ABOUT THE IMPORTANCE OF USING STUDENTS IN HISTORY LESSONS AT SCHOOL

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Kamalova, S. (2023). ABOUT THE IMPORTANCE OF USING STUDENTS IN HISTORY LESSONS AT SCHOOL. Modern Science and Research, 2(6), 128–131. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20934
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article analyzes the importance of the organization of history lessons and the use of modern technologies in the educational process.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

128

MAKTABDA TARIX DARSLARINI O‘QUVCHILARGA KO’RGAZMALI

QUROLLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI HAQIDA

Kamalova Sayyora

Chilonzor tumani 201- maktab tarix fani o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8006542

Annotatsiya.

Ushbu maqolada tarix darslarini tashkillashtirish va ta’lim jarayonida

zamonaviy texnologiyalar qo’llab dars tashkillashning ahamiyati tahlil etilgan bo’lib, unda
ko’rgazmali qurollardan foydalanib dars samaradorligini oshirish ko’rib chiqilgan.

Kalit so’zlar:

tarix, dars, jarayon, ko’rgazmali qurollar, material, didaktika.

ABOUT THE IMPORTANCE OF USING STUDENTS IN HISTORY LESSONS

AT SCHOOL

Abstract.

This article analyzes the importance of the organization of history lessons and

the use of modern technologies in the educational process.

Key words:

history, lesson, process, visual aids, material, didactics.

О ВАЖНОСТИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ УЧАЩИХСЯ НА УРОКАХ ИСТОРИИ В

ШКОЛЕ

Аннотация.

В данной статье анализируется важность организации уроков

истории и использования современных технологий в образовательном процессе.

Ключевые слова:

история, урок, процесс, наглядные пособия, материал, дидактика.

O‘quvchilarning tarixiy tafakkuri ularning umumiy dunyoqarashining shakllanishi bilan

birgalikda boradi. O‘quvchilarning dunyoqarashida tarixiy tafakkurning rivojlanishi uning amaliy
faolligini ta’minlaydi.

Ya’ni, tarixan dunyoda mavjud bo‘lgan fan-texnika yangiliklarini o‘zlashtirishi bilan o‘z

faoliyatida yangilikka intilish o‘zida yaratuvchanlik faoliyatini shakllantiradi. O‘quvchi tarix
fanidan bilimlar asosini o‘zlashtirganda millatimiz va boshqa xalqlarning o‘tmish, kecha va
bugungi taraqqiyoti to‘g‘risidatushunchaga ega bo‘ladi.

Tarix ta’limi har bir odamga etnomilliy, umummilliy va umuminsoniy qadriyatlarni

o‘zlashtirishga yordam berishi lozim. Bu o‘quvchini shaxs, fuqaro, inson sifatida shakllanishiga
asos bo‘ladi. O‘quvchilar O‘zbekiston tarixi fanini o‘rganish davomida umuminsoniy
qadriyatlarni o‘zlashtirib boradi. Tarix darslari o‘quvchilarga tarixiy bilimlarni yetkazib beruvchi
vositagina emas, balki ularning ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllanib borishlarini ta’minlovchi
kuchli ta’sirga ega bo‘lgan omil hamdir.

Maktab tarix ta’limining zamonaviy konsepsiyasi tarixni tizimli o‘rganishni saqlab qoladi.

Lekin tarix uning tamoyillari asosida o‘rganiladi. Tarix o‘quvfani o‘rta maktabda gumanitar
fanlarning rivojlanishi uchun metodologik shart-sharoit yaratadi.

Tarix fanining ma’lumotlari, tushunchalari, atamalariva tamoyillari boshqa fanlarda ham

keng qo‘llaniladi, o‘z navbatida tarix fanida boshqa fanlardagi tushuncha, atamalardan
foydalaniladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

129

Tarix o’qitishning asosiy maqsadi, albatta o’tmish tarixni urganish va Vatanga sodiq

jamiyat kishisini tarbiyalashdan iborat. Tarixni o’qitish deganda-tarixiy material vatanga munosib
ruhda tarbiyalash va kamol toptirish vazifalarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan jarayon,
yangi o’qituvchi va o'quvchilarning aqliy ichki hamda o’quv harakatlari tashqi jarayoni
tushuniladi.

Darsning ko’rgazmali bo’lishi, uning o’quvchilardagi tayyor obrazlarga suyana bilishi,

o’quv materialini bayon qilish vaqtida ko’rgazmali qurollardan foydalanish va ko’rsatmali qurollar
vositasida o’quvchilarning bilish faoliyatini tezlashtirish hamda ularning o’rganilayotgan tarixiy
asoslarni voqea va hodisalarni aynan o’zini yoki ularning tasvirlarini ko’rish yordamida
o’rganishlari tushuniladi. Ko’rsatmali tasvirlar tarixiy fakt va hodisaarning tashqi ko’rinishigina
emas, balki ularning ichqi mohiyatni ham ochib beradi. Tarix o’qitishda ko’rsatmalilikning
ahamiyati tarixiy faktlarni, hodisalarni ko’rish organlari ishtirokida mushohada etish va ular
haqida aniq tasavvur hosil qilish bilan chegaralanmaydi, murakkab tarixiy hodisalarni,
tushunchalarni tushunib olishni ham yengillashtiradi, tarixni to'g’ri real tushunisha yordam beradi.
Demak, tarixiy voqealar takrorlanmaydi. Shuning uchun ham tarixiy bilimning muhim manbai
sifatida har xil ko’rsatmali qurollarni qabul qilamiz. Ular orqali tarixiy o’tmish gavdalantiriladi.
Faktlar konkretlashtiriladi.

Masalan: o’rta asr hunarmandchilik ustaxonasi bilan ingliz manufakturasining kartinasini

fabrika-zavod kartinalari bilan taqqoslash orqali ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarini, uning
qonuniyatlarini o’zlashtirishga bo’ladi. Ko’rsatmali o’qitish usulinazorat, qabul qilish, esda
saqlash, so’zlash malakalarini oshirishga yordam beradi.

Ko`rgazmali o`quv qurollari tashqi belgilariga ko`ra bosma, ekranli, tovushli o`quv

qurollariga bo`linadi. Lekin u ham tez-tez ishlatiladi, ular tarixiy tasvirning mazmuni va
xarakteriga ko'ra tasniflanadi, buning natijasida mavzu, rasm, shartligrafik ko'rinish ajratib
ko'rsatiladi. Kartalar. Siyosiy, tarixiy, geografik, iqtisodiy, sinoptik xaritalar ma'lum (ular jahon
sivilizatsiyalarining xronologik doirasini bir-biri bilan taqqoslab ko'rsatadi). Ushbu kartalarning
barchasi tarixni o'rganishda muvaffaqiyatli qo'llaniladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

130

Tarixiy xaritalar geografik asosda yaratilgan va voqealar yoki davrlar tarixining

qisqartirilgan umumlashtirilgan obrazli-belgili tasvirlari. Tarixiy xaritalar jo‘g‘rofiy xaritalardan
farqli o‘laroq, dinamik xarakterga ega bo‘lib, ular jarayon va hodisalarning dinamikasini ochib
beradi. Ular hududning qamrovi (dunyo, qit'a, davlatlar xaritalari), mazmuniga ko'ra (1. umumiy
ko'rinish - ma'lum bir davr voqealari aks ettirilgan), 2. umumlashtiruvchi - ma'lum joy va vaqt
ichidagi muayyan hodisa va hodisalar), 3. tematik - hodisa va hodisalarni o'rganish mavzulari,
masshtablar bo'yicha (katta, o'rta va kichik).

Ekran va ekran-tovush ko'rinishi orasida (texnik ta'lim vositalari) darslik va o‘quv

qo‘llanmalari bilan birgalikda kino, film lentalari, audiodisklardan foydalanishni qayd etamiz.
Slaydlar, shaffoflar, masalan, tarixning turli davrlarida yaratilgan me'moriy yodgorliklarni tahlil
qilish imkonini beradi.

Masalan: voqealikni kartina orqali bayon qilishni ko’rib chiqamiz.” Rossiyadagi birinchi

dehqonlar urushi” degan mavzuda qo’zg’olonning olib borilishini ochib berishda rassom
E.E.Lissnerning ”Moskva yonida Bolotnikovning dehqonlar armiyasi jangining boshlanishi”
kartinasidan foydalanimiz. Uni qo’yidagi faktlar bilan hikoya qilish mumkin: “Kartinada Nijnie
Kotlı selosida Moskva yonidagi hal qiluvchi jang ifodalangan. U 1606 y. 2- dekabrda bo’lib o’tdi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

131

O’ng tomonda otda turgan İvan Bolotnikovning o’zi. U Nijnie Kotlıdagi o’rnashgan dushman
tomonga otlanayotgan otliq kazak bo’linmalarini qutlamoqda. Piyodalar ham tez yurmoqda.
Qo’zg’olonchilarning har xil kiyimlari, qurollari aniq ko’rsatilgan. Dehqonlar qo’llariga tushgan
narsalari: bolta, pichoq va hokazolar bilan qurollangan. Ularning ko’pchiligini o’zlari yasashgan
yoki bo’lmasam Shuyskiy askarlari bilan bo’lgan jangda tortib olgan. Mana kartinada 3 ot bilan
tortib dushmandan olingan pushkani sudrab borayotir. Qo’riqchilarning birqanchasi tun, ayrimlari
yarim tun, ayrimlari esa mis shlem ham kiyishgan, oyoq kiyimlari ham har xil. Bitta kazak
orqalariga qo’llari bog’langan qo’lga tushgan ikkita dushmanni boshqaruvchiga olib borayotir. Bu
hikoya orqali o’quvchilar İvan Bolotnikov qo’zg’olonining mag’lubiyatga uchrash sabablarini
ham anglaydi. Masalan: qatnashganlarning ijtimoiy tarkibining har xilligi, mos darajada
qurollanish.

Tarix o’qitishda ijtimoiy guruhlarning, tarixiy shaxslarning tipik obrazlarini

shakllantirishda portretlar katta o’rin tutadi. Ular bilan ishlashda tavsifnoma, tarixiy shaxs hayoti
va xizmatlari haqida baen etiladi. Masalan: (”Jahon tarixi 7 sinf). Markaziy hokimiyatning
kuchayishi” (Fr,) degan mavzuda XVIII asrda Filipp da Shampen chizgan Kardinal Rishelening
portretini foydalanish mumkin. U 1624-1642 yillarda Frantsiyani idora qilib turgan Kardinal
unvonini olgan Rishele Frantsiyada kotolik cherkoviga boshchilik qilar va shu bilan bir vaqtda
qirolning birinchi vaziri edi.

Xulosa qilib aytganimida, amalga oshirilgan ishlar natijasida tarix darslarida

ko‘rgazmalilikning o‘rni beqiyos, degan xulosaga kelish mumkin. Tarixni ko`rgazmali o`qitishda
obrazli vositalar asosiy o`rinni egallaydi. Tarix darslarida rasm va multfilmlardan foydalanish
o‘quvchilarning xotirasini, tafakkurini, tasavvurini rivojlantirishga xizmat qiladi.


REFERENCES

1.

Abdulayev E.N. Tarixni o'qitishda ko'rinish va muammoli yondashuv, Maktabda tarix
o'qitish, 2014 yil. 2. G’affarov Ya.X, G’affarova M. O’zxbekiston xalqlari tarixini o’qitish
usullari.T., 1996

References

Abdulayev E.N. Tarixni o'qitishda ko'rinish va muammoli yondashuv, Maktabda tarix o'qitish, 2014 yil. 2. G’affarov Ya.X, G’affarova M. O’zxbekiston xalqlari tarixini o’qitish usullari.T., 1996

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов