THE CONSTITUTION IS A SOLID FOUNDATION FOR OUR FREE AND PROSPEROUS LIFE AND FURTHER DEVELOPMENT OF OUR COUNTRY

HAC
Google Scholar
To share
To‘yev , B. (2024). THE CONSTITUTION IS A SOLID FOUNDATION FOR OUR FREE AND PROSPEROUS LIFE AND FURTHER DEVELOPMENT OF OUR COUNTRY. Modern Science and Research, 3(1), 964–967. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28562
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the role and importance of the Constitution of the Republic of Uzbekistan in our free and prosperous life, the further development of our country, as well as the basic principles of the structure and activity of society and the state, state power and management bodies in our country, their powers, the basic rights and duties of citizens, a number of opinions were expressed about the relationship between society and the individual.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

964

KONSTITUTSIYA – ERKIN VA FAROVON HAYOTIMIZ, MAMLAKATIMIZNI

YANADA TARAQQIY ETTIRISHNING MUSTAHKAM POYDEVORIDIR

To‘yev Bahodir Baxtiyorovich

Buxoro viloyati yuridik texnikumi

“Xususiy-huquqiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi

baxodirtuyev@gmail.com

Telefon: +998(90) 710 77 40

https://doi.org/10.5281/zenodo.10573457

Annotatsiya. Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi erkin va farovon

hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishda tutgan o‘rni va ahamiyati, shuningdek,
bosh qomusimizda jamiyat va davlat, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tuzilishi hamda
faoliyatining asosiy prinsiplari, ularning vakolatlari, fuqarolarning asosiy huquq va burchlari,
jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlar belgilab berilganligi haqida bir qancha fikrlar bayon
etilgan.

Kalit so‘zlar: Kontitutsiya

,

qonun, inson, jamiyat, davlat, huquq, urf-odat, prinsip, vijdon

erkinligi.

THE CONSTITUTION IS A SOLID FOUNDATION FOR OUR FREE AND

PROSPEROUS LIFE AND FURTHER DEVELOPMENT OF OUR COUNTRY

Abstract. In this article, the role and importance of the Constitution of the Republic of

Uzbekistan in our free and prosperous life, the further development of our country, as well as the
basic principles of the structure and activity of society and the state, state power and management
bodies in our country, their powers, the basic rights and duties of citizens, a number of opinions
were expressed about the relationship between society and the individual.

Key words: Constitution, law, human, society, state, law, tradition, principle, freedom of

conscience.

КОНСТИТУЦИЯ – ПРОЧНАЯ ОСНОВА НАШЕЙ СВОБОДНОЙ И

ПРОЦВЕТАЮЩЕЙ ЖИЗНИ И ДАЛЬНЕЙШЕГО

РАЗВИТИЯ НАШЕЙ СТРАНЫ

Аннотация. В данной статье раскрываются роль и значение Конституции

Республики Узбекистан в нашей свободной и благополучной жизни, дальнейшем развитии
нашей страны, а также основные принципы устройства и деятельности общества и
государства, государственной власти и органы управления в нашей стране, их полномочия,
основные права и обязанности граждан., был высказан ряд мнений о взаимоотношениях
общества и личности.

Ключевые слова: Конституция, закон, человек, общество, государство, закон,

обычай, принцип, свобода совести.


KIRISH

“Yangilangan Konstitutsiyamizda muhrlangan ustuvor maqsad va vazifalarni amalga

oshirish kelgusi faoliyatimizning asosiy ma’no-mazmunini tashkil etadi”.

Ma’lumki, har bir davlatning shakllanishida Konstitutsiyaning o‘rni beqiyosdir. Bosh

Qomusimiz millatimiz ruhiga, hayot tarzi va urf-odatlariga mos keladigan iymon-e’tiqod, insof,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

965

diyonat, mehr-oqibat, or-nomus, iffat va hayo kabi eng ezgu fazilatlarni o‘z ichiga olgan desak
aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan huquqiy

hujjatdir. Yaratilayotgan boshqa qonunlar konstitutsiyaviy me’yorlarga asoslanadi, me’yoriy
hujjatlar ham shu asosda ishlab chiqiladi. Bosh qomusimizda jamiyat va davlat, davlat hokimiyati
va boshqaruv organlari tuzilishi hamda faoliyatining asosiy prinsiplari, ularning vakolatlari,
fuqarolarning asosiy huquq va burchlari, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlar belgilab
berilganligi bilan ham yanada ahamiyatlidir. Mamlakatimizda istiqomat qiluvchi turli din vakillari,
jumladan, yurtimiz musulmonlari Asosiy Qomusimizda belgilab qo‘yilgan huquq va
erkinliklardan keng foydalanmoqdalar. Xususan, ushbu hujjatning yangi qabul qilingan tahririda
vijdon hamda e’tiqod erkinligi alohida kafolatlab qo‘yilgan.

Konstitutsiyamizning 35-moddasida “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir

inson xohlagan diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy
qarashlarni majburiy singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”, deyilgan. Yurtimizda bugungi kunda 130 dan
ortiq millat va elat vakillari Bosh Qomusimiz belgilab bergan teng huquqlilik va keng
imkoniyatlardan foydalanib, totuvlik va hamjihatlikda yashamoqdalar. Ular ertangi kunga ishonch
bilan mehnat qilib, yagona Vatan ravnaqiga o‘z hissalarini qo‘shmoqda. Unda nafaqat xalqchil
tamoyillarga, balki ming yillar davomida rivojlanib kelgan milliy ma’naviyatimiz asoslariga ham
tayanadi. Zero, har bir millat o‘zining ruhiy-e’tiqodiy ildizlaridan uzilsa, inqirozga uchrashi
tabiiydir. Allohga behisob shukrlar bo‘lsinki, sizu biz go‘zal va hur diyorda tinchlik bulog‘idan
qonib umr guzaronlik qilib kelmoqdamiz.

Davlat va jamiyat hayotining asosiy tamoyillarini belgilab beruvchi, inson huquq va

erkinliklarining huquqiy kafolati vazifasini oʻtovchi Konstitutsiya – nafaqat davlatchilikning
muhim ramzi, balki har bir xalqning milliy gʻururi va oʻz-oʻzini hurmat qilishining huquqiy timsoli
hamdir.

Konstitutsiya – erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning

mustahkam poydevoridir.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining

yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo‘lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon
yashashning qonuniy kafolati bo‘lib kelmoqda.

Konstitutsiyamiz asosida mamlakatimizda milliy qonunchilik tizimi, davlat organlari,

fuqarolik jamiyati institutlari shakllandi, barcha jabhalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga
oshirilmoqda

hamda

ijtimoiy-iqtisodiy,

siyosiy

va

harbiy

salohiyatimiz

yuksalib,

fuqarolarimizning dunyoqarashi tobora o‘sib bormoqda.

Konstitutsiya — davlatni davlat, millatni millat qiladigan muhim siyosiy hujjat

hisoblanadi. Boshqacha aytganda, jamiyat tayanchi va yurtimiz taraqqiyotining huquqiy kafolati,
davlatimiz mustaqilligining yorqin ramzi, ko‘p millatli xalqimiz xohish-irodasining qonuniy
ifodasidir.

Asosiy qonunimiz yaratilishining murakkab va ayni chog‘da sharafli solnomasiga nazar

solar ekanmiz, hech shubhasiz, O‘zbekiston Konstitutsiyasi xalqimizning mustaqillik sari uzoq
yo‘ldagi izlanishlari natijasi ekaniga ishonch hosil qilamiz. Shu boisdan, o‘tgan davr ichida


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

966

mamlakatimizdagi tub islohot va o‘zgarishlarning barchasi Bosh qomusimiz asosida amalga
oshirilmoqda.

“Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir” degan konstitutsiyaviy norma asosida

mamlakatimizda xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qiladigan,
Konstitutsiya va qonun ustun bo‘lgan samarali va barqaror tizim shakllanmoqda. Asosiy
qonunimizda ham buyuk ne’matlar orasida eng ulug‘i — “inson uchun” degan g‘oya ilgari surilib,
uni ulug‘lash, uning erkin kamol topishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish o‘z aksini topgan.

Binobarin, inson manfaatlari ustuvor bo‘lgan yurtdagina yuksalish bo‘ladi, bunday davlat

fuqarosi har tomonlama barkamol bo‘lib, vatan uchun, xalq uchun jonini fido qilishga tayyor
bo‘ladi. Eng muhimi, inson huquqlari ta’minlangan jamiyatda raqobat muhiti paydo bo‘ladi, ijobiy
o‘zgarishlar va yangilanishlar sur’atlari jaddalashadi.

Davlat o‘z mustaqilligini e’lon qilgan sanadan e’tiboran dunyo sahnida yangi, suveren

davlat qaror topganligini anglatsa, o‘z konstitutsiyasiga ega bo‘lishi esa, mustaqillikning huquqiy
tamal toshi, huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishning asosi bo‘lib
xizmat qiladi.

Konstitutsiya — jamiyat tayanchi va yurt taraqqiyotining huquqiy kafolati, davlat

mustaqilligining yorqin ramzi, xalqning xohish-irodasining qonuniy ifodasi hisoblanadi.

Mana shu o‘tgan davr davomida mamlakatimizdagi tub islohot va o‘zgarishlarning

zamirida xalqimiz hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, inson huquq va manfaatlarini
ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgarishlar bilan takomillashib borayotgan
Konstitutsiyamiz dastur-ul amal bo‘lib kelayotganligi ayni haqiqatdir.

Bosh qomusimizda Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi mustahkamlab qo‘yilgan. Shu

bilan birga, birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiyaga zid bo‘lishi
mumkin emasligi qat’iy ko‘rsatib o‘tilgan. Darhaqiqat, qonunlar ustuvor bo‘lgan davlatda
barqarorlik bo‘ladi, fuqarolarning huquqlari to‘laroq ta’minlanadi.

Bizning mamlakatimizda ham bosh qomusimizning ahamiyati va tutgan o‘rni nohoyatda

yuksakdir. Konstitutsiya – davlatimizning bosh qonuni, huquq va erkinliklarimiz kafolati,
davlatchilik tarixiga ega xalq, suveren davlat ekanimizning shahodati hamdir.

XULOSA

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, har bir mamlakat erkin va farovon jamiyat qurishga

intilar ekan, bu yo‘ldagi ulug‘vor maqsad va vazifalarini, avvalo, o‘z Konstitutsiyasida
mustahkamlaydi. Zotan, unda mamlakatimizning o‘z oldiga qo‘ygan ulkan maqsad va vazifalari,
xalqaro miqyosda qabul qilingan inson huquqlari va huquq ustuvorligi hamda demokratiya
tamoyillari o‘z ifodasini topgan bo‘ladi.

Yurtimizda yashab, faoliyat ko‘rsatayotgan har bir inson O‘zbekiston Respublikasining

Asosiy Qonuni – Konstitutsiyamizning barcha normalarini mukammal bilishi va hayotga to‘g‘ri
tatbiq qilmog‘i, shuningdek, o‘ziga yuklatilgan burchlarini sezib, to‘laqonli ravishda bajarishi
lozim bo‘ladi. Ushbu ishlarni amalga oshirgan kishilar ham davrimiz, ham bebaho milliy
qadriyatlarimiz me’yorlariga amal qilgan bo‘ladi.

Davlatda kostitutsiyaning joriy etilganligi va unga barchaning birdek amal qilishi bu

davlatning farovonligi va tinchligini ta’minlaydi. Buning uchun esa har bir shaxs huquqiy
tarbiyalangan bo‘lishi va huquqiy ong va bilimlarga ega bo‘lishi lozimdir. Mamlakatning tinchligi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

967

va erkinligining ramzi bu davlat konstitutsiyasidir shubhasiz. Shunday ekan bosh qomusimiz
mamlakatimizning yanada taraqqiy etishi va rivoji uchun hissa qo‘shadi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 30-apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son;

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022 — 2026-yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son
Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022 y., 06/22/113/0330-son;

3.

Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz. T.: O‘zbekiston, 2016. -53 b.[ Mirziyoyev Sh.M. Together we will build a free and
prosperous, democratic state of Uzbekistan]. T .: O‘zbekiston, 2016. -53 p;

4.

Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar
faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak.// Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iy davom
ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz.Tom 1.- T.: O‘zbekiston, 2017.-233-295 b.
[Mirziyoyev Sh. Critical analysis, strict discipline and personal responsibility should be the
daily rule of every leader.// We will continue our path of national development and take it
to a new level]. Volume 1.- T .: Uzbekistan, 2017.-233-295 p;

5.

Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va
xalq farovonligining garovi. T.: 2017. [Mirziyoyev Sh.M. The rule of law and the
protection of human interests are the key to the development of the country and the well-
being of the people]. T .: 2017.

References

O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 30-apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022 y., 06/22/113/0330-son;

Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: O‘zbekiston, 2016. -53 b.[ Mirziyoyev Sh.M. Together we will build a free and prosperous, democratic state of Uzbekistan]. T .: O‘zbekiston, 2016. -53 p;

Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak.// Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iy davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz.Tom 1.- T.: O‘zbekiston, 2017.-233-295 b. [Mirziyoyev Sh. Critical analysis, strict discipline and personal responsibility should be the daily rule of every leader.// We will continue our path of national development and take it to a new level]. Volume 1.- T .: Uzbekistan, 2017.-233-295 p;

Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. T.: 2017. [Mirziyoyev Sh.M. The rule of law and the protection of human interests are the key to the development of the country and the well-being of the people]. T .: 2017.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов