ROLE AND BENEFITS OF TOURISM IN UZBEKISTAN

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Kurvonbekov, M., & Safarov, N. (2023). ROLE AND BENEFITS OF TOURISM IN UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 2(12), 978–981. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27360
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Tourism. When we hear this word, a number of entertaining places, parks, hotels, restaurants and the like are embodied in our eyes. In every country around the world, tourism has its place at a certain level. Likewise, in Uzbekistan, the term is causing a wide range of work, and from year to year the focus on this area is also increasing. Therefore, today we will try to give a brief overview of the role of tourism in Uzbekistan, its benefits and to what extent Uzbekistan focuses on this area.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

978

O`ZBEKISTONDA TURIZMNING O`RNI VA FOYDALI JIHATLARI

Kurvonbekov Manuchehr Islomjonovich

O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti,

Tarjimonlik fakulteti, Ingliz tili amaliy tarjima kafedrasi stajor o`qituvchisi.

Safarov Nasriddin Sadriddin o`g`li

O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Tarjimonlik fakulteti,

Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati yo`nalishi talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10419735

Annotatsiya.

Turizm. Ushbu so`zni eshitganda ko`z o`ngimizga bir qancha ko`ngil ochar

joylar, bog`lar, mehmonxonalar, restoranlar va shunga o`xshash joylar gavdalanadi. Dunyo
bo`ylab har bir mamlakatda turizm o`zining ma`lum bir darajadagi o`rniga ega. Xuddi,
shuningdek, O`zbekistonda ham ushbu termin keng ko`lamli ishlarga sabab bo`lmoqda va yildan
yilga ushbu sohaga e`tibor ham kuchaymoqda. Shunday ekan, biz bugun O`zbekistonda turizmning
tutgan o`rni, uning foydalari va qanchalik darajada O`zbekistonda ushbu sohaga e`tibor
qaratilyotgani haqida qisqacha ma`lumot berishga harakat qilamiz.

Kalit so`zlar:

Turizm, turistik zonalar, mehmonxonalar, restoranlar, turistik ko`rsatkichlar,

xizmat sifati, hunarmadchilik buyumlari, tarixiy obidalar va muzeylar.

ROLE AND BENEFITS OF TOURISM IN UZBEKISTAN

Abstract.

Tourism. When we hear this word, a number of entertaining places, parks, hotels,

restaurants and the like are embodied in our eyes. In every country around the world, tourism has
its place at a certain level. Likewise, in Uzbekistan, the term is causing a wide range of work, and
from year to year the focus on this area is also increasing. Therefore, today we will try to give a
brief overview of the role of tourism in Uzbekistan, its benefits and to what extent Uzbekistan
focuses on this area.

Keywords:

tourism, tourist zones, hotels, restaurants, tourist indicators, quality of Service,

crafts, historical monuments and museums.

РОЛЬ И ПРЕИМУЩЕСТВА ТУРИЗМА В УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация.

Туризм. Когда мы слышим это слово, перед нами предстает множество

развлекательных заведений, парков, отелей, ресторанов и тому подобного. В каждой
стране мира туризм занимает определенное место. Точно так же в Узбекистане этот
термин вызывает широкий спектр исследований, и с каждым годом внимание к этой сфере
также растет. Поэтому сегодня мы постараемся дать краткую информацию о роли
туризма в Узбекистане, его преимуществах и о том, в какой степени в Узбекистане
уделяется внимание этой сфере.

Ключевые слова:

туризм, туристические зоны, отели, рестораны, туристические

ориентиры, качество обслуживания, изделия ручной работы, исторические памятники и
музеи.

Avvalo, “Turizm” o`zi nima? va u qanday sohalarni o`z ichiga qamrab oladi? degan savolga

to`xtalsak. Turizm-jismoniy shaxsning vaqtincha bo‘lish mamlakatidagi (joyidagi) manbalardan
daromad olish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda doimiy yashash joyidan
jo‘nab ketishi (sayohat qilishi). Demak, turizm deganda ma`lum bir nuqtadan boshqa bir nuqtaga


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

979

dam olish maqsadida ko`chish desak ham mubolag`a bo`lmaydi ekan. Endi turizm qaysi sohalarni
qamrab olishiga e`tibor qaratsak. Turizm juda ham ko`p sohalarni o`z ichiga oladi.

Xususan, ta`lim sohasini, oziq-ovqat sohasini, transport va shunga o`xshash yirik sohalarni

qamrab oladi. Shunday ekan turizm mamlakatimiz iqtisodiyoti va madaniyati uchun ham juda
muhim omil hisoblanadi. Shuning uchun ham muhtaram prezidentimiz ushbu sohaga juda ko`p
e`tibor bermoqda va juda katta mablag` sarf qilmoqda. Ushbu mablag`lar, asosan, transport
tizimini yaxshilashga, turizm sohasiga oid darslar sifatini oshirishda va yurtimizdagi qadimiy
me`moriy obidalarni qayta tiklashda va turli xil ko`ngilochar joylar, ya`ni mehmonxonalar, tog`
oldi turistik zonalari va shunga o`xshash joylar qurishda sarf qilinmoqda.

Ushbu barcha qilinayotgan hatti harakatlar yurtimizning istiqbolli kelajagini qurish uchun

va butun dunyo bo`ylab turistlarni ona yurtimizga jalb qilish va yurtimizni yanada tanitish va o`z
o`rnida kelayotgan va kelajak turistlar uchun qulay shart va sharoitlar yaratish uchun qilinmoqda.
Shu o`rinda, turist o`zi kim? Degan savolgayam javob berib ketsak maqsadga muvofiq bo`ladi,
albatta. Turist – bu dam olish, zavqlanish, o`zi uchun yangi manzillarni kashf qiluvchi, yangi
taomlarni tatib ko`rishni yoqtiradigan va umuman olganda boshqa millat yokida madaniyatni
o`rganishni maqsad qilgan holda boshqa bir mamlakatda ma`lum bir muddatga turadigan shaxsdir.

Demak, endi turist kim va turizm nimaligi haqida ozmi ko`pmi ma`lumotga egamiz. Endi

keling O`zbekistondagi ba`zi turistik zonalar va statistic ma`lumotlarga to`xtalsak maqsadga
muvofiq bo`lardi.

O`zbekiston juda ham qadimiy tarixga ega va tabiiy boyliklari ko`p va tabiati takrorlanmas

mamlaktlardan biri bo`lgani bilan dunyoda o`z o`rniga ega bo`lib kelmoqda. Tashrif buyuruvchilar
avvalo bizning qadimiy qadamjolarimiz haqida o`rganishadi va keyinchalik bu ularda
O`zbekistonga yanada qiziqish uyg`otadi. Shuning hisobiga yurtimizga butun dunyo bo`ylab,
dunyoning turli chekkalaridan turistlar tashrifi uzluksiz bo`lib turibdi. Statistik ma`lumotlarga
qaraydigan bo`lsak, joriy yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadda tashrif
buyurgan xorijliklar soni 3,7 mlnni tashkil etgan.

Bu haqda Statistika agentligi maʼlumotlarida keltirilgan. Xususan, yetti oyda kelgan chet

ellik fuqarolarning eng ko‘pi Tojikistonga to‘g‘ri keladi. Bu davrda mamlakatdan jami 1 mln 151
mingdan ortiq sayyoh kelgan. Bir oyda bu mamlakatdan kelgan sayyohlar soni 192 900 dan ortiqni
tashkil etib, 1,2 barobarga oshgan. O‘tgan davrda Tojikistondan keyingi o‘rinlarda Qirg‘iziston
(912,8 ming) va Qozog‘iston (879 ming) turibdi. Sayyohlar ko‘p tashrif buyurgan davlatlar
beshligini Rossiya (417,4 ming) va Turkiya (58 ming) yakunlab berdi. Shuningdek, yetti oyda
Turkmanistondan 39,6 mingta, Janubiy Koreyadan 20,2 mingta, Hindistondan 20 mingta,
Xitoydan 17,7 mingta hamda Germaniyadan 14,1 mingta sayyoh kelgan.

Bu davrda Ozarbayjondan tashrif buyurgan turistlar soni 7 989 taga yetgan bo‘lib, shundan,

3 787 tasi qarindoshlarini yo‘qlab, 3 762 tasi dam olish hamda 435 tasi xizmat yuzasidan tashrif
buyurgan. Demak, yurtimizga deyarli 4 millionga yaqin turist tashrif buyurmoqda va tashrif
buyurishda davom etmoqda va bu juda ham yaxshi ko`rsatkich degani. Umid qilamizki, kelajakda
ushbu raqamlar yanada ortib yurtimizga tashrif buyuruvchilar soni ortishda davom etadi. Endi
yurtimizdagi turistik zonalarga to`xtalsak. Yurtimiz turistik zonalarga juda ham boy va istalgan
turistni o`ziga jalb qila oladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

980

Yurtimizda Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Xorazm va shunga o`xshash 2700 yillik

tarixga ega va bundan ham qadimiyroq qadamjolar mavjud va bu o`z o`rnida ko`plab turistlarni,
ayniqsa, tarixga oshufta qalblarni doimiy ravishda o`ziga jalb qilib kelmoqda. Ayniqsa, qadimgi
ota-bobolarimiz haqida bilganlar O`zbekistonni Amir Temur, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon
Beruniy, Ahmad al-Farg`oniy, Bahouddin Naqshbandiy, Imom al-Buxoriylar yurti ekanidan
xabardor bo`lgandan keyin, turistlarda yanada zavq shavq ortadi. Endi statistik ma`lumotlarga
to`xtalsak, respublikamiz sayyohlar ko‘radigan joylar soni hamda ularga bo‘lgan talab bo‘yicha
jahonning birinchi 10 talik davlatlari qatoriga kiradi.

Mamlakatimizdagi 11 ta shahar dunyo miqyosidagi turistik shaharlar sifatida tan olingan.

Mavjud tarixiy, madaniy yodgorliklar soni 2600 tadan ortiq bo‘lib, bugungi kunda ularning atigi
150 tasiga sayyohlarni qabul qilinmoqda. Sayyohlarni ko‘p qabul qilish, ularga xizmat ko‘rsatish
hajmi, foyda olish bo‘yicha Samarqand va Buxoro viloyatlari yetakchilik qilsa, eng past
ko‘rsatkichlar Andijon, Jizzax va Toshkent viloyatlarida kuzatilmoqda. O‘zbekistonda 2007-yil 1-
yanvar holatiga ko‘ra, jami 464 ta turistik tashkilot hamda firmalar bo‘lib, shundan 446 tasi
mas’uliyati cheklangan jamiyat, xususiy firma va tadbirkorlardir.

Xalqaro sayyohlarning asosiy qismi Toshkent shahriga tashrif buyurishadi. Sababi, poytaxt

va Toshkent viloyati hissasiga jami turistik infrastukturaning 36 foizi to‘g‘ri kelishi hamda
yetarlicha shart – sharoitlarni yaratilganligidir. Ma`lumotlar ozgina eskiligini hisobga olgan holda
shuni aytib o`tishimiz joizki, bu raqanlar bugungi kunga kelib o`zgargani haqiqatga yaqinroqdir,
albatta. Prezidentimiz ham turizmni rivojlantirish va butun O`zbekiston bo`ylab yoyish maqsadida
turli chora tadbirlar ko`rmoqda va tegishli qonun loyihalari ham ishlab chiqilmoqda. Shuning
uchun ham bugungi kunga kelib O`zbekistonning turli chekkalariga ham e`tibor qaratilib turli
hostel, motel, uy mehmonxonalar tashkillashtirilmoqda va bu hammasi, avvalo, turistlar uchun
qulay shart-sharoit yaratish va keyingi navbatda aholi turmush tarzini yaxshilash uchun amalga
oshirilmoqda.

Bundan tashqari, o`sha hududlarda yo`llar infratuzilmasini yaxshilash va turli xil

ko`ngilochar joylar qurish orqali ham katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bundan ko`rinib turibdiki,
yaqin kelajakda O`zbekistonni porloq kelajak va istiqbolli yo`llar kutib turibdi desak mubolag`a
bo`lmaydi va buning yo`lida hammamiz bir tan-u bir jon bo`lib harakat qilsak yanada maqsadga
muvofiq bo`ladi degan umiddamiz.

Xulosa:

Xulosa o`rnida shuni aytishimiz mumkinki, turizm bu juda ham keng qamrovli

tushincha ekan. Birgina turizm orqali mamlakat qancha daromad qilishi va xalqning turmush tarzi
qanchalik tarzda yaxshi tarafga o`zgarishini ko`rishimiz mumkin. Bu, albatta, juda ham foydalari
ko`pligidan dalolatdir. Shuning uchun ham turizmga bo`lgan e`tibor nafaqat O`zbekistonda balki
butun dunyo bo`ylab yildan yilga ortib bormoqda. Turizmni turlari haqida gapiradigan bo`lsak,
turlari juda ham ko`p va har biri, albatta, mamlakatning rivoji uchun muhim ro`l o`ynaydi.

Tanganing ikki tarafi bo`ladi deganlaridek turizmning zararli taraflari ham yo`q emas.

Atrof-muhit zararlanishi yokida turli xil jinoyatlar sodir etilishi mumkin, ammo shu va shunga
o`xshash holatlarning oldini olish maqsadida butun dunyo bo`ylab turli xil chora-tadbirlar olib
borilmoqda va kelajakda bu muammolar ham bartaraf etiladi degan umiddamiz va bu yanada
turizmga bo`lgan qiziqishning oshishiga olib keladi. Umuman olganda, turizm sohasi kelajakda
ancha rivojlanadi va o`zining yuqori cho`qqisiga yetadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

981

REFERENCES

1.

Jumayeva, M. B., & Shukhratovna, M. M. (2022). EFFECTIVE METHODS OF LEARNING
ENGLISH GRAMMAR. Science and innovation, 1(Special Issue 2), 608-611.

2.

Jumayeva, M. B., & Yakubovich, Y. O. (2023). TEACHING ENGLISH WRITING SKILLS
TO PRIMARY CLASS STUDENTS. BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN
ILMIY JURNALI, 3(2), 211-215.

3.

Jumayeva, M. B., & Yusupov, O. Y. (2023). USING DIFFERENT GAMES AND SONGS IN
TEACHING ENGLISH TO ELEMENTARY SCHOOL STUDENTS. BOSHQARUV VA
ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(4), 107-111.

4.

Jumayeva, M., & Mamajonova, N. (2022). MODERN METHODS IN EDUCATION: ONLINE
LANGUAGE LEARNING. Science and innovation, 1(B8), 1035-1038.

5.

Jumayeva, M., & Rashidova, M. (2022). THE ROLE OF USING GAME TECHNOLOGY IN
THE EDUCATIONAL PROCESS. Science and innovation, 1(B8), 1448-1452.

6.

Jumayeva, M., Isheryakova, J., & Mahmudova, M. (2022). FAIRY TALES AS A
PHENOMENON THAT PLAYS AN ESSENTIAL ROLE IN THE DEVELOPMENT OF THE
INTELLECT OF PRESCHOOL CHILDREN. Science and innovation, 1(B8), 1080-1082.

7.

Mukarrama, J., Jasurbek, A., & Kamoliddin, S. (2022). Teaching listening skills in English.

8.

Jumayeva, M. (2021). ORGANIZATION OF MODERN EDUCATIONAL PROCESSES IN
THE EDUCATION SYSTEM. Янгиланаётган Ўзбекистонда фан, таълим ва инновaция
уйғунлиги мавзусидаги республика 9–сон кўп тармоқли илмий-масофавий онлайн
конференцияси 1-қисм.

9.

http://www.arxiv.uz

References

Jumayeva, M. B., & Shukhratovna, M. M. (2022). EFFECTIVE METHODS OF LEARNING ENGLISH GRAMMAR. Science and innovation, 1(Special Issue 2), 608-611.

Jumayeva, M. B., & Yakubovich, Y. O. (2023). TEACHING ENGLISH WRITING SKILLS TO PRIMARY CLASS STUDENTS. BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(2), 211-215.

Jumayeva, M. B., & Yusupov, O. Y. (2023). USING DIFFERENT GAMES AND SONGS IN TEACHING ENGLISH TO ELEMENTARY SCHOOL STUDENTS. BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(4), 107-111.

Jumayeva, M., & Mamajonova, N. (2022). MODERN METHODS IN EDUCATION: ONLINE LANGUAGE LEARNING. Science and innovation, 1(B8), 1035-1038.

Jumayeva, M., & Rashidova, M. (2022). THE ROLE OF USING GAME TECHNOLOGY IN THE EDUCATIONAL PROCESS. Science and innovation, 1(B8), 1448-1452.

Jumayeva, M., Isheryakova, J., & Mahmudova, M. (2022). FAIRY TALES AS A PHENOMENON THAT PLAYS AN ESSENTIAL ROLE IN THE DEVELOPMENT OF THE INTELLECT OF PRESCHOOL CHILDREN. Science and innovation, 1(B8), 1080-1082.

Mukarrama, J., Jasurbek, A., & Kamoliddin, S. (2022). Teaching listening skills in English.

Jumayeva, M. (2021). ORGANIZATION OF MODERN EDUCATIONAL PROCESSES IN THE EDUCATION SYSTEM. Янгиланаётган Ўзбекистонда фан, таълим ва инновaция уйғунлиги мавзусидаги республика 9–сон кўп тармоқли илмий-масофавий онлайн конференцияси 1-қисм.

http://www.arxiv.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов