FORMATION OF READING CULTURE IN FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Aymatova , A. (2023). FORMATION OF READING CULTURE IN FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS. Modern Science and Research, 2(5), 1180–1184. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20616
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The following article describes the current state of the reading culture, which is of incomparable importance for the ideological and ideological development of young people in our country, some problems in this regard and their elimination.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1180

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O’QITUVCHILARIDA KITOBXONLIK

MADANIYATINI SHAKILLANTIRISH

Aymatova Aziza Baxtiyor qizi

Guliston davlat universiteti 1-kurs stajyor doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7978006

Annontatsiya.

Quyida keltirilgan maqolamizda yurtimizda yoshlarni g’oyaviy-mafkuraviy

jihatdan kamol toptirishda beqiyos ahamiyatga ega bo’lgan kitobxonlik madaniyatining bugungi
kundagi holati, bu boradagi ayrim muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr-
mulohazalar bayon qilingan.

Kalit so’zlar:

kitobxonlik madaniyati, ma’naviy ehtiyoj, oilaviy mutolaa, badiiy asar

tahlili, madaniy nutq, matn kompozitsiyasi, savodxonlik.

FORMATION OF READING CULTURE IN FUTURE PRIMARY SCHOOL

TEACHERS

Abstract.

The following article describes the current state of the reading culture, which

is of incomparable importance for the ideological and ideological development of young people
in our country, some problems in this regard and their elimination.

Key words:

reading culture, spiritual need, family reading, analysis of artistic work,

cultural speech, text composition, literacy.

ФОРМИРОВАНИЕ КУЛЬТУРЫ ЧТЕНИЯ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ

НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ

Аннотация.

В нижеследующей статье описывается современное состояние

культуры чтения, имеющей несравнимое значение для мировоззренческого и
мировоззренческого развития молодежи в нашей стране, некоторые проблемы в связи с
этим и их устранение.

Ключевые слова:

культура чтения, духовная потребность, семейное чтение, анализ

художественного произведения, культурная речь, композиция текста, грамотность.


KIRISH

Bugungi kundagi qabul qilingan global tendentsiyalarga ko’ra yosh avlodning o'qishga

bo'lgan qiziqishi kamayishi keng miqyosga ega. Ko'pgina rivojlangan davlatlar, shu jumladan
O’zbekistonda ham ushbu hodisaga faol qarshi choralar ko'rish vazifalari shakllantirilgan. Aholi
o'rtasida kitob o'qishga qiziqish pasayishining hozirgi global tendentsiyasi o'qish madaniyatining
tizimli inqirozini ko'rsatadi, Bu ko'plab mamlakatlarga, shu jumladan O’zbekistonga ham ta'sir
qiladi. Mamlakatimiz uzoq vaqtdan beri dunyodagi eng ko'p kitobxonga ega davlat deb topildi.
Biroq, XX asrning 90 -yillaridan boshlab O’zbekistonda kitobxon faolligining pasayishi
boshlanadi. Mustaqil O’zbekistonimiz bugungi tezkor taraqqiyot davrida har tomonlama eng
rivojlangan davlatlar qatoridan mustahkam o’rin egallash yo’lidan sobitqadamlik bilan borayotgan
bir davrda xalqimizning, shuningdek, kelajagimiz egalari hisoblanmish o’sib kelayotgan yosh
avlodning o’z oldiga qo’ygan maqsadi ham shunga mos holatda teran, aniq, xolis va qat’iy
bo’lmog’i lozim. Shu bois jamiyatning mazkur talabini – g’oyaviy-mafkuraviy jihatdan
sobitqadam avlodlarga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun, avvalo, kamolotning dastlabki bosqichi
sifatida har bir yoshning shaxs sifatida kamol topishiga zamin tayyorlanadigan ta’lim-tarbiya


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1181

jarayoniga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “zamon talabi, islohotlar
shiddatiga mos kadrlar tayyorlash” maqsadida keyingi yillarda ta’lim tizimini takomillashtirish,
zamonaviy kadrlar tayyorlashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi.

O’zbekistonda olib borilayotgan tub islohatlar mazmuni yosh avlodni ma’naviy yetuk,

intellektual salohiyatli barkamol avlod qilib tarbiyalashga qaratilgan. Kitobxonlik inqirozi nafaqat
O’zbekistondagi hodisa, qaysidir ma'noda – u ba'zida va ancha katta darajada rivojlangan G'arb
mamlakatlariga ham tegishildir. Lekin hamma joyda, jamoatchilik anchadan beri muammoni hal
qilish uchun jiddiy choralar ko'rmoqdi. O'qish va "kitobxon" milliy qadriyat sifatida tobora ko'proq
tan olinmoqda. Hammamiz bilamizki, kitob o'qiydigan xalqlar o'qishni yaxshi ko'radigan
bolalardan paydo bo’ladi. Kitobxon xalq - rivojlanayotgan xalqdir. Zamonaviy sharoitda jamiyat
taraqqiyotida bolalar kitobxonligi muammosi ommaviy tus olgan. Bolalar kitobxonligini maqsadli
tashkil etish maktabning asosan boshlang'ich maktabning ustuvor vazifalaridan biri bo'lishi kerak.
Malumki, Vazirlar mahkamasining “2020-2025 yillarga mo’ljallangan kitobxonlik madaniyatini
rivojlantirish va qo’llab -quvvatlash milliy dasturi to’g’risida’’gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Bunga ko’ra yurtimizda barcha sohada kitobxonlikni targ’ib etish, turli xil loyihalar va tanlovlar
ishlab chiqish, u orqali yoshlarda kitob mutola asiga qiziqish uyg’otish maqsad qilib qo’yildi.
Kitob o’qish inson dunyoqarashini kengaytirib, bilimini oshiradi, fikrlash qobilyatini yuksaltiradi.
Yosh avlod bizning vatanimizning ertangi egalari, ularning bilimli, aqlli, manan yetuk qilib
tarbiyalashda ota-onalarining, ustozlarning o’rni beqiyosdir, “Yoshlikda olingan bilim, toshga
o’yilgan naqsh kabidir’’ deb bejizga aytilmagan bolalar yoshlik dan ota-onalarining aytgan alla,
ertak, hikoyalarini maktabda boshlang’ich sinfda o’zlari o’qishni boshlagan hikoya ertaklar orqali
kitob, kitob mutolaasi dunyosiga kirib boradilar. Shu nuqtayi nazardan yosh avlodning, o’quvchi
va talabalarning g’oyaviy-mafkuraviy jihatdan mukammal tarbiyalanishi ayni maqsadga muvofiq
hodisa sifatida jamiyat a’zolarining diqqat markazida turuvchi dolzarb masaladir. Jamiyat hayotida
ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishda, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning
ma’naviy- intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona vatani va
xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos
ahamiyatga ega bo’lgan omillar bir qancha bo’lib, shulardan eng muhimi – bu kitobxonlik
madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bugungi kunda esa juda ko’p xonadonlarda oilaviy mutolaaga deyarli vaqt ajratilmaydi.

Aksariyat oilalarda xonadon sohib-u sohibasi doim ish bilan bandligi bois kechki taomdan so’ng
kunning charchog’ini yozish uchun yoki oynayi jahon yoniga cho’kadi, yoki dam olish uchun
uyquni afzal bilishadi. Hatto shunday oilalar borki, ota-onalarning o’zi uyda vaqtini farzandi bilan
emas, telefon-u kompyuter bilan o’tkazishni afzal ko’rishadi. Bolalarining injiqlariga bardosh
berish, ularga ruhan yaqin bo’lish, yutuqlari va muammolari bilan qiziqish o’rniga, ularning
o’qishi o’qituvchilariga yuklab qo’yiladi yoki faqat ta’limiy fanlardan o’zlashtirishi nazorat
qilinadi, ta’lim-tarbiya berish, asosan, o’quv maskanlaridagi ustoz va murabbiylar zimmasidagi
ishdek bo’lib qoladi. Kunning qolgan qismida yolg’iz yoki nazoratsiz qolgan bola, asosan,
mustaqil dars tayyorlaydi, oq-u qorani, kerakli-keraksiz narsalarni to’la idrok etib ulgurmagan,
hali bolaligiga boradigan yoshdagi farzand zangori ekran bilan “dos’tlashib” oladi, uning yonida
asosiy vaqtini o’tkazadi, lekin tomosha qilgan ko’rsatuvlari, o’qib- o’rgangan bilimlarining
mohiyatini anglab-anglamay (!) kunlarini o’tkazaveradi. Eng achinarlisi, hozirda yoshlarning


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1182

aksariyati turli rusumdagi uyali aloqa vositalari yoki kompyuter texnikasi xotirasidan mustahkam
joy olgan ko’ngilochar o’yinlarning (yanada dahshatlisi – bu o’yinlarning ko’pchiligida otishma,
qotillik, jangarilik, mustlashish sahnalarining ko’pligi), internet orqali yuklab olingan, lekin
yoshiga mos bo’lmagan film va suratlarning ashaddiy ishqiboziga aylanib qolayotganlaridir. Bola
nimani qanday o’qishni bilmasa, o’qigan narsasini uqmasa yoki mohiyatini anglamasa, undan hech
qanday bilim va zavq ololmaganidek, bu kabi nojoiz o’yinlardan ham hech qanday estetik zavq va
ma’naviy quvvat ololmaydi, aksincha, unda o’ychanlik, jizzakilik, asabiylik, beparvolik,
loqaydlik, mas’uliyatsizlik, dangasalik, maqsadsizlik kabi yana bir qator salbiy illatlar shakllanib,
ruhiyati va xarakteriga tobora mustahkam o’rnashib boradi. Buyuk alloma, haqiqiy vatanparvar,
yuksak salohiyatli ustoz Najmiddin Kubro “Muvaffaqiyatni sa’y-harakatda, muvaffaqiyatsizlikni
esa loqaydlik va dangasalikda ko’rdim” degan ekanlar. Shu bois oila boshliqlari farzandlar
taqdiriga bee’tibor bo’lmasliklari, bolalar bilan ularning yoshiga mos kitoblar mutolaasini yo’lga
qo’yishlari va o’qilgan asarlar, olingan bilimlar, ularning inson hayotidagi o’rni va ahamiyati
yuzasidan oilaviy suhbatlar o’tkazishlari, ko’proq o’gil-qizlarining fikr- mulohazalarini tinglashga
diqqatni qaratishlari, ularni qo’llab-quvvatlashlari, kamchiliklarini muloyimlik va bosiqlik bilan
tuzatishlari kerak bo’ladi. Bu holat oilada nafaqat kitobsevar farzandlar kamol topishiga erishishda
yordam beradi, balki oila a’zolari o’rtasida do’stona muhitni shakllantirishda ham, ota-onaga
hurmat va o’ziga ishonch tuyg’ularining mustahkamlanishida ham, mulohazakorlik, mas’uliyat,
javobgarlik, tejamkorlik, vaqtni qadrlash, tabiat va jamiyat, yurt uchun kerakli inson bo’lishga
intilish sifatlarini o’stirishda ham o’ziga xos poydevor vazifasini o’taydi.

Har bir ota-ona farzandining nafaqat jismoniy, balki ham aqliy, ham ruhiy, ham ma’naviy

tarbiyasiga alohida e’tibor qaratishi, yoshiga mos badiiy kitoblar bilan ta’minlab turishi, o’qigan
kitoblari yuzasidan ular bilan fikr almashishi, bolani rag’batlantirib borishi lozim.

“Yoshlarimizga munosib ta’lim berish, ularning ilm-fanga bo’lgan intilishlarini ro’yobga

chiqarishimiz kerak. Shu maqsadda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishimiz, o’rta va oily
o’quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini, ilmiy va o’quv jarayonlari sifatini tubdan
yaxshilashimiz kerak”,-deydi yurtboshimiz. Ta’lim sohasi faoliyatini kitoblarsiz tasavvur qilib
bo’lmaydi. Ta’lim jarayonida o’quvchi ham, o’qituvchi ham bevosita kitob mutolaasiga ehtiyoj
sezadi. Bu quvonarli, albatta. Lekin hozirgi kunda o’quvchilar asosan ilmiy adabiyotlar, darslik va
qo’llanmalardan foydalanayotganlari bois badiiy asarlar mutolaasiga vaqt ajratishga imkoniyatlari
cheklanyapti. O’quvchi faqat adabiyot darsida o’qituvchi bergan vazifani bajarish uchungina
badiiy asarlarni qo’lga olyapti. Natijada esa ma’lum: mutolaa jarayoni sevimli mashg’ulot emas,
majburiyatga aylanib qoladi. Kitob mutolaasiga havasi bolalikdan paydo bo’lmagan o’quvchi
keyinchalik berilgan katta hajmli asarlarni o’qishga kuch topolmaydi, ishtiyoq sezmaydi, xohish
bildirmaydi, faqat darslikda berilgan qisqartirilgan parcha bilangina tanishadi va yozuvchining
butun asar mazmuniga singdirib yuborgan pafosini, g’oyaviy-badiiy maqsadini to’la anglolmaydi,
badiiy asarlarning haqiqiy zavqidan bebahra qoladi, adabiyotning haqiqiy kuchini, qudratini his
qilmaydi, natijada kitob o’qishga mehr qo’ymaydi. Kam o’qishning salbiy oqibatlari juda ko’p:
kishida mustaqil fikrlash qobiliyati, voqelikni teran idrok etish, hodisalarga munosabat bildira
olish, oq-qorani farqlay bilish ko’nikmalari to’liq shakllanmaydi; milliy madaniyat, tarix va
an’analar bilan keng tanish bo’lmaydi; ma’naviy qashshoqlik va ojizlik kelib chiqadi; hayotda
muammolarga duch kelganda yechim topishga qiynaladi, o’zini irodasiz sanaydi; savodxonligi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1183

past bo’ladi, so’z boyligi kamligi sababli fikrini to’la ifodalab berolmaydi; madaniy nutq uchun
qo’yiladigan (aniqlik, to’grilik, mantiqiy muvofiqlik, jo’yalilik, soflik kabi) talablarga mos,
kompozitsion jihatdan mukammal matn yaratishda, jumlalar tuzishda qiyinchiliklarga duch keladi.
Buning isboti sifatida aytishimiz mimkinki, ona tili va adabiyot darslarida insho, bayon, diktant
yozdirganimizda, aksariyat ta’lim oluvchilarning yozma ishida juda ko’p imlo, ishoraviy va
uslubiy xatolar uchrashiga, ko’pchilik o’quvchilarning ijodiy ishlari saviyasi juda past ekanligiga
guvoh bo’lamiz. Hatto darsda o’rganilayotgan badiiy parchalarni g’oyaviy-badiiy tahlil qilishda,
ularning estetik ta’siri haqida bahs-munozara qilishda o’quvchi jo’yali fikr aytolmaydi, munosabat
bildirolmaydi. O’quvchi bilan suhbat o’tkazganimizda ular oxirgi marta qachon qaysi badiiy
asarni o’qiganlarini aytolmaydilar, mutolaa qilgan badiiy asarlari ro’yxati bilan qiziqqanimizda,
afsuski, ularning nomi sanoqligina bo’ladi. Bunday muammolarni bartaraf etish uchun
o’quvchilarga har hafta bitta ma’lum nomdagi badiiy asarni o’qishni topshiriq sifatida beramiz va
belgilangan muddatda guruh o’quvchilari bilan o’sha asarning g’oyaviy-badiiy jihatlarini o’rganib
chiqamiz.

Mustaqil o’qish uchun berilgan asarlarni tahlil qilganimizda o’quvchida badiiy kitob o’qish

ishtiyoqi ortganining, unda hayrat, zavq paydo bo’layotganining guvohi bo’lamiz. Demak, yosh
avlodning ma’naviy ehtiyojini qondirish uchun ularga kitob tanlashni, uni o’qishni, tahlil qilishni
muntazam o’rgatib borish kerak, buning uchun esa, bizningcha, adabiyot va ona tili fanlaridan dars
soatlarini ko’paytirish, mashg’ulotlarni guruhlarga bo’lib o’tkazilishi tashkil etish maqsadga
muvofiq bo’lar edi. Buning natijasida tahsil oluvchilarga individual yondashish imkoni ortadi,
darslarning samaradorligi oshishiga erishiladi. Shuningdek, o’quvchilar mutaxassis o’qituvchilar
bilan ko’proq suhbatda bo’lib, ulardan tajriba o’rganadilar. Ta’lim-tarbiya jarayonida tom
ma’noda davr talabiga mos haqiqiy vatanparvar, salohiyatli, dadil yoshlarni, g’oyaviy-mafkuraviy
va intellektual jihatdan yetuk kadrlarni tayyorlashda, zarur ma’naviy ehtiyojlarni qondirishda
adabiyot darslarining insonshunoslik, ruhshunoslik, axloqshunoslik sifatlari to’la namoyon
bo’ladi.

Ishonamizki, insonlarning ehtiyojlari oshib boraveradi, lekin har qanday davrda ma’naviy

ehtiyojning qadri ortsa ortadiki, hech qachon yo’qolmaydi. Ma’naviy tanazzul jamiyat tanazzuliga
sabab bo’ladi, ma’naviy barkamollik jamiyat taraqqiyotiga asosiy mustahkam poydevor vazifasini
bajaradi.


REFERENCES

1.

Mirziyoyev Sh.M. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi
Farmoni. // Harakatlar strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari. − Т.:
«G’afur G’ulom», 2017.− 92 b.

2.

Кitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va
kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ib qilish bo`yicha kompleks
choratadbirlar dasturi to`g`risida. Хаlq so`zi, 2017 yil 14 sentiyabr. − № 184.

3.

Karimova S.S. THE ROLE AND IMPORTANCE OF" NATURAL SCIENCES" IN
THE DEVELOPMENT OF UNDERSTANDING OF NATURE IN GENERAL
SECONDARY SCHOOLS. http://scientists.uz/uploads/202206/B-43.pdf


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1184

4.

Karimova, S. (2022). THE ROLE AND IMPORTANCE OF" NATURAL SCIENCES"
IN THE DEVELOPMENT OF UNDERSTANDING OF NATURE IN GENERAL
SECONDARY SCHOOLS. Science and innovation, 1(B6), 214-218.

5.

Karimova,

Sevara.

"CHARACTERISTICS

OF

NATURAL

TEACHING

METHODOLOGНY."Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and
socialsciences1.11(2021):737-740. https://cyberleninka.ru/article/n/characteristics-of-
natural-teaching-methodologny.

6.

Karimova Sevara “Didactic Features Of Development Of Nature Perception Skills Of
Primary School Students”In volume 19, of Eurasian Journal of Learning and Academic
Teaching (EJLAT) April 2023.

7.

Ahmedova Z. Bola tarbiyasida psixolog maslahatlari. – Toshkent, 2018.

8.

www. ziyonet.uz.

9.

www. edu.uz.

10.

www. kitob.uz.

11.

www. mustaqillik.uz.

12.

www. ma’naviyat.uz.

References

Mirziyoyev Sh.M. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi Farmoni. // Harakatlar strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari. − Т.: «G’afur G’ulom», 2017.− 92 b.

Кitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ`ib qilish bo`yicha kompleks choratadbirlar dasturi to`g`risida. Хаlq so`zi, 2017 yil 14 sentiyabr. − № 184.

Karimova S.S. THE ROLE AND IMPORTANCE OF" NATURAL SCIENCES" IN THE DEVELOPMENT OF UNDERSTANDING OF NATURE IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS. http://scientists.uz/uploads/202206/B-43.pdf

Karimova, S. (2022). THE ROLE AND IMPORTANCE OF" NATURAL SCIENCES" IN THE DEVELOPMENT OF UNDERSTANDING OF NATURE IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS. Science and innovation, 1(B6), 214-218.

Karimova, Sevara. "CHARACTERISTICS OF NATURAL TEACHING METHODOLOGНY."Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and socialsciences1.11(2021):737-740. https://cyberleninka.ru/article/n/characteristics-of-natural-teaching-methodologny.

Karimova Sevara “Didactic Features Of Development Of Nature Perception Skills Of Primary School Students”In volume 19, of Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching (EJLAT) April 2023.

Ahmedova Z. Bola tarbiyasida psixolog maslahatlari. – Toshkent, 2018.

www. ziyonet.uz.

www. edu.uz.

www. kitob.uz.

www. mustaqillik.uz.

www. ma’naviyat.uz.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов