COMMENTS ON ARTISTIC STYLE

HAC
Google Scholar
To share
Turdiyeva, Y. (2023). COMMENTS ON ARTISTIC STYLE. Modern Science and Research, 2(9), 104–107. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24267
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the concept of style and its essence are thoroughly analyzed. Throughout the article, comments about the artistic style were made.


background image



104

BADIIY USLUB HAQIDA MULOHAZALAR

Yulduz Turdiyeva

Alisher Navoiy nomidagi ToshDO’TAU

2-bosqich tayanch doktaranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.8386307

Annotatsiya.

Mazkur maqolada uslub tushunchasi va uning mohiyati atroflicha tahlil

qilingan. Maqola davomida badiiy uslub haqida mulohazalar keltirib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

uslub tushunchasi, badiiy uslub, ijodkor uslubi, nodir asarlar.

COMMENTS ON ARTISTIC STYLE

Abstract.

In this article, the concept of style and its essence are thoroughly analyzed.

Throughout the article, comments about the artistic style were made

.

Key words:

concept of style, artistic style, creative style, rare works.

КОММЕНТАРИИ К ХУДОЖЕСТВЕННОМУ СТИЛЮ

Аннотация.

В данной статье подробно анализируется понятие стиля и его

сущность. На протяжении всей статьи делались замечания по поводу художественного

стиля.

Ключевые слова:

понятие стиля, художественный стиль, творческий стиль,

редкие произведения.

Hamma davrlarda ham uslub, bu xoh ijodkor uslubi, xoh asar uslubi bo’lsin, adabiyot

uchun, uning muvaffaqiyati uchun muhim ahamiyatga ega bo’lib kelgan. Zero, bugungi kundagi

nodir asarlar, asrlarni-da ortda qoldirib kelib, o’z muxlislarini yo’qotmayotgan ijod mahsullari,

ijodkorning yodini-da boqiy qilishga xizmat qilgan badiiy durdonalar tom ma’noda uslub hodisasi

mahsulidir. Badiiy uslub haqida so’z yuritar ekanmiz, Abdurauf Fitratning uslub haqidagi

mulohazalariga to’xtalib o’tishimiz joizdir, zero, uslub haqidagi o’zbek adabiyotshunoslari

tomonidan qilingan izchil nazariy ta’rif yoxud izohlar Fitratning “Adabiyot qoidalari” asaridan

boshlanadi desak, yanglish bo’lmaydi. “Yuqorida so’yladik: butun o’zbek yozg’uchilarining

ifodalari o’zbekcha bo’lg’ani holda har birining o’ziga maxsus bir uslubi bordir. Biroq, uslubdag’i

bu hol tuban, kuchsiz adib – yozg’uchining asarlarida o’zini ochiq ko’rsata olmaydir. Kuchsiz

yozg’uchilarning uslublari bir-biriga o’xshab qoladir. Ular oddiy uslubda, umumiy til uslubida

yozadir. Shoir – yozg’uchi san’atkorlikda ko’tarila borgani sayi(n) o’ziga maxsus bir uslub yarata

boshlaydir. Shoirning xayol, o’y, tushunish shakllari tugal, komil bo’lg’ach, o’ziga yarasha bir

uslub borliqqa chiqqan bo’ladir” [1:17]. Ta’rifdan anglashilib turibdiki, uslubning kuchi, ta’siri


background image



105

yozuvchining, asarning muvaffaqiyatini ta’minlashda asosiy o’rin tutadi. Har bir shaxsning

takrorlanmas DNKsi kabi uslub ham alohidalik kasb etib, muallifining har bir ijod mahsulida o’z

izini qoldiradi. Yana bir e’tiborli jihat shundaki, ijodkor o’sgani sari uslubning ham rivojlanib

borishi izohda keltirib o’tiladi, demak, badiiy uslub yozuvchi bilan birga o’sishda va izlanishda

bo’ladi. Darhaqiqat, yozuvchilarning ilk nashrdan chiqqan hikoya yoxud romanlari bilan yetuklik

davriga yetgan asarlarini solishtirar ekansiz, muallifning asardan-asarga yuksalib borganiga guvoh

bo’lasiz. “Mabodo avtor o’z uslubiga ega bo’lmasa, uning yozuvchiligi to’g’risida gap bo’lishi

ham mumkin emas. Agar uning o’z tili, uslubi shakllangan bo’lsagina yozuvchiligiga umid

bog’lash mumkin. Shundan keyingina bu ijodkor yaratgan asarlarning boshqa tomonlari to’grisida

fikr yuritish mumkin bo’ladi. Chunki asarning nutq tuzilishida badiiy uslubning barcha fazilat

hamda xususiyatlari mujassamlashgan bo’ladi”[2:8]. Ijodkor kuzatishlari mobaynida tabiatning

kichik hodisalaridan tortib, kishilar hayotida yuz bergan turli voqea-hodisalarning mayda

detallarigacha diqqatini qaratadi, ularning orasidan e’tiborini tortgan, muhim deb bilgan jihatlarni

asari g’oyasini yoxud mazmunini ifodalashda foydalandi, boshqa bir ijodkor qalamga olgan

mavzuni o’z uslubida, go’yo yangi “hodisa”dek tasvirlaydi, bu esa albatta uning mahoratiga

bog’liq. Shu boisdanmi, necha turfa janrlarga mavzu bo’lgan, ne-ne ijodkorlar tomonidan

kuylangan sevgi, sadoqat kabi mavzular haligacha o’lmas, dilga yaqindir. Shuningdek,

adabiyotshunos olim Hamidulla Boltaboyev o’zining “Nasr va uslub” kitobida uslub xususida

chuqur nazariy mulohazalar yuritar ekan, uslubning o’rganilish tarixidan tortib, unga doir qilingan

ishlar haqida ham bir muncha ma’lumot keltirib o’tadi. Muallif uslubning turli davrlarda turlicha

talqin qilinganiga, turli jihatdan nomlanganiga alohida to’xtaladi va uslub haqida so’z yuritishdan

avval, uning ikki ma’nosini farqlab olish lozimligini uqtiradi: “Shuni ham ta’kidlash joizki, uslub

tushunchasini “umuman” (barcha yuqoridagi ma’nolarini birlashtirgan holda) o’rganib bo’lmaydi,

“uslub” so’zini qo’llashdan avval u badiiy asarga nisbatan aytilyaptimi yozuvchining ijodiy o’ziga

xosligi nazarda tutilyaptimi va yoxud boshqa ma’nolarda kelyaptimi farqlab olish zarur ” [3:4].

Darhaqiqat, ma’lum bir asar ijodkorning iste’dodini, o’ziga xos yo’nalishini aks ettirsa, boshqa bir

asarda muallif faqatgina shu asarga xos va mos bo’lgan usulni, uslubni qo’llaydi va bor mahoratini

bir asarida keng namoyon eta olmasligi mumkin. Shuning bilan birga, shunisi e’tiborliki, ijodkor

yaratayotgan ijod mahsuliga o’zidagi borini beradi, imkoniyati doirasida o’zidagi eng yaxshilarini

sarf etadi va o’z navbatida asar muallifning mehnati mevasi, tajribasi mahsuliga aylanadi, shunday

ekan, asar bunda nafaqat o’z uslubini, balki ijodkor uslubinida o’zida namoyish etib boradi. Bir

so’z bilan aytganda, yozuvchi yoxud shoir o’z ijod mahsulida o’z uslubi va asari uslubini

birgalikda namoyon etadi. Adabiyotshunos olim yozganlaridek: “Demak, uslub tushunchasini


background image



106

dastkabki ikki ma’nodan birida qo’llayotganda (adib uslubi) ijodkor iste’dodining betakror tabiati,

ijodiy qiyofasi (manerasi) va o’ziga xosligini nazarda tutmoq, uslub so’zini ma’lum bir asarga

nisbatan ishlatayotganda o’sha janr va shakl xususiyatlarini ham inobatga olmoq lozim bo’ladi”

[3:4]. Umuman olganda, asar uslubi va ijodkor uslubini ayro holda tasavvur qilib bo’lmaydi,

muallif yaratayotgan asarining she’r yoxud hikoya ekanligiga ko’ra, uning janriga mos bo’lgan

ma’naviy boyligidan foydalanadi, gohida tufondek keluvchi tuyg’ular shijoatini nasrga

sig’dirolmasa, ba’zan nazm berolmagan qulay muhitni boshqa janrdan topadi, har ikki holda ham

asosiysi, ijodkor o’z individualligiga ko’ra qalam tebratadi. Bundan tashqari, Hamidulla

Boltaboyev badiiy uslubning shakllanishi va unga ta’sir etuvchi omillar haqida yozar ekan, davr

uslubi va milliy uslubni alohida tahlilga tortadi, davr uslubi, ya’ni zamonaviy uslubning

adabiyotdagi ma’lum bir ko’zga ko’ringan davrga nisbatan tor doirada qo’llanilishini, milliy uslub

esa badiiy uslubning shakllanishi, rivojlanishida alohida ahamiyatga ega ekanligini asosli fikrlar

bilan dalillab beradilar. “Yozuvchi uslubi qanchalar yorqin va o’ziga xos bo’lsa, uning milliy

o’zagi ham shunchalar chuqur va o’sha xalq madaniyati uchun ahamiyatli bo’ladi. Demak,

uslubning shakllanish jarayonida yoki shakllangan uslubning zohir bo’lishida o’z milliy adabiyoti

tajribasi, xalq ijod an’analari, urf-odatlar, til xususiyatlari, mahalliy ruh kabi ko’p jihatlarga e’tibor

berish qilishga to’g’ri keladiki, bularning barchasi “milliy uslub” tushunchasi “davr uslubi”ga

nisbatan ancha yorqin, o’ziga xos sifatlari bilan ajralib turadigan hodisa ekanini, uni

uslubshunoslikda ilmiy muomalaga kiritish, har davr adabiyotining o’ziga xos jihatlaridan kelib

chiqqan holda uning boyib boorish tadrijini kuzatish va bu borada nazariy umumlashmalarga

kelish o’zbek adabiyotshunosligi zimmasidagi vazifalardan biridir degan umumlashma qilishga

asos beradi”[3:9,10]. Darhaqiqat, badiiy uslub tom ma’noda milliy uslub tushunchasi bilan

chambarchas bog’liqdir. Zero, har qanday badiiy asarni oladigan bo’lsak, unda muallifning o’zi

tug’ilib o’sgan joyining hidi, ifori keladi, asar voqealariga bu hududning urf-odatlari, rasm-

rusumlari qorishiq holda tasvirlanadi, qahramonlarining ruhiyatida, kayfiyatida istaysizmi yo’qmi

ijodkorga yelkadosh insonlarning izlari aks etadi, axir ijodkor go’dakligidayoq onasidan ilk xalq

og’zaki ijodi namunalari bo’lmish sehrli alla, sirli voqealarga, qahramonlar boy ertaklar,

momolaridan turli kuy-qo’shiqlarni eshitib ulg’ayarkan, uning ma’naviy olami, avvalo, shulardan

oziqlanib shakllangani oddiy haqiqatdir, shu boisdanmi u o’z-o’zidan mavjud borliqdan, atrofidan

ilhomlanib ijod qiladi. Bir nechta o’tkir so’zli adabiyotshunoslarimiz ta’biri bilan aytganda,

insonning ijtimoiy hayotini, ichki tug’ularini, ruhiy olamini asarlarida ilk marotaba bosh mavzu

qilib, ko’plab asarlar yaratgan Luqmon Bo’rixonning “Jaziramadagi odamlar” romani ijodkorning

individual uslubini yorqin namoyon eta olgan asarlardan biridir. Asarda muallifning o’ziga xos


background image



107

yo’nalishi uning mavzu tanlashidan tortib asar tiligacha o’z aksini topadi. Garchi, asar markazida

hammaga tanish bo’lgan sevgi, vafo, urush mavzulari tursada, bu safar muallif bu inja

tuyg’ularning zamirida tamoman o’zgacha bo’lgan sirlarlarni oshkor qiladi. Shu kunga qadar ochiq

tan olinishi uyat, nomus deb hisoblangan, insonning asliy tuyg’ulari, xohish-istaklari yuqori

pog’onada bo’lishi lozimligi achchiq tanqid qilinadi. Romanning ham, muallifning ham o’ziga xos

uslubi aynan shu yerlarda aks etadi. Mardlik, qahramonlik timsoliga “majburan” aylantirilgan

O’roqning asl insoniy xohishlari: armiyaga borib, uzoq muddat olislarda xizmat qilishdan ko’ra,

vaqtini, umrini oilasi, farzandi davrasida o’tkazishni afzal ko’rishi, har xil ilmiy suhbat-u ishdagi

muammolardan ko’ra, yosh chaqalog’ining ahvoli barchasidan ustun turishi muallif tomonidan

oddiy, bo’lishi kerak bo’lgan bir hodisa sifatida tasvirlanadi, odamlar tomonidan nomaqbul

hisoblangan bunday harakatlar boshqa qahramonlar tomonidan qoralansa-da, muallifning o’zi

O’roqning fikrlarini yoqlaydi, uning oddiy inson, yosh ota, yosh oshiq sifatidagi oddiy xohishlarini

to’g’ri qabul qiladi yoxud sadoqat timsoliga aylangan, yosh beva qolgan Lolaxonning

qishloqdoshlari tomonidan e’zozlanib, ardoqlanib yashashiga qaramasdan, uning hali ayol bo’lib

baxtli yashashga, mehr ko’rishga haqli ekanini tan oladi, o’z haqiqati tufayli bu qahramonini

qurbon ham qiladi. Asarda Luqmon Bo’rixon bu qahramonlarini kamchiliklardan, qusurlardan holi

bo’lmagan, o’zi istagandek yashash huquqiga ega bo’lgan oddiy insonlar sifatida tasvirlar ekan,

ularning o’z yaqinlari tomonidan mana shu insoniy xohishlaridan mahrum qilgan holda, o’zi

istagandek emas, boshqalar istagandek yashash qoidasiga bo’ysundirishga urinishi tufayli halok

bo’lganini ham ko’rsatib beradi. Muallifning individualligi, o’ziga xos romaniy tafakkuri

shundaki, u barcha ijodkorlar tomonidan kuylangan mavzularning achchiq haqiqatlarini-da

ko’rsatib berishdan qo’rqmaydi, shuningdek, eng asosiysi, insonning insoniy tuyg’ulari, xohishlari

bilan tirikligini, shu jihatalari bilan u ulug’lanishi lozimligini kitobxonga uqtiradi.

REFERENCES

1.

Abdurauf Fitrat; Mas’ul muharrir B.Qosimov; Nashrga tayyorlovchi va izohlar muallifi H.

Boltaboyev. – T.: «Ma’naviyat», 2009. – 336 б.

2.

Йўлдош Солижон Нутқ ва услуб. Адабий – танқидий нашр. Тошкент «Чўлпон»

нашриёти, 2002

3.

Ҳамидулла Болтабоев «Наср ва услуб» Тошкент, «Фан» 1992 104 б

4.

Луқмон Бўрихон «Жазирамадаги одамлар»: Роман. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги

нашриёт – манбаа ижодиий уйи, 2012. – 324 б.

5.

Ўрол Носиров «Образларда услуб жилолари» Тошкент, «Фан» 1991 196б

References

Abdurauf Fitrat; Mas’ul muharrir B.Qosimov; Nashrga tayyorlovchi va izohlar muallifi H. Boltaboyev. – T.: «Ma’naviyat», 2009. – 336 б.

Йўлдош Солижон Нутқ ва услуб. Адабий – танқидий нашр. Тошкент «Чўлпон» нашриёти, 2002

Ҳамидулла Болтабоев «Наср ва услуб» Тошкент, «Фан» 1992 104 б

Луқмон Бўрихон «Жазирамадаги одамлар»: Роман. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт – манбаа ижодиий уйи, 2012. – 324 б.

Ўрол Носиров «Образларда услуб жилолари» Тошкент, «Фан» 1991 196б

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов