRIRDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA

“XABEAS KORPUS” INSTITUTIGA YANGICHA YONDASHUV VA “MIRANDA

QOIDASI” NING BELGILANISHI

Fayziyeva Dilnoza Abduraximovna

Buxoro viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10144288

Annotatsiya.

Ushbu maqolada yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda O‘zbekiston

Respublikasida inson huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga
binoan e’tirof etilishi va kafolatlanishi qayd etilgan bo‘lib, jumladan, unga inson huquqlari
himoyasiga oid qator progressiv kafolatlar kiritilganligi, ular zamirida eng asosiy g‘oya, ya’ni
inson huquq va erkinliklari ustuvorligi – huquqiy davlatning oliy maqsadi, deb etirof etilishi
g‘oyasi yotishi va uning ifodasi e’tirof etiladi. Aynan mana shu yondashuv asosida
Konstitutsiyaning yangi tahririda inson huquqlariga oid normalar 3 barobardan ortiqqa oshdi.
“Miranda qoidasi” va “Xabeas korpus” instituti ana shunday yangi kafolatlardandir.

Kalit so‘zlar:

Xabeas korpus, Miranda qoidasi, aybsizlik, sanksiya, qamoq, sud, ehtiyot

chorasi, sukut saqlash, tergov, shaxsiy daxlsizlik.

IN THE CONSTITUTION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN IN NEW

TAHRI, A NEW APPROACH TO THE INSTITUTE OF "HABEAS CORPUS" AND

THE IDENTIFICATION OF THE "MIRANDA RULE"

Abstract.

In this article, it is noted that in the new version of our Constitution, human rights

and freedoms in the Republic of Uzbekistan are recognized and guaranteed according to the
generally recognized norms of international law, including the inclusion of a number of
progressive guarantees on the protection of human rights, among them the most the main idea,
that is, the priority of human rights and freedoms - the idea of being recognized as the highest
goal of the legal state, and its expression is recognized. Based on this approach, the norms of
human rights in the new version of the Constitution increased more than 3 times. The Miranda
rule and the institution of habeas corpus are among such new guarantees.

Keywords:

habeas corpus, Miranda rule, innocence, sanction, prison, trial, precautionary

measure, silence, investigation, privacy.

НОВЫЙ ПОДХОД К ИНСТИТУТУ “ХАБЕАС КОРПУС” И

УСТАНОВЛЕНИЕ “ПРАВИЛА МИРАНДЫ” В КОНСТИТУЦИИ РЕСПУБЛИКИ

УЗБЕКИСТАН В НОВОЙ РЕДАКЦИИ

Аннотация.

В данной статье отмечается, что в новой редакции нашей

Конституции права и свободы человека в Республике Узбекистан признаются и
гарантируются в соответствии с общепризнанными нормами международного права,
включая включение ряда прогрессивных гарантий. о защите прав человека, среди них самая
главная идея, то есть приоритет прав и свобод человека, - идея признания высшей целью
правового государства и признания ее выражения. Благодаря такому подходу нормы прав
человека в новой редакции Конституции увеличены более чем в 3 раза. В число таких новых
гарантий входят правило Миранды и институт хабеас корпус.

Ключевые слова:

хабеас корпус, правило Миранды, невиновность, санкция, тюрьма,

суд, мера пресечения, молчание, расследование, неприкосновенность частной жизни.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

636

“Xabeas korpus” (Habeas Corpus) atamasi lotinchadan oʻzbek tiliga oʻgirilganda “tanani,

shaхsni (sudga) keltirish” ma’nosini anglatadi. G‘arb mamlakatlarida jinoiy ta’qibga uchragan,
hibsga olingan yoki qamoqda saqlanayotgan fuqaroning adolatli sud orqali himoyalanishga
boʻlgan huquqini “хabeas korpus” deb nomlash odat tusiga kirgan. Ushbu institut dastlab XII
asrdan boshlab Angliyada qoʻllanila boshlagan. XIV asrda Eduard I qirolligi davrida esa, ushbu
amaliyot urf-odatga aylana boshlagan. Mazkur urf-odat oʻz navbatida inson huquqlari masalasi
normativ hujjat koʻrinishini ola boshlagan davrda, aniqroq aytganda, 1679-yil 26-may kuni
Angliyada qabul qilingan “Fuqaro erkinligini yanada yaхshiroq ta’minlash va dengizdan tashqari
hududlarda asossiz hibsga olishlarning oldini olish toʻgʻrisida”gi qonun yoki “Habeas Sorpus
Act”da oʻzining normativ qiyofasini topdi.

Bu atama shu sanada ingliz parlamenti tomonidan

qabul qilingan qonun — “Xabeas Korpus Akt” atamasidan olingan.

“Xabeas korpus”— shaxs daxlsizligi tamoyili bilan chambarchas bogʻliq ingliz jinoiy-

protsessual huquqiy instituti; u shuningdek, anglosakson huquq oilasidagi boshqa davlatlar
huquqiy tizimiga ham kiradi. Istiqlol yillarida milliy qonunchiligimizni xalqaro huquqning
umumeʼtirof etilgan qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish, demokratik tamoyillar va xalqaro
huquqiy talablarga toʻliq javob beradigan huquqiy-meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi.
Birgina

«

HABEAS KORPUS» institutining milliy qonunchiligimizdan mustahkam joy olgani

ham fikrimizning yorqin dalilidir.

O‘zbekistonda “Xabeas korpus” instituti 2008- yildan tatbiq etilgan bo‘lib, uning qo‘llash

doirasi yillar davomida izchil kengaytirilib bormoqda, tergov jarayoni ustidan sud nazorati qat'iy
ravishda kuchaytirilmoqda. Xususan, 2008-2016- yillarda qator protsessual majburlov choralarini
(qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, shaxsni tibbiy
muassasaga joylashtirish, amnistiya aktini qo‘llashga oid iltimosnomani ko‘rib chiqish, uy
qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi) qo‘llash vakolati sudlarga berilgan. Taʼkidlash joizki, Prezident
I.A.Karimov tomonidan imzolangan 2005-yil 8-avgustdagi “Qamoqqa olishga sanksiya berish
huquqini sudlarga oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Farmonga asosan, 2008-yil 1-yanvardan boshlab jinoyat
sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarni qamoqqa olishga sanksiya berish
huquqi sudlar vakolatiga oʻtkazildi. Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish qonunda belgilangan
boshqa ehtiyot choralarini qoʻllash samarasiz boʻlgan alohida hollarda va faqat jinoyat ishlari
boʻyicha sudlar yoki harbiy sudlarning ajrimiga asosan amalga oshiriladigan boʻldi. Shuningdek,
2021- yilda ushlab turish muddati shaxs amalda ushlangan, ya’ni erkin harakatlanishga bo‘lgan
huquqlarning haqiqiy cheklangan paytdan e'tiboran ko‘pi bilan qirq sakkiz soatni tashkil etishi
belgilanishi “Xabeas korpus” institutining milliy qonunchiligimizda yanada mustahkam ifoda
topishini ta'minladi.

Jinoyat ishi yurituvida shaxsiy daxlsizlik huquqlarini cheklashga oid bunday harakatlar

ustidan sud nazorati o‘rnatilgani jinoyat protsessida sudning tergov organlariga nisbatan
mustaqilligi, xolisligi va beg‘arazligi mohiyati bilan izohlanadi va jinoyat protsessida tortishuv
printsipini kuchaytirishni nazarda tutadi. “Xabeas korpus akt” instituti doirasini kengaytirish
jarayonining mantiqiy davomi sifatida endi xususiy mulk daxlsizligi va shaxsiy hayot daxlsizligini
cheklashga oid tergov harakatlarining barchasi (telefon va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari
orqali so‘zlashuvlarni eshitib turish, tintuv, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash, mol-mulkni
xatlash) faqat sudning ruxsati bilan o‘tkazilishi tartibi konstitutsiyaviy darajada


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

637

mustahkamlanmoqda. Yangi tahrirdagi konstitutsiyaviy normaga binoan, mazkur huquqlarning
cheklanishiga faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda, sudning qaroriga asosan yo‘l
qo‘yiladi. Konstitutsiyamizning yangi tahririga ko‘ra, mazkur qoida bilan fuqarolarning shaxsiy
hayot, uy-joy va xususiy mulk daxlsizligi huquqlari yanada mustahkamlandi. Endi tergovchi,
surishtiruvchi va prokuror tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvlarini eshitish va mulkni xatlash
zaruratini sudga asoslantirishi kerak bo‘ladi. Shaxsning konstitutsiyaviy daxlsizlik huquqini
cheklashga oid bu harakatlar sud ruxsati bilan amalga oshirilishi natijasida tergov davrida
fuqarolarning mulk, turar joy va shaxsiy hayotga oid ma'lumotlari daxlsizligi asossiz buzilishining
oldi olinadi.

“Miranda qoidasi” deyarli barcha rivojlangan davlatlarda amal qiladigan, jinoyat sodir

etishda gumon bilan ushlangan shaxs huquqlarining asosiy kafolati hisoblanadi. Bu qoida AQShda
birinchi bor kiritilgan yuridik talab bo‘lib, unga binoan, har qanday politsiya xodimi ushlash
vaqtida shaxsga uning protsessual huquqlarini tushuntirishi va, albatta, ushlangan shaxsdan
mazkur tushuntirishlar mohiyatini anglagani borasida ijobiy javob olishi talab etiladi. Xususan,
shaxs jinoyat sodir etishda gumonlanib, ushlangan vaqtida quyidagilardan aniq xabardor etilishi
shart:

– sukut saqlash huquqiga egasiz, aytgan har qanday gapingiz sudda sizga qarshi ishlatilishi

mumkin;

– advokat bilan maslahatlashingiz mumkin va bu advokat birinchi so‘roq davomida ishtirok

etishi mumkin;

– agar advokat yollash uchun imkoniyatingiz bo‘lmasa, sizga bepul ravishda advokat

xizmati ta'minlanadi.

Aytish kerakki, shaxsni ushlash vaqti odatda jinoyat ishi yurituvining dastlabki nuqtasi

hisoblanadi va aynan mana shu vaqtda shaxs noqonuniy jinoiy ta’qib va g‘ayriqonuniy
harakatlarga duchor etilishi ehtimoli katta. Ushlangan shaxs o‘z protsessual huquqlarini yaxshi
bilmagan sharoitda u tergov organlari tomonidan aybiga iqrorlik yoki o‘ziga qarshi ko‘rsatmalar
berishga majburlanishi xavfi mavjud. Aynan protsessual ushlash vaqtida inson ruhan stress
holatida bo‘ladi va huquqiy ko‘makka ayniqsa muhtojdir, chunki u bunday murakkab vaziyatda
jinoyatda aybi borligini isbotlash majburiyati uning emas, aksincha, butunlay tergov organlariga
yuklatilganini anglay olmaydi. Sukut saqlash huquqi esa gumonlanayotgan shaxsga o‘zining
jinoyat sodir etishda aybini isbotlash jarayonida ishtirok etmaslik imkoniyatini kafolatlaydi.
Davlatimiz rahbari 2022- yil 20-iyunda Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvdagi
nutqida ta'kidlaganidek: “Prezident Xalq qabulxonalariga kelayotgan ko‘plab murojaatlar tahlili
shuni ko‘rsatmoqdaki, huquq-tartibot organlari tomonidan shaxs qo‘lga olinganida, u nima uchun
ushlangani va qanday huquqlarga ega ekani tushuntirilmaydi. Natijada gumon qilinuvchining
huquqlari ushlangan dastlabki vaqtdayoq xavf ostida qoladi. Bunday holatlarning oldini olish
maqsadida ko‘plab davlatlarning Konstitutsiya va qonunlarida hamda inson huquqlariga oid
xalqaro hujjatlarda aks ettirilgan “Miranda qoidasi”ni qo‘llash lozim. Ya’ni shaxsni ushlash
chog‘ida uning huquqlari va nima sababdan ushlangani sodda tilda tushuntirilishi shart. Ana shu
qoidani Konstitutsiyamizda muhrlab qo‘yishning vaqt-soati keldi”.

“Miranda qoidasi” ning konstitutsiyaviy mustahkamlanishi jinoyat ishi xolis tergov

qilinishi va tergov organlari tomonidan har qanday g‘ayriqonuniy harakatlar va taqiqlangan usullar


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

638

qo‘llanilishining oldini oladi. Mazkur qoidaga ko‘ra, shaxsning huquqlari u yaxshi tushunadigan
tilda tushuntirilishi talab etiladi. Bu aynan uning ona tili bo‘lishi shart bo‘lmay, shaxs odatda
muloqot qiladigan va yaxshi tushunadigan til bo‘lishi kerak. Ushbu qoida ushlangan shaxsga uning
huquqlari real ta'minlanishini kafolatlaydi va unga nisbatan tergov organlari tomonidan aldov,
noto‘g‘ri ma'lumot berish va boshqa har qanday qonunga xilof usullar qo‘llanilishiga yo‘l
qo‘ymaydi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi T.2023

2.

“Habeas Sorpus Act” 1679-yil 26-may

3.

“Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga oʻtkazish toʻgʻrisida”gi PF-3644 .
2005-yil 8-avgust

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi T.2023

“Habeas Sorpus Act” 1679-yil 26-may

“Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga oʻtkazish toʻgʻrisida”gi PF-3644 . 2005-yil 8-avgust

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов