STUDY OF MOISTURE INDICATORS OF RECYCLED GRAIN MASS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Jalilova , D., & Ziyodullayeva, X. (2023). STUDY OF MOISTURE INDICATORS OF RECYCLED GRAIN MASS. Modern Science and Research, 2(6), 106–109. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20895
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

Currently, in the context of food shortages throughout the world and in Uzbekistan, one of the pressing issues is to provide the population with valuable food grains that can be processed and not processed throughout the year. In this regard, it is important to bring the moisture content of the grain mass to one norm, that is, to a moisture level not higher than the basic state, and maintain this norm throughout the entire storage period.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

106

UO‘T: 664.72+

664.8.022.6

QAYTA ISHLANADIGAN DON MASSASINING NAMLIK

KO‘RSATKICHLARINI TADQIQ QILISH

Jalilova Dilnoza Egamberdiyevna

Ziyodullayeva Xursanoy Qodir qizi

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti magistrantlari

tel: +998908741180

https://doi.org/10.5281/zenodo.8002862

Аnnotatsiya.

Hozirgi kunda butun dunyoda hamda O‘zbekistonda oziq-ovqat tanqisligi

sharoitida aholiga yil davomida qayta ishlanadigan hamda qayta ishlanmaydigan qimmatbaho
oziqabop don ekinlarini yetkazib berish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada don
massasining namlik ko‘rsarkichlarini bir meyorga , ya’ni bazis konditsiyadan yuqori bо‘lmagan
namlikka keltirish hamda ushbu meyorni saqlash davrida ham ushlab turish muhim hisoblanadi.

Kalit soʼzlar:

don massasi, texnologik ko

rsatkichlar, namlik, saqlash va qayta ishlah

talablari.

ИССЛЕДОВАНИЕ ПОКАЗАТЕЛЕЙ ВЛАЖНОСТИ ПЕРЕРАБОТАННОЙ

ЗЕРНОВОЙ МАССЫ

Аннотация.

В настоящее время в условиях дефицита продовольствия во всем мире

и в Узбекистане одним из актуальных вопросов является обеспечение населения ценными
продовольственными зерновыми культурами, которые можно перерабатывать и не
перерабатывать в течение всего года. В связи с этим важно довести показатели
влажности зерновой массы до одной нормы, то есть до уровня влажности не выше
основного состояния, и поддерживать эту норму в течение всего периода хранения.

Ключевые слова:

зерновая масса, технологические показатели, влажность,

требования к хранению и переработке.

STUDY OF MOISTURE INDICATORS OF RECYCLED GRAIN MASS

Abstract.

Currently, in the context of food shortages throughout the world and in

Uzbekistan, one of the pressing issues is to provide the population with valuable food grains that
can be processed and not processed throughout the year. In this regard, it is important to bring
the moisture content of the grain mass to one norm, that is, to a moisture level not higher than the
basic state, and maintain this norm throughout the entire storage period.

Keywords:

barley, technological parameters, natural weight, moisture, viability, mass of

1000 grains, grain yield, protein and starch content.


Mamlakatimizning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, el-yurtimiz dasturxonini yanada

farovon qilishda kelgusida qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish bo‘yicha kompleks
dasturlarni amaliyotga tatbiq etish, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda mahsulot turlari
va eksport hajmini yanada oshirish ustuvor masala bo‘lib qoladi.

Donning namligi uning muhim sifat kо‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Don yoki

urug‘ning namligi undagi foizda ifodalangan gigroskopik suvning miqdorini bildiradi. Davlat
standartida namlikning

bazis va chegaralangan

konditsiyalari berilgan.

Davlat standartida don partiyasi namligiga qarab

quruq

(14% gacha),

о‘rtacha quruq

(14

dan 15,5% gacha),

nam

(15,5 dan 17% gacha) va

hо‘l

(17% dan yuqori) holatlarda bо‘lishi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

107

chegaralangan. Don massasini saqlashga tayyorlashda hamda saqlash davrida namlikning ushbu
holatlari hisobga olinadi. Quruq donlar baland uyum qilinib (30 m va undan kо‘proq) saqlanishi
mumkin. Bunda don tarkibidagi suv gidrofill kolloid moddalarga mustahkam holatda bо‘lib,
modda almashinuvida ishtirok etmaydi. О‘rtacha quruq donlar saqlashga chidamsiz bо‘lib, bu
namlikda don tarkibida erkin suv hosil bо‘ladi, don massasida mikroorganizmlar rivojlanadi va
uning nafas olishi jadallashadi.

Don tarkibida erkin suv hosil bо‘lish darajasi

kritik namlik

deb yuritiladi. Don va dukkakli

don ekinlari doni 130°C da 40 min quritilib namligi aniqlanadi. Amalda don massasi namligini
aniqlashda SESH-ZS quritgich shkafidan, VP-4, VE-2, VE-2M, «Transgigro», «Kolos-1» markali
elektr quritgichlardan foydalaniladi.

Elektr quritgichlarning ishlash qonuniyati donning elektr о‘tkazuvchanligi va boshqa elektr

xossalari namligiga qarab har xil bо‘lishiga asoslangan. Donning namligi qancha yuqori bо‘lsa,
elektr о‘tkazuvchanligi ham shuncha yuqori bо‘ladi. Shunga qarab, ularning elektr
о‘tkazuvchanligi qay darajadagi namlikka tо‘g‘ri kelishini belgilab olib, shu asosda jadval tuziladi.
Elektr nam о‘lchagich donning elektr о‘tkazuvchanligini о‘lchaydi, uning namligi esa jadvalga
qarab aniqlanadi.

Don massasi turlari bо‘yicha kritik namlikdan past holda saqlanganda don tarkibidagi

barcha tirik komponentlar anabiotik holda bо‘ladi, ya’ni modda almashininsh jarayonlari, nafas
olish va boshqa barcha fiziologik jarayonlar keskin pasayadi. Don massasi bu usulda saqlanganda
xо‘jalik ahamiyatga ega bо‘lgan barcha kо‘rsatkichlari (unuvchanligi, texnologik belgilari) uzoq
muddatgacha tо‘liq saqlanadi. Tashqi sharoit omillaridan yaxshi muhofaza qilinib, tozalanib
saqlansa, donlarni omborlarda 4-5 yilgacha, siloslarda 2-3 yilgacha hech qanday qо‘shimcha
ishlov bermasdan saqlash mumkin.

Bu usulda saqlangan donlarda hamma vaqt kuzatuv ishlarini olib borish tavsiya etiladi,

chunki sal qulay sharoit tug‘ilsa don tarkibida zararkunanda va turli mikroorganizmlar rivojlanib,
don massasining о‘z-о‘zidan qizishiga olib keladi. Don massasini quruq holda saqlashda havoning
namligi juda katta ahamiyatga ega.

Don va dukkakli donlarning namligi 12-14% bо‘lganda omborlarda uzoq vaqt saqlanishi

mumkin. Moyli ekinlar doni esa tarkibidagi moyning miqdoriga qarab urug‘ning namligi 6-11%
bо‘lganda yaxshi saqlanadi.

Don massasini uzoq vaqt saqlashda uning namligini kamaytirish jarayoni, ya’ni uni quritish

muhim tadbir hisoblanadi.

Don massasini standart namlikka keltirishning turli usullari mavjud bо‘lib, xо‘jalik uchun

qaysi usul qulay, arzon bо‘lsa shu usuldan foydalanish tavsiya etiladi. quritish muddati faqatgina
quritish usullariga bog‘liq bо‘lib qolmasdan, balki dondagi namlik miqdoriga, uning katta-
kichikligiga hamda anatomik tuzilishiga ham bog‘liqdir. Masalan, grechixa bug‘doy doniga
nisbatan о‘zidan namni oson yoki tez chiqaradi, eng qiyin quriydigan donlarga esa dukkakli. donlar
kiradi.

Don massasini qizdirilgan havo, atmosferaning quruq havosi va quyosh nuri yordamida

quritiladi. Bundan tashqari don massasi turli xil sorbentlar (xlorli kalsiy, sulfat, natriy silikagel va
boshqa moddalar) yordamida quritiladi. Issiqlik yordamida quritishda vakuum, yuqori chastotali
tok, infraqizil nur, namligi sun’iy kamaytirilgan havodan keng foydalaniladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

108

Don massasi qaysi usulda quritilishidan qat’iy nazar, uning sifat kо‘rsatkichlari tо‘liq

saqlanishi lozim. Shu sababli don massasini quritishda uning fizik va fiziologik xususiyatlarini
hisobga olish kerak.

Don massasini quritish donchilik xо‘jaliklarida tabiiy va sun’iy issiqliklardan foydalanib

olib boriladi. Tabiiy usulda quritish quyosh nuri yordamida amalga oshiriladi. Bu usulda donni
quritish О‘rta Osiyoda keng qо‘llaniladi. Donni quyoshda quritishda uning yuza qismida
joylashganlari obdon quriydi, uning ichki qismdagilari esa yaxshi qurimaydi. Demak donni
quyoshda quritishda uning uyum qalinligi muhim ahamiyatga ega ekan. G‘alla ekinlari donini
quyoshda quritishda uning qalinligi 10-20 sm, dukkakli don ekinlari donini 10-15 sm, tariq doni
esa 4-5 sm qalinlikda yoyib qо‘yish tavsiya qilinadi.

Donni quritish uchun foydalaniladigan maydonchalar asfaltlangan yoki yog‘ochdan pol

qilingan bо‘lishi lozim. Donni sementlangan yoki brezent tо‘shalgan maydonlarda quritish tavsiya
qilinmaydi.

Quritish maydonchalari janubga qarab biroz qiyalikda bо‘lgani ma’qul bо‘lib, bunda

donning qurishi ancha tezlashadi. Donni quyoshda quritishda uni muntazam ravishda (har 2-3 soat
mobaynida) ag‘darib turish kerak. Agar donni quyoshda quritish texnologiyasi tо‘g‘ri amalga
oshirilsa, uning namligi bir kunda 1-3% ga kamayishi mumkin. Quritiladigan don massasi kechasi
albatta uyib brezent va boshqa material bilan yopib qо‘yilishi lozim.

Don massasini quyoshda quritish uning pishib yetilish jarayonini tezlashtiradi va saqlashga

chidamliligini oshiradi. Don massasi quyosh nurida ma’lum miqdorda sterilizatsiya bо‘ladi.
Mikroorganizmlar, hasharotlar va kanalar miqdori don massasida keskin kamayib ketadi.

Don massasini sun’iy usulda quritish g‘allachilik xо‘jaliklarida don quritish texnikasidan

foydalanib amalga oshiriladi. Donni sun’iy usulda quritish uni ruxsat etilgan isitish harorati,
havoning harorati va quritish texnikasining xususiyatlarini bilishni taqozo etadi.

Un qilinadigan donlarni 50°C gacha, javdar donlarini 60°C gacha qizdirish ruxsat etiladi.

Urug‘lik donlarni esa 45°C gacha qizdirish mumkin. Bunda qizdirilgan havoning harorati donning
namligiga qarab 55-70°C bо‘lishi lozim. Donning namligi qancha yuqori bо‘lsa, qizdirilgan
havoning harorati shuncha past bо‘ladi. Masalan, bug‘doy donining namligi 18% bо‘lsa, uni
quritishda havoning harorati. 70°C, namligi 26% bо‘lganda havoning harorati 60°C bо‘lishi
tavsiya etiladi.

Donni quritishda uning namni chiqarish xususiyati ham hisobga olinadi. Agar bug‘doy,

suli, arpa va kungaboqar urug‘ining nam chiqarish xususiyatini birlik qilib olsak, unda javdarniki
1,1, grechixaniki 1,25, tariqniki 0,8, makkajо‘xori 0,6, kо‘k nо‘xat, xashaki nо‘xat, yasmiq,
sholiniki 0,3-0,4, loviya va xashaki dukkaklilarniki 0,1-0,2 ga teng bо‘ladi.

Namligi yuqori bо‘lgan donlarni issiq havo bilan quritadigan bir necha xil don quritgich

mashinalar mavjud. Don quritgich mashinalar kо‘mir, о‘tin, torf va neft yoqilgilari bilan ishlaydi.
Don quritgich mashinalarning statsionar (SZS-8, SZSV-8, SZS-4) va g‘ildirakli aravachaga
о‘rnatilgan kо‘chma (SZPB-2) xillari bor. Ularning asosiy qismlari о‘txona, issiq havoni uzatuvchi
ventilyator, quritish barabani yoki shaxtasi, sovitish bо‘lmasi, donni yuklash va tushirish
uskunalari, harakatlantiruvchi uzatmalar va quritishni boshqarish sistemalaridan iborat. Don
quritgich mashinalari soatiga 2,4-8 t donni quritadi.

Donni sun’iy usulda quritilganda ham uning mikroflorasi sifat va miqdor jihatdan

о‘zgaradi. Don massasi quritilgangan sо‘ng bakteriyalar miqdori 3 marta, mog‘or


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

109

zamburug‘larining miqdori 7-8 marta kamayganligi isbotlangan. Shu bilan birga hasharotlar va
kanalar miqdori ham kamaygan.

Demak, bugungi kunda butun dunyoda hamda Oʼzbekistonda oziq-ovqat tanqisligi

sharoitida qimmatbaho don ekinlari yig‘ishtirib olingandan so‘ng uning massasini namligini bir
meyorga keltirish saqlash jarayonlarining normal kechishiga hamda qayta ishlashga yuborilganda
ham nobudgarchiliklar kamayishiga, mahsulot sifatining, ya’ni texnologik kо‘rsatkichlarining
yaxshilanishiga ham erishiladi

.

REFERENCES

1.

Oripov R., Xalilov N. Oʼsimlikshunoslik. Toshkent, 2006.-B.168-170.

2.

S. Tursunov, Z.M. Muqimov, B. Norinboev “Donni saqlash va dastlabki ishlash
texnologiyasi” Oʼquv qoʼllanma, Toshkent “Ijod-Press” 2019 y.

3.

Boʼriev X.Ch., Joʼraev R., Аlimov O. “Don mahsulotlarini saqlash va qayta
ishlash”, Darslik —T.: Mehnat, 1997. -250 b.

References

Oripov R., Xalilov N. Oʼsimlikshunoslik. Toshkent, 2006.-B.168-170.

S. Tursunov, Z.M. Muqimov, B. Norinboev “Donni saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” Oʼquv qoʼllanma, Toshkent “Ijod-Press” 2019 y.

Boʼriev X.Ch., Joʼraev R., Аlimov O. “Don mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash”, Darslik —T.: Mehnat, 1997. -250 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов