7
INGLIZ TILINI O'QITISHDA INNOVATSION METODLARDAN FOYDALANISH
Nazarova Ruxsora Toxirovna
Samarqand shahar Samarqand iqtisodiyot va servis Institut akademik litseyi ingliz tili
o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.8328072
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ingliz tili fanini o'qitishda innovatsion metodlardan
foydalanish, ingliz tili o‘qitishning maqsad va vazifalari, ingliz tili o‘qitish metodikasining
lingvistik asoslari, ingliz tili o‘quv fanining xususiyatlari haqida to'liq bayon etilgan.
Kalit so'zlar:
ingliz tili, o‘qitish metodikasi, lingvistik asos, psixolingvistik asos.
USE OF INNOVATIVE METHODS IN ENGLISH TEACHING
Abstract.
In this article, the use of innovative methods in the teaching of English language,
the goals and tasks of English language teaching, the linguistic basis of the English language
teaching methodology, and the features of English language teaching are fully described.
Key words:
English language, teaching methodology, linguistic basis, psycholinguistic
basis.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИННОВАЦИОННЫХ МЕТОДОВ В ОБУЧЕНИИ
АНГЛИЙСКОМУ ЯЗЫКУ
Аннотация.
В данной статье полностью описано использование инновационных
методов в обучении английскому языку, цели и задачи обучения английскому языку,
лингвистические основы методики преподавания английского языка, особенности
преподавания английского языка.
Ключевые слова:
английский язык, методика преподавания, лингвистическая основа,
психолингвистическая основа.
Bugungi kunda xorijiy tillarni bilish ko‘nikmasi proffessionl ta‘limning ajralmas
qismlaridan biri bo‘lib bormoqda. Turli sohalardagi mutaxassislarda chet ellik hamkorlar
bilan hamkorlik qilish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lganligi sababli, ularda til o‘rganishga bo‘lgan
talab yuqoridir. Zamonaviy jamiyatda chet tillari kasbiy ta‘limning muhim tarkibiy
qismiga aylanmoqda.
Bunday
bilimlarni
insonlar
dastlab
maktab,
kollej,
litsey,
keyinchalik
institutlarda, o‘quv kurslarida yoki mustaqil ravishda xorijiy tilni o‘rganishga yordam beruvchi
asosiy ma‘lumot to‘plamlari bilan tanishgan holda o‘rganadilar. Bugungi kunda turli
darajadagi til bilimiga ega kishilar uchun o‘quv materiallarining katta to‘plamlari mavjud.
8
Ushbu
maqsadga yetishishda
muvaffaqiyatga erishish, o‘qituvchilarning amaliy uslublari
va malakasiga bog‘liq.
Ma’lumki, ingliz tili tabbiy sharoitda muvaffaqiyatli o‘zlashtiriladi. Geografik jihatdan
olisda joylashgan va til sohibi bilan muloqatda bo‘lish imkoniyati mavjud bo‘lmagan ta’lim
sharoitidagi ingliz tili o‘rganish jarayonida amaliy maqsadga erishish murakkablashadi.
Aynan shu vaziyat ingliz tili o‘quv predmetini o‘qitishda qator qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi.
Shu sababdan o‘quv jarayonini tabiiy muhitga
yaqitlashtirish, darslarda tabiiy nutq vaziyatlarini yaratish yuzasidan izlanishlar olib
boorish muhim ahamiyat kasb etadi.
Har qanday ta’limning sifati va samaradorligi maqsadning belgilanishidagi
aniqlik darajasiga bog‘liq. Ingliz tili o‘qitishda amaliy (ustuvor), umumta’limiy, tarbiyaviy
va rivojlantiruvchi maqsadlar e’tirof
etilgan. Mamlakatimizda ta’limning barcha
bosqichlarida ingliz tili o‘qitishning asosiy maqsadi o‘rganuvchilarning ko‘p madaniyatli
dunyoda kundalik, ilmiy va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun ingliz tilida
kommunikativ kompetensiyani shakllantirishdan iborat.
Rivojlangan demokratik davlatlarda to‘plangan tajribalar va ayni paytda shiddat bilan
o‘zgarib borayotgan hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib, mamlakatimizda ingliz tili
kommunikativ faoliyat ko‘rsatish, shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyani egallashga
mo‘ljallangan integrativ yondashuv asosida o‘rgatiladi.
Axborot texnologiyalari va zamonaviy o‘qitish usullaridan foydalanish qobiliyati yangi
materiallarni tezkor tushunishga yordam beradi. Turli usullarni birlashtirib o‘qituvchi
muayyan ta‘lim dasturlarini yechishga qodir bo‘ladi. Shu munosabat bilan o‘qituvchilar va
talabalar xorijiy tillarni o‘qitishning zamonaviy usullari bilan tanishishlari kerak.
Natijada maqsadlariga erishish uchun eng samarali usullarni tanlay bilish
ko‘nikmalari shakillanadi. Bunda o‘qitish va o‘rganishning bir necha metodlaridan
foydalanish samarali natija beradi. O‘qitish kichik bosqichlarda amalga oshiriladi va
o‘quvchining mavjud bilim tizimiga asoslanadi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng, chet tillarini o’rgatishga qiziqish oshdi
va yoshlar uchun ko’plab imkoniyatlar yaratib berildi. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov
aytganlaridek, “Hozirgi paytda xorijiy tillarni o’rgatishga yurtimizda katta ahamiyat
berilmoqda. Bu ham albatta, bejiz emas.
Til o‘zlashtirish jaryoni ongli va beixtiyor harakatlar umumlashmasida kechishi aniq,
lekin bu harakatlarni ta’minlovchi mexanizmlarning «ishga tushishi» til o‘rganishga
9
qanday sharoitda, necha yoshda kirishilayotgani bilan bog‘liq.
Kichik maktab yoshidagi bolalarda ona tilidagi nutq va fikrlash jarayonlari o‘ta
tez rivojlanayotgan bo‘ladi, o‘z navbatida mexanik xotira o‘rnini so‘z mantiq xotirasi,
taqqoslash, qiyoslash, analogiya, tasniflash, umumlashtirish egallagan bo‘ladi.
Agar shu davrda ingliz tili taqlid qilish va yod olish asosida o‘qitilsa bu mexanik xotirani
rivojlantiradi va oqibat natijada ona tilida nutq rivojlanishini to‘htab qolishiga sabab bo‘ladi.
Bu o‘z navbatida nutq va tafakkur rivojlanishini, fikr shakllantirish va ifodalashni ham
tormozlanib qolishiga olib keladi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarga turli xalqlarning ananalari tanishtiriladi, ularga tili
o‘rganilayotgan mamlakatdagi axloq-odob qoidalari, marosimlari va bayramlarini anglash
o‘rgatiladi. O‘qituvchi ushbu yondashuvlardan foydalanib ayni yoshdagi ingliz tili
sohiblarining kundalik turmushda sodir bo‘ladigan voqealar va hodisalarni aks ettiruvchi
leksika, matnlar, foto va videomateriallarni tanlaydi.
Bugun
jahon
hamjamiyati
o’ziga
munosib
o’rin
egallashga
intilayotgan
mamlakatlarimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o’z buyuk
kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini
baholashning hojati yo’qdir”.
Tillararo nazariyaga muvofiq ingliz tili o‘rganish jarayoniga ta’sir etuvchi barcha omillar
hisobga olinishi lozim. Bu omillar ingliz tili o‘rganuvchining yoshga oid (psixologik va
bilish faolligi) xususiyatlari, ta’lim mazmuni va maqsadi hamda ularga muvofiq ishlab
chiqilgan ta’lim vositalaridan iboratdir.
Mazkur nazariyaga muvofiq ingliz tili o‘rganish jarayonida o‘quvchi til
tajribasiga
tayanib
ingliz
tilidagi
kommunikatsiyaning
yangi
lisoniy
tizimi
«aralash/tillararo kod»ni shakllantiradi. Ya’ni ona tili tajribasi ikkinchi tilni
o‘rganishda, so‘ngra ularning ikkovi ingliz tilini egallashda (tillararo transpozitsiya va
interferensiya) ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shu
sababdan,
darslik
va
dasturlar
tuzishda
tillararo
interferensiya
va
o‘quvchining til tajribasi hisobga olinadi, ta’lim berishga mo‘ljallangan qoidalar (oddiy
nazariy bilimlar) amaliy ko‘nikma va malakalarning egallanishini tezlatish va soddalashtirish
maqsadlariga bo‘ysundiriladi. Ya’ni ayrim zaruriy qoidalar yoki
nazariyalarning elementlari ingliz tili o‘rganish jarayonini tezlashtirish va
osonlashtirish maqsadida bayon etiladi.
O‘quvchining ingliz tilidagi nutqini rivojlantirishda fikr ifodalashning ingliz tilidagi,
10
ya’ni ona tilida fikr ifodalash usuli bilan qiyoslanadigan muqobil usuli shakllantirilishi
lozim. Buning uchun nutq namunalarini o‘rgatish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarni ingliz
tilda fikr ifodalash usullari bilan tanishtirish tavsiya etiladi. Chunki nutq namunalarining boy
repertuari o‘quvchilarning pragmatik kompetensiyasini
rivojlantirishda
va
hali
shakllanmagan grammatik ko‘nikmalar o‘rnini qoplashda muhim ahamiyatga ega. Bunda
tildagi alohida birliklar emas, balki shu birliklarni o‘z ichiga olgan yaxlit modellar yoki
qurilma (konstruksiya)lar taqqoslanadi.
REFERENCES
1.
M. Xoldorova, N. Fayziyeva, F. Rixsittilayeva. “Chet tilini o'qitishda
yordamchi vositalardan foydalanish”. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU.
2.
Bekmuratova U. B. “Ingliz tilini o’qitishda innovatsion texnologiyalardan
foydalanish” Toshkent — 2012.
3.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun ingliz tili o‘quv dasturi. Tuzuvchilar:
J.J.Jalolov, M.T.Irisqulov. – Xalq ta’limi. – №4 – Toshkent, 2013.
4.
Jalolov J.J. Chet til o‘qitish metodikasi: chet tillar oliy o‘quv yurtlari talabalari
uchun darslik. – T.: O‘qituvchi, 2012.