THE USE OF AN IRONIC IMAGE MEDIUM IN THE NOVEL " PEOPLE IN HEAT

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Turdiyeva, Y. (2023). THE USE OF AN IRONIC IMAGE MEDIUM IN THE NOVEL " PEOPLE IN HEAT. Modern Science and Research, 2(6), 1191–1194. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21577
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article contains information about the use of the sarcastic image medium in the novel “people in heat”.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1191

“JAZIRAMADAGI ODAMLAR” ROMANIDA KINOYA TASVIR

VOSITASINING QO’LLANILISHI

Yulduz Turdiyeva

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO’TAU 2-bosqich tayanch doktaranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.8077790

Annotatsiya.

Ushbu maqolada “Jaziramadagi odamlar” romanida kinoya tasvir

vositasining qo’llanilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

Kinoya, yumoristik asarlar, Jaziramadagi odamlar, agronom, kinoyaviy

lavhalar, yuksak vatanparvar kuychisi, Adabiyotshunoslik asoslari.

THE USE OF AN IRONIC IMAGE MEDIUM IN THE NOVEL " PEOPLE IN

HEAT

Abstract.

This article contains information about the use of the sarcastic image medium in

the novel “people in heat”.

Key words:

irony, humorous works, people in the heat, agronomist, ironic plates, high

patriotic singer, fundamentals of Literary Studies.

ПРИМЕНЕНИЕ СРЕДСТВА САРКАСТИЧЕСКОГО ИЗОБРАЖЕНИЯ В

РОМАНЕ "ЛЮДИ В ЖАРЕ"

Аннотация.

В этой статье представлена информация о применении средства

саркастического изображения в романе” Люди в жаре".

Ключевые слова:

Ирония, юмористические произведения, люди в жаре, агроном,

саркастические кадры, высокий патриотический певец, основы литературоведения.

Ilmiy adabiyotlarda kinoyaga turlicha ta’rif keltiriladi, xususan, To’xta Boboyevning

“Adabiyotshunoslik asoslari” darsligida: “Kinoya (yunon. Eironeio – bilib bilmaslikka olish) –
inkorning bir ko’rinishi bo’lib, tasvir ob’yekti ustidan kesatish, qochiriq yo’li bilan yashirin kulish,
piching. Kinoya ikki xil (fosh qiluvchi va shunchaki qochiriq, yengil kulgi) bo’ladi. Hajviyotda
fosh qiluvchi sarkazm kinoya bo’lsa, yumoristik asarlarda quvnoq kulgi, piching, shunchaki yengil
qochiriqlar) bo’ladi” [1:150-bet]. “Jaziramadagi odamlar” romanida kinoyaning birinchi, ya’ni
fosh qiluvchi – sarkazm turi yetakchilik qiladi.

Muallif bu vosita orqali ayrim kishilarning salbiy xarakter jihatlarini, kamchiliklarini fosh

qiladi, jamiyatdagi yozilmagan qonun-qoidalarni tanqid ostiga oladi, kishilarning hayotida
ularning xohish-istaklari emas, mana shu qoidalar hukmronligiga kinoya orqali ishora qiladi. Asar
qahramonlaridan Ulash agronom xarakteriga xos xususiyatlar, ayniqsa qusurlari haqida bir
muncha xulosaga ega bo’lgan kitobxon uchun uning yaltiroq, shishirilgan sharga o’xshash
balandparvoz gaplari, nodoatiy ishlari yangilik bo’lmasligi mumkin, lekin yozuvchi
qahramonining bu xarakteri, dunyoqarashi, o’zini tutishidan foydalanib, kinoya, sarkazm qilish
orqali kishilardagi ayrim illatlarni ustidan achchiq kuladi: “Yuksak vatanparvar kuychisi,
motamsoro ayolning aljirashlari chin chiqib, hali boshlamagan dostoni chala qolishidan
cho’chiganmi, yo hukumat sha’ni toptalganidan ozorlanganmi, har qalay, og’ir-ezgin xayollarga
cho’mibdi. Cho’ma-cho’ma, go’yo davlat sha’niga tomgan dog’ni yuvib tashlashga oshiqqanday,
uch-to’rt piyola limmo-lim aroqni ketma-ket sipqorib yuboribdi” [2:161-bet].

Askarlikdagi O’roqning to’satdan yuz bergan o’limi har qanday onaizorni ezib qo’ygani

kabi Xosiyat xolani ham telba holiga keltirib qo’yayozgandi. Shu boisdanmi, farzandining


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1192

tirikligiga sabab bo’luvchi zarracha umiddan ham najot kutib, boshqalar bilan o’g’lining tirik
bo’lishi mumkinligi haqidagi o’z taxminlari, xayollarini baham ko’ruvchi ona kishilar nazdida
telbaga aylangan, o’glining askarlikka xiyonat qilib qochgan bo’lsa-da, tirik kelishiga umid
bog’lagan bu onaga ba’zi “vatanparvar” hamqishloqlari “sotqin” sifatida qaray boshlashadi.
Ularning munosabatini muallif umumiy qilib, agronomning kinoyaviy holatida ochib beradi.
Shuningdek, kishilar uchun balandparvozlik hislari, chin insoniy rishtalardan ustun turishi, ba’zi
shaxslar atrofdagilarning fojeasi, g’amidanda o’z manfaatida foydalanib qolishga harakat qilishi
bu kinoyalar zamiriga yashirinadi.

Zero, O’roqning o’limidan qahramonlik, Xosiyat xolaning azasidan motamsoro ona, yosh

beva Lolaning achchiq qismati sadoqatli yosh beva timsollarini yaratib, ular haqida doston
yozishni lof urib va’da qilgan, buning orqasidan o’z obro’sini oshirishni, shoirlik cho’qqisini zabt
etishni maqsad qilgan shu – Ulash agronom emasmi!? “Uslub hodisasi bo’lmish kinoyaning
voqelanishida nutq ohangi, turli ekstralingvistik omillar (imo-ishora, mimika, poza) muhim rol
o’ynaydi. Biroq uni yuzaga keltiruvchi asos ziddiyat bo’lib, bu va yashirin kulgining mavjudligi
uning ko’chim sifatidagi kinoya bilan mushtarak xususiyatidir” [3:16-bet].

Darhaqiqat, o’zining dissertatsiyasida kinoya haqida keng fikr yuritgan Mashhura

Sheraliyeva kinoyani yuzaga keltiruvchi, badiiy kuchini ta’minlovchi omillar haqida ham to’xtalib
o’tadi. Aynan, kinoyaning zamiridagi jamiyatga, ijtimoiy muhitga, odatlarga yoxud kishilardagi
xarakter xususiyatlarga bo’lgan ziddiyatli tasviri va uning zamiridagi achchiq kulgu yozuvchi
badiiy niyatini ifodalashda qo’l keladi. Xususan, asar boshida xiyonatdan jabr ko’rgan qiz obrazini
yaratgan Shabnamning O’roqdan keyingi chin sevgisi bo’lmish Sherbekkada jafo qilib, boshqasiga
turmushga chiqish voqealari mahorat bilan kinoya qilinadi. Bunda muallif, aslida yozganlarini
teskari, ya’ni zid ma’nosini nazarda tutgan holda, biroz kesatiq, biroz samimiy kulgu bilan
voqealarni yanada qiziqarli va ta’sirliroq qilib tasvirlaydi, agar yozuvchi Shabnamdagi bu
vaziyatni to’g’riligicha, hikoya yo’li bilan yoritib berganida, uning zamiridagi asl ma’nosi
bunchalar kuchli ta’sirga ega bo’lmas va o’quvchini ham o’ziga jalb etolmasdi.

Shu boisdanmi, asardagi har bir katta yoxud kichik obraz kitobxon diqqatidan chetda

qolmaydi, ularning ham taqdiri kitobxonni befarq qoldirmaydi. “Uzun quloq gap-so’zlarga
qaraganda, ko’pdan beri Qalqonov muallimning eshigidan sovchilar arimay qolgan ekan!
Shabnam Sherbek Chinoriyga bo’lgan sevgisiga sadoqatidanmi, yo erlikka da’vogarlar ichida
pichoqqa ilashadigani yo’qligidanmi, ishqilib, har gal ko’z yoshu dod-faryodlar to’foni bilan
sovchilar to’dasini to’zg’itib yuborar ekan. Hatto, maslahatu nasihatlarga chog’langan xolalariga,
“sevganim bor”, degan emish mag’rur. Sevgani borligi erga tegishiga nechuk xalaqit berishini
hech tushinolmay xolalarning ham obdon boshi qotibdi ancha payt.

Nihoyat, qay bir cho’l posyolkasida yashovchi, qay bir institutni bitirish arafasida turgan

qay bir qarindoshidan sovchilar kelibdiyu…qarshilik qurbi quriganidanmi, xolalarning boshini
qotirgan haqli savol allaqachon uning boshini bo’shashtirib qo’yganmi, har nechuk, Shabnam zor-
zor, chun abro’ navbahor yig’lab, ohu nolalar chekib, noiloj rozilik bildiribdi! ” [2:178-bet]. Bu
kinoyaviy tasvir, nafaqat, Shabnamning ichki dunyosi, qarashlariga oyna tutar, shuningdek, ba’zi
yoshlarning “sevgi” deb atalmish sof tuyg’uga qanday munosabatda ekanligini, chin
kechinmalarning qadri qanchalik bo’lib qolganini ham namoyon etar edi.

Luqmon Bo’rixonning kinoya tasvir vositasidan foydalanishdagi o’ziga xos usuli

shundaki, yozuvchining kinoyalari o’xshatish, qiyoslash, mubolag’a bilan qorishib ketadi. Muallif


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1193

mavjud holatni o’quvchi ko’z oldida yanada jonli, yanada ta’sirli namoyon etish maqsadida bir
nechta tasvir vositalaridan joyida va samarali foydalanadi. Misol uchun, sovxoz direktori Chinor
Moyliyevning, aslida bir oyog’i oqsoq bo’lishiga qaramasdan mustahkam va bahaybat daraxt nomi
bilan atalgan, familiyasini esa mansabiga monand kinoya tarzida tanlangan qahramon, nojo’ya
xatti-harakatlarini oshkor etar ekan, uning harakatlarini kinoyali tarzda Chinor ismiga, balki
daraxtiga qiyoslaydi: “Ha, ha, Chinor Toshtemirovich jazirama saratonda bir guvranib chinakam
chinorday qad rostlagandan beri, chinorday quloch yoyib, qo’yin-qo’njini to’ldirishga kirishib
ketdi” [2:201-bet].

Asarda kinoyaviy lavhalar, ayniqsa, qahramonlarning xulq-atvorini, ichki dunyosini ochib

berishda samarali vosita bo’lib keladi, muallif bu bilan asarning ham o’qimishliligini, ham
saviyasini oshiradi. Jumladan, asardagi o’zgacha qahramonlardan biri, O’roqning ukasi Ashur
polvon obrazi kitobxon nigohida o’zining balandparvoz gap-so’zlari va bunga xos soxta viqorli
harakatlari bilan ichi bo’sh, shishirilgan pufak kabi gavdalanadi. Romandagi Ashur bilan bog’liq
voqealarning deyarli barchasi, sarkazm va pichingga yo’g’rilgani qahramonning o’zgachaligini
yanada isbotlaydi.

Xususan, uning “to’yning madaniy qism”iga yakun yasovchi harakatlari-yu, xanjar bilan

tomosha ko’rsatib, marhum akasining xunini olishga va’da berib, lekin nimagadir “esidan chiqib
qolgan” qasami yoxud kurash maydonida “akamning ruhini”, deya mag’lubiyatini-da g’alabaga,
shon-shuhratga aylantirgan sahnalari barcha-barchasi yengil kesatiq, achchiq kinoya mahsulidir.
Asar boshida uning bu qusurlari oshkora tanqid qilinmagan bo’lsa-da, voqealar so’ngiga borib,
hikoyachi bola – Samadning aqli o’sgani sayinmi, bu qusurlarga oshkora ishora qilina boshlanadi:
“Biz – uch mehmon, uch muxlis bir-birimizga hangu mang tikilardik.

Chor atrofda Ashurni olqishu tahsinlarga ko’mib tashlashayotganidan quvonishimizni

ham, bemahalda naq g’alabaning beliga tepgan qahramon o’g’lon xotirasidan xafa bo’lishimizni
ham bilmasdik. Jo’ralarimdan ko’zimni olib qochdim. Qaroqlarim osmonga qadaldi. Nazarimda,
qop-qora osmonda g’uj-g’uj yulduzlar emas, bir siltovda tizzalab qolgan Ashurning ko’zlaridan
sachrab ketgan uchqunlar ayyorona jimirlar edi” [2:225-bet]. Asarda yana bir qahramon borki,
Lolaxonning achchiq qismatiga, uning beva ayolga aylanib qolganidan ko’ra, qishloqdoshlari
tomonidan sadoqat timsoliga aylantirib qo’yilib, insoniy his-tuyg’ulari, xohish-istaklari majburan
“unuttirilgan” ayol qiyofasini yanada ochib berilishiga xizmat qilgan.

Samad bu qahramon harakatlarini hikoya qilar ekan, gohida faxr, gohida nafrat bilan unga

ta’riflar berib o’tadi, ayniqsa, shoirning ba’zi nojo’ya harakatlarini kulgili bir kinoya bilan, yo’l-
yo’lakay, go’yo bularni mavzuga aloqasi yo’qdek qistirib o’tadi, bunda yozuvchi aslida uning bu
qiliqlarini tanqid qilishdan yirog’-u lekin, o’quvchi bilib qo’ysa foydadan holi emasdek tassurot
qoldiradi: “Shunqor Hobil ko’zimga baloday ko’rinib qoldi. Yo’q, yo’q, har uchraganda adabiyot,
tarix fani bo’yicha ezmalanib, savollarga ko’mib tashlaganidan, ikki-uch marta qaygo’rdagi ariqqa
yiqilib velosipedimni mayib qilganidan, ziyofatlardan yarim tunda otam ikkovi mast-alast qaytib
bezovta qilganidan emas, men uni boshqa aybi uchun yomon ko’rib qoldim” [2:264-bet]. Xulosa
qilib aytganda, “Jaziramadagi odamlar” romani Qozoqboy Yo’ldoshev ta’rif berganlaridek
“boshdan oyoq kinoyaga yo’grilgan” asardir, bu nafaqat asarning o’qimishliligini oshirgan, balki,
yozuvchining badiiy mahoratini, kinoya tasvir vositasidan foydalanishdagi uslubiy o’ziga
xosligini ham namoyon etgandir.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1194

REFERENCES

1.

Бобоев Тўхта. Адабиётшунослик асослари. Олий ўқув юртларининг филология (ўзбек
тили ва адабиёти)факултетлари талабалари (бакалаврият босқичи) учун дарслик.
Масъул муҳаррир: С. Мамажонов. 2-нашр, қайта ишланган ва тўлдирилган. – Т.:
“Ўзбекистон”, 2001. 560 б.

2.

Луқмон Бўрихон «Жазирамадаги одамлар»: Роман. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги
нашриёт – манбаа ижодиий уйи, 2012. – 324 б.

3.

Шералиева Машҳура. Ҳозирги ўзбек насрида киноя (ижтимоий-психологик омилларб
поэтик тизимдаги ўрни) филология фанлари бўйича фалсафа доктори даражасини
олиш учун тайёрланган диссертатсия. Тошкент шаҳри – 2017-йил.

4.

Адабиёт назарияси, 2 томлик. II том (Адабий-тарихий жараён). Тошкент, Ўзбекистон
ССР «Фан нашриёти». 1979. 448-бет.

5.

Қуронов Д. Адабиётшунослик луғати / Д.Қуронов, З.Мамажонов, М.Шералиева. –
Тошкент: Akademnashr, 2013. – 408 б.

6.

Abdurauf Fitrat; Mas’ul muharrir B.Qosimov; Nashrga tayyorlovchi va izohlar muallifi H.
Boltaboyev. – T.: «Ma’naviyat», 2009. – 336 б.

7.

Эркин Худайбердиев. Адабиётшуносликка кириш: Олий ўқув юртлари учун дарслик.
– Т.: «Шарқ», 2008. – 368 б.

8.

Ҳ. Каримов «Ўзбек романларининг тараққиёт тамойиллари»: Услубий қўлланма. – Т.:
Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси, 2008 й. – 124 б.


References

Бобоев Тўхта. Адабиётшунослик асослари. Олий ўқув юртларининг филология (ўзбек тили ва адабиёти)факултетлари талабалари (бакалаврият босқичи) учун дарслик. Масъул муҳаррир: С. Мамажонов. 2-нашр, қайта ишланган ва тўлдирилган. – Т.: “Ўзбекистон”, 2001. 560 б.

Луқмон Бўрихон «Жазирамадаги одамлар»: Роман. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт – манбаа ижодиий уйи, 2012. – 324 б.

Шералиева Машҳура. Ҳозирги ўзбек насрида киноя (ижтимоий-психологик омилларб поэтик тизимдаги ўрни) филология фанлари бўйича фалсафа доктори даражасини олиш учун тайёрланган диссертатсия. Тошкент шаҳри – 2017-йил.

Адабиёт назарияси, 2 томлик. II том (Адабий-тарихий жараён). Тошкент, Ўзбекистон ССР «Фан нашриёти». 1979. 448-бет.

Қуронов Д. Адабиётшунослик луғати / Д.Қуронов, З.Мамажонов, М.Шералиева. – Тошкент: Akademnashr, 2013. – 408 б.

Abdurauf Fitrat; Mas’ul muharrir B.Qosimov; Nashrga tayyorlovchi va izohlar muallifi H. Boltaboyev. – T.: «Ma’naviyat», 2009. – 336 б.

Эркин Худайбердиев. Адабиётшуносликка кириш: Олий ўқув юртлари учун дарслик. – Т.: «Шарқ», 2008. – 368 б.

Ҳ. Каримов «Ўзбек романларининг тараққиёт тамойиллари»: Услубий қўлланма. – Т.: Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси, 2008 й. – 124 б.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов