HISTORICAL DEVELOPMENT OF UZBEK BOTANICAL TERMINOLOGY

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Sultonova , K. . (2023). HISTORICAL DEVELOPMENT OF UZBEK BOTANICAL TERMINOLOGY. Modern Science and Research, 2(6), 1127–1130. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21658
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides information about the historical development of Uzbek botanical terminology.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1127

O‘ZBEK BOTANIKA TERMINOLOGIYASINING TARIXIY TARAQQIYOTI

Sultonova Kibriyoxon Faxriddin qizi

NavDPI doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.8073050

Annotatsiya.

Ushbu maqolada o‘zbek botanika terminologiyasining tarixiy taraqqiyoti

haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

terminologik birliklar, Dunyo tilshunosli, terminologiya

taraqqiyoti,

funksional-semantik, lingvokulturologik, botanika terminologiyasi.

HISTORICAL DEVELOPMENT OF UZBEK BOTANICAL TERMINOLOGY

Abstract.

This article provides information about the historical development of Uzbek

botanical terminology.

Key words:

terminological units, world linguist, terminology development, functional-

semantic, linguocultural, botanical terminology.

ИСТОРИЧЕСКОЕ РАЗВИТИЕ УЗБЕКСКОЙ БОТАНИЧЕСКОЙ

ТЕРМИНОЛОГИИ

Аннотация.

В данной статье представлены сведения об историческом развитии

узбекской ботанической терминологии.

Ключевые слова:

терминологические единицы, мировой лингвист, развитие

терминологии, функционально-семантическая, лингвокультурологическая, ботаническая

терминология.

Jahon tilshunosligida muayyan sohalarga oid tushunchalarni ifodalovchi terminologik

birliklarni tadqiq etish so‘nggi yillardagi ustuvor masalalardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Har bir sohaga oid ma’lumot-axborotlardan foydalanishni qulaylashirish maqsadida

tegishli soha leksikasining mukammal lug‘atlari yaratilayotganligi o‘zbek tilshunosligida ham

ayni shunday muammolarni hal qilishda zamonaviy yondashuvlarni taqozo etadi.

Zotan, har qanday fan tadqiqining asosiy manbai bo‘lgan terminlar barcha bilimlarning

zamini hisoblanib turli soha terminlarining genetik

asoslarini, funksional-semantik hamda

lingvokulturologik, kognitiv xususiyatlarni, sinonimlik va omonimlik, umuman terminlarni

tartibga solish imkoniyatlarini me’yorlashtirish kabi masalalar hanuzgacha o‘z yechimini

topmagani bois terminologik tizimlarni ilmiy tadqiq etish zaruratga aylangan.

Dunyo tilshunosligida til, xususan, terminologiya

taraqqiyotini jamiyatning, millatning

taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq tarzda tadqiq etish, barcha tillardagi zamonaviy terminologiyalarda


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1128

terminlarning paydo bo‘lishi va alohida terminologik tizim sifatida shakllanishidan to uning

adabiy til me’yorlariga moslashuvi va faol qo‘llanishi bo‘yicha izchil va asosli tadqiqotlar

o‘tkazish kun tartibiga qo‘yilmoqda.

Terminologik tizimlarning unumtil leksikasi hamda transterminlashish hisobiga boyishida

inson omilining o‘rni va uning kognitsiyasi bilan amalga oshishi kabilarni tadqiq etishga alohida

e’tibor qaratilmoqda.

Zero, “Ilm-fanni qo’llab-quvvatlash, uni bugungi zamon talablari asosida rivojlantirish

masalalarini davlat siyosati darajasiga ko’tarish”

1

vazifasining belgilanishi barcha sohalar kabi

terminologiya bo’yicha ham chuqur izlanishlar olib borish zaruratini ko’rsatadi. Jumladan,

o’zbek tili terminologik tizimlarini rivojlantirish maqsadida sohaviy terminologik tizimlarini

tadqiq etishda yangi paradigma asosida antropotsentrik va kognitiv tilshunoslik nuqtai

nazardan yondashib, kognitiv tilshunoslik doirasida terminlarining kontseptual tuzilmasini tadqiq

etish, o’zbek tilining milliy korpusini yaratish kabi ilmiy tadqiqotlarni yanada kengaytirish

maqsadga muvofiqligini ko’rsatadi.

Xususan, botanika terminologiyasida yangi botanik terminlarning paydo bo‘lishi, leksik-

semantik qirralarining yuzaga kelishi kabi masalalar hamda ularning genetik asoslarini tadqiq

qilish, turli tillardan o‘zlashishi asosida turli lug‘aviy birliklardan tarkib topgan botanika

terminlarining milliy terminologik tizimlarda ta’sirini aniqlash va murakkab tarkibli terminlarning

hosil bo‘lishi, ularning leksikografik talqini yuzasidan aniq xulosalarga kelish tilshunoslikning

dolzarb masalalaridan biri hisoblanmoqda.

Mustaqillikdan keyingi yillar ichida botanika va uning sohalari bo‘yicha tuzilgan katta

kichik terminalogik lug‘atlar va boshqa tip lug‘atlarda botanik terminlarning berilishi, ularning

izohlanishi, ba’zan aniq ta’rifga ega bo‘lmasligi, dublet terminlarning nihoyatda ko‘pligi kabi

masalalarni to‘g‘ri hal qilish o‘zbek botanik leksikografiyasining ilmiy asoslarini ishlab chiqishni,

ayni soha terminologiyasini tartibga solishni taqozo etadi.

O‘zbek tili terminologik tizimlarini rivojlantirish maqsadida sohaviy terminologik

tizimlarni tadqiq etishda yangi paradigma

asosida antropotsentrik va kognitiv tilshunoslik nuqtayi

nazardan yondashib, kognitiv tilshunoslik doirasida terminlarning konseptual tuzilmasini tadqiq

etish, o‘zbek tilining milliy korpusini yaratish kabi ilmiy tadqiqotlarni yanada maqsadga

1

Mirziyoev SH.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi

bosqichga ko’taramiz. Mamlakatimiz ilmiy jamoatchiligi vakillari bilan uchrashuvdagi nutqi. –
Toshkent: “O’zbekiston” NMIU.2017.-B.166


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1129

muvofiqligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-

4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi

to‘g‘risida”gi, 2019-yil 21-oktyabrdagi PF-5850-son “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi

va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlarida, O‘zbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 10-sentyabrdagi 311-son “Davlat tili haqida”gi

qonunni amalga oshirish davlat dasturiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi

qarorida hamda ushbu faoliyatga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni

amalga oshirishda ushbu dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi.

Biror fan yoki soha ilmiy tadqiqot sifatida o‘rganilganda, avvalo, uning tarixi va

shakllalnishi tahlil qilinishi tabiiy. O‘zbek terminologiyasining shakllanish va rivojlantirish

tarixini o‘rganish shu sohada asrlar davomida qo‘lga kiritilgan yutuqlardan hozirgi

terminologiyani takomillashtirishda foydalanish uchun asos bo‘ladi. Sharq tabobati va

botanikasini yuksak darajada rivojlantirib, jahonga ma’lum mashhur qilgan olimlar, tabiblar,

mutafakkirlar ko‘p bo‘lgan. Jumladan, Abu Bakr ar-Roziy, Abu Mansur Qamariy, Abu Ali ibn

Sino kabi olimlar tabobat ilmiga oid ko‘plab asarlar yaratganlar.

Botanik terminlarning asosiy qismi o‘tmish olimlarimizning ilmiy, tarixiy, badiiy asarlari

hamda turli davrlar tuzilgan lug‘atlar orqali bizgacha yetib kelgan. Shu nuqtayi nazardan turkey

lug‘atchilikning asoschisi Maxmud Koshg‘ariyning “Devonu Lug‘ati turk” asarini, XX asrgacha

yaratilgan turli lug‘atlarni, o‘zbek mumtoz adabiyoti vakillari, xususan, Yusuf Xos Xojib, Alisher

Navoiy, Bobur va boshqalarning badiiy, ilmiy asarlarini o‘zbek tibbiyot terminologiyasining

shakllanishi va rivojlnishida o‘ziga xos o‘rin tutgan manbalar deb hisoblash mumkin.

Jumladan, Maxmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘ati turk” asarida o‘sha davrda va undan

oldingi vaqtlarda faol bo‘lgan terminologik birliklar, xususan, botanic terminlar qo‘llangan.

O‘zbek botanika terminologiyasining tarixi haqida gap ketganda, albatta, Alisher Navoiy

davrida tabobat ilmi yanada taraqqiy etganligini qayd etish joiz. Alisher Navoiy “Mahbub ul-

qulub” asarida botanika, sog‘liqni saqlash masalalari va tabiblar haqida juda ko‘p mulohaza

yuritgan.

“Navoiy tili leksikasida ilm-fan sohalariga oid terminlar, kasb-hunar, san’at, etnografiyaga

oid so`z-terminlar, maqollar va frazeologik iboralar... beniҳoyat ko`pdir”,

2

– deb yozgan edi

S.Ibrohimov. Bu tabiiy holdir, chunki har bir tilning lug`at tarkibi shu tilning taraqqiyot

darajasini ko`rsatuvchi birinchi omildir. Haqiqatan, Navoiy asarlari o`rganilar ekan, ularda o`nlab

2

Alisher Navoiy asarlari lug`ati.(Tuzuvchilar:P.Shamsiyeva va s.Ibrohimov).-Toshkent:G`.G`ulom nomidagi

adabiyot va san’at nashriyoti, 1972.-B.16


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1130

fan va ishlab chiqarish sohalariga oid terminlar qo`llanganligini ko`rish mumkin. Jumladan, uning

sara ijod namunalarida botanika terminlar ҳam ko’plab uchraydi.

Demak, yuqorida qayd etilgani kabi tarixda yaratilgan lug‘atlar, badiiy va ilmiy asarlar

orqali saqlanib kelayotgan botanic terminlar asosida zamonaviy botanika terminologiyasi

shakllangan. O‘tgan asrning 50-60- yillaridan boshlab botanikaga oid adabiyotlar, xususan, arab

tilidan Ibn Sino, Beruniy, Abu Bakr ar-Roziy asarlari va boshqalar o‘zbek tiliga tarjima qilina

boshladi.

REFERENCES

1.

Mirziyoev SH.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib,

yangi bosqichga ko’taramiz. Mamlakatimiz ilmiy jamoatchiligi vakillari bilan

uchrashuvdagi nutqi. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU

2.

Alisher Navoiy asarlari lug`ati.(Tuzuvchilar:P.Shamsiyeva va s.Ibrohimov).-

Toshkent:G`.G`ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1972.-B.16

3.

Saidnomanov A. O’zbek tili tibbiy terminlarining genetik asoslari

“Terminologiya va terminografiya masalalari” (Ilmiy anjuman materiallari). –

Samarqand, 2011. – B. 107-109.

4.

Saidnomanov A. “ O’zbek tibbiyot terminologiyasida o’zlashgan qatlam “

O’zbek tilshunosligini rivojlantirishning dolzarb muammolari (Respublika

ilmiy-amaliy konferentsiyasi materiallari to’plami). –

Toshkent, 2020. – B. 142-148.

5.

Saidnomanov A. Navoiy asarlarida tabobat terminlari va hozirgi tibbiyot

terminologiyasi – Almati, 2019.

References

Mirziyoev SH.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. Mamlakatimiz ilmiy jamoatchiligi vakillari bilan uchrashuvdagi nutqi. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU

Alisher Navoiy asarlari lug`ati.(Tuzuvchilar:P.Shamsiyeva va s.Ibrohimov).-Toshkent:G`.G`ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1972.-B.16

Saidnomanov A. O’zbek tili tibbiy terminlarining genetik asoslari

“Terminologiya va terminografiya masalalari” (Ilmiy anjuman materiallari). – Samarqand, 2011. – B. 107-109.

Saidnomanov A. “ O’zbek tibbiyot terminologiyasida o’zlashgan qatlam “

O’zbek tilshunosligini rivojlantirishning dolzarb muammolari (Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi materiallari to’plami). –

Toshkent, 2020. – B. 142-148.

Saidnomanov A. Navoiy asarlarida tabobat terminlari va hozirgi tibbiyot terminologiyasi – Almati, 2019.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов