SCIENTIFIC-THEORETICAL INTERPRETATION OF THE CONCEPTS OF “SOCIAL” AND “SECULAR STATE”

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
O‘rinboyev , U. . (2023). SCIENTIFIC-THEORETICAL INTERPRETATION OF THE CONCEPTS OF “SOCIAL” AND “SECULAR STATE”. Modern Science and Research, 2(6), 36–40. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20827
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article talks about the concept of a social and secular state, the history of its origin in society today. The stages of formation of social and secular state-building trends have been expressed in terms of expected results. Works carried out in the years of independence to build a social and secular state in our country. The constitutional basis for building a social and secular state has been cited.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

36

“IJTIMOIY” VA “DUNYOVIY DAVLAT” TUSHUNCHALARINING

ILMIY-NAZARIY TALQINI

O‘rinboyev Ulug‘bek O‘rolboy o‘g‘li

Sirdaryo Viloyati Yuridik texnikumi

Mutaxasislik fanlari o‘qituvchisi 3-darajali yurist

Guliston davlat pedagogika instituti magistranti

ORCID: 0000-0002-5015-0731. Telefon: +998993410742.

orinboyevu1@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.7998112

Annotatsiya.

Maqolada ijtimoiy va dunyoviy davlat tushunchasi uning kelib chiqish tarixi

bugungi kunda jamiyatdagi o‘rni haqida so‘z boradi. Ijtimoiy hamda dunyoviy davlat qurish
tendensiyalarining shakllanish bosqichlari kutilayotgan natijalar yuzasidan hulosalar bayon
qilingan. Mustaqillik yillarida yurtimizda ijtimoiy va dunyoviy davlat qurish uchun amalga
oshrilgan ishlar. Ijtimoiy va dunyoviy davlat qurishning konstitutsiyaviy asoslari keltirib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

Davlat, jamiyat, iqtisodiyot, horijiy tajriba, siyosat, xalqaro tashkilotlar,

ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy davlat, dunyoviy davlat, ijtimoiy davlat belgilari, dunyoviy davlat
belgilari, sotsial demokratik tur.

НАУЧНО ТЕОРЕТИЧЕСКАЯ ТРАКТОВКА ПОНЯТИЙ “СОЦИАЛЬНОЕ” И

“СВЕТСКОЕ ГОСУДАРСТВО”

Аннотация.

В статье рассматривается понятие общественно-светского

государства история его возникновения и место в обществе сегодня. Этапы
формирования тенденций построения социального и светского государства изложены
выводы об ожидаемых результатах. Работа, проделанная в годы независимости для
построения социального и светского государства в нашей стране. Приведены
конституционные основы построения общественного и светского государства.

Ключевые слова:

Государство, Общество, Экономика, зарубежный опыт,

политика, международные организации, социальное обеспечение, социальное государство,
светское государство, признаки социального государства, признаки светского
государства, социал-демократический тип.

SCIENTIFIC-THEORETICAL INTERPRETATION OF THE CONCEPTS OF

“SOCIAL” AND “SECULAR STATE”

Abstract.

The article talks about the concept of a social and secular state, the history of its

origin in society today. The stages of formation of social and secular state-building trends have
been expressed in terms of expected results. Works carried out in the years of independence to
build a social and secular state in our country. The constitutional basis for building a social and
secular state has been cited.

Keywords:

State, society, economy, foreign experience, politics, international organizations,

Social Security, Social state, secular state, social state symbols, secular state symbols, social
democratic type.

Mustaqillikning o`ttiz bir yilida, ayniqsa, keyingi besh yillikda davlatimizda jamiyat rivoji

mohiyatan va shaklan jihatdan yangi bosqichga kirib bormoqda. Asosiy qonunga o`zgartishlar
kiritish bo`yicha olib borilayotgan siyosiy-huquqiy harakatlar, jumladan, inson-jamiyat-davlat


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

37

konsepsiyasining huquqiy rasmiylashtirilishi ijtimoiy davlat yangi paradigma sifatida jamiyatning
mutlaqo yangi siyosiy-huquqiy tizimi sifatida rivojlanayotganidan dalolat bermoqda. Istiqbolda
o`zimizda va jahonda taraqqiy etgan hozirgi zamon davlatchiligining tajribasi asosida yangi davlat
va jamiyat shakllanmoqda. Konstitusiyaga o`zgartishlar kiritish jarayonining dastlabki tahlili
shuni ko`rsatadiki, boshlangan harakatlarda keng jamoatchilikning, ayniqsa, yoshlarning faol
ishtiroki kuzatilmoqda, kuniga minglab taklif va mulohazalar bildirilmoqda. Shuningdek, ushbu
holatni xorijiy mamlakatlar mutaxassislari ham kuzatib turibdi

1

.

“Ijtimoiy”

soʻzi

arabcha

— jamoa, jamiyatga oid hamda inson va jamiyat hayotiga oid”

degan lugʻaviy maʼnolarni anglatadi.

Ijtimoiy davlat

— insoniyat tarixiy taraqqiyotining muayyan davri mahsuli, davlatchilik

rivojining maxsus bosqichi. Ijtimoiy davlat gʻoyasi, eng avvalo, qadimgi Sharqda, xususan,
mutafakkir ajdodlarimiz tomonidan ilgari surilgan. Buyuk bobomiz Abu Nasr Forobiy maʼrifatli
insonlar jamoasini, ideal jamiyat gʻoyasini “Fozil odamlar shahri” asarida tarannum etgan.

Birinchidan, bu qizg`in jarayon fuqaralarning ehtiyoj va manfaatlariga mos kelgan holda

o`z vaqtida sodir bo`layotgani ayon bo`lmoqda. Ikkinchidan, amaliyotda aholining davlatga,
jamiyatga ishonchining yuqori darajadaligi, fuqarolar siyosiy-huquqiy islohotlarning borishidan
manfaatdorligi tasdiqlanyapti. Shuningdek, bildirilayotgan fikrlar va qarashlarda turli savollar ham
berilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy davlat nima o`zi, u nimalarda namoyon bo`ladi, ijtimoiy davlatning

belgilari bormi, ijtimoiy davlat qanday vazifalarni bajaradi, oldingi sosializmdan farqi bormi, bu
bo`yicha umume`tirof etilgan prinsiplar yoki xorijiy tajribalar bormi, mamlakatimizda shu
vaqtgacha olib olib borilgan ijtimoiy siyosatdan qanday farqi bor, boshqa yo`nalishlar bo`yicha
davlatning ahamiyati pasaymaydimi, jamiyatdagi boshqa institutlarning ishtiroki va ahamiyati
qanday bo`ladi, umuman bunday o`zgarishlar odamlarga nima beradi kabi savollar mavjud.
Shulardan kelib chiqib, bugun biz ushbu maqolada ijtimoiy davlat tushunchasi, bugungi kundagi
ijtimoiy davlatlar, ijtimoiy davlatning shaxs hayotidagi o`rni, ijtimoiy davlatning belgilari va
funksiyalari haqida fikr yuritmoqchimiz.

Avvalambor shuni aytish kerakki, dunyo tajribasidan kelib chiqadigan bo`lsak, ijtimoy

davlat bu jamiyatning siyosiy tashkiloti, ya`ni tom ma`noda davlatdir. Ijtimoiy davlat o`z
siyosatida ijtimoiy adolat tamoyillaridan kelib chiqib, faoliyat yuritadi. Asosiy maqsad – jamiyatda
yaratilayotgan moddiy va ma`naviy boyliklarni ijtimoiy adolat tamoyili asosida qayta
taqsimlashdan iboratdir. Bunda har bir fuqaroning maishiy turmush tarzi holatini sifat jihatdan
yuqori darajaga olib chiqish, aholining turmush sharoiti va sifati jihatdan tabaqalanishiga, ya`ni
ular o`rtasidagi yashash uchun ketadigan sarf-xarajatlar bo`yicha farqlarning kattalashib ketishiga
yo`l qo`ymaslik va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qismiga davlat tomonidan kafolatlar tizim
orqali yordam ko`rsatiladi. Boshqacha aytadigan bo`lsak, maqsad yaratilgan ne`matlardan ijtimoiy
kafolatlar orqali hamma bahramand bo`lishini ta`minlashdan iborat

2

.

1

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Sayfiddin Jo`raev, O`zbekiston milliy universiteti professori

Shahnoza Madaeva Darakchi.uz online nashriga bergan intervyu

2

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Sayfiddin Jo`raev, O`zbekiston milliy universiteti professori

Shahnoza Madaeva Darakchi.uz online nashriga bergan intervyu


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

38

Ikkinchidan, jahondagi sosial-demokratik harakatlarning asosiy mazmunini ijtimoiy

davlatning yaratuvchanlik va uning vositasida aholini o`ziga jalb qilish orqali davlatni
boshqarishga harakat tashkil etadi. O`z navbatida, bu usul ko`pgina davlatning konstitusiyalarida
hamda boshqa qonunlarida aks etgan. Davlat tomonidan ijtimoiy kafolat iqtisodiyot (avvalambor,
yirik biznes) va soliq siyosatini boshqarish orqali ta`minlanadi

3

.

Shuningdek, bu g`oyalar va siyosat oldingi sosialistik g`oyalardan keskin farq qiladi.

Sosialistik g`oyalarga asoslangan sobiq ittifoq tizimiga aholini mulksiz qilib quyish, fuqarolarning
ijtimoiy kafolati faqat qog`ozlarda qolib ketishi, ijtimoiy mas`uliyat, ijtimoiy raqobatning yo`qligi
xos edi. Natijada aholining ijtimoiy faolligi pasayib ketgan. Kelajakni yaratish, yangilanishga,
o`zgarishlarga bo`lgan harakat qo`llab-quvvatlanmagan, natijada ijtimoiy mobillik va ijtimoiy
yaratuvchanlik yo`qolib ketgan. Umuman, bu tajriba jamiyat uchun teskari natija berishini
hayotning o`zi tasdiqladi. Lekin tarixning boshqa kesimida ijtimoiy davlatchilik tajribasini ilgari
surgan G`arb davlatlarida katta ijtimoiy o`zgarishlar sodir bo`ldi.

Mutaxassislar tomonidan xorijiy davlatlarning ijtimoiy siyosatining tahlili natijasida

ijtimoiy davlatning uchta modeli Skandivaniya, Kontinental, Amerika-Buyuk britaniya modellari
ajratiladi.

Birinchidan,

Shvesiya, Finlyandiya, Daniya, Norvegiya davlatlari Skandinaviya modelini

o`zida namoyon qiladi. Bu mamlakatlarda davlat byudjetni qayta taqsimlash orqali ijtimoiy
xarajatlarning anchagina qismini o`z bo`yniga oladi. Bu davlatlar o`z fuqarolarining ijtimoiy
farovonligi, ta`lim, sog`liqni saqlash sohalariga, bolalar va yoshlarga, keksalarga ijtimoiy
xizmatlar ko`rsatish uchun mas`ul bo`ladi. Bu faoliyat davlat byujeti va ijtimoiy sug`urta
jamg`armalari tomonidan moliyalashtiriladi. Bu ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish asosan
munisipalitetlar, ya`ni mahalliy boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Ikkinchidan

, Germaniya, Avstriya, Belgiya va Fransiyada ijtimoiy davlatning kontinental

modeli yuqori darajada rivojlangan. Bu davlatlarda davlat asosan aholining muhtoj qismiga
ijtimoiy yordam pullarini berishga mas`ul hisoblanadi. Lekin aholiga davlat ijtimoiy xizmatlar
ko`rsatish bilan shug`ullanmaydi. Ijtimoiy xarajatlar davlat va xususiy ijtimoiy sug`urta
jamg`armalari tomonidan qoplanadi. Ya`ni ijtimoiy ta`minot byujetdan ajratiladigan mablag`lar
hamda ish beruvchi va xodimlarning sug`urta badallaridan ta`minlanadi.

Shunday qilib, birinchidan, Skandivaniya, Kontinental, Amerika-Britaniya modellari

bo`yicha ijtimoiy davlatlarda, liberal davlatlarda davlat tomonidan ijtimoiy xarajatlarga minimal
mablag`lar ajratiladi, bir vaqtning o`zida ijtimoiy yordamga muhtojlar har tomonlama o`rganiladi.
Bajarilgan ish hamda tadbirkorlik bilan shug`ullanish natijasida olinadigan har tomonlama
kafolatlangan daromad fuqarolarning ijtimoiy farovonligini ta`minlashning asosiy manbai
hisoblanadi.

Ikkinchidan, ijtimoiy davlatning sosial-demokratik turi Skandinaviya turiga mos keladi. Bu

erda moddiy ne`matlarni aholi orasida qayta taqsimlash va ijtimoiy ehtiyojga zarur xarajatlarda
davlatning ustunligi mavjud.

Uchinchidan, ushbu jarayon davlat tashkilotlari, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot

vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan kuchli jamoatchilik nazorati asosida

3

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Sayfiddin Jo`raev, O`zbekiston milliy universiteti professori

Shahnoza Madaeva Darakchi.uz online nashriga bergan intervyu


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

39

kuzatiladi. Shuningdek, jarayonning borishi, samaradorlikni aniqlash, vujudga kelayotgan
muammolarni o`z vaqtida aniqlash va zarur qarorlar qabul qilish uchun tizimli monitoring va tahlil
qilib borishning mustaqil tizimi yo`lga qo`yilgan.

To`rtinchidan, ijtimoiy davlatchilik Osiyo davlatlarida – Yaponiya, Janubiy Koreya,

Tayvanda ham rivojlanib bormoqda. Ijtimoiy davlatchilik O`zbekistonda ham rivojlanib
bormoqda

4

.

Dunyoviylik

- modernizatsiya zamonaviy davlatning eng muhim xususiyatlaridan biri.

Bugungi kunda, bu qoida eng mamlakatlar qonun hujjatlarida bayon etiladi.

dunyoviy tizim tushunchasi

“dunyoviy davlat”

davlat har qanday din, uning urf-odatlar va

tug'ishi ta'siridan ozod, degan ma'noni anglatadi. Kuchi, bu rostlash bilan turli Cherkovga
tashkilotlar vakillari tomonidan ta'sir mumkin emas. Dunyoviy davlat xalq ta'limi tizimi, huquqiy
va, degan ma'noni anglatadi siyosiy institutlar jamoatdan alohida ishlab chiqilgan.

Dunyoviy davlat

— davlat hokimiyati va boshqaruvidan din ajratilgan, boshqaruv diniy

qoidalar bilan emas, balki fuqarolik qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadigan, qarorlar
qabul qilishda diniy asoslarga tayanilmaydigan davlat. Shuningdek, hech qanday din va mafkura
davlatning majburlov kuchi bilan o‘rnatilmasligini, ularning davlatdan ayri ekanini tavsiflaydi.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, dunyoviy davlatda din davlatdan va siyosatdan ajratilsa-da,
jamiyatdan ajratilmaydi. Eng muhimi, dunyoviy davlat barcha dinlar uchun teng sharoitlar yaratib
berish, fuqarolarga ta’lim olish, shaxsiy rivojlanish yo‘lini mustaqil tanlash imkoniyatini yaratish
hamda ilm-fan va madaniy taraqqiyotda ijodiy erkinlikni ta’minlashni ko‘zda tutadi. Dunyoviy
davlatda ta’lim jamiyatga shaxsni shakllantirib beradi. Bu shaxs davlat olib borayotgan islohotlar
jarayonidan xabardor, hamqadam va faol, davlatga tayanch va tirgak bo‘ladi, shu tufayli jamiyat
taraqqiy etadi

5

.

Dunyoning rivojlangan mamlakatlari tajribasi shuni ko‘rsatadiki, din dunyoviy davlat

tuzumi bilan nafaqat murosa, balki umummilliy yuksalish yo‘lida samarali hamkorlik qilishi ham
mumkin. Demokratik davlatlarda ko‘pchilikni tashkil etadigan aholining diniy e’tiqodiga
ko‘rsatilgan izzathurmat bilan bir qatorda, tub etnoslar uchun noan’anaviy bo‘lgan, ammo
fuqarolarning muayyan qismi e’tiqod qiladigan dinlar, qolaversa, hech qanday dinga e’tiqod
qilmaslikka bir xil munosabat qaror topgani — Qur’onda “Dinda majburlash yo‘q” deyilgan
oyatning chuqur insonparvarlik falsafasini yanada yorqinroq ochib beradi. Dinning yangi
O‘zbekiston ijtimoiy hayotidagi o‘rni, eng avvalo, uning Konstitusiyaviy maqomi bilan belgilandi.
O‘zbekiston Konstitusiyasiga muvofiq, barcha fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlangan. Har
bir insonga xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqi berilgan.
Diniy tashkilotlar va birlashmalarning davlatdan ajratilgani hamda ularning qonun oldida tengligi
belgilab qo‘yilgan.

Davlatimiz rahbari shu yil 8 may kuni Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar va

jamoatchilik faollari bilan referendum yakunlariga bag‘ishlangan uchrashuvda ushbu masalaga

4

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Sayfiddin Jo`raev, O`zbekiston milliy universiteti professori

Shahnoza Madaeva Darakchi.uz online nashriga bergan intervyu

5

Исмоил САИФНАЗАРОВ, Тошкент давлат иқтисодиёт университети профессори, фалсафа фанлари

доктори “Ўзбекистон дунёвий давлат” илмий мақола “Янги Ўзбекистон” газетасининг 2023-йил 19-майдаги
97-сони, 3-сахифа


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

40

to‘xtalib, bu borada aniq va xolis pozisiyasini bildirdi. “O‘zbekiston — dunyoviy davlat va bundan
keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Xalqimizning referendum orqali bildirgan xohish-irodasi, qat’iy
tanlovi ham shu”, dedi Prezidentimiz. Bundan buyon ham millati, tili, dini va ijtimoiy kelib
chiqishidan qat’i nazar, har bir fuqaroning vijdon erkinligi ta’minlanishi, barcha diniy
konfessiyalar erkin faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilishi, mamlakatimizda
millatlar va konfessiyalar o‘rtasida totuvlik va hamjihatlikni ta’minlash siyosati izchil davom
ettirilishi ta’kidlandi. Jamiyatimizda har qanday radikallashuvga, dindan siyosiy maqsadlarda
foydalanishga hech qachon yo‘l qo‘yilmaydi. Bayon etilganlardan aniq va ravshan ko‘rinib
turibdiki, jamiyatimiz yangilanishi dasturidagi dunyoviy davlat tushunchasi dinning ijtimoiy-
madaniy hayotdagi rolini aslo inkor etmaydi. Ayni paytda diniy da’volar bilan niqoblangan, aslida,
xolis diniy e’tiqodga mutlaq aloqasi yo‘q, jamiyatdagi hamjihatlik, millatlararo va dinlararo
totuvlik, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka tahdid soluvchi har qanday urinishlarga dunyoviy davlat
tuzumining mutlaqo murosasiz ekanini ham aniq-ravshan ko‘rsatib turadi

6

.


REFERENCES

1.

Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik.- Toshkent . “Adolat”, 2018.-
528 b.

2.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Sayfiddin Jo`raev,
O`zbekiston milliy universiteti professori Shahnoza Madaeva Darakchi.uz online
nashriga bergan intervyu

3.

Исмоил САИФНАЗАРОВ, Тошкент давлат иқтисодиёт университети
профессори, фалсафа фанлари доктори “Ўзбекистон дунёвий давлат” илмий
мақола “Янги Ўзбекистон” газетасининг 2023-йил 19-майдаги 97-сони, 3-
сахифа

4.

Davlat va jamiyat boshqaruvining huquqiy asoslari [Matn ] / Erkin Xojiyev. –
Toshkent: Yangi kitob, 2017.-256 b.

5.

Husanboyev O.O. Huquqni qo‘llash-huquqni amalga oshirishning maxsus shakli.
O‘quv qo‘llanma.- Toshkent: TDYU, 2022.-73 b.

6

Исмоил САИФНАЗАРОВ, Тошкент давлат иқтисодиёт университети профессори, фалсафа фанлари

доктори “Ўзбекистон дунёвий давлат” илмий мақола “Янги Ўзбекистон” газетасининг 2023-йил 19-майдаги
97-сони, 3-сахифа

References

Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik.- Toshkent . “Adolat”, 2018.- 528 b.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Sayfiddin Jo`raev, O`zbekiston milliy universiteti professori Shahnoza Madaeva Darakchi.uz online nashriga bergan intervyu

Исмоил САИФНАЗАРОВ, Тошкент давлат иқтисодиёт университети профессори, фалсафа фанлари доктори “Ўзбекистон дунёвий давлат” илмий мақола “Янги Ўзбекистон” газетасининг 2023-йил 19-майдаги 97-сони, 3-сахифа

Davlat va jamiyat boshqaruvining huquqiy asoslari [Matn ] / Erkin Xojiyev. – Toshkent: Yangi kitob, 2017.-256 b.

Husanboyev O.O. Huquqni qo‘llash-huquqni amalga oshirishning maxsus shakli. O‘quv qo‘llanma.- Toshkent: TDYU, 2022.-73 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов