IN THE FIGHT AGAINST CORRUPTION PARTICIPATION OF CIVIL SOCIETY INSTITUTIONS

HAC
Google Scholar

Abstract

This article talks about the participation of non-governmental non-profit organizations and other institutions of civil society in the fight against corruption in our country, as well as the main methods of participation of citizens' self-government bodies, non-governmental non-profit organizations in the fight against corruption.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

266

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA FUQAROLIK JAMIYAT

INSTITUTLARI ISHTIROKI

To‘yev Bahodir Baxtiyorovich

Buxoro viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi

baxodirtuyev@gmail.com

Telefon: +998(90) 710 77 40

https://doi.org/10.5281/zenodo.8371714

Annotatsiya.

Mazkur maqolada bugungi kunda mamlakatimizda nodavlat notijorat

tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari korrupsiyaga qarshi kurashishdagi
ishtiroki shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat
tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishining asosiy usullari haqida
so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

Korrupsiya, nodavlat notijorat tashkilot, fuqarolik jamiyati, halollik

vaksinasi, manfaatlar to‘qnashuvi, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, plyuralizm, deklaratsiya,
jamoatchilik nazorati.

IN THE FIGHT AGAINST CORRUPTION PARTICIPATION OF CIVIL

SOCIETY INSTITUTIONS

Abstract.

This article talks about the participation of non-governmental non-profit

organizations and other institutions of civil society in the fight against corruption in our country,
as well as the main methods of participation of citizens' self-government bodies, non-governmental
non-profit organizations in the fight against corruption.

Key words:

Corruption, non-governmental non-profit organization, civil society, honesty

vaccine, conflict of interests, legal consciousness, legal culture, pluralism, declaration, public
control.

В БОРЬБЕ С КОРРУПЦИЕЙ УЧАСТИЕ ИНСТИТУТОВ ГРАЖДАНСКОГО

ОБЩЕСТВА

Аннотация.

B данной статье говорится об участии негосударственных

некоммерческих организаций и иных институтов гражданского общества в борьбе с
коррупцией в нашей стране, а также об основных способах участия органов
самоуправления граждан, негосударственных некоммерческие организации в борьбе с
коррупцией.

Ключевые слова:

Коррупция, негосударственная некоммерческая организация,

гражданское общество, вакцина честности, конфликт интересов, правосознание,
правовая культура, плюрализм, декларация, общественный контроль.


Mustaqilligimizning ilk yillaridan boshlab, mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat

va kuchli fuqarolik jamiyati qurishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun
ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini
isloh qilish yuzasidan tizimli chora-tadbirlar izchil amalga oshirib kelinmoqda.

Tarixan qisqa davr ichida mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlashning

institutsional va huquqiy asoslari shakllantirildi, korrupsiyaga qarshi kurashning samarali
tizimi yaratildi. Mazkur yo‘nalishdagi islohotlarni amalga oshirishda milliy qonunlarga xalqaro
huquqiy umume’tirof etilgan normalarni singdirish masalasiga alohida e’tibor berildi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

267

Shu bilan birgalikda, mamlakatimizdagi yuksalishlarga jiddiy to‘siq bu korrupsiya

balosi ekanligini qayd etish zarur. Davlat va jamiyat boshqaruvini yanada demokratlashtirish
hamda modernizastiya qilish, davlat boshqaruvi sohalarini liberallashtirish sharoitida davlat
xizmatchilari tomonidan poraxo‘rlik, mansab mavqeini suiiste’mol qilish bilan bog‘liq
jinoyatlarning sodir etilishi davlat hokimiyatining obro‘sizlanishiga, davlatning siyosiy,
iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur etishiga, natijada, davlat hokimiyati faoliyati samaradorligining
susayishiga sabab bo‘ladi. Shu bois, ushbu illatga qarshi kurashish va barham berish siyosati
davlat va jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish davlat organlari tomonidan aholining huquqiy ongi va

huquqiy madaniyatini yuksaltirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning
oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z
vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni
bartaraf etish, huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini
ta’minlash kabi chora-tadbirlar orqali amalga oshiriladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish mamlakatimizda olib borilayotgan siyosiy-huquqiy

islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti

Shavkat

Mirziyoyev: “

Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha

qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari,
ta’bir joiz bo‘lsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak
marralarga erisha olmaymiz. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning
barvaqt oldini olishga o‘tishimiz kerak

”, deb haqli ravishda ta’kidlaydi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, korrupsiya muammosi so‘nggi yillarda xalqaro miqyosda

transmilliy jinoyat sifatida xalqaro tashkilotlar tomonidan keng muhokama qilinayotgan mavzu
hisoblanadi. Ayrim siyosatchilar tomonidan korrupsiyaga global inqirozni keltirib chiqaruvchi
omil sifatida ham ta’rif beriladi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak,
ularning ayrimlari korrupsiya balosiga o‘z vaqtida muvaffaqiyatli kurashib, ijobiy natijalarni
qo‘lga kiritishgan.

2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ham

korrupsiyaga qarshi kurashish ustuvor vazifa etib belgilandi. Xususan, Taraqqiyot strategiyasida
davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda manfaatlar
to‘qnashuvi vujudga kelishini bartaraf etish, mazkur jarayonga keng jamoatchilikni jalb qilish (4-
maqsad), korrupsiyaga moyil soha va tarmoqlarni aniqlash, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish
tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni
shakllantirish (84-maqsad) nazarda tutildi.

Shuningdek, Taraqqiyot strategiyasida davlat xizmatida halollik standartlarini joriy etish

belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra,

davlat xizmatchilarining daromad va mol-mulklarini deklaratsiya

qilish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Shuningdek, davlat xizmatida manfaatlar
to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlarni yaratish, korrupsiyaga qarshi
kurashish borasidagi faoliyatda ochiqlikni ta’minlash va jamoatchilik ishtirokini kengaytirish (83-
maqsad) kabi chora-tadbirlar amalga oshiriladi

1

.

1

Qarang. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 10.02.2023-y., 06/23/21/0085-son.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

268

Qonunchilikda davlat organlari va boshqa tashkilotlar korrupsiyaga qarshi kurashish

yo‘nalishida xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratayotgani
quvonarli hol. Bundan tashqari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘z mansabdor shaxslari
va xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirish
yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rishi majburiy etib belgilangan.

Jamiyat, jumladan, fuqarolik jamiyati murakkab turli tuzilmalar va fuqarolarning

birikmasidan iborat. Unda davlat, uning organlari bilan birga, boshqa tuzilmalar ham faoliyat
ko‘rsatadi. Bu tuzilmalar o‘z xarakteri, vazifasiga qarab alohida yo‘nalishlar bo‘yicha davlat
huquqiy, konstitutsiyaviy, ijtimoiy-siyosiy masalalarda faoliyat ko‘rsatadi. Ular huquqiy, ilmiy
manbalarda “institutlar” deb ataladi.

Yuridik ensiklopediyada: institut – huquqiy yoki ijtimoiy siyosiy hodisa (borliq) va ularga

qaratilgan huquqiy normalar va ular bilan bog‘liq ijtimoiy normalar yig‘indisidir, deya ta’rif
berilgan.

Fuqarolik jamiyati institutlari ham davlat-huquqiy va ijtimoiy-siyosiy munosabatlarda

ishtirok etadi, alohida tuzilma hisoblanadi va faoliyati huquqiy, ijtimoiy normalar bilan tartibga
solinadi. Ular fuqarolik jamiyatining eng muhim xususiyatlari – siyosiy plyuralizm (turli fikrlilik),
ko‘ppartiyaviylik va boshqalarni ro‘yobga chiqishini ta’minlaydi va jamiyat rivojlanib borgan
sari, ularning jamiyat ishlaridagi ishtiroki kengayib boradi, ular o‘z zimmasiga yangi vazifalarni
oladi.

Ana shunday vazifalardan biri – korrupsiyaga qarshi kurashdir. Korrupsiya har qanday

jamiyat, tizimda uchraydigan eng jirkanch, o‘ta makkor va xavf-xatardir. Unga faqat davlat
organlari bilangina qarshi kurashib, muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Shu o‘rinda
prezidentimizning quyidagi so‘zlari diqqatga sazovor:

“... korrupsiyaning har qanday

ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish kundalik hayot tarziga aylanishi shart. Bu illatga qarshi
kurashishga barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy
axborot vositalari, umuman har bir fuqaro safarbar etilishi zarur”

.

Prezident Sh.Mirziyoyev o‘z prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridayoq,

“Jamiyat

rivojiga g‘ov bo‘layotgan yana bir illat – bu korrupsiya balosidir”

, - deb e’tirof etdi.

Shuningdek, prezidentlik lavozimiga ikkinchi muddatga kirishishi munosabati bilan o‘tkazilgan
marosimda so‘zlagan nutqida esa

“... so‘nggi besh yilda korrupsiyaga qarshi kurashni davlat

siyosati darajasiga olib chiqdik”

, deb qayd qildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashda davlat katta imkoniyatlarga ega, korrupsiyaga qarshi

kurashuvchi, unga tegishli choralar ko‘ruvchi davlat organlari mavjud. Bu organlarning
faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va ularga uslubiy yordam ko‘rsatuvchi korrupsiyaga qarshi
kurashish Milliy kengashi, hududlarda hududiy kengashlar tashkil qilingan. Mamlakatimizda
tashkil qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi”ga katta umid bilan qaralmoqda.

Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, korrupsiyaga faqat davlat organlari faoliyati orqali kurashish

yetarli bo‘lmayapti. Bunga keng jamoatchilikni jalb qilmasdan ko‘zlangan maqsadga erishish
mumkin bo‘lmasligi ayon bo‘lmoqda. Shuning uchun keyingi paytlarda korrupsiyaga qarshi
kurashga fuqarolik jamiyati institutlarini jalb qilishga alohida ahamiyat berilmoqda. Chunki
jamiyat illati bo‘lmish korrupsiyaga jamiyatning barcha elementlari birdek urush e’lon qilishi,
kurashish zaruriyat bo‘lib qolmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

269

Bular avvalo jamoat birlashmalaridir. Jamoat birlashmalari konstitutsiyaviy tuzilma

bo‘lib, bu Konstitutsiyaning XIII bobida belgilab qo‘yilgan. Uning 70-moddasida: “O‘zbekiston
Respublikasida kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar
tashkilotlari, faxriylar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar,
ommaviy harakatlar hamda fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof
etiladi”, deb mustahkamlangan

2

.

Bundan keyingi yo‘l – fuqarolik jamiyati institutlarini faoliyatini yanada rivojlantirishga

qaratilishi belgilanib, ularning o‘rni va maqomini konstitutsiyaviy jihatdan mustahkamlashga
alohida e’tibor berish zarurligi belgilangan.

Fuqarolik institutlari nimaga asosan korrupsiyaga qarshi kurashadi? – degan savol kelib

chiqishi mumkin. Qonunlarda bu masala turlicha tarzda o‘z o‘rnini topgan. Lekin barcha fuqarolik
jamiyati institutlari uchun bu masalada umumiy vazifalar mavjud, ya’ni qonunlarga asosan,
fuqarolik jamiyati institutlari – fuqarolarning huquqlarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish;
fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida ishtirokini rivojlantirish; jamoatchilik nazoratini amalga
oshirishda ishtirok etishi kerak.

Fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning samarali usul va mexanizmlarini tatbiq

qilish, jumladan, barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining
aholi oldida hisobot berish tizimini mukammallashtirishga erishish, joylarga chiqib, mavjud
ahvolni shaxsan o‘rganish asosida aholini qiynayotgan eng muhim ehtiyojlarni hal etishda
amaliy yordam ko‘rsatish nafaqat davlat organlari, balki nodavlat notijorat tashkilotlarning
ham muhim vazifasidir. Shubhasiz, mavjud muammolarni hal qilishga birgina davlatning kuchi
yetmaydi. Bunda nodavlat tashkilotlarning yordami zarur. Bejiz nodavlat notijorat tashkilotlar xalq
va davlat o‘rtasidagi ko‘prikka qiyoslanmaydi.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, jamiyat

va davlat ishlari boshqarilishida ularning o‘rni hamda ahamiyatini kuchaytirish, aholining
ijtimoiy, ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, insonlarning
huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini muhofaza etish sohalarida “uchinchi sektor”
faolligini oshirishni hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Dunyo tobora jadal rivojlanmoqda. Hozir bir
joyda depsinib turib bo‘lmaydi. Faqat harakat, intilish, tashabbuskorlikni hayotning o‘zi taqozo
etmoqda.

Vaholanki, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi,

“Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunlar hamda boshqa
qonunchilik hujjatlarining qabul qilinishi aholining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining,
nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa fuqarolik institutlarining jamiyat hamda davlat ishlari
boshqaruvidagi ishtirokining huquqiy kafolatlarini sezilarli darajada mustahkamladi.

O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati boshqa

institutlarining davlat organlari qarorlarini ishlab chiqishda, qonun loyihalarini tayyorlash va
muhokama qilishda, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari hamda normativ-huquqiy hujjatlar
ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda qatnashish huquqi mustahkamlangan.

2

Qarang. Oʼzbekiston Respublikasining 2023 yil 30 apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy

bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

270

Buning barobarida, 1991 yilda atigi 95 tani tashkil etgan NNTlar soni bugungi kunga kelib, o‘n
mingga yaqinlashdi.

Korrupsiya esa, to‘g‘ridan to‘g‘ri fuqarolarning huquq va erkinliklariga salbiy ta’sir qiladi,

moddiy boyliklarni adolatli taqsimlashga to‘sqinlik qiladi, har bir fuqaroning ijtimoiy hayotda teng
ishtirokini chegaralaydi. Bundan quyidagicha xulosa qilish mumkin: a) jamoat birlashmalari
fuqarolarning ixtiyoriylik asosida tuziladigan uyushma, ular qonunda belgilangan tartibda
ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak; b) fuqarolarning birlashmalari yuqorida sanab o‘tilganlar bilan
cheklanmaydi, ya’ni boshqa uyushmalar ham tuzish mumkin.

Konstitutsiyada ko‘zda tutilgan jamoat birlashmalari tizimida ikki jamoat birlashmasining

fuqarolar, jamiyat va davlat hayotidagi muhim roli hisobga olinib, alohida qayd qilingan. 73-
moddada: “Kasaba uyushmalari”ning vazifasi, 74-moddada “Siyosiy partiyalar”ning vazifasi
belgilab qo‘yilgan.

Fuqarolik jamiyati tizimida nodavlat va notijorat tashkilotlari alohida o‘rin tutadi. Nodavlat

notijorat tashkilotlari

jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil

etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan
daromadlar (foyda)ni o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlaydigan o‘zini o‘zi boshqarish
tashkilotlaridir.

Demak, NTT

bu o‘zini o‘zi boshqarish tashkiloti. U jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslar

tomonidan ixtiyoriylik asosida tuziladi. Asosiy maqsadi daromad (foyda) olish emas. Faoliyati
davomida daromad (foyda) vujudga kelsa a’zolari o‘rtasida taqsimlaydi. Lekin bu belgilar
NTTining barcha vazifasini qamrab olmagan. Ular, yuqoridagilardan tashqari, o‘z a’zolarini
qonuniy manfaatlarini, ijtimoiy hayotdagi zarur demokratik qadriyatlarni himoya qilish;
a’zolarni ma’naviy va turli nomoddiy ehtiyojlarni qondirish; eng muhimi, xayriya faoliyatini
amalga oshirish maqsadini ko‘zlaydi. Korrupsiya esa, shu qayd qilingan masalalarga to‘sqinlik
qiladi, shuning uchun ham NTT korrupsiyaga qarshi kurashda davlat organlarining eng yaqin
hamkoridir.

O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunida

korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari qatorida davlat va fuqarolik jamiyatining
hamkorligi alohida prinsip sifatida ko‘rsatilgan

3

. Bu prinsip fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati

orqali ta’minlanadi.

Korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi davlat siyosatining yo‘nalishlari qonunda

belgilangan bo‘lib, ularning orasida, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini
yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish qayd qilingan.

Mana shu vazifani ro‘yobga chiqarishda fuqarolik jamiyati institutlari faol ishtirok etishi

zarur va ularda etarli imkoniyatlar mavjud. Bu ularning asosiy vazifalaridan kelib chiqadi. Masalan,
O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonunida, ularni tuzishdan
maqsadlardan biri – ular o‘z vakillari orqali jamiyat va davlat ishlarida ishtirok etishidir. Bunday
ishtirok etish turli usullar bilan birga, jamoatchilik nazorati orqali ham amalga oshiriladi

4

. Boshqa

fuqarolik institutlari hujjatlarida ham shunday vazifalar mavjud. Qonunda “Fuqarolarning o‘zini

3

Qarang. O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi

O‘RQ-419-son Qonuni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 9.11.2021-y., 03/21/729/1064-son

.

4

Qarang. O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabrdagi “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi

O‘RQ-337-I-son Qonuni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2021-y., 03/21/722/0960-son

.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

271

o‘zi boshqarish organlarining, NTTning korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etishining
asosiy usullari belgilab qo‘yilgan.

Bular:
- korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab

chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

- aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda, jamiyatda korrupsiyaga

nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda ishtirok etish;

- korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan

jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;

- korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish

yuzasidan takliflar kiritish;

- korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlari va tashkilotlar bilan hamkorlik

qilish hisoblanadi.

Fuqarolik jamiyati institutlari faqat korrupsiyaga qarshi kurashishga oid davlat dasturlari

ishlab chiqishda ishtirok etmasdan boshqa dasturlarni ishlab chiqishda ham ishtirok etadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, korrupsiyaga qarshi kurashishda

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatining yuksak bo‘lishi muhim omildir. Ana shu
masalalarning yuksakligiga erishishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki muhimdir.
Ularning ishtirokisiz aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish qiyin masala.
Huquqiy ong va madaniyat yuksak bo‘lmasa korrupsiyaga qarshi kurashish samara bermaydi.
Avvalo korrupsiya buzg‘unchi illat ekanligini fuqarolik institutlarining har biri o‘z a’zolari ongiga
singdirishi, korrupsiyaga nisbatan nafrat uyg‘otishi zarur. Huquqiy ong, bilimga ega bo‘lish
masalaning bir tomoni, faqat u bilan qo‘yilgan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Ongni, bilimni
hayotda qo‘llash kerak. Buning uchun esa huquqiy madaniyat kerak. Yuksak huquqiy madaniyatga
erishish ongga erishishga qaraganda murakkab masala. Buning uchun fuqarolik jamiyati
institutlari tashviqot-targ‘ibot ishlaridan tashqari, shaxsiy o‘rnak, namuna bo‘lish orqali
fuqarolarning huquqiy madaniyatiga ta’sir qilishi kerak. Qisqasi, qonunlarni bilish emas, uni
bajarish shartligi fuqarolar ongiga kiritilib, qonunga itoat etish, unga hurmat qilish hissini
shakllantirish zarur.

Fuqarolik institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashida, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi

sabablarga qarshi kurashi ustuvor faoliyat bo‘lish kerak. Bunda, ayniqsa, NNT a’zolari o‘rtasida
qonunga hurmat ruhini shakllantirish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlari va uni keltirib
chiqaruvchi sabablarga murosasizlik kayfiyatini yaratish, korrupsiya jinoyatlariga nafratni
vujudga keltirish muhimdir. Korrupsiyani vujudga keltiruvchi sabablar: xushomadgo‘ylik,
ikkiyuzlamachilik, kamchiliklarni ko‘rib turib, uni ko‘rmaslikka olish, tanqidga chidamsizlik,
jur’atsizlik, beparvolik, beg‘amlik ham hisoblanadi. NNT bor imkoniyatlardan foydalanib, shu
illatlarga qarshi kurashishi zarur.

REFERENCES

1.

Oʼzbekiston Respublikasining 2023 yil 30 apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

272

2.

O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish
to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son Qonuni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 9.11.2021-
y., 03/21/729/1064-son;

3.

O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabrdagi “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi
O‘RQ-337-I-son Qonuni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2021-y.,
03/21/722/0960-son;

4.

O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 6 dekabrdagi “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi
O‘RQ-588-son Qonuni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 8.05.2022-y.,
03/22/770/0424-son;

5.

O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 5 maydagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-369-son Qonuni. Qonunchilik
maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son;

6.

O‘zbekiston Respublikasining 2013 yil 27 dekabrdagi “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi
O‘RQ-369-son Qonuni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y.,
03/22/771/0448-son;

7.

O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 25 sentabrdagi “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi
O‘RQ-376-son Qonuni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son;

8.

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

2022

yil

28

yanvardagi

“2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2023-y.,
06/23/21/0085-son.

Internet saytlari

9.

www.lex.uz

10.

www.norma.uz

11.

www.huquqiyportal.uz

References

Oʼzbekiston Respublikasining 2023 yil 30 apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son;

O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son Qonuni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 9.11.2021-y., 03/21/729/1064-son;

O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabrdagi “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi O‘RQ-337-I-son Qonuni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2021-y., 03/21/722/0960-son;

O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 6 dekabrdagi “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi O‘RQ-588-son Qonuni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 8.05.2022-y., 03/22/770/0424-son;

O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 5 maydagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-369-son Qonuni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son;

O‘zbekiston Respublikasining 2013 yil 27 dekabrdagi “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘RQ-369-son Qonuni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2022-y., 03/22/771/0448-son;

O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 25 sentabrdagi “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘RQ-376-son Qonuni. Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi

“2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2023-y., 06/23/21/0085-son.

Internet saytlari

www.lex.uz

www.norma.uz

www.huquqiyportal.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов