THE NEW UZBEKISTAN CONSTITUTION IS THE MAIN FACTOR OF CIVIL SOCIETY DEVELOPMENT

HAC
Google Scholar
f
896-901
0
0
To share
To‘yev , B., & Sobirova, Q. (2023). THE NEW UZBEKISTAN CONSTITUTION IS THE MAIN FACTOR OF CIVIL SOCIETY DEVELOPMENT. Modern Science and Research, 2(10), 896–901. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/26141
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the Constitution of the Republic of Uzbekistan strengthens the guarantees of civil society institutions, reforms aimed at increasing the role and importance of civil society institutions in our country, as well as the current and future priority goals of this sector in the development strategy of New Uzbekistan for 2022-2026. and it is stated that the main tasks have been defined.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

896

YANGI O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI – FUQAROLIK JAMIYATI

TARAQQIYOTINING BOSH OMILI SIFATIDA.

To‘yev Bahodir Baxtiyorovich

Buxoro viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi

Sobirova Qunduz Alijonovna

Buxoro viloyati yuridik texnikumi

II-bosqich “Yuridik xizmat” soha mutaxassisligi

YuX 1/22-guruh o‘quvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10207410

Annotatsiya.

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Fuqarolik

jamiyati institutlari faoliyati kafolatlarining mustahkamlanishi, mamlakatimizda fuqarolik
jamiyati institutlari o‘rni va ahamiyatini oshirishga qaratilgan islohotlar shuningdek, 2022-2026
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ushbu sohaning joriy va
istiqboldagi ustuvor maqsadlari hamda asosiy vazifalari belgilab berilganligi to‘g‘risida bayon
etilgan.

Kalit so‘zlar:

Konstitutsiya, davlat, jamiyat, fuqarolik jamiyati, jamoatchilik nazorati,

Harakatlar strategiyasi, Taraqqiyot strategiyasi.

THE NEW UZBEKISTAN CONSTITUTION IS THE MAIN FACTOR OF CIVIL

SOCIETY DEVELOPMENT

Abstract.

In this article, the Constitution of the Republic of Uzbekistan strengthens the

guarantees of civil society institutions, reforms aimed at increasing the role and importance of
civil society institutions in our country, as well as the current and future priority goals of this
sector in the development strategy of New Uzbekistan for 2022-2026. and it is stated that the main
tasks have been defined.

Key words:

Constitution, state, society, civil society, public control, Action strategy,

Development strategy.

НОВАЯ КОНСТИТУЦИЯ УЗБЕКИСТАНА – ГЛАВНЫЙ ФАКТОР

РАЗВИТИЯ ГРАЖДАНСКОГО ОБЩЕСТВА

Аннотация.

В данной статье Конституция Республики Узбекистан усиливает

гарантии институтов гражданского общества, реформы, направленные на повышение
роли и значения институтов гражданского общества в нашей стране, а также текущие
и будущие приоритетные цели этой сферы в нашей стране. стратегии развития Нового
Узбекистана на 2022-2026 годы и заявлено, что основные задачи определены.

Ключевые слова:

Конституция, государство, общество, гражданское общество,

общественный контроль, Стратегия действий, Стратегия развития.


“Yangilangan Konstitutsiyamizda muhrlangan ustuvor maqsad va vazifalarni amalga

oshirish kelgusi faoliyatimizning asosiy ma’no-mazmunini tashkil etadi”

1

.

1

Qarang. https://parliament.gov.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishish

tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

897

Bu haqda so‘z yuritganda, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga

hayotimizning boshqa muhim sohalari va ustuvor yo‘nalishlari qatori

faol fuqarolik jamiyatini

shakllantirish, jamoatchilik nazorati institutini yanada rivojlantirishga oid normalar ham
kiritilganini ta’kidlash lozim. Bundan ko‘zlangan maqsad, shubhasiz, mamlakatimizda ochiqlik
siyosatini davom ettirishdir.

Inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlat quramiz, deb qayd etdi davlatimiz

rahbari. Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati kafolatlarining konstitutsiyaviy negizda
belgilanishi timsolida ana shu mas’uliyatli jarayonlarda jamiyatimizda ochiqlik, oshkoralik va
qonuniylik muhitini, davlat va jamiyat o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash hamda kuchli
jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish uchun mustahkam huquqiy zamin hozirlandi.

Avvalo, Konstitutsiyamizga ilk marotaba fuqarolik jamiyati institutlariga bag‘ishlangan

alohida bob kiritildi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning XIII bobi “Fuqarolik jamiyati institutlari”,
deb nomlandi.

Yangilangan

Konstitutsiya timsolida

milliy qonunchiligimizda birinchi marotaba fuqarolik

jamiyati institutlarining tarkibi ochib berildi. Ushbu institutlar fuqarolik jamiyatining asosini
tashkil etishi mustahkamlandi.

Asosiy qonunimizning 69-moddasiga ko‘ra: “Fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan

jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatining asosini tashkil etadi.
Fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyati qonunga muvofiq amalga oshiriladi”

2

.

Konstitutsiyaning eski matnida “jamoat birlashmalari” tushunchasiga berilgan ta’rif

yanada aniqlshtirildi. Bosh qomusimizning

70-moddasi jamoat birlashmalari faoliyatini

kafolatlovchi norma bilan to‘ldirildi.

Endilikda ushbu konstitutsiyaviy moddaga binoan: “O‘zbekiston Respublikasida kasaba

uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar tashkilotlari, faxriylar,
yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar
hamda fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi. Jamoat
birlashmalarini tarqatib yuborish, ularning faoliyatini taqiqlab yoki cheklab qo‘yish faqat sud
qarori asosidagina amalga oshiriladi”.

Davlat zimmasiga fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyatini ta’minlash bilan bog‘liq

muayyan majburiyatlar yuklandi. Konstitutsiyaning 72-moddasi birinchi bandiga muvofiq:
“Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini
ta’minlaydi, ularga jamiyat hayotida ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratadi”.

Shu bilan birga, davlat organlari va mansabdor shaxslarning

nodavlat notijorat tashkilotlari

faoliyatiga aralashmasligi, demakki

davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bir-biridan

mustaqil ravishda faoliyat olib borishi kafolatlab qo‘yildi.

Yangi tahrirdagi Bosh qomusimizning 72-moddasi ikkinchi bandiga asosan: “Davlat

organlari va mansabdor shaxslarning nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga aralashishiga,

2

O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 30-apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,

01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

898

shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga
aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi”.

Bundan tashqari, Asosiy qonunda fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash

masalasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari qatoridan

joy oldi.

Konstitutsiyaning 115-moddasi

oltinchi bandiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi: “fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash
chora-tadbirlarini amalga oshiradi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda ijtimoiy sheriklik
dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ularning ishtirok etishini ta’minlaydi”.

Konstitutsiyaning

36-moddasida

belgilanganidek, O‘zbekiston Respublikasining

fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok
etish huquqiga ega. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat
organlarini demokratik tarzda shakllantirish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan
jamoatchilik nazorati vositasida amalga oshiriladi.

Shuni ham qayd etish joizki, Konstitutsiyaning 115-moddasi o‘ninchi bandida

hukumatning asosiy vakolatlaridan biri sifatida: “ijro hokimiyati organlarining ishida ochiqlik va
shaffoflikni, qonuniylik va samaradorlikni ta’minlash, ularning faoliyatida korrupsiya
ko‘rinishlariga qarshi kurashish” vazifasi belgilangan. Bu, o‘z navbatida, ayni jarayonlarda
fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan jamoatchilik nazorati olib borilishini ham nazarda tutadi.

Bularning barchasi shu yil 13-15 mart kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lgan

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Tyurkning:

“Islohotlar jarayonida fuqarolik jamiyatining to‘laqonli ishtirokini ta’minlash uchun davlat
muassasalari kerakli shart-sharoit yaratishi kerak”,

degan tavsiyasiga aynan o‘rinlidir.

BMT Oliy komissari tashrifi davomida fuqarolik jamiyati faollari bilan muloqotlarga

alohida e’tibor qaratgani bejiz emas. Chunki F.Tyurk ushbu yuksak lavozimga saylanishi bilan
mazkur BMT Boshqarmasida taraqqiyotning yangi strategiyasi, ya’ni fuqarolik jamiyati bilan
davlat o‘rtasidagi sheriklikni kuchaytirish maqsadi belgilab olindi.

Bunday yondashuv O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha olib

borilayotgan izchil siyosatga uyg‘un va hamohang. Folker Turkning:

“kuchli fuqarolik jamiyati

muhim murvat sifatida inson huquqlari g‘ildiragining harakatini ta’minlaydi. Nodavlat
tashkilotlar tashqi aralashuvsiz faoliyat yurita olishi suv bilan havodek zarur”,

degan fikrlari

O‘zbekistonda to‘la qo‘llab-quvvatlangani buni yaqqol tasdiqlaydi.

Biz uchun Vatan ramzi bo‘lgan mahalla tizimini barcha islohotlarimizda markaziy

va hal qiluvchi bo‘g‘inga aylantiramiz,

dedi O‘zbekiston Prezidenti o‘zining inauguratsiya

nutqida.

Binobarin, mahallalar, ya’ni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ham fuqarolik

jamiyati institutlari sirasiga mansub.

So‘nggi yillarda el-yurtimiz hayotining barcha soha va yo‘nalishlari bo‘yicha

“mahallabay” ishlash tizimi keng joriy etilib, mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli,
yoshlar yetakchisi hamda profilaktika inspektoridan iborat ta’sirchan tuzilma faoliyati yo‘lga
qo‘yildi.

Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari o‘rni va ahamiyatini oshirishga qaratilgan

bu kabi ezgu amallar zamirida Prezident Shavkat Mirziyoyevning ushbu tizimni yanada taraqqiy
ettirish, xususan, baxtli va osoyishta, obod va farovon, to‘kis va munosib hayot kechirishimizga
bog‘liq barcha masalalar yechimini xalq ovozi bo‘lgan mahalla darajasiga tushirishga oid


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

899

tashabbusi mujassam. Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda,

“Yangi O‘zbekistonni barpo

etishda biz uchun eng muhim va asosiy poydevor bu – xalq ovozi, xalq fikri ustuvor bo‘lgan
mahalladir”.

Shu ma’noda, yangilangan

Konstitutsiyamizning 127-moddasi ikkinchi bandida:

“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi
hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning
tarixiy o‘ziga xos xususiyatlaridan, shuningdek milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va
an’analardan kelib chiqqan holda, qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli”,

degan

normalar mustahkamlangani juda muhim.

Bunda, bir tomondan, mahalla tizimining davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmasligi

qat’iy belgilangan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, mahallalarning qonunga muvofiq va mustaqil
faoliyat olib borishi kafolatlangan.

O‘z navbatida, Asosiy qonunimizning 127-moddasi uchinchi bandida davlatning

mahallalar faoliyati uchun mas’ul ekani ta’kidlangan. Ya’ni: “Davlat fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi, ularga
qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirishida ko‘maklashadi”.

Yangi tahrirdagi

Konstitutsiyamizda bunday kafolatlarning belgilanishi mahallalarga:

birinchidan,

o‘z hududini mustaqil boshqarish;

ikkinchidan,

aholi manfaatlaridan kelib chiqib davlat bilan sheriklik asosida

muammolarni hal etib borish;

uchinchidan,

hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish;

to‘rtinchidan,

samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;

beshinchidan,

aholi farovonligini ta’minlash borasida muhim imkoniyatlarni taqdim etadi.

Mazkur yangi konstitutsiyaviy normalar fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatimiz

hayotidagi rolini yanada oshirish bundan buyon ham e’tibor markazida bo‘lishidan dalolat beradi.
Bu bejiz emas. Chunki mahallalar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari mamlakatimiz
hayotining barcha sohalaridagi qamrovdor islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati
samaradorligini, shuningdek, fuqarolarning demokratik o‘zgartirishlardagi faolligini oshirishda
beqiyos o‘rin tutadi.

Bu haqda fikr yuritganda, xususan, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyat ko‘rsatadigan

huquqiy makonni kengaytirish maqsadida, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi talablaridan kelib
chiqib, 2018 yil 12 aprelda “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganini qayd
etish lozim. Ayni yo‘nalishda, shuningdek, bir qator qonunlar yangi davr talablari asosida
takomillashtirildi, Prezident farmon va qarorlari qabul qilindi hamda ijroga qaratildi.

O‘z navbatida, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot

strategiyasida ushbu sohaning joriy va istiqboldagi ustuvor maqsadlari hamda asosiy vazifalari
belgilab berildi. Bunda, avvalambor, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining 1-maqsadi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

900

“Mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish, uni jamoatchilik boshqaruvi va
nazoratining tayanch bo‘g‘iniga aylantirish”

3

, deb nomlanganiga e’tibor qaratish zarur.

Taraqqiyot strategiyasining 4-maqsadi “Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini

«fuqarolarga xizmat qilishga yo‘naltirish” tamoyili asosida transformatsiya qilish” deb
nomlangan. Unda, xususan, davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga
oshirishda manfaatlar to‘qnashuvi vujudga kelishini bartaraf etish, mazkur jarayonga keng
jamoatchilikni jalb qilish; vazirlik va idoralar faoliyatining barcha yo‘nalishlarini “Davlat – xalq
xizmatchisi” tamoyili asosida fuqarolarga xizmat qilishga yo‘naltirish vazifalari belgilangan.

Eng asosiysi, Taraqqiyot strategiyasining “Ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga

oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish” deb nomlangan 12-maqsadida bu
boradagi bevosita muhim bir qator vazifalar nazarda tutilgan. Jumladan, jamoatchilik nazoratini
amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish uchun, xususan, Taraqqiyot
strategiyasini amalga oshirishda hududiy, tarmoq va davlat dasturlari loyihalarini ochiq e’lon qilib,
keng jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqish amaliyoti yo‘lga qo‘yilayotgani ahamiyatlidir.

Bugungi kunda jamoatchilik nazoratining qonuniy asoslari yanada mustahkamlanmoqda.

Shu asosda jamoatchilik nazoratining samarali va ta’sirchan shakllari, ularni amalga oshirish
mexanizmlari izchil joriy etilayotgani juda muhim. Zero, O‘zbekiston Prezidenti ta’biri bilan
aytganda,

“jamoatchilik nazorati bu — faqatgina davlat idoralari faoliyati ustidan nazorat

emas, balki jamiyatning o‘zini o‘zi boshqarish usuli, boshqacha aytganda, fuqarolik
jamiyatini taraqqiy toptirishning muhim omillaridan biridir”.

Ommaviy axborot vositalarining roli va jurnalistlar kasbiy faoliyatining himoyasi ham

izchil kuchaytirilmoqda. Bu maqsadga erish uchun, birinchi navbatda, fuqarolarni qiynayotgan
muammolar hamda islohotlarning samaradorligini o‘rganishda ommaviy axborot vositalari
bilan hamkorlik qilish tartibi joriy qilinayotgani e’tiborlidir.

Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga noqonuniy aralashganlik va

to‘sqinlik qilganlik, jumladan, mansabdor shaxslar tomonidan senzura o‘rnatish, tahririyat
xodimlariga bosim va tazyiq o‘tkazish, materiallar va texnik vositalarni ulardan g‘ayriqonuniy
ravishda olib qo‘yish harakatlari sodir etilgani uchun javobgarlikni yanada kuchaytirilmoqda.

Shu nuqtai nazardan, Taraqqiyot strategiyasining 89-maqsadi

Fuqarolarning axborot olish

va tarqatish erkinligi borasidagi huquqlarini yanada mustahkamlash” deb atalgani katta
ahamiyatga ega. Ayni vaqtda Taraqqiyot strategiyasi ko‘zda tutilgan eng muhim vazifalar qatorida

Axborot kodeksi loyihasini takomillashtirish ustida qizg‘in ish bormoqda.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, bularning barchasi, shubhasiz, fuqarolik jamiyati

institutlarining mamlakatimizni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish hamda jamiyat
va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki va ta’sirchan rolini oshiradi. Binobarin, davlat organlari
va tashkilotlari faoliyatining yanada ochiqligini ta’minlash, boshqaruv qarorlari qabul qilinishini
sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarishda aynan fuqarolik jamiyati institutlari beqiyos ahamiyat
kasb etadi.

3

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
21.04.2022 y., 06/22/113/0330-son


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

901

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 30-apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son;

2.

O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Jamoat
birlashmalari to‘g‘risida”gi 223-XII-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son;

3.

O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrdagi “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi
337-I-son

Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,

03/21/683/0375-son, 15.10.2021-y., 03/21/722/0960-son;

4.

O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 15-yanvardagi “Ommaviy axborot vositalari
to‘g‘risida”gi O‘RQ-78-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-
y., 03/21/683/0375-son;

5.

O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 12-apreldagi “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi
O‘RQ-474-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son;

6.

O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 5-iyuldagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to‘g‘risida”gi O‘RQ-699-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
06.07.2021-y., 03/21/699/0635-son;

7.

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

2022

yil

28

yanvardagi

“2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022 y.,
06/22/113/0330-son;

Internet saytlari

8.

www.parliament.gov.uz

9.

www.lex.uz

10.

www.norma.uz

11.

www.huquqiyportal.uz

References

O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 30-apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son;

O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi 223-XII-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son;

O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrdagi “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi 337-I-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 15.10.2021-y., 03/21/722/0960-son;

O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 15-yanvardagi “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘RQ-78-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son;

O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 12-apreldagi “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘RQ-474-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son;

O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 5-iyuldagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-699-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.07.2021-y., 03/21/699/0635-son;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi

“2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022 y., 06/22/113/0330-son;

Internet saytlari

www.parliament.gov.uz

www.lex.uz

www.norma.uz

www.huquqiyportal.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов