SEMANTIC DEVELOPMENT OF SOME UZBEK BOTANICAL TERMS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Sultonova, K. (2023). SEMANTIC DEVELOPMENT OF SOME UZBEK BOTANICAL TERMS. Modern Science and Research, 2(6), 1131–1133. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21659
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides information about the semantic development of some uzbek botanical terms.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1131

AYRIM O‘ZBEK BOTANIK TERMINLARINING SEMANTIK TARAQQIYOTI

Sultonova Kibriyoxon Faxriddin qizi

NavDPI doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.8073262

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ayrim o‘zbek botanik terminlarining semantik taraqqiyoti

haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

botanik terminlar, terminologik leksika, terminlar terminotizmi, o‘simlik

hayot manbai, metatili va ilmiy tadqiqotlar.

SEMANTIC DEVELOPMENT OF SOME UZBEK BOTANICAL TERMS

Abstract.

This article provides information about the semantic development of some uzbek

botanical terms.

Key words:

botanical terms, terminological lexicon, termnotism of terms, Plant life source,

metalanguage and scientific research.

СЕМАНТИЧЕСКОЕ РАЗВИТИЕ НЕКОТОРЫХ УЗБЕКСКИХ БОТАНИЧЕСКИХ

ТЕРМИНОВ

Аннотация.

В данной статье представлена информация о семантическом

развитии некоторых узбекских ботанических терминов.

Ключевые слова:

ботанические термины, терминологическая лексика,

терминотизм терминов, растительный источник жизни, метаязык и научное
исследование.


Muayyan adabiy tilning so‘z boyligi o‘z tarkibida maxsus tushunchalarni ifodalovchi

terminologik leksikani ham qamrab oladi. Umumiste’moldagi so‘zlardan farqli ravishda doim
maxsus tushunchalarni anglatish, ifodalash uchun xizmat qilishga yo‘naltirilgan terminlar o‘zbek
adabiy tilining shakllanish va tarqqiy etish bosqichlari zaminida tarkib topdi va takomillashdi.

1

Termin –(lotincha terminus-chegara, chek so‘zidan) gapdan tashqarida olinganda ham aniq bir
ma’no ifodalaydigan so‘z yoki turg‘un holatdagi so‘z birikmasidir.

2

Uning asl lug‘aviy ma’nosi

ham shuni anglatadi. Demak, termin hamma so‘zlar singari so‘z bo‘lib, u ham ma’lum bir vosita
hisoblanadi.

Bir soha doirasidagi terminlar terminotizmni tashkil qiladi. Terminlar fanning metatili va

ilmiy tadqiqotlarning, shuningdek, insonning amaliy faoliyati sohalarining o‘ziga xos voqeligini
anglatuvchi so‘zlar (iboralar) sifatida belgilanishi mumkin.

Mavzuyimizga doir ayrim terminlarga izoh berishda davom etar ekanmiz eng avvalo

“botanika” terminiga e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Botanika- (yu. Botanikos- o‘simlikka taalluqli, botane- o‘t, giyoh, o‘simlik) O‘simliklar

haqidagi fan, nabotot.

3

O‘simlik hayot manbai, shu bois tabiatdagi barcha tirik mavjudotlarni o‘simliklar olamisiz

tasavvur etish qiyin. O‘simliklar qadim zamonlardan ayni vaqtgacha tabiat va insonlar hayotida
katta ahamiyatga ega. Yer yuzida o‘simliklar turlari keng tarqalgan. Ularni tabiatning turli

1

O’zbek terminologiyasi. – A.B.Pardayev, D.B.Urinboyeva, D.A.Islamova.36-bet

2

O’zbek terminologiyasi. – A.B.Pardayev, D.B.Urinboyeva, D.A.Islamova.108-bet

3

O’zbek tilining izohli lug’ati. 1-tom.- 328-bet.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1132

burchaklarida va har xil ekologik sharoitda, boshqacha qilib aytganda, jazirama cho‘llardan baland
qorli cho‘qqilargacha bo‘lgan turli tuproq va iqlim sharoitida uchratish mumkin.

zamonlardan boshlangan. O‘rta Osiyo, shu jumladan hozirgi O‘zbekiston o‘simliklariga

oid terminlarni bundan bir necha yuz yillar ilgari yashagan mashhur allomalarimizning asarlarida
uchratamiz. Masalan, Abu Rayhon Beruniy tabobatga bag‘ishlangan “Kitob as-Saydana fit-tib”
nomli asarida diyorimizda o‘sadigan juda ko‘p dorivor o‘simliklar haqida ma’lumot bergan.

4

O‘simliklarga bag‘ishlab o‘zbek tilida nashr etilayotgan ayrim ilmiy-ommabop asarlarda,

ba’zi maqolalarda hamda darslik va qo‘llanmalarda o‘simliklarni nomlashda chalkashliklarga yo‘l
qo‘yilib, atama va kategoriyalarning nomlari buzib yozilmoqda. Bulardan tashqari bir tur yoki
turkumga mansub o‘simlikning bir necha nomlar bilan yozilish hollari ham kuzatilmoqda.

O‘simliklarning o‘zbekcha botanic terminlari va ularning ilmiy asoslari hamda turli

darajadagi kategoriyalarning nomlari to‘liq ishlab chiqilmaganligi sababli nashr etilgan
darsliklarda terminlarning nomlarini yozishda bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.

5

Shu kabi va boshqa jihatlarni inobatga olgan holda biz dissertatsiya mavzuyimizni “O‘zbek

botanika terminologiyasida sinonimiya” deb nomladik. Ushbu mavzu qiziqarli va juda keng
qamrovda yoritishga arziydigan mavzu desam, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Masalan,

anor-

(forscha anor) 1.Anordoshlarga mansub, kichikroq daraxt yoki buta

shaklidagi subtropik o‘simlik.

..har joy-har joyda ko‘milgan anor tuplari do‘mbayib

yotibdi.

S.Zunnunova, “Olov” 2.Anor daraxtining ichi qizil donalar bilan liq to‘la yumaloq mevasi.

3.Anor(erkaklar va xotin-qizlar ismi).

6

Anor –fors-tojikcha so‘z bo‘lib, shu o‘simlikning guli ham mevasi ham juda qizil, chiroyli

bo‘lishi tufayli ibora o‘rnida, ism o‘rnida, nisbat berish o‘rnida, xalq orasida, badiiy adabiyotda
keng tarqalgan. Chunonchi anor gulini Gulnor deb atash juda qadimdan rasm bo‘lgan.

7

Gulnor

ham fors-tojikcha gul va nor so‘zlarining qo‘shilishidan yasalgan.

Nor

fors-tojikcha

anor

so‘zining

ixchamlashtirilgan shakli. Rus tilida anorni

granat

, lotin tilida

punikagranatum

deb yuritiladi.

Granat lotincha

granatus

– donali, dona-dona degan ma’noni anglatadi.

Apelsin (po‘rtaxol)

– gollandcha

appelsien –

aynan

“xitoy olmasi”. 1. Janub tomonlarda

o‘sadigan doim yashil sitrus daraxt yoki buta. 2. Shu daraxtning po‘sti to‘q-sariq, go‘shti yupqa
pardalar bilan karjlarga bo‘lingan yumaloq yoki cho‘zinchoq sersuv mevasi.

Apelsin, limon va

mandarinning bebaholigi qobig‘ida ifori moyi bo‘lishligidir.

K.Mahmudov. O‘zbek tansiq

taomlari.

8

Apelsin terminiga botanika fani jihatidan ta’rif beradigan bo‘lsak, bu o‘simlik rutadoshlar

oilasiga mansub, doimo yashil, ko‘p yillik daraxt yoki yirik buta. Bo‘yi 5-12 metrga yetadi,
shoxlari tikanli, bargi qobiqli, shakli tuxumsimon, guli alohida-alohida joylashgan. Mevasi
dumaloq yoki sal cho‘ziq, rangi-jigarrang sariq, jigarrang-qizg‘ish, ichi zarg‘aldoq rang, og‘irligi
100-140 gramgacha yetadi, -noyabr-dekabr oylarida pishib yetiladi, qancha kech uzilsa shirasi
shuncha ko‘p bo‘ladi.

9

4

BOTANIKA.- O’.Pratov, L.Shamsuvaliyeva, E.Sulaymonov, X.Axunov, K.Ibodov, V.Mahmudov. 5-bet

5

BOTANIKA.- O’.Pratov, L.Shamsuvaliyeva, E.Sulaymonov, X.Axunov, K.Ibodov, V.Mahmudov. 9-bet

6

O’zbek tilining izohli lug’ati. 1-tom.- 87-bet

7

Botanikadan qisqacha izohli lug’at. A.I.Qosimov, M.M.Nabiyev. 11-bet

8

O’zbek tilining izohli lug’ati. 1-tom.- 90-bet

9

Botanikadan qisqacha izohli lug’at. A.I.Qosimov, M.M.Nabiyev. 11-bet


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1133

Apelsin

- ba’zi manbalarda aytilishicha, gollandchadan ruschaga ko‘chgan. Ruschadan

o‘zbekchaga esa shu shaklda o‘tgan. O‘zbek tilida nashr etilgan ba’zi eski manbalarda

aflisun

shaklida uchraydi. Lotincha nomi

sitrus sinenzis- shirin apelsin

demakdir.

Po‘rtaxol-

arabcha so‘z bo‘lib, apelsinning o‘zbek tilida qadimdan ishlatib kelingan nomi.

“Botanikadan ruscha-o‘zbekcha ensiklopediya lug‘at”da va boshqa manbalarda apelsinga sinonim
qilib berilgan.

Shu va shunga o‘xshash ko‘pgina o‘simliklarning har tomonlama strukturalarini

o‘rganishda davom etamiz.

References

BOTANIKA.- O’.Pratov, L.Shamsuvaliyeva, E.Sulaymonov, X.Axunov, K.Ibodov, V.Mahmudov. 5-bet

BOTANIKA.- O’.Pratov, L.Shamsuvaliyeva, E.Sulaymonov, X.Axunov, K.Ibodov, V.Mahmudov. 9-bet

O’zbek tilining izohli lug’ati. 1-tom.- 87-bet

Botanikadan qisqacha izohli lug’at. A.I.Qosimov, M.M.Nabiyev. 11-bet

O’zbek tilining izohli lug’ati. 1-tom.- 90-bet

Botanikadan qisqacha izohli lug’at. A.I.Qosimov, M.M.Nabiyev. 11-bet

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов