A LOOK AT EARLY WORK AND HISTORY IN THE FIELD OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Sabirova , N. . (2023). A LOOK AT EARLY WORK AND HISTORY IN THE FIELD OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE. Modern Science and Research, 2(8), 259–263. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/22965
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, Electrotechnics (electro... and technique) is considered as a field of science and technology that deals with the use of electric and magnetic phenomena in the implementation of energy transformation, material production and processing, information transmission, etc. about the history.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

259

SUN'IY INTELLEKT SOHASIDA DASTLABKI ISHLAR VA TARIXGA NAZAR

Sabirova Nigora Bazarbay qızı

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyaları

universiteti Nukus filiali Kompyuter injineringi fakulteti “Dasturiy injiniringi’’

yo'nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8267884

Anotatsiya.

Bu maqolada

Elektrotexnika (elektro... va texnika) — fan va texnikaning

energiyani oʻzgartirish, materiallar ishlab chiqarish hamda ularga ishlov berish, axborotlarni
uzatish va boshqalar masalalarni amalga oshirishda elektr va magnit hodisalardan foydalanish
bilan shugʻullanuvchi sohasi sifatida qarlib u boyicha daslabki ishlar va tarixi haqqida sóz
etilgan.

Kalit sóz:

Sun'iy intellect, Elektrotexnika, elektromexanika, texnologiya, tadqiqotchi,

magnetism.

A LOOK AT EARLY WORK AND HISTORY IN THE FIELD OF ARTIFICIAL

INTELLIGENCE

Abstract.

In this article, Electrotechnics (electro... and technique) is considered as a field

of science and technology that deals with the use of electric and magnetic phenomena in the
implementation of energy transformation, material production and processing, information
transmission, etc. about the history.

Keywords:

Artificial intelligence, Electrical engineering, electromechanics, technology,

researcher, magnetism.

ВЗГЛЯД НА РАННИЕ РАБОТЫ И ИСТОРИЮ В ОБЛАСТИ ИСКУССТВЕННОГО

ИНТЕЛЛЕКТА

Аннотация.

В данной статье Электротехника (электро... и техника)

рассматривается как область науки и техники, занимающаяся использованием
электрических и магнитных явлений при осуществлении преобразования энергии,
производства и обработки материалов, передачи информации и т.д. .об истории.

Ключевые слова:

искусственный интеллект, электротехника, электромеханика,

технология, исследователь, магнетизм.

Elektr va magnetizm haqidagi bilimlarning rivojlanishi Elektro texnikaning yaratilishiga

olib keldi. 17—18-asrlarda chex fizigi P. Divish, rus fizigi G.V. Rixman, M.V. Lomonosov, Sh.O.
Kulon va boshqalar ning ishlari elektr hodisalarini tadqiq qilishga bagʻishlandi. Birinchi uzluksiz
tok manbai — volʼt ustuni, keyinchalik ancha mukammal galvanik elementlarning paydo boʻlishi
Elektro texnikaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi. 19-asrning birinchi yarmida
elektr tokiga bogʻliq boʻlgan kimyoviy, issiqlik, yorugʻlik va magnit hodisalariga doir koʻpgina
tadqiqot ishlari oʻtkazildi. Shu davrda elektrodinamikaga asos solindi, elektr zanjirining muhim
qonuni — Om konuni kashf qilindi. Telegrafiya, harbiy ish, elektr oʻlchash ishlarida bu sohadagi
yutuqlardan ayniqsa keng foydalaniddi. Elektromagnit induksiyaning kashf etilishi elektr
mashinalari — dvigatel va generator yaratilishiga sabab boʻldi.

19-asrning 70yillari oxirida J.K. Maksvellnkng ishlari elektromagnit maydon taʼlimotiga

asos soldi. 80-yillarda oʻzgarmas tok asosida ishlaydigan elektr mashinalari hozirgi zamon
mashinalari shaklini oldi. Elektr mashina generatorlari bilan bir vaqgda kimyoviy tok manbalari


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

260

ham rivojlantirila bordi. Bu sohada qoʻrgʻoshin akqumulyatori yaratildi (fransuz fizigi G. Plante,
1859) va rivojlantirildi.

Elektro texnikaning keyingi taraqqiyoti Elektro texnika sanoatining paydo boʻlishi va elektr

yorugʻligidan keng foydalanish bilan bogʻliq boʻldi. Elektr yoritish manbalarining yaratilishi va
ishlatilishida qoʻlga kiritilgan yutuklar yorugʻlik texnikasining rivojlanishiga kuchli taʼsir
koʻrsatdi. Elektr yorugʻliganing keng joriy qilinishi elektr energiyasi sistemasining yaratilishiga
olib keldi. Elektr toki metall nusxalar koʻchirish va metall qoplash sohasida ham qoʻllanila
boshladi (qarang Galvanotexnika).

19-asrning 70—80-yillarida elektr energiyaning masofalarga uzatilishi masalasi hal

qilinganidan keyingina elektr energiyasidan amalda keng foydalanishga imkon tugʻildi.

Elektro texnikaning hozirgi taraqqiyoti bosqichiga asos solgan ixtirolar qatoriga M.O.

Dolivo-Dobrovolskiy yaratgan uch fazali tok transformatori, uch fazali generator va dvigatel
hamda uch fazali tok sistemalarini kiritish mumkin. Elektr energiyasiga boʻlgan talabning
quchayishi kuchli elektr st-yalari va elektr tarmoqlari qurilishiga, yangi elektr energetika
sistemalarini yaratish va eskilarni qayta tiklashga sabab boʻddi. E. qurilmalarining takomillashishi
yuqori quchlanish elektr zanjirlari texnikasi va nazariyasining, elektr mashinalari, elektr
yuritmalari nazariyasi kabi ilmiy sohalarning shakllanishiga yordam berdi. E. yutuqlari
radiotexnika, elektronika, telemexanika, avtomatika, hisoblash texnikasi va kibernetikatlsh
rivojlanishiga olib keddi.

Elektro texnikaning muhim boʻlimlaridan biri — elektromexanika energiyaning oʻzgarishi

bilan bogʻliq masalalarni oʻz ichiga oladi.

Murakkab elektr energetika sistemalarini optimal boshqarish va ularning chvdamliligini

oshirish usullarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Bu masalalarning hal qilinishi modellash
va ehtimollar nazariyasidan foydalanishga asoslangan. Elekro texnikaning yana bir muhim
yoʻnalishlaridan biri — xossalari oldindan belgilanadigan murakkab elektromagnit maydonlarini
yaratishdan iborat. Intensivligi yuqori boʻlgan impuls maydonlarini oʻrganish katta amaliy
ahamiyatga ega (qarang Impulslar texnikasi). Bu sohadagi ishlar natijasidan oʻta kuchli elektr
transformatorlari va elektr reaktorlari yaratishda foydalaniladi.

Elektro texnika nazariy usullari moddalar xossasini tekshirish, yadro va lazer texnikasi

vositalarini ishlab chiqish, tirik organizmlarning mikrodunyosi va hayot faoliyatini oʻrganish,
kosmik fazoni oʻzlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan qator sohalarida rivojlanmoqda. E. yutuqlari
inson amaliy faoliyatining barcha sohalarida — sanoat, qishloq xoʻjaligi, tibbiyot va turmushda
qoʻllanilmoqda. Oʻzbekistonda Elektro texnikaningning rivojlanishi Gʻ. R. Rahimov, M.E.
Homidxonov, H.F. Fozilov va boshqalar olimlarning nomi bilan bogʻliq.Sun'iy intellekt sohasida
ilmiy-texnik tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni qo'llab-quvvatlash doirasida umumiy
qiymati 15,1 mlrd. so'm bo'lgan, davomiyligi 2021 – 2024 yillarga mo'ljallangan 9 ta loyiha amalga
oshirilmoqda.

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan har yili o'tkaziladigan Xalqaro innovatsion

g'oyalar haftaligi “Innoweek.uz-2021” doirasida esa joriy yilning 24 noyabrida “Sun'iy intellekt –
texnologik rivojlanish asosi” mavzusida xalqaro konferensiya o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Sun'iy intellekt hayotimizga kirib kelmoqda, ammo uning o'zi nima degan savol tug'ilishi

tabiiy. Shu bois sun'iy intellekt haqida ayrim ma'lumotlarni e'tiboringizga havola etamiz.

Sun'iy intellekt format ham, funksiya ham emas


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

261

Qisqa qilib aytganda, sun'iy intellekt muayyan vazifalarni bajarishda inson xatti-harakatiga

taqlid qilishga qodir bo'lgan tizim yoki texnologiya bo'lib, olingan ma'lumotlardan foydalanib asta-
sekin mukammallashib boradi. Umuman olganda sun'iy intellekt format ham, funksiya ham emas,
balki bu jarayon bo'lib, ma'lumotlarni yig'ish, tahlil qilish kabilarni o'z ichiga oladi.

Sun'iy intellekt haqida so'z borar ekan, uning biznesdagi va axborot texnologiyalardagi

o'rnini tahlil qilish lozim. Sun'iy intellektning ushbu yo'nalishlarga sekin-astalik bilan kirib borishi,
sun'iy intellekt vositalarining soni oshishini ta'minlaydi.

“Sun'iy intellekt” deganda ko'pchilik robotlarning turli sohalarga jalb qilinishini tushunadi.

Ammo sun'iy intellekt atamasi robotlarning inson bilan o'rin almashishini anglatmaydi. Uning
asosiy maqsadi inson qobiliyatlari va imkoniyatlarining chegaralarini kengaytirishdir. Shuning
uchun bu kabi texnologiyalar qimmatli biznes resursi hisoblanadi.

Avvallari “sun'iy intellekt” atamasi faqat odamlar bajarishi mumkin bo'lgan, masalan,

mijozlarga xizmat ko'rsatish yoki shaxmat o'ynash vazifalarni bajarish uchun qo'llanilgan.
Shuningdek, kompyuter texnologiyalarini chuqur o'rganishga ham sun'iy intellekt sifatida
qaralgan. Lekin mijozlarga xizmat ko'rsatish, turli onlayn o'yinlar va komp`yuter texnologiyalarini
chuqur o'rganish kabilar sun'iy intellekt texnologiyalarining kichik qismi hisoblanadi. To'g'ri,
sun'iy intellekt texnologiyalari odamlar bajaradigan vazifalarni avtomatlashtirish orqali
samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Biroq endilikda uning qamrovi kengaymoqda, hozirda
sun'iy intellekt bilan odamlarning xarakterini, o'quvchilarning qobiliyatlarini, xodimning ishga
bo'lgan qarashlarini aniqlab olish mumkin.

Tarixga nazar
Sun'iy intellekt sohasida o'tgan asrning o'rtalaridan boshlab tadqiqot ishlari boshlangan.

Ingliz matematigi va kriptografi Alan Tyuring (1912-1954) mazkur yo'nalishda ilk tadqiqot
muallifi hisoblanadi.

Xususan, 1950 yili texnologiyalar imkoniyatlari insonlarni aql jihatdan ortda qoldirishi

haqida savollarga asoslangan maqola chop etilgan. Uning muallifi Alan Tyuring edi. Keyinchalik
olim o'zining nomi bilan atalgan “Tyuring testi” tartibini ishlab chiqdi.

Maqola chop etilganidan so'ng sun'iy intellekt sohasida yangidan-yangi tadqiqotlar amalga

oshirildi. Ushbu davr mobaynida olim qarashlarini o'zgartirmagan holda fikrlashda insondan farq
qilmaydigan mashinalar haqida ham turli fikrlar bildira boshlagan.

Sun'iy intellekt sohasida dastlabki ishlar
“Sun'iy intellekt” atamasi 1956 yilga kelib paydo bo'ldi. Shu yilning yozida AQSHning

Dartmut universitetida sun'iy tafakkur masalalari bo'yicha anjuman bo'lib o'tdi. Unda Klod
Shennon (Bell Laboratories), Nataniel Rochester (IBM), Gerbert Saymon (Karnegi universiteti,
Trenchard Mur (Prinston universiteti), Jon Makkarti (Dartmut universiteti), Marvin Minski
(Garvard universiteti) kabi olimlar ishtirok etgan.

Ushbu anjumanda ma'ruza qilgan amerikalik informatika sohasidagi olim Jon Makkarti

(1927–2011) “Artificial Intelligence” (“Sun'iy tafakkur”) atamasi muallifi sifatida tarixga nom
qoldirdi.

XX asrning 80-yillari sun'iy intellekt – kashfiyot deya e'tirof etila boshladi. Olimlar ushbu

yo'nalishda darsliklar ishlab chiqa boshladilar.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

262

Shuningdek, 1997 yilda shaxmat bo'yicha Jahon chempioni Garri Kasparovni mag'lubiyatga

uchratgan mashhur shaxmat dasturi – “Deep Blue” yaratildi. Shu yillarda Yaponiyada neyron
tarmoqlari asosida 6-avlod kompyuter loyihasi ishlab chiqilayotgan edi.

Shundan so'ng sun'iy intellektga e'tibor kuchaydi. Yirik kompaniyalardan tortib to harbiy

muassasalargacha mazkur sohani moliyalashtira boshladi. Natijada yangi texnologiyalar soni
oshib, raqobat kuchaydi, sun'iy intellekt vositalari mukammallashib bordi.

Sun'iy intellektning keng qo'llanilishiga uchta sabab
Hozirda sun'iy intellektning sohalarga joriy etilishi uchun turli sabablar keltirilmoqda,

ulardan uchta eng asosiysini keltirib o'tamiz. Birinchisi, arzon narxlardagi yuqori samarali
hisoblash resurslari. Ikkinchisi, ta'lim uchun katta hajmdagi ma'lumotlarning mavjudligi. Sun'iy
intellekt mahsulining aniq prognozlarni amalga oshirishi uchun u katta hajmdagi ma'lumotlarni
qayta ishlashi kerak. Ushbu omil sabab turli vositalar, xususan, ma'lumotlarni saqlash va qayta
ishlashning oddiy hamda arzon vositalari, turli xil algoritmlar yaratildi.

Uchinchisi, sun'iy intellekt mahsulotlari raqobatbardoshlikni mustahkamlaydi. U

kompaniyalar xarajatlarini va xavflarni kamaytirishi, bozorga chiqish imkoniyatini kengaytirishi
hamda boshqa foydali omillar uchun ko'plab vositalarni taklif qila oladi. Natijada sun'iy intellekt
joriy etilgan kompaniyalar raqobatga anchayin chidamli bo'ladi.

Ammo barcha sohalarda bo'lgani kabi ushbu turdagi innovatsiyalarni joriy etishda ham

qator qiyinchiliklar mavjud. Xususan, malakali kadrlarning etishmasligi hamda uni joriy etish
uchun ma'lumotlarning kamligi. Sababi ma'lumotlar qanchalik ko'p bo'lsa, sun'iy intellekt
bashoratlarining aniqligi shunchalik yuqori bo'ladi.

Sun'iy intellekt texnologiyalari rivojlanish bosqichida
Sun'iy intellekt infratuzilmani monitoring qilish, katta hajmdagi ma'lumotlarni to'plash va

qayta ishlash, texnik hamda tibbiy diagnostika tizimlari, shaxsiy ta'lim traektoriyalarini yaratish,
xulq-atvor tahlillari qilishga imkon beradi. Sun'iy intellekt bu changyutgichlardan kosmik
stantsiyalarga qadar bo'lgan echimlarning butun spektridir.

Joriy yilda “Gartner” analitik kompaniyasi sun'iy intellekt texnologiyalari hali ham

rivojlanish bosqichida ekani va to'liq rivojlangan bozor hali uzoq shakllanishi haqidagi tadqiqotni
chop etdi.

Kompaniya mutaxassislarining fikriga ko'ra, ko'plab korxona va tashkilotlar sun'iy

intellektning sohaviy muammolarni hal qilishda ko'mak berishini xohlashadi. Ushbu kompaniyalar
sun'iy intellekt vositalarini kengaytirib, xavflarni oldindan bilish va barcha jarayonlarni
prognozlarga asoslangan holda boshqarishni istaydi.

Endilikda tadqiqotchilar oldida yanada murakkab vazifalar turibdi. Xususan, internet

taraqqiyoti, texnologik muammolarni bartaraf etish, raqamli iqtisodiyot uchun yangi vositalar
yaratish lozim. Shuningdek, o'zbekistonlik tadqiqotchilarning eng asosiy vazifalaridan biri esa
sun'iy intellektning ilm-fanga joriy etilishida yaqindan ko'mak berishidir.






background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

263

REFERENCES

1.

“Software Engineering”, by Ian Sommerville, 2015, pages – 790.

2.

Holdener, A. T. (2008). Ajax: The Definitive Guide. Sebastopol, Ca.: O’Reilly and
Associates.

3.

Томас Кормен, Чарльз Лейзерсон, Рональд Ривест, Клиффорд Штайн. Алгоритмы:
построение и анализ. Москва-Санкт-Петербург-Киев. Изд. «Вильямс», 2003. 1293
стр.

4.

Levetan Anany. Introduction to the design & analisis of algorithms. 3rd ed. Villanova
university. New Jersey. 2012. 693 page.

5.

Род Стивенс. Готовые алгоритмы. М.: ДМК Пресс. Питер 2004. 384 стр.

6.

Стивен Скиены. Алгоритмы. Руководство по разработке. Питер 2011.715 стр.

7.

Ball, T., Bounimova, E., Cook, B., Levin, V., Lichtenberg, J., McGarvey, C., Ondrusek,
B., S. K., R. and Ustuner, A. (2006).

8.

‘Thorough Static Analysis of Device Drivers’. Proc. EuroSys 2006, Leuven, Belgium.
Ahern, D. M., Clouse, A. and Turner, R. (2001). CMMI Distilled. Reading, Mass.:
Addison-Wesley.

9.

9 . Basili, V. and Green, S. (1993). ‘Software Process Improvement at the SEL’. IEEE
Software, 11 (4), 58–66.

10.

Тажимуратова, Ш. С. (2023). САНЪАТШУНОСЛИК ФАНЛАРИНИ ЎҚИТИШ
ОРҚАЛИ ТАЛАБАЛАРНИНГ МУСТАҚИЛ ИШЛАШ КЎНИКМАЛАРИНИ
ШАКЛЛАНТИРИШ.



References

“Software Engineering”, by Ian Sommerville, 2015, pages – 790.

Holdener, A. T. (2008). Ajax: The Definitive Guide. Sebastopol, Ca.: O’Reilly and Associates.

Томас Кормен, Чарльз Лейзерсон, Рональд Ривест, Клиффорд Штайн. Алгоритмы: построение и анализ. Москва-Санкт-Петербург-Киев. Изд. «Вильямс», 2003. 1293 стр.

Levetan Anany. Introduction to the design & analisis of algorithms. 3rd ed. Villanova university. New Jersey. 2012. 693 page.

Род Стивенс. Готовые алгоритмы. М.: ДМК Пресс. Питер 2004. 384 стр.

Стивен Скиены. Алгоритмы. Руководство по разработке. Питер 2011.715 стр.

Ball, T., Bounimova, E., Cook, B., Levin, V., Lichtenberg, J., McGarvey, C., Ondrusek, B., S. K., R. and Ustuner, A. (2006).

‘Thorough Static Analysis of Device Drivers’. Proc. EuroSys 2006, Leuven, Belgium. Ahern, D. M., Clouse, A. and Turner, R. (2001). CMMI Distilled. Reading, Mass.: Addison-Wesley.

9 . Basili, V. and Green, S. (1993). ‘Software Process Improvement at the SEL’. IEEE Software, 11 (4), 58–66.

Тажимуратова, Ш. С. (2023). САНЪАТШУНОСЛИК ФАНЛАРИНИ ЎҚИТИШ ОРҚАЛИ ТАЛАБАЛАРНИНГ МУСТАҚИЛ ИШЛАШ КЎНИКМАЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов