ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
937
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMIDA KREDIT-
MODUL TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASHNING
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
To‘yev Bahodir Baxtiyorovich
Buxoro viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi
Telefon: +998(90) 710 77 40
baxodirtuyev@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.7963213
Annotatsiya.
Mazkur maqolada
Respublikamiz
professional
ta’lim
tizimida
amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida jahon standartlariga mos yuqori malakali
kadrlarni tayyorlash, bunda kredit-modul texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari
va afzalliklari haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
davlat ta’lim standarti, mutaxassis modeli, kredit-modul tizimi, kredit
texnologiyasi.
ПРИМЕНЕНИЕ КРЕДИТНО-МОДУЛЬНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В СИСТЕМЕ
ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН
ОТЛИЧИТЕЛЬНЫЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ
Аннотация.
В данной статье говорится о возможностях и преимуществах
использования кредитно-модульных технологий в результате реформ, проводимых в
системе
профессионального
образования
нашей
республики,
подготовки
высококвалифицированных кадров по мировым стандартам.
Ключевые слова:
государственный образовательный стандарт, экспертная
модель, кредитно-модульная система, кредитная технология.
APPLICATION OF CREDIT-MODULE TECHNOLOGIES IN THE PROFESSIONAL
EDUCATION SYSTEM OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN DISTINCTIVE
CHARACTERISTICS
Abstract.
This article talks about the possibilities and advantages of using credit-module
technologies as a result of the reforms implemented in the professional education system of our
republic, training of highly qualified personnel according to world standards.
Key words:
state education standard, expert model, credit-module system, credit
technology.
Mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, ta’lim sifatini ilg‘or
xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish
borasida izchil
chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu, shubhasiz, ta’lim tizimini isloh
qilish, milliy va xalqaro mehnat bozori talablari darajasida raqobatbardosh mutaxassislar
tayyorlashga xizmat qiladi.
Mamlakatni modernizatsiya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish
uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, xalqaro standartlar asosida yuqori
malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash,
ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma’naviy barkamol shaxs sifatida
shakllanishi
uchun
zarur
shart-sharoit
yaratish,
sohada
sog‘lom
raqobat muhitini
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
938
shakllantirish, jahon miqyosidagi raqobatbardoshligini ta’minlash bugungi kun professional
ta’lim tizimining dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
“Mutaxassis modeli”ni takomillashtirishga yordam beruvchi muhim pedagogik
shart-sharoitlar sirasida quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Moddiy-texnik shart-sharoitlar (o‘quv binolari, o‘quv auditoriyalari, o‘quv
ustaxonalari, amaliy-laboratoriyalari jihozlari), axborot texnologiyalari (radio, televideniye,
kompyuter, nusxa ko‘chirish qurilmalari, laboratoriya asbob-uskunalari, magnitofonlar (audio,
video), trenajyorlar, kinoproektorlar, diaproektorlar, texnik vositalar majmuining mavjudligi va
hokazolar).
2. O‘quv-metodik meyoriy xujjatlar (davlat ta’lim standarti, namunaviy o‘quv
rejalari, ishchi o‘quv rejalari, namunaviy o‘quv dasturlari, ishchi dasturlari, darsliklari, o‘quv
qo‘llanmalari, metodik tavsiyanomalar, qo‘shimcha maxsus adabiyotlar, ko‘rsatmali vositalar,
dars ishlanmalari, loyihalar va boshqalar).
3. Ilmiy pedagogik xodimlar salohiyati (o‘qituvchilar, malakali o‘quv ustalari,
rahbar va texnik xodimlar).
4. Ijtimoiy hamda o‘quv-texnologik muhit (o‘qituvchi hamda o‘quvchilar, rahbarlar
hamda
o‘quvchilar,
shuningdek,
o‘quvchilarning
o‘zaro
munosabatlari
mazmuni,
yo‘nalishi, maqsadlar birligi va boshqalar).
5. Tashkiliy hamda o‘quv-amaliy faoliyatning izchil, uzluksiz hamda tizimli yo‘lga
qo‘yilganligi.
Ayni paytda o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish borasida
eng ustuvor yo‘nalishlar qatorida professional ta’lim muassasalarida o‘quv rejalarni kredit-
modul tizimiga o‘tkazish mexanizmlarini ishlab chiqish, individual ta’lim traektoriyalariga
asoslangan, o‘quvchilarda kreativ fikrlash, amaliy ko‘nikmalarni – kompetensiyalarni
shakllantirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish kabi vazifalar belgilab
berilgan.
Kredit-modul tizimi – bu modul ta’lim texnologiyalari va ta’lim oluvchilarning
modul mazmunini o‘zlashtirishi uchun zarur bo‘lgan o‘quv yuklamasini o‘lchash birligi
sifatidagi kreditlar asosida o‘quv jarayonini tashkil etish modelidir. Kredit-modul tizimida uning
ikkita jihatiga e’tibor qaratiladi:
1) ta’lim oluvchilarning mustaqil ishini tashkil etish;
2) o‘quv jarayonida kredit-modul tizimi va ta’lim oluvchilarning o‘quv yutuqlarini
baholashning shaffof tizimini joriy etish.
O‘tgan asrning 60-yillarida modulli o‘qitish avvalo AQSH, Buyuk Britaniya va
Kanadada keng yoyila boshladi. YUNESKOning 1972 yilda Tokioda o‘tkazilgan xalqaro
konferensiyasida modul tizimi uzluksiz ta’lim tizimining (kattalar ta’limi) eng samarali
tarmog‘i sifatida tavsiya qilingan edi. Keyinchalik bu nafaqat kattalar, balki o‘quvchi-yoshlar
ta’limida ham keng tarqaldi. O‘quv jarayonini modulli yondashuv asosida tashkil etish orqali
ta’lim sifatini ta’minlash, ta’lim natijalarining o‘zaro tan olinishiga hamda o’quvchilar
mobilligiga
erishish
borasida
Bolonya
jarayoni
ishtirokchilaridan
Fransiya, Daniya,
Shvedsiya, Buyuk Britaniya kabi Yevropa davlatlari, Rossiya Federatsiyasi, Belorussiya,
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
939
Ukraina, Qozog‘iston Respublikasi kabi MDH mamlakatlari o‘z ta’lim tizimida bugungi
kunda yuqori natijalarga erishmoqda.
O‘zbekiston professional ta’lim tizimining kredit-modul ta’lim sitemasiga o‘tishning
ustuvor tomonlari quyidagilardan iborat:
– professional ta’lim sohasida O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan
munosabatlari kengaytiriladi;
– jahon ta’lim sohasidagi izolyasiya xavfini bartaraf etiladi;
– Yevropa mamlakatlaridagi talabalar, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarni fikr
almashish istiqbollari kengaytiriladi;
– xorijlik talabalarga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatlari kengaytiriladi;
– yangi o‘quv texnologiyalari, o‘quv jarayoni loyihalarini ishlab chiqish va o‘quv
jarayonini tashkil qilishning oqilona shakllarini qo‘llash va ta’lim va o‘qitishning sifatini keskin
oshirilishiga olib keladi;
– mehnat bozorining talablari hisobga olinadi.
Ilmiy-uslubiy adabiyotlarda modul, kredit va kompetensiyalar yaxlit bir tizimning
o‘zaro chambarchas bog‘langan hamda biri ikkinchisini to‘ldirib turuvchi komponentlari sifatida
talqin etiladi. Kredit-modul tizimi asosida o‘quv jarayonini tashkil etish kompetensiyaviy
yondashuvni talab etadi. Modulli o‘qitishda modul tushunchasi markaziy kategoriyalardan biridir.
Adabiyotlarda modul tushunchasi mohiyati, ta’lim mazmunini modullar asosida
tashkil etish, modulli ta’lim shakl va metodlarini ishlab chiqish borasida turlicha
yondashuvlarni uchratish mumkin. Modulli o‘qitish g‘oyasi Xalqaro mehnat tashkiloti
ekspertlari S.Posilethwait, V.Goldshmid, M.Goidshmid va J.Russel tomonidan Evropa
davlatlarining eng progressiv va samarali ta’lim tizimlari asosida ― ta’lim mazmuni
birliklar konsepsiyasining yaratilishi bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘lgan. Modulli
o‘qitishning birinchi variantlari sifatida Amerika maktablarida kunni modullarga bo‘lish,
nemislarning o‘quv materiallarini dasturiy birliklarga ajratishi kabilar e’tirof etiladi.
Pedagogik texnologiyalar sohasida jahon tajribasi tahlili ko‘rsatadiki, modulli ta’lim
texnologiyalari
bugungi
kunda
Yevropa
va
AQSH
oliy
ta’lim
tizimida
keng
qo‘llanilmoqda.
Tadqiqotchilarning
fikriga
ko‘ra, modullarda hamma narsa o‘lchanadi va
baholanadi: topshiriqlar, mashg‘ulotlarda ishtirok etish, ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich,
oraliq va yakuniy darajalari. Modulda ta’lim maqsadlari, modulni o‘rganish vazifalari va
darajalari, ko‘nikma va malakalar aniq belgilab qo‘yiladi.
Kredit texnologiyasi – bu qat’iy reglamentlashtirilgan o‘quv jarayoni doirasida
ta’lim traektoriyalarini tanlash va individuallashtirish asosida bilim, ko‘nikma va
malakalarni mustaqil va ijodiy egallash darajalarini oshiradigan hamda bilim hajmini
kreditlar ko‘rinishida belgilashga mo‘ljallangan ta’lim texnologiyasidir. Kredit tizimiga
asoslangan o‘quv jarayonida ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi pozitsiyalari ham o‘zgaradi.
O’quvchi passiv qabul qiluvchi pozitsiyasidan o‘quv jarayonining faol qatnashchisiga
aylanadi. Ayni paytda o‘qituvchi roli ham keskin o‘zgarib, u nafaqat axborot uzatuvchi, balki
o‘quvchiga axborotni izlab topish, uni qayta ishlash, olgan yangi bilimlarni amaliyotda qo‘llashda
yordam beruvchi vazifalarini bajaradi. Kredit texnologiyasiga ko‘ra har bir o‘quv fani bir-
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
940
biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liq va biri ikkinchisidan kelib chiqadigan muammolar yig‘indisi
sifatida o‘rganish uchun taqdim etiladi, ushbu muammolar o‘quvchilar tomonidan mustaqil
o‘rganib chiqilishi nazarda tutiladi. Ushbu texnologiyani qo‘llash o‘qituvchilarning
o’quvchilar guruhi bilan auditoriya mashg‘ulotlari hajmini keskin kamaytirishni talab
etadi, ayni vaqtda o‘quvchilarning mustaqil faoliyatiga ajratiladigan soatlar soni hamda
o‘qituvchilar bilan individual ishlash hajmi ortadi.
Ta’lim kredit texnologiyasini joriy qilishni o‘rganishdagi tahlil qilish shuni
ko‘rsatadiki, turli dunyo mamlakatlarida o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari mavjud. Ta’lim kredit
texnologiyasining
maqsadga
muvofiqligi
va
samaradorligi
ko‘pgina
dunyo
mamlakatlarining ta’lim sistemasida keng tarqalganligida ko‘rinmoqda, chunki, ta’lim
dasturlari yo‘nalishlarining taraqqiy etishi o’quvchilarni bilimni mustaqil o‘zlashtirish va
mustaqil ishi ijodiy faoliyat darajasini oshirishga imkoniyat yaratadi, demak, ta’lim sifati to‘liq
oshadi.
Shu tariqa, ta’lim krediti texnologiyasini joriy qilinishi shartli ravishda kadrlar
tarkibi, o‘quv-metodik ta’minlanganlik, moddiy-texnik ta’minlanganlik bazasi va eng
asosiysi, o‘quvchining o‘zi va uning o‘qishga bo‘lgan munosabatiga nisbatan yuqori
talablarni qo‘yadi. Ta’lim kredit-modul texnologiyasida o‘quvchilarning mustaqil ta’limiga
bo‘lgan talabni kuchaytiradi, chunki, uy vazifasi ham baholanishi maqsadga muvafiqdir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xorijiy davlatlar ta’lim tizimi rivojlanishidagi kredit ta’lim
sistemasini mamlakatimiz professional ta’lim tizimiga joriy etilishi quyidagi afzalliklarga ega
bo‘ladi:
– mutaxassislarni jahon standartlari darajasida tayyorlash imkoniyati;
– o‘quv jarayonini tezkor va egiluvchan tarzda rejalashtirish;
– auditoriya va mustaqil ishlash orasida optimal munosabat o‘rnatish;
– o‘quvchida mustaqil ta’lim olishga va mustaqil rivojlanishga ko‘nikma hosil
qilish;
– o‘quvchilarning bilim olishda ularga mustaqil ijodkorona yondashish malakasini va
istagini singdirish;
– kredit va diplomlarni ikki tomonlama tan olish, o‘quvchilarga dars berishni
hamkorlikda tashkil etish.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019-yil 6-sentabrdagi “
Professional ta’lim
tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PF-
5812-son Farmoni;
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-iyundagi “O‘zbekiston
respublikasi adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy
etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 359-son Qarori;
3.
Usmonov B.Sh, Xabibullayev R.A Oliy o‘quv yurtlarida o‘quv jarayonini kredit-modul
tizimida
tashkil qilish. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, TKTI, 2020;
4.
O‘rinov V. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalarida ECTS kredit-modul
tizimi: asosiy tushunchalar va qoidalar. O‘quv qo‘llanma. Nyu Bransvik Universiteti, 2020
y.
