DEVELOPMENT OF LIBRARY CULTURE IN YOUTH IS THE NEED OF THE TIME

HAC
Google Scholar
To share
Aymatova, A. (2023). DEVELOPMENT OF LIBRARY CULTURE IN YOUTH IS THE NEED OF THE TIME. Modern Science and Research, 2(12), 573–576. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27136
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article discusses the current state of the reading culture, which is of incomparable importance in the ideological and ideological development of young people in our society, some problems in this regard, and thoughts and opinions regarding their elimination. Special attention is also paid to the reforms being carried out in our country regarding the development of literacy.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

573

YOSHLARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH – DAVR

TALABI

Aymatova Aziza Baxtiyor qizi

Toshkent davlat pedagogika universiteti tadqiqodchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10375373

Anontatsiya.

Mazkur maqolada jamiyatimizda yoshlarni g’oyaviy-mafkuraviy jihatdan

kamol toptirishda beqiyos ahamiyatga ega bo’lgan kitobxonlik madaniyatining bugungi kundagi
holati, bu boradagi ayrim muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr va mulohazalar
hususida fikr yuritilgan. Kitobxonlikni rivojlanrtirish borasida yurtimizda olib borilayotgan
islohotlarga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Kalit so’zlar:

talaba, oliy ta’lim, saviya, sifat, qonun, kutubxona, oila, ota-ona, farzand,

kitobxonlik madaniyati, ma’naviy ehtiyoj, oilaviy mutolaa, badiiy asar tahlili, madaniy nutq, matn
kompozitsiyasi, savodxonlik.

DEVELOPMENT OF LIBRARY CULTURE IN YOUTH IS THE NEED OF THE

TIME

Abstract.

This article discusses the current state of the reading culture, which is of

incomparable importance in the ideological and ideological development of young people in our
society, some problems in this regard, and thoughts and opinions regarding their elimination.
Special attention is also paid to the reforms being carried out in our country regarding the
development of literacy.

Key words:

student, higher education, level, quality, law, library, family, parent, child,

reading culture, spiritual need, family reading, literary work analysis, cultural discourse, text
composition, literacy.

РАЗВИТИЕ БИБЛИОТЕЧНОЙ КУЛЬТУРЫ У МОЛОДЕЖИ –

ТРЕБОВАНИЕ ВРЕМЕНИ

Аннотация.

В данной статье рассматривается современное состояние культуры

чтения, имеющей ни с чем не сравнимое значение в идейно-идеологическом развитии
молодежи нашего общества, некоторые проблемы в этой связи, а также мысли и мнения
по поводу их устранения. Особое внимание также уделено проводимым в нашей стране
реформам в сфере развития грамотности.

Ключевые слова:

студент, высшее образование, уровень, качество, право,

библиотека, семья, родитель, ребенок, культура чтения, духовная потребность, семейное
чтение, анализ литературного произведения, культурный дискурс, композиция текста,
грамотность.


Olimlar, ziyolilar, mamlakat va millat kelajagi uchun chuqur qayg‘urganlarni yaqin-

yaqingacha bir narsa qiynab kelardi: nega yoshlarimiz, umuman, fuqarolarimiz o‘rtasida
kitobxonlik madaniyati pasayib ketdi, nima uchun yerdan ko‘kka ko‘taradigan, bizni barkamollik
sari yetaklaydigan, insonlar qalbiga yorug‘lik va iliqlik kiritadigan, oq bilan qora, yaxshilik bilan
yomonlik, vayronkorlik bilan bunyodkorlikning farqini ongli ravishda anglatishga yordam
beradigan, insoniyat tomonidan yaratilgan eng noyob kashfiyot – kitobning qadri tushib
ketmoqda?


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

574

Darhaqiqat, bu savollar barchamizni qiynar edi. Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2016-yil 19-oktabrda Tadbirkorlar va
ishbilarmonlar harakati-O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII s'yezdidagi saylovoldi
ma'ruzasida bildirilgan ayrim fikrlari xususida to‘htalmoqchimiz.

“Ayni paytda, - deydi Shavkat Miromonovich, - axborot-kommunikatsiya sohasidagi

oxirgi yutuqlarni o‘zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini
oshirishga, ularni kitob bilan do‘st bo‘lishga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga
alohida e'tibor qaratish lozim bo‘ladi. Buning uchun, avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon
adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targ‘ib
qilishga alohida e'tibor berishimiz muhim ahamiyat kasb etadi”. (“XXI asr”, 2016, 20 oktabr)

Gapning ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, ushbu fikrlar mamlakatimizdagi barcha ziyolilar,

millat kelajagi, uning ma'naviy barkamolligi uchun tashvishda bo‘lganlarning yurak-yuragidagi
gap bo‘ldi.

Mamlakatimiz rahbarining kitob, kitobxonlik madaniyatini yaxshilash to‘g‘risida kuyunib

gapirayotganliklarining chuqur falsafasi bor.

Birinchidan, yuqorida qayd etilgani kabi, kitob insonni yerdan ko‘kka ko‘taruvchi, uning

ma'naviy quvvatini oshiruvchi buyuk kuch hisoblanadi. Ikkinchidan, kitob insoniyatning tarixiy
xotirasi, barchamizni o‘z ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy zaminimizni mustahkamlovchi, kelajakni
yorqin ko‘rsatib borishga qodir mash'ala hisoblanadi.

Shuning uchun ham bizning yurtimizda ilm olish, kitob yozish, ijod qilish har doim ham

millatning mavjudligi va u nimaga qodir ekanligini ko‘rsatuvchi muqaddas tushunchalar
hisoblanadi. Arastu hakimdan Abu Ali Ibn Sinoga, Aflotundan-Abu Rayhon Beruniygacha,
Jaloliddin Rumiydan- Alisher Navoiygacha, Sohibqiron Amir Temurdan-Muhammadsharif
Gulxaniygacha yuzlab, minglab mutafakkirlarning shakllanishi, dunyoga tanilishi, zamonlar
oshsada ahamiyati yo‘qolmaydigan tadqiqotu kashfiyotlari faqat va faqat kitob orqali yuz berdi.
Ularning bugungi avlod tomonidan chuqur o‘rganilishi, ular ilmiy-ma'rifiy bisotiga bot-bot
murojaat qilishning sababi ham mutafakkirlarimiz tomonidan yaratilgan kitoblar tufaylidir.

Sharqda axloq-odob borasida buyuk asarlar yaratgan Muhammad Jabalrudiyning kitob

haqidagi quyidagi firklariga bir quloq tutaylik

:

“Ey aziz! Kishi uchun kitobdan azizroq va

yoqimliroq suhbatdosh yo‘qdir. Kitob fasohat, balog‘atda, latofatda tengi yo‘q, munofiqlikdan holi
hamrohdir. Yolg‘izlikda va g‘amli ayyomlarda munis ulfatdir. Unda na nifoq boru, na gina. U
shunday hamdamki, so‘zlarida yolg‘on va xato bo‘lmaydi. Suhbatidan esa kishiga malollik
yetmaydi. U o‘z do‘stining dilini og‘ritmaydi. Yuragini esa siqmaydi. U shunday rafiqdirki, kishi
orqasidan g‘iybat qilib yurmaydi. Uning suhbatidan senga shunday fayzli foydalar yetadiki,
bunday foydani odamlardan topa olmaysan. Aksincha, aksar odamlar suhbatidan kishiga zarar
yetadi. Kitobdek do‘st ichida barcha ilmu hilm mujassamdirki, u kishilarni o‘tmishdan va
kelajakdan ogoh qilib turadi. Shuning uchun ham “Kitob aql qal'asidir”

,

deganlar”.

(Mashriqzamin-hikmat bo‘stoni. -Toshkent, 1997. 39-bet)

Haqiqatdan ham, kitob barchamizni ezgulikka undaydigan, oldimizda turgan barcha

muammolarni hal etishga yordam beradigan kuchdir. Shuning uchun ham yurtimizda kitob bilan
oshno bo‘lgan, kitobni suygan, kitob yozgan, kitobni muqaddas bilib, qorachig‘idek asraganlarni


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

575

ziyoli deb ataganlar. Ziyoli-Nur tarqatuvchi, u o‘zining xatti-harakatlari, faoliyati bilan jamiyatni
nurlantiruvchi, ma'naviy-ijtimoiy barqarorlikni ta'minlovchilar hisoblangan.

Shu o‘rinda mazkur Prezident farmoyishidagi bir holatga e'tibor berish lozim. Bu-

hududlarda yozuvchi, shoirlar ishtirokida kitob bayrami va yarmarkalarini tashkil etish, aholi
o‘rtasida badiiy jihatdan yuksak milliy va jahon mumtoz adabiyotlari namunalarini targ‘ib qilish,
kitobxonlar, bosma va elektron kitob ishlab chiqaruvchilar, kitob sotuvchilar hamda kitobxonachi
va targ‘ibotchilar orasida turli tanlovlar o‘tkazish masalasidir.

Darhaqiqat, bu o‘ta zarur masala. O‘z shaxsiy kuzatuvlarim natijasida shuni aytishim

mukinki, bugungi kunda oilaviy kutubxonasi bor yuzlab, minglab vatandoshlarimiz mavjud.
Ularning kutubxonalarida shunday noyob, nodir kitoblar borki, ular juda kamyob va yagona
nushada. Biz,”Eng yaxshi kitobxon oila” tanlovini o‘tkazish orqali o‘sha nodir asarlar nafaqat
mazkur oilaning, shuningdek, butun jamiyatning ma'naviy mulkiga aylanishini, ulardan qo‘ni-
qo‘shnilar, soha mutaxassislari samarali foydalanishlarini istardik. Oilaviy kutubxona faqatgina
uyning bezagi, uy egasining “ziyoliligi”ni bildiruvchi belgi bo‘lishini istamas edik. Shu ma'noda,
oilaviy kutubxona tanlovida u yoki bu kitobning chiroyliligi, sahifalarning buklanmaganligiga
emas, aksincha, uning qay darajada ko‘p o‘qilganligini anglatuvchi ko‘rsatkichlariga e'tibor berish
lozimligini ko‘rgimiz keladi.

Endi bugungi kitoblar, ayniqsa badiiy asarlar hususida ayrim fikrlarni bayon

etsak: ma'lumki, kitob umuman, badiiy asar kishilarning dunyoqarashi, ijtimoiy-siyosiy
salohiyatini ma'naviy barkamolligini ta'minlashi lozim. Bunday asarlar, darhaqiqat, yaratilmoqda,
xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ularni o‘qishdan charchamayapti. Ammo, buguni asarlarning
barchasiga ham shunday baho qo‘yish mumkin emas. Ayrim asarlar yaxshi niyatda yaratilayotgan
bo‘lsada, ammo ular “teskari samara” bermoqda. Turli salbiy ko‘rinishlar, zo‘ravonlik, ur-yiqit,
odamlarda “olomon fikrlash” darajasini ko‘tarishga urinish, fahsh, illatlarni targ‘ib etish kabi
holatlar ba'zi asarlarda avj olayotganing guvohi bo‘lmoqdamiz.

Mutafakkir-allomalarimiz johillikning birinchi belgisi-go‘zallikni ko‘rmaslikdir, deydilar.

Haqiqatdan ham shunday. Atrofimizda shuncha yangiliklar, yangilanishlar, islohatlar sodir
bo‘lmoqda, odamlarimiz tafakkur tarzi o‘zgarmoqda. Ana shu ijobiy holatlarni badiiy jihatdan
pishiq asarlar orqali xalqimizga, ayniqsa yoshlarimizga yetkazish juda to‘g‘ri bo‘lar edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev o‘z farmoyishida kitobxonlik

madaniyatini yuksaltirish lozimligiga alohida urg‘u bergan.

Ho‘sh, kitobxonlik madaniyati

deganda nimani tushunamiz? Bular, fikrimizga quyidagilardan iborat: o‘zining kasbiy-
mutaxassislik hamda badiiy-ma'naviy barkamolligini oshirish uchun kitobni tanlay olish va o‘zi
uchun zarurini o‘qish; kitob ustida ishlash malakasini obdon o‘rganib olish va unga chuqur amal
qila bilish; kitobni mustaqil o‘qiy bilish; o‘qigan kitobning asosiy mazmunini talqin qila bilish,
uning fusunkor olamiga kira bilish; o‘qiganlaridan hayotiy xulosalar chiqarish; kitobning kerakli,
zarur joylarini yon daftarchaga ko‘chirib olish, notanish bo‘lgan so‘zlarni esda saqlab qolishga
intilish; muntazam ravishda o‘qish ko‘nikmasiga ega bo‘lish; kitob bilan muomalada eng qadrdon
do‘stingga munosabatda bo‘lganday e'tibor bilan qarash; kitobni yaroqsiz holiga keltirmaslik
uchun undan to‘g‘ri foydalana bilish; kitobni shoshilmasdan, o‘ylab, diqqat-eʼtibor bilan o‘qish
malakasiga ega bo‘lish, kutubxona kartotekalari bilan ishlay bilishni o‘rganish; o‘qigan kitobni


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

576

do‘stlar bilan o‘rtoqlashish, yaxshi kitobni ularga tavsiya qilib, uni boshqalar ham o‘qib chiqishiga
erishish; har bir yaxshi kitobni ilm qal'asining kaliti deb bilib, uning boqiy umrini ta'minlash.

Nazarimizda, mazkur farmoyish O‘zbekiston ijtimoiy-madaniy muhitini yanada

barqarorlashtirishga, yoshlarimizda kitobxonlik darajasini oshirishga, pirovard natijada xalqimiz
turmush tarzini yanada farovon qilishga xizmat qiladi.

Kitob o‘qish barchamizning ma'naviy olamimizni boyitadi, so‘zlashuv madaniyatimizni

oshiradi. Ayrim hollarda muqaddas o‘zbek tilimizdagi ayrim vatandoshlarimiz “xizmati” tufayli
dag‘allashib, kambag‘allashib borayotganligining oldini olish uchun ham kitob o‘qish lozim.
Vaholanki, bizning o‘zbek tilimiz dunyodagi eng boy tillar qatoriga kiradi. A.S.Pushkin butun
ijodi davomida jami 21197 ta so‘z qo‘llagan bo‘lsa, Shekspir asarlari tilida jami 20 mingdan ortiq
so‘z qo‘llanilgan. Ispan olimlari Servantesning ijodida 18 ming so‘z qo‘llanilgani haqida ma'lumot
berganlar.

Buyuk bobomiz Alisher Navoiy asarlarida qo‘llanilgan so‘zlar soni esa 26000dan ortiq

ekan. Ana shuncha milliy boyligimizni avaylab-asrash uchun ham kitob o‘qish lozim. Darhaqiqat,
kitobxonlik madaniyatini oshirish davr talabi.

Shubhasiz, insonlarning ehtiyojlari oshib boraveradi, lekin har qanday davrda ma’naviy

ehtiyojning qadri ortsa ortadiki, hech qachon yo’qolmaydi. Ma’naviy tanazzul jamiyat tanazzuliga
sabab bo’ladi, ma’naviy barkamollik jamiyat taraqqiyotiga asosiy mustahkam poydevor vazifasini
bajaradi.


REFERENCES

1.

Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti
va xalq farovonligining garovi. – T.: O‘zbekiston 2017. B.48.

2.

Zbarskiy I.S. Vnekalassnaya rabota po literature(4-8): posobie dlya uchitelya. - M.:
Prosveshenie, 2010. – 208 s.

3.

Qodirov P. Til va el.-Toshkent, 2010-127 bet.

4.

Tarix fanlari doktori, Professor., Abduhalil Mavrulov fikrlari.

5.

Maxsudova, S. (2023). Priority directions for the formation of the effectiveness of the use

of foreign experience in primary grades.

6.

Maxsudova, S., & Omonqulova, F. (2023). BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA
DARSLARIDA

O’QUVCHILARNING

IQTIDORINI

OSHIRISH

UCHUN

HARAKATLI O’YINLARDAN FOYDALANISH.

Академические исследования в

современной науке

,

2

(12), 69-73.

7.

Maxsudova, S. (2023). BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA
ILG’OR XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI.

Models

and methods in modern science

,

2

(5), 50-53.

8.

Maxsudova, S. (2023). Boshlang’ich sinf o’quvchilarining iqtidorini erta aniqlash va

rivojlantirish uchun "Zukko bolajon" kurslari.

9.

Maxsudova, S. (2023). BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING IQTIDORINI

RIVOJLANTIRISHDA "ZUKKO BOLAJON" KURSLARINI TASHKIL ETISH VA UNING

SAMARADORLIGI.

References

Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – T.: O‘zbekiston 2017. B.48.

Zbarskiy I.S. Vnekalassnaya rabota po literature(4-8): posobie dlya uchitelya. - M.: Prosveshenie, 2010. – 208 s.

Qodirov P. Til va el.-Toshkent, 2010-127 bet.

Tarix fanlari doktori, Professor., Abduhalil Mavrulov fikrlari.

Maxsudova, S. (2023). Priority directions for the formation of the effectiveness of the use of foreign experience in primary grades.

Maxsudova, S., & Omonqulova, F. (2023). BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA O’QUVCHILARNING IQTIDORINI OSHIRISH UCHUN HARAKATLI O’YINLARDAN FOYDALANISH. Академические исследования в современной науке, 2(12), 69-73.

Maxsudova, S. (2023). BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA ILG’OR XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI. Models and methods in modern science, 2(5), 50-53.

Maxsudova, S. (2023). Boshlang’ich sinf o’quvchilarining iqtidorini erta aniqlash va rivojlantirish uchun "Zukko bolajon" kurslari.

Maxsudova, S. (2023). BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING IQTIDORINI RIVOJLANTIRISHDA "ZUKKO BOLAJON" KURSLARINI TASHKIL ETISH VA UNING SAMARADORLIGI.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов